O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li
M avzu:O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li. Reja 1.Taraqqiyotning «O’zbek modeli». O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga mos taraqqiyot yo’lining jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etiliishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi. 2.“Ta’lim to’g’risida”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». Ilm- fanning rivojlanishi. Madaniyat va sa’nat. 3.Tinchliksevar mustaqil O’zbekiston tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi, uning tamoyillari 4.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarni yanada jadallashtirishi. 2017-2021 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Harakatlar strategiyasi.
Tayanch so’z va iboralar : Iqtisodiy islohotlar. Strategik maqsadlar. Xususiylashtirish. Kichik va o’rta biznes. Agrar islohotlar. Bozor infratuzilmasi. Mashinasozlik sanoati. Yoqilg’i mustaqilligi. G’alla mustaqilligi. Ma’naviy islohotlar. Ma’naviy merosning tiklanishi. Diniy qatriyatlar. Madaniyat ravnaqi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Milliy istiqlol g’oyasi. Xalqaro ahvol. Tinchlikka xavf soluvchi tahdidlar. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni. Tashqi siyosat tamoyillari. O’zbekiston va BMT. O’zbekiston va EXHT. O’zbekiston va Evropa Ittifoqi. O’zbekiston va MDH. MOIH. MOH. O’zbekiston va Osiyo mamlakatlari. O’zbekiston va AQSH. O’zbekiston va Evropa mamlakatlari hamkorligi. «O’zbek modeli». Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo’lgan bir xil taraqqiyot yo’li, bir xil andoza bo’lishi mumkin emas. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o’ziga xos taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o’z andozasini ishlab chiqishga intiladi. O’zbekiston oldida ham nazariy- ilmiy va amaliy jihatdan puxta asolangan o’ziga xos yo’lni ishlab chiqish zarur edi. O’zbekistonning taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyillar qaror topgan ilg’or davlatlar tajribasiga, respublikamiz iqtisodiyotining haqiqiy holati va imkoniyatlariga, xalqning mentaliteti va tarixiy an’analariga, aholining tub o’zgartirishlarga Taraqqiyotning «O’zbek modeli» tayyorlik darajasiga tayangan holda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi. O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no-mazmuni bilan to’ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993 yilda nashr etilgan «O’zbekiston-bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi. 1. Iqtisodiyotni mafkuradan to’la xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi. 2. Davlat - bosh islohotchi, iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori. 3. Qonun ustivorligi, islohotlarning mustahkam huquqiy asoslarga qurilishi, qonun oldida hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo’ysunishi.
4. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustivorligi. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o’tish, ya’ni islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish. Shunday qilib, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning «o’zbek modeli» bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo’l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «O’zbek modeli» deb qabul qilindi. Bozor infratuzilmasi Iqtisodiy islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iborat bo’ldi. Shu boisdan respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo’g’inlari – turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi yaratildi. Avvalombor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo’l va ombor xo’jaligi tuzilmalari yaratildi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko’plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma - yangi bank tizimi, o’z-o’zini kreditlash idoralari, sug’urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg’armalari yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002 yildanda 37ta bank, shu jumladan 13 ta xususiy bank faoliyat ko’rsatdi. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o’rnatgan. Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi
«Kafolat», «Agrosug’urta», «O’zbekinvest» kabi yirik sug’urta kompaniyasi faoliyat ko’rsatmoqda. Ko’plab xususiy sug’urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo’shma sug’urta kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya bozorida xizmat ko’rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o’zgarayotgan paytda malakasiz kishilargina emas, ma’lum ixtisosga ega bo’lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko’payishiga yo’l qo’ymaslik tadbirlari ko’rildi. Respublika bo’yicha 225 dan ortiq mehnat birjasini o’z ichiga oluvchi katta tormoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro’yxatga olish, ularning kasbini o’zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lash yo’lga qo’yildi. Yangi ish o’rinlarini tashkil etishga e’tibor berildi. 1993 yilda Respublikada 185,1 ming yangi ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lsa, 1998 yilda bu ko’rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko’p ish o’rinlari yaratildi. 2000 yilda faqat kichik va xususiy biznes rivoji hisobiga 192,5 ming yangi ish o’rinlari yaratilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2004 yilda 425 mingdan oshdi. 2003 yil 1 yanvarda iqtisodiyot sohasida band bo’lganlarning 76,6 foizi nodavlat sektor hissasiga to’g’ri keldi. Iqtisodiy islohotlar borasida qo’yilgan yana bir muhim qadam - 1994 yil 1 iyuldan milliy valyutamiz-so’ming muomalaga kiritilishi bo’ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e’tiborga molikdir, chunki o’z milliy valyutasiga ega bo’lmagan davlat chinakam mustaqil bo’la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini taminlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003 yil 15 oktyabrdan boshlab so’m qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko’tarildi. Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllandi. Ko’p ukladli iqtisodiyotni, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro’yobga chiqdi. 2004 yil boshlarida respublikamizda mulkchilikning nodavlat sektori xususiy mulk egalari, fermer, shirkat va dehqon xo’jaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, kooperativlar, jamoa mulki, mas’uliyati
cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari) ulushi 90,2 foizga etdi. Davlat tasarrufidagi korxonlar ulushi esa 9,2 foizga tushdi. Ta’lim ravnaqi Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi yutuqlarimiz ta’lim tizimidagi tub o’zgarishlarda yaqqol namayon bo’lmoqda. Xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o’quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi tarmoqlari bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi Oliy ta’lim tizimidagi 16 universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo’yicha o’nlab yangi oliy o’quv yurtlari – Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog’- konchilik instituti, Toshkent Moliya instituti va boshqalar tashkil etildi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo’llari ishlab chiqildi. 1997 yil 27 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir. Mustaqil tadqiqotchilik Milliy dastur asosiga ko’ra yoshlar umumiy o’rta ta’limni 9 yillik maktablarda oladilar, yana uch yil davomida yangidan tashkil etilgan akademik litseylar va kasb- hunar kollejlarida o’rta maxsus bilim va kasb-hunar o`rganadilar. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat ishiga aylandi. 2001 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi yakunlandi. 2001 yilda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 608500 nafar o’g’il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat qildi. 9727 ta umumta’lim maktablarida 440762 nafar o’qituvchi 6,3 mln. o’quvchiga ta’lim bermoqda. Umumiy o’rta ta’lim