logo

O’rta Osiyo temir davri arxeologiyasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

51.1396484375 KB
  O’rta Osiyo temir davri arxeologiyasi 
Reja:
1. O’rta Osiyoning temir  davri ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari.
2. Ilk temir davri arxeologiya yodgorliklari.
3. Ilk temir davri xo’jaligi va moddiy madaniyati
4. Shimoliy Baqtriya  va Sug’d  ilk temir davri arxeologiyasi
5. O’zbekistonning shimoli-sharqiy hududlarining ilk temir dvri arxeologiyasi O’rta   Osiyoning   so’nggi   bronza   davri   oxirlarida   O’rta   Osiyoning   janubiy
o’lkalari   (Baqtriya,   Marg’iyoni)   o’zgacha   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy
o’zgarishlar   sodir   bo’ladi.   Yuksak   darajada   rivojlangan   protoshahar   turidagi
madaniyat   markazlari   inqiroz   jarayoni,   ya’ni   protoshahar   turidagi   manzilgohlar
tashlab   ketilishi   kulolchilikda   qo’lda   yasalib,   sirtiga   geometrik   naqshlar   berish
an’anasining   qayta   jonlanishi,   haykaltaroshlik,   torevtika   san’tining   yo’qolishi
kabilar   sodir   bo’ladi.   Bu   jarayon   o’tgan   asr   davr   tadqiqotlarda   O’rta   Osiyodan
shimolda   so’nggi   bronza   davrida   hayot   kechirgan   oriy   qabilalariga   tegishli
andronovo   madaniyati   sohiblarining   janubga   siljigani   natijasi   ekanligi   arxeolog
olimlar   tomonidan   ma’qullanmoqda.   Bronza   davri   yakunlanishi   davomida   avval
o’quv keyingi davr O’rta Osiyo hududidan topilgan dastalbki temir buyumlar mil.
av.   I ming yillikning boshlari (Anov-IX-VIII, Daratepa-mil. av. VII-VI, Quyisoy-
mil. av.  VII-VI,  Dalvarzintepa -   mil.  av. VIII-VII)  bilan  sanaladi.  Lekin ularning
keng   tarqalishi   mil.   av.   VI-V   asrlarga   to’g’ri   keladi.     Shuning   uchun   ham   O’rta
Osiyoda   ilk   temir   davrining   boshlanishi   sanash   to’g’risida   ilmiy   munozaralar
mavjud.   Ba’zi   bir   olimlar   O’rta   Osiyoda   ilk   temir   davri   Eron   va   Hindistonga
zamondosh   bo’lib,   mil.   av.   X-VIII   asrlarda     boshlangan   deb   hisoblaydilar.   O’rta
Osiyo hududidan topilgan barcha temir buyumlarning  sanalaridan xulosa qilib, bu
yerda   ilk   temir   davrini   mil.   av.   VII-IV   asrlar   deb   hisoblash   maqsadga   muvofiq.
Mil.   av.   X-VIII   asrlarni   esa   bronza   davridan   ilk   temir   asriga   o’tish   davri,   deb
hisoblash mumkin.
Umuman,   mil.   av.   I   ming   yillikning   boshlarida   O’rta   Osiyo   hududida
yashagan   qadimgi   dehqon,   dehqon- z arvodor   va   chorvador   qabilalari   ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy hayotida qator o’zgarishlar sodir bo’ladi. O’troq dehqonchilik
vohalarida   sug’orish   tizimi   yanada   takomillashib,     dehqonlar   tomonidan   yangi
yerlar   o’zlashtirildi.   Manzilgohlarning   soni   ortib,   ularning   maydoni   kengayadi,
hamda   ichki   strukturasi   murakkablashib,   yirik   shaharlar   qaror   topadi.   Shahar   va
qishloqlarda     me’morchilik   va   hunarmandchilik   takomillashadi.   Bu   esa   ikkinchi
ijtimoiy   mehnat   taqsimoti-dehqonchilikdan   hunarmandchilikning   ajralib   chiqish
jarayonini ta’minlaydi. Yirik davlat birlashmalari paydo bo’ladi. O’rta   Osiyoning   janubiy   hududlari,   xususan,   Janubiy   Turkmaniston
(Kopetdog’   yonbag’irlari,   Seraxs   va   Murg’ob   vohalari)   Surxon,   Janubiy
Tojikiston, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari hamda Farg’ona vodiysi hududlarida
muhim   o’zgarishlar:   dehqonchilikning   rivojlanishi   va   yangi   dehqonchilik
vohalarining o’zlashtirilishi hamda sug’orish tizimining takomillashishi kuzatiladi.
Manzilgohlar soni ortib, muhim madaniy-iqtisodiy markazlar paydo bo’ladi.
Qadimgi   Choch   va   Ustrushona   hududlarida   ham   o’zgarishlar   bo’ladi.   Bu
yerda aholining  o’troqlashuvi va dehqonchilik xo’jaligi shaklining vujudga kelish
kuzatiladi. 
Dehqonchilik  vohalari   atrofida,   hamda  Umumiy   tavsifiShimoliy   va  sharqiy
mintaqalarida   xo’jalikning  muhim   shakli-ko’chmanchi   chorvachilik  paydo   bo’ldi.
Ko’chmanchi-chorvador   qabilalarining   moddiy   madaniyatiga   oid   topilmalar
Orolbo’yi,   Sirdaryoning   quyi   oqimi   Janubiy   Tojikiston   hududlaridan   topib
tekshirilgan.   Ular   o’troq   dehqonchilik   aholisi   bilan   doimiy   aloqada   bo’lganlar.
Ular   O’rtasidagi   aloqalar   va   o’zaro   ta’sir   O’rta   Osiyoning   tarixiy   taraqqiyotidagi
muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi.
Mil.   av.   I   ming   yillikning     boshlarida   O’rta   Osiyoning   barcha   hududlarida
yashovchi     xalqlar   ijtimoiy   hayotida   sodir   bo’lgan   o’zgarishlarning   eng   muhimi
temirdan yasalagan mehnat qurollari, qurol-yarog’lar va zeb-ziynat buyumlarining
tarqalishidir.
  O’rta   Osiyo   hududida   qaror   topgan   umumiy   va   o’ziga   xos   xususiyatlari
bilan   ajralib   turuvchi   bir   necha   dehqonchilik   madaniy   markazlari   aholisining
ijtimoiy   munosabatlari,   diniy   tushunchalari,   tarixiy   viloyatlar,   ilk   davlat
birlashmalari,   tabiy-geografik   joylar,   alohida   joylar   va   ularning   chegaralari   bilan
bog’liq   bo’lgan   qisqa   ma’lumotlar   «Avesto»,   ahamoniylarning     mixsimon
yozuvlari va yunon-rim tarixchilarning asarlarida o’z aksini topgan.
O’rta   Osiyo   hududida   ilk   temir   davri   arxeologiyasi   yaxshi   o’rganilgan
hududlardan   biri   Murg’ob   vohasi   sanaladi.   O’lkadagi   dastlabki   yodgorliklar
(Yozdepa, Aravalidepa, Ko’hnedepa va Uchdepa) 1903 yili amerikalik tadqiqotchi
olim   R.Pompeli   tomonidan   aniqlangan   bo’lib,   30-yillarda   ham   tekshirish   ishlari olib borilgan. Arxeologik tadqiqot  ishlari  ikkinchi  jahon urushidan  so’ng Janubiy
Turkmaniston   arxeologik   kompleks   ekspedisiyasi   tashkil   etilishi   bilan   faollashib
ketadi. O’tgan asrning 50-60 – yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli qazishma
ishlari   olib   borilishi   bilan   tadqiqotlar   jadallashib   ketadi.   Natijada   Yozdepa
majmuasining ilk temir davri xronologik ustuni ishlab chiqiladi: 
Yoz I mil. av. 900-650 yillar 
Yoz II mil. av. 650-500 yillar 
Yoz III mil. av. 500-350 yillar
Lekin   o’tgan   asrning   oxirlarida   Yozdepa   yodgorligida   amalga   oshirilga
radiokarbon tahlili Yoz I davrini mil.av. 1300 bilan belgilagan.
Bu voha Murg’ob daryosidan bosh oladigan anhorlar yoki hosil qilgan deltalari
tashkil   etgan   kichik   vohalar   yoki   xo’jalik   tumanlari   Toxirboy,   Yazdepa,
Aravalidepa, Toip va To’g’aloqlardan tashkil  topgan bo’lib, ularning har  birida 3
tadan   25   tagacha   kata-kichik   manzilgohlar   butun   vohada   60   ga   yaqin   manzilgoh
aniqlangan. Yozdepa ular orasidagi nisbatan yirik va markaziy vohani tashkil etadi.
Ular   arkli   nisbatan   yirik   manzilgohlar,   arksiz   yirik   manzilgohlar   va   kichik
qishloqlar uy- qo’rg’onlar.
Voha aholisining asosiy xo’jalik mashg’uloti sun’iy sug’orishga asoslangan
dehqonchilikni   tashkil   etgan.   Arxeologik   tadqiqotlar   davomida   Marvliklarning
asosiy   xo’jaligi     sug’orma   dehqonchilikdan   iborat     bo’lgan.   Yozdepa   kichik
vohasida   Gatioqar   (eni   5-8   m,   chuqurligi     2-3   metr,   uzunligi   55   km)   va
Aravalidepa   kichik vohasida esa Guniyab (5-6 m, chuqurligi 1,5-2 metr, uzunligi
36   km.)   kabi   hozirda   mavjud   bo’lgan   anhorlar   tadqiqotchi   olimlarning
taxmanlariga   ko’ra   o’sha   davr   o’zanlari   bilan   mos   kela   ekan.Ushbu   anhorlar
atrofida qadimda foydalanilgan ekin maydonlarining o’rni saqlanganligi arxeologik
jihatdan   ma’lum.   Dehqonchilikda   boshoqli   don   va   poliz   ekinlari   ekishgan.
Chorvachilik   holati   qay   darajada   bo’lganligi   to’g’risidagi   yetarli   va   aniq
ma’lumotlar kam.
Bu   yerdagi   Toxirboy   I   va   Churnok   manzilgohlaridan   temir   toshqollari
uchraydi.   Kulolchilik   ishlab   chiqarishi   bog’liq   masalalar   yaxshi   o’rganilgan.   Bu yerdagi   ko’pgina   manzilgohlardan   kulolchilik   pechlarining   izlari   topilgan.   Ular
ichida   Churnokdan   topilgan   ikkita     pech   diqqatga   sazovardir.     Ular   qo’ng’iroq
simon   shaklga   ega   bo’lib,   olovxona   va   idishlar   joylashtiriladigan   qismlardan
iborat. Uchdepadan esa kulollar  mahallasi o’rganilgan, undagi xumdonlar  mil. av.
V-IV asrlarga oid. 
Mil. av. X-VII asrlarga  (Yoz I) oid sopol idishlar qo’lda yasalagan. Idishlar
sariq   angob     bilan   bo’yalgan,   ustidan   jigar   va   qizil   bo’yoqlar   bilan   geometrik
naqshlar   berilgan.   Mil.   av.   VII-IV     asrlarga   kelib,   idishlarni   kulolchilik   charxida
yasash   an’anasi   kuchayadi,   atrofiga   naqshlar   solingan   idishlar   uchramaydi.   Marv
vohasidagi     manzilgohlardan   tosh   qurollar,   yerqo’rg’ichoqlar,   zeb-ziynat
buyumlari.   qurol-   aslaha     va   kamon   o’qlarining     uchlari   ham   topib   o’rganilgan.
Mil. av. IV  (Yoz III) kelib  vohalarning barcha manzilgohlarda inqirozi kuzatiladi.
Sug’orish   tizimining   murakkablashishi   natijasida   aholi     yangi   yerlarni
o’zlashtiradi.
Shimoliy Parfiya.  Kopetdog’ tizmalarining yonbag’irlarida ilk temir avriga 
oid quyidagi tipdagi manzilgohlar o’rganilgan. 
1.Yirik   hajmdagi   sitadelga   ega   bo’lgan   manzigohlar.   (Yelkantepa,
Ulug’depa).2.O’rta   hajmdagi   sitadelga   ega   bo’lmagan   manzilgohlar(   may.   1   ga.
dan   ortiq),   (Yassidepa,   Agachlidepa)   3.Kichik   manzilgohlar   (kichik   qishloqlar
may. 1ga. gacha), (Kraxandepa I,II,III,  Yelandepa, Ovadandepa). Yelkandepa I va
Ulug’ III,   so’ngi bronza davrda shakllangan. Yelkan II, Ulug’ II lar mil. av. 650-
500,   hamda   Yelkan   III,   Ulug’   I   lar   mil.   av.   500-350   yillar   bilan   sanaladi.
Yelkantepa   sitadeli   bronza   davrida   barpo   etilib,   atrofida     14,5   ga     iborat   joyda
aholi     manzigohi   shakllanadi.   Mil.   av.   X     asrlarda   mudofaa     devorlari   (   umumiy
qalinligi   10,   5   m;     o’ rtada-   6   m.   dan     iborat   koridor   mavjud)   bilan   o’ralib,
imoratlarning   asosiy   ko’pchilik   qismi     quriladi.   Mudafaa   devori   atrofida   chuqur
xandaklar qazilgan. Mil. av. VII-VI asrlarga kelib esa manzilgoh atrofida imoratlar
barpo   etiladi.     Uning   atrofi   ham   mudofaa   devorlari   bilan   o’rab   olinadi.   Shunga
o’xshash   Ulug’depa   ham   bronza   davrida   shakllanib,   mil.   av.   X   asrlarda   baland
saxn i   ustida   qo’rg’on   barpo   etiladi.     Yelkandepadan   farqi   o’laroq   bu   yerda   aholi imoratlari joylashgan qismi  mudofaa devorlarining izlari aniqlanmagan.   Imoratlar
to’rburchak   g’ishtlardan   qurilib,   devorlari   va   uylarning   sahni   loy   suvoq   qilingan.
Ba’zi bir imoratlarning devorlari ganch bilan suvalgan.
Aholining   asosiy   mashg’uloti   sug’orma     dehqonchilik   va   hunarmandchilik
bo’lgan.   Dehqonchilikda   asosan     bug’doy   va   arpa   ekilgan.   Sug’orish
inshootlarining   izlari   o’rganilmagan   bo’lsada,   tog’dan   oqib   tushadigan   kichik
daryo   suvlari   dehqonchilikda   asosiy   manba   bo’lgan.   Suvga   bo’lgan   talabning
yuqori   bo’lganligini   hisobga   olib,   qadimgi   dehqonlar   damba   va   tug’onlardan
foydalangan, degan  xulosaga kelish mumkin. Keyingi davrlarda  bu yerda korizlar
paydo bo’ladi.
Bronza   va   temirdan     mehnat   qurollari,   qurol   aslahalar   tayorlanganligi
arxeologik   jihatdan   aniqlangan.   Bulardan   tashqari     toshdan   qurollar   hamda   sopol
buyumlar   o’rganilgan.   Sopol   buyumlari     Marg’iyonanikiga   o’xshash.   Mil.   av.   X-
VII   asrlarga   oid   sopol   buyumlarning   asosiy   qismini   qo’lda   yasalgan,   hamda
naqshli   buyumlar   tashkil   etadi.   Naqshlar   geometrik   shaklda.   Ulug’tepaning     mil.
av.   VII-IV   asrlarga   oid   sopol   buyumlari   Yozdepaning   shu   davrga   oid   buyumlari
bilan  o’xshash. Yoz I  sopollariga o’xshash sopol buyumlarining bu yerda bronza
davridayoq paydo bo’lishi o’ziga xos xususiyatlardan biridir.
Janubiy   Turkmanistondagi   Tajang   daryosi   atrofida   Seraxs   vohasida   ham
tadqiqot ishlari  olib borilgan (Ko’xna Seraxs, Movlekdepa, Beshdepa, Akchadepa
manzilgohlari). Bu yerda hayot neolit davrida boshlanib, mil. av. I ming yillikning
boshida   qaytadan   o’zlashtiriladi.   Ko’hna   Seraxs   Yozidepali   o’rnida   manzilgoh
shakllanib,   atrofi   mudofaa   devori   bilan   o’ralgan.   Sitadeldan   tashqarida
imoratlarning   o’rni   saqlangan.   Movlikdepada   qadimgi   kanal   izlari   o’rganilgan.
Vohaning   sopol   idishlari   Marv   sopol   idishlariga   o’xshash.   Tosh     qurollari,
yorg’uchoqlar, temir qotishmalarning chiqindilari topilgan.
Qadimgi   Daxiston   Turkmanistonning   janubiy-g’arbida     qadimgi   Daxiston
vohasi   o’ziga     xos  tomonlari   bilan  ajralib turadi. Qadimgi   Daxiston  yodgorliklari
Gurgen,   Sumbar   va   Atrek   Benguvona   kabi   kichik   daryo   vohalarida   rivojlanadi.
Qadimgi   Daxiston   yodgorliklari   ham   sitadelga   ega   bo’lgan.   Yirik     manzilgohlar yoki   qadimgi   shaharlar   (Madov,   Izzatquli),   yirik   hamda   kichik     hajmdagi
qishloqlardan iborat.  Imoratlar xom g’ishtdan qurilgan,  tomlari tekis yopilgan. Bu
yerda   Atrek   daryosida   chiqarilgan   qadimgi   kanal   izlari   o’rganilgan.   Ularning
uzunligi   50-60 km. ni tashkil etadi. Kanallarning suvlari bir   necha ariqlar orqali
ekin   maydonlariga   taqsimlangan.   Dehqonchilik   aholining     asosiy   mashg’uloti
hisoblanib,  bug’doy, arpa va boshqa dukkakli ekinlar ekishgan. Chorvachilik ham
yaxshi rivojlangan. Sopol idishlar kulolchilik charxida ishlanib, naqshlar berilgan.
Bu   yerda   temir   bo’laklari,   temir   qotishmasining   chiqindilari   ham   topilgan.
Umuman, Daxiston topilmalar Janubiy Turkmanistonning I ming yillik  boshlariga
doir moddiy manbalardan keskin farq qiladi. Ko’rinishdan qadimgi Eron qabilalari
bilan  keng aloqada bo’lib, ularning ta’sirida rivojlangan.  
Baqtriya  va Sug’d  ilk temir davri arxeologiyasi
O’rta   Osiyoning   qadimgi   tarixiy-madaniy   viloyatlaridan   biri   bo’lgan
Baqtriyanining Shimoliy hududlari.   Bu o’lka hozirgi Surxon vohasi va Tojikiston
Respublikasining   janubiy   hududlari   kiradi.   Mazkur   mintaqada   mil.av.   I   ming
yillikning boshlariga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan tub o’zgarishlar
sodir bo’ladi. Ma’lumki II ming yillikning oxiriga kelib Surxon vohasidagi Sopolli
madaniyati     inqirozga   uchragandan   so’ng   o’ziga   xos   o’troq   dehqonchilik
madaniyati   vujudga   keladi.   Bu   turdagi   madaniyat   ayrim   jihatlariga   ko’raO’rta
Osiyoning   janubida,   xususan,   Surxon   vohasi   va   Janubiy   Tojikiston   hududlarida
joylashgan   Umumiy   tavsifiShimoliy   Baqtriyaning   ilk   temir   davriga   oid
yodgorliklarini     o’rganish   o’tgan   asrning   50-yillaridan,   ya’ni   Qalan   Mir
manzigohida   olib     borilgan   tadqiqot   ishlaridan   so’ng   kuchayadi.   Umumiy
tavsifiShimoliy   Baqtriyaning     mil.   av.   I   ming     yilliklarning   boshlariga   oid
manzilgohlari   Surxon   va   Sherobod   daryolarining   irmoqlari   atrofida   Sopolli
madaniyatining inqirozidan so’ng rivojlangan bo’lsa, Surxon va Amudaryolarning
O’rta   oqimi,   Kofirnigon,   Vaxsh   va     Panj   daryo   vohalari   esa   qadimgi   dehqonlar
tomonidan   mil.   av.   I   ming     yillikning   ikkinchi   choragi   va   O’rtalarida
o’zlashtirilgan. Shimoliy Baqtriyada mil. av. I ming yillikning birinchi yarmida o’ndan ortiq
dehqonchilik   vohalari   o’zlashtirilib,   turli   shakllardagi   manzilgohlarning
rivojlanishi   kuzatiladi.   Shulardan   yettitasi   Sargandak   -To’palang-(Xolchayonning
qo’yi qatlami), Xalqajar (Mirshodi)-(Qiziltepa, Qizilcha guruhidagi manzilgohlari,
Ahatqul),   Urgulisoy   (Bandixon)-(BandixonI,II ,   G’ozimulla),   Sherobod-
(Jondavlattepa,   Talashkantepa   I,   Pachmaktepa),   Ulonbuloqsoy-(Kuchuktepa,
Pshaktepa,   Dabilqo’rg’on),   O’rta   Surxon-(Xayitobod,   Nomsiztepa),   O’rta
Amudaryo-(Ko’xna   Termizning   quyi   qatlami,   Kampirtepa   yaqinidagi
Nomsiztepa.)   kabi   kichik   daryo   vohalari   Surxon   vohasida   va   Kuyi   Kofirnigon-
(Qalam   Mir,   Munchoqtepa,   Xirmontepa),   Vaxsh-Yavon-(Tomoshatepa,   Boldoy   I,
Sho’rchitepa), Boytudasht-(Boytudasht) kabi vohalar Tojikiston   Respublikasining
janubida   rivojlanadi.   Ularning   har   birining   hududi   tabiiy   chegaralanib,   Arxeolog
olim   A.S.Sagdullayevning   ilmiy   tahlillariga   ko’ra   ularning   har   biri   alohida
dehqonchilik   tumani   yoki   kichik   ma’muriy   tuzilmani   tashkil   etgangan.   Mazkur
ma’muriy   bo’linmalarning   har   birida   taxminan   3-5   tadan   manzilgoh   joylashgan.
Ulardan biri hajmi kata va strukturasiga ko’ra murakkab bo’lgan. Ko’rinishdan ular
ma’lum tumanning ma’muriy markazi bo’lgan bo’lishi mumkin.
Keltirilgan   vohalardagi   manzilgohlarning   quyidagi   shakllarini   ajratish
mumkin.
1.  Atrofi   mudofaa   devori   bilan   o’ralib,   sitadelga   ega   bo’lgan   yirik   hajmdagi
manzilgohlar (yoki qadimgi shaharlar) - Qiziltepa, Hayitobodtepa.
2.  Mudofaa   devorlariga   ega   bo’lgan   qal’a-qo’rg’onlariga   imoratlar   tutush
joylashgan manzilohlar - Kuchuktepa BandixonII, Talashkontepa I.
3.  Yirik xajmdagi manzilgohlar yoki qadimgi qishloqlar- g’G’ozimullatepa.
4.  Uy-qo’rg’onlari - Qizilcha guruhdagi manzilgohlar
5.  Alohida   vazifani     bajaruvchi   manzilgohlar   (diniy   inshoatlar)-   Pishaktepa,
Pachmaktepa.
Mil.   av.   II   ming   yillikning   oxirgi   va   mil.   av   I   ming   yillikning   boshlariga
kelib,   bu   yerda   o’ziga   xos   madaniyat   shakllanadiki,   bu   davr   tarixi   arxeologik
jihatdan Kuchuk   I   (mil. av. 1000-750) Qizil   I   (mil. av. 1000-700 yillar) Kuchik   II (mil. av. 750-600) hamda Qizil   II   (mil. av. 750-600), belgilangan.Kuchik   III   (mil.
av. 600-500), Kuchuk  IV  (mil. av. 500-350), Qizil  III  (mil. av 600-350) bosqichlari
esa ahamoniylar davriga to’g’ri keladi. 
Vohaning   mil.   av.   I   ming   yillikning   birinchi   choragiga   oid   tarixini
arxeologlar   Kuchuk   madaniyati,   deb   yuritish   odatlangan.   Bu   davr
yodgorliklarining   hajmi   ancha   kichik   (3   ga   dan   oshmaydi).   Ulardan   mashhuri
Kuchiktepa manzilgohi hisoblanib, baland sahni (4 metr qalinlikda) ustiga qurilgan
qal’a-qo’rg’onchadan  iborat.  Manzilgoh   atrofida  imoratlar  joylashgan   hamda  ular
mudofaa   devorlari   bilan   o’ralgan.   Keyingi   bosqichdaa   Kuchiktepa   madaniyati
taraqqiyoti   davomida   Qadimgi   Baqtriya   madaniyatining   vujudga   keladi.   Bu   davr
voha   ijtimoiy-iqtisodiy   muhim   jarayonlar   kechganligi   bilan   tavsiflanadi.   O’troq
deqqonchilik   madaniyati   hududi   kengayib,   manzilgohlar   soni   ko’payadi   va
ularning   hajmi   ortib   boradi.   Shuningdek,   O’rta   Osiyoning   janubiy   o’lkalaridagi
kabi qadimgi yirik shahar markazlari shakllanadi. 
Janubiy   Tojikiston   hududidagi   manzilgohlardan   Boytudasht   va   Bolday   I
kabi   yodgorliklar   ajralib   turadi.   Bu   yodgorliklarning   shakllangan   davri   mil   av.   I
ming yillikning ikkinchi choraklariga to’g’ri keladi Bu yodgorliklarda ham shahar
alomatlari   mavjud   bo’lib,   Surxon   vohasi   manzilgohlarinikiga   nisbatan   soda   va
ularda jarayonlar kechroq sodir bo’lganligi bilan ajralib turadi. Kichik vohalaridagi
markaziy   manzigoh   atrofidagi   manzilgohlarda   ham   uy-joy   va   ho’jalik   imoratlari
aniqlangan.   Manzilgohlar   shakllaridan   uy--qo’rg’onlar   muhim   o’rin   tutadi.
Qiziltepa yodgorligi atrofida joylashgan Qizilcha guruhidagi manzilgohlar mazkur
davr qishloq xo’jaligi hayotini o’rganishdagi ahamiyati kata. Ulardan Qizilcha I va
VI   yodgorliklari   arxeologik   jihatdan   yaxshi   o’rganilgan.   Bu   yodgorliklarning
maydoni   taxminan   0,2   ga.   ni   tashkil   etadi.   Manzilgoh   qo’ra   shaklida   barpo
qilingan.   Umumiy   devor   bilan   o’rab   olingan   hovlining   bir   qismida   uy-joy
imoratlari   va   uning   old   tamonida   hovli   joylashgan.   Ko’rinishdan   bu   manzilgoh
mazkur   davr   davlatmand   patriarxal   oilasiga     tegishli   uy-joy   kompleksi
hisoblangan.   Umuman     boshqa   turdagi   manzilgohlarda   ham   arxeologik   tadqiqot
ishlari   olib   borilishi   natijasida   o’lkaning   qurilish-me’moriy   xususiyatlarini o’rganish imkoniyatlari mavjud Barcha turdagi imoratlar xom g’isht va   paxsadan
barpo   qilingan.   Devorlar   loysuvoq   qilingan.   Ba’zi   imoratlarda   yog’och
ustunlarining o’rni aniqlangan. Imoratlarning tomi tekis yopilgan. 
Umuman,   mazkur   davr   O’rta   Osiyo   tarixida   chuqur   tarixiy-madaniy
o’zgarishlar     bilan   belgilanib,   yirik   shaharlarning   paydo   bo’lishi,   qadimgi
davlatlarning   qaror   topishi   va   boshqa   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy   yuksalishlar
sodir bo’lgan davr hisoblanib
Aholining     asosiy     mashg’uloti   sug’orma   dehqonchilik   bo’lib   kichik
daryolardan   anhorlar   orqali   suv   chiqarilgan,   yoki   to’g’ridan-to’g’ri   daryolardan
ariqlar orqali suv chiqarilgan. Katta anxorlardan birining  izlari Bandixondan topib
tekshirilgan.   Bu   yerda   boshoqli   o’simliklar   poliz   va   bog’dorchilik   rivojlangan.
Chorvachilikning     ham   yaxshi   rivojlanganligi   to’g’risida   Kuchuktepa   va
Bandixondan   topilgan   hayyovon   suyaklari   yetarli   ma’lumot   beradi.   Topilmalarga
ko’ra Umumiy tavsifiShimoliy Baqtriyaning qadimgi aholisi qo’y, echki, qoramol,
ot, cho’chqa boqishgan. 
Ma’lumki,   Sapolli   madaniyati   inqirozga   uchragandan   so’ng   o’lkada   o’ziga
xos madaniyat qaror topadi. Bu davrda Sopolli madaniyati uchun xos bo’lga ayrim
yutuqlardan   voz   kechiladi,   xususan   kulolchilikda   qulda   idishlar   yasash   an’anasi
paydo   bo’ladi.   Shimoliy   Baqtriyaning   ilk   temir   (Kuchuk   I)   davri   sopol   idishlar
asosan   qo’lda   va   qisman   kulolchilik   charxlarida   yasalgan.   Ko’lda   ishlangan
idishlarning   sirtiga   geometrik   shakllarda   naqshlar   bilan   bezatilgan.   Ularning
shakllari turlicha, ko’pchiligining   tagi yassi. Tosh va bronzadan yasalgan mehnat
qurollari   hamda   qurol   aslohalari   ko’plab   topilgan.   Keyingi   (Kuchuk   II,   Qizil   II)
bosqichida   kulolchilik   charxida   sopol   buyumlarini   tayyorlash   kuchayadi.   Bu
bosqichdagi   sopol   idishlar   konsussimon   va   bankasimon   shakllardan   iborat.
Idishlarning   atrofi   to’q   jigar   rangda   angob   berilgan.   Bu   davrda   sopollarni   qo’lda
yasash an’anasi ham saqlanib qoladi. 
Bu   davrga   oid     topilgan   tosh   qurollari,   xususan   yorg’uchoqlar,   temir   va
bronzadan   ishlangan   turli   mehnat   qurollari   va   quro-yarog’lar   boy   madaniyat
namunalaridir. So’g’d   So’nggi   bronza   va   ilk   temir   davrining   dastdlabki   bosqichiga   kelib,
So’g’diyonaning janubiy hududlarida o’troq dehqonchilik madaniyati qaror topadi.
Ilk   temir   davrida   So’g’diyonaning   barcha   hududlari   dehqonlar     tomonidan
egallanadi.     So’g’diyona   hududlarida   ilk   temir   davriga   oid   yodgorliklar   bir   xil
suratda rivojlanmagan. Bu davrga oid yodgorliklar ko’proq uchraydigan va yaxshi
o’rganilgan   voha   Qashqadaryo   hisoblanadi.   Zarafshon   vohasida   esa   Afrosiyob,
Lolazor   va     Ko’ktepalarning   quyi   qatlamlarida   bu   davrga   oid   moddiy   topilmalar
qisman saqlangan. 
Umuman,   So’g’diyonaning   ilk   temir   davri   yodgorliklari   ham   daryo
vohalarida     alohida   shakllanadi.   Bu   an’anani   Qashqadaryo   vohasida   aniq   ko’rish
mumkin.   bu   yerda   ilk   temir   davriga   oid   bir     nechta   vohalarni   ajratib   ko’rsatish
mumkin.   Manzilgohlarini   esa,   xajmi   va   avzifalariga   ko’ra   quyidagi     tiplarga
ajratish mumkin. 
1.  Ark   va   mudofaa   devorlariga   ega   bo’lgan   yirik   shahar   xarobalari   (Afrosiyob,
Uzunqir, Yerqo’rg’on).
2.  Qishloqlar (Daratepa, Chiroqchitepa, Beshqo’tontepa).
3.  Mudofaa   devorlari   bilan   o’ralgan   alohida   vazifalarini   bajaruvchi   manzilgohlar,
ko’rinishidan ibodatxona (Sangirtepa).
Shimoliy   So’g’dning   ilk   temir   davri   yodgorliklari       Qadimgi   So’g’d
to’g’risidagi   dastlabki   yozma   ma’lumotlar   zardushtiylik   dining   muqaddas   kitobi
Avestoda   uchraydi   Uning   eng   qadimgi   qismlaridan   bo’lgan   Gat   qismida   Sugud,
qadimgi fors manbalarida Sug’d va Yunon-rim mualliflarining asarlarida esa So’-
diyoni nomlari bilan keltiriladi. Bu o’lka Zarafshon vohasi, va Qashqadaryo vohasi
hududlaridan   tashkil   topgan.   So’nggi   bronza   va   ilk   temir   davrining   dastdlabki
bosqichiga  kelib,  So’g’diyona     muhim  jarayonlar   sodir   bo’ladi.  Bu   davrda  o’troq
dehqonchilik madaniyatiga asoslangan jamoa qishloqlari vujudga keladi.
  Ilk temir  davrida  So’g’diyonaning barcha  hududlari  dehqonlar    tomonidan
egallanadi.     So’g’diyona   hududlarida   ilk   temir   davriga   oid   yodgorliklar   bir   xil
suratda rivojlanmagan. Bu davrga oid yodgorliklar ko’proq uchraydigan va yaxshi
o’rganilgan   voha   Qashqadaryo   hisoblanadi.   Zarafshon   vohasida   esa   Afrosiyob, Lolazor   va     Ko’ktepalarning   quyi   qatlamlarida   bu   davrga   oid   moddiy   topilmalar
qisman saqlangan. 
Afrosiyob Sug’dning qadimiy markaziy shaharlaridan birining o’rni.Yunon-
rim   mualliflari   asarlarida   keltirilgan   Maroqanda   nomi   bilan   tilga   olinadi.
Manzilgoh mil. av. I ming yilliklarning boshlarida shakllangan.  Uning eng pastgi
qismidagi   madaniy   qatlamlari   mil.   av.   I   ming   yillikning   boshlari   (Yangi
radiokarbon   bo’yicha   mil.   av.   XIV   asr)   dan   qo’lda   sirtiga   naqsh   solib   ishlangan
sapol buyumlari topib o’rganilgan. Bu jarayon O’rta Osiyoning janubiy o’lkalarida
ham kuzatiladi.
Janubiy So’g’ddagi madaniy-iqtisodiy markazlardan biri bu Yerqo’rg’ondir.
Maydoni   34   ga,   manzilgohning   quyi   qatlamida   mil.   av.   VIII-VII   asrlarga   oid
mudofaa   devori   o’rni   saqlangan.   Mil.   av.   VI   asrda   shahar   maydoni   kengaytirilib,
Yangi   mudofaa   devori   bilan   o’rab   olinadi   Ichki   tomondan   hashamatli   ma’muriy
bino  barpo  etiladi,  hamda   temirchilar   mahallasi   paydo  bo’ladi.  Ushbu   davrga  oid
ark izlari aniqlanmagan.
Uzunqir.   So’g’diyonaning   (Qashqadaryo,   Kitob   tumani)   ilk   temir   davriga
oid madaniy markazlaridan biri maydoni 70 ga. Hozirgi paytda 450 metrdan iborat
mudofaa devori saqalanib qolgan. Mudofaa devorining pastki qismi guvala, yuqori
qismi   esa   paxsa   va   xom   g’ishtda   ko’tarilgan.   Devorning     qalinligi   1,85   metr
bo’lgan.  mudofaa  devori   tashqi  tomonidan  to’g’ri   burchakli   minora-   burjlar  bilan
kuchaytirilgan. Burj va devorda jangovar va «aldamchi»  shinaklar  mavjud.
So’g’diyonaliklar   sug’orma   dehqonchilik   hamda   chorvachilik   bilan
shug’ullanganlar.   Qashqadaryo   vohasidan   arpa,   bug’doy,   javdar   hamda   hayvon
suyaklari   topib   tekshirilgan.   Qashqadaryo   vohasida   topib   tekshirilgan   sopol
idishlar   ikki   guruhga   bo’linadi.   Kulolchilik   charxida   yasalgan   naqshsiz   idishlar.
Ular kosa, tovoq, xumchalardan iborat. Qo’lda ishlangan idishlar geometrik va egri
chiziqlar   bilan   naqshlangan.   Naqshli   idishlar   Qashqadaryoning     tog’oldi
hududlaridan ham topib tekshirilgan. Vohada   hunarmandchilik,   hususan   temirchilik   va   to’g’imachilik   keng   rivoj
topgan deyish mumkin. daratepadagi mil. av. VII-VI asrlarga oid temir buyumning
topilishi fikrimiz dalilidir. 
O’zbekistonning   shimoli-sharqiy   hududlarining   ilk   temir   dvri
arxeologiyasi
Farg’ona   (Chust   va   Eylaton   madaniyat)   Farg’ona   (Chust   va   Eylaton
madaniyat)   vodiysining   I   ming   yilliklarda   oid   moddiy   topilmalar   30-yillardan
ma’lum.   XX   asrning   ikkinchi   yarmida   ko’plab   yodgorliklarda   arxeologik   qazish
ishlari   olib   borildiki,   vohaning   ushbu   davrdagi   moddiy   madaniyati     xo’jaligi   va
dehqonchilik   madaniyatining   o’ziga   xos   xususiyatlarini   o’rganish   imkoniyatini
yaratdi.   Farg’ona   vodiysidagi   I   ming   yilliklarga   oid   madaniyatining   Chust   va
Eylaton   bosqichlari   ajralib     turadi.   Chust   davridagi   manzilgohlar   alohida
vohalarda   rivojlanadi.   Hozirgi   paytda   quyidagi   vohalar   aniqlangan:   O’zgan,
Qorasuv,   Tava-Koson,   Qoradaryo-Xo’jabod.   Ularning   ko’pchiligi   markaziy
manzigoxga   ega   bo’lganlar.   Ularda   quyidagi   shakldagi   manzilgohlar   o’rin   olgan.
Yirik   manzilgoxlar   (Ashkol,   Dalvarzin)   O’rtacha   manzilgoxlar   (Chust,   Dehqon,
Kichik  manzigohlar)  bu yerdagi manzilgohlarning asosiy ko’pchilligi.
Birinchi turdagi  manzilgohlar  sitadel, uy-joy va xo’jalik imoratlar va ochiq
maydon   joylashgan   shahar   hamda   shahar   atrofi   qismlaridan   iborat.   Ularning   har
biri   mudofaa   tizimiga   ega.     Bu     turdagi   manzilgoh   sirasiga   kiruvchi   Dalvorzin
yaxshi o’rganilgan. Ko’rinishidan u butun voxaning markazi hisoblangan. 
Ikkinchi   turdagi   manzilgoxlar   ikki   qismdan   iborat   bo’lib,   bunday
yodgorliklar sirasiga Chust yodgorligini kiritish mumkin. Manzilgohning Shimoliy
g’arbiy qismi (1,5ga) mudofaa qilingan. Qolgan asosiy qismi esa mudofaa tizimiga
ega   emas.   Kichik   manzilgo h lar   bir-necha   xonadan   iborat   uy -joy   imoratlaridan
tashkil topgan . U lar dehqon jamoasining katta patriarxal  oila si yashaydigan manzil
bo’lgan, degan xulosaga kelish mumkin .
Chustliklar   dehqonchilik   va   chorvachilik   bilan   shug’ullan ishgan .
Dehqonchilikda  arpa,  bug’doy   va  boshqa   dukkakli   o’simliklar  yetishtirganlar.  Bu
yerda sug’orma dehqonechilik asoslanmagan. Chorvachilikda qoramol, qo’y, echki boqqanlar.   Daryo   va   ko’l   bo’ylarida   yashagan   xalqlar   baliqchilik   bilan   ham
shug’ullanganlar.   Chustliklarda   bronzaga   ishlov   berish,   ulardan   mehnat   qurol-
yarog’lar   tayyorlash   yaxshi   rivojlangan.   Dalvarzintepa   yodgorligidan   mil.   av.   IX
asrga oid temir buyum namunasi topib o’rganilgan bo’lsada, farg’onaliklarda temir
metallurgiyasi   paydo   bo’lgan,   degan   xulosa   yasab   bo’lmaydi.   Toshdan   mehnat
qurollari   yasash   o’z   ahamiyatini   yo’qotmaydi.   Chustliklarning     sopol   buyumlari
qo’lda  yasalgan.  Ularda bu davrga oid kulolchilik charxi  yasalgan sopol buyumlar
uchraydi.     Sopol   buyumlari ning   tagi   dumaloq   shaklda   bo’lib,   ularning
aksariyatining   atrofiga   turli   naqshlar   solingan .   Naqshlarning   asosiy   qismi
geometrik (romb, uchburchak) shakl lardan iborat .
Chust   madaniyatining   davomi   sifatida   Farg’ona   vodiysida   Eylaton
madaniyati   (mil.   av.   VII-IV   asrlar)   rivojlanadi.   Eylaton   madaniyatiga     doir
yodgorliklar Farg’ona vodiysining deyarli barcha hududlarida aniqlangan. Ulardan
Eylaton   manzilgohida   to’liq   bo’lmasdan     keng     ko’lamli   qazish     ishlari   olib
borilgan.   Manzigoh   uchburchak   shaklda,   mudofaa   devorlari   (eni   4   m)   bilan
o’ralgan.   Mudofaa   devorlari   bir   necha   burjlarning   o’rni   aniqlangan.   Manzigoh
darvozasi   burchaklarida   ham   burjlar   mavjud.   Manzilgohda   uy-joy   qoldiqlari   ham
aniqlangan.   Qurilishda   paxsa,   xom   g’isht   hamda   guvaladan   foydalanilganlar.
Eylaton   madaniyati   sohiblari   mashg’ulot ining   asosini   arpa,   bug’doy   ekishga
asoslangan   sug’orma   dehqonchilik   tashkil   etgan.     Guruch   ham   shu   davrdan   ekila
boshlaganligi   shubhasizdir.     Chorvachilik   ham   o’z   ahamiyatini   yo’qotmagan.
Kichik tuyoqli chorva mollari qoramollarga nisbatan ko’proq boqilgan. 
Eylaton   sopol   idishlari   dastlab   qo’lda   va   keyinchalik   kulolchilik   charxida
yasalgan. Bu davrda temirdan buyumlar yasashlar  keng tarqala boshlaydi. Bronza
ham o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. To’qimachilik ham rivojlanadi. 
Toshkent   vohasi   (Burgulik   madaniyati)   Toshkent   vohasining   ilk   temir
davri   moddiy   madaniyati   Burgulik   madaniyati   misolida   yaxshi   o’rganilgan.   Bu
madaniyatga   oid   dastlabki   moddiy   topilmalar   1940   yili     Terepojkin   A.   I .
tomonidan     Ohangoron   daryosining   O’rta   oqimida   Burguliksoy yoqasidan   topib
o’rganilgan. . Hozirgacha bu madaniyatga oid 10  dan ortikmanzilgohlar 50 ga yaqin uy-joylari   ma’lum.   Bu   madaniyat   dastlab   X.Duke   tamonidan   mil.av.IX-VII
sanalangan.   Keyinchalik   Yu.F.   Buryakov   va   M.I.Filanovichlar   olib   borgan
tadqiqotlari ushbu madaniyat mil. av IV asrga qadar davom etganligi qayd etilgan.
Burgulik I mil.av. IX-VII, Buruglik II mil.av. VI-IV asrlar bilan sanaladi. Burgulik
madaniyati sohiblarining manzilgohlari kair va limonli sug’orish usuli uchun qulay
bo’lgan   kichik   soy   bo’ylarida   joylashgan.   ularning   yirik   manzilgohlaridan   biri
hozirgi Tuyabo’g’iz suv ambori hududida, Ohongaron daryosining ikkala sohilida
joylashgan   yerto’la   uy-joylardan   iborat.   Keyinchilik   Ohangaron   va   Chirchiq
vohalaridagi ko’pgina manzilgohlarning quyi qatlamlaridan Burgulik madaniyatiga
oid   yerto’la   uylar   aniqlandi.   Shunday   uylar   Kanka,   Shoshtepa,     va   boshqa
yodgorliklarning   quyi   qatlamlarida   uchrab   ushbu   manzilgohlar   ularning   ustida
shakllangan.
Burgulik   madaniyatiga   oid   yirik,   o’rtacha   va   kichik   uy-joylar   xos   bo’lib,
yiriklari loy devor orqali xonalarga ajratilgan. Ular aylana yoki cho’ziq shaklidagi
yerto’lalardan   iborat.   Suniy   sug’orishning   sodda   usullari   uchun   qulay   bo’lgan
joylarida   dehqonchilik   bilan   shug’ullangan.     Sug’orish   usuli   ko’rfaz   shaklidan
iborat.   Dehqonchilikda   bug’doy,   arpa   ekishgan.   Vohaning   keng   dashtlari   va
tog’oldi   hududlari   chorva   uchun   yaylov   vazifasini   o’tagan.   Haydab   boqiladigan
chorvochilik   mavjud   bo’lib,   yirik   va   kichik   tuyoqli   chorva   mollari   boqilgan.
Toshkent vohasining Chotqol-Qurama tog’ tizmalari turli ma’danlaga boyligi bilan
boshqa   hududlardan   ajralib   turadi.   Xo’jalikning   boshqa   bir   turi   metallarga   ishlov
berish   va   ulardan   qurol   yarog’,   uy-ro’zg’or   buyumlari   tayyorlash   va   zargarlik
yaxshi   rivojlangan.   Hunarmandchilikning   boshqa   bir   turi   to’qimachilik   bo’lgan.
Sapol   idishlarning   bir   qismi   mato   qolipda   ishlangan   bo’lib,   ularning   ichki
tomonida matoning izlari saqlanib qolgan.
Bu   yerda   bronzadan   yasalgan   mehnat   qurollari   va   qurol-yarog’lari,   o’rog’,
pichoq, igna, bigiz, qoshiq, sovut, komon o’qi uchlaridan iborat. Bunday buyumlar
shaklida   ko’ra   O’rta   Osiyoning   shimolmiy   xududlarida   bir   paytda   rivojlangan
madaniyatlariniki   bilan   o’xshash.   Sopol   idishlari   qo’lda   yasalgan   bo’lib,   tagi dumoloq, bir qismi jigar randagi naqshlar bilan bezatiladi. Burgulik
madaniyatining so’ngi bosqichiga kelib vohada urbanizasiya jarayoni shakllanadi.
Burgilik   madaniyati   Toshkent   vohasida   mil.   av.   I   ming   yillikning   boshlarida
shakllanadi.     Bu   madaniyatga   oid   dastlabki   moddiy   topilmalar   1940   yili
Terepojkin   A.   I   tomonidan     Burguliksoydan   topib   tekshirilgan.   Hozirgacha   bu
madaniyatga   oid   10   ortiq   yodgorlik   aniqlangan.Burglik   madaniyatining   ikki
bosqichi   Burgulik   I   (mil.   av.   IX-VII   asrlar)   Burgulik   II   (mil.   av.   VII-III   asrlar)
mavjud. Bu  yerdagi   yodgorliklarning ko’pchiligi   daryo bo’ylarida  joylashib  ba’zi
bir   tadqiqotchilarning   fikriga   ko’ra   ulardan   ba’zilarining   atrofida   chuqur   va   keng
qandaklar qazilgan bo’lgan. 
Uylari loydan ba’zilarida esa xom  g’isht ishlatilgan. Yerto’lalarning  eshigi
daryo tomon qurildi. Yirik xajmdagi yerto’lalar paxsadan qilingan yupqa devorlar
bilan   xonalarga   ajratilgan   yoki   bitta   eshikdan   kiruvchi   bitta   yerto’ladan     iborat
bo’lgan.
Ustrushona   ilk   temir   davrida   Farg’onadan   janubiy-sharqda   Sug’d   va
Choch   oralig’ida   O’rta   Osiyoning   yana   bir   muhim   tarihiy   madaniy   viloyati
joylashgan   bo’lib,   keyingi   manbalarda   Ustrushona   nomi   bilan   yuritilgan.   U
Turkiston   tog’   tizimidan   shimolda   Xo’janddan   Jizzaxgacha   bo’lgan   hududda
joylashgan.   Bu   yerda   mil.av.   VII-V     asrlarda   dastlabki   o’troq   dehqonchilik   qaror
topadi. Ularning o’rnida mil.av. I ming yillikning O’rtalariga oid Nurtepa, O’ratepa
(Mugtepa)   Xo’jand   kabi   manzilgohlar   rivojlanib,   ahamoniylar   davriga   me’moriy
tizimi   shakllangan.   Arxeologik   jahatdan   bu   yerda   rivojlangan   madaniyat   Nurtepa
madaniyati   nomi   bilan   ham   yuritiladi.   Bu   madaniyatga   oid   Nurtepa   va   Xo’jand
manzilgohlari     arxeologik   jihatdan   yaxshi   o’rganilgan   Nurtepaning   maydoni   18
gektardan   iborat   bo’lib,   ark     va   shahar   qismlariga   bo’linadi.   Ular   o’zlarining
alohida mudofaa devorlariga ega. 
Mil.   av.   VI-V   asrlarda   Qadimgi   Xo’jand   o’rnida   aholi   manzilgohi
shakllanadi.   Bu   yerda   mudofaa   devori   aniqlangan.   Manzilgoh   arkiga   ega.
Ustrushonaliklar   dastlab   yerto’la   shaklidagi   uylarda   yashb,   keyingi   bosqichda
paxsa   va   xom   g’ishtdan     uy-joylar   qurishni     o’zlashtirganlar.   Xo’jalikda dehqonchilik asosiy o’rin tutgan. Kulolchilik idishlari qo’lda  va charxda yasalgan.
Xo’jand   xarobalaridan   naqshlangan   idishlar   ham     topib   o’rganilgan.   Bu   davrda
vohada   metalga   ishlov   berish   ham   keng   tarqala   boshlaydi.   Xorazmning   I     ming
yillikning   boshlariga   oid   yodgorliklari   Amirobod   madaniyati   misolida   o’rganadi.
Bu   davrda   alohida   kanal   bo’ylarida   dehqonchilik   rivojlanadi.     Yodgorliklarda
yerto’la, yarim yerto’la, yer usti yengil qurilishlari  tadqiq qilingan. Mil. av. VI-V
asrlarda     vohada   atrofi   mudofaa   devorlari   bilan   o’ralgan   manzilgohlar     tarqala
boshlaydi.   Ulardan   Qal’aligir   va   Ko’zaligirlardan   qazish   ishlari   olib   borilgan.
Manzilgohlar mudofaa devorlari bilan o’ralib,  burjlar bilan kuchaytirilgan.  
Xorazmning   I     ming   yillikning   boshlariga   oid   yodgorliklari   Amirobod
madaniyati   misolida   o’rganadi.   Bu   davrda   alohida   kanal   bo’ylarida   dehqonchilik
rivojlanadi.     Yodgorliklarda   yerto’la,   yarim   yerto’la,   yer   usti   yengil   qurilishlari
tadqiq   qilingan.   Mil.   av.   VI-V   asrlarda     vohada   atrofi   mudofaa   devorlari   bilan
o’ralgan   manzilgohlar     tarqala   boshlaydi.   Ulardan   Qal’aligir   va   Ko’zaligirlardan
qazish ishlari olib borilgan.  Manzilgohlar mudofaa devorlari bilan o’ralib,  burjlar
bilan   kuchaytirilgan.     Ko’zaligirdan   yirik   imorat   hamda   uchta   minora   simon
inshoat   aniqlangan.   Ko’rinishidan   bu   diniy   xarakterga   ega     bo’lgan.   Qalamgirda
katta hajmdagi saroy o’rni aniqlangan. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra bu inshoot
ahamoniylarning Xorazmdagi vakiliga tegishli bo’lgan.
Xorazmning   Qadimgi   qishloqlarini   o’rganishda   Bozorqal’a   xarobasi
muhimdir.   Qadigi   Xorazm   qishloqlarida   imoratlar   tig’iz   qurilgan.   Ayniqsa   bu
davrda uy qo’rg’onlar paydo bo’ladi. Bu davrga oid     Dingelji uy-qo’rg’oni to’liq
qazib   ochilgan.O’rta   Osiyoning   qadimiy   tarixiy   madaniy   viloyatlaridan   biri
bo’lgan   o’lka   Amudaryoning   quyi   oqimida   joylashgan   Xorazm   viloyati,
Qoraqolpag’iston   avtanom   respublikasi   va   Turkmaniston   Respublikasining
Toshxovuz   viloyatlari   hududlari   mos   keladi.   Bu   o’lka  qadimdan   mustaqil   siyosat
yurgizib,   yunonlar   davlati   tarkibiga   kirmagan.   Faqat   ellin   madaniyatining   ayrim
alomatlari   O’rta   Osiyoning   janubiy   viloyatlari   orqali   kirib   kelganligini   ko’rish
mumkin.   Xitoy   manbalarida   keltirilgan   ma’lumotlardagi   Kanguylar   davlatining kichik   mulklaridan   biri   bo’lgan   Yuyegan     ko’pchilik   tadqiqotchi   olimlar
tomonidan Xorazm xududi bilan qiyoslanadi. 
Qadimgi   davrlardan   boshlab   Amudaryodan   bosh   olgan   anhorlar   atrofida
hayot   shakllanib,   aholi   manzilgohlari   taraqqiy   etgan.   Arxeologik   jihatdan   bu
yerdagi   manzilgohlarning   shahar   shaklidagi   yirik   va   qishloqlardan   iborat   kichik
shaklidagi   ikki   turi   mavjud   bo’lganligi   aniqlangan.   O’lkada   dastlabki   shaharlar
mil.   av.   VI   asrdan   boshlab   taraqqiy   etganligini   Ko’zaliqir   yodgorligi   misolida
guvoh   bo’lish   mumkin.   Bu   shahar   ahamoniylar   davrida   barpo   qilinib,   janubiy
hududlar   shaharlar   qurilish   an’anasi   asosida   barpo   qilingan.   Keyingi   asrda
Qal’aligir o’rnida yirik shahar shakllanadi. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv
qo’llanmalari ro’yxati
1. Античный и раннесредневековые древности Южного Узбекистана 
Отв.ред. академик АН Уз ССР Г.А. Пугаченков. Т. 1989 . 
2. Архитектурные памятники Туркменистана. М. 1972. Ахраров И. 
Ремпель Л. Резной штук Афрасияба Т. 1971. 
3. Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Большаков О.Г. Средневековый 
город Средней Азии. Л., 1973
4. Булатов М. Мавзолей Саманидов – жемчужина архитектуры Средней 
Азии. Т. 1978. 
5. Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры 
Ташкентского оазиса. Т. 1982. 
6. Древний и средневековый город Восточного МавераннахраОтв.ред. 
д.и.н. Ю.Ф.Буряков. Т.1990. 
7. Древняя и средневековая культура Чача. Т. 1979. 
8. Живопись древнего Пянджикента / Отв.редакторы А.Ю. Якубовский и 
М.М. Дьяконов. М. 1954. 
9. Заднепровский Ю.А. Древнеземледельческая культура Ферганы МИА. 
М. 1962. № 118 .
10. Исамиддинов М.Х. Хасанов М.Х. История древнего и средневекового 
керамического производства Нахшеба. Т. 2000.
11. Л унина  С.Б. А рхеология  С редней  А зии .  Учебное пособие. Ташкент. 
1986. pdf.
12. Средняя Азия и Дальний Восток в эпоху средневековья. Средняя Азия 
в раннем средневековье.  Отв. ред. Г.Л. Брыкина. М., «Наука» 1999.
13. Сулейманов Р.Х. Древний Нахшаб. Проблемы цивилизации 
Узбекистана VП в. до н.э. –VП в. н.э. Самарканд-Ташкент, 2000. 
14. Толстов С.П. По древним дельтам Окса и Яксарта. М. 1962. 
15. Филанович М. И. Ташкент. Зарождение и развитие города и городской 
культуры. Т.,1983.
16. . www.history.ru .

O’rta Osiyo temir davri arxeologiyasi Reja: 1. O’rta Osiyoning temir davri ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari. 2. Ilk temir davri arxeologiya yodgorliklari. 3. Ilk temir davri xo’jaligi va moddiy madaniyati 4. Shimoliy Baqtriya va Sug’d ilk temir davri arxeologiyasi 5. O’zbekistonning shimoli-sharqiy hududlarining ilk temir dvri arxeologiyasi

O’rta Osiyoning so’nggi bronza davri oxirlarida O’rta Osiyoning janubiy o’lkalari (Baqtriya, Marg’iyoni) o’zgacha ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Yuksak darajada rivojlangan protoshahar turidagi madaniyat markazlari inqiroz jarayoni, ya’ni protoshahar turidagi manzilgohlar tashlab ketilishi kulolchilikda qo’lda yasalib, sirtiga geometrik naqshlar berish an’anasining qayta jonlanishi, haykaltaroshlik, torevtika san’tining yo’qolishi kabilar sodir bo’ladi. Bu jarayon o’tgan asr davr tadqiqotlarda O’rta Osiyodan shimolda so’nggi bronza davrida hayot kechirgan oriy qabilalariga tegishli andronovo madaniyati sohiblarining janubga siljigani natijasi ekanligi arxeolog olimlar tomonidan ma’qullanmoqda. Bronza davri yakunlanishi davomida avval o’quv keyingi davr O’rta Osiyo hududidan topilgan dastalbki temir buyumlar mil. av. I ming yillikning boshlari (Anov-IX-VIII, Daratepa-mil. av. VII-VI, Quyisoy- mil. av. VII-VI, Dalvarzintepa - mil. av. VIII-VII) bilan sanaladi. Lekin ularning keng tarqalishi mil. av. VI-V asrlarga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham O’rta Osiyoda ilk temir davrining boshlanishi sanash to’g’risida ilmiy munozaralar mavjud. Ba’zi bir olimlar O’rta Osiyoda ilk temir davri Eron va Hindistonga zamondosh bo’lib, mil. av. X-VIII asrlarda boshlangan deb hisoblaydilar. O’rta Osiyo hududidan topilgan barcha temir buyumlarning sanalaridan xulosa qilib, bu yerda ilk temir davrini mil. av. VII-IV asrlar deb hisoblash maqsadga muvofiq. Mil. av. X-VIII asrlarni esa bronza davridan ilk temir asriga o’tish davri, deb hisoblash mumkin. Umuman, mil. av. I ming yillikning boshlarida O’rta Osiyo hududida yashagan qadimgi dehqon, dehqon- z arvodor va chorvador qabilalari ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayotida qator o’zgarishlar sodir bo’ladi. O’troq dehqonchilik vohalarida sug’orish tizimi yanada takomillashib, dehqonlar tomonidan yangi yerlar o’zlashtirildi. Manzilgohlarning soni ortib, ularning maydoni kengayadi, hamda ichki strukturasi murakkablashib, yirik shaharlar qaror topadi. Shahar va qishloqlarda me’morchilik va hunarmandchilik takomillashadi. Bu esa ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti-dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralib chiqish jarayonini ta’minlaydi. Yirik davlat birlashmalari paydo bo’ladi.

O’rta Osiyoning janubiy hududlari, xususan, Janubiy Turkmaniston (Kopetdog’ yonbag’irlari, Seraxs va Murg’ob vohalari) Surxon, Janubiy Tojikiston, Qashqadaryo, Zarafshon vohalari hamda Farg’ona vodiysi hududlarida muhim o’zgarishlar: dehqonchilikning rivojlanishi va yangi dehqonchilik vohalarining o’zlashtirilishi hamda sug’orish tizimining takomillashishi kuzatiladi. Manzilgohlar soni ortib, muhim madaniy-iqtisodiy markazlar paydo bo’ladi. Qadimgi Choch va Ustrushona hududlarida ham o’zgarishlar bo’ladi. Bu yerda aholining o’troqlashuvi va dehqonchilik xo’jaligi shaklining vujudga kelish kuzatiladi. Dehqonchilik vohalari atrofida, hamda Umumiy tavsifiShimoliy va sharqiy mintaqalarida xo’jalikning muhim shakli-ko’chmanchi chorvachilik paydo bo’ldi. Ko’chmanchi-chorvador qabilalarining moddiy madaniyatiga oid topilmalar Orolbo’yi, Sirdaryoning quyi oqimi Janubiy Tojikiston hududlaridan topib tekshirilgan. Ular o’troq dehqonchilik aholisi bilan doimiy aloqada bo’lganlar. Ular O’rtasidagi aloqalar va o’zaro ta’sir O’rta Osiyoning tarixiy taraqqiyotidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Mil. av. I ming yillikning boshlarida O’rta Osiyoning barcha hududlarida yashovchi xalqlar ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan o’zgarishlarning eng muhimi temirdan yasalagan mehnat qurollari, qurol-yarog’lar va zeb-ziynat buyumlarining tarqalishidir. O’rta Osiyo hududida qaror topgan umumiy va o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turuvchi bir necha dehqonchilik madaniy markazlari aholisining ijtimoiy munosabatlari, diniy tushunchalari, tarixiy viloyatlar, ilk davlat birlashmalari, tabiy-geografik joylar, alohida joylar va ularning chegaralari bilan bog’liq bo’lgan qisqa ma’lumotlar «Avesto», ahamoniylarning mixsimon yozuvlari va yunon-rim tarixchilarning asarlarida o’z aksini topgan. O’rta Osiyo hududida ilk temir davri arxeologiyasi yaxshi o’rganilgan hududlardan biri Murg’ob vohasi sanaladi. O’lkadagi dastlabki yodgorliklar (Yozdepa, Aravalidepa, Ko’hnedepa va Uchdepa) 1903 yili amerikalik tadqiqotchi olim R.Pompeli tomonidan aniqlangan bo’lib, 30-yillarda ham tekshirish ishlari

olib borilgan. Arxeologik tadqiqot ishlari ikkinchi jahon urushidan so’ng Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasi tashkil etilishi bilan faollashib ketadi. O’tgan asrning 50-60 – yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli qazishma ishlari olib borilishi bilan tadqiqotlar jadallashib ketadi. Natijada Yozdepa majmuasining ilk temir davri xronologik ustuni ishlab chiqiladi: Yoz I mil. av. 900-650 yillar Yoz II mil. av. 650-500 yillar Yoz III mil. av. 500-350 yillar Lekin o’tgan asrning oxirlarida Yozdepa yodgorligida amalga oshirilga radiokarbon tahlili Yoz I davrini mil.av. 1300 bilan belgilagan. Bu voha Murg’ob daryosidan bosh oladigan anhorlar yoki hosil qilgan deltalari tashkil etgan kichik vohalar yoki xo’jalik tumanlari Toxirboy, Yazdepa, Aravalidepa, Toip va To’g’aloqlardan tashkil topgan bo’lib, ularning har birida 3 tadan 25 tagacha kata-kichik manzilgohlar butun vohada 60 ga yaqin manzilgoh aniqlangan. Yozdepa ular orasidagi nisbatan yirik va markaziy vohani tashkil etadi. Ular arkli nisbatan yirik manzilgohlar, arksiz yirik manzilgohlar va kichik qishloqlar uy- qo’rg’onlar. Voha aholisining asosiy xo’jalik mashg’uloti sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikni tashkil etgan. Arxeologik tadqiqotlar davomida Marvliklarning asosiy xo’jaligi sug’orma dehqonchilikdan iborat bo’lgan. Yozdepa kichik vohasida Gatioqar (eni 5-8 m, chuqurligi 2-3 metr, uzunligi 55 km) va Aravalidepa kichik vohasida esa Guniyab (5-6 m, chuqurligi 1,5-2 metr, uzunligi 36 km.) kabi hozirda mavjud bo’lgan anhorlar tadqiqotchi olimlarning taxmanlariga ko’ra o’sha davr o’zanlari bilan mos kela ekan.Ushbu anhorlar atrofida qadimda foydalanilgan ekin maydonlarining o’rni saqlanganligi arxeologik jihatdan ma’lum. Dehqonchilikda boshoqli don va poliz ekinlari ekishgan. Chorvachilik holati qay darajada bo’lganligi to’g’risidagi yetarli va aniq ma’lumotlar kam. Bu yerdagi Toxirboy I va Churnok manzilgohlaridan temir toshqollari uchraydi. Kulolchilik ishlab chiqarishi bog’liq masalalar yaxshi o’rganilgan. Bu

yerdagi ko’pgina manzilgohlardan kulolchilik pechlarining izlari topilgan. Ular ichida Churnokdan topilgan ikkita pech diqqatga sazovardir. Ular qo’ng’iroq simon shaklga ega bo’lib, olovxona va idishlar joylashtiriladigan qismlardan iborat. Uchdepadan esa kulollar mahallasi o’rganilgan, undagi xumdonlar mil. av. V-IV asrlarga oid. Mil. av. X-VII asrlarga (Yoz I) oid sopol idishlar qo’lda yasalagan. Idishlar sariq angob bilan bo’yalgan, ustidan jigar va qizil bo’yoqlar bilan geometrik naqshlar berilgan. Mil. av. VII-IV asrlarga kelib, idishlarni kulolchilik charxida yasash an’anasi kuchayadi, atrofiga naqshlar solingan idishlar uchramaydi. Marv vohasidagi manzilgohlardan tosh qurollar, yerqo’rg’ichoqlar, zeb-ziynat buyumlari. qurol- aslaha va kamon o’qlarining uchlari ham topib o’rganilgan. Mil. av. IV (Yoz III) kelib vohalarning barcha manzilgohlarda inqirozi kuzatiladi. Sug’orish tizimining murakkablashishi natijasida aholi yangi yerlarni o’zlashtiradi. Shimoliy Parfiya. Kopetdog’ tizmalarining yonbag’irlarida ilk temir avriga oid quyidagi tipdagi manzilgohlar o’rganilgan. 1.Yirik hajmdagi sitadelga ega bo’lgan manzigohlar. (Yelkantepa, Ulug’depa).2.O’rta hajmdagi sitadelga ega bo’lmagan manzilgohlar( may. 1 ga. dan ortiq), (Yassidepa, Agachlidepa) 3.Kichik manzilgohlar (kichik qishloqlar may. 1ga. gacha), (Kraxandepa I,II,III, Yelandepa, Ovadandepa). Yelkandepa I va Ulug’ III, so’ngi bronza davrda shakllangan. Yelkan II, Ulug’ II lar mil. av. 650- 500, hamda Yelkan III, Ulug’ I lar mil. av. 500-350 yillar bilan sanaladi. Yelkantepa sitadeli bronza davrida barpo etilib, atrofida 14,5 ga iborat joyda aholi manzigohi shakllanadi. Mil. av. X asrlarda mudofaa devorlari ( umumiy qalinligi 10, 5 m; o’ rtada- 6 m. dan iborat koridor mavjud) bilan o’ralib, imoratlarning asosiy ko’pchilik qismi quriladi. Mudafaa devori atrofida chuqur xandaklar qazilgan. Mil. av. VII-VI asrlarga kelib esa manzilgoh atrofida imoratlar barpo etiladi. Uning atrofi ham mudofaa devorlari bilan o’rab olinadi. Shunga o’xshash Ulug’depa ham bronza davrida shakllanib, mil. av. X asrlarda baland saxn i ustida qo’rg’on barpo etiladi. Yelkandepadan farqi o’laroq bu yerda aholi