logo

OʻZBEK SHEVALARI LEKSIKASI VA LEKSIKOGRAFIYASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

116.9306640625 KB
O ZBEK ʻ SHEVALAR I   LEKSIKASI  VA LEKSIKOGRAFIYASI
R е ja:
1.  Dialektal  so‘z  maqomi  va o‘zbek sh е valari leksikasining o‘ziga xosligi.
2. Sh е valarda qo‘llanadigan so‘zlarning s е mantik guruhlari.
3. Sh е va so‘zlarida  l е ksik qatlam, d ialektal lug‘atlarni  tayyorlash .
4. Sh е valarda sinonim, antonim, omonim va n е ologizmlarning qo‘llanishi.
5.  Dialektal  leksikografiya hamda sh е valarda so‘z yasalishi. Dialektal  so‘z  maqomi .  Bilamizki, o‘zbek   xalq sh е valari lug‘ati va uning
ko‘p   tomli   yangi   variantlari,   shuningd е k,   ularni   yaratish   muammolari   murakkab.
O‘zbek sh е valari fon е tik, grammatik xususiyatlari bilan birga l е ksik xususiyatlarga
ham   ega.   Ular   sh е valarni   adabiy   tildan   hamda   ularning   o‘zini   o‘zaro   farqlashga
yordam b е radi.
  “O zbek   tili   leksikologiyasi”   nomli   kitobning   “Semasiologiya”   bo‘limidaʻ
adabiy   til   nuqtayi     nazardan   so‘zlarning   ma’no   turlari   haqida   gapirilgan,   ammo
dialektal   ma’no  to‘g‘risida   mulohaza  yuritilmagan.   Bu  haqida  fikr  yuritish  uchun
dialektal lek s ikani  to‘la yig‘ib olish lozim edi, biroq bu hol amalga oshmagan.   Bir
o‘ r inda   “dialektal   xususiyatli   so‘z”   degan   jumla   uchra y di 1
.   Bu   esa   dialektal
so‘zlarga e’tibor kam bo‘lsa ham borligini isbotlab turibdi. 
Sheva   so‘zlari   uslubiy   xususiyatlarga   ko‘ra   takroriylikning   oldini   olish
uchun ikkinchi  nom  bilan dialektal  so‘z deyiladi. Ularning ikkinchi  bir  ko‘rinishi
esa dialektizmlar deyiladiki, ular sheva so‘zlarining badiiy asarlarda qo‘llanishidan
shakllangan   [ I.3.7 7 (17 7 ).203-211- ] .   Bundan   anglashilib   turibdiki,   so‘zning
maqomi   uning   boshqa   so‘zlar   o‘rtasidagi   mavqe y i   va   ahamiyatidir.   Dialektal
so‘zlar maqomi esa bu – o‘ziga o‘xshagan boshqa so‘zlar ichidagi va adabiy tildagi
so‘zlarga   nisbatan   dialektal   ma’nolari   bilan   ma’no   munosabatlari   strategiyasidagi
betakroriy   mavqeyi   nazarda   tutiladi.   Shuning   uchun   ham   “Jonli   shevalar
leksikasining   adabiy   til   leksik   qatlamlariga   munosabati   masalasi
tekshiruvchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilish tabiiydir” [ I.1.36(36) 80 ].
Xullas,   dialektal   so‘z   maqomi   sheva   so‘zlari   ichida   uning     leksik-semantik
va   semantik   (dialektal   ma’no)   xususiyatlari   bilan   farqlanishi,   adabiy   tildagi
so‘zlarga   nisbatan   orfoepik   va   orfografik   me’yorlari   bilan   adabiy   til   me’yori   va
talablariga   bo‘ysunmasligi,   unda   kam   ishlatilishi   yoki   umuman   qo‘llanmasligi,
ularning tarkibidagi leksik ma’no esa ma’nolar tizimida kam uchraydigan dialektal
ma’no   ekanligi   bilan   adabiy   tildagi   leksik   birliklardan   farqlanishi   jihatlari   bilan
ajralib turadi. Ushbu fikrni misollar tahlilida ham ko‘rish mumkin. Albatta, bunda
“ O zbek   xalq  shevalari  lug ati	
ʻ ʻ ”da  berilgan  dialektal  so‘zlarning  lug‘at  maqolalari
1
 Ўзбек тили лексикологияси . –To шкент: Фан, 1981.  247 -б. bilan   birga   o‘zimiz   tayyorlagan   dialektal   so‘zlarning   lug‘at   maqolalari   bilan
qiyoslab boramiz 2
:
3
АВСАН   (Жўш)   //   АВСАР   (Қашқадарё)   фаросатсиз   “ недогадливый,
несобразательный     (1971,   12.12-) 4
.   Bu   lug‘at   maqolada   negadir   dialektal
so‘zning   transkripsiyasi   berilmagani   kabi   u   ifodalaydigan   dialektal   ma’noning
ruscha   berilishi   ham   bahsli,   chunki   uning   o‘zi   hali   faollashmagan   dialektal
so‘zlardan biri. Ularning   transkripsion holati quyidagi tarzda bo‘lishi lozim edi:
[авсан   //   avsan]   //   [авсар   //   avsar].   Ushbu   dialektal   so‘zning   “hech   narsani
tushunmaydigan,   e’tiborsiz”   degan   ma’nolari   Shahrisabz   shevasida       mavjud
(axborotchi...). Sof dialektal so‘zlardan biri hisoblanadi.
АБЗАЛ I  (Хоразм)  – афзал  (яхши, аъло)  “лучшой,  пренмущественый”.
(1971,   12.4-).   U   fors-tojikcha   afzal   (f   >   b)   so‘zining   shevada   fonetik   o‘zgargan
holda   qo‘llangan   shakli.   Ushbu   lug‘at   maqolada   negadir   dialektal   so‘zning
transkripsiyasi   berilmagani   kabi   u   ifodalaydigan   dialektal   ma’noning   ruscha
berilishi   ham   bahsli,   chunki   uning   o‘zi   hali   faollashmagan   dialektal   so‘zlardan
biri. Ularning   transkripsion holati  quyidagi tarzda  bo‘lishi  lozim edi:    [абзал //
abzal] . Ayni vaqtda (Shah.) bu so‘zning dialektal ma’nolari  oydinlashgan: abzal,
yaxshi,   a’lo,   tuzuk,   durust.   (axborotchi...).   O‘zlashgan   so‘zdan   shakllangan
dialektal so‘zlardan b iri sanaladi .
АБЗАЛ     II   (Хоразм)   –   от   анжоми   “сбруя,   упряжь”   (1971,   12.5-).   Bu
lug‘at   maqolada   negadir   dialektal   so‘zning   transkripsiyasi   berilmagani   kabi   u
ifodalaydigan dialektal ma’noning ruscha berilishi  ham bahsli, chunki uning o‘zi
hali   faollashmagan   dialektal   so‘zlardan   biri.   Ularning     transkripsion   holati
quyidagi   tarzda   bo‘lishi   lozim   edi:     [абзал   //   abzal] .   Mazkur   (abzal)   so‘z   fors-
tojikcha afzal (f > b) so‘zining shevada fonetik o‘zgargan holda qo‘llangan shakli
2
  Misollardagi   (1971,   12.12-)   gacha   bo‘lgan   fikrlar   shu   so‘zga   1971-yilda   nashr   etilgan   “Ўзбек   халқ
шевалари луғати”da berilgan. Qolgan qismi esa shu so‘z talqiniga biz tomondan qo‘shilgan fikrlar .
3
  Quyida  namuna   uchun  berilayotgan   lug‘at   maqolalarning   yozuv  shakli  o‘zgarsa,  matn   boshqa   holatga
kelib qolishining oldini olish uchun tayyorlanayotgan dialektal lug‘atda   ular   qanday berilgan bo‘lsa, shu
tarzda o‘zgarishsiz qayd etildi.
4
  Qavsda   berilgan   (1971,   12.12-)   dan   keyin   keltirilgan   fikrlar   uchala   lug‘at   maqolaga   biz   qo‘shgan
qo‘shimchamiz. hisoblanadi.   Bu   so‘zning   (Shah.)   ma’nosi   real(aniq)lashgan:   otning   to‘qimi,
otning egar-jabdug‘i. O‘zlashgan so‘zdan shakllangan dialektal so‘zlardan biri.
Bulardan   ko‘rinib   turibdiki,   dialektal   so‘zlarning   talqinlariga   biz   qo‘shgan
qo‘shimchalar  ma’lum ma’noda asoslidir.   Albatta, bu fikrimiz va keltirib o‘tilgan
misollarning   to‘g‘ri   hamda   aniqligini     asoslashda   sheva     vakillari   nutqidan   yozib
olingan   matn(dialektal   matn)larning     o‘rni   beqiyos   kattadir.   Chunki   har   qanday
so‘zning,   xususan,   sheva   so‘zlarining   ma’nosi   va   ma’no   munosabatlari   o‘zaro
muloqot   jarayonidagi   gaplar   misolida   reallashadi.   Masalan,   kal   so‘zi   adabiy   tilda
sochi tushgan kishiga nisbatan aytilsa, shevada esa hech narsa o‘smaydigan dalaga
nisbatan  “ Шу  жерл ə рд ə   ллънəн  ͻ бър ͻ р  гъй ͻ ҳ  унм ə йдъ,  ҳ ͻ зъй ə м.  Шу  учун   унъ
к ə л  д ə л ə   дейъш ə дъ ”.  -   Bu  jerlarda  biror   giyoh  unmaydi,   shu   uchun   uni   kal   dala
deyishadi. Ushbu gapda    kal  so‘zi dala so‘zi bilan birikib kelib, birikib, o‘tlar ham
o‘smaydigan yer boshqa yerlardan farqlangan. Lekin adabiy tilda   kal dala   iborasi
umuman   ishlatilmaydi.   Chunki   u   sheva   vakillari   nutqida   qo‘llanadiki,   dialektal
ma’no   munosabatiga   egaligi   bilan   giyohsiz     yerni   adabiy   tilda   umuman
qo‘llanmaydigan   tarzda   gap   ichida   nomlanishi   ham   dialektal   semantika   va
dialektal   sintaksis   jarayonlarining     o‘zaro   muvofiqlashuvi   bilan   yuzaga   kelgan.
Demak,     sheva   so‘zining   dialektal     maqomini   oydinlashtirish   uchun   eng   birinchi
vosita dialektal matnlar hisoblanadi.
Yana misol:   g‘ilvindi  sheva so‘zi (Shahrisabz sh.) bo‘lib, somsaning bir turi
sanaladi. U gap ichida qo‘llanganda unga dialektal ma’no yuklaydi:
[“ Эн ə м   беч ͻ р ə ,   этт ə   туръп,   х ə мър   қоръп,   сут   пъшъръп,   шърън   в ə
гошлъ   масаллықла   бъл ə   ғылвъндънъ   ъккъ   турънъ   ёққа   т ə шл ə п,   пъшъръп
ͻ птъ.   ͻ т ə м   эс ə   тушд ə н   со ᶇ   п ə л ͻ вд ə н   ͻ лдънр ͻ қ   н ͻ ёб   ͻ вқ ə т   бог ə н   ячмиччъ
ъссъқ н ͻ н ва с ə рёғд ə н тайёрл ə п бедъл ə ”.
Onam   bechora,   erta   turib,   xamir   qorib,   sut   pishirib,   shirin   va   go‘shtli
masalliqlar   bilan   g‘ilvindining   ikki   turini   yoqqa   tashlab,   pishirib   olibtilar.   Otam
esa   tushdan   palovdan   oldinroq   noyob   ovqat   bo‘lgan   yachmichni   issiq   non   va
saryog‘dan   tayyorlab   berdilar .]     Ushbu   matndan   shu   narsa   anglashilib   turibdiki,
g‘ilvindi   va   yachmish   so‘zlari   sheva   vakillaridan   birining   nutqida   qo‘llangani uchun   hamda   ularni   shevaning   boshqa   vakillari   tushunishgani   uchun   ham   u
dialektal   so‘z   maqomiga,   ya’ni   dialektal   ma’noga   ega   bo‘lgan.   Demak,   dialektal
so‘z   o‘zicha   shakllanmaydi,     balki     dialektal   matn(lar)   va   u(lar)ning   tarkibida
shevaga xos xususiyatli so‘zlar bilan birga qo‘llangani uchun u faqat bir (yoki bir
necha)   sheva   vakillari   tushunadigan   dialektal   ma’noga   ega   bo‘ladi.   Mana   shu
jarayonlardan   keyingina   u   dialektal   so‘z   hisoblanadi.   Dialektolog   olimlar   sheva
leksikasi   haqida   gapirganda   dialektal   so‘z,   dialektizm   va   dialektal
xususiyatlarining   xilma-xilligi     haqida   gapirishgan.   Ammo   shevaning   dialektal
leksikasidagi   ma’no(lar)   haqida   to‘xtalishmagan.   Bizningcha,   sheva   leksikasi
birliklarida   dialektal   ma’no   mavjud.   Shuning   uchun   ular   sheva   va   lahjalararo
farqlangani kabi adabiy til leksikasidan ham tubdan farqlanib turishi tabiiydir. Shu
sababli   ham   Alibek   Rustamov   bunday   ma’noni   “el   ma’no”   (elga,   ya’ni   shevaga
xos   ma’no)   deb   atagan   [I.3. 53 (1 53 ).94-] .   Demak,   sheva   so‘z lar ida   dialektal
ma’no (lar)  borligi uchun bemalol dialektal so‘z maqomi haqida gapirish o‘rinli.
Dialektal     matn     va     diale k tal    so‘ z    tur lar i     masalasi    talqini .   Oldinlari
faqat   dialektal   so‘zlardan   sof   dialektal   so‘zlarini   savol-javob   mazmunidagi
anketalashtirish   usuli   bilan   yig‘ishga   va   ulardan   foydalanishga   e’tibor   qaratilgan.
Shuning   uchun   ham   XX   asrning   40-70-yillarida   sheva   vakillari   nutqidan   yozib
olinib,   yig‘ilgan   dialektal   matnlar   tahlil   va   talqinsiz,   ya’ni   o‘rganilmasdan
kitoblarda   va   qo‘lyozmalarda   qolib   ketgan.   Shuningdek,   dialektal   so‘zlarning
asosiy   qismlaridan   biri   bo‘lgan   onomastik   birliklar,   ya’ni   xalq   tilida   faol
qo‘llanadigan   atoqli   otlar   va   joy   nomlari   oldin   dialektal   so‘zlar   hisoblanmagan.
Xalq vakillari qo‘llaydigan barcha so‘zlar, aniqrog‘i, dialektal so‘zlarning o‘n bitta
turi   (ular   quyiroqda   berilgan)   hamda   mavjud   barcha   nomlar   dialektal   so‘zlar
ekanligi ilmiy tadqiqotlarda asoslab bergan. 
Hozirgi   kunda   sheva   vakillari   nutqidan   yozib   olingan   dialektlogik   matnlar
asosida   sheva   materiallarini   yig‘ish,   jamlash,   tavsiflashu   tasniflash   bo‘lishi
maqsadga muvofiq. Dialektologik matnlar va so‘zliklarda na faqat sheva so‘zlari,
shular   bilan   birga   xalq   ongi-yu   dili   va   tilidagi   ma’naviyat,   ma’rifat,   madaniyatga
tegishli   bilim,   malaka   hamda   tajribalar   o‘z   ifodasini   topgan.   Shuning   uchun mazkur   sohada   talabalar   emas,   balki   dialektal   so‘zlarning   ma’no   majmuyini
tahlqin-u   tahlil   eta   oladigan   magistrlar,   magistr   darajasidagi   mutaxassislar,
yyetakchi   mutaxassislar,   dotsent   va   professor   hamda   endigina   ilmiy   ishini
boshlagan   tadqiqotchilar   faoliyat   olib   borishlari   o‘rinli.   Shuning   uchun   ham   bu
sohada   “Dialektologik   ekspeditsiya”     dialektologik   tadqiqotlar   markazi   bilan
kelishgan   holda   yilning   istalgan   davrida   o‘rganilayotgan   hududda   olib   borilishi
o‘rinlidir.
Ayni   vaqtda   Til,   adabiyot   va   folklor   institutida   dialektologiyadan   tadqiqot
olib   boradigan   olimlar   faoliyat   ko‘rsatayotgani   yo‘q.   Shu   bilan   birga   (achchiq
haqiqat) talabalar tugul olimlar ham negadir umumiste’mol so‘zlari bilan dialektal
so‘zlarni   farqlamaydigan   holga   kelib   qolishgan.   Shu   kungacha   dialektal   so‘z
masalasi   har   tomonlama   mukammal   ochib   berilmagan.   1971-yilda   nashr   etilgan
“O‘zbek   xalq   shevalari   lug‘ati”dagi   dialektal   so‘zlar   sof   dialektal   so‘zlar
(professorlar Ayub G‘ulomov va Shonazar Shoabdurahmonov) nuqtayi   nazaridan
saralab olingan. 
Dialektal     so‘z     turlari     tavsifi.   Haligacha   dialektal   so‘z     turlari   qancha
degan   savolga   aniq   javob   berilmagan.   Shuning   uchun   b iz   o‘ttiz   yil   davomida
“O‘zbek   dialektologiyasi”   bo‘yicha   bir   qancha   nazariy   va   amaliy   xarakterdagi
ilmiy   adabiyotlar   bilan   tanishib,   ularni   ham   tanqidiy,   ham   qiyosiy   o‘rganib,
shevalarda   dialektal   so‘z   turilarning   quyidagi   turlari   borligini   aniqladik.   Bular
dialektolog olimlarning asarlarida  u yoki   bu darajada  qayd  etilganligini   manbalar
asosida kuzatib, quyidagi turlari borligini  
ta’kidlab o‘tmoqchimiz 5
: 
1) sof leksik dialektal so‘zlar; 
2) leksik-semantik dialektal so‘zlar; 
3) leksik-fonetik dialektal so‘zlar; 
4) morfologik-fonetik dialektal so‘zlar; 
5) morfologik-leksik dialektal so‘zlar; 
6 ) leksik-derivatsion dialektal so‘zlar; 
5
  Birinchi   tur   dialektal   so‘zlardan   boshqalari   o‘zbek   dialektal   leksikografiyaga   birinchi   marta   olib
kiri ti lishi   asoslangan .   Bu   ishning   oxirida   berilgan   “Adabiyotlar   ro‘yxati”dagi   bir   qancha   ilmiy
manbalarda yuqoridagi fikr misollar bilan bayon etilgan.  7 ) frazeologik-dialektal iboralar dan iborat  dialektal so‘zlar;  
8 ) atoqli ot (toponim) hamda joy nomlari shaklidagi dialektal so‘zlar;
9) etnografik dialektal so‘zlar; 
10)   ba’zi   bir   umumistemol   so‘zlarining   badiiy   adabiyotda   faol   qo llanishiʻ
natijasida  dialektal ma’no ga ega bo‘lishidan shakllangan dialektizmlar. 
Odatda, dialektal so‘zlar bir necha xil bo‘lishini e’tiborga olib, turli dialektal
lug‘atlar tuzish uchun mukammal ko‘rsatmali ko‘rinishidagi dialektal leksikografik
qo‘llanmalar   tayyorlashni   amalga   oshirish   lozim.   Faqat   Ahmad   Ishayevning
“O zbek dialektal leksikologiyasi” nomli monografiyasi mavjud [I.1.27(27).3-67-].	
ʻ
Cababi   dialektal   lug‘atlar   tuzish   uchun   mukammal   ko‘rsatmali   qo‘llanmalarsiz
tayyorlangan   lug‘atlar   qo‘lyozma   darajasidagina   ahamiyatli   hisoblanadi.   Ular
uchun   mukammal   o‘quv   qo‘llanmalar   tayyorlansa,     bunday   dialektal   lug‘atlarni
turli mavzularda yaratish ham mumkin. 
So‘zsiz,   DL   (dialektal   lug‘at)   tuzish   uchun   shevalardan   maxsus   so‘roqlik
yoki savolnoma asosida  yig‘ilgan dialektal materiallar kerak, degan fikr ham bor.
Ammo   ular   yig‘iladigan   dialektal   materiallarning   miqdori   pasayib,   umumiy
saviyani   tushurib yuboradi.  Shuning  uchun dialektal  materiallarni   yig‘ishni  sheva
vakillari   nutqidan   yozib   olingan   dialektal     matnlarni   to‘plashdan   boshlash   lozim.
Chunki yozib olingan dialektal matnlardan   shevaning fonetik, leksik, morfologik
va  sintaksisi   bo‘yicha   asosiy   ma’lumotlarni   olish   mumkin.   Albatta,  bular   maxsus
metodika, metodalogiya va metodlarni talab etadi. Lekin   shevalarni o‘rganmasdan
tayyorlangan   lug‘at   va   so‘zliklardan   ehtiyot   bo‘lish   shart.     Sababi,   bugungacha
shevalarni   o‘rganish   metodikasi   hamda   metodlari;   shevalarimizni   tadqiq   etish
metodikasi;   lahja   va   shevalarni   ilmiy-nazariy   hamda   ilmiy-amaliy   asoslardagi
tadqiqining metodologiyasi kabi dolzarb masalalariga e’tibor juda kam bo‘lgan.
Shevalardan     adabiy     tilga     so‘z     o ‘zlashtirish     masalasi .   Mazkur masala
ham  ancha bahslidir. Shu o‘rinda “O‘zbek  dialektologiyasi” va “O‘zbek  folklori”
fanlari   orasiga   sun’iy   to‘siq   qo‘yishdan   voz   kechish   vaqti   keldi.   Axir   folklordagi
hech   bir   janr   sheva   so‘zlarisiz   shakllana   olmasligini   e’tirof   etish   kerak.   Sababi,
dostonlar   ham,   maqollar   ham,   tez   aytishlar   ham,   ertaklar   ham,   alla - yu   yor-yorlar ham sheva so‘zlari bilan o‘zlarining noyob ekanliklarini namoyon qilib turibdi-da.
Ularni   tahlil   qilish   uchun   esa   ularning   matnlaridan   dialektizmlarga   ham   e’tibor
qaratish shart. Demak, folklor materiallari ayni vaqtda dialektal matnlardan biridir.
Adabiy   tilimizda   sheva   so‘zlarini   ko‘proq   qo‘llash   uchun   dialektizmlarni
so‘z   o‘zlashtirish   me’yorlarini   mavjud   uchala   lahjaning   eng   umumiy
xususiyatlariga mos keladigan holda yangilash kerak. Bugungacha amal qilayotgan
so‘z o‘zlashtirish qoidalari sho‘ro va ruslashtirish davrlarining qoldig‘idir.   Chunki
haligacha  shevalardan   qanday  qilib  so‘z  o‘zlashtirish  kerak  degan     savolga  javob
berilmagan.   Dialektal   so‘zlarni   saqlab   qolish   uchun   so‘z   o‘zlashtirish   me’yori   va
talablariga   jiddiy   yondashuv   kerak,   xolos.   Chunki   boshqa   tillardan   so‘z
o‘zlashtirish   me’yorlari   ishlab   chiqilmagan.   Xuddi   shu   tarzda   shevalardan   so‘z
o‘zlashtirish me’yorlarini  ham tayyorlash shart. 
XX   asrning   20-80-yillarida   rus   tili   va   u   orqali   boshqa   tillardan   so‘zlar
o‘zlashtirilaverilgani   uchun   adabiy   tilida   shevalarning   qon   tomiri   bo‘lgan
singarmonizm   hodisasi   juda   passivlashdi...   Bu   hodisa   ona   tilimizning   latofatini
ham,   latifligini   ham,   layoqati - yu   salohiyatini   ham   ko‘ r sata   oladi...   Shu   o‘rinda
qardosh   turk   tilidagi   so‘z   o‘zlashtirishga   e’tibor   qaratishimiz   lozim.   Ularda
singarmonizm   hodisasi   amalda   bo‘lgani   uchun   o‘zga   til   so‘zlari   shu   fonetik
hodisaga mos kelsagina, u o‘zlashtirilar ekan. Ya’ni singarmonizm hodisasi tilning
so‘z   o‘zlashtirishdagi   himoya   qobig‘i   bo‘lib   qolgan.   Biz   ham   shunday   qilishimiz
uchun tajribali va malakali mutaxassislar kerak.
Natijada, adabiy tilimiz bilan shevalarimiz o‘rtasida ko‘zga ko‘rinmas katta
g‘ov paydo bo‘ldi. Ayni vaqtda bu holni ko‘pchilik e’tiborga ham olmaydi, ammo
ular   sheva   so‘zlari   adabiy   tilga   o‘zlashtirilmayotganligini   aytib   ham
charchashmaydi.   Va   yana   boshqa   turkiy   tillarning   adabiy   tillari   ularning   o‘z
shevalariga   moslashganki,   o‘zbek   adabiy   tilini   ham   ma’lum   darajada   shu   holatga
olib   kelish   milliy   mafkuramiz   va   milliy   manfaatlarimiz   nuqtayi     nazaridan   ham
zarur.   Zero,   biz   (ya’ni   o‘zbek   xalqi)   sho‘ro   davridan   ham   va   yana   ruslashtirish
davridan ham o‘tdik, mamlakatimiz mustaqilligi davrida yashayapmiz-ku! Har   bir   til   va   uning   shevalarida   hayotiy   zarur   tushunchalar   so‘zlar   vositasi
bilan ifodalanadi. Tilimiz l е ksik tarkibining asosiy qismini tashkil  etuvchi  so‘zlar
o‘zbek       sh е valari   va   o‘zbek   adabiy   tili   l е ksik   tarkibining   asosiy   qismini   tashkil
etadi.   Sh е valar   xalq   tarixini   yoritishda   va   tarixiy   grammatika   hamda   tarixiy
l е ksikografiyani yaratish uchun ham boy mat е riallar b е radi:  g‘o‘rg‘uduq  (qarovsiz,
tashlandiq   quduq),   qasmaq   (sutning   qozonga   yopishib   qolgani),   qinjir   (ovqatni
kam yeydigan),  tushəmə  (beshbarmoq, lachira, shilpildiq, Qash.qip.) va boshqalar.
O‘zbek xalq shеvalarida  arna, yap  (Xorazm),  ɔ d  ɔ sh //  ɔ d ɔ g‘  , y ɔ vu q  // uzo q -
yovu q   kabi   adabiy   tildan   shaklan   o‘zgargan   yoki   adabiy   til   tara qq iyotida
allaqachon   chiqib   kеtgan   ayrim   so‘zlar   mavjud.   Bunday   so‘zlarni   o‘rganish   til
tarixi,   adabiy   til   tarixini   o‘rganishda   ilmiy   qimmatga   egaligini   ta’kidlash   lozim.
O‘zbek adabiy tilida bo‘lmagan so‘zlar o‘zbek xalq sh е valarida uchraydi. Masalan,
g əvərə   ( oshqozon ),   gəjman   (epchil,   harakatchan   qiz),   hiqday   (semiz),
chorsillag‘an   (ishchsn),   jəyir   (dovyurak),   chayir   (qotmadan   kelgan   odam),   tog‘i
(yana),   təytuv   ( mahmadona),   həddili   (irodali ),   kəsir   (zarar,   ziyon),   Qash.qip.) ,
ədr е smən   ( isiriq ),   girdikənə   ( ko‘rpacha ),   sərpxi   ( tovuq ),   tikech   ( ch е kich ),   sotə
( hassa ), ərish ( shoti ), yərqnət ( ko‘rshapalak ), yəvən ( qishloq )  va  boshqalar. 
Bunday   so‘zlarni   yosh   avlod   vakillari   eshitmagan,   tushunmaydi.   Shuning
uchun   ular   arxaik   so‘zlar   hisoblanadi.   Bunday   so‘zlar   sh е valarning   l е ksikasi
tarkibidan   chiqa   boshlagan.   Sh е valarni   bir-biridan   l е ksik   jihatdan   farqlaydigan
xususiyatlar   barcha   so‘z   turkumlari   doirasida   uchraydi.   Buni   uchala   lahjaning
quyidagi misollarida ko‘rish mumkin:
Qarluq  lahjasi Qipchoq  lahjasi O‘g‘iz    lahjasi
Chaqal ɔ q bov ə k bov ə k
tuxum m ə y ə k yimirt ə
muchъch ə muchchi qumri
chopch  ə y е rt ə y - m ə t ə l ert ə y
chum  ɔ lъ chumali qar ə ndj ə
og‘  ur k е li S ɔ qo‘
n ə rv  ɔ n narvan Z ə gngi Ъshk ɔ m vayish -
ɔ yъ
ə rq  ɔ n е n ə
arqan ə n ə
yip
O‘zbek   sh е valarida   dial е ktal   so‘zlarning   fon е tik,   morfologik,   l е ksik-
morfologik,   s е mantik   va   l е ksik   tiplari   bor:   ch ɔ ch   (soch),   zъrəy   (zirak),   qul qɔ
(quloq),  ɔ shshъ  (oshni);  nərv ɔ n  (Far.),  shatъ, zəngngi; k е lъ, s ɔ :qi; r ɔ vach, chukrъ;
n ɔ npar, chekъch  va boshqalar.
Sh е valarda  shunday  so‘zlar  ham  uchraydiki,  bunday  so‘zlar  shakl   jihatidan
bir-biri bilan o‘xshash bo‘lishlariga qaramay, sh е valararo boshqa-boshqa dialektal
ma’nolarda ishlatiladi. Misol:
                aravaning qismi  (Toshk е nt)
sh ɔ tъ
                narvon, aravaning qismi  (Farg‘ona)
                   ona yoki otaning onasi  (Toshk е nt)
buv ъ
                 	
ɔ na,  ɔ y ъ  (Farg‘ona)
                   tuxum, mayak  (Toshk е nt)
tuxum
                  urug‘    - (qipchoq lahja)
                      pashsha  (Toshk е nt)
pəshshə
                   chivin  (Farg‘ona)
O‘zbek   sh е valarining   l е ksik   tarkibida   an’anaviy   l е ksika   asosiy   o‘rinni
egallaydi.   Sh е valarning   an’anaviy   l е ksikasi   hozirgi   kunda   asosan   k е ksalar
nutqi(tili)da qo‘llanadigan so‘zlar majmuyi bo‘lib, ular sof l е ksik dial е ktal so‘zlar
hisoblanadi. 
Sh е valarda   qo‘llanuvchi   dial е ktal   so‘zlarning   leksik-s е mantik
(ma’noviy)   guruhlari   ko‘p   bo‘lib,   ulardan   namunalar   sifatida   quyidagilarni
k е ltiramiz: 1.   Ovqat   nomlari:   bo‘rsiq   (mog‘orlab   qolgan   non),   nish ɔ nl ɔ ,   singcha
(qizarib, singib pishgan  non),   jutum   (yeyish  mumkin bo‘lgan narsa),   piyova,   ɔ sh,
laxchatoppa, g‘ilvindi , chalop  singarilar.
2 . Dеhqonchilikka xos so‘zlar:  sanga  (ko‘p bosilgan yer),  j əbiz  (qotib qolgan
yer),  o‘rpang  (ekilmagan yer),  oq ərъq, bəqləj ɔ n, shah arъq,  m ɔ la,   q ɔ v ɔ q, ashkədi,
bug‘d ɔ y   //   biydəy,   djox ɔ rъ,     qzlcha,   kəsek,   chopiq,   b ɔ ъdъrng,     suvьma,   ə riqchi,
ə riqoqsoqol,   m ə hrim,   chi g‘ irchi,   chakboshi,   suvmirchi,   ovandozchi,   syvju g‘ ur,
uvatchi,  loppək .  
3.   Chorvachilikka   oid   so‘zlar:   ɔ t//at,   sъgъr,   ъnek,   qoy,   еchkъ,   tuye,   xotuk,
təyxər,   qulun,   tuye,   ayg‘ъr,   biyə,   uloq,   bəytəl ,   buzoq,   bъzə:   //   bъz ɔ g‘,     n ɔ vv ɔ s,
m ɔ lx ɔ na, ulov,  lo‘k  (erkak tuya)  va boshqalar.  
4. Uy-ro‘zg‘or buyumlarining nomlari:   l ə g ə n, s ə ndug‘, p ə qъr, t е sh ə , xurma,
g‘alvъr, ch ɔ vlъ, tush ɔ k, b ɔ lъsh,  ɔ lacha, ch ɔ pqъ, panshaxa   va boshqalar.
5. Ovchilikka xos so‘zlar:   tor, tuz ɔ q, q ɔ pq ɔ n, ura   (ov urasi) , temir q ɔ pq ɔ n,
keyez, qarm qɔ ,   ɔ v ora, sanchqы    singarilar.
6.   Baliqchilikka   oid   so‘zlar:   sazan,   zog‘ara,     qarm ɔ q,   sanchqы,   laqqa,
z ɔ g‘ara balыq, laqqa baliq, chavaq, chortan balыq   kabilar.  
7. Binokorlikka xos atamalar:  bosag‘a, chəlduvər, durədgər, s ɔ pq ɔ n, dəqвъz,
ship, t ɔ chə, sinch, ustun, sarr ɔ v, xərъ, p ɔ ydеv ɔ r, p ɔ ytesha, qasava, ravaq,   ɔ morъ,
oy, mbir, yolək, t ɔ kchə  singarilar.  
8.   Onomastik   so‘zlar:   Mamas ɔ dыq,   Toshmat,   Eshmat,   sha::r,   dacha,
sъynъm, checha,  Qaynaquvdi   va boshqalar.  
9. Kiyim nomlari:   gupicha ,   koyn əy // koynək,, l ɔ zim, orama kamzul, orama
ch ɔ p ɔ n ,  ch ɔ pon, chakmon, qalp ɔ g‘, jеlak, maxsi-k ɔ vush, pəyp ɔ  //pəyp ɔ g‘     kabilar. 
10. Bog‘bonlikka oid so‘zlar:  shk ɔ m, yer t ɔ k, b ɔ d ɔ m, qalamcha  (yosh nihol),
b ɔ g‘ ɔ t  (bog‘li  joy),  b ɔ g‘d ɔ r   (bog‘   egasi, bog‘li  joy)  singarilar.
11.   Qarindosh-urug‘   nomlari:   ə y ə ,   en ə,   kəttə   enə,   əməki,   chevara,   devara,
m ɔ m ɔ , inim, bola, t ɔ g‘ə, t ɔ g‘əvəchə, qayni, qayinsingil, qayn ɔ nə, qayin ukə  kabilar.
12.   Hunarmandchilikka   oid   so‘zlar:   sinch,   b ɔ l ɔ r,   s ɔ qqa,     p ɔ ytesha,   əmbir,
qo‘l teshə, ko‘tərmə  (og‘ir  narsani ko‘tarib beruvchi asbob ),  ɔ m ɔ ch, təqə, təqəchi, dəskələ,   m ɔ vit,m ɔ lə,   lapag‘ (kuvacha) ,   shayt ɔ n   (to‘g‘rilikni   ko‘rsatuvchi
asbob),qubba, chəchъq, kəshtə  (materiallarga gullar tikilib, uyning devorlariga osib
qo‘yiladi) .
13.   Atoqli   otlar   (kishi   ismi,   sharifi,   toponim,   zoonim,   fitonim,   etnonim   va
narsa,   sarlavha,   asarlarning   atab   qo‘yilgan   nomlari)ga   xos   so‘zlar:   Sotqin   (sotib
olingan   bola),   Itolmas ,   Elsh ɔ d   -   Elshod,   Məmərəim   –   Mamaraim,   Məməs ɔ diq   –
Mamasodiq,   M ɔ lguzər   –   Molguzar(aslida   Morguzar),   Qaynaquvdъ   –
Qaynaquvdi(guzar),  Qayrabsollъ  – Qayrabs ɔ ldi(qishloq) va boshqalar. 
Shеvalardagi   so‘zlar   shaklan   tub   va   yasama   so‘zlar   guruhlariga   bo‘linadi:
ɔ yi, tag‘nay, enə, yənə, kosеk, korek, xoppək, osыmli, sanchqы, toshək,   oq arъq,
tarasha, əshkədi  singarilar.  
Kеlgusida   o‘zbek   shеvalarining   ko‘p   tomlik   “O‘zbek   xalq   shеvalari
lug‘ati”ning tuzilishi kelajak avlodlarimiz oldidagi qarzdir. Albatta, uning tarkibida
sinonim,  omonim,  antonim, etnografik, lеksik-fonеtik dialеktal, lеksik-frazеologik,
lеksik-dеrivatsion,   morfologik-dialеktal   so‘zlar   lug‘atlari   bo‘lishi   tabiiy   holdir.
Bunday   dial е ktal   lug‘atlar   (“Rus   dial е ktologiyasi”   fani   uchun)   rus   olimlari
tomonidan tuzilib, nashr qilingan.
O‘zbek   sh е valari l е ksik tarkibida tarixiy jihatdan ikkita l е ksik qatlam
bor :   1)   umumturkiy   l е ksik   qatlam   so‘zlari;   2)   o‘zlashgan   l е ksik   qatlam   so‘zlari.
Albatta, sh е valarda asosiy so‘zlar turkiy l е ksik qatlamga oiddir:   ɔ t ə ,  ɔ pa,  е n ə , v ɔ v ɔ ,
b ɔ r, k е l,  k е t, t ɔ p, ch ɔ p, y ɔ p, q ɔ l .
O‘zbek   shеvalarida boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar ancha mi q dorni
tashkil   etadi:   Bunday   so‘zlar   sheva   hamda   til g a   q abul   qilingan   bo‘lib,   shеva
fonеtikasi   va   grammatikasiga   xos   xususiyatlarni   ham   o‘ziga   o‘zlashtiradi.
Aniqrog‘i,   shеva   vakili   o‘zlashgan   so‘zlarga   o‘z   shеvasiga   oid   bo‘lgan   ba’zi   bir
xususiyatlarni   yuklaydi.   Misol:   aqъl   (aql),   amel   (amal),   opət   (ofat),   vəsъyət,
qudrət,   dunyə,   shərъm   (sharm),   shъp ɔ   (shifio),   ɔ goh   (ogoh),   bələn   (baland),   dəs
(dast),   bey   (burch),     kavъshd ɔ z,   dərəx,   duterchъ,   dərəxsъz,   xush-xəvər,   bəd ɔ vlət,
ɔ shpaz, ъshqъv ɔ z, əməlpərəs, ch ɔ ypurъsh, sеrh ɔ sъl  va boshqalar. Bir   qancha   o‘zlashgan   intеrnatsional   so‘zlar   shеvalarimizda   ba’zi   bir
o‘zgarishlar   bilan  ishlatiladi:   p ɔ еzd,   məshinə,   zav ɔ d,  trakt ɔ r,   gazеt,   təksi,   k ɔ sm ɔ s,
palt ɔ , st ɔ l, shakf, b ɔ tinka, r ɔ man, tеətr, k ɔ lx ɔ z, fəbrъkə  kabilar. 
O‘zbek     shеvalarida   shaklan   o‘xshash   bo‘lib,   ma’nolari   farqlanuvchi
omonim so‘zlar  ham ko‘p    miqdorda  qo‘llanadi: 
I  quraq  –  laxtak ; II  quraq  –  mayda ; III  quraq  –  hamishning qurigani . (Jiz.); 
I  təpə – balandlik , II  tapa – bosh ; 
I   chaqa – chaqa pul , II   chaqa – tuxumdan chiqqan qush , III   chaqa – aqliy
qobiliyati zaif  odam ;
I  ula q   –  e ch ki , II  ula q   –  ulama soch ; 
I  q ы y ы q – durracha , II  q ы yiq – o‘jar odam ; 
I  botqa – s е miz , I  botqa – ovqatning bir turi ;
I  dъm – h е ch , II  qъm – havo dim , III  dъm – jim , IY  dъm – siqilish ; 
I  et – go‘isht , II  et – ayt ;         
I  ul – o‘qi  l , II  ul – poyd е vor;
I  jəv – yov , II  jav – eshikni yop , III  jav – non yopmoq ; 
I  suvdaq – suvd е k toza , II  suvdaq – chiroyli ; 
I  tu: – t o ‘g‘on,   II  tu: – bayroq;
I  suxsur – parranda,  II  suxsur –  chiroyli;
I  xo‘mbo‘ya  – xamirturush,  II  xo‘mbo‘ya  –  semiz;
I  juban – yo‘g‘on, qalin(jo‘g‘on arqan – yo‘g‘on arqon),  II  juban –  yugan: 
I  cho‘t – tesha,   II  cho‘t – chama, taxmin;  
I  cho‘zmə – yupqa ovqat , II  cho‘zma – podnyajka .
Sh е valarda   sinonimlar.   Sh е va   vakillari   nutqida   sinonimlar   ham   ko‘p
qo‘llanadi:
tuzuk, durust – yaxsh;
uəldər, əshg‘əl-dəshg‘əl  – t е ntak; 
m ь tm ь ri, su quyd, shəytən – shum;
bətt ɔ l, q ы oy ый , t е rs, aks – qaysar; 
pakana – yerg‘altak; buvi,  ɔ yi, biyi - ona; 
ch ɔ rsi – q ы oy ый , q ы y ый cha – b е lbog ‘
diykat, pismiltiq – ayyor; 
balg‘ ndar – taxman, me:r ɔ p  ;
ch ɔ rs ъ , ch ɔ rsu, q ъ y ъ qcha – belbog‘
ch ъ royli, koxlu, sulu:, gozal, bej ъ r ъ m;
kuch, qudrat, quvvat – kuch;  
quyosh, oftob, kun – quyosh
zahar, zaqqum – zahar; 
aniq, ravshan – aniq;
kuvər, b ɔ lg‘a, t ɔ var – t е sha;  
padarvakil – q ы zata – vakil              . at ɔ
Sh е valarda   antonim(qarama-qarshi   ma’noli   so‘z)lar .   Shu   jumladan,
o‘zbek   sh е valarida  antonim(qarama-qarshi   ma’noli  so‘z)lar   ham    ko‘p  ishlatiladi:
janub  –  chushlik   (tushlik);   chin  so‘zli  –  allamchi ;   oqəv   (achchiq)   –  təttъ   (shirin);
t е z   –   jay   (t е z-s е kin);     s ɔ dda   –   qo‘pol ;     yəxsh   –   shild ы r   (yomon),   kun   chъqъsh
(sharq)   – kun bətъsh   (g‘arb),   pəst – yuqori;  achchiq – shirin; b ɔ bək   (chaqaloq)   –
soqыm  (katta);   choqor  (chuqur)  – tъk  (baland);   tumən  (past)  – bъyъk  (baland) .
Sh е valarda   n е ologizmlar.   Sh е valarda   yangi   so‘zlar,   ya’ni   n е ologizmlar
ham   qo‘llanadi:   karъd ɔ r,   p ɔ lъklъnъka,   ak ɔ p,   k ɔ ntr ɔ l,   s е m ɔ n,   adris,   at ɔ m,
xaladilniy, k ɔ sm ɔ s, iskələt (skalad), ch е kənkə,  tr ɔ li:bus  (troll е ybus) va boshqalar.  
Shevalarda frazeologizmlar.   O‘zbek shevalarida tilshunoslikda alohida bir
so‘z sifatida tan olinayotgan frazeologizmlar ham faol ishlatiladi. Ammo ularning
dialektal lug‘ati haligacha tuzilmagan. Ularning: a) adabiy tildagi  frazeologizmlar
bilan o‘xshash; b) adabiy tildagi  frazeologizmlar bilan o‘xshash bo‘lmagan turlari
bor. Misollar: 
Oziminan ozi giript ɔ r  – O‘ziminan o‘zi giriptor (o‘zi bilan o‘zi ovora). 
It p ъ shək bolm ɔ q  – It pishak bo‘lmoq (o‘zaro urishmoq). 
Jurəgί  jərίldί – Juda ham qurqib ketdi. Guruchi   suv   kotərməyd ъ gən   –   Guruchi   suv   ko‘tarmaydi   (tanqidga
chidamaydi).
Tek ъ n nərsəgə t ɔ mdən təshləyd ъ  – Tekin narsaga tomdan tashlaydi. 
Əxm ɔ qqə Məkkə b ъ r qadam  – Axmoqqa Makka bir qadam. 
Chəp t ɔ m ɔ ning mъlən tuddъngmъ  – Chap tomoning bilan tuddingmi? 
Tuyə goshti yem ɔ q // devol mъngan  – Tuya go‘shti yemoq // devol mingan. 
Dev ɔ l ushlətip ketti  – Devol ushlatip ketti (aldab ketti). 
ɔ y ɔ g‘i   t ɔ rtmədi   – Oyog‘i   tortmadi(borgisi kelmadi). 
P ɔ dəchъnъ q ы zъnъ p ɔ də kegəndə pəxmъ kirəymъsh  – Podachini qizini poda
keganda paxmi kiraymish. 
Tъlъ bъr qərъch  – Tili bir qarich (katta gapiradigan). 
Ozъgə   t ɔ ppъ   kes ɔ lməgən,   bъr ɔ vgə   uvrə   kesəymъsh   –   O‘ziga   to‘ppi
kesolmagan, birovga uvra kesaymish (qo‘lidan hech ish kelmaydigan). 
Ərqəsi tutti  – Arqasi tutti (jahli chiqdi). 
Ichigə sh ɔ lъ ekkən –  Ichiga sholi ekkan. 
O ‘ tləb kettъ  – O‘tlab ketti (boshqa mavzuga otib ketdi). 
Jəg‘ъnъ yegən  – Jag‘ini yegan(ko‘p gapiradigan). 
Qoshig‘ъnъ aytib q ɔ lm ɔ q  – Qo‘shig‘ini aytib qolmoq (charchab qolmoq). 
Bir ɔ vdъ   təhorətigə   n ɔ m ɔ z   oqъydъ   –   Birovdi   tahoratiga   nomoz   o‘qiydi
(Qash.).
Tekъn bosə, mъx yut  – Tekin bo‘sa, mix yut. 
Əxmoqqa Quva bъr t ɔ sh   – Axmoqqa Quva bir tosh (Qo‘qon sh.)
Ləlъgə  s ɔ llъ   – Laliga solli (noz qildi).
Shəyt ɔ ngə dərs berədi  – Shaytonga dars beradi (hiylakor odam).
Kozъ   kokərdъ   –   Ko‘zi   ko‘kardi   (toqati   toq   bo‘ldi).   Demak,   shevalarning
frazeologik lug‘atini tuzish uchun ularni guruhlab yig‘ish va izohlab borish shart. 
S hevalar da   o‘zlashgan   qatlam   so‘zlari.   O ‘zbek   shevalari   o‘z   hamda
o‘zlashgan   qatlamlardan   iborat   bo‘lgan   va   adabiy   tildagi   so‘zlardan   dialektal
ma’nolari   bilan   jiddiy   farqlanadigan,   benihoya   katta   hajmdagi   so‘zlikka   ega.
Ularning   hammasini   bir   lug‘atda   berib   bo‘lmasligi   tabiiy   holdir.   Bulardan anglashilib turibdiki, ular 1971-yilda nashr etilgan “O‘zbek xalq  sh е valari lug‘ati”
ga kirmay qolgan.
Sh е valarda mavjud bo‘lgan dialektal so‘zlarning   guruhlari.   Sh е valarda
mavjud bo‘lgan dialektal so‘zlarning  guruhlari  ham bor (bizningcha, bular uchun
o‘z nomlari bilan atalgan alohida-alohida DLlar tuzish kerak):    
1. Etnografik-dial е ktal so‘zlar yoki etnografik so‘zlar. “O‘zbek adabiy tilida
ham, sh е valarimizda ham xalqimizning asrlar davomida shakllangan juda qadimgi
turmush   tarzi,   urf-odatlari,   moddiy   va   ma’naviy   madaniyati   bilan   aloqador
ko‘pgina   so‘z,   t е rminlar   mavjud.   L е kin   bu   xil   so‘zlar   –   adabiy   tildagi
etnografizmlar   ham,   adabiy   til   va   sh е valar   uchun   mushtarak   bo‘lgan   adabiy-
dial е ktal etnografizmlar ham, faqat sh е va, dial е ktlarga xos etnografik so‘zlar ham
bir-birlaridan   farqlangan   holda   tadqiq   etilmagan.   Xullas,   DLga   faqat
sh е valardagina     qo‘llanadigan   etnografizmlar   kiritiladi   va   ular   qanchalik   ko‘p
bo‘lsa,   DLning   qimmati   shunchalik   ortadi”   [I.3.3 7 (13 8 ).37-42-].   Bunday   so‘zlar
adabiy   tilda   kam,   shevalarda   anchagina.   Demak,   etnografik-dial е ktal   so‘zlarning
DLlarini tuzish lozim.
2.   L е ksik-s е mantik   dial е ktal   so‘zlar   yohud   semantik   dialektal   so‘zlar.
”Sh е va,   dial е ktlardagi     so‘zlar   adabiy   tildagi,   shuningd е k,   boshqa   biror   sh е va,
dial е ktdagi  xuddi o‘sha  xil so‘zlardan ma’nosiga ko‘ra farqlanadigan bo‘lsa, ular
l е ksik-s е mantik   dial е ktal   so‘zlar   guruhini   tashkil   etadi.   Masalan,   adabiy   til   va
sh е valarda mavjud bo‘lgan   aka   so‘zi ayrim sh е valarda   “ota”   va hatto   “pochcha”
ma’nolarida   qo‘llanadi.   Yoki   adabiy   tildagi   va     sh е valardagi   “d ə rs”   (urok)   so‘zi
Xorazm   va   Qoraqalpog‘istondagi   o‘z-bek   sh е valarida   “ mahalliy   o‘g‘it,   go‘ng ”
ma’nolarida uchraydi. Ko‘pchilik hollarda bu xildagi so‘zlarning har ikkalasi ham
sh е va   vakillari   tomonidan   qo‘llanadi   va   ularning   ma’nolari   nutq   jarayonida
tushinarli bo‘ladi. 
Qiyoslang,  pəshə  (Sayram, Chimk е nt, Forish, Andijon)  ~  pəshshə  (Xorazm-
qipch.,  QQASSR-o‘zb.,   Buxoro,  Farg‘ona)   ~   p е shsh е     (Xorazm-o‘g‘uz)   ~   pə:shə
(Iqon)   -   chivin   (komar),   ch ъ b ъ n   (Xorazm-qipch.,     QQASSR   -   o‘zb.)   ~   ch ъ v ъ n
(Xorazm-o‘g‘uz)   ~   ch ы b ы n   //   ch ы v ы n   (Buxoro)   ~   chi:vin   (Qoramurt)   ~   chu:n (Shahrisabz) -   pəshshə   (muxa). Sh.Rahmatullay е v “dial е ktizm-ma’no” d е b atagan
bu   xil   so‘zlar 6
    l е ksik-s е mantik     dial е ktal     so‘zlar   sifatida   DLga   kiritiladi”
[I.1.2 7 (2 7 ).31-46-].  
3.   L е ksik-fon е tik   dial е ktal   so‘zlar,   ya’ni   shevada   jiddiy   fonetik
o‘zgarishlarga   uchragan   so‘zlar.   F.A.Abdullay е v   “...fon е tik     o‘zgalik   ma’nodagi
o‘zgalik   bilan   bog‘liq   bo‘lsa,   bunday   so‘zlar   lug‘atga     kiritilishi   k е rak”,   –   d е ydi.
Ayrim dial е ktologlarimiz esa DLda  “fon е tik o‘zgarishli, ammo ma’no o‘zgaligiga
ega bo‘lmagan so‘zlar   mustaqil   so‘z sifatida b е rilmaydi”, – d е yishadi. Bu fikrga
qo‘shilish   qiyin,   chunki   sh е valarimizda   mavjud   bo‘lgan   xilma-xil   fon е tik
hodisalar   sababli   adabiy   tildagi   ba’zi   so‘zlar   shu   qadar   o‘zgarib     k е tadiki,   hatto
ularning qanday so‘z ekanligini izohsiz aniqlab  bo‘lmaydi. Masalan: 
a) Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa sh е valarda   jdav   so‘zi bor. Bu so‘z
y->dj- hamda –g‘     > -v tovushlari o‘zgarishi tufayli sodir bo‘lgan   adabiy tildagi
yog‘    so‘zining aynan o‘zidir; 
b) Oshobo sh е vasida   burgult е , olta   kabi so‘zlar mavjud. Aslida ular   -tl- -lt-
m е tat е zasi   va   so‘zlar   oxiridagi   -r   undoshining   tushishi   natijasida   sodir   bo‘lgan,
ma’noda     farqlanmaydigan   burgutlar,   o‘tlar   (trav ы )   so‘zlaridir.   Xo‘sh,   djav,   olta
singari   fon е tik   o‘zgarishga   uchragan   so‘zlarni   DLga   kirtimaslik   k е rakmi?   Bu   xil
so‘zlar   DLlarda   b е rilmasa,   qaysi   xildagi   lug‘atlarda   b е riladi?   Umuman   sh е vala-
rimizdagi   k е ry е -qariya, koy е g-kuyov  kabi  fon е tik qiyofasi o‘zgargan so‘zlar ham-
da   lap ы da   -   rapida,   z ə l ə l   -   zarar   singari   dial е ktizmlar   DLdan   o‘rin   olmog‘i
lozim”. 
4. L е ksik-d е rivatsion dial е ktal so‘zlar, ya’ni so‘z yasalishi bilan shakllangan
dialektal     so‘zlar.   “Adabiy   tilda   yoki   faqat     sh е valarda   mavjud   bo‘lgan   xilma-xil
so‘z yasovchi  affikislar    sh е valardagi  so‘zlarga yoki  adabiy til  va sh е valar  uchun
mushtarak     so‘zlarga   qo‘shilishi   natijasida   sh е va,   dial е ktlarda   adabiy   tilda
uchramaydigan   dial е ktal   so‘zlar   vujudga   k е ladiki,   ularni   “l е ksik-d е rivatsion
dial е ktal so‘zlar” d е b atagan ma’qul”.
6
  Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Т ошкент: Ўқитувчи ,
1975. 50 -б. 5.   Morfologik-dial е ktal   so‘zlar   yoki   morfologik   o‘garishlarga   uchragan
dialektal   so‘zlar.   “Adabiy   til   va   sh е valardagi   so‘z     o‘zaklariga   forma   yasovchi
affikslarni   qo‘shish   orqali   vujudga   k е lgan     morfologik-dial е ktal   so‘zlar   turli   xil
bo‘lib,   ular,   odatda,   forma     yasovchi   affikslarning   birgalikda   qo‘llanishi,   turli   xil
fon е tik   o‘zgarishlarga   uchrashi   yoki   faqat   sh е valarga   xos   forma   yasovchi
affikslarning   qo‘shilishi   natijasida   sh е valarda   (adabiy   tilda   uchramaydigan)
ɔ p ə ngъl ə  – opanglar;  ɔ t ə luvъ //  ə t ə luyъ  – otalari;   h ə mm ə lъysъ  – hammalari singari
anchagina marfologik dial е ktal so‘zlar paydo bo‘lgan”.
6.   Dialektal   fraziologizmlar.   “O‘zbek   sh е va,   dial е ktlarida   mavjud   bo‘lgan,
adabiy tilda uchramaydigan yoki uchrasa ham ma’noda farqlanadigan fraz е ologik
iboralar, birikmalar bir butun, yaxlit holdagina biror ma’noni, odatda, qo‘shimcha
ko‘chma   ma’noni   anglatadiki,   ularni   DLda   qay   tarzda   b е rmoq   k е rak?   Qozoq,
boshqird, qoraqalpoq tili sh е valariga o‘zi r ее str so‘z sifatida b е rilgan. Tatar, yoqut
sh е valariga   oid     lug‘atlarda   esa   ular   bir   butun   holda     b е rilmay,   odatda,   undagi
birinchi so‘z tariqasida b е rilgandan k е yin fraz е ologik iboraning o‘zi qayd etilgan.
Xullas,   lug‘atlar   tuzish   qiyin,   l е kin   savobli   ish.   L е ksikologiya   sohasida   qilingan
ishlar   ba’zan   unitilishi   mumkin,   biroq   l е ksikografiya   bo‘yicha   bajarilgan   ishlar   -
tuzilgan yaxshi lug‘atlar h е ch qachon unutilmaydi. Shunga ko‘ra, DL tuzuvchilari
oldida   turgan   eng   muhim     vazifa   sh е valarimizdagi   mavjud   dial е ktal   so‘zlarni
xalqimiz   so‘z   boyligini   o‘ziga   xos   xazinasi   bo‘lgan   DLlarda   qayd   etib,   k е lgusi
avlodlar uchun saqlab qolishdan iborat”  [I.1.2 7 (2 7 ).31-46-].  
7. Kitobiy uslubga xos  bo‘lgan  so‘z  hamda  terminlar.
8.   Sheva     vakillari     ma’nosiga     tushunmaydigan   diniy   aqidalarga   oid
(o‘zlashgan) so‘zlar va iboralar.
9. Varvarizm, parnografik  (ma’nodagi) so‘zlar.
10. Adabiy tildagi  professionalizmlar va terminologik leksika.
11.   Fonetik   (o‘zgarishga   uchragan)   dialektizmlar   [I.1.2 7 (2 7 ).37-]   yoki
fonetik-dialektal so‘zlar.
Shuningd е k, sh е valarimizning hozirgi  ahvolida sh е valararo l е ksik farqlarni,
bir   tushunchani   ifodalovchi   sh е valararo   so‘zlarning   adabiy   tilga   munosabatini chuqur   ilmiy   asosda   aniq   b е lgilab   olish   mumkin   emasligi   tabiiy   holdir.   Bunday
qilish   uchun   esa   sh е valarning   ko‘p   tomli   lug‘atini   shakllantirish   va   nashr   etish
shart.   Yuqoridagilarni   rejali   tarzda   amalga   oshirish   sh е valarning   bugungi   l е ksik,
fon е tik, morfologik, s е mantik, fraz е ologik boyligini bir butun holda saqlab qolish
d е makdir.  Bular esa sh е valarning l е ksik xususiyatlarini jiddiy o‘rganishni va ko‘p
tomli   “O‘zbek   xalq   sh е valari   lug‘ati”ni   tayyorlab,   sh е valarga   xos   so‘zliklarni
guruhlarga bo‘lgan holda to‘plab, nashr etish lozimligini  ko‘rsatib turibdi. 
Dialektal     so‘z     turlarini     aniqlas h da     dialektal   matnlar     tahlili
metodidan     foydalanis h.   Dialektal   so‘z   bu   shevalarda   faol   qo‘llanib,   adabiy   til
sathida   kam   yoki   umuman   qo‘llanmaydigan   leksik   birliklardir.   Bunday   leksik
birliklar   sheva   vakillari   nutqida   faol   ishlatiladi.   Shuning   uchun   ham   ular
qatnashgan   matnlar   dialektal   matnlar   hisoblanadi.   Ular   o‘zbek   dialektolog
olimlarining   asarlarida   maxsus   o‘rganilmagan,   tadqiqotlar   olib   borish   jarayonida
sof   leksik   dialektizm,   frazeologik   va   leksik-fonetik   o‘zgarishlarga   uchragan
dialektal   so‘zlarni   u   yoki   bu   darajada   qayd   etib   o‘tishgan.   “Sheva   leksikasini
o‘rganish   bir   shevaning   yoki   o‘xshash   shevalar   guruhning   leksikologiya   tahlili
bilan   birlikda   o‘sha   shevaning   umiumiy   xususiyatini   yaratish   (jamlash   –   ta’kid
bizniki ) imkoniyatini beradi” 7
.
O‘zbek   x alq   shevalari   boy.   Faqat   dialektal   so‘zlarning   dilaektal   matnlarga
asoslanib   o‘rganilishi   ilm-fan   talablariga,   ya’ni   dialektologiya   metodologiyasi
talablariga   mos   keladi.   S h uning   uchun   shevalarning   dialektal   s o‘ zligini   dialektal
matnlarga   asoslanib   sa q lab   q olish   lozim ,   deb   bilamiz.   Zero,   Urxun-Enasoy
yodgorliklari   matn   sifatida   saqlanganligi   uchun   bugun   ham   ilmiy   qiymatga   ega
ekanligini   hisobga   olsak,   shevalarimizning   dialektal   manbalari   hali   ming-ming
yillar o‘rganiladi. 
Dialektal matnlarning tahlilida quyidagilarga e’tibor berish lozim:
1.   Bunday   matnlarni   qaysi   transkripsiyada   yozilganligiga   va   matnlardagi
so‘zlarning   to‘g‘ri   transkripsiya   qilinishiga   e’tibor   berib,   ularning   qaysi   sheva   va
lahjaga oidligini ko‘rsatish.
7
  Назаров К., Ғуломов Ё. Ўзбек диалектологияси. –Тошкент, Университет, 1993.  25-б. 2.   Undagi   fonetik   hamda   fonomorfologik   o‘zgarishlarni   ko‘zdan
qochirmaslik.
3 . Dialektal so‘z va uning turlarini bil ib,  matndagi so‘zlarni belgilab borish.
4. Dialektal  matnning axborotchisi va yozib oluvchisiga e’tibor qaratish.
5. Unda dialektal so‘z hamda uning turlari deb belgilangan so‘zlarni alohida
guruhlab yozisb, dialektal matnlarni dialektal leksika talablari asosida tahlil qilib,
ularda   aniqlangan   dialektal   so‘z   turlarining   miqdori   qancha   ekanligiga   e’tibor
qaratib,   ulardagi   faol   uchragan   dialektal   so‘z   turlarini   aniqlashtirish   va   ularga
lug‘at maqolalar tayyorlash lozim.
Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   dialektal   matn   tahlilida   fonetik,   leksik,
fonomorfologik   va   grammatik   xususiyatlarga   e’tibor   qaratish   lozim   bo‘ladi.
Shuning   uchun   ham   bu   tahlilni   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”   fanidagi   tahlildan
farqlagan   holda   dialektal   matnlarning   tahlili   deb   nomlasak,   o‘rinli.   Darslarda   bu
tahlildan   foydalangan   holda   uni   dialektal   matnlarning     tahlili   metodi   deb   atash
maqsadga muvofiq. Bunda ham dialektal matnga  e’tibor qaratiladi, ham u asosida
shakllangan metodga  ham e’tibor qaratiladi. 
Shu o‘rinda quyidagi dialektal matn  va uning mazmun-mohiyati ga murojaat
qilsak:
Izoh:   matndagi   bir   qancha   so‘zlar   oldingi   dialektal   matnda   turli   rangda
berilgani   uchun   bu   ikki   matndagi   dialektal   so‘zlar   qavs   ichida   qoraytirib,   so‘ng
ma’nosi berilgan.
MENING YANGAM VA XOLAKATTAM
(Mening  йəнг	əм  ва х ͻ l	əkəttəм)
Mening   yangam (йәнгәм   –   kelinoyi )   ajoyib   ayol.   U   har   qanday   ishni   chin
dildan   bajaradi.   Mana   hozir   ham   u   dalada.   Boshida   zaynovi   ( зәйн вь	
ͻ   –   yashil ),
bika   ( быкә   –   pushti  rang  (och   q izil)  va   q ara   ( қ әрә   –   q ora   rang )     ranglar  aralash
kassingka   qo‘ lida   grabl   (грәбл   –   h askash(me h nat   q uroli ) )   olib   ishlamo q da.
Daladan   bo‘sh   vaqtlarida   u   tikuvchilik   bilan   shug‘ullanadi.   U   joynomoz
(ж йн	
ͻ ͻ м ͻ з –  joynomoz ),  lo‘la  (лолә –  bolish), qariyalar uchun jelaklar  (желәклә:
–   yubqa   ust   kiyim ),     quroq   (қур ͻ қ   –   turli   xil   matolar   parchalaridan   tikiladigan narsa )  dasixonlar  (дәсих ͻ н –  dasturxon )   tikadi. Butun oila a’zolari undan xursand,
ayniqsa,   kattam   (кәттәм   –   buvi ).     Shu   xotinni   kelin   qilganlaridan   ko‘ngillari
to‘q (конъ тоқ – хотиржам).  H ar doim yangamni  (йәнгәм)   maqtab:  uvali-juvali
bo‘l ( увәлъ-жувәлъ   бол   –   uyli   joyli   bo‘l)   qo‘sha   qaringlar   ( қош ә   қ ә ръл ә :   –
umrlaringni oxirigacha birga bo‘linglar) kabi olqishlarni aytadilar.
  H ammasidan ham zo‘ri yangam   ( йәнгәм )     shirin - shirin ov q atlar pishiradi.
Ular tayyorlagan qatig‘laosh (қәтъғл ͻ sh –   quyuq   qatiqqa ugra solib pishiriladigan
taom ),     ichiga   boyimjon   (б ͻ йимж ͻ н   –   baqlajon   sabzavot   turi )   va   karchishka
(кәрчишкә   –   kartoshka   sabzavot   turi )   solib   pishiriladigan   kovob   (к ͻ в ͻ б  –   taom
turi ) , ch o‘ mich  (чомич –  oshxona buyumi )  bilan kovlab turiladigan atala  (әтәлә –
unni   yog‘da   qovurib   tayyorlanadigan   suyuq   taom ),   arvoypirda   (әрв ͻ йпър   –
marosim turi ) .   Bu marosimni ko‘pincha avto–ulovi borlar o‘tqizadi )  pishiriladigan
halvoytar   (ҳәлв ͻ йтәр),   shirvirich   (шървърч   –   sirguruch).   Sutga     guruch   solib
tayyorlaniladigan   taom ),     kodipichak   ( к ͻ дъпъcчәк   –   q ovoq   solib   pishiriladigan
taom ),     g‘ilvindi   (ғылвъндъ   –   somsaning   bir   turi ),   yup q alarni   (йубқә   –
somsaning   bir   turi.   Ichiga   qaymoq   solib   pishiriladi )   yemabsiz   bu   dunyoga
kelmabsiz.   Biz   bo‘lalarimiz   ( боләлә:   –   xolavachchava   amakivachcha )   bilan
yig‘ilib   tez-tez   kattamniki   (кәттәм)     kelib   turamiz.   Yangamdan   (йәнгәм)   ko‘p
narsalarni   o‘rganishga   harakat   qilamiz.   Zero,   bir   kun   kelib   biz   ham   bir   oilaning
bekasi   bo‘lamiz.   O‘ sha   kunlarga   q adar   o‘ zimizda   kelinlik   k o‘ nikmasini
shakllantirib boramiz.
Xalqimizda   “Qariganda   h am   tinch   o‘ tirmaydi”   degan   ga p   k o‘p   ishlatiladi.
Bu   bejizga   aytilmagan     albatta.     Xolakattam   ( х ͻ lәkәttәм   –   otaning   xolasi)     h am
shundaylar  sirasiga  kiradi.   Qarib, bukchayib qolgan  bo‘lsalar  ham  yosh  juvonlar
(жув ͻ нлә :   –   turmushga chiqqan ayol) singari serharakatlar. Buning isbotini  jonli
( ж ͻ нлъ   –   h ar   qanday   uy   jonzoti.   Uy   hayvoni )     boqishni   kanda   qilmasliklaridan
( кәндә   қълмәслък –   to ‘ xtatmaslik) ko‘rishimiz mumkin. Ularning uyida juvana
( жувәнә   –   ho‘kiz ) ,   inak   ( ъ н ә к - сиги р )   бизов   ( бъз ͻ в   –   бузоқ)   ,   takalar   (т ә к ә   –
echki) judayam ko‘p.   Dadam    va pochchom  ( п ͻ чч ͻ м ) jonlilarga( :   ж ͻ нли)    juda
q iziqishadi.   Shuning   uchun   tez-tez   ularnikiga   borib   turishadi.   Hovlilari   ham anchagina  katta  bo‘lib,    jonzotlarga yemish  bo‘lsin  deb yung‘ichqa  ( йунғъчқә  –
beda),  jugori ( жуг ͻ ръ –  makka jўxori )  ekib qo‘yilgan. 
Qorin   och qoganda   ( қ ͻ рън   ͻ ч қ ͻ г ә нд ә   –   qorin   ochganda   ma’nosida )   nima
ovqat   qilamiz?-   deb   o‘ylashning   ham   hojati   yo‘q,     sut-chakki   ( чәккъ   –   q uyuq
holdagi   qatiq)   mo‘l.     Borsak   maza   q ilib   yeb   kelamiz.   S h u   bilan   birgalikda   uy
ishlariga   h am   q arashib kelamiz. Buni  ko‘rgan xolakattam ( х ͻ ләкәттәм )   xursand
bo‘lib   bizni   alqaydilar:   qadding   terakday   bo‘lsin   ( қәдднг   терәкдәй   болсън-
beling   g‘ amdan   bukilmasin   ma’nosida),   uying     bug‘doyga   to‘lsin   (уйънг
буғд ͻ йгә толсън –  risq nasibang mo‘l bo‘lsin), suvday serob bo‘l ( сувдәй сер ͻ б
бол ),   nasibang   ulug‘   bo‘lsin   ( нәсъбәнг   улу ғ   болсън   –   risq   nasibang   mo‘l
bo‘lsin)   kabi.   Biz   ham   alqovlardan   xursand   bo‘lib,   ishimizga   yanada   shijoat
qo‘ shamiz. 
Q ARISI BOR UYNING PARISI BOR
“ Q arisi   bor   uyning   parisi   bor”,   –   degan   na q l   q achon,   kim   birinchi   b o‘ lib
aytganini   h ech   kim   bilmaydi.   Ammo   h amma   bu   na q adar   t o‘g‘ ri   fikr   ekanligini
anlaydi.   Nuroniy   bobolarimiz,   dona   kattalarimiz   (кәттәм )  
barcha   hovlidagi
(ҳ ͻ влъ   –   uy )   turli   mavzudagi   turli     nasihatlar   bora-bora   qiziqarli   gurunglarga
(гурунг   –   suhbat)   aylanadi.   Oiladagi   mehr-oqibat   va   hamjihatlikni   yanada
mustahkamlashda,     kattalarga   hurmat,     kichiklarda   izzat   fazilatlarini   o‘rganishda
qarilarn ing ( қәръ –  q ariya. Yoshi ulug‘ kishi )   o‘rni katta.
Bobo   va   kattalarimi z   ( кәттәм)   uyimizning   fayzi   hisoblanadi.
Bobolarimizning   ustlariga   jelak   (желәк)   kiyib,   kattalarimizning   zaynovi
(зәйн ͻ въ) ,   bika   (бъкә) ,   qara( қ әрә)   kassinka     (кәсънкә   –   r o‘ mol )     yopinib,
tutaki (тутәкъ  – ochiқ ranglarga nisbatan )  sinovoncha ( сън ɔ вәнч ә   –  paxta solib
q avilgan   kamzul )     kiyib,   chakkalariga   nazvoylar   ( н	
әзв ɔ й   –   rayhon(o‘simlik) )
taqib yurishlari bizga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otadi.   Ayniqsa,   ularning:
“ Uying   bug‘doyga   to‘lsin ”(   уйънг   буғд ͻ йгә   толsън ),   “   Umriginangdan
baraka   top ”( Умръгънәндә:   бәрәкә   t ͻ п   –   h ayotda   qiyinchilik   ko‘rma
ma’nosida ) , “ Qadding terakday bo‘sin ”(   қәдъ: терәдә:  болsън) , “ Uvali-juvali b o‘ l ”   ( Увәлъ-жувәлъ   бол   –   baxtli   bo’l   ma ’ nosida )   kabi   olqishlarini
eshitganimizda   qalbimizda   ularga   bo‘lgan   hurmat   yana   ham   ortadi.
Qari larimizning   ( қәръ)   yana   bir   o‘ziga   xos   xususiyati   har   bir   gurung larida
(гурун)   maqollardan   unumli   foydalanishlaridir.   Bu   esa   aytilgan   fikrning   ta ’ sir
kuchini oshiradi.  Masalan: “ Ayg‘ir qanday bo‘lsa,   ot shunday ” ( әйғър қәндә:
болсә,   от   шuндә: )   “ Bog‘ing   bo‘lsa,   qo‘ra   qil,   O‘g‘ling   bo‘lsa,   mulla   qil ”
( Б ͻ ғънг   болсә,   қ орә  qъл,   оғлънг   болсә,   муллә   qъл) ,  “ Igna   qayoqqa   yursa,
Ip ham shu yoqqa yurar ( ъгнә қәй ͻ ққә йурсә, ъп ҳәм шу й ͻ ққә йурәр )” kabi.
Bir   so ‘ z   bilan   aytganda   bobo   va   kattalarimiz   uyimizning   farishtalari.   Ularni
e’zozlaylik.
Bu   matnlarni   tayyorlash   va   ularni   “O‘zbek   dialektologiyasi”dan   dars
o‘tganda    tushuntirish uchun   umumiy o‘qitish metodlari bilan birga dars o‘tish va
sheva   bo‘yicha   ilmiy   kuzatishlar   olib   borish   jarayonlarida   shakllangan   dialektal
matnlar   tahlili   metodi ning   tarkibiy   qismlari   bo‘lgan   quyidagi   xususiy
metodlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq: 
1.   Dialektal   matn(lar)ni   yozish   metodi dan     dialektal   matnlar   sheva
vakillarining o‘zaro muloqot vaqtidagi nutqlarini yozib olishda foydalaniladi.
2.   U(lar)ni   transkripsiya   qilish   metodi dan   esa   dialektal   matnlarni   ilmiy
yozuv bo‘lgan transkripsiyada qayd etishda qo‘llaniladi.
3.   Dialektal   matnlarni   leksik   tahlil   talablari   asosida   dialektal   so‘z
turlarini   aniqlash   metodi dan   shu   matnlarni   tahlil   etish   jarayonida   leksik   tahlil
talablarini amalga oshirish vaqtida qo‘llanadi.
4.   Dialektal   so‘z   turlarini   dialektal     matnlar   asosida   tahlil   etish   orqali
o‘qitish metodi dan “O‘zbek dialektologiyasi” fanidan ma’ruza, amaliy va seminar
mashg‘ulotlarida vaqti va o‘rniga qarab foydalaniladi. 
5. Bir sheva lug‘atini tayyorlash orqali fanni o‘qitish metodi . Bunda bir
shevaga xos leksik, fonetik, grammatik xususiyatlar o‘rganiladi. Ushbu metodning
tavsiya   qilinayotganiga   sabab   shuki,   juda   ko‘pchilik   yoshi   ulug‘   insonlar   o‘z
shevalarining   xususiyatlarining   qariyib   20   foizini   yaxshi   bilishadi.   Mana   shu holatning   o‘zi   ham   bir   sheva   bo‘yicha   katta   hajmli   dialektal   materiallarni
to‘plashga imkon beradi.
Ular bir jarayonning umumlashma va xususiy ko‘rinishlari sifatida   dialektal
matnlar   tahlili   metodiga   birlashishlari   tabiiy   holdir.   Demak,   ko‘rsatilgan   kichik
metodlar   va   ularning   majmuyi   bo‘lgan   dialektal   matnlar   tahlili   metodi   kabi
metodlaridan ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida vaqti va o‘rniga qarab
foydalanish maqsadga muvofiq 8
.  
Biz   dialektal   matnlar   tahlili   metodi   hamda   uning   mazmun-mohiyatidagi
kichik to‘rtta metoddan unumli foydalanib, o‘zbek va rus dialektolog olimlarining
ilmiy ishlari bilan tanishib, shuningdek,  bir qancha nazariy va amaliy xarakterdagi
ilmiy   adabiyotlar   bilan   qiyosiy   holda   tanishib,   ularni   ham   tanqidiy,   ham   qiyosiy
o‘rganib,   shevalarda   dialektal   so‘zlarning   quyidagi   turlari   borligini   aniqladik.
Bular   dialektolog   olimlarning   asarlarida   u   yoki   bu   darajada   qayd   etilganligini
manbalar asosida kuzatib, quyidagi turlari borligini  
ta’kidlab o‘tmoqchimiz 9
: 
Ular bir jarayonning umumlashma va xususiy ko‘rinishlari sifatida   dialektal
matnlar   tahlili   metodiga   birlashishlari   tabiiy   holdir.   Demak,   ko‘rsatilgan   kichik
metodlar   va   ularning   majmuyi   bo‘lgan   dialektal   matnlar   tahlili   metodi   kabi
metodlaridan ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida vaqti va o‘rniga qarab
foydalanish maqsadga muvofiq 10
.  
Biz   dialektal   matnlar   tahlili   metodi   hamda   uning   mazmun-mohiyatini
ifodalovchi   kichik to‘rtta metoddan unumli foydalanib, o‘zbek va rus dialektolog
olimlarining ilmiy ishlari bilan tanishib, shuningdek,   bir qancha nazariy va amaliy
8
 Bu metodlar oldinlari ilmiy tadqiqotlarda nomlanmasdan foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Ularni jamlab,
nom   berish   bizning   chekimizga   tushdi.   Shuning   uchun   ularni   individual   shaklda   nomladik.   Bu   metod
to‘g‘risida qisqa to‘xtaldik, alohida maqolalarimizda ularni maxsus yoritamiz.
9
  Birinchi   tur   dialektal   so‘zlardan   boshqalari   o‘zbek   dialektal   leksikografiya si ga   birinchi   marta   olib
kirilishi mo‘ljallanmoqda. Quyidagilarga qarang: Абдуллаев Ф. Ўзбек тилининг Хоразм шевалари. –
Тошкент:   Фанлар   академияси   нашриёти,   1961.   Абдуллаев   Ф.А.   Диалектал   луғат   тузиш
принциплари ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. 1966. 2-сон. 39 - б.  А. Ишаев. Ўзбек шеваларининг
диалектал   лексикографияси.   –   Тошкент:   Фан,   1990.   4-12-б.     Омонтурдиев   А.,   Раҳмонов   Б.
Сурхондарё диалектал-этнографик мақолларининг   изоҳли луғати (Унитилаётган мақол, матал ва
айтимлар).   2-қисм.   –   Тошкент:   Ilm   ziyo   zakovat,   2019.   96   bet.   Nafasov   T.   Qashqadaryo   o‘zbek
shevalari   lug‘ati.     –   Toshkent:   O‘qituvchi,   2010.   To‘ychiboyev   B.,   Yo‘ldoshyev   Q.   Zomin   so‘zligi.   –
Toshkent: O‘qituvchi, 2012.
10
  Bu   metodlar   oldinlari   ilmiy   tadqiqotlarda   nomlanmasdan   foydalanilgan   bo‘lishi   mumkin.   Ularni
jamlab,   nom   berish   bizning   chekimizga   tushdi.   Shuning   uchun   ularni   individual   shaklda   nomladik.   Bu
metod to‘g‘risida qisqa to‘xtaldik, alohida maqolalarimizda ularni maxsus yoritamiz. xarakterdagi   ilmiy   adabiyotlar   bilan   qiyosiy   holda   tanishib,   ularni   ham   tanqidiy,
ham   qiyosiy   o‘rganib,   shevalarda   dialektal   so‘z   turilarning   quyidagi   turlari
borligini   aniqladik.   Bular   dialektolog   olimlarning   asarlarida   u   yoki   bu   darajada
qayd   etilganligini   manbalar   asosida   kuzatib,   quyidagi   turlari   borligini  
ta’kidlab
o‘tmoqchimiz 11
: 
1)   sof   leksik   dialektal   so‘zlar   ( enә,   surx	әk,   n x s,   murt	ͻ ͻ ,   g	әzәt   –   ikki
o‘rgajli tuya ); 
2)   leksik-semantik   dialektal   so‘zlar   ( ә k ә   so‘zi   ayrim   shevalarda:     “ ota ”   va
hatto, “ pochcha ” ma’nolarida qo‘llanadi); 
3)   leksik-fonetik   dialektal   so‘zlar   (Masalan,   so‘z   boshida   qo‘llanadigan
adabiy   tildagi   y   undoshi   o‘rniga   qipchoq   lahjasiga   oid   dj -lashgan   sheva   vakillari,
ko‘pincha,   jd   undoshini   talaffuz   etadilar:   djaman-yomon,   djoq-yo‘q ;   o‘sha
shevalarda ayrim unlilar so‘z boshida diftonglashadi;   tari(q), sari(q)    kabi so‘zlar
oxiridagi   q   undoshi   talaffuz   etilmaydi.   Yog   so zi   fonetik   o zgarishlarga   uchrab,	
ʻ ʻ ʻ
jdav   ҳолатига   келган.   F.   A.   Abdullayev   “...fonetik   o‘zgalik   ma’nodagi   o‘zgalik
bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday so‘zlar lug‘atga kiritilishi kerak” 12
.); 
4)   morfologik-fonetik   dialektal   so‘zlar     ( ∂p∂ng‘l∂   –   opanglar;   ͻ t∂luv’   //
ͻ t∂luy ’   –   otalari;   h∂mm∂l’ys’   –   hammalari   singari   morfologik   dialektal   so‘zlar
bor.); 
5)   morfologik-leksik   dialektal   so‘zlar   ( m ͻ ld ͻ r   –   mollar;   кәрчишкә   -
kartoshka sabzavot turi); 
6)   leksik-derivatsion dialektal so‘zlar ( bergi < ber + -gi    – qarz;   chapqы <
chap + -qы   – poygaga qatnashadigan ot;   ж ͻ нлъ -   h ar qanday uy jonzoti;   yur + -
11
  Birinchi   tur   dialektal   so‘zlardan   boshqalari   o‘zbek   dialektal   leksikografiya si ga   birinchi   marta   olib
kirilishi mo‘ljallanmoqda. Quyidagilarga qarang: Абдуллаев Ф. Ўзбек тилининг Хоразм шевалари. –
Тошкент:   Фанлар   академияси   нашриёти,   1961.   Абдуллаев   Ф.А.   Диалектал   луғат   тузиш
принциплари ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. 1966. 2-сон. 39 - б.  А. Ишаев. Ўзбек шеваларининг
диалектал   лексикографияси.   –   Тошкент:   Фан,   1990.   4-12-б.     Омонтурдиев   А.,   Раҳмонов   Б.
Сурхондарё диалектал-этнографик мақолларининг   изоҳли луғати (Унитилаётган мақол, матал ва
айтимлар).   2-қисм.   –   Тошкент:   Ilm   ziyo   zakovat,   2019.   96   bet.   Nafasov   T.   Qashqadaryo   o‘zbek
shevalari   lug‘ati.     –   Toshkent:   O‘qituvchi,   2010.   To‘ychiboyev   B.,   Yo‘ldoshyev   Q.   Zomin   so‘zligi.   –
Toshkent: O‘qituvchi, 2012.
12
  Абдуллаев Ф.А.Диалектал луғат тузиш принциплари ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. 1966. 2-
сон. 39-б. mel   (QQASSR-o‘g‘.)   –   yurmel   -   tez   yuradigan,   yurag‘on;     quyash+   +   -   lama   –
quyashlama  - oftobro‘ya;  qavыr + -ыshma  –  qavыrыshma  – ziyofat); 
7)  frazeologik-dialektal iboralardan iborat dialektal so‘zlar ( ͻ yog ‘ini qoliga
olli –   shoshdi;   u вәлъ-жувәлъ бол –   baxtli bol;   suvдәй sеr ͻ b боl –   bola-chaqali
bo‘l );  
8 )   atoqli   ot   (toponim)   hamda   joy   nomlari   shaklidagi   dialektal   so‘zlar
( Borigul ,  It ͻ lmas ,  Teshikt ͻ sh ,  ͻ laqarg‘a, Sinabog‘, Akulova );
9 )  etnografik   dialektal so‘zlar ( n ͻ n sinni, javchi, p ͻ chchabur ͻ n ); 
1 0 )   ba’zi   bir   umumistemol   so‘zlarining   dialektal   ma’no ga   ega   bo‘lishidan
shakllangan dialektizmlar ( dars  –  1) nashg ‘ulot; 2) chiqindi   va boshqalar ). 
Bular   shevalarning   benihoya   katta   lug‘aviy   boyligini   ko‘rsat uvchi   asos
hamda   dalillar   majmuyidir.   Chunki   sheva   vakillari   bormi,   demak,   nutqda   bir
qancha   so‘zlar   konnotativ   ma’noda,   ya’ni   dialektal   ma’noda   qo‘llanadiki,   bu
holatga     ham   haligacha   jiddiy   e’tibor   berilgani   yo‘q.   1971-yilda   nashr   etilgan
“O‘zbek   xalq   shevalari   lug‘ati”dagi   so‘zlardan   ko‘rinib   turibdiki,   hozirgacha   sof
leksik dialektal so‘zlar  va qisman fonetik  o‘ zgarishga uchragan so‘zlar  o‘rganilgan,
xolos. Qolgan dialektal so‘zlar  esa xalq shevalarida turganicha qolmoqda...
Yuqoridagilarni   e’tiborga   olgan   holda   quyidagi   umumlashmalarga   kelindi:
Dialektal   so‘zlarlarni   o‘rganish   va   tadqiq   etish   o‘zbek   tilining   leksik   boyligini
saqlashga   imkon   beradi.   Dialektal   so‘z   maqomi   va   dialektal   matnni   yozib   olish
metodi   alohida   fanga   oid   xususiy   metodlar   ekanligi   uning   “O‘zbek
dialektologiyasi” fan doirasida faol qo‘llanishini anglatadi.
D ialektal so‘z maqomi va uning turlarini bilmasdan turib, dialektal matnlarni
yozib   olishga   kirishmaslik   kerak.   Chunki   so‘zlovchi   dialektal   so‘zlarni   qo‘llab
gapiradigan yoki ularni  qo‘llamasdan gapiradigan holatda bo‘ladi;
S o‘zlovchi   biror   dialektal   so‘zni   qo‘llashni   boshladimi,   keyingi   gaplarida
ham   shunday   so‘zlarni   qo‘llashi   aniq.   Shuning   uchun   ularning   gaplarini   yozib
olishga kirishish o‘rinlidir.
Dialektologiya metodologiyasiga tayanilgan holda dialeкtal m atnlarni tahlili
metodi o‘z ichida quyidagi kichik metodlarni jamlagan mazmun-mohiyat jihatidan katta   metod   sanaladi:   1)   dialektal   matn(lar)ni   yozish   metodi;   2)   u(lar)ni
transkripsiya qilish metodi;   3) dialektal matnlarni dialektal    leksik tahlil talablari
asosida dialektal so‘z turlarini aniqlash metodi; 4) dialektal so‘z turlarini dialektal
matnlar   asosida   tahlil   etish   orqali   o‘qitish   metodi.   “Xullas,   lahjalar   va   shevalar
tilimizdagi   bitmas-tuganmas   boylikdir.   Ularni   mumkin   qadar   tezroq   va   to‘liqroq
yozib olishga harakat qilish asosiy burchimizdir” 13
.
Dialektal     so‘z     maqomi .   Dialektal   so‘z   maqomi   haqida   gapirganda
quyidagilar e’tiborga olinishi lozim bo‘ladi: Shevalarga xos so‘z, so‘z birikmasi va
iboralar adabiy tilda juda kam qo‘llanishi yoki umuman qo‘llanmasligi bilan ajralib
turadi. 
S heva   so‘zlari   termini   u slubiy   xususiyatlarga   ko‘ra   takroriylikning   oldini
olish   uchun   ikkinchi   bir   termin   bilan   dialektal   so‘z   deyiladi.   Ularning   badiiy
asarlarda   qo‘llanish   shakllari   esa   dialektizmlar   hisoblanadi.     Shuning   uchun   ham
O.   Madrahimovning   “ Jonli   shevalar   leksikasining   adabiy   til   leksik   qatlamlariga
munosabati masalasi tekshiruvchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilish tabiiydir ” [4,
80. ], degan fikrlari ham e’tiborga loyiq. “ O‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi leksikasi ”
nomli   monografiyasida   muallif   o‘zi   tuzgan   lug‘at   o‘g‘uz   lahjasining   so‘zlarini
qardosh   turkiy   tillar   bilan   qiyosiy   o‘rgangani   uchun   ham   sof   dialektal   lug‘at
emasligini ta’kidlab o‘tgan.
Shu   o‘rinda   ta’kidlashni   istardikki,   dialektal   so‘z   maqomi   terminini   bir
necha   yillik   amaliy   dialektal   kuzatishlar   asosida   “ Dialektologiya  metodologiyasi ”
nomli   monografiyada   2020-yilda   qo‘llangan   [5,24-27-].   D ialektal   so‘z   maqomi
sheva   so‘zlari   ichida   uning   leksik-semantik   va   semantik   (dialektal   ma’no)
xususiyatlari   bilan   farqlanishi,   adabiy   tildagi   so‘zlarga   nisbatan   orfoepik   va
orfografik me’yorlari bilan adabiy til me’yori va talablariga bo‘ysunmasligi, unda
kam ishlatilishi yoki umuman qo‘llanmasligi, ularning tarkibidagi leksik ma’no esa
ma’nolar   tizimida   kam   uchraydigan   dialektal   ma’no   ekanligi   bilan   adabiy   tildagi
leksik   birliklardan   farqlanishi   bilan   ajralib   turadi.   Ushbu   fikrni   misollar   tahlilida
ham   ko‘rish   mumkin.   Albatta,   bunda   “ O zbek   xalq   shevalari   lug atiʻ ʻ ”da   berilgan
13
 Ражабов Н. Ўзбек шевашунослиги.-Тошкент: Ўқитувчи, 1996. 294-б. dialektal   so‘zlarning   lug‘at   maqolalari   bilan   birga   o‘zimiz   tayyorlagan   dialektal
so‘zlarning lug‘at maqolalari bilan qiyoslab olib boramiz [6, Qarang:]:
АВСАН   (Жўш)   //   АВСАР   [ Izoh ]   (Қашқадарё)   фаросатсиз
“ недогадливый,   несобразательный     (1971,   12.12-)   [ [ 7 ,   Qarang:] ] .   Bu   lug‘at
maqolada   negadir   dialektal   so‘zning   transkripsiyasi   berilmagani   kabi   u
ifodalaydigan dialektal ma’noning ruscha berilishi  ham bahsli, chunki uning o‘zi
hali   faollashmagan   dialektal   so‘zlardan   biri.   Ularning     transkripsion   holati
quyidagi   tarzda   bo‘lishi   lozim   edi:   [авсан   //   avsan]   //   [авсар   //   avsar].   Ushbu
dialektal   so‘zning   “hech   narsani   tushunmaydigan,   e’tiborsiz”   degan   ma’nolari
Shahrisabz   shevasida   mavjud   (axborotchi...).   Шунинг   учун   sof   dialektal
so‘zlardan biri hisoblanadi.
АБЗАЛ I  (Хоразм)  – афзал  (яхши, аъло)  “лучшой,  пренмущественый”.
(1971,   12.4-).   U   fors-tojikcha   afzal   (f   >   b)   so‘zining   shevada   fonetik   o‘zgargan
holda   qo‘llangan   shakli.   Ushbu   lug‘at   maqolada   negadir   dialektal   so‘zning
transkripsiyasi berilmagani, u ifodalaydigan dialektal ma’noning ruscha berilishi
ham   bahsli,   chunki   uning   o‘zi   hali   faollashmagan   dialektal   so‘zlardan   biri.
Ularning  transkripsion holati quyidagi tarzda bo‘lishi lozim edi:   [абзал // abzal] .
Ayni vaqtda (Shah.) bu so‘zning dialektal ma’nolari oydinlashgan: abzal, yaxshi,
a’lo,   tuzuk,   durust.   (axborotchi...).O‘zlashgan   so‘zdan   shakllangan   dialektal
so‘zlardan b iri sanaladi .
АБЗАЛ     II   (Хоразм)   –   от   анжоми   “сбруя,   упряжь”   (1971,   12.5-).   Bu
lug‘at   maqolada   dialektal   so‘zning   transkripsiyasi   berilmagan,   u   ifodalaydigan
dialektal   ma’noning   ruscha   berilishi   ham   bahsli,   chunki   uning   o‘zi   hali   кам
faollashgan   dialektal   so‘zlardan   biri.   Ularning     transkripsion   holati   quyidagi
tarzda bo‘lishi lozim edi:   [абзал // abzal] . Mazkur (abzal) so‘z fors-tojikcha afzal
(f > b) so‘zining shevada fonetik o‘zgargan holda qo‘llangan shakli  hisoblanadi.
Bu   so‘zning   (Shah.)   ma’nosi   real(aniq)lashgan:   otning   to‘qimi,   otning   egar-
jabdug‘i. O‘zlashgan so‘zdan shakllangan dialektal so‘zlardan biri.
Bulardan   ko‘rinib   turibdiki,   dialektal   so‘zlarning   talqinlariga   biz   qo‘shgan
qo‘shimchalar   ma’lum   ma’noda   asosli.   Albatta,   bu   fikrimiz   va   keltirib   o‘tilgan misollarning   to‘g‘ri   hamda   aniqligini     asoslashda   sheva     vakillari   nutqidan   yozib
olingan   matn(dialektal   matn)larning   o‘rni   beqiyos   katta.   Chunki   har   qanday
so‘zning,   xususan,   sheva   so‘zlarining   ma’nosi   va   ma’no   munosabatlari   o‘zaro
muloqot   jarayonidagi   gaplar   misolida   reallashadi.   Masalan,   kal   so‘zi   adabiy   tilda
sochi tushgan kishiga nisbatan aytilsa, shevada esa hech narsa o‘smaydigan dalaga
nisbatan   [8,   Qarang:]:   “ Шу   жерл ə рд ə   ллънəн  ͻ бър ͻ р   гъй ͻ ҳ   унм ə йдъ,   ҳ ͻ зъй ə м.
Шу учун унъ к ə л д ə л ə   дейъш ə дъ ”.    Bu jerlarda biror giyoh unmaydi, shu uchun
uni kal dala deyishadi.  Ushbu gapda    kal  so‘zi dala so‘zi bilan birikib kelib, o‘tlar
ham   o‘smaydigan   yer   boshqa   yerlardan   farqlangan.   Lekin   adabiy   tilda   kal   dala
iborasi   umuman   ishlatilmaydi.   Chunki   u   sheva   vakillari   nutqida   qo‘llanadiki,
dialektal ma’noлар munosabatiga egaligi bilan giyohsiz yerni adabiy tilda umuman
qo‘llanmaydigan   tarzda   gap   ichida   nomlanishi   ham   dialektal   semantika   va
dialektal   sintaksis   jarayonlarining     o‘zaro   muvofiqlashuvi   bilan   yuzaga   kelgan.
Demak,     sheva   so‘zining   dialektal     maqomini   oydinlashtirish   uchun   eng   birinchi
vosita bu – dialektal matnlar hisoblanadi.
Yana   misol:   g‘ilvindi   sheva   so‘zi   (Shahrisabz   sh.   Saksonkapa   q. )   bo‘lib,
somsaning   bir   turi   sanaladi.   U   gap   ichida   qo‘llanganda   unga   dialektal   ma’no
yuklaydi   [ 9 , Qarang:] :
[“ Эн ə м   беч ͻ р ə ,   этт ə   туръп,   х ə мър   қоръп,   сут   пъшъръп,   шърън   в ə
гошлъ   масаллықла   бъл ə   ғылвъндънъ   ъккъ   турънъ   ёққа   т ə шл ə п,   пъшъръп
ͻ птъ.  ͻ т ə м эс ə  тушд ə  п ə л ͻ вд ə н  ͻ лдънр ͻ қ н ͻ ёб  ͻ вқ ə т бог ə н ячмиччъ ъссъқ н ͻ н
ва с ə рёғд ə н тайёрл ə п бедъл ə ”.
Onam   bechora,   erta   turib,   xamir   qorib,   sut   pishirib,   shirin   va   go‘shtli
masalliqlar   bilan   g‘ilvindining   ikki   turini   yoqqa   tashlab,   pishirib   olibtilar.   Otam
esa   tushda   palovdan   oldinroq   noyob   ovqat   bo‘lgan   yachmichni   issiq   non   va
saryog‘dan   tayyorlab   berdilar .]   [Izoh]     Ushbu   диалектал   matndan   shu   narsa
anglashilib   turibdiki,   g‘ilvindi   va   yachmish   so‘zlari   sheva   vakillaridan   birining
nutqida qo‘llangani uchun hamda ularni shevaning boshqa vakillari tushunishgani
uchun   ham   u   dialektal   ma’noga   ega   bo‘lgan.   Demak,   dialektal   so‘z   o‘zicha
shakllanmaydi,     balki     dialektal   matn(lar)   va   u(lar)ning   tarkibida   shevaga   xos лексик бирликлар bilan birga qo‘llangani uchun u faqat bir (yoki bir necha) sheva
vakillari   tushunadigan   dialektal   ma’noga   ega   bo‘ladi.   Mana   shu   jarayonlardan
keyingina   u   dialektal   so‘z   hisoblanadi.   Bundan   anglashilib   turibdiki,   dialektal
so‘zning   maqomi   bir   jihatdan   uning   boshqa   so‘zlar   o‘rtasidagi   mavqeyi   va
ahamiyatidir.
Sheva   leksikasi   haqida   gapirilganda   dialektal   so‘z,   dialektizm   va   dialektal
xususiyatlarining xilma-xilligi haqida o z davriga mos holda maxsus to xtalingan.ʻ ʻ
Ammo   shevaning   dialektal   leksikasidagi   dialektal   ma’no(lar)   termini   va
tushunchasi   haqida   biron   bir   mulohaza   yo‘q.   Bizningcha,   sheva   leksikasining
leksik   birliklarida,  albatta,   dialektal   ma’no   mavjud.  Shuning   uchun  ular   sheva   va
lahjalararo   farqlangani   kabi   adabiy   til   leksikasidan   ham   ma’lum   darajada   tubdan
farqlanib turishi tabiiydir. 
Bunday so‘zlar dialektologiya sohasining tarmoqlanishi kabi ikki xil holatda
bo‘ladi:   1)   tarixiy   dialektal   so‘zlar   (tarixiy   dialektologiya   yohud   til   tarixiga   oid
materiallar); 2) hozirgi kunda sheva vakillari nutqida faol qo‘llanayotgan dialektal
so‘zlar   (tavsifiy   dialektologiya   yoki   hozirgi   dialektologiya   materiallari).   Ularning
bu tarzda guruhlanishi ham o‘zbek xalqi va shevalari qadimdan  mavjudligini, ham
shevalarning tarixiy taraqqiyotini ma’lum ma’noda o‘zida ifodalaydi.
Dialektal   so‘z   maqomining   ikki   jihati   bor :   1)   dialektal   so‘z   maqomining
amaliy   jihati ;   2)   dialektal   so‘z   maqomining   nazariy   jihati .   Shu   o‘rinda   uning
nazariy   jihati   to‘g‘risida   gapirishdan   avval   uning   amaliy   jihati   haqida   gapirish
maqsadga   muvofiq .
Tarixiy   dialektologiyaning   materiallari   tosh   bitiklarda,   tarixiy   va   yozma
adabiyotlarda,   shuningdek,   xalq   dostonlari   kabi   turli   folklor   asarlarida   maxsus
matnlar     ko‘rinishida   o‘z   ifodasini   topgan.   Faqat   sho‘ro   davrida   ba’zi   bir   yozma
manbalar   nashr   etilishi     munosabati   bilan     undagi   ancha   dialektal   so‘zlar   boshqa
so‘zlar  bilan  majburiy  tuzatilganligini  ham   unutmaslik  lozim.   Bu   mulohazamizga
asos   " Alpomish "   dostonining   qayta   nashrida   uchraydigan   sheva   so‘zlarining
majburiy   holda   noo‘rin   o‘zgartirilishi   misol   bo‘ladi .   Bu   masalaning   ijobiy
yakunlanishiga,   shuningdek,   ushbu   dostonning   o‘zi   ham   xalq   dostoni   ekanligini to‘liq   asoslab   berishda   taniqli   dialektolog   olim   professor   Xudoyberdi
Doniyorovning   ham   xizmatlari   beqiyosdir.   Mustaqillik   davrida   bu   dostonning
mazmun-mohiyatini   ifodalovchi   dialektal   so‘zlarning   anchagina   qismi   avvalgi
holatga   keltirilib,   qayta   nashr   etilgani   o‘rinli   bo‘lgan.   Demak ,   xalq   folklori
materiallari   va   matnlarisiz   dialektal   so‘zlar   maqomi   haqida   gapirish   mumkin   emas
Aslida   o‘zbek   dialektal   leksikasi   20   ga   yaqin   turkiy   tillarning   so‘zlarini
arabcha   izohlab   berilgan   Mahmud   Koshg‘ariyning   “Devonu   lug‘at-it   turk”i   bilan
boshlangan   bo‘lsa-da,   XX   asrda   dialektal   so‘zlar   o‘rniga   o‘zlashgan   so‘zlar
izohlanganligi   esa   sho‘ro   mafkurasining   ta’sirida   amalga   oshirilganki,   sheva
so‘zlarini   ishlatish   ham,   qo‘llash   ham   bu   davrda   millatchilik   hisoblangan.   Xuddi
shu holat tufayli katta ilmiy xodim, filologiya fanlari nomzodi Ahmad Ishaev eshik
yoki deraza ochilganda kirib kelayotgan mayin shamol, shabodani “ yelvizak ” so‘zi
bilan atash mumkinligini o‘zining bir maqolasida bayon qilgani uchun XX asrning
70-yillari   boshida   millatchilikda   ayblanib,   ishdan   haydalganligini   shu   olimning
o‘zi biz yoshlarga aytib bergandi. 
X - X I X   asrlarda ,   xususan ,   XX   asrning   50- yillarigacha   yaratilgan     lug‘atlar ,
aniqrog‘i ,   dialektal   lug‘atlar     ma’lum   darajada   sheva   so‘zlarining   ko‘p   berilishi
bilan   muhrlangan .   Masalan,   Abdulla   Qodiriy   singari   ham   ijodkor,   ham
lug‘atshunoslarning   tuzgan   lug‘atlarida   ham   ko‘p   miqdorda   sheva   so‘zlari
berilganligi maxsus ilmiy tadqiqot asosida o‘rganilgan [10,19-21].  Xullas ,  dialektal
so‘z   va   dialektal   ma’no   masalasi   X I X   asrning   oxirigacha   qisman   amaliy   tadbiq
etilgan . Shu sababli ham Alibek Rustamov bunday ma’noni “el ma’no” (elga, ya’ni
shevaga   xos   ma’no)   deb   atagan   [11,94-] .   Demak,   sheva   so‘z lar ida   dialektal
ma’no (lar)  borligi uchun bemalol dialektal so‘z maqomi haqida gapirish o‘rinli.
Ijtimoiy   siyosiy   holat   tufayli   XX   asrning  20-50- yillarigacha    dialektal   so‘zlar
haqida   gapirish   mumkin   bo‘lmagan .   Faqat   XX   asrning   50- yillarining   ikkinchi
yarmidan   dialektal   so‘zlar   masalasiga   amaliy   jihatdan   e’tibor   berish   boshlangan .
Natijada,   yosh   dialektolog   olimlarning   sheva   so‘zlarini   jamlagan   katta-kichik
ilmiy   maqolalari   o‘sha   davr   mafkurasi   tomonidan   va   mavqeyi   o‘sha   davr   ilmiy
jurnallari   darajasida   e’tirof   etilgan   ilmiy   to‘plamlarda   birin-ketin   nashr   etila boshlangan.   Shu   ilmiy   to‘plamlarda   bosilgan   ko‘p   maqolalar   o‘rganilayotgan
sheva(lar)ning fonetikasi va morfologiyasiga oid materiallar bilan birga shu sheva
leksikasiga oid dialektal so‘zlarning talqini, tavsifi va ilmiy tahlillarga asoslangan
izohlari   berilganki,   go‘yo   shevaning   fonetikasi,   leksikasi   va   morfologiyasining
materiallarini   ilmiy   kitob  bo‘ladigan    hajmdagi   katta   hajmli   bir   maqolada   jamlay
olishgani   ham   dialektal   so‘z   maqomining   masalasiga   oydinlik   kiritadigan
dalillardan biridir. 
Mana   shu   davrda   dialektal   so‘z   maqomining   asosiy   muammosi   bo‘lgan
“ Sheva(lar)   lug‘ati   qanday   bo‘ladi ?”,   “ Dialektal   lug‘at   qanday   tuziladi ?”   degan
savollarga   F.  Abdullayev,   M.   Mirzayev,     A.   G‘ulomov   va   A.Ishayev   kabi   taniqli
olimlarning   tavsiya   va   mulohaza   mazmunidagi   maqolalari   ham   e’lon   qilingan
[12,36-41;114-126,14,37-42,   4-42].   Xuddi   mana   shu   maqolalarning   mohiyatida
sheva   so‘zi,   dialektal   so‘z,   dialektal   so‘z   turlari,   dialektal   lug‘at   maqola   va
dialektal lug‘at    kabilarning qisman nazariy va ko‘proq amaliy ahamiyatga molik
bo‘lgan fikr-mulohazalari mavzu doir ilk tezislar shaklida berilgan. 1971-yilda bu
jarayon   “O‘zbek   xalq   shevalari   lug‘ati”ning   qisqa   hajm   va   qisqa   mazmunda
berilishi   bilan   yanada   kuchaygan.   Bu   lug‘atda   dialektal   so‘zlar   bir   xil   emasligiga
amaliy asoslanib,  1)  ya’ni  shunday  so‘zlarni   aniqlash,  boshqa  so‘zlardan  farqlash
va   dialektal   ma’nolariga   to‘xtalish;   2)   bunday   so‘zlarni   jamlash,   guruhlash   va
ularni   ma’lum   bir   so‘z   turlariga   ajratish   asosida   dialektal   so‘zlarga   xos   qoida,
nazariy   umumlashmani   amalga   oshirish   lozim   edi.   Bu   haqida   fikr   yuritish   uchun
o‘zbek xalq shevalaridagi dialektal leksikani to‘la yig‘ib olish lozim edi, biroq bu
hol haligacha amalga oshmagan.
Bundan   keyin   nashr   etilgan   dialektal   lug‘atlar   mualliflarning   mablag‘iga
chiqqani   sababli   leksik   va   leksikografik   nuqsonlari   bo‘lsa   ham   sohaga,   qishloq,
mahalla,   guzar,   shahar   va   viloyatlarning   shevalariga   oidligi   bilan   individullashib
borgan [13,122; 466; 22; 196; 222].
To‘g‘ri,   1971-ilda   nashr   etilgan   “ O‘zbek   xalq   shevalari   lug‘ati ”da   sheva
lug‘atlaridagi   so‘z   boshi   va   lug‘atga   oid   termin   va   tushunchalarga   to‘xtalish barovarida   dialektal   so‘z   turlariga   va   ularning   maqomiga   qisqacha   to‘xtalgan
muallif ham mana shu Ahmad Ishayev bo‘lgan. 
XX   asrning   80-yillari   oxirida,   aniqrog‘i,   1988-yilda   “ Shevalar   lug‘atiga
kiritiladigan   so‘zlar ”   nomli   maqola   va   1989-yilda   “ O‘zbek   dialektal
leksikografiyasi ”   nomli   monografik   tadqiqot   katta   ilmiy   xodim   Ahmad   Ishayev
tomonidan   tayyorlanib,   nashr   etilgan   [14,37-42-;140   б.].   Ularda   biz   kutgandek,
“ Dialektal so‘z, aniqrog‘i, dialektal so‘z maqomi va dialektal lug‘at nima? ”degan
savolga   muallif   XX   asrning   2-yarmidagi   o‘zbek   dialektologiyasi   sohasida
erishilgan   bir   qancha   muvaffaqiyatlar   asosida   fikr   yuritadi.   Shu   sababli   muallif
o‘zbek   tilshunosligi   sohasida   birinchi   bo‘lib   dialektal   so‘z   maqomi   va   dialektal
so‘z turlari  haqida o‘z fikr-mulohazalarini o‘zbek shevashunosligida erishilgan bir
qancha   ilmiy   muvaffaqiyatlarga   asoslanib,   qardosh   turkiy   tillarning   dialektal
materiallariga   tayanib   bayon   qilgan.   Muallif   o‘zining   dialektal   so‘z,   dialektal
leksika,   dialektal   leksikografiya   to‘g‘risidagi   fikrlarini   bu   monografiyada   me’yor
darajasiga keltirishga harakat qilgan.
Dialektal   so‘zlar   maqomi   masalasida   gapirganda   Mahmud   Koshg‘ariy
shunday so‘zlarning ko‘chma ma’nolari  yo‘go‘ro‘g, yΐldΐzlan, tal, qachach  so‘zlari
misolida, ulardan ba’zilarining etimologiyasi   to‘msa, chaxshi, xasnΐ, tovΐl   so‘zlari
misolida   yoritishga  harakat  qilingan bo‘lsa-da [15, 26-27, 27-28.], ayni kunlarda
ushbu so‘zlarga oid bu masalalar ham unutilgan.
Dialektal   so‘z   maqomining   nazariy   tomoni   unga   xos   me’yor   va
tamoyil ( qonun ) larning   ishlab   chiqilishidir .   Bu   masala   tayyorlab   e’lon   qilingan
dialektal   lug‘atlarda   qanday   bayon   qilinganligiga     e’tibor   qaratsak .   Yana   Mahmud
Koshg‘ariyning  “ Devonu   lug‘at - it   turk ”  asarining   ma’no - mohiyatiga   diqqat   qilsak .
Asar   arab   lug‘atchiligi   talablariga   muvofiq   bir   necha   yillik   dialektologik
kuzatishlar   asosida   yaratilgan . U vaqtlarda  adabiy til haqida so‘z bo lmagani kabiʻ
muallif   sheva   so‘zlarining   turi   va   ma’nolari   haqida   to‘liq   gapirmasdan,   arab
lug‘atchiligi   talablari   asosida   turkiy   tillar   so‘zlarining   leksik   va   leksikografik
tadqiqlarga asos bo‘ladigan   lug‘at maqolalarga ham e’tibor bergan [16, Qarang:].  “Alpomish”   dostonining   “Eng   ko‘p   yozib   olingani   qoraqalpoq   va   o‘zbek
tillaridagi   namunalaridir.   Qoraqalpoq   tilidagi   sakkiz   varianti,   o‘zbekcha   varianti
esa   o‘ttizdan   ortiq   xalq   dostonchisidan   to‘la   holda,   parcha,   bayoni   tarzda   o‘ttiz
besh   marta   yozib   olingan”.   To‘ra   Mirzayev   boshchiligida   tuzilgan   “ Alpomish ”
dostonining   izohli   lug‘atida   ham   qipchoq   lahjasi   hamda   sheva   so‘zlarining
o‘rinsiz ,   noto‘g‘ri   o‘zgartirilishi   va   noo‘rin   tuzatilishi   yoki   noto‘g‘ri   izohlanishi
[17, 5-87 ]   bunga   misol   bo‘ladi .
Dialektal  so‘z maqomi masalasiga e’tibor qaratilishiga sabab ham mana shu
lug‘atdagi lug‘at maqolalar asos bo‘lgan desak, fikr-mulohazalar asosliroq bo‘ladi.
Chunki undagi lug‘at maqolalarni o‘qib, uqib, o‘rganib bu sohaga kirib kelganimiz
singari dialektal so‘z maqomi to‘g‘risidagi  mulohazalarimizning yuzaga kelishiga
ham mana shu asardagi turkiy tillar leksikasiga oid lug‘at maqolalar turtki bo‘lgan.
Shu   o‘rinda   ta’kidlash   kerakki,   ushbu   asardagi   lug‘at   maqolalar   keyingi   davrda
yaratilgan   dialektal   lug‘atlardagi   lug‘at   maqolalardan   mazmun-mohiyat   va   katta
hajmligi  jihatlaridan farqlanib turadi.
Agarda   keyingi   davr   lug‘atlariga   dialektal   so‘z   maqomi   nuqtayi     nazardan
e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, ulardagi lug‘at maqolalar ikki-uch qatordan nari borsa,
ba’zi bir so‘zlardagina 7-8 qatorgacha bo‘lishi kuzatildi (bu haqida sal yuqoriroqda
dialektal   lug‘at   maqolalardan   namunalar   keltirilgan).   Bu   esa   ularga   oid
materiallarning   kamligi,   bor   materiallardan   maqsadga   muvofiq
foydalanilmaganligi   va   oxir-oqibat   ularga   tegishli   dialektal   leksikografik   me’yor
va   talablarning     ishlab   chiqilmaganligi   bilan   bog‘lash   mumkin.   Dialektal   so‘z
maqomi  masalasida  gapirganda quyidagi  aksiomani  ham  ta’kidlash  lozim:  adabiy
til   leksikasiga   bag‘ishlangan   lug‘atlar,   ularning   ichki   tuzilishi   va   lug‘at
maqolalarining ifodalanishi dialektal lug‘atlar hamda dialektal lug‘at maqolalardan
tubdan farq qilishi tabiIV.
Biroq   bu   holat   ham   nazariy   jihatlardan   haligacha     o‘rganilmagan .  Ushbu   hol
esa   dialektal   so‘z   maqomining     leksikografik   talqini   va   tahlilining   bo‘sh   jihatlarini
tadqiqotchilarga   ko‘rsatib   turadi .   Va   yana   o‘zbek   adabiy   tili   terminining   XX
asrning   2-yarmidan   qo‘llanilganligini   e’tiborga   olsak,   to   XX   asrning   50- yillarigacha bo‘lgan davrda eski o‘zbek adabiy tili hamda hozirgi o‘zbek adabiy tili
tushuncha   va   terminlari   bo‘lmaganligi   aniq.   Shuningdek,   eski   o‘zbek   adabiy   tili
termini XX asrning 40-60-yillaridan   urfga kirgan, ya’ni akademik V. Abdullayev
va professor N. Mallaevlarning sa’yi harakatlari bilan ilmiy sohada yangilik, shartli
yangi  termin sifatida  kiritilgan. Biroq (Qo‘qon (Farg‘ona), Samarqand, Toshkent,
Xiva,   Buxoro)   adabiy   muhit(lar)i   tushunchasini   eski   o‘zbek   adabiy   tili   termini
bilan   berish   adabiy   badiiy   ijod   nuqtayi     nazaridan   to‘g‘ridir,   ammo   shevalarning
o‘ziga xos mavqeyi nuqtayi   nazardan (Qo‘qon (Farg‘ona), Samarqand, Toshkent,
Xiva, Buxoro) har biri alohida til xususiyatlariga ega bo‘lgan adabiy muhitlarining
ahamiyatini   eski   o‘zbek   adabiy   tili   termini   va   tushunchasi   bilan   oshirish   ma’lum
bir jihatdan noto‘g‘ridir. Yuqoridagi tahlillardan xulosa chiqarib aytish mumkinki,
1956-yilgacha   yaratilgan   lug‘atlarni   ma’lum   ma’noda   dialektal   leksikografik
tadqiqotlar  deyishga haqlimiz.
Shu o‘rinda  til tarixiga oid IX-X asrlardan  XIX asrning  oxirigacha bo‘lgan
davrdagi   qo‘lyozma,   toshbosma   shakllaridagi   materiallarning   tarixiy
dialektologiyaga tegishliligini hisobga olsak, ular tarixiy dialektologiyaning asosiy
ilmiy va amaliy manbalari bo‘lib qolishi tabiiy holdir.  
Bugungi   mustaqillik   davrida   bir   qancha   o‘zlashgan   so‘zlarni   o‘zbekchasi
bilan   almashtirish   ehtiyojining   kuchayishi   ham   dialektal   so‘z   maqomining
ahamiyatini   yana   ham   yorqinroq   ko‘rsatadi.   Masalan,   o‘zlashgan   so‘zlardan   biri
bo‘lgan   chiqindi   yoki   musir   so‘zlari   bugungi   madaniy   taraqqiyot   jihatdan
qo‘llanishi   noo‘rin   bo‘lib   qolmoqda,   chunki   ular   tilimizda   juda   salbiy   ma’noni
anglatib   turibdi.   Ularning   o‘rniga   qipchoq   lahjasining   shevalarida,   xususan,
Samarqand,   Qashqadaryo   va   Surxondaryo   viloyatlaridagi   sheva   vakillari
tomonidan   qo‘llanuvchi   quqim   so‘zini   olish   kerak.   U   umumturkiy   va   o‘zbekcha
so‘z ,   palatal   singarmonizm   ( quq ы m ) ni   ifodalaydigan   so‘zlardan   biri .   Ushbu   so‘z
chiqindi   yoki   musir   so‘zlariga   nisbatan   ancha   ijobiy   ma’noda   qo‘llash   mumkin .
Chunki   biz   o‘zbeklarda   dasturxon   atrofida   tushgan   non   ushoqlari ,   ovqat
qoldiqlari   alohida   quqim   bo‘lsa,   uyni   supirish-siyirishda   chiqqan   mayda-chuyda
narsalar   ham   alohida   quqim ,   qozon-tovoqni   yuvishdagi   yuvindi-chayindilar   ham alohida   quqim ,   ko‘cha-kuydagi   tashlandiq   narsa   va   hojatxonadagi   ortiqcha
narsalar   ham   alohida   quqim   hisoblanadi.   Bular   quqim   so‘zining   onomasiologik
imkoniyati. 
Agar e’tibor bersangiz, ayni vaqtda  QUQIMXONA (qarang qanchalar ijobiy
so‘z)   (ya’ni   MUSIRXONA   (e’tiborsangiz,   undagi   salbiy   ma’noni   anglashingiz
tayin) larda   ovqat   chayindisi   uchun   alohida,   non   va   non   ushog‘i   uchun   alohida,
mayishiy   chiqindilar   uchun   alohida,   qo‘pol   narsalar   uchun   alohida
QUQIMXONAChA lar tayyorlab qo‘yilgan.  Bular   esa   quqim   so‘zining   qo‘llashning
tabiiy - ijtimoiy   omillari   ifodasi   sanaladi .   Xullas ,   musir   so‘zi   o‘rniga   quqim   so‘zini ,
musirxona   so‘zining   o‘rniga   quqimxona   so‘zlarini   ishlatsak ,   xato   qilinmagan
bo‘ladi .   Chunki   xalqimizning   so‘z   qo‘llashdagi   falsafasi   komillik,   didi   nozik,
diqqat-e’tibori kuchli – ijobiyni salbiydan tez farqlay oladi.
Xullas, dialektal so‘z maqomining quyidagi nazariy jihatlariga diqqat-e’tibor
qaratish lozim bo‘ladi: 1) ularning lahja va shevalarning vakillari tomonidan turli
ma’no hamda shakllarda qo‘llanishi; 2) ularda leksik ma’noning dialektal ma’nolar
ko‘rinishiga egaligi. Albatta, dialektal so‘z maqomining quyidagi amaliy  jihatlari:
1)   sheva   vakillari   nutqining   matnlar   sifatida   yozib   olinishi;   2)   turli   davr
lug‘atlarida   ularning   berilishi;   3)   ularning   oddiy   dialektal   lug‘atdan   mukammal
dialektal   lug‘atga   kiritilishi;   4)   bunday  lug‘atlarda  dialektal   so‘zlarning  tavsifi   va
tahlili   umumiy   holda   kelishi;   5)   lug‘atchilik   an’analarining   kuchayishi   hamda
dialektal   ma’noning   xiralashishi   natijasida   leksik   ma’nolarning   faollashuvi;   6)
lug‘at   maqolalarining   tavsiy   holatdan   dalillarga   boy   tahliliy   holatlarga   o‘tishi
natijasida   mukammal   lug‘atlarning   yaratilishiga   ma’naviy   ehtiyojning   kuchayishi
kabilar.   Lekin   bu   ikki   holatning   hech   biri   na   sheva   materiallaridagi   dialektal
ma’lumotlarni   to‘liq   qamrab   olish   jihatidan,   na   mavjud   shevalarning
materiallaridan foydalanishda qo‘llangan metod va usullari jihatidan mukammallik
darajasiga ko‘tarila olishmagan.
Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki, d ialektal so‘zlar maqomi  bu –
bu   sheva   so‘zlarining   boshqa   so‘zlar   orasidagi   huquqi,   qo‘llanish   va   ishlatilish
imkoniyati; talqini, tavsifi, izohi va etimologiyasi; o‘ziga o‘xshagan boshqa so‘zlar ichidagi,   ham   adabiy   tildagi   so‘zlarga   nisbatan   dialektal   ma’nolari   bilan   ma’no
munosabatlari   strategiyasidagi   betakroriy   mavqei   va   shu   mavqeini   asoslaydigan
amaliy,   shuningdek,   nazariy   jihatlar   nuqtayi   nazardan   dialektal   leksika   hamda
dialektal leksikografik talablarga muvofiq ilmiy tadqiq etilishidir.
Dialektal     lug‘atlar (DL) ni     tuzish   va     tayyorlash .   So‘zsiz,   DL   tuzish
uchun   shevalardan   maxsus   so‘roqlik   yoki   savolnoma   asosida   yig‘ilgan   dialektal
materiallar   kerak,   ammo   shevalarni   o‘rganmasdan   tayyorlangan   lug‘at   va
so‘zliklardan   ehtiyot   bo‘lish   shart.     Sababi,   bugungacha   shevalarimizni   o‘rganish
metodikasi   hamda   metodlari;   shevalarimizni   tadqiq   etish   metodikasi;   lahja   va
shevalarimizni   ilmiy-nazariy   hamda   ilmiy-amaliy   asoslardagi   tadqiqining
metodologiyasi kabi dolzarb masalalariga e’tibor  bo‘lmagan.
Shu   o‘rinda   ta’kidlash   kerakki,   sheva   vakillaridan   yozib   olingan   dialektal
matnlarning   tahliliga   tayanilgan   holda   tuziladigan   dialektal   lug‘at(lar)   ikki   xil
holda  bo‘lishi   mumkin.  Biri  umumiy  dialektal  lug‘at,  ikkinchisi  esa   shu  dialektal
lug‘atning   o‘quv   lug‘ati.     Masalan,   1)   leksik-fonetik   dialektal   lug‘at;   2)   leksik-
fonetik   dialektal   o‘quv   lug‘ati.   Albatta,   oldin   o‘quv   lug‘ati   tayyorlanadi.   Shu
o‘rinda   ta’kidlash   kerakki,   “O‘zbekiston   toponimlarining   etimologik   lug‘ati”
nomli   o‘quv   lug‘ati   yakunlandi,   “O‘zbek   shevalari   frazeologizmlarining   o‘quv
lug‘ati” ga dialektal materiallar to‘planmoqda. 
Bular   esa   mazkur   fanning   dialektal   leksikografiya   bo‘limi   borligini   ham
asoslab   turibdi.   Quyidagi   terminlar   esa   dialektal   leksikografiyaning   o‘ziga
xosligini   ko‘rsatadi:   O‘quv   dialektal   leksikografiya   –   dialektal   leksikografiyaning
dialektal   o‘quv   lug‘atlarini   yaratishning   nazariy   va   amaliy   masalalari   bilan
shug‘ullanuvchi   sohasi.   Dialektal   o‘quv   lug‘ati   –   ta’limiy   maqsadda   yaratilgan
dialektal   lug‘at.   Dialektal   o‘quv   lug‘atchilik     -   o‘quv   lug‘atlarini   yaratish   bilan
shug‘ullunuvchi  dialektal leksikografiyaning alohida  sohasi.
To‘plangan   dialektal   matn   va   dialektal   so‘zlardan   faqat   dialektal   lug‘at
tuziladi,   deyish ,   bizningcha,   sal   noaniqroq     mazmunga   ega.   Chunki   yig‘ib,
to‘planib,   tavsif   va   tahlil   etilgan   dialektal   matnlarning   lingvoma’naviy   va lingvomadaniy tahlilida ajratilgan dialektal so‘zlar dialektal lug‘atlarning quyidagi
turlarini yaratishga asos bo‘ladi, deyish javob sanaladi. Ular quyidagilar 14
:
1.   Sof  dialektal  o‘quv  lug‘at i. 
2 .   Sof  dialektal lug‘at .
3 .   Sof  dialektal  mukammal   lug‘at .
4. Morfologik dialektal   lug‘at.
5. Morfologik dialektal   o‘quv   lug‘ati.
6. Leksik-derivatsion dialektalizmlar   lug‘ati.
7. Leksik-derivatsion dialektalizmlarning   o‘quv   lug‘ati.
8. Leksik-fonetik dialektal   lug‘at.
9. Leksik-fonetik dialektal   o‘quv   lug‘ati.
10. Dialektal frazeologik   lug‘at.
11. Dialektal frazeologizmlarning   o‘quv   lug‘ati.
12. Dialektal frazeologizmlarning   mukammal    lug‘ati.
13. Leksik-semantik dialektal   lug‘at.
14. Leksik-semantik dialektal   o‘quv   lug‘ati.
15. Leksik-semantik mukammal    dialektal   lug‘at.
16. Etnografik dialektal   lug‘at.
17. Etnografik dialektal   o‘quv   lug‘ati.
18. Etnografik dialektal   mukammal    lug‘ati.
19. Chappa dialektal   lug‘at.
20. Chappa dialektal   o‘quv   lug‘ati.
21 .  Di al ek t a l  s i n on i m l ar   l u g‘ a t i .
22 .  Di al ek t a l  s i n on i m l ar ni ng   o‘ q uv   l u g‘ a t i .
23 .  Di al ek t a l    om o ni m l ar   l u g‘ a t i .
24 .  Di al ek t a l    om o ni m l ar n i n g   o‘ q uv   l u g‘ a t i .
25 .  Di al ek t a l  a nt on i m l ar   l u g‘ a t i .
26 .  Di al ek t a l  a nt on i m l ar ni ng   o‘ q uv   l u g‘ a t i .
14
  Berilgan   lug‘atlarning   ko‘p   qismini   mavjud   dialektal   materiallar   bilan   tuzsa   bo‘ladi,   ba’zilarini   esa
o‘zbek   xalq   shevalari   to‘liq   o‘rganilgandan   keyingina   tuzish   mumkin.   Shuning   uchun   bu   yerda
lug‘atlarning to‘liq miqdorini keltirdik. Ehtimol, ularning miqdori yana ham ortar.   27 .  Di al ek t a l  p ar o ni m l ar   l u g‘ a t i .
28 .  Di al ek t a l  p ar o ni m l ar n i n g   o‘ q uv   l u g‘ a t i .
29 .  Di al ek t a l  l aq ab l ar   l u g‘ a t i .
30 .  Di al ek t a l  l aq ab l ar ni ng   o‘ q uv   l u g‘ a t i .
31 .  Ba di i y   as ar l a r d ag i   di al ek t i zm l a r ni ng   o‘ q uv   l u g‘ a t i .
32 .  Ba di i y   as ar l a r d ag i   di al ek t i zm l a r   l u g‘ a t i .
33 .  T ar i xi y    ba di i y   as ar l a r d ag i   di al ek t i zm l a r ni ng   o‘ q uv   l u g‘ a t i .
34 .  T ar i xi y  ba di i y   as ar l a r d ag i   di al ek t i zm l a r   l u g‘ a t i .
35 .  T ar i xi y  as ar l a r d ag i   di al ek t i zm l a r ni ng   o‘ q uv   l u g‘ a t i .
36 .  T ar i xi y  as ar l a r d ag i   di al ek t i zm l a r   l u g‘ a t i .
37 .  Dr a m a t i k    as ar l a r d ag i   di al ek t i zm l a r   o‘ q uv   l u g‘ a t i .
38 .  Dr a m a t i k    as ar l a r d ag i   di al ek t i zm l a r   l u g‘ a t i .
39 .  Sh e’ r i y   a sa r l ar da gi   di al ek t i zm l a r   o‘ q uv  l ug‘ at i .
40 .  Sh e’ r i y   a sa r l ar da gi   di al ek t i zm l a r   l u g‘ a t i .
41 .  Na sr i y   as ar l a r d ag i   di al ek t i zm l a r   l u g‘ a t i .
42 .  Fo l kl or   as ar l a r i da gi   di al ek t i zm l a r   l u g‘ a t i .
43 .  Ma xs us   di al ek t i zm l a r n i n g  ( t o po ni m i k)  o ‘ q uv  l u g‘ at i 1 5
.
44 .  Ma xs us   di al ek t a l  ( t op on i m i k)   l u g‘ a t .
45 .  Ma xs us   di al ek t a l  ( a nt r op on i m i k)  l ug‘ at .
46 .  Ma xs us   di al ek t i zm l a r n i n g  ( an t r o po ni m i k)   o‘ q uv  l ug‘ at i .
47. Dialektal   maqollarning   o‘quv   lug‘ati.
48. Dialektal   maqollar   lug‘ati.
49. Dialektal qarg‘ishlar   lug‘ati.
50. Dialektal tez aytishlarning   o‘quv   lug‘ati.
51. Dialektal tez aytishlar   lug‘ati.
52. Zoonimlarning o‘quv   dialektal   lug‘ati.
53. Zoonimlarning dialektal   lug‘ati.
15
  Dialektologik lug‘atlar sirasiga onomastikaga bag‘ishlangan lug‘atlar ham kiradi, chunki nomlarni xalq
vakillari   ishlatadi.   Qarang:   Бегматов   Э.,   Улуқов   Н.   Ўзбек   ономастикаси   терминларининг   изоҳли
луғати.   –   Наманган,   2006.   103   б.   Бегматов   Э.Ўзбек   исмлари.   14600   исмлар   изоҳи.     –   Тошкент:
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси давлат илмий нашриёти, 2007. 606 b.   54. Ortotonim(qush nom)larning   o‘quv   dialektal   lug‘ati.
55. Ortotonim(qush nom)larning   dialektal   lug‘ati.
56. Fitonimlarning dialektal   o‘quv   lug‘ati.
57. Fitonimlarning dialektal   lug‘ati.
58. Fitonimlarning dialektal   mukammal lug‘ati.
59. Dialektal qo‘shimchalarning   o‘quv   lug‘ati.
60. Dialektal qo‘shimchalarning   lug‘ati.
61. Dialektizmlarning etimologik   lug‘ati.
62. Dialektizmlarning etimologik   o‘quv   lug‘ati.
6 3 . O‘zbek shevalarining e timologik    lug‘ati.
6 4 . O‘zbek shevalarining  mukammal  e timologik    lug‘ati.
65. Xalq dostonlaridagi   dialektizmlarning   o‘quv   lug‘ati.
6 6. Xalq dostonlaridagi   dialektizmlar   lug‘ati.
6 7. Xalq maqollaridagi   dialektizmlarning   o‘quv   lug‘ati.
6 8. Xalq allalaridagi   dialektizmlarning   o‘quv   lug‘ati.
6 9. Xalq allalaridagi   dialektizmlar   lug‘ati.
70. Xalq topishmoqlaridagi   dialektizmlarning   o‘quv   lug‘ati.
7 1. Xalq topishmoqlaridagi   dialektizmlar   lug‘ati.
7 2. Xalq ertaklaridagi   dialektizmlarning   o‘quv   lug‘ati.
7 3. Xalq ertaklaridagi   dialektizmlar   lug‘ati.
7 4. Xalq  lirik  qo‘shiq laridagi   dialektizmlarning   o‘quv   lug‘ati.
7 5. Xalq  lirik  qo‘shiq laridagi   dialektizmlar   lug‘ati.
7 6. Askiyalardagi   dialektizmlarning   o‘quv   lug‘ati.
7 7. Askiyalardagi   dialektizmlar   lug‘ati.
7 8. Loflardagi   dialektizmlarning   o‘quv   lug‘ati.
7 9. Loflardagi   dialektizmlar   lug‘ati.
80 . Konchilik terminlarining dialektal o‘quv lug‘ati.
8 1 . Konchilik terminlarining dialektal  lug‘ati.
8 2 . Konchilik terminlarining dialektal   mukammal  lug‘ati.
8 3 . O‘zbek dialektologiyasi terminlarining   o‘quv izohli lug‘ati. 8 4 . O‘zbek dialektologiyasi terminlarining izohli lug‘ati.
8 5 . O‘zbek dialektologiyasi terminlarining  mukammal  izohli lug‘ati.
8 6 . O‘zbek shevalarining elektron o‘quv dasturiy lug‘ati.
87 . O‘zbek shevalarining elektron dasturiy lug‘ati.
88 . O‘zbek shevalarining elektron  mukammal  dasturiy lug‘ati.
Bunday   lug‘atlarning   har   biri   bitta   ilmiy   loyihaga   asos   bo‘lishi   mumkin.
Ammo   sheva   vakillaridan   yozib   olingan   dialektal   matnlar   majmu y isiz   bunday
miqyosi keng va katta ishlarni   boshlab bo‘lmaydi. Shu o‘rinda quyidagi bir fikrni
ta’kidlashni istardim: O‘zbek adabiy tili qoidalari rasman maxsus tasdiqlanguncha
bo‘lgan   XI   asrdan   XX   asrning   ikkinchi   yarmigacha   o‘zbek   tilida   yaratilgan
lug‘atlar, so‘zsiz, tarixiy dialektologiya bo‘lganidek tarixiy dialektal lug‘atlardir.
Endi o‘zbek dialektologiyasi tarixining yangi sahifasini ochishi kerak, ya’ni
bu   sohada   tayyorlab,   amalga   oshiriladigan   ilmiy   loyihalar,   albatta,   dialektal
matnlarsiz   bo‘lishi   mumkin   emas.   Va   yana   quyidagi   “O‘zbek   xalq   shevalarining
dialektologik   atlaslari”ni   yaratish   ham   sheva   vakillaridan   yozib   olingan   dialektal
matnlarsiz   hamda   ularning   mukammal   tahlillarisiz   amalga   oshirib   bo‘lmaydi:
1)   o‘zbek   shevalarining   o‘quv   dialektologik   atlaslari;   2)   o‘zbek   shevalarining
dialektologik atlaslari; 3) o‘zbek shevalarining mukammal dialektologik atlaslari.
Shuningdek, d ialektologiya va  e timologi yaning munosabatlari   doimiy,  yaqin
va xilma-xil.  E timologiya  so‘zn i ng  kelib chiqishi haqidagi fan . Sheva va d ialektlar ,
shuningdek,   dialektologiya   fani   haqidagi   ma ’ lumotlar   etimologik   izlanishlarda
foydalaniladi. Shuning uchun ham taniqli olim Y. V. Otkupshikova, “...dialektlarni
o‘rganish   so‘zlarning   etimologiyasidagi   eng   muhim   jihatlardan   biri ” ,   degan
[II.1.33 (248).38-39-]. 
Albatta,   yangidan   tuziladigan   ko‘p   tomli   “O‘zbek   xalq   shevalari   lug‘ati”da
yangi-yangi   dialektal   matnlar   asosida   aniqlangan   dialektal   so‘zlarning   turlari
majmuyidan va o‘tkazilgan dialektologik amaliyotlar  davrida to‘plangan dialektal
so‘zlardan   foydalaniladi,   shuningdek,   mavjud   dialektal   lug‘atlardagi   so‘zlar,
olimlar   e’lon   qilgan   maqola,   kitob,   tadqiqotlardagi   sheva   so‘zlari   va   folklor
asarlarida   qayd   etilgan   dialektizmlar,   shu   jumladan,   toponim,   antroponim, etnonim,   oykonim,   oronim,   fitonim,   gidronim,   dromonim   kabi   xalq   tilidagi   bir
qancha nomlarning kiritilishi ham maqsadga muvofiq. 
Albatta,   bu   holda   ham   Fattoh   Abdullayevning   Xorazm   shevalari   bo‘yicha
yaratgan   monografiya   va   lug‘ati   hamda   Ahmad   Ishayevning   “O‘zbek   dialektal
leksikografiyasi”   nomli   kitobidagi   fikrlar   rivojlantiriladi.   Shuningdek,   “O‘zbek
shevashunosligining   dolzarb   masalalari   haqida”   nomli   maqoladagi   fikrlar   ham
e’tiborga olingan holda ish olib boriladi [I.3.107(207).21-38-], ya’ni dialektologik
metodologiyaning tamoyil va me’yorlariga amal qilish lozim.
Demak,   shevalar   leksikasi   dialekt   va   lahja   leksikasiga   ham,   milliy   til
leksikasiga   ham,   adabiy   til   leksikasiga   ham   asos   –   zamin   bo‘la   oladi.   Bu   haqida
quyidagi jadvalga qarang:  
Shu   o‘rinda   ta’kidlash   kerakki,   sheva   leksikasida   ham   quyidagi   leksik
birliklar   bor:   shevaga   xos   dialektal   so‘zlar,   adabiy   tilda   qo‘llanadigan,   ammo
dialektal ma’no(lar)i bilan farqlanadigan so‘zlar kelib chiqishi umumturkiy bo‘lgan
dialektal so‘zlar va turli tillardan ehtiyojga qarab o‘zlashgan so‘zlar.
O‘zbek   xalq   sh е valarida   so‘z   yasalishi.   Bu   mavzu   o‘zbek   sh е valariga
bag‘ishlangan har bir dial е ktologik ilmiy ishda ma’lum ma’noda o‘z  ifodasini topa
olgan.   Sh.   Shoabdurahmonov,   X.   Doniyorov,   F.   Abdullay е v,   A.   Aliy е v,   B.
Jo‘ray е v,   Y.   Jumanazarov,   N.   Rajabov,   K.   Sharipova,   U.   Ibragimova   singari
dial е ktolog olimlarning ishlarida mazkur mavzu qisqa bo‘lsa ham b е rilgan.Adabiy til leksikasi
Milliy  til  leksikasi
Dialekt va lahja leksikasi	
Sheva leksikasi Ot,  sifat,   f е ’l   va  ravish   so‘z   turkumlarida   ko‘proq  so‘z   yasalishini   kuzatish
mumkin.   Bu   sohada   affiksatsiya   va   kompozitsiya   usullari   bilan   so‘z   yasalishini
shevalarda   ham   uchraydi.   O‘zbek   adabiy   tilida     bo‘lganid е k,   sh е va   va   lahjalarda
ham   so‘z   yasashning   affiksatsiya   usuli   bilan   yangi   so‘zlarni   hosil   qilish   ancha
unumli   so‘z   yasash   usullaridan   biri.   Albatta,   so‘z   yasalishi   hodisasi   sh е valarning
va adabiy tilning ham boyish manbalaridan biri sanaladi. Shu bilan birga sh е vaga
oid   ba’zi   bir   ilmiy   tadqiqot   ishlarda   so‘z   yasalishiga   namuna   sifatida   k е ltirilgan
misollardan bir qanchasi bahsli. 
Sh е valardagi so‘z yasalishiga  keltirilgan misollardan namunalar:  
-cha:   q ъ z ъ lcha   (qizil   lavlagi,   Farg‘ona.);     -l ы q:   dam ы zl ый     (tomizg‘i,
Xorazm.)
-shug‘ / -sh ъ q:   y е l ъ shug‘  (T.);   -sh ə k:  yelimsh ə k  (X.);   -l ɔ q  b ɔ təl qɔ  (Qo‘q.)
-dan:   xavardan   (xabardor,   X.);   -g‘ъch:   suz ɔ ng‘ъch   (T.);   -lug‘:   tuzlug‘
(A.,T.);
-ag‘ :   uyag‘   (uyg‘oq,   X.);   -gъr :   bəzərgъr   (bozorbob,   And.) ;   -ch :   inanch
(ishonch) ;
-da :   sha q rda   (shaqirla   jl.) ;     -əli   /   -ali :     gеtəli,   baralы     (kеtaylik,   boraylik,
X.) ;    
-chəng/ -chən:   mahsъchən// məhsъchəing   (mahsisiz) (F.,A.)
Otlarda so‘z yasashning affiksatsiya yo‘li bilan hosil  bo‘lgan yasama so‘zlar
ko‘p   uchraydi:   b ɔ g‘b ɔ n,   хаlv ɔ gаr.   Biror   kasb,   ixtisosga   mansub   shaxs   otlarini
yasovchi   qo‘shimchalar:   -chъ:     naychъ,   surnaychъ,   tеgъrm ɔ nchъ,   a’l ɔ chъ;   -b ɔ z,-
v ɔ z:   m ɔ r-b ɔ z,   guruhb ɔ z;   -k ɔ r:   s ɔ hъpk ɔ r;   -gar:   n ɔ sgar;   -kash:   pъllakash;   -tar ɔ sh
juntar ɔ sh;   -paz:   salmыsapaz;   -b ɔ f:   sh ɔ yъb ɔ f;   -sho‘y:   po‘stsho‘y;   -mand:
ay ɔ lmand
O‘rin-makon ma’nosini bildiruvchi otlarni  yasovchi qo‘shimchalar:
- z ɔ r,-ъsten, -g ɔ р, -d ɔ n, -q, - ɔ q, -q ɔ q (b ɔ tq ɔ q)
Aniq   va   abstrakt   (mavhum)   prеdmеtlar   ma’nosini   bildiruvchi   otlarni
yasaydigan   yasovchi   qo‘shimchalar:     -a:   gora,   kosa,   qalama;   -ak:     kunjak,   еlak,
tulak;     -chъ,-kъ   :surtkъ;   - ɔ q:   or ɔ q;   -g‘ъch   /   -g‘uch:   qъrg‘ыch,   surg‘uch,   -ch ɔ q: yarg‘uchoq   (qo‘l tеgirmoni);    -ush: ulush ( to‘y-marakalarda bеriladigan yеmishlik
ma’nosida).
Mavhum (abstrakt) ma’noli otlarni yasovchi  qo‘shimchalar:
- lъk, -lъq, -lik: yaxshъlъk, s ɔ g‘ lъq
- chъlъk :  dе:qonchъlъk,  uzumchъlъk
Old qo‘shimcha:           ham - / -d ɔ sh:  hamsoya / hamsoyd ɔ sh
                                     hamkasp / kasbd ɔ sh, sohbatd ɔ sh,  hamn ɔ m  // adash.
Shеvalarda   so‘zga   so‘z   qo‘shib   so‘z   yasash   holatiga,   ya’ni   kompozitsiya
usuli bilan so‘z yasalishiga ham misollar  kop  miqdorda  uchraydi:
sh ɔ k ɔ sa,                gosh(t) barak,       palavkadъ,           nənkadъ,  
tuxumbarak,          gulъra:n ɔ   ,          borъkalla,             n ɔ skadъ,
patma chъmchъq   (jiblajibon, And.),   q ɔ ra  yalaq  (chug‘urchuq, Far.) .
Sifat   yasovchi   qo‘shimchalar   unumli   va   unumsiz   so‘z   yasovchi
qo‘shimchalar   ko‘rinishlarida   uchraydi:     -lъ,   -lъk,   -sъs,   -gan,   qgъl,   -akъ;   bala-
chaqalъ,     x ɔ makъ;   -q,   -q ɔ q,   -g‘ъn,   -ma,   ba-,   -bе,   n ɔ -,   sеr-,   ham-.     Yumuq,
urushqoq, maxtanchoq, qъzg‘ъn, purg‘un, qovurma, to‘g‘rama bama:nъ, bamaza,
n ɔ aniq, hamtav ɔ q.
Odatda, sifat yasovchi  old qo‘shimchalar  shevalarda ham, adabiy tilda ham
faol qo‘llanadi:   ba-, bе-, n ɔ -, sеr-, ham-.   Xullas , shеvalarda so‘z yasalishi qisman
bo‘lsa   ham   o‘zbek   adabiy   tilidan   farq   qiladi.   Bu   farq   ma’nodagi   semantik
noziklikdagi dialektal ma’noda va shakliy jihatdan o‘zgachalikda aniq bilinadi.
Shevalardan     adabiy     tilga     so‘z     o ‘zlashtirish     masalasi .   Mazkur masala
ham  ancha bahslidir. Shu o‘rinda “O‘zbek  dialektologiyasi” va “O‘zbek  folklori”
fanlari   orasiga   sun’iy   to‘siq   qo‘yishdan   voz   kechish   vaqti   keldi.   Axir   folklordagi
hech bir janr sheva so‘zlarisiz shakllana olma ydi . Sababi, dostonlar ham, maqollar
ham,   tez   aytishlar   ham,   ertaklar   ham,   alla - yu   yor-yorlar   ham   sheva   so‘zlari   bilan
o‘zlarining noyob ekanliklarini namoyon qilib turibdi-da. Ularni tahlil qilish uchun
esa   ularning   matnlaridan   dialektizmlarga   ham   e’tibor   qaratish   shart.   Demak,
folklor materiallari ayni vaqtda dialektal matnlardan biridir.   Adabiy tilimizda  sheva so‘zlarini ko‘proq qo‘llash uchun dialektal so‘zlarni
so‘z   o‘zlashtirish   me’yorlarini   mavjud   uchala   lahjaning   eng   umumiy
xususiyatlariga mos keladigan holda yangilash kerak. Bugungacha amal qilayotgan
so‘z o‘zlashtirish qoidalari sho‘ro va ruslashtirish davrlarining qoldig‘idir.   Chunki
haligacha  shevalardan   qanday  qilib  so‘z  o‘zlashtirish  kerak  degan     savolga  javob
berilmagan. Dialektal so‘zlarni saqlab qolish uchun so‘z o‘zlashtirish   me’yori va
talablariga   jiddiy   yondashuv   kerak,   xolos.   Chunki   boshqa   tillardan   so‘z
o‘zlashtirish   me’yorlari   ishlab   chiqilmagan.   Xuddi   shu   tarzda   shevalardan   so‘z
o‘zlashtirish me’yorlarini  ham tayyorlash shart. 
XX   asrning   20-80-yillarida   rus   tili   va   u   orqali   boshqa   tillardan   so‘zlarni
o‘zlashtirilaverilgani   uchun   adabiy   tilida   shevalarning   qon   tomiri   bo‘lgan
singarmonizm   hodisasi   juda   passivlashdi...Bu   hodisa   ona   tilimizning   latofatini
ham,   latifligini   ham,   layoqatiyu   salohiyatini   ham   ko‘zsata   oladi...   Shu   o‘rinda
qardosh   turk   tilidagi   so‘z   o‘zlashtirishga   e’tibor   qaratishimiz   lozim.   Ularda
singarmonizm   hodisasi   amalda   bo‘lgani   uchun   o‘zga   til   so‘zlari   shu   fonetik
hodisaga mos kelsagina, u o‘zlashtirilar ekan. Ya’ni singarmonizm hodisasi tilning
so‘z   o‘zlashtirishdagi   himoya   qobig‘i   bo‘lib   qolgan.   Biz   ham   shunday   qilishimiz
uchun   tajribali   va   malakali   mutaxassislar   kerak.   Masalan,   quqίm   [Samarqand,
Qashqadaryo   v.   sh.]   dialektal   so‘zini   rus   tilidan   o‘zlashgan     musir   so‘zi   o‘rnida,
bίᶇ   [Smarqand, Qashqadaryo v. sh.] so‘zini rus tilidan o‘zlashgan    uk l   	ͻ so‘zining
o‘rnida qollash mumkin. Shevalarda bunday so‘zlar ko‘p.
Natijada, adabiy tilimiz bilan shevalarimiz o‘rtasida ko‘zga ko‘rinmas katta
g‘ov paydo bo‘ldi. Ayni vaqtda bu holni ko‘pchilik e’tiborga ham olmaydi, ammo
ular   sheva   so‘zlari   adabiy   tilga   o‘zlashtirilmayotganligini   aytib   ham
charchashmaydi.   Va   yana   boshqa   turkiy   tillarning   adabiy   tillari   ularning   o‘z
shevalariga   moslashganki,   o‘zbek   adabiy   tilini   ham   ma’lum   darajada   shu   holatga
olib   kelish   milliy   mafkuramiz   va   milliy   manfaatlarimiz   nuqtayi     nazaridan   ham
zarur.   Zero,   biz   (ya’ni   o‘zbek   xalqi)   sho‘ro   davridan   ham   va   yana   ruslashtirish
davridan ham o‘tdik, mamlakatimizning mustaqilligi davrida yashayapmiz. Adabiyotlar:
1.   Абдуллаев   Ф .   А .   Хоразм   шевалари   лексикаси   //   Ўзбек   шевалари
лексикаси .  – Т ошкент ,1966. 18-120- б .
2.   Абдиев   М .   Ўзбек   тилида   шахс   номларини   ясовчи   аффикслар
характеристикаси .   Филология   фанлари   номзоди   дисс . автореферати.
–  Т ошкент ,1990. 25  с .
3.   Иброҳимов   С .   Фарғона   шеваларининг   касб - ҳунар   лексикаси .
Кулоллик, тандирчилик ва шувоқчиликка оид. АДД.  –  Т ошкент ,1956. 144 б.
4.   Мадраҳимов О. Ўзбек тилининг ўғуз лаҳжаси лексикаси. – Тошкент:
Фан, 1973. 80-б.
5.   Misollardagi   (1971,   12.12-)   gacha   bo‘lgan   fikrlar   shu   so‘zga   1971-yilda
nashr etilgan “Ўзбек халқ шевалари луғати”da berilgan. Qoraytirilgan qismi esa
shu so‘z talqiniga biz tomondan  qo‘shilgan fikrlar.
6. Qavsda berilgan (1971, 12.12-) dan keyin kelti rilgan fikrlar uchala lug‘at
maqolaga biz qo‘shgan qo‘shimchamizdir.
7.   Нормаматов   С.   Э.   Ўзбек   луғатчилигининг   шаклланиши   ва
ривожланишида   жадид   маърифатпарварларининг   ўрни.   Филология   фанлари
доктори (DSc) диссертацияси автореферати. –Тошкент, 2019. –B.19-21.
8.   Рустамов   А.   Сўз   хусусида   сўз.   –   Тошкент:   EXTREMUM   PRESS,
2020. 94 б.
9.   Абдуллаев   Ф.   А.   Диалектал   луғат   тузиш   принциплари   //   ЎТА.
–   Тошкент,   1966.2-сони.   35-41-б.   Мирзаев   М.   Диалектал   сўзлар   //   Ўзбек
шевалари   лексикаси.   –   Тошкент,   1966.   114-326-б.   Ғуломов   А.   Ғ.Диалектал
луғат  ҳақида  //  Ўзбек   тили  ва  адабиёти.  1968.  4-сони.  14-б.  Ишаев  А. Ўзбек
диалектал лексикографияси. – Тошкент: Фан, 1990.    4-42-б. 
10.   Раҳимов   С.Сурхондарё   ўзбек   шевалари   луғати.   –   Денов,   1993.   122
бет. Нафасов Т. Қашқадарё ўзбек халқ сўзлари. – Тошкент: Муҳаррир, 2011.
466 бет. Садиков Т. Лексика говоров Ташкентской обла сти. АКД.  –  Т ашкент ,
1968. 22 б.   Тўйчибоев Б., Қашқирли Қ. Зомин сўзлиги. – Тошкент, 2008. 222
бет va boshqalar. 11. Ишаев А. Шевалар луғатига киритиладиган сўзлар // Ўзбек тили ва
адабиёти. 1988. 2-сон. 37-42-б. 
12.   Дадабоев   Ҳ.   “Девону   луғотит   туркнинг   тил   хусусиятлари.
– Тошкент, 2017. 26-27, 27-28-б.
13.   Маҳмуд   Кошғарий.   Девону   луғот-ит   турк.   I   т.   –   Тошкент:   Фан,
1960. II т. Тошкент: Фан, 1961.  III том. – Тошкент: Фан, 1963. 
14.13.   Mirzayev   T.,   Eshonqul   J.,   Fidokor   S.   “Alpomish”   dostoning   izohli
lug‘ati.  -Toshkent: Fan,   2007. –B. 5-87.
15. Ўзбек   шевалари   лексикаси .   –Тошкент:   Фан ,   1966.   –   Тошкент:   Фан ,
1971.
16. Дониёров   Х .   Қипчоқ   диалектларининг   лексикаси .   – Т ошкент:   Фан ,
1979.
17. Ибрагимова   Умида   Юлдашевна.   Қорақалпоғистон     Республикаси
ўзбек шеваларида сўз ясалиши. Филология фанлари бўйича фалсафа доктори
(PhD) диссертацияси автореферати. -Қарши, 2019. -52 бет.
18.Саидова   М.   Наманган   шеваларидаги   қариндошлик   терминларининг
лексик-семантик таҳлили. АКД.  – Т ошкент,  1995. -23 б.
19.Шоимова Н. Қашқадарё ўзбек қипчоқ шевалари лексикаси.   – Қарши :
Насаф,  2000.-140 б.
20. Муродова   Н.   Ўзбек   диалектологияси.– Т ошкент:   Barkamol   fayz
media, 2019. -182 бет.
21.Нафасов Т. Ўзбекистон топонимларининг изоҳли луғати. – Т ошкент:
Ўқитувчи, 1988. -288 б.
22.Enazarov   Т .   va   boshqalar .   O‘zbekiston   joy   nomlarining   etimologik
lug‘ati   – toponimlar tilsimi. – Т ошкент: Nodirabegim, 2019. -221 bet.
23.Enazarov   T.   Dialektologiya   metodologiyasi.   –Toshkent,   Innovarsiya-
Ziyo, 2020.  -Б  3-85.
24.Hayitov   H .   “Alpomish”   dostonida   dialektizmlar   va   ularning   tadqiqi.
Magistrlik dissertatsiyasi. –Toshkent, 2020. -97 bet.

O ZBEK ʻ SHEVALAR I LEKSIKASI VA LEKSIKOGRAFIYASI R е ja: 1. Dialektal so‘z maqomi va o‘zbek sh е valari leksikasining o‘ziga xosligi. 2. Sh е valarda qo‘llanadigan so‘zlarning s е mantik guruhlari. 3. Sh е va so‘zlarida l е ksik qatlam, d ialektal lug‘atlarni tayyorlash . 4. Sh е valarda sinonim, antonim, omonim va n е ologizmlarning qo‘llanishi. 5. Dialektal leksikografiya hamda sh е valarda so‘z yasalishi.

Dialektal so‘z maqomi . Bilamizki, o‘zbek xalq sh е valari lug‘ati va uning ko‘p tomli yangi variantlari, shuningd е k, ularni yaratish muammolari murakkab. O‘zbek sh е valari fon е tik, grammatik xususiyatlari bilan birga l е ksik xususiyatlarga ham ega. Ular sh е valarni adabiy tildan hamda ularning o‘zini o‘zaro farqlashga yordam b е radi. “O zbek tili leksikologiyasi” nomli kitobning “Semasiologiya” bo‘limidaʻ adabiy til nuqtayi nazardan so‘zlarning ma’no turlari haqida gapirilgan, ammo dialektal ma’no to‘g‘risida mulohaza yuritilmagan. Bu haqida fikr yuritish uchun dialektal lek s ikani to‘la yig‘ib olish lozim edi, biroq bu hol amalga oshmagan. Bir o‘ r inda “dialektal xususiyatli so‘z” degan jumla uchra y di 1 . Bu esa dialektal so‘zlarga e’tibor kam bo‘lsa ham borligini isbotlab turibdi. Sheva so‘zlari uslubiy xususiyatlarga ko‘ra takroriylikning oldini olish uchun ikkinchi nom bilan dialektal so‘z deyiladi. Ularning ikkinchi bir ko‘rinishi esa dialektizmlar deyiladiki, ular sheva so‘zlarining badiiy asarlarda qo‘llanishidan shakllangan [ I.3.7 7 (17 7 ).203-211- ] . Bundan anglashilib turibdiki, so‘zning maqomi uning boshqa so‘zlar o‘rtasidagi mavqe y i va ahamiyatidir. Dialektal so‘zlar maqomi esa bu – o‘ziga o‘xshagan boshqa so‘zlar ichidagi va adabiy tildagi so‘zlarga nisbatan dialektal ma’nolari bilan ma’no munosabatlari strategiyasidagi betakroriy mavqeyi nazarda tutiladi. Shuning uchun ham “Jonli shevalar leksikasining adabiy til leksik qatlamlariga munosabati masalasi tekshiruvchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilish tabiiydir” [ I.1.36(36) 80 ]. Xullas, dialektal so‘z maqomi sheva so‘zlari ichida uning leksik-semantik va semantik (dialektal ma’no) xususiyatlari bilan farqlanishi, adabiy tildagi so‘zlarga nisbatan orfoepik va orfografik me’yorlari bilan adabiy til me’yori va talablariga bo‘ysunmasligi, unda kam ishlatilishi yoki umuman qo‘llanmasligi, ularning tarkibidagi leksik ma’no esa ma’nolar tizimida kam uchraydigan dialektal ma’no ekanligi bilan adabiy tildagi leksik birliklardan farqlanishi jihatlari bilan ajralib turadi. Ushbu fikrni misollar tahlilida ham ko‘rish mumkin. Albatta, bunda “ O zbek xalq shevalari lug ati ʻ ʻ ”da berilgan dialektal so‘zlarning lug‘at maqolalari 1 Ўзбек тили лексикологияси . –To шкент: Фан, 1981. 247 -б.

bilan birga o‘zimiz tayyorlagan dialektal so‘zlarning lug‘at maqolalari bilan qiyoslab boramiz 2 : 3 АВСАН (Жўш) // АВСАР (Қашқадарё) фаросатсиз “ недогадливый, несобразательный (1971, 12.12-) 4 . Bu lug‘at maqolada negadir dialektal so‘zning transkripsiyasi berilmagani kabi u ifodalaydigan dialektal ma’noning ruscha berilishi ham bahsli, chunki uning o‘zi hali faollashmagan dialektal so‘zlardan biri. Ularning transkripsion holati quyidagi tarzda bo‘lishi lozim edi: [авсан // avsan] // [авсар // avsar]. Ushbu dialektal so‘zning “hech narsani tushunmaydigan, e’tiborsiz” degan ma’nolari Shahrisabz shevasida mavjud (axborotchi...). Sof dialektal so‘zlardan biri hisoblanadi. АБЗАЛ I (Хоразм) – афзал (яхши, аъло) “лучшой, пренмущественый”. (1971, 12.4-). U fors-tojikcha afzal (f > b) so‘zining shevada fonetik o‘zgargan holda qo‘llangan shakli. Ushbu lug‘at maqolada negadir dialektal so‘zning transkripsiyasi berilmagani kabi u ifodalaydigan dialektal ma’noning ruscha berilishi ham bahsli, chunki uning o‘zi hali faollashmagan dialektal so‘zlardan biri. Ularning transkripsion holati quyidagi tarzda bo‘lishi lozim edi: [абзал // abzal] . Ayni vaqtda (Shah.) bu so‘zning dialektal ma’nolari oydinlashgan: abzal, yaxshi, a’lo, tuzuk, durust. (axborotchi...). O‘zlashgan so‘zdan shakllangan dialektal so‘zlardan b iri sanaladi . АБЗАЛ II (Хоразм) – от анжоми “сбруя, упряжь” (1971, 12.5-). Bu lug‘at maqolada negadir dialektal so‘zning transkripsiyasi berilmagani kabi u ifodalaydigan dialektal ma’noning ruscha berilishi ham bahsli, chunki uning o‘zi hali faollashmagan dialektal so‘zlardan biri. Ularning transkripsion holati quyidagi tarzda bo‘lishi lozim edi: [абзал // abzal] . Mazkur (abzal) so‘z fors- tojikcha afzal (f > b) so‘zining shevada fonetik o‘zgargan holda qo‘llangan shakli 2 Misollardagi (1971, 12.12-) gacha bo‘lgan fikrlar shu so‘zga 1971-yilda nashr etilgan “Ўзбек халқ шевалари луғати”da berilgan. Qolgan qismi esa shu so‘z talqiniga biz tomondan qo‘shilgan fikrlar . 3 Quyida namuna uchun berilayotgan lug‘at maqolalarning yozuv shakli o‘zgarsa, matn boshqa holatga kelib qolishining oldini olish uchun tayyorlanayotgan dialektal lug‘atda ular qanday berilgan bo‘lsa, shu tarzda o‘zgarishsiz qayd etildi. 4 Qavsda berilgan (1971, 12.12-) dan keyin keltirilgan fikrlar uchala lug‘at maqolaga biz qo‘shgan qo‘shimchamiz.

hisoblanadi. Bu so‘zning (Shah.) ma’nosi real(aniq)lashgan: otning to‘qimi, otning egar-jabdug‘i. O‘zlashgan so‘zdan shakllangan dialektal so‘zlardan biri. Bulardan ko‘rinib turibdiki, dialektal so‘zlarning talqinlariga biz qo‘shgan qo‘shimchalar ma’lum ma’noda asoslidir. Albatta, bu fikrimiz va keltirib o‘tilgan misollarning to‘g‘ri hamda aniqligini asoslashda sheva vakillari nutqidan yozib olingan matn(dialektal matn)larning o‘rni beqiyos kattadir. Chunki har qanday so‘zning, xususan, sheva so‘zlarining ma’nosi va ma’no munosabatlari o‘zaro muloqot jarayonidagi gaplar misolida reallashadi. Masalan, kal so‘zi adabiy tilda sochi tushgan kishiga nisbatan aytilsa, shevada esa hech narsa o‘smaydigan dalaga nisbatan “ Шу жерл ə рд ə ллънəн ͻ бър ͻ р гъй ͻ ҳ унм ə йдъ, ҳ ͻ зъй ə м. Шу учун унъ к ə л д ə л ə дейъш ə дъ ”. - Bu jerlarda biror giyoh unmaydi, shu uchun uni kal dala deyishadi. Ushbu gapda kal so‘zi dala so‘zi bilan birikib kelib, birikib, o‘tlar ham o‘smaydigan yer boshqa yerlardan farqlangan. Lekin adabiy tilda kal dala iborasi umuman ishlatilmaydi. Chunki u sheva vakillari nutqida qo‘llanadiki, dialektal ma’no munosabatiga egaligi bilan giyohsiz yerni adabiy tilda umuman qo‘llanmaydigan tarzda gap ichida nomlanishi ham dialektal semantika va dialektal sintaksis jarayonlarining o‘zaro muvofiqlashuvi bilan yuzaga kelgan. Demak, sheva so‘zining dialektal maqomini oydinlashtirish uchun eng birinchi vosita dialektal matnlar hisoblanadi. Yana misol: g‘ilvindi sheva so‘zi (Shahrisabz sh.) bo‘lib, somsaning bir turi sanaladi. U gap ichida qo‘llanganda unga dialektal ma’no yuklaydi: [“ Эн ə м беч ͻ р ə , этт ə туръп, х ə мър қоръп, сут пъшъръп, шърън в ə гошлъ масаллықла бъл ə ғылвъндънъ ъккъ турънъ ёққа т ə шл ə п, пъшъръп ͻ птъ. ͻ т ə м эс ə тушд ə н со ᶇ п ə л ͻ вд ə н ͻ лдънр ͻ қ н ͻ ёб ͻ вқ ə т бог ə н ячмиччъ ъссъқ н ͻ н ва с ə рёғд ə н тайёрл ə п бедъл ə ”. Onam bechora, erta turib, xamir qorib, sut pishirib, shirin va go‘shtli masalliqlar bilan g‘ilvindining ikki turini yoqqa tashlab, pishirib olibtilar. Otam esa tushdan palovdan oldinroq noyob ovqat bo‘lgan yachmichni issiq non va saryog‘dan tayyorlab berdilar .] Ushbu matndan shu narsa anglashilib turibdiki, g‘ilvindi va yachmish so‘zlari sheva vakillaridan birining nutqida qo‘llangani

uchun hamda ularni shevaning boshqa vakillari tushunishgani uchun ham u dialektal so‘z maqomiga, ya’ni dialektal ma’noga ega bo‘lgan. Demak, dialektal so‘z o‘zicha shakllanmaydi, balki dialektal matn(lar) va u(lar)ning tarkibida shevaga xos xususiyatli so‘zlar bilan birga qo‘llangani uchun u faqat bir (yoki bir necha) sheva vakillari tushunadigan dialektal ma’noga ega bo‘ladi. Mana shu jarayonlardan keyingina u dialektal so‘z hisoblanadi. Dialektolog olimlar sheva leksikasi haqida gapirganda dialektal so‘z, dialektizm va dialektal xususiyatlarining xilma-xilligi haqida gapirishgan. Ammo shevaning dialektal leksikasidagi ma’no(lar) haqida to‘xtalishmagan. Bizningcha, sheva leksikasi birliklarida dialektal ma’no mavjud. Shuning uchun ular sheva va lahjalararo farqlangani kabi adabiy til leksikasidan ham tubdan farqlanib turishi tabiiydir. Shu sababli ham Alibek Rustamov bunday ma’noni “el ma’no” (elga, ya’ni shevaga xos ma’no) deb atagan [I.3. 53 (1 53 ).94-] . Demak, sheva so‘z lar ida dialektal ma’no (lar) borligi uchun bemalol dialektal so‘z maqomi haqida gapirish o‘rinli. Dialektal matn va diale k tal so‘ z tur lar i masalasi talqini . Oldinlari faqat dialektal so‘zlardan sof dialektal so‘zlarini savol-javob mazmunidagi anketalashtirish usuli bilan yig‘ishga va ulardan foydalanishga e’tibor qaratilgan. Shuning uchun ham XX asrning 40-70-yillarida sheva vakillari nutqidan yozib olinib, yig‘ilgan dialektal matnlar tahlil va talqinsiz, ya’ni o‘rganilmasdan kitoblarda va qo‘lyozmalarda qolib ketgan. Shuningdek, dialektal so‘zlarning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan onomastik birliklar, ya’ni xalq tilida faol qo‘llanadigan atoqli otlar va joy nomlari oldin dialektal so‘zlar hisoblanmagan. Xalq vakillari qo‘llaydigan barcha so‘zlar, aniqrog‘i, dialektal so‘zlarning o‘n bitta turi (ular quyiroqda berilgan) hamda mavjud barcha nomlar dialektal so‘zlar ekanligi ilmiy tadqiqotlarda asoslab bergan. Hozirgi kunda sheva vakillari nutqidan yozib olingan dialektlogik matnlar asosida sheva materiallarini yig‘ish, jamlash, tavsiflashu tasniflash bo‘lishi maqsadga muvofiq. Dialektologik matnlar va so‘zliklarda na faqat sheva so‘zlari, shular bilan birga xalq ongi-yu dili va tilidagi ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatga tegishli bilim, malaka hamda tajribalar o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun