O‘ZBEK TILINING NEYROLINGVISTIK TADQIQI MUAMMOLARI
O‘ZBEK TILINING NEYROLINGVISTIK TADQIQI MUAMMOLARI Reja: 1. Neyrolingvistika fanining o`rganish obyekti haqida. 2. Afaziya . 3. Nevrolingvistik dasturlar haqida. 4. NLD asoslari. Nevrolingvistik dasturlarning sohaviy qo‘llanishga ko‘ra turlari. 5. O‘zaro muloqot va b iznesda nevrolingvistik dasturlar. 6. Ta’lim tizimida qo‘llaniladigan nevrolingvistik dasturlar. 7. Nevrolingvistik terapiya.
Neyrolingvistika fanining o`rganish obyekti haqida. Neyrolingvistika neyron va lingvistika so`zlarining O`zaro birikuvidan, qo`shilishidan hosil bo`lib, inson miyasidagi nerv hujayralarining- neyronlarning tilni-so`zlarni hosil qilishdagi vazifasini o`rganadi. Neyron nerv (asab) sistemasining asosiy qismi, tarkibiy elementi sifatida tilni-til va nutq birliklarini yaratishda faol xizmat і iladi, yetakchi hisoblanadi. Shunga ko`ra neyrolingvistika inson nerv sistemasi bilan aloqa quroli-til orasidagi uzviy, doimiy, zaruriy munosabatni yoritadi. Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‘limi bilan ham uzviy aloqada. So‘nggi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oralig‘ida neyrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog‘i vujudga keldi. Bu fan nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekanligi, miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalarini o‘rganadi. Sodda qilib aytganda, neyrolingvistikaning o‘rganish obyektlaridan biri afaziya, ikkinchisi neyrolingvistik dasturlash (NLP)dir. Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutqiy faoliyatning buzilishi masalasi bobokalonlarimiz Ibn Sino, Beruniy asarlarida qayd etilgan va bu kasalni davolashga e’tibor bergan bo‘lsalar ham, lekin u alohida fan tarmog‘i sifatida shakllana olmadi. chuqur o‘rganilgan. Miya zararlanishining nutqqa ta’siri muammosi izchil ravishda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘rganildi. 2. Neyropsixologiya va u bilan bog‘liq bo‘lgan neyrolingvistika maxsus fan sifatida yaqindagina — o`tgan asrning yetmishinchi yillarida shakllandi. Bu fanning vujudga kelishida A. A. Leontev, A. R. Luriya, E. S. Beyn, R. M. Boskis, E. N. Venarskaya, O. S. Vinogradova, N. A. Eysler singari olimlarning xizmati kattadir. Neyrolingvistika fani bo‘yicha to‘liq ma’lumot beruvchi ilk kitob A. R. Luriya tomonidan yozildi.
Nutqiy axborot jarayoni, ya’ni kishilarning o‘zaro nutq yordamida bir-biriga axborot berish va bir-biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‘rganish obyekti sanaladi. Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan Tilshunoslik kishilarning asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til va uning bevosita aloqa-aralashuv jarayonida voqelanuvchi nutqni ajratgan holda, ichki tuzilish, tuzilish birliklari, bu tuzilish birliklarining nutqiy jarayonda turli- tuman voqelanishi, «ichki tuzilish»dan «tashqi tuzilish»ga o‘tishning asosiy bosqichlari va yuqoridagi ikki tuzilishning o‘zaro munosabatlari kabi qator masalalarni atroflicha o‘rgandi. Inson borliqni ongida aks ettiradi. Aks ettirish sezgi organlari yordamida amalga oshiriladi. Sezgi organlari esa tashqi olam haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi. Miya esa bu axborotlarni umumlashtiradi. Ko‘rinadiki, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy nerv sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi. Nerv sistemasi odatda ikki guruhdagi nerv sistemalarini o‘z ichiga oladi: 1) markaziy nerv sistemasi va 2) chegara nerv sistemasi. Borliq haqida axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv sistemalari markazga qarab yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi. Chegara nerv sistemalari markaziy nerv sistemalariga obyektiv borliqsagi narsa va hodisalarning muayyan belgilari haqidagi ma’lumotni beradi. Shuning uchun ham chegara nerv sistemasiga aloqador a’zolarni tahlil qiluvchilar (analizatorlar) deb yuritiladi. Ular ko‘rish, eshitish, ta’m-maza a’zolari sanaladi. Har bir analizatorda ikki turdagi nerv strukturasi ajratiladi. 1) axborotni mazkur sezgi organidan bosh miya pardasiga eltuvchi struktura; 2) borliq predmetlariga yo‘naltiruvchi struktura (miyaning bilish zonasi). Uchinchi sath sifatida murakkab anatomik tuzilishga ega bo‘lgan til pardasi zonasi ajraladi. Bu zonada miyaning turli analizatorlaridan kelgan belgilar
kompleksi birlashtiriladi va natijada sezgi hissiyotidan til umumlashmasiga o‘tish imkoniyati tug‘iladi. Nutq hosil qilish, til xulqi aks harakat: markazdan chegaraga tomon harakat orqali yuzaga chiqadi. Miya analizatorlari qoplangan zonada shakllangan nutqiy dastur nutq praksizi zonasida konkretlashadi va nutq organlari (shuningdek yozma nutqni yuzaga chiqaruvchi sistema) ishtirokida proeksiya harakat sistemasi yordamida yuzaga chiqadi. Miyaning praksiyali sistemasidan (sensor yoki harakatlanuvchi) farqli ravishda gnostikpraksik parda va pardali analizatorlarni yopish zonasi funksional assimmetriya bilan xarakterlanadi: til sistemasi va nutq orqali ifodalangan tafakkur esa uning yarimshari bilan bog‘langan. Inson miyasi murakkab funksional sistema bo‘lib, eng kamida uchta asosiy blok ishtirokida muttasil faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan biri pardaning tetiklanishini ta’minlaydi va tanlash, selektiv faoliyat shaklining uzoq amalga oshirish imkoniyatini beradi. Boshqasi axborotni olish, qayta ishlash va saqlashni ta’minlaydi. Uchinchisi esa faoliyatni programmalashtirish, boshqarish va nazorat qilish vazifasini bajaradi. Yuqorida bayon qilingan bloklarning zararlanishi ularning bir me’yordagi vazifasiga salbiy ta’sir qiladi. Birinchi blokka mansub apparatlarning zararlanishi psixik faoliyatni tanlash, selektiv imkoniyatini cheklaydi. Ikkinchi blok apparatlarining zararlanishi axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Uchinchi blokning zararlanishi esa programmalashtirish, barqaror ravishda boshqarish va nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi. Ko‘rinadiki, miyadagi har qanday zararlanish inson faoliyataning ma’lum qismiga salbiy ta’sir qiladi Sensor proyeksiya sistemasining zararlanishi eshitish va ko`rish organining kuchsizlanishiga olib keladi. Buning natijasida og‘zaki va yozma nutqni qabul qilish imkoniyati pasayadi. Nutqiy agnoziya holatida bemor ko‘rish va eshitish qobiliyatini yaxshi saqlagan holda, ona tilining tovush
«qiyofasi»ni (nutqiy eshitish agnoziyasi) yoki yozma nutqda harf ko‘rinishini «nutqiy ko‘rish agnoziyasi» unutadi. Bunday vaqtda bemor gapirish yoki yozishi mumkin. Nutqiy eshitish agnoziyasiga uchragan bemor o‘qishi, nutqiy ko‘rish agnoziyasiga uchragan bemor esa og‘zaki nutqini tushuntirish mumkin. Nutqiy apraksiya ro‘y berganda esa buning teskari holatiga duch kelinadi. Bunday vaqtda bemorning nutq organlari harakati va yozish harakati buziladi, tovush va so‘zlarni talaffuz qila olmaydi va yoza olmaydi. Lekin atrofdagi odamlar nutqini tushunish, yozuvlarini o‘qish qobiliyati saqlanib qolishi mumkin. Analizatorlar yopqichlarining parda zonasi zararlanganda, afaziya holati kuchayadi. Bu vaqtda har qanday nutqiy faoliyat: eshitish, ko‘rish faoliyati ham, talaffuz qilish, o‘qish faoliyati ham so‘nadi. Agar zararlanish manbayi o‘rtacha bo‘lsa bemorning so‘zda tovushni farqlash qobiliyati yo‘qoladi. Fonetik jihatdan yaqin bo‘lgan so‘zlarni aralashtirib yuboradi. Ba’zan afaziya holatida eshitgan yoki o‘qigan narsalarning ma’nosini tushunmagan holda mexanik ravishda takrorlashi mumkin. Neyrolingvistika uchun ikki til va ko‘p til egalarining (poliglotlarning) miyasi zararlanishi katta material beradi. Bu vaqtda bemor bir tilni ma’lum darajada saqlagan holda, ikkinchi tilni butunlay unutish yoki bir necha tillarning elementlarini aralashtirib yuborishi mumkin. Neyrolingvistika yuqoridagi holatlarni aniqlash bilan, bemorlarni samarali davolash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Lingvistika va tibbiyotning qo‘lga kiritgan yangiyangi yutuqlari neyrolingvistikaning tekshirish usullarini takomillashtirib boradi. Hozirgi kunda neyrolingvistika psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika kabi oraliq fanlar g‘oyalari va metodlaridan barakali oziqlanmoqda. Shunday qilib, neyrolingvistika insonning olamni belgilashtirish tabiatini kompleks ravishda o‘rganishning bir tarmog‘i sifatida rivojlanib bormoqda.