O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar
Mavzu : O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar Reja: 1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish. 2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’likni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-kizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish 3. Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar. 4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish. 5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish. Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish - bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. SHu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo’jalik yurituvchi subektlarda ham o’rtacha ish haqi mikdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma- bosqich ko’paytirish maqsadga muvofiq. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bepgga ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya suratlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo’yilgan. Mamlakatimizda aholi bandligini taminlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan. Binobarin, yurtimizda har yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududlar bo’yicha mehnat resurslaridan yanada to’liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muhofazasini taminlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti. Milliy mehnat bozorining etiborga molik o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: aholining asosiy qismini Yoshlar tashkil etishi (har yili yarim milliondan ortiq bitiruvchilar ishga joylashish bo’yicha ko’makka muxtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo’yicha nomutanosiblikning mavjudligi, ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi. «Aholini ish bilan taminlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalarini ham bu ishga yanada faol jalb etishi kerak. Aholi bandligini hal etishda turizmni rpvojlantirish bo’yicha katta imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim». Shavkat Mirziyoev Yurtimizda yiliga 1,5
million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bulsa-da, o’tgan yili (2016 yil) Bandlikka ko’maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog’liq. Bunday holat bandlikka ko’maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, yani ish o’rinlarini yaratish, avvalo Yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan taminlash, tadbirkorlik faolligini rag’batlantirish chorasini ko’rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yangi ish o’rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o’rni katta. Xususai, mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. Shuningdek, O’zbekiston Resiublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931-son farmoni bilan «Urgut», «G’ijduvon», «Qo’qon» va «Xazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi2. Bu iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to’qimachilik, gilam to’qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo’nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o’rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o’kuv kurslarini o’tkazish bo’yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag’batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo’lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo’yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.Shuningdek, Harakatlar strategiyasida o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo’nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, kurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo’jaligi sohasi
mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko’zda tutuvchi o’rta maxsus va kasb- hunar ta’lim mutaxassislik yo’nalishlarini qayta ko’rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo’jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan taminlash imkonini beradi. Hududlarda aholi bandligini taminlash hamda qo’shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish xajmini yan ada oshirish ham bu muammoni hal qilinishiga yordam beradi. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish. Chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson hayotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog’ligini kafolatlash yo’nalishida jahon va milliy tajribaga asoslangan holda yaxlit tizim yaratildi.Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog’likni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Xdrakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’likni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida belgilandi. O’tgan davr mobaynida O’zbekiston sobiq Ittifokdan meros bo’lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo’lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli harakterga ega bo’lgan va ko’lami bo’yicha aholining barcha katlamlarini har tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib
aholiga ijtimoiy kafolatlarni taminlamoqda.Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko’paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafakdlar salmoqli darajada oshdi. Iste`mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal suratlar bilan oshirish va aholining ularga bo’lgan talabini qondirish taminlanmoqda.Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni taminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e`tibor qaratilmoqda.Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish borasida 2017-2021 yillarda barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar, onkologik muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini hamda to’rtinchi darajali ko’p tarmoqdi bolalar tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi va aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi. Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlar. O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilgan islohotlar jarayonida aholining turmush farovonligini hamda hayot sifatini oshirish yuzasidan katta yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Davlat byudjetining kariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilmoqda. Bu aholining hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga aholini, ayniqsa qishloq aholisini yangi, shinam uy-joylar bilan ta`minlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi daromadlari ko’payishi esa ularning hayot farovonligini yuksaltirishga asos bo’lmoqda. Shu bilan birga «Republikamizda jadal suratlar bilan zamonaviy yo’l-transport va muxandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tashkil kilinmosda. Jumladan, Qamchiq dovonidan o’tadigan, noyob