O’zbek marosim folklori


Mavzu:O’zbek marosim folklori. Reja 1. O’zbek marosim folklori haqida tushuncha. 2. Mavsumiy marosimlar folklori. 3. Oilaviy marosimlar.
Marosim arab tilidagi “marsum” so’zidan olingan bo’lib, 1-chizilgan; 2-rasm qilingan; 3-odat bo’lgan ma’nolarini anglatadi. Har bir inson umri davomida turli maqsadlarda uyushtirilgan va xalq orasida odat tusiga kirgan marosimlarda ishtirok etadi. Ular to’ylardan, yig’inlardan, ma’rakalardan iborat bo’lishi mumkin. Ayni paytda, butun xalq qatnashadigan bayramlarni ham marosimlar qatoriga qo’sha olamiz. “Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to’kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o’tkaziladigan, xalq orasida qat’iy an’anaga aylanib qolgan xatti-harakatlar marosim deyiladi” mazkur ta’rifdan ma’lum bo’layaptiki, marosim xalq orasida qat’iy an’anaga aylangan tadbir hisoblanar ekan. Haqiqatan ham, qizni turmushga berish to’yi yigit tomonidan qiz yashaydigan oilaga sovchi kelishidan boshlanadi. “Sovchi” Mahmud Koshg’ariy ma’lumotiga ko’ra, xabarchi ma’nosini anglatad. Demak, sovchi bo’lajak kelin oilasiga kuyov haqida ma’lumot beradi va kelin haqidagi xabarni yigitnikiga olib ketadi. Shundan so’ng, ikki tarafning kelishuviga binoan fotiha to’yi o’tkaziladi. To’y marosimi ham to’y olib kelish, ziyofat berish, yor-yor aytish, tortishmachoq kabi o’nlab kichik-kichik sahnalardan iborat bo’ladi. San’atshunoslik sohasi bo’yicha fikr yuritsak, har bir to’y ma’lum hududda yashovchi xalq tomonidan ko’p yillar mobaynida maxsus ishlab chiqilgan ssenariy asosida o’tkaziladi. Faqat uning ishtirokchilari ayrim ojdatlari, sababchilari, uyushtirish sifati, darajasi, oilaviy va hudud sharoiti taqozosi bilan boshqa bo’ladi. Millat vakillarining an’analari, odatlari, rasm- rusumlari, mentaliteti (tabiati) ana shu ssenariyda, ya’ni marosimni o’tkazishda o’ziga xos lavhalardan iborat. Insonning tug’ilishi, uylanishi, turmushga chiqishi bor ekan, marosimlar ham bo’laveradi. Demak, marosimlar xalq tarixidagi eng qadimgi qadriyatlar hisoblanadi. Qadim zamonlarda yigit qizga uylanish uchun o’zining jismoniy quvvatini u bilan kurash tushish yoki boshqa yo’l bilan namoyish qilishi zarur edi. Zamonlar o’tishi bilan bu odat yo’qolgan. Uning o’rniga yangi-yangi odatlar paydo bo’lgan. Marosimlar o’tkazilish vaqti,
ko’rinishlari, odamlarning ishtiroki, maqsadga ko’ra mavsumiy va oilaviymaishiy turlarga bo’linadi. Jumladan, mavsumiy marosimlarida qon-qarindoshlik jihatidan yaqinlikdan qa’ti nazar, ma’lum hududda yashaydigan butun aholi ommaviy tarzda ishtiroq etadi. Navro’z, Mehrijon, Ramazon hayiti, Qurbon hayit kabi yirik bayram- marosimlar ham borki, ularni bir yoki bir necha xalq vakillari o’tkazadilar. Shox moylar, Sust xotin marosimlari esa kichik bir qishloq, mahalla yoki juda bo’lmaganda tuman miqyosida uyushtiriladi. Oilaviy marosimlarda esa, asosan, marosim egasining qarindoshlari, do’st-birodarlari, hamkasb xizmatchilari qatnashadilar. Ammo marosimlar turidan, maqsadidan qat’i nazar, jamoadagi odamlarni bir-biriga yaqinlashtirish, o’rtada mehr-oqibat tushunchalarini shakllantirish, har bir odamni topshirilgan vazifani bajarish ruhida mas’uliyatli qilib tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir. Mavsumiy marosimlar folklori Dunyodagi boshqa xalqlar qatori o’zbeklarning hayoti ham ko’p jihatdan tabiatdagi o’zgarishlarga bog’liq bo’lgan. Yil fasllarining o’zgarishi, har bir faslning o’z xalq tasavvurida shakllangan tarzda kelishi oxir pirovardida hosilning mo’lligini yoki dehqon mehnatining zoye ketishini belgilagan. Shuning uchun yil boshlanishi- bahor biz o’zbeklarda umidlar fasli sifatida kutib olingan. “Har faslning o’z xislati bor. Har faslning o’z fazilati”- deganlaridek, xalqimiz boshqa fasllarni ham o’ziga xos ravishda qabul qilgan va har qaysisiga alohida-alohida marosimlar o’ylab topgan. Bir fasldagi udumlar ikkinchisida takrorlanmagan. Jumladan, bahorda “Loy tutish”, “Shox moylar”, “Navro’z”, “Sust xotin” marosimlari o’tkazilgan. Loy tutishda ariqlar tozalangan, butun aholi bu ishda faol ishtirok etgan. Bevosita ariq tozalash ishini bajarayotganlar, ularning yonidan o’tib ketayotgan odamga ketmon yoki belkurakda loy tutishgan. Yo’lovchi o’ziga loy tutilganidan so’ng yo biron qo’shiq, yo boshqa hunarni ko’rsatib, ishlayotganlarni mamnun qilish lozim hisoblangan. Aks holda u ham odamlar bilan ariq tozalashga majbur qilingan. Ariq tozalash ishlarining tugashi odatda maxsus uyushtirilgan sayil, holi baqudrat tayyorlagan ziyofat bilan nihoyasiga yetgan. Shox moylar esa
bahorda birinchi yer haydash ishlarining boshlanishi bilan o’tkazilgan. Bo’lajak hosilning mo’l bo’lishiga niyat qilib, qo’shga qo’shilgan ho’kiz shoxi yog’ bilan moylangan va dastlab piri badavlat, uvali- juvali bobo dehqon qo’sh haydab bergan. Keyinchalik ishni yoshlar davom ettirgan. Bu marosim ham gavjum to’plangan odamlar ishtirokida sayil o’tkazish, xursandchilik bilan amalga oshirilgan. Bahor quruq kelgan kezlarda “Sust xotin” marosimi tayyorlangan. Bu marosimda mahalla, qishloq ayollari yig’ilib mo’la (poliz qo’riqchisiga o’xshagan qo’g’irchoq) yasashgan va uning ustidan suv sepib, qo’shiq aytishgan: Sust xotin, suzma xotin Ko’lankasi maydon xotin! Yomg’ir yog’dir ho’l bo’lsin Yer-u jahon ko’l bo’lsin. Maysalar quloq yozsin, Sut-u qatiq mo’l bo’lsin. Albatta, bahor faslidagi eng aziz va har bir o’zbek uchun qadrli marosim Navro’z bayramidir. Navro’z haqidagi dastlabki ma’lumot Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida uchraydi. Shuningdek, Umar Xayyomning “Navro’znoma” risolasi va Muhammad Rizo Ogahiyning bevosita Navro’z bayramiga bag’ishlangan she’riy asarlari bor. Navro’z ayyomi yilning 21- mart kuni nishonlanadi. Bayramning Navro’z deb atalishi yangi kun, ya’ni yangi yilning kirib kelishi bilan bog’liq. Bu kunda kecha va kunduzning uzayishi boshlanadi. Shuninng uchun ham Navro’z diniy emas, balki, dehqonchilik, bog’dorchilik ishlarining qizg’in pallaga kirishi bilan aloqador alohida bayramdir. Navro’z bayramini faqat o’zbeklar emas, qozoqlar, qirg’izlar, turkmanlar, tojiklar, ozarbayjonlar va boshqa millatga mansub xalqlar nishonlaydilar. Avvalo, uni o’tkazishga katta tayyorgalik ko’riladi: halim, sumalak, ko’k somsa, ko’k chuchvara, har xil shirinliklar tayyorlanadi. Professor B. Sarimsoqovning ma’lumot berishicha, katta bir idishda yetti xil don ekinining urug’i undirilgan. Ular bug’doy, arpa, zig’ir, tariq, no’xot, jo’xori, sholilardan iborat bo’lgan. Ogahiyning ma’lumot berishicha, Navro’zda hamma qayiqda daryo