O’zbekistonda siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi
O’zbekistonda siyosiy islohotlar ning amalga oshiril ishi Reja: 1.O`zbekistonda fuqarolarni o`zini-o`zi boshqarish organlarining, ya’ni- mahallalarning tashkil topishi 2.O`zbekistonda demokratiyaning yanada chuqurlashuvi hamda ko`ppartiyaviylikning qaror topishi 3. “Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to’g’risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi va uning ahamiyati
Tariximizdan ma’lumki mamlakatimizda mahallalarning tashkil topishi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Manbalarning guvohlik berishicha o`lkamizda dastlabki mahallalar IX-X asrlarda paydo bo`lgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy o`z asarlarida yozib qoldirgan. O`zbekistonda yangi jamiyat qurish-adolat va haqiqat g`oyasiga asoslanadi. Bunda insonlar o`z qobiliyatini, ehtiyojlarini to`la namoyon qiladi. Buning uchun jamiyatda uni amalga oshirish uchun to`la huquqiy mexanezim yaratilishi lozim. Bu tizim huquqiy jihatdan kafolatlanishi kerak. Shu sababli Respublikada mahalla institutlarini joriy etishda 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o`zini-o`zi organlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Mahalla mexanizmi shu Qonun asosida joylarda tashkil etila boshladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsuyasining 105-moddasida “Shaharcha, qishloq va ovullarda, uning tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari bo`lib, ularning rayisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari 2,5 yil muddatga saylanadi ” deyilgan. Mahallaning huquqiy asoslari 1993-yil 2-sentabrdagi qabul qilingan Qonun bilan mustahkamlangan. Ushbu Qonun yuqorida nomi keltirilgan. Bu Qonunda mahallaning vazifalari, vakolatlari hamda oqsoqolning vazifalari qat’iy belgilangan. 1999-yil 14-aprelda 29 moddadan iborat ushbu Qonunning yangi tahriri chiqdi. Qonunning 7-moddasi, Konstitutsiyaning 105-moddasiga moslashtirildi va unda fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari tushunchasi quyidagicha konkretlashtirildi: “Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolar yig`inlari Fuqarolarning o`zni-o`zi boshqarish organlari”dir deyildi. 2013-yil 22-aprelda O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o`zini-o`zi organlari to`g`rida”gi Yangi tahrirdagi, hamda “Fuqarolar yig`ni rayisi va uning maslahatchilari saylovi to`g`risidagi Qonunlar qabul qilindi”
2017-yil 3- fevralda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonda MFY oldiga quyidagi vazifalar qo`yildi: - Jamiyat hayotidagi ularning mavqeyi belgilandi; - Ular joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va kumakdoshi bo`lishi lozim; - Yoshlarni tarbiyalovchi asosiy o`choq vazifasini bajaruvchi; - Hududlarda ma’naviy hayotning sog`lomlashtiruvchi asosiy bo`g`in bo`lishi va boshqa vazifalar belgilab berildi. 2018-yil 15-oktabrda O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig`inlari rayisi (oqsoqoli) saylovi to`g`risida ” Yangi Qonun qabul qilindi. Qonunga ko`ra mahalla oqsoqollari rayislarini saylovi har 3 yilda bo`lib o`tadigan bo`ldi. Ushbu Qonun asosida O’zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasining 105-moddasining birinchi qismiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. 2019-yilda Respublika Fuqarolar yig`inlari rayislarining navbatdagi sayovi bo`lib o`tdi, unda Respublikadagi 10 000 ga yaqin MFY rayislari navbatdagi muddatga saylandi. Bu masala 2020-yil 29-dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqimizga va Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham ko`rib chiqildi. Ma’ruzada qayd etilishicha so`ngi uch yilda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida 5 mln. aholi yashaydigan 1200 ta mahalla va qishloqlar qiyofasi tubdan o`zgardi. Bu ishlar pandemiya sharoitida vaqtincha to`xtab qoldi. Xalqaro Moliya institutlari bu Dastur doirasida ishtirok etish uchun 270 mln. AQSH dollari miqdorida mablag` yo`naltirishga tayyor ekanligi bildirilmoqda. Bu ishlar 2021- yilda ham davom etishini Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlab o`tdilar. 2-masala Endigi masala- O`zbekistonda demokratiyaning yanada chuqurlashuvi hamda ko`ppartiyaviylikning qaror topishiga to`xtalamiz. Mustaqillik sharofati bilan yakka partiyaviylikga barham berildi. Sobiq ittifoq davrida kommunistik partiya yakka hukmron partiya edi. Uning g`oyasiga ko`ra,
har bir insonning dunyo qarashi kommunistik mafkurada shakllanishi lozim edi. Kommunistlar tub aholining mafaati, mentaliteti hamda davlatchilik tarixi bilan umuman hisoblashmas edi. Ularda fikrlar xilma-xilligiga yo`l qo`yilmas, jamoat birlashmalariga aralashishlik partiya ishining asosi edi. Siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko`rsatishishi- demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy garovidur. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Partiya degani- bu mansab uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g`oya uchun uni jamiyatda ustuvor bo`lishi va ro`yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar partiya ma’nosini mana shu nuqtayi nazardan tushunar ekanmiz , qancha partiya bo`lsa bo`laversin, ularni faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi ” degan edi. Hozirgi kunda Respublikamizda 5 ta siyosiy partiya mvjud va 2 ta ijtimoiy harakat faoliyat ko`rsatmoqda. 1997-yil 14- sentabrda O`zbekiston Kommunistik partiyasining oxirgi XXIII se’yzdi bo`lib o`tdi, unda bu partiya KPSS tarkibidan chqib yangi siyosiy tashkilot- O`zbekiston XDP tuzish haqida Bayonot qabul qildi va shu yili 1- noyabrda partiyaning ta’sis Qurultoyida O`zbekiston Xalq Demokratik partiyasiga asos solindi. Bu partiyaning “O`zbekiston ovozi”, “Голос Узбекистана” gazetalari bor. “Vatan taraqqiyoti” partiyasi 1992-yil 24-may kuni tashkil topgan. Bu partiya 2000-yil 14-aprelda Fidokorlar Milliy demokratik partiyasi bilan qo`shildi va “Fidokorlar Milliy Demokratik Partiyasi” nomini oldi. O`zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi 1992- yil 18- fevralda bo lib o tgan I ta'sis Qurultoyida tashkil topdi. Partiyaning dasturi va nizomi e'lonʻ ʻ qilindi. Partiyaning "Adolat" nomli gazetasi bor. “Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi” 1995- yil 1- iyunda tashkil topdi. Dasturi va nizomi qabul qilindi. " Milliy tiklanish" nomli haftalik gazetasi bor, hozirgi kunda Oliy Majlis qonunchilik Palatasida 36 ta deputat faoliyat ko'rsatmoqda. O zbekiston Leberal ʻ
Demokratik Partiyasi 2003-yil 15-noyabrda tashkil topgan bo lib, bu partiyaʻ Respublikadagi Ishbilarmon va Tadbirkorlarni himoya qiluvchi partiyalardir. 2015- yilgi saylovlarda O zLeDeP Oliy Majlis qonunchilik palatasida eng ʻ ko'p, 52 nafar deputat etib saylandi. 2019 - yil yanvarda Respublikamizda yosh partiya “O’zbekiston Ekologiya partiyasi” tashkil topdi. Xalq deputatlari viloyat kengashiga 60 ta dan ko’p bo’lmagan, tuman va shahar kengashlariga esa 30 ta dan ko’p bo’lmagan deputatlar guruhi shakillantiriladi. 3- masala Endigi masalada davlatimizning yoshlarga bo'lgan e'tibori masalasi haqida gaplashamiz. Bu masala fuqarolik jamiyati talabiga muvofiq qayta ko rib chiqildi. ʻ 2016- yil 14 - sentyabrda " Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to`g`risida" gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. 2017 - yil 30- iyunda “Kamolat” yoshlar ittifoqi ijtimoiy harakatining IV Qurultoyida yangi vazifalar o rtaga tashlandi. O zbekiston Respublikasi Prezidenti ʻ ʻ Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan " Kamolat “zaminida " Yoshlar ittifoqi" tashkil topdi. Yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. 30- iyun Respublikamizda “Yoshlar kuni” deb e'lon qilindi. 2017- yil 5- iyulda O zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga ʻ oid davlat siyosatining samaradorligini oshirish va O zbekiston Yoshlar ittifoqi ʻ faoliyatini qo'llab quvvatlash to`g`risida”gi Farmon qabul qilindi. Unga ko'ra “Mard o g lon” medali ta'sis etildi. 2018- yil 27- iyunda "Yoshlar kelajagimiz" ʻ ʻ Davlat dasturi qabul qilindi. 2018- yil avgustda “O zbekiston Yoshlar ittifoqi” ʻ huzurida, “Yoshlar kelajagimiz” jamg'armasi va uning hududiy bo limlari ish ʻ boshladi. 2020-yil 29-dekabrda Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu masala ham atroflicha ko`rib chilqildi. Unga ko`ra 2021-yil “Yoshlarni qo`llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb e`lon qilindi. Shu masalada Prezidentimiz Yoshlarni qo`llab quvvatlash maqsadida kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo`lgan asosiy vazifalarni ta’kidlab o`tdi.