O’zbekistonda vijdon erkinligi
O’zbekistonda vijdon erkinligi 1. Vijdon erkinligi tushinchasi. Xalqaro meyoriy xujjatlarda vijdon erkinligi. 2. O’zbekistonda vijdon erkinligining asosiy qonun bilan kafolatlanishi. 3.O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan diniy konfensiya va tashkilotlar.Missionerlik va prozitilizm havfini bartaraf etilishi.
1. Vijdon erkinligi kishilarning ru h iy olamiga, uning sog‘lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. S h u bois bu masalaning ijtimoiy ќayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari g‘oyat muќim. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro ќujjat va shartnomalarda, ќamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o‘z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson ќuquqlari umumiy Deklaratsiyasiga muvofiq h ar bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi h uquqiga ega. Bu h uquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini, o‘z dini yoki e’tiqodiga o‘zicha, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab ќodisa – turli dunyoqarash, e’tiqodda bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning amalda ќuquqiy ta’minlanishini ќam nazarda tutadi. Zero, odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Ќar kimning o‘z ichki dunyosi, o‘z e’tiqodi bo‘ladi. Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan qat’iy nazar, ularning teng ќuquqliligi, barcha dinlarning qonun oldida tengligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan ќech qanday majburiyatning ykqligi, diniy tashkilotlar uchun majburiy yig‘imlar tkplashning ta’qiqlanganligi, diniy e’tiqodlar tufayli kzaro adovat va nafrat q o ’zg‘atishning taqiqlanishi kabi masalalar ќam tushuniladi. Dinga e’tiqod qilish erkinligi faqat milliy xavfsilik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning ќayoti, salomatligi, axloqi, ќuquqi va erkinligini ta’minlash uchun zaruriyat tug‘ilgandagina cheklanishi mumkin. Vijdon erkinligi qandaydir bir mavќum tushuncha emas, u ma’lum ijtimoiy vaziyatda albatta namoyon bo‘ladi. SHuning uchun uni konkret tarixiy , ijtimoiy sharoitsiz , ob ’ ektiv va sub ’ ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin . Bundan tashqari « vijdon erkinligi » tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy , mafkuraviy va madaniy omillarni ќ am albatta nazarda tutish kerak . Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy ќayotda ќar doim muќim va murakkab masala bo‘lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning ќuquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, ќuquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Din so h asida olamshumul a h amiyat kasb etgan ulamolarning merosini o ’rganish, ajdodlarimiz tomonidan k o ’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, beba h o ma’naviy madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga k o ’tarilgan ni h oyatda mu h im vazifa b o ’lib qoldi. Ijtimoiy h ayotni islo h qilish va yangilash jarayonida ma’naviy qadriyatlarning qudratli qatlamlari h am ochilib, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining so h aga oida qator Farmon va Farmoyishlari, Vazirlar Maќkamasining Qarorlari va Farmoyishlari qabul qilinishi mu h im a h amiyat kasb etdi. Imom Buxoriy, Baќouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Imom Termiziy, Imom Moturudiy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy kabi
mutafakkirlarimizning yubileylari ktkazildi. Ulkan va boy madaniyatlarimizning uzviy qismi bklgan islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, ќuquqshunosligi, madaniyati va axloqi masalalarini chuqur krganish ilmimy tadqiqotlarda markaziy krninni egallay boshladi. 2. Istiqlol sharofati bilan dunyoga kelgan davlat dunyoviy xususiyatga ega. Buning ma’nosi shuki, diniy uyushmalar davlatdan ajratilgan; davlat ularning ishlariga, bular esa davlat ishlariga aralashmaydi. Ќar birining o‘z yo‘li, roli bor. Bu diniy e’tiqod erkinligidan kafolatlangan binoan erkinligiga tomon borishdir. Vijdon erkinligining to‘la ta’minlanishi esa mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish omillaridan biridir. Istiqlol tufayli umuman ma’naviyatga, uning tarkibiy qismi, elementi bo‘lgan dinga, bunga e’tiqod qiluvchilarga, buni ќimoya qilib, saqlab, rivojlantirib, targ‘ib etib turuvchi ruќoniylarga munosabat o‘zgardi; aniqrog‘i yangilandi, yangilanmoqda. Bularni boshqaruvchi, birlashtiruvchi, kadrlar tayyorlovchi, ularni joy-joyiga qo‘yuvchi, faoliyati ustidan nazorat qiluvchi, malakasini oshiruvchi muassasalarga munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi. Islom muassasalari o‘quv yurtlari, matbuot organlari, ibodatxonalariga kommunal xo‘jalik xizmatidan, aloqa- transport vositalaridan foydalanish uchun barcha moddiy va ma’naviy imkoniyatlari yaratib berilgan. Bu ќol istiqlol bilan ma’naviyat o‘rtasida uzviy bog‘liqlik vujudga kelganligi, din uchun qulaylik yaratilganining ifodasidir. CHunki din ma’naviyatning elementi sifatida unga bevosita yordam bermoqda. Biroq bundan birining funksiyasini ikkinchisi bajaraveradi degan ma’no aslo kelib chiqmaydi. Ular bir-biridan ajratilgan; bir-birini SHo‘rolar davridagi singari istisno etish u yoqda tursin, ќatto inkor ќam etmaydi, yonma-yon ќamkor, totuv yashab o‘ziga xos funköiyalarini bajaraveradi. I.Karimov X II chaqiriq Oliy Kengashning X sessiyasida 1992 yil 2 iyunda so‘zlagan va «Bozor munosabatlari va ma’naviyat» deb nomlangan nutqidayoq dinga yangicha munosabat asoslarini batafsil bayon qilib bergan edi. Bunda aytilgan ediki, mustaqil davlatimiz dinga, diniy tashkilotlarga keng yo‘l ochib berdi. Bunga yorqin misol tariqasida ilgari SHo‘rolar davrida yiliga nari borsa 5-6 kishi xajga borib kelganligi qayd qilingan. 1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31- moddasida ќar bir fuqaro uchun vijdon erkinligi ќuquqining kafolatlanishi tabiiy ќoldir. YAna bir muќim tomoni – keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda salmoqli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Dinning jamiyatdagi o‘rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.
Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi prinsiplarini tiklash va unga og‘ishmay amal qilish davr, kundalik ќayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning yangi taќriri qabul qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga kirdi. Mazkur qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu qonunning maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: «Ushbu qonunning maqsadi ќar bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqodќuquqini, dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat». Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi ќuquqi ќaqida bo‘lib, unda ќar bir fuqaro dinga munosabatini o‘zi mustaqil aniqlashi, u ќar qanday dinga e’tiqodqilish yoki ќech qanday dinga e’tiqodqilmaslik ќuquqiga ega ekanligi va bu ќuquq esa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta’kidlandi. 4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, teng ќuquqliligi ќaqida so‘z boradi. Rasmiy ќujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlanadi. Vijdon erkinligi ќaqidagi qonunning 5-moddasida O‘zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko‘rsatilgan. Bu degani davlat diniy masalalar bilan shug‘ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ќ am davlat ishlariga aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish ќ uquqiga egalar. SHuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlashi, konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga, xususan, bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti- ќ arakatlarga, missionerlikka yo‘l qo‘ymasligi ta’kidlangan. Diniy tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo‘lgan partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo‘lim yoki filiallarini ochish man etiladi. Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo‘ ќ ton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, a ќ oli o‘rtasida va ќ ima chiqarishda ќ amda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti- ќ arakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi. Fuqarolar dinga bo‘lgan munosabatlaridan qat’i nazar, ta’limning xilma-xil turlari va darajalarini egallashi mumkin. Qonunning 9-moddasida ko‘rsatilishicha, diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ru ќ oniylarni va o‘zlariga zarur bo‘lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy o‘quv yurtlari tuzishga ќ aqli. Diniy o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan
o‘tkazilib, tegishli litsenziya olganidan keyin faoliyat ko‘rsatish ќ uquqiga ega bo‘ladi. Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq umumiy majburiy o‘rta ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi. Diniy ta’lim beruvchilar maxsus diniy ma’lumoti bor kishilar bo‘lib, bolalarni o‘qitish uchun diniy boshqarmaning yoki markazning ruxsatnomasiga ega bo‘lishi kerak. Xususiy diniy ta’lim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qonun-qoidalarni buzganlar qonun oldida javobgardirlar. Diniy tashkilotlar diniy ta’lim olish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlar va chet el fuqarolarini ta’lim olish uchun qabul qilishlari mumkin. Diniy tashkilot – bu ma’lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining uyushmasidir (masjid, cherkov, sinagoga, diniy o‘quv yurtlari va ќ .k.). Uni tashkil etish uchun unga bir xil e’tiqodga ega bo‘lgan kamida 100 kishi a’zo bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining ќ ar qanday fuqarosi 18 yoshga to‘lganidan keyin ma’lum diniy jamiyatga a’zo bo‘lishi mumkin. Diniy tashkilotlar o‘z mulklariga ega bo‘ladilar. Binolar, din bilan bog‘liq buyumlar, ishlab chiqarish va xayriya ishlariga mo‘ljallangan inshootlar, pul mablag‘lari ќ amda diniy tashkilotlar faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa mol-mulk diniy tashkilotlarning mulki ќ isoblanadi. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mulkiy xayriyalardan, shuningdek, fuqarolardan tushgan mablag‘lardan davlat solig‘i undirilmaydi. Ibodat, diniy rasm-rusum va marosimlar o‘tkazish ma ќ alliy ќ okimiyat tomonidan taqiqlanmaydi. Qonunning 3-moddasida ko‘rsatilishicha, dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning ќ ayoti, salomatligi, axloqi, ќ uquqi va erkinligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanish mumkin. Diniy tashkilotlar fuqarolarni ishga olishga ќ aqlidirlar. Ular davlat, jamoat korxonalari va tashkilotlarining ishchi xizmatchilari bilan baravar soliq to‘laydilar, ijtimoiy ta’minlanish va sug‘urta qilish xizmatlaridan foydalanadilar. Umumiy asosda pensiya olish ќ uquqiga egalar. Qonunning oxirgi 23-moddasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunni buzgan kishilar qonun oldida javob berishlari ko‘rsatilgan. Konstitutsiyada ќ urfikrlilik, vijdon va diniy e’tiqoderkinligi masalalariga katta e’tibor berilgan. Unda dinning tarbiyaviy a ќ amiyatiga yanada ko‘proq e’tibor berilishi lozimligi ko‘rsatilgan. Darќaqiqat, o‘tgan 8 yil davomida Umra safariga 18 ming, xajga 24 ming fuqaro borib kelgan. Ќozir respublikamizda 3100 dan ziyod diniy jamoa erkin ishlab, qadimiy konfessiya bemalol faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina musulmonlarning 2 mingdan ortiq machiti, 11 madrasasi, Islom tadqiqotlari markazi, musulmon diniy idorasi, uning kutubxonasi bor; gazeta va jurnallari chiqarilyapti, tarqatilayapti. Din arboblariga ommaviy axborot vositalari eshiklar keng ochib qo‘yilgan; diniy adabiyotlar o‘n, yuz ming nusxalab nashr etilmoqda; davlat ularni bojxona anjomlari, sotuv do‘konlari bilan ta’minlab, daromad solig‘i