logo

O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.29296875 KB
O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi.
Reja: 
1.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i.
2. O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining strukturasi.
3.Texnik muammolarni hal qilishning izlash usullari
4.Talabalar ijodiy qobiliyatlarini  rivojlantirish   1.O‘quvchilarning   konstruktorlik   qidiruv   faoliyatining
mantig‘i. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi integral harakterga ega, ya’ni u bilish-
qayta qurish faoliyatini o‘zaro bir-birga bog‘liq bo‘lgan nazariy tekshirish, tajriba,
texnik masalalar yechish, model va qurilmalarni real holatda ishlatilishi, uni sinash
kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali o‘quvchilar obyektiv borliq haqida
bilimga ega bo‘ladi, oldinga surilgan nazariy g‘oyani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi
haqida   amaliyotda   tekshirib   xulosa   chiqarish   bo‘yicha   ko‘nikma   va   malaka   hosil
qiladilar.   O‘quvchilar   har   qanday   yangi   texnik   ob’nktni   yaratish   jarayonida
mustaqil   organik   jihatdan   o‘zaro   bir-biriga   bog‘liq   bo‘lgan   bosqichlardan   iborat.
Bu texnik jiodkorligidan mantiqiy strukturali bosqich hisoblanadi.
1-bosqich,   maktab   o‘quvchilari   faol   ravishda   mavjud   bo‘lgan   texnik
obyektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi;
2-bosqich,   bu   o‘quvchilarni   ma’lum   texnik   obyekt   tuzilishining   texnik
g‘oyasi sodir bo‘lishi bilan boshlanadi;
3-bosqich, yangi  bo‘lajak texnik tuzilishning (ideal holatda) modeli ishlab
chiqiladi;
4-bosqich,   loyihalash,   yosh   texnik   fikrga   kelgan   obyektning   mazmuni   va
formasini keltiradi;
5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash;
6-bosqich,   qurilmaning   real   namunasini   yaratish   va   aslini   tajribadan
o‘tkazish;
7-bosqich, texnik xujjatlarni yaratish.
2.  Modellashtirish va modelli-texnik tajriba.
Har   xil   turdagi   texnik   obyektlarning   modeli   tajriba   tekshiruvchi
o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi.
Ma’lum   bir   texnik   obyektni   tajribadan   o‘tkazishda   qonunlar   asosida
chiqarilgan   xulosa   va   umumlashtirish   natijasida   boshqa   sohada   ishlatiladigan
mashina va qurilmalarga qo‘llay olish bo‘yicha bilimlarini shakllantirishga vositasi
bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq   xo‘jaligi   yoki   korxonada   o‘tkazilayotgan   o‘quvchilarning   texnik
ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus formasi hisoblanadi.
Xarakteri bo‘yicha-bu tajriba, yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati,
vazifasi   bo‘yicha   ta’lim   va   tarbiya.   Bunday   turdagi   texnik   ijodkorligi   faoliyatini
o‘quv-ishlab   chiqarish   texnik   tajribasi   sinfiga   ajratish   mumkin.   Bu   masalani   ikki
tomonlama qarash maqsadga muvofiq:
Birinchi   tomondan-bu   metod,   ya’ni   o‘quvchilar   ishlab   chiqarishda
qo‘llaniladigan   yangi   texnik   obyektni   yaratish   yoki   tuzilishini   o‘rgatish   ishlarida
ishtirok   etadilar.   Bunday   tajriba   o‘quv   xarteriga   ega     bo‘lishiga   qaramay   ishlab
chiqarishning   asosiy   vazifalari,   ya’ni   uning   tarkibiga   kiradi.   (Asosiysi   bunda
o‘quvchilar bilim va tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar).
Ikkinchi   tomondan-bunday   turdagi   tajribalar   o‘quvchilarning   egallagan
nazariy   bilimlarini   ishlab   chiqarishga   joriy   qilish,   ya’ni   tabiiy   bilish   qonunlarini
o‘zining   xarakatlari   orqali   bilish   faoliyatini   haqiqiy   ishlab   chiqarish   sharoitida
texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi.
O‘quv-ishlab   chiqarish   texnik   tajribalari   o‘quvchilar   politexnik   ta’limining
nazariy va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi.
3. Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi.
Har   qanday   masalani   hal   qilish   uchun   avvalambor   undan   ko‘zlangan
maqsadni   aniq   shakllantirish   hamda   mavjud   imkoniyatlardoirasida   uni   hal
qilishning   eng   samarali   uslublarini   topa   bilish   talab   etiladi.   Ijodkorlik   masalalari
«Maqsad-maqsadga   erishish   uchun   mavjud   imkoniyatlar»   ko‘rinishdagi   mantiqiy
ketma-ketlik   asosida   quyidagicha   hal   etilishi   mumkin.   Bu   o‘rinda   masala,
muammo   va   uning   amaldagi   hodlati   tushunchalari   umumiy   holatda   qo‘yilgan
maqsad va shartlar asosida belgilanadi.                     
Ijodkorlik   masalasi   odatda   quyidagi   ko‘rinishga   ega   bo‘ladi:«   (A(   shartlar
berilgan,   (N(   maqsadga     erishish   talab   etiladi».   Masalani   shartli   ravishda
(A,N(   mantiqiy   ifoda   shaklida   yozib   olamiz.   Lekin   ma’lum   sharoitlarda   tadbiqan
ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko‘rinishlarda bo‘ladi, buni quyidagi misollarda
ko‘rishimiz mumkin. 1-misol.   Berilgan:   texnologik   jarayon,   ishni   bajarish   xajmi   va   muddatlari,
agro   texnik   talablar,   tuproq   va   ekin   maydoni   tavsifi,   mexanizmlarning   tuproqqa
beradigan   bosimi   chegaraviy   qiymati.   Ekin   maydoni   birligiga   sarflanadigan
eksplutatsion   sarf   xarajatlar   miqdorini   minimumga   keltirish   imkonini   beruvchi
kombinatsiyalashgan   ishlov   berish   agregati   uchun   yangi   texnik   yechim   talab
etiladi.
Masalaning amaldagi holati-berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu (A,-
( ko‘rinishdagi to‘liq bo‘lmagan masala. 
Muammo-bu   murakkab,   to‘liq   bo‘lmagan   masala,   unda   shartlar
aniqlanmagan,   ya’ni   (-,N(   muammoni   hal   qilish   uchun   tadqiqot   olib   borish   talab
etiladi.
2-misol.   Masalaning   qo‘yilishi:   Ichki   yonuv   dvigateli   yonilg‘i   sarfini   10
foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimini topish talab etidladi.
Masalaning   amaldagi   holati-tahlil   qilinishi   va   olingan   ma’lumotlar   asosida
xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni (-,N( 
Muammo-yonilg‘ini   tejash   imkoniyatini   beruvchi   mavjud   texnikaviy
yechimlar   tahlil   qilinib,   sarfni   kamaytirish   uchun   olib   boriladigan   tadqiqot
yo‘nalishi belgilanadi.
3.Texnik muammolarni hal qilishning izlash usullari
Umumiy   ma’lumotlar:   Fan   va   texnikaning   jadal   rivojlanib   borishi   shuni
ko‘rsatadiki, ijodkorlik-bu “hunarmandlik” bo‘lib, uni o‘qib o‘rganish zarur ekan.
Uni   o‘rganish   uchun   esa,   avvalo   uning   qonuniyatlarini   bilish   lozim.   Ijodiy
fikrlashning   qonuniyatlarini   o‘rganishga   urinishlar   dastlab   Arximed,   Geraklit,
Suqrot,   keyinchalik   F.   Bekon,R   Dekart,   G.Leybnits   va   boshqalar   tomonidan
bajarilgan.Bunday   urinishlar   natijasida   ma’lum   bo‘ldiki,   ijodiy   uchun   ma’lum
qonuniyatlar   mavjud   ekan.   Bu   qonuniyatlarni   texnik   masalalar   yechishni
qidirishning   samarali   usullarini   yaratishda   qo‘llash   mumkin.   Bunday
qonuniyatlarni   qo‘llash   natijasida   ijodkorlik   masalalarini   yechishning   juda
samarali   usullari   yaratilgan   bo‘lib,   ularni   ikki   guruhga   ajratish   mumkin.Birinchi
guruhga   “aqliy   hujum”   usuli,Sinektika,   fokal   obyektlar   usuli,nazorat   savollari usuli, “ sinov va xatolar “ usuli, morfologik tahlil usullari kiradi. Bu usullar ikkita
umumiy   mexanizmga   asoslangan-assotsiativ   fikrlash   va   izlanishning   tasodifiy
xarakterdaligi.   Bu   usullarni   qo‘llash   oddiy,   biroq   qo‘llaniladigan   obyektning
mohiyati   bilan   uzviy   bog‘langan   bo‘lmaydi.Ikkinchi   guruh   usullari   (IMEA-
ixtirochilik   masalalarini   yechishning   algoritmi)   bir   muncha   qo‘llashda   murakkab
bo‘lib, lekin ular qo‘llaniladigan obyekt mohiyati bilan yaxshi bog‘liqda bo‘ladi.
      “Sinov va xatolar” usulining mohiyati shundan iboratki, ixtirochi masala
yechimini qidirishda barcha mumkin bo‘lgan variantlarni to‘playdi va ular ichidan
qo‘yilgan talablarni qanoatlantiradiganini aniqlaydi. 
     Texnik masalalarni hal qilishdaagi ijodiy faoliyatni ilmiy tashkil etishdagi
izlanishlar yangi usullarni paydo bo‘lishiga olib keldi.Yangi usullardan biri “aqliy
hujum” usuli bo‘lib, u amerikalik ixtirochi va tadbirkor A.Osborn tomonidan taklif
etildi. A. Osborn izlanishlar natijasida shunday xulosaga keladi, ayrim ixtirochilar
g‘oyalar yaratishga moyil, boshqalar esa bunday g‘oyalarni tanqidiy tahlil qilishga
moyil   bo‘ladi.Shunday   ekan,   A.Osborn   taklifiga   ko‘ra   texnik   masalani   yechishni
“g‘oya   generatorlari”   hamda   “ekspertlar”dan   tashkil   topgan   jamoa   zimmasiga
yuklash   maqsadga   muvofiq   ekan.Shundan   keyin   “aql   bilan   o‘ylash”usulining
quyidagi qonuniyatlari ishlab chiqildi:
        1.   Yechilishi   lozim   bo‘lgan   masalani   hal   etshda   qatnashadigan
ishtirokchilarning   optimal   soni   12-25   kishini   tashkil   etishi   kerak.   Ularning   yarmi
g‘oyani ilgari suradi, qolgan yarmi esa bu g‘oyani tahlil qiladi.
   2. “Generatorlar “ning asosiy vazifasi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalani
yechish   uchun   maksimal   miqdordagi   g‘oyalarni   taklif   etishdan   iborat   (g‘oyalar
fantastik   ko‘rinishda   bo‘lishi   mumkin).   Ilgari   surilgan   g‘oyalar   yozma   ravishda
yoki   magnitofon   yordamida   qayd   qilib   boriladi.   “Ekspertlar”ning   vazifasi
bajarilishi   mumkin   g‘oyalarni   to‘plab   olishdan   iborat.Muhokamani   olib   boruvchi
(o‘qituvchi)   u   yoki   bu   guruhdagilarga   yon   bosmagan   holda   savollar   berishi
takliflar   kiritishi   va   qatnashchilar   fikrini   oydinlashtirishi   mumkin   hamda   suhbat
uzilib qolmasligini nazorat qilib borishi lozim.       3.   Muhokamaning   davomiyligi   qo‘yilgan   masalaning   murakkabligiga
bog‘liq bo‘ladi,biroq 30-50 minutdan oshmasligi kerak.
     4. Muhokama qatnashchilari o‘rtasida erkin va do‘stona aloqa o‘rnatilgan
bo‘lishi   lozim.G‘oya   ilgari   surilayotgan   paytda   har   qanday   tanqid,kinoyali
kulish,harakat   va   mimikalar   bo‘lishi   ta’qiqlanadi.   Bir   qatnashchi   tomonidan
berilgan   g‘oya   guruhdagi   boshqa   ishtirokchilar   tomonidan   qo‘llab   quvvatlanishi
lozim.”Ekspertlar “tomonidan g‘oyalarni tahlil qilish diqqat bilan bajarilishi kerak.
Sinchiklab   tahlil   qilmay   turib   fantastik   yoki   mantiqsiz   g‘oyalarni   ham   yo‘qqa
chiqarilmaydi. Tahlil olib borishda g‘oyalar baholab boriladi,har bir”ekspert” fikri
hisobga olinadi. 
    5. Agar muhokama natijasiz tugasa, masala yechilmay qolsa,muhokamani
avvalgiday   qaytarishdan   ma’no   yo‘q.   Guruhlarni   almashtirib   ko‘rish   kerak   yoki
masalani   qo‘yilishini   o‘zgartirish   lozim.   Biroq   masalani   hal   etishdan   olinadigan
yechim maqsad o‘zgarmay qolishi kerak.
4.Talabalar   ijodiy   qobiliyatlarini     rivojlantirish     uchun     eng   qulay
imkoniyatlarni   yaratish     maqsadida     o‘quv   dasturidagi     boshqa   fanlar   bilan
birgalikda   talabalar   konstruktorlik   byurosi,   texnik   ijodkorlik,   rassomchilik,
modelchilik,   tasviriy   san’at   to‘garaklari   imkoniyatlaridan   to‘laroq   foydalanish
lozim   bo‘ladi.     Bu   qatorda   talabalar   konstruktorlik   byurolarida   olib   boriladigan
ijodiy   ishlarning   afzalligi   yangi   texnik   ishlanmalar   yaratish     bilan   birgalikda
ulardagi   texnik   yechimlarni   amalga   oshirishning   iqtisodiy,   texnik-texnologik
ko‘rsatkichlarini   asoslash,   g‘oyani   xalq   xo‘jaligiga     qo‘llashning   amaliy
imkoniyatlarini   o‘rganish   kabi   yaxlit   majmuaviy   faoliyat   bilan   belgilanadi.
Talabalar konstruktorlik byurolarida ijodiy mehnat asoslarini o‘rgatishdan maqsad
ratsionalizatorlik   va   ixtirochilik   faoliyatida   namoyon   bo‘luvchi   kasbiy   faoliyatga
qiziqishni   tarbiyalash,   egallanayotgan   faoliyat   sohasiga   ijodiy   munosabatni
shakllantirish   va   mustahkamlashdan   iborat   bo‘lib,   bunday   ta’lim   o‘z   kasbiga
bo‘lgan   qiziqishni   orttirishi,   ta’lim   va   ishlab   chiqarish   texnologiyalarini
takomillashtira   oladigan   mutaxassisni   tarbiyalashi   bilan   ahamiyatlidir.   Talabalar
konstruktorlik   byurolarida   talabalar   o‘z   ilmiy-ijodiy   ishlari   yakunini   ixtiro, ratsionalizatorlik   taklifi,   referat,   kurs   va   diplom   ishlari   shaklida   amalga   oshirish
yo‘llarini     o‘zlashtiradilar.   Albatta,   talabalarning   bunday   yuqori   ko‘rsatkichlarga
erishishlari,   ixtirochilik   va   ratsionalizatorlik   faoliyatida     ishtirok     etishi   bevosita
ularning   bilim   saviyasi   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   Bilim   saviyasi   yuqori   bo‘lgan
talabalarning malaka  tavsifi ortib boradi, kasbni egallash tezlashadi, ilmiy texnika
ijodkorligida ishtirok etish davri ertaroq boshlanadi. ADABIYOTLAR
1.Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: O‘zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonuni.   Kadrlar   tayyorlash
milliy dasturi.//  -T.:”Sharq”, 1997. - 63 b. 
2.   “Ixtirolar,     foydali   modellar   va   sanoat   namunalari”   to‘g‘risidagi
qonun.   //O‘zbekiston   ixtirochilar   va   ratsionalizatorlar   jamiyatining
Respublika  Kengashi. Rasmiy xujjatlar to‘plami. № 2.-T.,1994 . 4-28 b.
   3.Pravila   sostavleniya   i   podachi zayavok na izobreteniya i polezniye
modeli. -T., 1993. 56 s. 
4.Asatryan   A.T.     Razvitiye   tvorcheskix   sposobnostey   shkolnikov   v
krujkax stanshii yunix texnikov. - M.: 1987. 18 s.
5.Bosh   qotir,   yarat,   sinab   ko‘r!:   Qog‘oz   modellar   to‘plami:   O‘rta
maktabning   4-8   sinf   o‘quvchilari   uchun   kitob/   [O.YE.Zamotin   va
boshq.].-   2-qayta   ishlangan   va   to‘ldirilgan   nashr.   Tarj.   -   T.O‘qituvchi,
1988 -144 b. 
6.Vachevskiy   M.A.   Osnovi   ratsionalizatorskoy   i   izobretatelskoy   raboti.
Kiyev, 1988 . 92 s. 
7.Vorobyev   A.I.,   Limanskiy   S.A.   Texnicheskoye   konstruirovaniye   i
modelirovaniye. Uchebnoye posobiye dlya studentov IPF pedinstitutov i
uchashixsya peduchilish. -T.: Ukituvchi, 1990. -110 s. 
    8.Turaqulov   X.A.,   Sharipov   Sh.S.   Talabalar   ixtirochilik   ijodkorligini
rivojlantirish . metodiy tavsiyanoma. - Jizzax, 1998. 36 b.
 9.Andrianov P.N. Maktab o‘quvchilari texnik ijodkorligini rivojlantirish
//   O‘quvchilarning   texnik     ijodkorligi.   Tuzuvchi   P.N.Andrianov.   -
T .:”O‘qituvchi”, 1989.128 b.

O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi. Reja: 1.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i. 2. O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining strukturasi. 3.Texnik muammolarni hal qilishning izlash usullari 4.Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish

1.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi integral harakterga ega, ya’ni u bilish- qayta qurish faoliyatini o‘zaro bir-birga bog‘liq bo‘lgan nazariy tekshirish, tajriba, texnik masalalar yechish, model va qurilmalarni real holatda ishlatilishi, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali o‘quvchilar obyektiv borliq haqida bilimga ega bo‘ladi, oldinga surilgan nazariy g‘oyani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qiladilar. O‘quvchilar har qanday yangi texnik ob’nktni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlardan iborat. Bu texnik jiodkorligidan mantiqiy strukturali bosqich hisoblanadi. 1-bosqich, maktab o‘quvchilari faol ravishda mavjud bo‘lgan texnik obyektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi; 2-bosqich, bu o‘quvchilarni ma’lum texnik obyekt tuzilishining texnik g‘oyasi sodir bo‘lishi bilan boshlanadi; 3-bosqich, yangi bo‘lajak texnik tuzilishning (ideal holatda) modeli ishlab chiqiladi; 4-bosqich, loyihalash, yosh texnik fikrga kelgan obyektning mazmuni va formasini keltiradi; 5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash; 6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini tajribadan o‘tkazish; 7-bosqich, texnik xujjatlarni yaratish. 2. Modellashtirish va modelli-texnik tajriba. Har xil turdagi texnik obyektlarning modeli tajriba tekshiruvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi. Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o‘tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo‘llay olish bo‘yicha bilimlarini shakllantirishga vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Qishloq xo‘jaligi yoki korxonada o‘tkazilayotgan o‘quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus formasi hisoblanadi. Xarakteri bo‘yicha-bu tajriba, yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo‘yicha ta’lim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin. Bu masalani ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq: Birinchi tomondan-bu metod, ya’ni o‘quvchilar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish yoki tuzilishini o‘rgatish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o‘quv xarteriga ega bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari, ya’ni uning tarkibiga kiradi. (Asosiysi bunda o‘quvchilar bilim va tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar). Ikkinchi tomondan-bunday turdagi tajribalar o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy bilish qonunlarini o‘zining xarakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi. O‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribalari o‘quvchilar politexnik ta’limining nazariy va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi. 3. Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi. Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko‘zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlardoirasida uni hal qilishning eng samarali uslublarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari «Maqsad-maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar» ko‘rinishdagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o‘rinda masala, muammo va uning amaldagi hodlati tushunchalari umumiy holatda qo‘yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi. Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:« (A( shartlar berilgan, (N( maqsadga erishish talab etiladi». Masalani shartli ravishda (A,N( mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarda tadbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko‘rinishlarda bo‘ladi, buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.

1-misol. Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish xajmi va muddatlari, agro texnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan eksplutatsion sarf xarajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinatsiyalashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi. Masalaning amaldagi holati-berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu (A,- ( ko‘rinishdagi to‘liq bo‘lmagan masala. Muammo-bu murakkab, to‘liq bo‘lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni (-,N( muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi. 2-misol. Masalaning qo‘yilishi: Ichki yonuv dvigateli yonilg‘i sarfini 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimini topish talab etidladi. Masalaning amaldagi holati-tahlil qilinishi va olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni (-,N( Muammo-yonilg‘ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib boriladigan tadqiqot yo‘nalishi belgilanadi. 3.Texnik muammolarni hal qilishning izlash usullari Umumiy ma’lumotlar: Fan va texnikaning jadal rivojlanib borishi shuni ko‘rsatadiki, ijodkorlik-bu “hunarmandlik” bo‘lib, uni o‘qib o‘rganish zarur ekan. Uni o‘rganish uchun esa, avvalo uning qonuniyatlarini bilish lozim. Ijodiy fikrlashning qonuniyatlarini o‘rganishga urinishlar dastlab Arximed, Geraklit, Suqrot, keyinchalik F. Bekon,R Dekart, G.Leybnits va boshqalar tomonidan bajarilgan.Bunday urinishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ijodiy uchun ma’lum qonuniyatlar mavjud ekan. Bu qonuniyatlarni texnik masalalar yechishni qidirishning samarali usullarini yaratishda qo‘llash mumkin. Bunday qonuniyatlarni qo‘llash natijasida ijodkorlik masalalarini yechishning juda samarali usullari yaratilgan bo‘lib, ularni ikki guruhga ajratish mumkin.Birinchi guruhga “aqliy hujum” usuli,Sinektika, fokal obyektlar usuli,nazorat savollari

usuli, “ sinov va xatolar “ usuli, morfologik tahlil usullari kiradi. Bu usullar ikkita umumiy mexanizmga asoslangan-assotsiativ fikrlash va izlanishning tasodifiy xarakterdaligi. Bu usullarni qo‘llash oddiy, biroq qo‘llaniladigan obyektning mohiyati bilan uzviy bog‘langan bo‘lmaydi.Ikkinchi guruh usullari (IMEA- ixtirochilik masalalarini yechishning algoritmi) bir muncha qo‘llashda murakkab bo‘lib, lekin ular qo‘llaniladigan obyekt mohiyati bilan yaxshi bog‘liqda bo‘ladi. “Sinov va xatolar” usulining mohiyati shundan iboratki, ixtirochi masala yechimini qidirishda barcha mumkin bo‘lgan variantlarni to‘playdi va ular ichidan qo‘yilgan talablarni qanoatlantiradiganini aniqlaydi. Texnik masalalarni hal qilishdaagi ijodiy faoliyatni ilmiy tashkil etishdagi izlanishlar yangi usullarni paydo bo‘lishiga olib keldi.Yangi usullardan biri “aqliy hujum” usuli bo‘lib, u amerikalik ixtirochi va tadbirkor A.Osborn tomonidan taklif etildi. A. Osborn izlanishlar natijasida shunday xulosaga keladi, ayrim ixtirochilar g‘oyalar yaratishga moyil, boshqalar esa bunday g‘oyalarni tanqidiy tahlil qilishga moyil bo‘ladi.Shunday ekan, A.Osborn taklifiga ko‘ra texnik masalani yechishni “g‘oya generatorlari” hamda “ekspertlar”dan tashkil topgan jamoa zimmasiga yuklash maqsadga muvofiq ekan.Shundan keyin “aql bilan o‘ylash”usulining quyidagi qonuniyatlari ishlab chiqildi: 1. Yechilishi lozim bo‘lgan masalani hal etshda qatnashadigan ishtirokchilarning optimal soni 12-25 kishini tashkil etishi kerak. Ularning yarmi g‘oyani ilgari suradi, qolgan yarmi esa bu g‘oyani tahlil qiladi. 2. “Generatorlar “ning asosiy vazifasi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalani yechish uchun maksimal miqdordagi g‘oyalarni taklif etishdan iborat (g‘oyalar fantastik ko‘rinishda bo‘lishi mumkin). Ilgari surilgan g‘oyalar yozma ravishda yoki magnitofon yordamida qayd qilib boriladi. “Ekspertlar”ning vazifasi bajarilishi mumkin g‘oyalarni to‘plab olishdan iborat.Muhokamani olib boruvchi (o‘qituvchi) u yoki bu guruhdagilarga yon bosmagan holda savollar berishi takliflar kiritishi va qatnashchilar fikrini oydinlashtirishi mumkin hamda suhbat uzilib qolmasligini nazorat qilib borishi lozim.