O‘ZBEK ETNIK TPI
O‘ZBEK ETNIK TPI Reja 1. O‘zbek elatni tplari 2.O‘zbek elatining shakllanish bosqichlari 3.O‘zbek elating antira palogiya tpi
Tarix fanidagi mavjud ilmiy ishlanmaga ko‘ra, har bir xalqning kelib chiqish tarixi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich – etnogenez, ikkinchi bosqich – etnik tarixdan iborat. Xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo‘lib shakllanguniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalq etnogenezi juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon. Uning ibtidosi qabila va qabila ittifoqidan boshlanadi. Qachonkim, aynan o‘rganilayotgan xalqning etnogenezi yakunlangach, uning etnik tarixi boshlanadi. Etnik tarix ham juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo‘lib, etnik tarix o‘z rivojining ma’lum nuqtasiga yetgach, uning millat bo‘lib shakllanish jarayoni boshlanadi. Mana shu ilmiy – metodologik asosdan kelib chiqqan holda xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi o‘rganiladi. Xalqlarning kelib chiqishi masalasida, ya’ni etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda maxsus nazariy va ilmiy metodologik ishlanmalar borki, ularga asoslanmay turib, biror xalqning kelib chiqishi haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish qiyin. Birinchidan, har bir xalq hozirda yashab turgan hududlari bilan azaldan bog‘likdir. Dunyoda biror xalq yo‘qki, o‘zining etnogenez bosqichida mintaqadagi boshqa etnik birliklar bilan aralashmagan bo‘lsa. Bu haqda O‘rta Osiyo xalqlari tarixining bilimdoni prof. S.P.Toltov shunday degan edi: «Hozirgi zamon O‘rta Osiyo xalqlarining birontasi ham qadimgi etnik guruhlarga bevosita borib taqalmaydi. Aksincha, ularning shakllanishida, yerli xalqlar va tevarak-atrofdan ko‘chib kelgan xalqlar har xil nisbatda o‘z aksini topgan»[1]. Bundan o‘zbek xalqi ham mustasno emas. Shunday ekan, Movaraunnahr va qadimgi Xorazm hududlari azaliy vatani bo‘lgan o‘zbek xalqining ilk ajdodlari ikki til – turkiy va eroniy tillar turkumidagi qabila va elatlar bo‘lib, ularning uzoq yillar davomida aralashuvi, qorishuvi jarayonida o‘zbek elati xalq bo‘lib shakllandi. Demak, o‘zbek xalqi ikki xil tillarda so‘zlashuvchi ajdodlardan, ya’ni etnik birliklardan tarkib topgan.
Ikkinchidan, etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda tadqiqotchi birinchi navbatda o‘rganayotgan xalq etnogenezining qachondan boshlanganligini aniqlab olmog‘i kerak bo‘ladi. Chunki, etnos faqat kishilik taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘ladi[2]. Etnogenezning boshlangich nuqtasi esa etnosning qadim zamonlarda yashagan «ajdodlari»ga borib taqaladi[3]. O‘zbek xalqining qadimgi ajdodlari kimlar edi? Ular Movaraunnahr va qadimgi Xorazmning turkiy va eroniy til lahjalarida so‘zlovchi tub joyli o‘troq va chorvador aholisidir. Bu ikki xil tilda so‘zlashuvchi qabila va elatlarning birinchi bor bir-birlari bilan aralashish jarayoni o‘zbek etnogenezining boshlanishi, dastlabki nuqtasi hisoblanadi Taniqli sharqshunos olim, prof. A.Yu. Yakubovskiy 1941 yilda Toshkentda chop etgan «O‘zbek xalqining yuzaga kelishi masalasi haqida» nomli risolasida ana shu ilmiy prinsipdan kelib chiqib, o‘zbek etnogenezi Turk xoqonligidan boshlanadi, – degan edi[4]. Mana shu xulosa asosida O‘zbekiston tarixining dastlabki nashrlari chop etildi. Fanda bu fikr o‘z o‘rnini topdi. Lekin, qadimgi Xorazmda keng ko‘lamgi arxeologik va etnografik tadqiqotlar olib borgan va O‘zbekiston tarixini yaratishda beqiyos ilmiy izlanishlar o‘tkazgan zabardast olim S.P.Tolstov o‘zbek xalqi etnogenezining boshlanishi Qang‘ davlati doirasida sodir bo‘ldi, «Qang‘ davlatining tarkibida va u egallab turgan mintaqalarda o‘zbek xalqining ilk ajdodlari yashagan, bularning etnik tarkibi va tili bir xilda bo‘lmagan» degan g‘oyani ko‘tarib chiqdi[5]. S.P. Tolstov o‘rtaga tashlagan bu g‘oya O‘zbekiston hududlarida olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik va antropologik materiallarda o‘z isbotini to‘lik topgan[6].S.P.Tolstov g‘oyasining keng ko‘lamli ilmiy isboti akademik K.Shoniyozov asarlarida keltirilgan[7]. Shuningdek, K. Shoniyozov S.P.Tolstov fikr-mulohazalariga ba’zi bir aniqliklar kiritib, «Qang‘ davlati o‘ramida murakkab etnik jarayon yuz bergan. Ammo bu jarayon o‘zbek ajdodlariga xos etnogenetik jarayon edi. Shu jarayon tufayli Qang‘ davlati ichida
miloddan oldingi II – milodiy I asrlar davomida mutlaqo yangi, turkiy tilli xalq – qang‘ar elati vujudga keladi. Bu elat eron tilli xalqlar bilan turkiy tilli qabilalarning aralashib, qorishib borishi natijasida tashkil topdi», – degan xulosaga keladi. Ta’kidlash joizki, XX asrning 70-80 yillarida O‘rta Osiyo respublikalari hududlarida, Qozog‘iston dashtlari, Tog‘li Oltoy va Janubiy Sibirda katta masshtabda arxeologik va antropologik tadqiqotlar olib borildi. Mutaxasis olimlar qo‘lida boy faktik materiallar to‘plandi. Biroq, bu hududlarning qadimda yashagan aholisining tili masalasida chiqarilgan xulosalar ob’yektivlik, tarixiylik va xolislik tamoyillaridan ancha uzoq edi. Chunki, Sovet tarixshunosligi eronparast lingivistlar ta’sirida (ular Sovet davri tarixi va tilshunosligida nufuzli mavkega ega edilar) Qora dengizning sharqiy sohillaridan to Boykalgacha cho‘zilgan cho‘llarda qadimda eron zabon aholi yashagan, bu geografik kenglikning faqat Tog‘li Oltoy qismidagina turkiylar yashardi, degan noto‘g‘ri tasavvur fanda o‘rnashib qolgan edi[9]. Bunday tasavvur hozir ham nafaqat Rossiya olimlari, balki O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonlik arxeolog va tarixchilar orasida ham xukmronlik qiladi. Sovet davrida to‘plangan arxeologik va antropologik materiallarni qayta ko‘rib chiqish, ular tahliliga xolislik asosida yangicha yondashish, mustaqillik bergan g‘oyaviy erkinlikdan foydalangan holda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab, o‘zbek xalqi etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi rosa ming yilga qadimiylashtirildi. O‘zbek xalqi tarixi 3 ming yildan kam emas deyildi. O‘zbeklarning ikki xil tilda so‘zlashuvchi ilk ajdodlarining nafaqat iqtisodiy va madaniy, balki etnik jihatdan ham bir-birlariga yaqinlashish, aralashish, qorishish jarayoni so‘nggi bronza davridan boshlandi, – degan xulosaga kelindi[10]. Bunday o‘ta mas’uliyatli xulosaga kelishimizda Xitoy yozma manbalari katta rol o‘ynadi.
Ma’lumki, Sovet davri qadimshunosligida xunlarni turkiy zabon qabilalar ekanligi tan olingan. Xunlarning ilk ajdodlari butun Sibir bo‘ylab keng tarqalishiga qaramay, Xitoy yozma manba’larining N.Ya. Bichurin chala tarjimalariga asoslanib, turkiy xalqlarning vatani faqat Tog‘li Oltoy deb kelindi. Biroq, Qozog‘iston dashtlari, janubiy va janubiy-sharqiy O‘rol orti rayonlar, Janubiy Sibir va Tog‘li Oltoydan topilgan bronza davriga oid arxeologik va antropologik materiallar aynan bir-birlariga o‘xshash, yaqin, bir xil moddiy madaniyat va bir xil antropologik tipdagi qabilalar ekanligi Sovet davri ilmiy adabiyotlarida qayd etilsada (gap andronova madaniyati qabilalari haqida ketayapdi), andronova madaniyatining Tog‘li Oltoyda yashagan jamoalari turkiy tilli edi, qolgan mintaqalarda yashagan qabiladoshlari esa eron zabon bo‘lgan, – degan g‘ayri ilmiy fikr xukmron edi.Keyingi yillarda Xitoy va Yapon olimlari bu masalaga qator aniqliklar kiritishdilar, ya’ni qadimgi Xitoy podsholiklarida «shi» deb atalgan yilnomachilar qadimgi shimoliy hitoy podsholiklarining g‘arbiy va shimoliy chegaralarida chorvador turkiy zabon qabilalar yashaganliklarini taq’dlaydilar, ya’ni «shi»lar mil. avvalgi 2205 yildan boshlab Shimoliy Xitoydagi kichik hokimliklar tarixini yozaboshlaganlar. Ana shu kichik hokimliklardan biri «Shya» podsholigi bo‘lib, u shimoliy Xitoyda mil. avvalgi 2205-1766 yillarda xukmronlik qilgan. So‘ng, mil. avvalgi 1766-1122 yillarda «Shong» nomli kichik hokimlik xukm surgan. Ularning har ikkalasi devonida «shi»lar faoliyat ko‘rsatib, nafaqat o‘z hokimliklari tarixini toshga, suyakka va xitoy qamishiga yozib borgan, balki u hokimliklarga chegaradosh qabilalar va elatlar haqida ham ma’lumot qoldirganlar. Tarixda ana shunday «shi»lardan Sa Je va Ryuy Sung ismli nilnomachilarning nomi bizgacha yetib kelgan. Mil. avvalgi 1 – ming yillikda «shi» lavozimidagi yilnomachilarning soni ko‘payadi, ular yozadigan ish xajmi ham kengaygan. Xotiralar hukmdorlar istagi asosida bitilib, hukmdorlar «Tangri farzandi» sifatida ilohiylashtiriladi. Ularning faoliyati qonun, ahloq normalari va Tangri amri sifatida