logo

O‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari she’rlaridagi tajnis, iyhom,

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

40.666015625 KB
O‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari she’rlaridagi tajnis, iyhom,
tanosub, ishtiqoq, tazod, takrir kabi lafziy san’atlarni o‘rganish.
Reja:
1. Ma’nviy san’atlarning o‘ziga xosligi
2. Lafziy san’atlarning tarkibiy qismlari. She`riy san`atlar so`zlarning shakliy xususiyatlari (ularning tarkibidagi
tovushlar   va   harflarga   xos   xususiyatlar),   ma`no   qirralari,   jumla,   misra,   bayt
yoxud undan kattaroq birliklarning mazmuniga xos hodisalardan foydalanish
natijasida hosil bo`lishi. "Lafziy san`atlar" va "Ma`naviy san`atlar". 
Lafziy   san`atlar   so`zlarning   shakliy   xususiyatlari   ya`ni   ularning
tarkibidagi tovushlar va harflar bilan bog‘liq hodisalar asosida yuzaga kelishi.
Tarse`,   tajnis,   saj`,   musajja`,   zulqofiyatayn,   takrir   (mukarrar),   qaytarish
(radd) ishtiqoq, mulamma`, muvashshah, kitobat (harf san`ati) kabilar haqida
ma’lumot.
Ma`naviy   san`atlar   so`z,   jumla,   misra,   bayt   yoxud   undan   kattaroq
birliklarning   ma`no   qirralari,   mazmuniga   xos   hodisalardan   foydalanish,   shu
yo`l bilan go`zallik yaratish natijasida hosil bo`lishi. Tashbeh, istiora, kinoya,
mubolag‘a, tablig‘, ig‘roq, g‘uluv, sifatlash, tazod, iyhom, tafsir, laffu nashr,
ta`did,   ruju`,   tashxis,   talmeh,   irsoli   masal,   tazmin,   husni   matla`,   ta`rix,
muammo,   tajohilul   orif,   husni   ta`lil   kabi   ma`naviy   san`atlarhaqida   umumiy
tushuncha.
Badiiy san’atlarning poetik obraz yaratishdagi ahamiyati.
She’riy   san`at lar ning   badiiy   obraz   yaratishdagi   a h amiyati.   She`rda
badiiy   san`atlarning   uyg‘unlashuvi.   She’riy   san`atlar   va   ijodkor   mahorati.
She’riy san`atlarni qo‘llashda an’anaviylik va o‘ziga xoslik. She’riy san`atlar
va badiiy uslub. Atoyi, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Ogahiy kabi o`zbek mumtoz
shoirlari   ijodida   badiiy   san`atlarni   qo`llash   borasidagi   mahorat   masalasi.
San`atkorlik va san`atsozlik masalasi. San`at so`zi hozirda bir necha istilohiy
ma`nolarda  q o`llanadi.   Q uyida uning lu g‘ atlarda keltirilgan ma`nolari ha q ida
to`xtalib o`tamiz. "San`at"   so`zi   etimologiya,   ya`ni   kelib   chihish   nuhtai
nazaridan   arabcha   sun`   ( ﻊﻧﺼ )   o`zagidan   olingan.   Bu   so`z   ijod,   yaratmoh degan ma`nolarni ifodalaydi.  "Sun`" parvardigorning sifatlaridan biri bo`lib,
shu o`zikdan yasalgan "sone`" so`zi go`zallik yaratuvchi, ijod etuvchi degan
ma`nolarni ifodalaydi. "San`at" so`zi "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli
lug‘atida quyidagi ma`nolarda sharhlangan:
- hunar, kasb, ustalik, mohirlik:
"San`at"   so`zi   Navoiy   asarlarida,   shuningdek,   san`atgar,   san`atgariy,
san`atnamoy, san`atoyin, san`atsoz, san`atfosh   kabi lug‘aviy va grammatik
shakllarda   ham   qo`llangan.     "Farhangi   zaboni   tojiki"   kitobida   "san`at"
so`zining  q uyidagi ma`nolari ham sharhlangan: 
- takalluf dar suxan, suxanoroyi, hunarnamoyi dar nazmu nasr. 
Mazmuni: so`zda lutf (go`zallik, nozik ma`no) yaratish, nasr va nazmda
so`zni mahorat bilan  q o`llash, hunar ko`rsatish.
"San`at"   so`zi   zamonaviy   adabiyotshunoslik   atamasi   sifatida
"...voqelikni obrazlar va yorhin manzaralar orhali badiiy ifodalashdan iborat"
hodisani ifodalaydi. 
Badiiy   san`atlar   she`riy   nutqning   jozibadorligi,   ta`sirchanligi   va
mazmundorligini  oshirishga  xizmat  qiluvchi  asosiy   vositalardan  biridir.   Shu
bois   she`rning   tub   mohiyatini   anglash,   his   qilish   uchun   unda   qo`llangan
badiiy tasvir vositalarini aniqlay bilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
She`riy san`atlar so`zlarning shakliy xususiyatlari (ularning tarkibidagi
tovushlar   va   harflarga   xos   xususiyatlar),   ma`no   qirralari,   jumla,   misra,   bayt
yoxud undan kattaroq birliklarning mazmuniga xos hodisalardan foydalanish
natijasida   hosil   bo`ladi.   Shunga   ko`ra,   badiiy   san`atlar   iki   turga   ajratiladi:
"Lafziy san`atlar" va "Ma`naviy san`atlar".  Lafziy   san`atlar   so`zlarning   shakliy   xususiyatlari   ya`ni   ularning
tarkibidagi tovushlar va harflar bilan bog‘liq hodisalar asosida yuzaga keladi.
Jumladan,   tarse`,   tajnis,   saj`,   musajja`,   zulqofiyatayn,   takrir   (mukarrar),
qaytarish   (radd)   ishtiqoq,   mulamma`,   muvashshah,   kitobat   (harf   san`ati)
kabilar lafziy san’atlar sirasiga kiradi.
Ma`naviy   san`atlar   so`z,   jumla,   misra,   bayt   yoxud   undan   kattaroq
birliklarning   ma`no   qirralari,   mazmuniga   xos   hodisalardan   ustalik   bilan
foydalanish,   shu   yo`l   bilan   badiiylik,   go`zallik   yaratish   natijasida   hosil
bo`ladi. Tashbeh, istiora, kinoya, mubolag‘a, tablig‘, ig‘roq, g‘uluv, sifatlash,
tazod,   iyhom,   tafsir,   laffu   nashr,   ta`did,   ruju`,   tashxis,   talmeh,   irsoli   masal,
tazmin,   husni   matla`,   ta`rix,   muammo,   tajohilul   orif,   husni   ta`lil   kabilar
ma`naviy san`atlar sirasiga kiradi.      Badiiy   san’atlarning   poetik   obraz
yaratishdagi ahamiyati           
Tashxis.   Mumtoz   she`riyatimizda   keng   qo`llangan   badiiy   tasvir
vositalaridan biri tashxisdir.   "Tashxis" arabcha so`z bo`lib "shaxs" o`zagidan
hosil   bo`lgan   (ta   -   old   qo`shimcha).   O`zbek   tiliga   tarjima   qilganda,
"shaxslantirish"   degan   ma`noni   anglatadi.   Tashxis   insongagina   xos   bo`lgan
jismoniy   va   ruhiy   holatlarni   (o‘ylash,   fikrlash,   gapirish,   quvonosh   yoxud
iztirob   chekish,   xastalanish,   jarohatlanish,   musobaqalashish,   sevish,   rashk
qilish vahokazo) tabiat unsurlari, jonzotlar, borliqdagi narsa-buyumlar hamda
hodisalarga   ko`chirish   san`atidir.   Tashxis   orqali   shoir   tasvirlanayotgan
manzara   yoki   tushunchani   o`quvchi   tasavvurida   qayta   jonlantirib,   she`rdagi
timsollar jozibasini oshiradi, ularning hissiy ta`sirini kuchaytiradi.
Intoq    (arabcha nitqlantirish, gapirtirish)   Tashxis ning bir turi bo‘lib unda
insongagina xos bo`lgan jihatlardan bittasi ya’ni nutqga ega bo‘lish hodisasi
aslida   bunday   xislatga   ega   bolmagan   jonli   va   jonsiz   predmetlarga
ko‘chiriladi. Tashbeh   - adabiyotda keng ho`llanadigan she`riy san`atlardan biri. Uni
o`zbekcha   qilib   o`xshatish   desa   ham   bo`ladi.   Tashbehda   narsa,   belgi   va
harakat kabilar boshqasiga o`xshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o`sha
tushunchani   anglash   va   his   qilishni   osonlashtiradi.   Demak,   tashbeh   ikki
narsani   bir-biriga   o`xshatishdir.   Masalan,   "Yuzing   go`zallikda   gul   kabidir"
deyilganda yuz gulga o`xshatilgan. Tashbehning yuzaga kelishida to`rt unsur
ishtirok etishi mumkin:
1.   Mushabbih   ya’ni   o`xshamish   -   tasvirda   fikr   qaratilgan   narsa   yoki
tushuncha (yuz).
2.   Mushabbihun   bih   ya’ni   o`xshatilmish   -   tasvirda   qiyoslanayotgan
narsa yoki tushuncha (gul).
3.   Vajhi   shaboh   ya’ni   o‘xshatish   asosi   -   o`xshatishning   qanday   belgi
yoki xususiyatga ko`ra chiqqanligi (go`zallikda).
4. Odoti tashbeh ya’ni o‘xshatish vosita - o`xshatilishning lug‘aviy yoki
grammatik  belgisi (kabi).
Vosita   ishtirok   etgan   o`xshatishlarda   tashbeh   aniq   ko`rinib,   bilinib
turadi. So`z san`atida - dek, - day, -cha, - simon, - vor, - saro,  - oso, - vash,
- iy, - oyin kabi qo`shimchalar, kibi, singari, misli, misoli, go`yo, yanglig‘,
xuddi, o`xshab, nechukki, bo‘ylakim va boshha so`zlar vosita bo`lib keladi.
Ko`p hollarda asos ishtirok etmaydi. 
Ba`zan   vosita   ham   tushib   qolib,   tashbehda   o`xshatmish   bilan
o`xshatilmishgina ishtirok etadi. 
Tanosub   -   baytda,   umuman,   she`riy   bandlarda   ma`no   jihatidan   bir-
biriga   yaqin   tushunchalarni   anglatuvchi   so`zlarni   qo`llash   orqali   hosil
qilinadi.   Masalan,   "bulbul"   so`zi   gul,   bog‘,   chaman,   navo   so`zlari   bilan; "Ka`ba"   esa   haj,   farz,   Tengri,   ziyorat   so`zlari   bilan   mazmuniy   bog‘lanib,
yaxlit tushuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi.
"Husni   ta`lil"   "chiroyli   dalillash"   demakdir.   Shoir   tasvir   etilayotgan
hodisaga   biror   go`zal   sabab   ko`rsatadi.   Aslida   bu   sabab   bo`la   olmaydi,
shunchaki iltifot ma`nosini o`taydi. 
Laff   va   nashr.   Laff   –   yig‘ish,   nashr   -   yoyish   demakdir.   XV   asr
adabiyotshunosi Atoulloh Husayniy uni shunday tushuntiradi: Laffu nashr
andin   iboratdurkim,   bir   nechani   zikr   qilur,   andin   so`ng   ul   bir   nechaga
aloqador  bir  necha  nimani  bu  nimalarning  har  biri  ul  bir  nechaning  qaysi
birig‘a taalluqlug‘ erkonin aniq bilmay zikr qilurlar".
MA’NAVIY SAN’ATLAR
Bir   pridmetni   boshqasiga   o‘xshatilishiga   –   tashbeh   san’ati   deyiladi.
mumtoz adabiyotda an’anaviy tashbehlar:  
Lab-la’lga;   Soch-sunbulga;   Tish-durga;   Ko‘z-cho‘lponga;
Qad-sarvga; gulga;
Yuz-oyga, gulga; Zulf-anbarga; Qosh-hilolga o‘xshatiladi. 
Labingdek obi hayvon  hay ne nisbat,
Tishingdek duri  g‘alton hay ne nisbat.
* * *
Cahiy  sarv qading  birla teng o‘lg‘a,
Niholi bog‘i rizvon, hay ne nisbat.
* * * Ne balolig‘ hasratu armon bila borg‘um durur, 
Gar men o‘lsam  oy yuzungni  ko‘rmayin nogoh umid.
* * *
To tirikdur, sendin o‘zga qolmag‘ay hargiz, Gado,
Ey  yuzi gul , qomati sarvi xiromon, sho‘x-sho‘x.
* * *
Bu zarofat, bu tarovat birla, ey  qoshi hilol ,
Qo‘ymading olamda husni lutfu istig‘noyi iyd.
* * *
Sunbul soch ingki, ol ila gulbargi tar quchar,
Horut erurki, sehr ila qursi qamar quchar.
* * *
Muntahodur oy yuzung qoshinda ul  cho‘lpon ko‘zung ,
Kim quyosh yoninda erur matla’i axtar g‘arib.
* * *
Gultek taningni  ko‘rgali munglug‘ menu soching,
Davlati qulki, har kecha xush to sahar quchar.
Istiora   –   tashbeh   san’atida   qo‘llangan   o‘xshatilayotgan   pridmetning
o‘zigina   she’r   tarkibida   keladi   va   qiyoslanayotgan   pridmet   esa,   she’r
tarkibida qo‘llanilmaydi.
Har qachon la’ling tabassum qilsa, shakkar sochilur,  Chun takallumingdin dam ursa, durru-gavhar sochilur. 
* * *
Sunbulungdin bu dimog‘i muattar g‘ilg‘ali, 
Topmadi o‘zga jahonda anbari ashhabda tiyb
Litota   –   kichraytirish   san’ati   bo‘lib,   bunda   voqeya   va   pridmetlar
kichiklashtirilgan holda tasvirlanadi. 
Gar bor desam og‘zingkiu belingni, kamohiy, 
Chindur, ajab isboti-yu yolg‘on desa bo‘lur.
Mubolag‘a  (g‘uluv) san’ati- biror voqeya va pridmetlarni bo‘rttirilgan 
holda tasvirlashga aytiladi. 
Ko‘zing gar bir qiyo boqsa, xaloyiqni qirar g‘amzang: 
Musulmonliqdin ermas buki, nohaq muncha qon aylar. 
Tashxis   (shaxs)   san’ati   deb,   tabiatdagi   narsa-hodisalarni   va
hayvonlarni shaxslar singari tasvirlashga aytiladi.
O‘z xatosidin agar lof ursa zulfung birla mushk, 
Chin emastur bu Xato, Totor mundoqmu bo‘lur? 
* * *
G‘amzang qachonki, qosh yosidin novak otar, 
Xokiylarning ichinda meni o‘q nishon qilur. 
Intoq   (nutq)   –   tashxis   san’atining   bir   ko‘rinishi   bo‘lib,   bunda
shaxslantirilgan hayvon yoki pridmetlarning nutq so‘zlashiga aytiladi. Hinduviy zulfung meni kofir deding deb to‘lg‘onur; 
Chin emasmu, ey ko‘zi kuffor, xaybardin batar? 
* * *
So‘rayin dedim labingdinkim, nag‘u to‘ktung qonim?
G‘amzang aytur: So‘rsa bo‘lmas andin, erur chun sag‘ir.
Irsoli masal   – she’r tarkibida maqol, hikmatli so‘zlarni qo‘shib, uning
mazmunini yanada badiiylashtirish san’atidir.
Husn davronin g‘animat tut, vafo qil oshiqa, 
Ey begimkim, ko‘z yumub ochquncha bu davron kechar. 
* * *
Besh kun fursat g‘animat tut bu dori dunyoda, 
Ayshu ishrat qil, begimkim, asru foniy ko‘rnadur. 
* * *
Shul xalovatkim, topibtur tuzluq erningdin bu jon, 
Gar unutsam haqqini, qilsun ko‘zumni ul tuz oq.
Tazod   (zid)-   she’riyatda   bir-biriga     qarama-qarshi   so‘zlarni   bir   bayt
yoki misrada keltirilishiga aytiladi.
Saningdek  shoh ning ostonasida, 
Maningdek bir  Gado  bo‘lmasa bo‘lmas. 
* * *
Agar sen husn elining  xon idursan,  Jahonda dag‘i mendek  Gado  yo‘q. 
* * *
Gado bish emastur der raqibing, 
Gado durman, vale  sulton din ortuq.
Talmeh - she’r tarkibida tarixiy shaxslar, tarixiy voqeya va hodisalarni
ifodalanishiga aytiladi.
Lutf etib men xastadilni tirguz ey Iysonafas, 
Ma’dani jondur chu la’li shakkarafshoning saning. 
Nuh to‘fonindin oshti ko‘zlarimning seli oh; 
To ne yerga yetkusidur oqibat bu mojaro? 
* * *
Sunbulung tutquncha ne javru jafokim, chekmadim; 
Sabri Ayub ettim, ammo toptim oxir umri Nuh. 
* * *
Garchi mushkil holatedur ila jon bag‘ishlamoq, 
Ul Masih anfosliq begimga xush oson erur. 
* * *
Sarchashmayi hayron chu tor og‘zing durur, ey jon,
Behuda emish ul talabi Xizru Sikandar. 
* * * Tajnis   (jinsdosh) – she’r tarkibida shakldosh so‘zlarning qo‘llanishiga
aytiladi. Mumtoz adabiyotning tuyuq janrida tajnis san’ati keng qo‘llaniladi.
(Agar) qilsam shakkan irningdin savol,
Men Gadog‘a lutfi birla  kelma der.
Chun borur bo‘lsam yovuqroq qoshig‘a,
Shum raqibi behaqiqat  kelma der.
Tanosub  – she’r tarkibida uyadosh so‘zlarning qo‘llanili-shiga aytiladi.
Sensiz, ey  guli  bog‘i jinon, g‘uncha mengizlik, 
Qat-qat yuragim gar to‘la qon bo‘ldi, ne bo‘ldi? 
* * *
Xush  tabib esenkim, erur oshiqi  dilxasta g‘a,
Xoki poying  no‘shdoru , eshiging  dorush-shifo . 
* * *
Mustadom o‘lsun kamoli husnu johingkim, bu kun, 
Mehru  mah  hayron erur, ey ko‘zi  cho‘lpon im, sanga. 
Tajohulu   orif -   she’r   tarkibida   shubha,   gumonsirash   mazmuni
misralarda ifodalanishiga aytiladi.
Alloh-alloh, bu ne shaklu shevavu tamkin bo‘lur, 
Bu latofat birla, bilman, hursen yohud pariy. 
* * *
Labingdek obi hayvon hay ne nisbat,  Tishingtek duri g‘alton hay ne nisbat.
Ruju’   (qaytish)   –   shoir   she’rda   biror   tashbehni   keltiradi   va   keyingi
misralarda esa, undan chekinib, undan ham kuchliroq o‘xshatishni qo‘llashga
aytiladi.
Ul malaksiymo sanam, gar hur emastur yo pariy, 
Pas nedur bu nasli odamdin aning yuz yo barii? 
    Iyhom  san’ati - she’rdagi biror so‘zni ikki xil ma’noda qo‘llanilishiga 
aytiladi.
Bu ne qaddur, bu ne qomat ofatliq xirom! 
Uftanurmen kim deyin tovus yokabki dariy. 
* * *
Mazhari husneki, derlar ul chiroyingdur saning, 
Bu latofat birla qilg‘in, ulcha royingdur saning. 
* * *
Har baloyi g‘amki, hijron elgidin tortar muhib, 
Ul balolardin ne g‘amdur, gar habib ogoh erur. 
Laffu-nashr   –   bu   san’atda   shoir   she’ri   tarkibida   bir-bir   pridmetlarni
sanash   ohangida   keltiradi   va   keyingi   misrada   esa,   ularga   xos   tashbeh   yoki
harakatlar bilan tasvirlaydi.
Bu turluk shevalik  ko‘z  birla  zulf -u  oraz i zebo, 
Qaysi  jayron , qaysi  sunbul , qaysi  gulzor  andoqdur. 
* * * O‘z joniga o‘zi  qaro qayg‘u ni keltirur, 
Har kim jahonda  zulfi muanbar  havas qilur. 
* * *
Kiprik laringni ko‘rgali oshiq niyoz ila, 
Jonig‘a tig‘u  novaku xanjar  havas qilur. 
Lafziy sana’tlar
Qofiya  – she’rning har bir misrasi oxiridagi ohangdosh so‘zlarning 
qo‘llanilishiga aytiladi.
Ul malaksiymo sanam, gar hur emastur  yo pariy , 
Pas nedur bu nasli odamdin aning yuz  yo bariy ? 
Boshqofiya  – she’rning boshida keladigan so‘zlarning ohangdosh 
bo‘lib kelishiga aytiladi.
Siyratinda , dilrabo davlat nishoni ko‘rnadur, 
Suratingda  dag‘i anvo’i ma’niy ko‘rnadur. 
* * *
Saningdek  shohning ostonasinda,
Maningdek  bir Gado bo‘lmasa bo‘lmas. 
* * *
Yanoqing  ravzayi rizvondin ortuq, 
Dudoqing  chashmayi hayvondin ortuq.  Zulfiqofiyatayn   –   har   bir   misra   so‘ngida   ikkitadan   so‘zning
qofiyalanib kelishiga aytiladi.
Ey na’imi nozi olamdin  manga dildor  umid,
Dilrabolarning ichinda  jonuma diydor  umid.
* * *
Ey jarohatliq ko‘ngul  dardina   marham  dardi yor,
Voy azaldin to abad  jonimg‘a   mahram  dardi yor.
Radif  – she’rning qofiyasidan keyin takrorlanib keluvchi so‘zdir
Yoz fasli bog‘ agarchi ravzayi rizvon  erur,  
Sensiz, ey huri pariypaykar, manga zindon  erur .
Hojib  – she’rning qofiyasidan oldin takrorlanib keluvchi so‘zdir.
Shakkar erningdin naboti Misr  erur  sharmanda jon,
Zarratek og‘zingg‘a sargardon  erur  har qanda jon.
Takrir   –   she’r   tarkibidagi   bir   qatorda   bir   so‘zning   bir   necha   marta
sanash ohangi bilan takrorlanishiga aytiladi. 
Hosid aytur: Ul eshikta xorsen tuproqtek,
Og‘zig‘a, og‘ziga  urung, so‘zlasun izzat bila.
* * *
Alloh, Alloh , bu malohatkim, zilol erningdadur,
Xizrning chashmayi  hayvoni sensen, yo habib.
* * * Chun gasht uchun otlanding, ayo sarvi ravonim,
Ye tti, yetti  gardung‘a maning ohu fig‘onim.
Mukarrar   -   she’r   tarkibidagi   bir   qatorda   bir   so‘zning   takror   tarzda
qo‘llanishiga aytiladi.
Men Gadoyi xastani bore sog‘ing‘in  kech-kech ,
Gar muyassar bo‘lmasa so‘rmak, azizim,  bot-bot .
Ul zulfi  halqa-halqaki , purpechu tob erur,
Sunbuldur arg‘uvon uza yo mushki nob erur.
Ul  qatra-qatra  tobi araq orazing uza,
Shabnammudur gul uzra va yoxud gulob erur!
Halqa-halqa  anbarin zulfungni sol yuz uzrakim,
Xush yarashur sunbuli serob ila gulbargi tar.
Tardi   aks   –   she’r   tarkibidagi   birinchi   kelgan   misradagi   ikki   so‘zning
ikkinchi misrada o‘rnining almashtirilib qo‘llanilishidir.
Bir  balodur, qaro  jonimg‘a soching, 
Qoshu ko‘zung  qaro bal o singari. 
* * * Har nechaki , sentek manga  dildor topilmas, 
Mendek sanga  ham yori vafodor topilmas. 
Ta’did  – she’rning bir misrasida sinonim so‘zlarning ketma-ket tarzda 
kelishiga aytiladi.
 Alloh-Alloh, bu  pariy  yo  hur  yo inson erur,
Bu ne shaklu ko‘zu qoshu g‘amzayi fatton erur.
* * *
Har saharki, shum raqibing anlida joni hazin, 
Nechakim, oh ursa, aytur: Bu  g‘am u  dard u  balo . 
Ishtiqoq   –   she’r   tarkibida   bir   o‘zakdan   yasalgan   so‘zlarning
qo‘llanilishiga aytiladi.
Topmadi, har nechakim,  sayr  ayladi  sayyor  aql,
Sen bikin bir rahmsiz sho‘xi sitamgar dunyoda. 
* * *
Chunki ko‘rdum shodmonlig‘ birla bu  qosid  yuzin, 
Hosilokim,  maqsad i dunyovu din bo‘ldi husul. 
   Qaytariq  – misraning bosh  qismida va oxirida takror-lanadigan 
so‘zdir.
Unutsun  barcha olam, gar  unutsa,  
Sen, ey huri pariyruxsor, unutma! 
* * * Bu  ne ot minish bo‘lur, bu ne qiyo boqish bo‘lur  bu , 
Bu ne o‘lturush bo‘lur bu, sanga jon nisoru qurbon. 
Iltifot  – she’r tarkibida undov so‘zlarning qo‘llanili-shidir.
G‘am maqomindin manga bir kun guzar bo‘lg‘aymu,  oh ?
Ko‘yi mehnattin dag‘i azmi safar bo‘lg‘aymu,  oh ?
Ko‘nglum asru mubtalodur dardu g‘am zulmotida,
Furqting shominda ummidi sahar bo‘lg‘aymu,  oh ?
Ul og‘izdinkim, base diqqat dutar andin uqul,
Ko‘z zakotidin manga haqqi nazar bo‘lg‘aymu,  oh ?
Ey latofat bo‘stoninning sari sarvi ravon,
Naqli qaddingdin manga ummidi bar bo‘lg‘aymu,  oh ?
Ishtiyoqing dardi birla jong‘a yetkurding meni,
Bu jafovu javrdin ko‘nglung digar bo‘lg‘aymu,  oh ?
Ihtimoming birla, ey mulki malohat ichra xon,
G‘am cherigina manga bir kun zafar bo‘lg‘aymu,  oh ? Tarse’   –   baytdagi   ostinma-ustun   turgan   so‘zlar   o‘zaro   ohangdosh
qo‘llanilishiga aytiladi.
Labing birla shakkar bore nedaydur, 
So‘zing birla durar bore nedaydur? 
* * *
Yanoqing ravzayi rizvondin ortuq, 
Dudoqing chashmayi hayvondin ortuq. 
* * *
Noz uyqusunda fitnayi bedor emish ko‘zung, 
Qon to‘kkuchi na kofiri xunxor emish ko‘zung. 
* * *
Orazingning onlida shamsu qamardin kim desun? 
Lablaringning qoshida shahdu shakardin kim desun? 
SAVOLLAR:
1. She’rda so‘z ba iboralar takrori hamda uning ahamiyati.
2. Qaytarish usuli va uning turlari.
3. Tajnis san’ati va uning turlari
4. Harflar bilan bog‘liq badiiy vositalar.
5. Boshqa lafziy san’atlar (ishtiqoq, muvashshah, mulamma’). ADABIYoTLAR
1. To‘ychiev U. O‘zbek poeziyasida aruz sistemasi. – T.: Fan, 1985.
2. Hojiahmedov A.  She`riy san`atlar va mumtoz qofiya. - T., 1998.
3. Hojiahmedov A.  Mumtoz badiiyat lug‘ati. - Toshkent: Yangi asr avlodi
, 2008.
4. Atoulloh Husayniy. Badoe’ us-sanoe’. – T.: G‘.G‘. nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyoti, 1981. 12-34-betlar.
5.   Ahmad   Taroziy.   Funun   ul-balog‘a   //   O‘ zbek   tili   va   adabiyoti   2002   y.
1-6 sonlar, 2003 y. 1-6 sonlar

O‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari she’rlaridagi tajnis, iyhom, tanosub, ishtiqoq, tazod, takrir kabi lafziy san’atlarni o‘rganish. Reja: 1. Ma’nviy san’atlarning o‘ziga xosligi 2. Lafziy san’atlarning tarkibiy qismlari.

She`riy san`atlar so`zlarning shakliy xususiyatlari (ularning tarkibidagi tovushlar va harflarga xos xususiyatlar), ma`no qirralari, jumla, misra, bayt yoxud undan kattaroq birliklarning mazmuniga xos hodisalardan foydalanish natijasida hosil bo`lishi. "Lafziy san`atlar" va "Ma`naviy san`atlar". Lafziy san`atlar so`zlarning shakliy xususiyatlari ya`ni ularning tarkibidagi tovushlar va harflar bilan bog‘liq hodisalar asosida yuzaga kelishi. Tarse`, tajnis, saj`, musajja`, zulqofiyatayn, takrir (mukarrar), qaytarish (radd) ishtiqoq, mulamma`, muvashshah, kitobat (harf san`ati) kabilar haqida ma’lumot. Ma`naviy san`atlar so`z, jumla, misra, bayt yoxud undan kattaroq birliklarning ma`no qirralari, mazmuniga xos hodisalardan foydalanish, shu yo`l bilan go`zallik yaratish natijasida hosil bo`lishi. Tashbeh, istiora, kinoya, mubolag‘a, tablig‘, ig‘roq, g‘uluv, sifatlash, tazod, iyhom, tafsir, laffu nashr, ta`did, ruju`, tashxis, talmeh, irsoli masal, tazmin, husni matla`, ta`rix, muammo, tajohilul orif, husni ta`lil kabi ma`naviy san`atlarhaqida umumiy tushuncha. Badiiy san’atlarning poetik obraz yaratishdagi ahamiyati. She’riy san`at lar ning badiiy obraz yaratishdagi a h amiyati. She`rda badiiy san`atlarning uyg‘unlashuvi. She’riy san`atlar va ijodkor mahorati. She’riy san`atlarni qo‘llashda an’anaviylik va o‘ziga xoslik. She’riy san`atlar va badiiy uslub. Atoyi, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Ogahiy kabi o`zbek mumtoz shoirlari ijodida badiiy san`atlarni qo`llash borasidagi mahorat masalasi. San`atkorlik va san`atsozlik masalasi. San`at so`zi hozirda bir necha istilohiy ma`nolarda q o`llanadi. Q uyida uning lu g‘ atlarda keltirilgan ma`nolari ha q ida to`xtalib o`tamiz. "San`at" so`zi etimologiya, ya`ni kelib chihish nuhtai nazaridan arabcha sun` ( ﻊﻧﺼ ) o`zagidan olingan. Bu so`z ijod, yaratmoh

degan ma`nolarni ifodalaydi. "Sun`" parvardigorning sifatlaridan biri bo`lib, shu o`zikdan yasalgan "sone`" so`zi go`zallik yaratuvchi, ijod etuvchi degan ma`nolarni ifodalaydi. "San`at" so`zi "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘atida quyidagi ma`nolarda sharhlangan: - hunar, kasb, ustalik, mohirlik: "San`at" so`zi Navoiy asarlarida, shuningdek, san`atgar, san`atgariy, san`atnamoy, san`atoyin, san`atsoz, san`atfosh kabi lug‘aviy va grammatik shakllarda ham qo`llangan. "Farhangi zaboni tojiki" kitobida "san`at" so`zining q uyidagi ma`nolari ham sharhlangan: - takalluf dar suxan, suxanoroyi, hunarnamoyi dar nazmu nasr. Mazmuni: so`zda lutf (go`zallik, nozik ma`no) yaratish, nasr va nazmda so`zni mahorat bilan q o`llash, hunar ko`rsatish. "San`at" so`zi zamonaviy adabiyotshunoslik atamasi sifatida "...voqelikni obrazlar va yorhin manzaralar orhali badiiy ifodalashdan iborat" hodisani ifodalaydi. Badiiy san`atlar she`riy nutqning jozibadorligi, ta`sirchanligi va mazmundorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biridir. Shu bois she`rning tub mohiyatini anglash, his qilish uchun unda qo`llangan badiiy tasvir vositalarini aniqlay bilish muhim ahamiyat kasb etadi. She`riy san`atlar so`zlarning shakliy xususiyatlari (ularning tarkibidagi tovushlar va harflarga xos xususiyatlar), ma`no qirralari, jumla, misra, bayt yoxud undan kattaroq birliklarning mazmuniga xos hodisalardan foydalanish natijasida hosil bo`ladi. Shunga ko`ra, badiiy san`atlar iki turga ajratiladi: "Lafziy san`atlar" va "Ma`naviy san`atlar".

Lafziy san`atlar so`zlarning shakliy xususiyatlari ya`ni ularning tarkibidagi tovushlar va harflar bilan bog‘liq hodisalar asosida yuzaga keladi. Jumladan, tarse`, tajnis, saj`, musajja`, zulqofiyatayn, takrir (mukarrar), qaytarish (radd) ishtiqoq, mulamma`, muvashshah, kitobat (harf san`ati) kabilar lafziy san’atlar sirasiga kiradi. Ma`naviy san`atlar so`z, jumla, misra, bayt yoxud undan kattaroq birliklarning ma`no qirralari, mazmuniga xos hodisalardan ustalik bilan foydalanish, shu yo`l bilan badiiylik, go`zallik yaratish natijasida hosil bo`ladi. Tashbeh, istiora, kinoya, mubolag‘a, tablig‘, ig‘roq, g‘uluv, sifatlash, tazod, iyhom, tafsir, laffu nashr, ta`did, ruju`, tashxis, talmeh, irsoli masal, tazmin, husni matla`, ta`rix, muammo, tajohilul orif, husni ta`lil kabilar ma`naviy san`atlar sirasiga kiradi. Badiiy san’atlarning poetik obraz yaratishdagi ahamiyati Tashxis. Mumtoz she`riyatimizda keng qo`llangan badiiy tasvir vositalaridan biri tashxisdir. "Tashxis" arabcha so`z bo`lib "shaxs" o`zagidan hosil bo`lgan (ta - old qo`shimcha). O`zbek tiliga tarjima qilganda, "shaxslantirish" degan ma`noni anglatadi. Tashxis insongagina xos bo`lgan jismoniy va ruhiy holatlarni (o‘ylash, fikrlash, gapirish, quvonosh yoxud iztirob chekish, xastalanish, jarohatlanish, musobaqalashish, sevish, rashk qilish vahokazo) tabiat unsurlari, jonzotlar, borliqdagi narsa-buyumlar hamda hodisalarga ko`chirish san`atidir. Tashxis orqali shoir tasvirlanayotgan manzara yoki tushunchani o`quvchi tasavvurida qayta jonlantirib, she`rdagi timsollar jozibasini oshiradi, ularning hissiy ta`sirini kuchaytiradi. Intoq (arabcha nitqlantirish, gapirtirish) Tashxis ning bir turi bo‘lib unda insongagina xos bo`lgan jihatlardan bittasi ya’ni nutqga ega bo‘lish hodisasi aslida bunday xislatga ega bolmagan jonli va jonsiz predmetlarga ko‘chiriladi.

Tashbeh - adabiyotda keng ho`llanadigan she`riy san`atlardan biri. Uni o`zbekcha qilib o`xshatish desa ham bo`ladi. Tashbehda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o`xshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o`sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbeh ikki narsani bir-biriga o`xshatishdir. Masalan, "Yuzing go`zallikda gul kabidir" deyilganda yuz gulga o`xshatilgan. Tashbehning yuzaga kelishida to`rt unsur ishtirok etishi mumkin: 1. Mushabbih ya’ni o`xshamish - tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (yuz). 2. Mushabbihun bih ya’ni o`xshatilmish - tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha (gul). 3. Vajhi shaboh ya’ni o‘xshatish asosi - o`xshatishning qanday belgi yoki xususiyatga ko`ra chiqqanligi (go`zallikda). 4. Odoti tashbeh ya’ni o‘xshatish vosita - o`xshatilishning lug‘aviy yoki grammatik belgisi (kabi). Vosita ishtirok etgan o`xshatishlarda tashbeh aniq ko`rinib, bilinib turadi. So`z san`atida - dek, - day, -cha, - simon, - vor, - saro, - oso, - vash, - iy, - oyin kabi qo`shimchalar, kibi, singari, misli, misoli, go`yo, yanglig‘, xuddi, o`xshab, nechukki, bo‘ylakim va boshha so`zlar vosita bo`lib keladi. Ko`p hollarda asos ishtirok etmaydi. Ba`zan vosita ham tushib qolib, tashbehda o`xshatmish bilan o`xshatilmishgina ishtirok etadi. Tanosub - baytda, umuman, she`riy bandlarda ma`no jihatidan bir- biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so`zlarni qo`llash orqali hosil qilinadi. Masalan, "bulbul" so`zi gul, bog‘, chaman, navo so`zlari bilan;