O‘XSHATISHLAR – OBRAZLI MILLIY TAFAKKUR MAHSUL
O‘XSHATISHLAR – OBRAZLI MILLIY TAFAKKUR MAHSUL Reja: 1. O‘xshatish va uning turlari 2. Turli lingvomadaniyatlardagi o‘xshatishlarning qiyosiy tahlili
1. O‘xshatish va uning turlari . O‘xshatishlar tashqi dunyoni bilishning eng qadimiy usullaridan hisoblanadi. O‘xshatishlar muayyan xalqning ilk tafakkur tarzini va tasavvurlarini tamsil etadi. Ularda ma’lum davrda yashagan ajdodlarimizning kechinmalari, tasavvurlari muhrlangan bo‘ladi. Turkiy xalqlar tafakkurini ifodalashda o‘xshatishlarning o‘ziga xos o‘rni haqida Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida alohida ta’kidlangan: “Biron xotin tuqqanda doyadan: tulki tug‘dimi yoki bo‘rimi deb so‘raladi. Ya’ni qizmi yoki o‘g‘ilmi demakdir. Qizlar aldoqchi hamda yalinchoq bo‘lganliklari uchun tulkiga, o‘g‘il bolalar ulardagi botirlikka asosan bo‘riga o‘xshatiladi” 1 . Bu o‘rinda tulkidek qiz, bo‘ridek yigit o‘xshatish qurilmasining faqat tulki va bo‘ri etaloni qo‘llangan bo‘lib, uni o‘xshatishning qisqargan shakli – metafora deyish mumkin. O‘rta Osiyo xalqlarining qoraxoniylar davridagi hayotini har tomonlama yoritib bergan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida hoqonlarga xos fazilatlarni namoyon etadigan quyidagi o‘xshatishlar qayd qilingan: “Hoqon... jangda arslonning yuragiga ega bo‘lishi lozim... yovvoyi to‘ng‘izdek qaysar; bo‘ridek kuchli; ayiqdek jasur bo‘lishi kerak; ho‘kizdek..., hakkadek..., qarg‘adek..., tulkidek..., tuyadek..., arslondek... va boyqushdek... bo‘lishi lozim” 2 . Insonning dunyoni bilishida o‘xshatish-qiyoslash benihoya katta o‘rin tutadi. Ikki yoki undan ortiq predmet yoki tushunchani o‘xshash yoki farqli jihatlarini aniqlash maqsadida qiyoslash, taqqoslash tashqi dunyoni bilishning eng keng tarqalgan mantiqiy usullaridan biri sifatida inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida kuzatiladi. Bu behad muhim mantiqiy kategoriya, tabiiyki, tilda ham o‘z aksini topadi 3 . Prof. N. Mahmudov o‘zbek tilidagi o‘xshatishlarni to‘rt unsurga ajratib, ularni o‘xshatish subyekti, o‘xshatish etaloni, o‘xshatish asosi va o‘xshatishning 1 Маҳмуд Кошғарий. Туркий сўзлар девони (Девону луғотит турк). I. – Т .: ЎзФА , 1963. – Б . 404. 2 Radlov W. Das Kutadku Bilik des Yusuf Chass Hadschib aus Balasagun. –St-Petersburg, 1891-1910. – P. 205-206. 3 Маҳмудов Н. Семантико-синтактическая асимметрия в простом предложении узбекского языка: Дисс. ...док-ра филол.наук. –Ташкент, 1984. -Б 259.
shakliy ko‘rsatkichi deb nomlaydi. “...o‘xshatishlar o‘ziga xos obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular nutqda hamisha badiiy-estetik qimmatga molik bo‘ladi, nutqning emotsional-ekspressivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘xshatishlarning ikki turi, ya’ni: 1) individual-muallif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar va 2) umumxalq yoki turg‘un (doimiy) o‘xshatishlar farqlanadi” 4 . Erkin o‘xshatishlar muallifning o‘ziga xos original o‘xshatishlari bo‘lib, u yozuvchining mahoratini belgilaydi. Masalan, Oybek she’riyati o‘ziga xos original o‘xshatishlarga boyligi bilan ajralib turadi: Men ipak qurti kabi Xayolimga o‘raldim. Tuyg‘ularim girdobi Orasida yo‘qoldim. “Parchada murakkab hissiy holatning go‘zal va real tasviri berilgan bo‘lib, bu hissiy holatning asosiy va ajoyib mazmuni birinchi ikki misrada o‘zining juda ham nozik ifodasini topgan, keyingi ikki misra esa ana shu ifodani yana ham aniqlashtirgan. “Ipak qurti kabi” tarzidagi o‘xshatish etaloni ayni o‘rinda nihoyatda original va ayni holat uchun juda ham mos. Ma’lumki, ipak qurti ipak chiqarib o‘zini o‘zi o‘raydi va pilla hosil bo‘ladi, o‘zi esa uning ichida qolib ketadi, pilla – oppoq, u ana shu oqlik ichra pinhon bo‘ladi. Shoir esa o‘z xayoliga o‘raladi, uni oq, pilladay oppoq xayollar, olovli tuyg‘ular girdobi o‘zining besarhad bag‘riga oladi, shu oppoq bag‘rida shoir pinhon bo‘ladi. Teran va tarang mutanosiblik, o‘xshashi yo‘q, haqiqiy oybekona o‘xshatish. Bu o‘xshatishning poetik salohiyati shundaki, shoir u orqali faqatgina u yoki bu darajada tasavvur qilish mumkin bo‘lgan hissiy holatni qo‘l bilan ushlab ko‘rish mumkin bo‘lgan darajada “moddiylashtirib” yorqin surat drajasida lo‘ndalashtirib ko‘rsatgan” 5 . O‘xshatish qurilmalaridan farqli o‘laroq, o‘xshatishga asoslangan matnlarda “o‘xshatish asosi, ya’ni ikki obyektni o‘zaro o‘xshatish uchun asos bo‘lgan 4 Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати.-Т.: Маънавият, 2013. –Б. 5. 5 Миртожиев М., Маҳмудов Н. Тил ва маданият. –Т/^: “Ўзбекистон”, 1992. –Б. 96-96.
referent so‘z orqali emas, balki jumlalar orqali voqe bo‘ladi. Masalan: Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga o‘xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof... Na qo‘lingiz bilan tutasiz. Na ortidan yugurib yetasiz... Shamol uni qayoqqa olib ketishini ham bilmaysiz... Birinchi muhabbatning ko‘pincha natijasiz tugashi balki shundadir... (O‘.Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar) 6 . Xalq og‘zaki ijodida o‘xshatishlar muhim ahamiyat kasb etadi. “...baxshi yoki ertakchi ham asarga o‘z individual o‘xshatish, qiyoslashlarini kiritishi mumkin. Ammo bu ham an’anaga, epik ijod qonuniyatiga mos kelmasa, asar sujetiga singishmaydi, uning “yotligini” xalq darrov anglab oladi. O‘zida xalqning an’ana, udum, marosim, fikr tarzini ifoda etgan detalgina xalqona obrazning ma’nosini ochishi, kengaytirishi mumkin” 7 . Turg‘un o‘xshatishlar ning mohiyati shundan iboratki, ularda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan bo‘ladi, bunday o‘xshatishlar, garchi muayyan shaxs yoki ijodkor tomonidan qo‘llangan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan til jamoasida urfga kirib, doimiy ifodalar sifatida turg‘unlashgan, umumxalq tili leksikonidan joy olib ulgurgan bo‘ladi. Bunday o‘xshatishlar xuddi tilda tayyor birliklar kabi nutqqa olib kiriladi 8 . Tildagi o‘xshatishlarni tadqiq etgan tilshunoslarning aksariyati turg‘un o‘xshatishlarning idiomalarga yaqin turishini yoki idioma maqomida bo‘lishini, ular ko‘p asrlar mobaynida kishilar nutqida qo‘llanish natijasi sifatida turg‘unlashib, so‘zlovchilar ongida muayyan modellar shaklida mustahkamlanib qolishini, o‘xshatish etalonining, ya’ni o‘xshatish asosidagi obrazning muayyan belgi-predmet bilan muntazam va qat’iy bog‘liq bo‘lishini ta’kidlaydi 9 . 6 Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. –Тошкент: Фан, 2013. –Б. 97-98. 7 Эшонқулов Ж. Фольклор: образ ва талқин. –Қарши: Насаф, 1999. –Б. 70. 8 Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. –Т.: Маънавият, 2013. –Б. 6. 9 Некрасова Н. Сравнения общеязыкового типа в аспекте сопоставительного анализа художественных идиолектов // Лингвистика и поэтик. –М.: Наука, 1979. –С. 225; Лебедова Л. Устойчивые сравнения русского языка. –Краснодар: Кубинский ГУ, 2003. –С. 3; Хакимзянов Ф. О словаре устойчивых сравнений татарского языка // Российская тюркология. –Москва-Казань, 2010. -№2. –С. 80.
Lingvokulturologiyani ko‘proq turg‘un o‘xshatishlar qiziqtiradi. Negaki, “turg‘un o‘xshatishlar milliy ong jumbog‘ini yechishga imkon beradigan yorqin obrazli vositalardan biri hisoblanadi”, “dunyoni o‘ziga xos milliy tarzda ko‘rish o‘xshatish semantikasida aks etadi” 10 . 2. Turli lingvomadaniyatlardagi o‘xshatishlarning qiyosiy tahlili. Har xil lingvomadaniyatlardagi turg‘un o‘xshatishlarni qiyoslash insonning xarakteri va xatti-harakati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlarning etaloni sifatida hayvon va jonivorlarni bildiruvchi so‘zlardan ko‘proq foydalanilganini ko‘rsatadi. Masalan, qiyoslanilgan tillarning aksariyatida tulki ayyorlik, aldoqchilik, yolg‘onchilik ramzi, etaloni sifatida faol ishlatiladi: tulkiday ayyor, tilki gibi (turkcha) хитрый как лиса (ruscha) , as false as fox (inglizcha), you kathi (koreyscha). Mutaxassislarning ta’kidlashicha, g‘arb va slavyan lingvomadaniyatlarida, xususan, ingliz va rus tillarida as false as fox , хитрый как лиса turg‘un o‘xshatishlari mifopoetik manbalarga asoslanadi, chunki qadimgi tasavvurlarga ko‘ra, tulki jodugar hisoblangan, unda yo‘qolish, ko‘rinmaydigan bo‘lib qolish qobiliyati mavjud bo‘lgan 11 . Qayd qilingan xususiyatni sharq lingvomadaniyatida, xususan, koreys va xitoy madaniyatida ham kuzatish mumkin. Koreys va xitoy mifologiyasida tulkining qizga aylanib qolishi keng tarqalgan. Lingvomadaniyatlarning aksariyatida turg‘un o‘xshatishlarni obraz va uning mazmuni jihatidan bir-biriga muqobilligi, muqoyasa obyektlarining o‘xshashligiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, “befahmlik, beso‘naqaylik, qo‘pollik” ayiqday (o‘zbekcha), ay ı gibi (turkcha), ko‘m kathi (koreyscha), как медведь (ruscha); “kuchli, qo‘rqmas”, “mardlik, jasorat” arslon kabi (o‘zbekcha), aslan gibi (turkcha); “semirmoq”, “ko‘p ovqat yemoq” cho‘chqaday (o‘zbekcha), As fat as a pig (inglizcha), tweji kathi (koreyscha); “ko‘p ovqat yemoq” molday (o‘zbekcha), so‘ kathi (koreyscha); “befahm” eshakday (o‘zbekcha), eşek gibi (turkcha), как осел (ruscha) va h.k. etalonlar vositasida ifodalanadi. 10 Маслова В. А. Лингвокультурология. Учебное пособие для студентов высших учебных заведений. –М., 2001. –С. 133-134. 11 Панченко Н. Сравнение как средство дескрипции лжи и обмана // Основное высшее и дополнительное образование: проблемы дидактики и лингвистики. –Волгоград: ВГТУ, 2000. –С. 138-143.