Olmoshni o’rganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish.
Olmoshni o’rganish darslari rеjasi v a ishlanmasini t uzish. Reja: 1. Olmosh turkumini o ’ rganish bo ’ yicha davlat ta’lim standarti va ona tili dasturi talablari . 2. Kishilik olmoshlari haqida dastlabki tushunchalarni shakllantirish. 3. Olmoshni o’rganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish.
Olmosh t urk umini o’rganish bo’y icha dav lat t a’lim st andart i v a ona t ili dast uri t alablari. So’z turkumlarini o’rganish bo’yicha DTS va ona tili dasturi talabiga ko’ra olmosh, asosan 4-sinfda o’tiladi. Olmosh so’z turkumining ma’nosi va grammatik xususiyatlari boshqa so’z turkumlariga o’xshamagan, noaniq va murakkabligi bois olmoshning faqat bir turi kishilik olmoshini o’rgatish ko’zda tutilgan. Bunda mavzular quyidagicha belgilanganligi bilan xarakterlanadi: 1) Kishilik olmoshlari haqida ma’lumot: kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsni ifodalashi; Kishilik olmoshlarining kim?, kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘lishi. 2) Kishilik olmoshining shaxs otlari o‘rnida qo‘llanishi . Men, sen, biz, siz olmoshlarining 1-, 2-shaxs ko‘plikni ifodalashi, shaxsga ishora qilishi, lekin ot o‘rnida qo‘llana olmasligi, u, ular olmoshlarining ot o‘rnida qo‘llanishi 3) Kishilik olmoshining kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi. Men, sen kishilik olmoshlarining qaratqich va tushum kelishigida qo‘llanishi, tovush tushishi hodisasining yuz berishi, u olmoshi jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklarida qo‘llanganda tovush orttirilishi hodisasining yuz berishi. 4) Kishilik olmoshlarining gapdagi vazifasi . 5) Olmoshlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish . Boshlang ’ ich ta’limda faqat kishilik olmoshlarini o ’ rganiladi. 4-sinfda kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi; ularning kelishik qo’shimchalari bilan turlanishi va imlosi o’rgatiladi. Kishilik olmoshlari yuzasidan o’quvchilar quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari lozim:
Bilim: 1. Kishilik olmoshlariga kiradigan so ’ zlar va ularning ma’nolari; 2. Kim? so’rog’iga javob bo’lishi; 3. Bosh bo’lak va ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelishi; Ko’nikma: 1. Kishilik olmoshlarining turlarini farqlash. 2. Kishilik olmoshlariga kim? so’rog’ini bera bilish. 3.Gap va matn tarkibidan kishilik olmoshlarini so’roqlari orqali aniqlay olish . 4. Kishilik olmoshlarini shaxs bildiruvchi so ’ zlardan farqla sh . 5. O’zi bog’lanib kelgan so’z orqali so’roq berish . 6. Kishilik olmoshlarining gapda bosh va ikkinchi darajali bo`lak vazifasida kelishini, uni to’g’ri yoki to’lqinli chiziq orqali belgilay olish. 7. Kishilik olmoshlarini to ’ g ’ ri talaffuz qila olish. 8. Kishilik olmoshlaridan og’zaki va yozma nutqda to’g’ri va o’rinli foydalana olish. Malaka: 1. Kishilik olmoshlarining ma’nosini izohlay olish. 2. Kishilik olmoshlarining talaffuzi va yozilishini izohlay olish. 3. Imlo lug ’ atdan foydalana olish. 4. Kishilik olmoshlarini o ’ qilgan asar matnidan topa olish . 5. Berilgan kishilik olmoshlari ishtirokida birikma va gap tuza olish. 7. O’qiganlari, kuzatganlari va rasm asosida kishilik olmoshlarini qatnashtirib kichik hikoya (matn) tuza olish. Kishilik olmoshlari haqida dastlabki tushunchalarni shakllantirish . Olmoshning ma’nosi ot, sifat va sonning ma’nosiga nisbatan umumiy, keng va noaniq bo’ladi . Shuning uchun k ishilik olmoshlari haqida o’quvchilar ga tushuncha berishda predmetni nomlamasligi, ular faqat ko’rsatish uchun xizmat qilishi bilan tanishtiriladi. Bunda kishilik olmoshlarini ot bilan almashinib qo’llanishiga alohida to’xtalinmaydi. Chunki birgina u olmoshining aniq ma’nosini aytish uchun avval
uning qanday so’z o’rnida kelganiga ahamiyat berish kerak bo’ladi. U olmoshi ot bilan ifodalangan har qanday predmetni ko’rsatish uchun qo’llanilishi mumkin: U- o’quvchi, u-qalam, u- hayvon, u-hovli, u-suv va b.q Men, sen olmoshlari esa hech qachon ot bilan almashinib qo’llanmaydi: men o’qiyapman, sen o’qiyapsan deyish mumkin, lekin Madina o’qiyapman , H alima o’qiyapsan tarzida qo’llanmaydi. O’qituvchi kishilik olmoshlari bilan tanishtirayotganda shunga diqqat qaratish lozim. Kishilik olmoshi haqidagi dastlabki ma’lumot badiiy asardan keltirilgan og’zaki nutqqa doir misollarni kuzatish va tahlil qilish orqali beriladi. Kishilik olmoshlarini o’rgatish jarayonida o’quvchilarda quyidagi bilim va ko’nikmalar hosil qilinadi: men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari, ular kim so’rog’iga javob bo’ladi; kishilik olmoshlari so’z turkumi sifatida; kishilik olmoshlari 3 shaxsni birlik va ko’plikda ifodalaydi; -ni,-ning, qo’shimchalari men, sen olmoshiga qo’shilganda, o’zakdagi -n tushib qoladi; u olmoshiga –ga, -da, -dan, qo’shimchalari qo’shilsa, bir -n tovushi orttiriladi kabi bilimlar; olmoshlarni nutqda to’g’ri va o’rinli qo’llash, ularni kelishikli holatda to’g’ri yozish, so’roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko’nikmalari hosil qilinadi. Olmosh so`z turkumi suhbat, yarim izlanishli muammoli metod, induktiv metodlarda tushuntiriladi. Bu metodlarning qaysi birida tushuntirilsa, shunga mos usul va ish turlari tanlanadi. O`quvchilar olmoshlarning kelishik bilan qo`llanishini hali o`rganmagani uchun dastlabki tanishtirishda bosh kelishikdagi olmoshlar qatnashgan gap tanlanadi. Kishilik olmoshlarini o`rgatishda darslikda berilgan mashq materiallari, topshiriqlar, qo’shimcha sifatida “O’qish kitobi”dan kichik badiiy asarlar matnidan foydalanish mumkin. Mashqlar ustida ishlash jarayonida o’quvchilarga predmetni nomlamay uni ko’rsatayotgan so’zlarni aniqlash, so’roq berish va gapda bajaradigan sintaktik vazifasini aniqlash orqali kishilik olmoshlari haqidagi bilim
chuqurlashtirib boriladi: Men, sen, u – so ’ z turkumi. Bu so ’ z turkumining nomi olmosh deb yuritiladi. Men, sen, u - kishilik olmoshlari. Men - I shaxsni, sen - II shaxsni, u - III shaxsni ko ’ rsatadi. Shundan so`ng biz, siz, ular olmoshlari yuzasidan suhbat o ’ tkaziladi. Kishilik olmoshlarining birlik va ko`pligi taqqoslash orqali tushuntiriladi va qachon men, sen, u , qachon biz, siz ular ishlatilishi ustida ishlanadi. Egalik qo’shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxs: so’zlovchi(men), tinglovchi (sen), o’zga (u) eslatiladi va u kishilik olmoshlari bilan bog’lanadi. Olmoshning gapda ega vazifasida kelishi aytiladi. O’quvchilarning kishilik olmoshlari yuzasidan olgan tushunchalari bir necha dars davomida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga so’roq berish, qaysi so’roqlarga javob bo’layotganini aniqlash, matndan kishilik olmoshlarini topish, ularni o’zi bog`langan so’z bilan ko’chirish, kishilik olmoshlari ishtirokida gap tuzish, ularni gapda qanday bo’lak bo’lib kelayotganini aniqlash, kishilik olmoshlarining shaxs-sonini aytish, berilgan fe’llarga mos kishilik olmoshlarini tanlash va gap tuzish. (Onamga yordam berdim. Onangga yordam berdingmi? Onasiga yordam berdimi?) kabi topshiriqli mashqlar bajariladi. Ayrim matnlar shaxsini o’zgartirib ijodiy qayta hikoyalatiladi. Olmoshni o’rganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish Dars ishlanmasi namunasi Mav zu: Kishilik olmoshlari (4-sinf). Mav zuga oid t ay anch t ushunchalar: kishilik olmoshining ma’nosi, so’roqlari, imlosi. Ajrat ilgan v aqt : 45 minut O‘quv jaray onini amalga oshirish t exnologiy asi: Dars t uri: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi dars. Dars met odlari: Suhbat, tushuntirish, “Ikki qismli kundalik”, “Shifrlangan so‘z” mashqlari.