OTLARDA MUSKUL KASALLIKLARI
OTLARDA MUSKUL KASALLIKLARI Reja: 1. Travmatik, yiringli, revmatik, fibrozli va suyaklashuvchi miozit lar . 1.1. Travmatik miozit 1.2. Yelka – bosh muskulining yiringli yallig‘lanishi 1.3. Revmatik miozit 1.4. Fibroz li miozit 1.5. Suyaklashuvchi miozit 2. Miopatozlar
1. Travmatik, yiringli, revmatik, fibrozli va suyaklashuvchi miozit lar Muskul kasalliklariga shikastlar va sovuq ta’sirida, yallig’lanish jarayoni qo’shni to’qimalardan o’tganda, infeksion va invazion kasalliklarda (sil, aktinomikoz) rivojlanayotgan miozit kasalligi (muskullar yallig’lanishi) hamda otlarni tashish, uzoq vaqt fiksasiya qilish, mosion yo’qligida muskullar qisqarish qobiliyatining funksional buzilishi natijasida hosil bo’ladigan yallig’lanishsiz kechadigan – miopatoz kasalligi kiradi. 1.1. Travmatik miozit Travmatik miozit (Myositis traumatica) hayvonlarda muskullarning II– va III – darajali lat yeyish, cho’zilishi va yirtilishlarida tez – tez hosil bo’lib turadi. Patogenez. Shikst joyida muskul tolalari bir – biridan ajraladi, qisman va to’liq uziladi, muskul to’qimasiga yoki perimiziy ostiga qon quyiladi, gematoma hosil bo’lishi mumkin. Shikastdan so’ng muskulning travmatik shishishi paydo bo’lib, unga tez vaqtda yallig’lanish shishi qo’shiladi. Yallig’lanish jarayoni ta’sirida quyilgan qonning kam qismi so’riladi; yirik qon quyilishlar proliferat rivojlanishiga sabab bo’ladi va chandiqli to’qima bilan almashiniladi. Chandiqli tortishish natijasida mushak qisqarib, tegishli bo’g’imning miogen kontrakturasini chaqirishi mumkin. Zararlangan muskul infeksiyalashganda yiringli miozit rivojlanadi. Klinik belgilar. Muskulning zararlanish darajasiga bog’liq. Barcha holatlarda shikastdan so’ng davomli funksiya buzilishi kuzatiladi. Masalan, oyoq muskuli zararlanganda oqsash rivojlanadi. Mahalliy to’qimalarning turli kattalikda og’riqli, issiq shishi rivojlanadi, ko’p hollarda terida sidirilishlar hosil bo’ladi. Zararlangan joyda yallig’langan muskul yo’g’onlashgan, tarang, og’riqli bo’lib, qisman va to’liq uzilishlarda chuqur flyuktuasiya (gematoma) qayd etiladi. Yallig’lanish pasayishi bilan aytib o’tilgan belgilar yo’qoladi, muskul kuchli zararlanganda qon quyilgan joylarda g’adir – budirliklar rivojlanadi. Davolash. Dastlab yallig’lanishga qarshi muolajalar bajariladi keyinchalik quyilgan qonning so’rilishini ta’minlaydigan va proliferatlar rivojlanishini oldini oluvchi vositalar (parafinli applikasiyalar, massaj, to’qimali terapiya,
pirogenoterapiya) qo’llanadi. Katta va qiyin bartaraf etiladigan proliferatlarda nuqtali quydirish bilan qo’zg’atuvchi malhamlar qo’llanadi, ultratovushli muolajalar va o’lchamli yurgizish usullari ishlatiladi. 1.2. Yelka – bosh muskulining yiringli yallig‘lanishi (Abscessus m.brachiocephalicus) Yelka – bosh muskulining yiringli abssesslanuvchi mioziti surunkali kasallik bo‘lib, asosan otlarda kuzatiladi. Qoramollarda esa bu sohada ko‘pincha gemolimfoekstravazatlar uchraydi. Etiologiya. Kasallikni stafilokokk, streptokokk, ichak tayoqchasi yoki botriomikoz zamburug‘i chaqiradi. Ular muskul ichiga ot anjomlari noto‘g‘ri taqilganda va shunga o‘xshash holatlarda hosil bo‘ladigan chuqur jarohatlar yoki yuzaki teri shikastlar orqali kirib boradi. Ayrim paytlarda, yelka – bosh muskulining yiringli abssesslanuvchi mioziti, saqov kasalligida mikroblar muskulga metastatik yo‘l bilan kirib borganida hosil bo‘lishi mumkin. Klinik belgilar . Yelka – bosh muskulining yiringli abssesslanuvchi mioziti ko‘pincha bir tomonlama va kam hollarda ikki tomonlama bo‘ladi. Patologik jarayonning boshlang‘ich davrida yelka – bosh muskulining zich, og‘riqli, chegarasiz shishi paydo bo‘ladi. Tananing mahalliy harorati ko‘tariladi, yallig‘langan joyning terisi va teri osti kletchatkasi bir oz shishgan bo‘ladi. Hayvonda “osilgan oyoq” oqsoqligi kuzatilib, qadamining old yarim qadami qisqaradi. Oqibati. Yangi holatlarda kasallik oqibati yaxshi; kasallik surunkali kechganda – ehtiyotkor yoki gumon. Davolash. Kasallik boshlanganida hayvon uchun tinch sharoit yaratiladi; abssess rivojlanishi tahmin qilinadigan joyga iliq nam o‘ramlar, spirt – ixtiolli kompresslar, balchiq yoki parafin applikatsiyalari, sollyuks lampasi bilan nurlantirish kabi muolajalarni qo‘llash belgilanadi. Yiringli – nekrotik jarayon chegaralanib, aniq to‘siq va flyuktuatsiya beradigan joylar paydo bo‘lgandan so‘ng jarayon kesiladi va o‘lgan to‘qimalar chiqarib tashlanadi. 1.3. Revmatik miozit (Myositis rheumatica)
Revmatik miozit yoki revma tizm (bod) – organizmning infeksion – allergik k asalli gi bo’lib, biriktiruvchi to’qima tizimida nerv – distrofik jarayonlari bilan kechadi. Kasallik infeksion –toksik qo’zg’atgich uzoq vaqt ta’sir qilishida organizmning immunobiologik reaktivligi buzilishi natijasida hosil bo’ladi. Bunda asosan yurak – qon tomirlar tizimi, seroz qoplamalar, bo’g’imlar va muskullar zararlanadi. Etiologiya. Ko’pchilik tadqiqotchilar ta’kidlashicha, revma tik yallig’lanishni keng tarqalgan va odatda og’iz va burun bo’shliqlari shilliq pardalarida topiladigan “A” guruhiga mansub beta–gemolitik strep tokokk chaqiradi. Nafas yo’llari, og’izhalqum va boshqa joylarda yashab, u tegishli sharoitlarida mahalliy patologik jarayon rivojlanishini va organizmning murakkab immunobiologik reaksiyasi chaqiradi. Revmatizm etiologiyasining G.D. Zales ski y taklif qilgan virus – streptokok k li konsepsiya si ham mavjud. Bu masala keng muhokama qilinmoqda. Revmatik jarayon rivojlanishiga turli shamollash omillari (shamolda sovqotish, hayvonlar nam va sovuq xonalarda uzoq vaqt saqlanishi va boshq.), bironta kasallik borligi, organizmning yuqori allergik holati moyillik yaratadi. Bu omillar keyinchalik streptokokklar ishtiroqisiz kasallik residivini chaqirishi mumkin. Patogenez. Streptokokklar ta’sirida hosil bo’lgan patologik o’choqdan tirik mikroblar va ularning toksinlari (yot oqsillar) qonga tushadi. Bunga javoban, yot oqsilni bartaraf etish maqsadida, organizm aniq spesifik antitelolarni ishlab chiqaradi. Ammo ayrim paytlarda bunday tanlab ta’sir qilish jarayoni buziladi, antitelolar nafaqat yot oqsillarga, balki o’zinikiga ham qarshi kurasha boshlaydi. Bu hol streptokokklar oqsillari yurak, tomirlar, bo’g’im kapsulasi va muskullar oqsillariga juda o’xshash bo’lgani bilan bog’liqdir. Antilolarning o’z oqsillarga qarshi ta’siri revmatik yallig’lanish rivojlanishiga olib keladi. Revmatizm bilan kasallanib tuzalgandan so’ng streptokokklarga qarshi antitelolar ishlab chiqarilish mexanizmi buzilishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan ular nafaqat organizmga tushgan spesifik streptokokka qarshi antilolarni ishlab
chiqaradi, balki haddan ziyod sovqotishga yoki birorta kasallikka javoban ham ko’payadi va revmatizm residivini chaqiradi. Revmatik miozit muskul to’qimasining serozli ekssudasiyasi, tomirlar giperemiyasi, ayrim paytlarda mayda hujayrali infiltrasiya bilan miofibrilalar va oraliq to’qimaning parchalanishi bilan kechadi. Hosil bo’lgan mayda nuqsonlar chandiqli to’qima bilan almashiniladi. V.T. Talalayev bo’yicha revmatizmda muskullarda 3 bosqichda kechadigan revmatik granulyomalar hosil bo’ladi. 1 – bosqichda (ertangi revmatoidli infiltrat) oraliq biriktiruvchi to’qimada sosiy modda shishadi (bo’kadi) va keyinchalik fibrinidli o’zgaradi. 2 – bosqichda (granulematoz) biriktiruvchi to’qimali hujayralar ko’payadi va ulardan kichik va kattaroq tugunchalar paydo bo’ladi. 3 – bosqichda revmatik tugunchalar fibrozli to’qimaga va chandiqqa aylanadi. Natijada muskul fibrozli o’zgarib, bo’g’imlarning miogen kontrakturasi hosil bo’lishi mumkin. Klinik belgilar. Revmatik miozit odatda o’tkir kechadi va 14 kunlarda tuzalish bilan tugaydi. O’ziga xos belgilar: kasallik to’satdan paydo bo’ladi; tana harorati ko’tariladi; harakatlar chegaralangan bo’ladi, muskullar og’riydi, og’riqlar ko’chib o’tadi. Hayvonlar ko’pincha yotadi, ingraydi, qiynalib o’rnidan turadi, ayrim muskullarda fibrillyar qisqarishlar kuzatiladi. Hayvon yurgizilganda ko’chib o’tadigan oqsoqlik kuzatiladi. Dam olingandan so’ng oqsash alomatlari kamayadi yoki yo’qoladi. Ayrim hollarda bo’yin yoki bel qiyshayib qoladi. Palpasiyada og’riq reaksiyasi, mukullar taranglanishi va ayrim hollarda kattalashishi, o’rab turuvchi tarqoq kletchatkaning yallig’lanish shishi kuzatiladi. Issiq muolajalar va ayrim vositalar (butadion, salisilatlar, analgin va boshq.) revmatizmning umumiy va mahalliy alomatlarini pasaytiradi.; ularni farqlovchi diagnostika uchun qo’llaydilar. Bir nechta xurujlardan so’ng muskullarda zichlashish, g’adir – budirlik, ayrim paytlarda bo’g’imlar kontrakturasi kuzatiladi. Og’ir kechuvchi revmatizm davolanmaydi. Davolash . Kasallikni chaqirgan sabablarni, infeksiya o’chog’ini, organizm desensibilizasiyasi yo’qotishga va immunobiologik reaksiyalarni