O`rta asrlarda suv to`g`onlari
Mavzu O`rta asrlarda suv to`g`onlari . Reja: 1.Xonbandi haqida ma`lumot. 2.Abdullaxon bandinig suv sig`imi. 3.G`ishtband suv omborini sug`orish tizimidagi ahamiyati. 4.Suv ayirg`ichlar va ko`priklar haqida.
Bu inshootning Xonbandi deb atalishi suv inshootlarining qurilish tartibi bilan bog‘liq. Ma’lumki, o‘rta asrlarda yirik irrigasiya inshootlari hashar yo‘li bilan yaratilgan. Bunday qurilishlarni hamma vaqt markaziy hokimiyat amalga oshirardi. Sharq mamlakatlarida sug‘orish ishlarini tashkil etishda davlat ma’murlarining o‘ynagan roli yozma manbalarda ochiq va aniq qayd etiladi. Xususan, suvdan tejab va birgalashib foydalanishdek odatiy ehtiyoj G‘arbda, masalan, Flandriya va Italiyada xususiy sohibkorlarni ixtiyoriy assosiasiyalarga birlashishga majbur qilgan bo‘lsa, xududi juda keng bo‘lganligi sababli ixtiyoriy assosiasiyalarining vujudga kelishi uchun imkon bo‘lmagan. Sharqda esa, bunday ishlar hukumat tomonidan tashkil etilib jamoat majburiyati - hasharlar vositasida amalga oshirilgan. Ma’lumki O‘rta Osiyoda hukumatni xonlar va amirlar idora qilgan. SHuning uchun ham ularning buyrug‘i yoki ijozati bilan qurilgan inshootlar: Xonariq, Sultonband, Hovuzxon, Amir Temur ko‘prigi, Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari bilan atalgan. Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix va arxeologiya institutining Ya.G‘.G‘ulomov boshliq arxeologik ekspedisiya tomonidan topib tekshirilgan. To‘g‘onning uzunligi ustki qismida 51,75 m, asosida 24,35 m bo‘lib, balandligi 15,25 metrga teng. To‘g‘on xoro (granit) toshlardan yo‘nib qurilgan bo‘lib, toshlar suvga chidamli maxsus qurilish qorishmasi bilan bir- biriga mahkam biriktirilgan. Xonbandi suv omboriga to‘plangan suv o‘ziga xos tarzda boshqarilgan. Suv omboridagi suvning tashqariga oqib chiqishi uchun to‘g‘onning g‘arbiy chekkasiga toshlardan past-baland qilib ishlab chiqilgan to‘qqizta quvur o‘tkazilgan. Ombordagi suvning sathiga qarab quvurlar birin-ketin ochilgan. O‘rta asr irrigatorlari quvur o‘rnatishda daraning birmuncha yotiqroq qoya toshli so‘l qirg‘og‘idan ustalik bilan foydalanganlar. Chunki katta tezlik bilan inshootdan oqib tushgan oqim o‘zan
tubini hamda yon bag‘rini yuvib, to‘g‘onga ham putur etkazishi mumkin edi. Shuning uchun quvurlar shunday mo‘ljal bilan qurilganki, har qaysi quvurdan shiddat bilan otilib chiqqan suv avval tog‘ning shu qoyasiga kelib urilgan, so‘ngra undan soyning quruq o‘zani bo‘ylab qazilgan ariqqa oqib tushgan. Suyuqlik xossalarini o‘rganib, suvning bosimi to‘g‘risidagi qonunni yaratgan XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal Xonbandini ko‘rganda edi, o‘z qonunini O‘zbekistonning qadimgi irrigatorlari nomi bilan atalgan bo‘larmidi. Chunki Paskal yaratgan qonun, undan 700 yil muqaddam X asr irrigatorlari tomonidan amalda - Xonbandi inshootini qurishda ishlatilgan. Shuni aytish kyerakki, X asr muxandis-irrigatorlari inshootning mustahkam qurish choralarini izlab topgan bo‘lsalar -da, suv ombori ichida to‘planadigan loyqani tashqariga chiqarib yuborish yo‘lini topa olmaganlar. Shu sababli Xonbandi suv ombori asta-sekin loyqaga to‘lib, ishdan chiqqan, to‘g‘on esa hozirgacha saqlangan. XVI asr Buxoro tarixchisi Hofiz Tinish Mirmuhammad alBuxoriyning "Abdullanoma" nomli qo‘lyozma asarida hikoya qilinishicha, Buxoro xoni Abdullaxon (1557-1598 yillarda hukumronlik qilgan) 1582 yilda SHimoliy Qozog‘istonga qilgan harbiy yurishidan qaytib kelayotganida Nurotaga Jo‘sh qishlog‘i yaqinidagi Oqchob manzili orqali o‘tgan. Bu yerda bahor oylarida juda ko‘p sel suvlari to‘planar, ammo bu suvlardan dehqonchilikda deyarli foydalanilmas ekan. Sel suvlarini bir joyga to‘plab, undan dehqonchilikda foydalana olish uchun xon Oqchob darasi oralig‘iga katta to‘g‘on qurishni buyurgan. Shubhasiz, Oqchob qishlog‘ining aholisi suv tanqisligi haqida Abdullaxonga arz qilgan va undan Oqchob soyini to‘sib suv ombori qurishga ruxsat berishni iltimos qilgan. SHundan so‘ng Abdullaxon xonlikdagi eng oliy mansablardan biri - "otaliq" lavozimini egallab turgan Ahmadali Naymanga band qurilishida boshchilik qilishni buyurgan.
O‘rta asrlarda Hindiston, Eron va Afg‘onistonning shimoliy tog‘lik va tog‘oldi mintaqalarida bunday inshootlardan ayniqsa keng foydalanilgan. Hindistonda bunday suv omborlari "teng", ya’ni "qisiq" nomi bilan mashhur bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Boburning yozishicha, X-XII asrlarda butun G‘azna viloyati G‘aznaband, Saxanband va Saridehband kabi uchta suv omborlariga jamg‘ariladigan suvlar bilan sug‘orilib obod etilgan. Mahmud G‘aznaviy (998-1030 y.) tomonidan qurdirilgan G‘aznibod suv ombori to‘g‘onning uzunligi 300 qari (gaz), balandligi 40-50 qariga teng bo‘lgan. Keyinchalik Alouddin Jahonso‘z G‘uriy (1172-1205 y.) tomonidan buzib tashlagan bu sug‘orish inshooti 1526 yilda Bobur farmoni bilan qayta tiklanggan. Abdullaxonbandini qurilishi haqida mahalliy aholi quyidagi fikrlarni aytishadi, hikoyaning mazmuniga qaraganda vaqtida yuzlab toshtaroshlar tog‘dan tosh sindirib yo‘ngan va binokor me’morlar ganch pishirgan ekanlar. Tayorlangan ganchxoki meshlarda olib kelingan tuya suti bilan shinniga qorilgan. So‘ngra tog‘ toshlari mana shu ganch qorishmasi bilan biriktirilib, to‘g‘on qurilgan. Samarqand va Buxoro binokor me’morlari bunday qurilish qorishmasini “qir” deb atashadi. "Qir" bilan ishlangan inshoot yoki bino poydevori nihoyatda mustahkam bo‘lganligi uchun buxoroliklar qaysi ish ko‘ngildagidek puxta bajarilsa, "koro qir g‘isht", ya’ni ishlar qir bo‘lib ketdi degan iborani ishlatadilar. Darhaqiqat, "qir" o‘z davrida o‘rta asr qurilishlarida sement o‘rnida ishlatilgan mustahkam birikituvchi qurilish qorishmasi bo‘lib, O‘rta Osiyo me’morchiligida undan juda keng foydalanilgan. 1962 yil bahorida Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Jom yaqinida Xonbandiga o‘xshash yana bir qadimgi suv inshooti qoldiqlari topildi va tekshirish ishlari olib borildi. Bu inshoot aholi o‘rtasida
"G‘ishtband" nomi bilan yuritilib Zarafshon tog‘ tizmalarining g‘arbiy etaklaridan oqib chiqadigan Omondara soyida qurilgan. G‘ishtbandning nomi garchi inshootni g‘ishtdan bino qilinganligiga ishora qilsa-da, u aslida yo‘nilgan tog‘ toshlari va maxsus qurilish qorishmasidan .ishlangan. Bu suv inshooti Omondaraning eng tor joyiga o‘rnatilgan bo‘lib, to‘g‘onning balandligi 9 m, ustki qismining uzunligi 24,5 m, asosining uzunligi 10 m, qalinligi pastda 9,1 m, yuqorisida 5,5metrga teng bo‘lgan. To‘g‘onning suv to‘planadigan ichki tomoni deyarli tik, tashqarsi esa zinapoya shaklida qurilgan. Jom qishlog‘ida yashovchi keksa dehqonlarning so‘zlariga qaraganda to‘g‘onning markaziy qismida past-baland joylashgan beshta qulfagi bo‘lgan. Afsuski uning quvurlar o‘rnatilgan bu o‘rta qismini Omondara soyining sel suvlari olib ketgan. Hozirgi kungacha G‘ishtbandning faqat daraning qoya toshli mustahkam qirg‘oqlariga biriktirilgan qanotlarigina saqlagan. G‘ishtband XII asr boshlarida, O‘rta Osiyoda Qoraxoniylar davlati hukumronlik qilgan davrda barpo qilingan. G‘ishtband suv omboriga yig‘ilgan suv tufayli Samarqand va Qarshi shaharlari orasidagi qadimgi karvon yo‘li ustida mustahkam qal’a hamda maxsus rabot qad ko‘targan, Jom vohasida 250-300 gektar yer maydoni sug‘orilib obod etilgan. Bu qal’aning harobalari qozirgi vaqtda Kattatepa deb ataladi. U G‘ishtband inshootidan 5 km g‘arbda, soyning so‘l qirg‘og‘ida joylashgan. G‘ishtband yodgorligida olib borilgan arxeologik tekshirishlarga qaraganda XII asrda qurilgan bu suv ombori ham Xonbandi kabi, asta-sekin loyqa bosishi tufayli ishdan chiqqan. Qadimgi gidrotexnika inshootlari ustida so‘z yuritilar ekan, pishiq g‘isht va suvga chidamli binokorlik qorishmalaridan qurilgan suv ayirg‘ich ko‘priklar