logo

Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit 26v

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

95.5 KB
Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit,
surunkali pankreatit
Reja:
1. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari haqida umumiy 
ma'lumot.
2. Surunkali pankreatit kasalligining etiologiyasi va patogenezi.
3. Surunkali pankreatit kasalligining klinik belgilari, davosi va 
oldini olish.
4. Surunkali gastrit etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, 
davosi va oldini olish.  Hazm   tizimi   kasalliklari,   ichki   kasalliklar   orasida   muhim   o’rin
egallaydi.   Bu   holat   mazkur   kasalliklarning   ayniqsa,   yosh   va   mehnatga
qobiliyatli   aholi   orasida   keng   tarqalishi   bilan   bog’liq.   Hazm   tizimi
doimo   tashqiy   muhit   omillari,   birinchi   navbatda   ovqatlanish   tabiati,
mehnat   va   turmush   sharoitlari   ta’siri   ostida   turadi.   Yangi   endoskop   va
ultra tovush tekshirish usullari paydo bo’lishi, hamda xastalikning oldini
olish va davolashdagi yutuqlar natijasida gastroenterologiya oxirgi 30 yil
ichida   juda   tez   rivojlandi.   Zamonaviy   klinik   gastroenterologiya   fanlari
o’rtasidagi   mutaxassislik   hisoblanadi,   uni   mukammal   o’rganish   ko’p
kuch   talab   qiladi.   Hazm   a’zolari   kasalliklariga   qizilo’ngach,   me’da,
ichak, jigar, me’da osti bezi kasalliklari kiradi. 
Tarifi.   Surunkali-pankreatit-fermentlarining   o’z-o’zidan
faollashishi   ta’sirida   me’da   osti   bezining   autilizi   (yemirilishi   )   bilan
ifodalanadi.
Tarqalishi.   Surunkali   pankreatit   har   xil   yoshda,   ayniqsa   35-45
yashar ayollarda ko’p uchraydi. Bu xastalik 10000 shahar aholisi soniga
o’rta   hisobda   22   tadan   to’g’ri   keldi.   Qishloqliklar   shaharliklarga
nisbatan kamroq xastalanadilar (10:10000).
Tasnifi.  
a.   Surunkali kalsifikatsiyalovchi pankreatit ( 49-95 foiz holatda).
a. Surunkali obstruktiv pankreatit.
v.   Surunkali fibrozli- indurativ pankreatit
g.   Me’da osti bezining kislotasi (pufagi) yoki soxta kislotasi.
Etiologiyasi. 
- O’tkir pankreatitning to’la-to’kis davolanmasligi
- Alkogolizm - O’t yo’llari, me’da va o’n ikki barmoq ichak kasalliklari  (o’t tosh
kasalliklari, o’n ikki barmoq diverkulasi, surunkali gastrit).
-   Alimentar   omil-ovqatlanish   tartibining   buzilishi,   taom   tarkibida
oqsil, yog’lar, antioksidantlar tanqisligi.
-Gormonal   va   modda   almashinuvi   buzilishlari-giperlipidemiya,
giperkalsimiya.
-Har xil zaharli moddalar (kimyoviy, dori preparatlari) ta’siri.
-Qon   tomir   sistemasi   o’zgarishlari   tufayli   vujudga   keladigan   qon
tomirlar   spazmi,   emlobiya   va   tombozlar   ta’sirida   me’da   osti   bezida
mahalliy qon aylanishining buzilishi.
-Allergik reaksiyalar
-Nasliy moyillik
Patogenezi.
a. O’t-tosh     kasalligida   o’t   yo’li   pankreas   yo’li   bilan   qo’shilib,
umumiy   yo’lini   tashkil   qilsa,   (jigar-pankreas   naychasining   sfinkteri
chandiqlansa yoki naycha tosh bilan bekilsa) o’t (odatda infeksirlangan)
pankreas to’liga tushadi va pankreas shirasi fermentlarini faollashtiradi.
b. Pankreas   yo’li   tosh   bilan   to’kilganda,   uning   shilliq   pardasi
shishganda pankreas shirasi oqimining buzilishi, (dimlanishi), fermentlar
faollashuvi vujudga keladi.
Buning natijasida  qon qo’yilishi  yoki yog’ nekrozlari  bilan me’da
osti   bezi   parenxemasining   fermentativ   hazm   qilinishi   (autolizm)
rivojlanadi.
v. Pankreatit   rivojlanihi   mexanizmida   bezning   ko’tarilib
chiqadigan   shira   yo’llarining   ikkilamchi   infeksiyasi   ham   muhim   rol
o’ynaydi. Moyil omillar.
-Faterev so’rg’ichining spazmi, yallig’lanish stenozi yoki o’smasi-
pankreas   shirasini   o’n   ikki   barmoq   ichakka   tushishiga   to’sqinlik   qiladi
(shira dimlanadi).
-Oddiy   sfinkterining   yetishmovchiligi-o’n   ikki   barmoq   ichakdagi
narsalarni me’da osti bezi yo’liga erkin tushishiga sharoit tug’diradi
Patologik  antomiyasi.   Morfologik  o’zgarishlar  bezning  shishishi,
hol-hol   qon   qo’yilishi,   nekroz   bo’lishi,   biriktiruvchi   to’qima   o’sib
ketishi   va   bez   hujayra   elementlarining   asta-sekin   atrofiyaga   uchrab
borishi   bilan   ifodalanadi.     Bezning   ayrim   bo’lakchalari   orasi   ham,
ularning   ichida   ham   sklerotik   jarayon   avj   olib   boradi.   Kasllikning
dastlabki   davrida   bez   bir   qadar   kattalashadi,   keyinchalik   chandiqli
o’zgarishlar ham ohaklanish vujudga kelib, zichlashadi va kichrayadi.
Kilinik   ko’rinishi.   Xastalik   turiga,   kechishiga,   a’zolar
shikastlanish   darajasiga   bog’liq   bo’lib,   qo’yidagi   belgilar   bilan
ifodalanadi. 
-Qorinning   ustki   yarmida   simillab   turadigan   va   sanchiqsimon
og’riqlar bezovta qiladi. Agar potologik jarayon asosan me’da osti bezi
boshini zararlasa-og’riq epigastriya sohasining o’ng tomonida, aksariyat
va   tanasi   shikastlansa-og’riq   epigastriya   sohasining   chap   tomonida,
jarayon   bez   dumida   rivojlansa-og’riq   chap   qobirg’a   ostida   joylashadi.
Og’riq   ko’pincha   belga   beriladi   va   qamrab   oluvchi   xarakterda   bo’lib,
epigastriya   sohasidan   qobirg’a     yoyi   bo’ylab   umurtqa   pog’onasiga
tarqaladi.   Og’riq   gohida   stenokardiyaga   o’xshab   chap   kurakka,   chap
yelkaga   yo’nalishi   mumkin.   Og’riq   aksari,   ko’p   miqdorda   yog’li   ovqat yoki   ichkilikdan   keyin   paydo   bo’ladi.   og’riq   davomiyligi-bir   necha
soatda bir necha kungacha.
-Despepsiya   o’zgarishlari   –ishtaha   pasayishi   yoki   yo’qolishi,
yog’li ovqatga nefrat, ko’ngil aynishi va qusish, so’lak oqishi, qorinning
dam   bo’lib   turishi   va   quldirashi,   kekirish   surunkali   panreatitda   doimo
kuzatiladi.
-Najasning   xastalikka   xos   o’zgarishi- pankteatogen   ich   ketishi.
Surunkali   pankreatitning   yengil   holatida   naja   deyarli   o’zgarmaydi,   ich
surishining   ich   qotishi   bilan   almashinib   turishi   kuzatiladi.   Najas
qo’llansa   hidli,   kulrang   bo’tqasimon   bo’lib,   unda   bir   talay   yog’
(steatoriya-“yog’li   najas”)   va   hazm   bo’lmagan   mushak   tolalari
(kreatoriya) bo’ladi. 
-Me’da   osti   bezining   tashqi   sektori,   faoliyati   yetishmovchiligi,
hazm   qilish   ichakda   so’rilishi   jarayonining   buzilishi   natijasida   oriqlash
rivojlanadi. Bunga yana ishtahaning yo’qolishi ko’maklashadi.
-Ko’p   hollarda   me’da   osti   bezi   endokren   apparatining
buzilishlari   kuzatiladi.   Aksariyat   karbon     suv   modda   almashinuvi
buzilishi   birlamchi   pankreatitda   vujudga   keladi.   Pankretit   diabetida
o’ziga   xos   xususiyatlar   mavjud:   og’ir   darajadagi   holat   juda   kam
uchraydi, ketonuriya kuzatilmaydi, diabet komasi rivojlanmaydi. Bunda
diabet   odatda   pankreatit   belgilari   paydo   bo’lgandan   1-3   yil   o’tgach
vujudga   keladi.   Qonda   va   siydikda   qand   miqdorining   ko’payishi
patologik jarayon zo’rayishi bilan bog’liqdir.
-Ko’rishda     shishib   kattalashgan   me’da     osti   bezi   bosh   bilan
umumiy   o’t   yo’lining     bosilishi   natijasida   ba’zan   badan   terisi   va ko’zning   oqi   (sklerasi)   sarg’ayibroq   turgani,   qorin   terisi   ostida   qon
qo’yilib,  qolgani aniqlanadi. 
-Qorining chuqur   paypaslaganda   me’da osti bezi sohasida og’riq
seziladi.  Qorin devori yupqalashgan oriq bemorlarda gohida me’da osti
bezi yo’g’on qayish ko’rinishida qo’lga ushlanishi mumkin.
-Laborotoriya   tekshirishlari.   Surunkali   pankreatit   bilan
kasallangan   bemorlarda   ko’pincha   qonda   gimoxromli   anemiya,   og’ir
holatida   esa   neytrofilli   leykositoz   va   EchT   yuqoriligi,   globulinlar
miqdorining   ko’payishi   hisobga   diproteinemiya,   aminotranferazalar,
aldolazalar,   lipazalar   faolligining   oshishi,   qon   va   siydikda   amilaza
(diastaza), qand miqdorining ko’payishi kuzatiladi. 
-O’n ikki barmoq ichak   rentgentda     tekshirilganda  bez boshchasi
kattalashib   qolgani   tufayli   qovuzlog’ining   kengaygani   va   shakli
buzilgani aniqlanadi. 
-Ultratovush     bilan   tekshirishda   me’da   osti   bezida   o’zgarishlar
borligi ma’lum bo’ladi. 
 Surunkali pankreatit turlari.
a. Surunkali   qaytalanadigan   pankreatit- taxminan   60   foizi
holatlarda     uchraydi,   to’lqinsimon   kechishi   (remissiya   va   zo’rayish
davrlarining   almashinib   turishi)   va   kriz   xarakterida   bo’lishi     bilan
ifodalanadi,   xolestaz   va   nekroz   orti   krist   va   oqma   yara   hosil     bo’lishi
bilan   kuzatiladi.   Zo’rayish   davrida   qorinning   ustki   yarmida     kuchli
og’riq   xuruji   vujudga   keladi,   og’riq   qamrab   oluvchi   xarakterda   bo’lib,
badan uvishishi, harorat ko’tarilishi, ko’ngil aynishi, qusish, qorinni dam
bo’lishi,   qonda   leykositoz   va   siydikda   me’da   osti   bezi   fermentlari miqdorining   ko’tarilishi   bilan   kuzatiladi.   Og’riqlash   kaxeksiyasiga
rivojlanadi. Remissiya davrida pankreatit belgilari so’nadi.
b. Surunkali   og’riqli   pankreatit- deyarli   doimiy,   bir   necha   oyga
cho’zildigan   og’riq   bilan   kuzatiladi;   og’riq,   odatda,   kuchsiz,   ko’ngil
aynishi,   qusish,   ishtaha   pasayishi,     ich   ketishi,   leykositoz   bilan
ifodalanadi, lekin kriz xarakterida bo’lmaydi.
v .   Surunkali   “og’riqsiz”   yoki   “yashirin”   pankreatit- ko’pincha
surunkali alkogolizmga duchor bo’lgan   shaxslarda, o’t yo’llari,  me’da,
ichak   kasalliklarida   uchraydi.   Ovqatlanish   tartibi   buzilgandan   keyin,
ko’ngil   aynishi,   yog’simon   yopishqoq   najas   paydo   bo’ladi.   ishtaha
saqlangan   holda   tana   vazni   kamayishi,   terining   trofik   o’zgarishlari,
giperglikemiya,   tashqi   yoki   ichki   sekretsiyalarining     buzilish   belgilari
aniqlanadi.
g .   Soxta     o’smali   (psevdotumorozli)   pankreatit- 5-10   foiz
holatlarda,   aksariyat   alkogoliklarda     uchraydi.  Mazkur  xastalik   turining
asosiy   klinik   ko’rinishi-turg’un,   og’ishmay   ko’payib   boradigan   va
uzoqqa   cho’ziladigan   xarakterdagi   jarayon   me’da   osti   bezining   bosh
sohasiga     joylashadi   va   uni   anchagina     kattalashtiradi.   Sarg’ayishdan
tashqari barvaqt bezning funksional yetishmovchiligi belgilari (oriqlash,
dispepsiya o’zgarishlari) ham paydo bo’ladi.
d.   Sklerozlovchi     pankreatit.     Xastalikning   bu   turida   jigar
ostidagi   umumiy   o’t   yo’lining   zichlanib   qattiqlashgan   bez   to’qimasi
bilan ezilishi natijasida mexanik sariqlik kuzatiladi. 
   Asoratlari: 
-bezning absessga uchrashi.
-taloq venasida tromboz paydo bo’lishi.   Tashxisi.   Epigastriya   sohasida     yoki   chap   qovurg’a   ostida
joylashgan,   qamrab   oluvchi   xarakterdagi     og’riq,   uning   ovqatlanish
tartibi   buzilishi   bilan   bog’liqligi,   qusish   va   qayt   qilganda   bemor
ahvolining   yengillashmasligi,   beqaror   yog’li   najas,   laboratoriya
tekshirishlari   ma’lumotlari,   (qonda   va   siydikda   amilaza,   qonda   lipaza
faolligining   ortishi)   rentgen   va   ultratovush   ko’rsatkichlari   tashxisni
asoslaydi. 
Qiyosiy tashxisi. 
-Me’da osti bezi saratoni     tashxisini   aniqlashda asbob-uskunalar
yordamida   o’rkaziladigan   zamonaviy   tekshirish   usullari-
pankreatoangiorentgengrafiya,   pankreatoduktorentgenografiya
(virsungografiya) muhim ahamiyat kashf etadi. Bular duadenofibroskop,
exografiya,  radioizotop  skanirlash  va  kontrast   moddani  me’da  osti   bezi
shira chiqarish yo’liga yuborish orqali o’tkaziladi. 
-Surunkali   enteret,   surunkali   ichburug’,   ichak   sili
kasalliklaridan   surunkali   pankreatit   me’da   osti   bezining   funksional
tetishmovchiligi  belgilarining aniqlanishi bilan farqlanadi.
-Surunkali xolesistit, diskineziyasi, o’t tosh kasalligida  anamnez
ma’lumotlari   ahamiyatli.   Mazkur   kasalliklarda   og’riq   odatda   o’ng
qovurg’a  ostida joylashadi, o’ng kurakka va yelkaga tarqaladi, surunkali
pankreatitda   esa   og’riq   ko’pincha   epigatriya   sohasida   yoki   chap
qovurg’a   ostida   aniqlanadi   va   o’rab   oluvchi   xarakterda   bo’ladi.
Duodenum  suyuqligida  xolesistetda-ko’p miqdorda  leykositlar,   epiteley
hujayralari,   xolesestein   kristallari     aniqlanadi;   o’t   pufagi   bitib   yoki
burishib   qolishi   natijasida   o’tning   “V”   ulushi   ajralmaydi;     surunkali
pankreatitda     esa-asosiy   o’zgarishlar   oshqozon   osti   bezi   fermentlari miqdorida   kuzatiladi.     Rentgent   va   ultratovush   tekshirishlari   surunkali
xolesistetda   o’t   pufagi   shakli   va   qisqarish   qobiliyatining   buzilganligi,
devori holatini va unda ko’p krementlar borligini, surunkali pankreatitda
esa-me’da   osti       bezi   ohaklanishini,   hajmining   kattalashganligini
aniqlaydi. Lekin o’t yo’llari   va me’da osti bezi yallig’lanish holatlarini
birlikda uchrashishini  ham doimo yodda saqlash lozim.
  Kechishi. –uzoq   cho’zladigan   bo’lib,   vaqti-vaqti   bilan   bosilib   va
zo’rayib   turadi.   Me’da  osti  bezi   faoliyati   sezilarli   darajada   o’zgarmasa,
xastalik   oqibati   yaxshi,   agar   qandli   diabet   rivojlansa,   oqibati
yomonlashadi. 
  Davosi.   Konservativ   (terapevtik)   va   jarrohlik   usllari   bilan
bajariladi.   Surunkali   pankreatitning   asoratsiz   turida   konservativ
davolash qo’llaniladi. 
a. Xastalikning   zo’rayish   davrida   bezning   tashqi   sekretor
faoliyatini pasytiruvchi muolajalar buyuriladi.
-Och qolish, ma’danli suvlarni iste’mol qilish.
-Infuzion   terapiya-venaga   tomchilab   reopoliglyukin,   gemodez,
fiziologik eritma, agar qandli diabet bo’lmasa 5 foizli glyokoza eritmasi
yuboriladi.
-Antiferment   moddalar-gordoks,   kontrikal  yoki   trasilol,   selol   yoki
pantripin venaga tomchilab yuboriladi.
-Xolinolitiklar   (metasin,   atroppon,   platifillin),   spazmolitiklar
(papaverin,   noshpa),   ganglioblokatorlar   (benzogeksoniy,   kvateron,
serukal,   baralgin)   yallig’lanish   jarayonni   rivojlanishida   bakteriyalar
ishtiroki   aniqlansa,   antibiotiklar   (levamitsitin,   tetrasiklin,   morfosiklin,
siparin), lepotrop moddalar (lipokain, metionin) qo’llaniladi.  -Pankreatit   fermentlar-(pankreatit,   panzinorm,   festal)   o’rinbosar
davo   maqsadida   steatoriyani   davolash     va   og’riqni   kamaytirish   uchun
beriladi.
-Paranefral yoki paravertebral   novokainli blokada-og’riqni bosish
uchun tavsiya qilinadi.
b.   Xastalikni renissiya davrida:
-Parhez ovqat  qaynatilgan, bug’da dimlangan bo’lib, oz-ozdan iliq
holda   kuniga   5-6   marta   beriladi.   Taom   tarkibida   ko’p   miqdori   oqsil
(130-150g),   uning   yarmidan   ko’pi   hayvon   oqsili   (yog’iz   go’sht,   baliq,
tvorog,   pishloq),   yog’   (80-70g   gacha)   va   korbon   suvlar   (200-250g
gacha) kamaytiriladi.  Parhez taomni yetarli miqdorda vitaminlar, ka’liy,
kalsiy, fosfor tuzlari, temir tutuvchi mahsulotlar, lipotrop moddalar bilan
boyitiladi. Parhezning umumiy kaloriyasi 3500-4000 kkal bo’lishi kerak.
Ovqatlanishda ham sabzavot va mevalar, qora non, sut, xamir ovqatlar,
konservalar, spirtli ichimliklar iste’moli man etildi. 
-Pankereatit   fermentlar,   vitaminlar,   lipotrop,   moddalar   qabuli
davom ettiriladi. 
-Metabolik  ta’sir  ko’rsatuvchi  moddalar-pentoksil    0,2-0,4g gacha
4   mahal   yoki   metirulasil   1g   dan   kuniga   3-4   marta   3-4   hafta   davomida
qabul qilinadi. 
-Hamroh kasalliklarini davolash.
-Fizioterapiya   – ma’dan   suvlarni   iste’mol   qilish   davom   ettiriladi.
Epigastriya   sohasiga   UVCh,   SMT,   DMT,   UT,   novokain   va   papaverin
elektrofarezi.
-Xalq tabobati.  
a. Qorin og’rig’ini bosish uchun: -yalpiz o’simligidan  va qoraziradan choy damlab ichiladi. 
-Kartoshka   sharbatini  50ml  dan  ovqatlanishdan   30  daqiqa  oldin   4
mahal ichish zarur. 
-15g oqqayin kurtagini  ½  l  spirtga yoki aroqqa bir necha kun solib
qo’yiladi   va   15-20   tomchidan   kuniga   3   marta   ovqatdan   oldin   qabul
qilinadi. 
b. Ko’ngil aynishi va qusishni to’xtatish uchun: 
-   limon   po’stining   spirtdagi   damlamasidan   20-25   tomchisini
qaynatilgan   iliq   suvga   solib,   ovqatlanishi   15-20   daqiqa   oldin   3   mahal
ichish darkor. 
-   Qizil   qoraqat   sharbatidan   ¼   stakandan   ovqatlanishdan     oldin
kuniga 3-4 marta iste’mol qilinadi.
v.   Qorin   dimlanishini     kamaytirish   maqsadida   qo’yidagi   choralar
ko’riladi:
- qoringa isitqich qo’yiladi;
 - pista ko’mirning 3-4 donasini qaynatilgan iliq suv bilan yutiladi;
- 2 choy qoshiq maydalangan ukrop urug’ini 2stakan qaynoq suvda
10   daqiqa   damlanadi,   kuniga   ½   stakandan     ovqatlanishdan   30   daqiqa
oldin kuniga 3 marta ichiladi;
- 1 osh qoshiq sabzi urug’i 1 stakan qaynoq suv qo’yib, termosda
12 soat damlanadi, kuniga  ½  stakandan  ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin
kuniga 3 marta ichish tavsiya etiladi.
g.   Ishtahani   ochish   uchun   bo’ymardon,   bo’tako’z   va   gazak
o’tlardan   10  g   dan  olib   aralashtiriladi   va   1  osh   qoshiq   yig’mani   500ml
suvga   solib,   1   soat   damlanadi.   So’ngra   10   daqiqa   davomida   ohista qaynatiladi,   tindirib   kuniga   3   marta   ovqatlanishdan   30-40   daqiqa   oldin
½  stakandan iste’mol qilinadi. 
d.   Buzilgan   najas   ajralishini   davolahda   qo’yidagi   shifobaxsh
giyohlardan foydalaniladi:
-   kulrang   olcha   xuddi   mevasini   (4g)   200ml   qaynoq   suvda   2   soat
damlab qo’yiladi, suzib,   ¼  stakandan ovqatdanyarim soat oldin 3 mahal
ichish lozim. 
-   10g   quruq   dalachoyga   1   stakan   qaynab   turgan   suv   solib,   30
daqiqa   o’rab   qo’yiladi,   so’ngra   damlamani   1   osh   qoshiqdan   ovqatdan
so’ng 3-4 mahal qabul qilinadi.
y.   Me’da   osti   bezi   yallig’lanish   jarayonini   davolash   uchun   uch
bo’lakli   qoraqiz   (ittikanak)   qariqiz   ildizi,   achchiq   shuvoq,   dalachoy
dorivor   marmarak,   botqoq   gnafaliumi,     o’simliklari,   qora   andiz   ildizi,
moychechak   va   kalendula   gullaridan     10   g   dan   olib   aralashtiriladi   va
yig’maga   500   ml   qaynoq   suv   solib   damlanadi,   so’ngra   suzib,   ½
stakandan ovqatdan 30 daqiqa oldin 3 mahal ichiladi.
 Profilaktikasi. 
a. Surunkali   pankreatitning   vujudga   kelishida   etiologik   rol
o’ynaydigan kasalliklarni (oshqozon, ichak, o’t yo’llari kasalliklari) o’z
vaqtida to’la-to’kis davolash.
b. Surunkli zaharlanishga (alkogolizm, saturnizm) barham berish.
v.  Tartibli ovqatlanish
g.  Semirishni oldini olish
Surunkali   gastrit-me’daning   surunkali  distrofik  yallig’lanishi
bo’lib,   unda   me’daning   shira   ajratish   va   marom   bilan   harakat   qilishi buziladi.     Surunkali   gastrit   ovqat   hazm   qilish   organlari   kasalliklari
orasida yetakchi o’rin egallaydi. 
Etiologiyasi.   Rivojlanish   sabablari   ko’p,   aksariyat   hollarda
bir necha sabablardan rivojlanishi mumkin. 
1. Egzogen sabablar.
2. Endogen sabablar
Egzogen   sabablarga:   surunkali   gastritning   kelib   chiqishida
1982 yilda Avstraliyalik  olimlar  Varren, Matchel, spiralga o’xshagagan
bakteriyaning   rolini   ta’kidlaydilar.   Uning   nomini   Kampil   piloriy
bakteriyasi   deb   atagan.   Oshqozon   shililq   qavati   biopsiya   qilib
tekshirilganda   shu   mikrob   100%   hollarda   topilgan.   Ovqatlanishning
buzilishi.   (ovqatlanish   me’yorining   buzilishi,   o’ta   to’yib   ovqatlanish,
to’liq   chaynamasdan   yutish,   qattiq,   achchiq,   issiq   ovqatlar   iste’mol
qilish).   Chekish   va   spirtli   ichimliklar   ichish.   Asabiy   zo’riqish.   Kasbga
oid   zararli   moddalar.   (metal,   paxta   changlari,   kislota   va   ishqorlar).
Dorivor moddalarni uzoq vaqt iste’mol qilish.
Endogen sabablarga: surunkali yallig’lanish (og’iz bo’shlig’i
va xalqumning, nafas olish organlarning yallig’lanish kasalliklari, o’pka
sili, surunkali xolesistit, enteropolit) kiradi. Endokrin bezlar kasalliklari
(Addisson   kasalligi,   gipotireoz,   bo’qoq,   Isenko   Kushing     kasalligi,
qandli diabet). Kasallangan organlardan reflektor ta’sir etishi (xoletsistit,
gipotet).   Modda   almashinuvining   buzilishi   (o’ta   semizlik   organizmda
temir moddasining yetishmasligi, podagra). To’qima gepoksiyasiga olib
keluvchi   kasalliklar   (yurak   tomir   yetishmovchiligi,   jigar   va   buyrak
yetishmovchiligi).  Allergiya  natijasidagi   surunkali   gastrit.   O’tkir   gastrit
o’z vaqtida davolanmasligi.   Patogenezi.   Gastrit   rivojlanishida   ekzogen   va   endogen
sabablarning uzoq vaqt ta’sir etib turishi kuzatiladi.
Gastrit   rivojlanishida   qatnashadigan   muhim   omil   me’daning
harakat   vazifasining   buzilishi   hisoblanadi.   U   me’da   mushak   pardasini
tonusining yo kuchayishi, yoki keskin pasayishi  bilan o’tadi.  Har ikkala
holda ham ovqat  hazm qilish jarayoni o’zgaradi va me’da shilliq pardasi
yallig’lanib, o’zgarib, vaqt o’tishi bilan surunkali xarakter oladi. 
I. Me’da   devori   hujayralarida   xlorid   kislota   ishlab
chiqarishning     buzilishi,   harakat   va   evakuator   vazifasining,   me’da
devorida qon aylanishining buzilishi me’dada o’zgarishlarga olib keladi.
1. Ko’p   ishlanishi   natijasida   vodorod,   ioni   ko’payib,
sulfatazaning   aktivligini   susaytiradi,   sulfataza   me’da   shirasi   tarkibining
buzilishiga olib keladi. 
2. Harakat  va  evakuator   vazifasining  buzilishi:   a)  og’riq   paydo
bo’lishiga;   b)   me’da   va   ichak   dispepsiyasi     simptomlariga;   v)   me’da
shirasining buzilishiga olib keladi.
Shunday qilib, me’daning harakati va evakuator vazifasining
buzilishi,  o’n ikki  barmoq ichak  ishirasining  me’daga  otilishi  kuzatilib,
unda   oshqozon   osti   bezining   shirasi   va   o’t     kislotasi   me’dada   sof
vodorod   ioni   hosil   bo’lishini   kuchaytiradi.   Bu   esa   me’da   shirasi
ajralishini   susaytiradi,   uning   vazifasini   pasaytiradi,   natijada   me’da
shilliq pardasini tubdan o’zgartiradi. Me’da shilliq osti qavatida arteriya
va   vena   tomirlar   orasida   qo’shimcha   yo’l   ochilib,   bu   esa   me’da
devorining   kamqonligiga   olib   kelib,   uning   regenator   vazifasini
buzilishiga olib keladi.  II.   Epitelial   bezlar   regeneratsiyasining   buzilishi   surunkali
gastritning   rivojlanihida   asosiy   rol   o’ynaydi.   Boshqa   hamma   hollar
egzogen     va   endogen   sabablarning,   me’da   shilliq   pardasining
jarohatlanishi   natijasidir.   Kasallik   rivojlanishida   shilliq   parda   ostida
shish   va   yallig’lanish   vujudga   keladi.   Surunkali   gastritda   me’da   shilliq
qavatining   tarkibi   o’zgaradi,   plazmatik   to’qimalar   kuchayib,   qalin
to’qimalar kamayadi. 
Klinik   manzarasi.       Bemorlarning   qorinda   to’sh   osti
sohasidagi   doimiy   o’rtacha   og’riqdan,   ishtaha   pasaygani,   og’izdan
yoqimsimsiz   maza   bo’lib   turishi,   yeyilgan   ovqat   ba’zan   palag’ag’da
tuxum,   achchiq   suyuqlik   bilan   kekirish,   zarda   qaynashi,   ba’zan
qusishdan   noliydilar.   Og’riq   me’da   muskullarining   cho’zilib   ketganligi
yoki,   tortishib   qisqarishi   sababli   paydo   bo’ladi.   yallig’langan   shilliq
parda har qanday mexanik ta’surotda og’riq manbai bo’lib qoladi. 
Siqilishdan   kelib   chiqadigan   og’riqqa   me’da   shirasi
kislotaligining oshganligi sabab bo’lishi mumkin. Agar o’nikki barmoqli
ichakka   me’da   shirasi   bilan   konsentrlangan   xlorid   kislota   tushsa   va   u
o’nikki   barmoqli   ichakning   ishqoriy   eritmasi   bilan   neytrallanmasa,   bu
hollatda   shilliq   parda   uzoq   vaqtgacha   ta’sirlanib   qoladi.   Bu   o’z
navbatida   pilorusning   ko’p   vaqtgacha   reflettor   siqilishh   holatida
bo’lishiga olib keladi, bu og’riqqa sabab bo’ladi. 
Nordon me’da shirasi ajralishi me’daga ovqat tushganda ro’y
beradi, shuning uchun og’riq ovqat yeyish bilan bog’liq bo’ladi. Me’da
nordon   suyuqlikdan   ozod   bo’lganda   pilorusning   reflektor   spazmi
to’xtaydi,   shuning   uchun   me’dadagi   og’riq   pasayadi   yoki   qusishdan,
me’da shirasining xlorid kislotani neytrallashga yordam beradigan natriy gidrokarbonat   ichilgandan   keyin   batamom   to’xtaydi.   Agar   og’riq   shira
haydaydigan   ovqat   yeyilgandan   keyin   paydo   bo’lsa,   og’riqqa   me’da
shirasining   ortiqcha   ajralishi   sabab   bo’lganligi   haqida   fikr   yuritish
mumkin. 
Me’da va qo’shni a’zolar (jigar, o’t qopchasi, me’da osti bezi,
yo’g’on   ichak,     qorinning   oldingi   devori)   o’rtasida   hosil   bo’lgan
bitishmalar     bemor   u   yonboshidan,   bu   yonboshiga   ag’darilganda,
kuchanganida,   gavdasini   orqaga   engashtirganida,   balan   joydan   biron
narsani olishga urinib cho’zilganida  og’riq paydo bo’lishiga olib keladi.
Kasallikning   ko’p   uchraydigan   belgilaridan   biri   zarda
qaynash   hisoblanadi.   Zarda   qaynashiga   me’da   muskullarining   keskin
qisqarishi   sabab   bo’ladi,   uning   suyuqligi,   xususan   xlorid   kislota,
qizilo’ngachning pastki qismiga otilib chiqadi va uning shilliq pardasini
ta’sirlantiradi.   Zarda   qaynashidan   tashqari,   achchiq   kekirish   va   qayt
qilish   kuzatiladi.   Sekretor   yetishmovchiligi   bilan   o’tadigan   gastritda
to’sh   osti   sohasida   oz-moz   og’riq,   og’riqlik   sezgisi,   yeyilgan   ovqat,
palag’gda tuxum hidi, yoki havo bilan kekirish qayt etiladi.  Bemorning
umumiy   ahvoli   unchalik   yaxshi   bo’lmaydi,   ishtahasi   yomonlashadi,
mehnat qobiliyati pasayadi, ichi suyuq ketadi. 
Gastrit monoton (bir xil)  kechadi, bemorlarni kuzatish bemor
ahvolining     yomonlashganini   ko’rsatmasa-da,   ayni   vaqtda   “tinch”
davrlar ham bo’lmaydi. Sekretsiyasi pasaygan gastriit aksariyat shunday
kechadi.   Oshgan   yoki   normal   sekretsiyada   kasallik   to’lqinsimon
rivojlanadi:   qo’zish   davrlari   jarayonining     so’nish   davrlari   bilan
almashinib turadi. Qusish-gastritda   doimiy   belgidir,   aksariyat   u   pasaygan
sekretsiyali   gastritda   me’dada   ovqat   moddasi   yoki   suyuqlik   tutilib
qoladigan   me’daning   harakat   vazifasi   susayganda   ko’riladi.   Me’da
anchagina   to’lib   ketganda   uning   muskulaturasi   reflektor   siqilishiga
uchraydi. Ovqat qizilo’ngachning  pastki  qismiga  o’tib,  qusuq massalari
ko’rinishida   tashqariga   otiladi.   Surunkali   gastritning   abyektiv   belgilari
ko’p   emas.   Til   oqimtir   karash   bilan   qoplanishi   mumkin.   Qorinni
palpatsiya   qilib   ko’rilganda   to’sh   osti   sohasida     og’riq   qayt   qilinadi,
biroq ayrim hollarda og’riq bo’lmaydi.
Aksariyat   surunkali   gatrit   qorin   bo’shlig’idagi     boshqa
a’zolarning   potologik   buzilishi   bilan   o’tadi   va   bu   holda   yangi   klinik
belgilar   paydo   bo’ladi.   Kasallikka   o’t   ajratuv   tizimi   jalb   etganda   o’ng
qovurg’alar ostida og’riq va o’t yo’llari   kasalliklariga aloqador belgilar
aniqlanadi. Kolit rivojlanganda yo’g’on ichak yo’li bilan og’riq bo’ladi.
Tashxisi.     Me’da   kasalligini,   xususan   gastritni   tashxislash
uchun zondlashning ahamiyati katta. 
Axlatni   yashirin   qon   borligiga   tekshirish   g’oyat   muhim.   Bu
me’dadan   yashirin   qon   ketayotganligini     aniqlashga   imkon   beradi.
So’ngi vaqtlarda elastik gastrofibroskoplar tobora keng tarqalib boryapti.
Ular me’da shilliq pardasi va o’nikki barmoq ichak   so’g’onini ko’zdan
kechirishnigina emas, balki, biopsiyasiya qilish, suratga olish va zarurat
bo’lganda   me’da   peristaltikasini   kinoga   olishga   ham   imkon   beradi.
Me’da   va   o’n   ikki   barmoq   ichakdagi   potologik   o’zgarishlar   to’g’risida
batavsil tasavvur hosil qilishga  yordam beradi. 
Me’daninig   tekshirish   usullaridan   gastroelektrografiya   va
radio telemetriya tashxis qo’yishda zarur ma’lumotlar beradi . Davosi.   Davoni   mehnat   va   turmush   tartibini   me’yorga
keltirishdan   boshlanadi.   Har   bir   bemor   uchun   shaxsiy   davo   tadbirlarini
davolovchi vrach belgilaydi.  Davolashning ayrim umumiy prinsiplariga
to’xtalib o’tamiz. 
Bemor   ovqatni   o’z-o’zdan   nisbatan   qisqa   vaqt   oraliqdagi
(kuniga   56   marta)   ma’lum   soatlardagina   yeyishi   kerak.     Jismoniy   va
ruhiy   zo’riqishlardan   saqlanish   zarur.   Bemor   uyda   ovqatdan   keyin
o’rinda   qorniga   iliq   isitqich   qo’yib   yotib   dam   olishi   kerak.   Gastrit
qo’zimagan   davrlarda     bemor   ambulatoriyada   davo   oladi.   Tibbiyot
hamshirasi   ayrim   davo   muolajalarini   ado   qila   olishi,   masalan,   me’dani
yuvishni bilishi kerak.  Me’dani yuvish ayniqsa me’da zondi yordamida
qatiyan vrach ko’rsatmasi bo’yicha bajariladi. 
Ayrim   hollarda   vrach   ma’dani   “xonaki   usul”   da-zondsiz
yuvishni   tavsiya   qiladi.   Bu   davo   chorasi   shunga   asoslanganki,   qator
kasallik  sezgilarini  (to’sh  ostida  og’irlik  sezgisi,  ko’ngil  aynishi,  so’lak
oqishi)  paydo  qiladigsn   ko’p  miqdordagi    shilimshiqni  me’dadan  suniy
qustirish   yordamida   chiqariladi.   Buning   uchun   ozroq   natriy   korbinatni
(har   bir   stakan   ichimlik   suvga   ½   choy   qoshiqda)   4-5   stakan   iliq   suvda
eritiladi.  Bemor 4-5 stakan eritmaning hammasini ichadi, shundan so’ng
barmoqlari   bilan   til   ildiziga   ta’sirlantirib   qayt   qiladi.   Ba’zan   me’da
mineral   suv   bilan   yuviladi.   Me’dani   necha   marta   yuvish   kerakligini
vrach belgilaydi. Bu jarayonning og’ir-yengilligiga bog’liq. 
Zaharlanish   bilan   bog’liq   o’tkir   gastrit   da   va   diagnozni
aniqlash   talab   etiladigan   hollarda   yuvindi   suvni   laboratoriya
tekshirishlari    uchun qoldiriladi.  ularni  toza idishga yig’iladi  va og’zini
mahkam berkitib salqin joyda saqlanadi.    Me’dasi   yuvilgan   bemor   512   minutgacha   qorniga   iliq
isitgich  qo’yib yotishi  kerak. Isitgich  og’irlashib  ketmasligi uchun ko’p
suv   quymaslik   lozim,   isitgichdagi   suv   juda   ham   qaynoq   bo’lmaligi
kerak. Uni qoringa to’g’ridan-to’g’ri qo’ymay, masalan ikki qavat qilib
buklangan sochiq ustidan qo’yish kerak. 
Parhez   ovqatlarning   ahamiyati   katta.   Surunkali   gastriti
qo’zigan   bemorga   dastlabki   kunlarda   ovqat   yeyishga   ruxsat   etilmaydi,
surunkali   gastritning   o’rtacha   ifodalangan     hollarida,   ayniqsa   remissiya
bosqichida   parhez   ovqatlar   birmuncha   xilma-xil   bo’ladi.   Parhez
tayinlashda   ko’pgina   omillar:   yosh   xususiyatlari,   bemorning   odatlarini
hisobga olish kerak.
Surunkali   gastritli   bemorning   taxminiy   menyusi
organizmning   hayot   faoliyati   uchun   zarur   barcha   ovqatlanish
kopmonentlari (oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar)ni o’z ichiga
oladi.   Ertalabki   birinchi   marta   yeyiladigan   ovqat   hajmi   jihatidan   katta
bo’lmasligi   kerak,   chunki   uyqudan   keyin   hazm   shiralari   birmuncha
sekinlashgan   bo’ladi.   Ovqat   mahsulotlarining   bir   qismi   ichakni
ta’sirlantirishi   va   uning   ishini   buzilishi   (masalan,   ich   ketishi)   mumkin.
Nonushtaga   yaxshisi   manniy   bo’tqasi     yoki   guruchli   bo’tqa,   bug’da
pishgan   kotlet   yeyish,   bir   stakan   qaynoq   bo’lmagan   suyuqroq   choy
ichish   kerak,   shuningdek   kartoshka   yoki   sabzi   pyuresi,   bug’da   pishgan
oqsilli   amlet,   qaynatilgan   yog’siz   baliq,   qaynatilgan   gulkaram,
qaynatilgan lavlagi tavsiya etilishi mumkin. 
Kofe,   kakao   ichmaslik   kerak,   chunki   bu   ichimliklar   me’da
shilliq   pardasiga   yomon   ta’sir   qiladigan   moddalar   saqlaydi.   Qalampir,
xantal,   yer   qalampir,   sirka   ratsiondan   chiqariladi.   Hazm   shirasi sekretsiyasi   buzilganda   ovqat   yaxshi   hazm   bo’lmaydi,   shuning   uchun
ko’p ovqat yeyish bemorning hazm apparatiga yomon ta’sir qiladi. 
Nonushtadan   keyin   2-3   soat   o’tgach   ikkinchi   marta   ovqat
yeyish   mumkin.   Olma,   olcha,   olxo’ri,   malina   yoki   qora   smorodinadan
tayyorlangan kompot yoki suyuq kompotdan bir stakan, shuningdek sut,
bir   kunlik   qatiq   yoki   yangi   kefirdan   bir   stakan   ichish   mumkin.
Yong’oqdan   tayyorlangan   kofeni   sut   bilan   ichishga   ruxsat   etiladi.
Ko’rsatib   o’tilgan   ichimliklarni   biri   blan   buterbrot   (bir   kunlik   oq   non
burdasini   ozgina   yangi   sariyog’,   qora   smorodina   yoki   olma   shinnisi
bilan) yeyish mumkin. 
2-nonshtadan   keyin   2-3   soat   o’tgach   uchinchi   marta   ovqat
yeyish   kerak.   Yaxna   ovqat-vinegret   (ozgina   kungaboqar   moyi
qo’shilgan   qaynatilgan   kartoshka,   lavlagi,   sabzi).   Birinchi   ovqatga
taxminan   yarim   likopcha   sho’rvo   beriladi.   Go’sht,   tovuq,   baliq
bulyonlari   shira   haydovchi   ta’siriga   ega   va   sekretsiyasi   pasaygan
gastritda     berilishi   lozim.   Sabzavotli   sho’rvalar,   shuningdek   yangi
karamdan   tayyorlangan   sho’rvadan   tashqari,   tushlik   ovqat   menyusiga
suli   vermishel yoki guruchli sho’rvalar, ikkinchi ovqatga go’sht, baliq,
tovuqdan bug’da pishgan  kotlet,  qaynatilgan  tovuq go’shti,  qaynatilgan
yog’siz baliq, garniriga kartoshka yoki olma, pishmagan nok, qizil va oq
smorodina,   ryabinadan   tayyorlanmaslik   kerak.   Qand   sharbatida
pishirilgan   olmalar,   meva   va   danakli   meva   mussi;   qand   kukuni   bilan
ko’pchitilgan   oqsil,   shakar   bilan   ko’pchitilgan   qaymoq,   ozroq
muzqaymoq,   vitaminlarga   boy   meva   suvlari   va   sharbatlari   tavsiya
qilinadi.  Tushlikdan 2-3 soat o’tgach tushlikdan keyin ovqat (poldnik)
bir stakan choy bilan bulochka yoki buterbrod bilan ozroq yangi sariyog’
yoki kefir, bir kunlik prostokvasham sut, kompot, kisel beriladi. 
Beshinchi   marta   kechki   ovqat   yeyiladi:   qaynatilgan
kartoshka,   do’lma,   meva   sharbati,     qo’shilgan   guruchli   yoki   mannaya
bo’tqa,     tvorog   bilan   sut,     jigar   pashtet,   ilitilgan   tuxum,   suyuqroq   qilib
damlangan choy, qandli iliq sut.
Agar   gastritli   bemor   kech   soat   7-8   da   ovqatlansa,   shundan
keyin   yana   bedor   bo’lib,   ishtaha   qo’zg’aydigan   biror   ishni   bajara
oladigan bo’lsa, uyqudan oldin yana ozroq ovqat yeyishi mumkin.  O’z-
o’zidan ravshanki, bemorning o’ziga xos  odatlarini hisobga olish kerak.
Agar biz gastritli bemorga 5-6 marta ovqatlanishni tavsiya  etar ekanmiz,
har gal ovqatning miqdori  ko’p bo’lmasligiga ahamiyat berish kerak. 
Me’da   shirasi   seketsiyasi   oshgan   bo’lsa,   ichi   bo’sh   me’da
shilliq pardasiga xlorid kislotaning ta’sir qilishi,  ko’ngildagidek bo’ladi.
Bunday   hollarda   kuniga     5-6   marta   ovqat   yeyish   o’zini,   to’la-to’kis
oqlaydi.     Bemor   tunda   ichi   achishib   ketayotganidan   uyg’onib   ketsa,
tayyorlab qo’yilgan bir stakan sut, kompot yoki suyuq kisel ichib yotishi
kerak. 
Gastritga   davo   qilishga   to’g’ri   tayinlangan   parhez
ovqatlarining katta ahamiyati borligini unutmaslik kerak.
1. me’daning   yallig’langan   shilliq   pardasiga   parhezdan   tashqari
qo’yidagi dori moddalari ishlatiladi.
A) pirimidin  asosli,  metilurasil  0,5  g  dan  kuniga   3  marta   3-4
hafta, pentoksil 0,1 g dan kuniga 3 marta, 2-3 hafta.  B) anabolik   garmonlar;     nerobol   0,005   g   kuniga   3   marta,
retabolil 50 mg mushak orasiga  har 10-14 kunda bir marta. 
V) vitaminlar; B
1 , B
6  5% -1,0 mushak orasiga askorbin kislota 5%-
2,0 mushak orasiga 2-3 hafta mobaynida.
G) me’da devorning qon aylanishini yaxshilash uchun 2ml mushak
orasiga kuniga 1 marta bir oy mobaynida qo’llaniladi. 
2. Me’da   shirasi   ishlab   chiqarishni   yaxshilash,   me’da   ichidagi
kimyoviy o’zgarishlarni yo’lga solish uchun, a) sof me’da shirasi 1 osh
qoshiqdan 3 marta ovqat bilan birga beriladi.
3. Me’daning harakat vazifasiga ta’sir etish a) silliq muskulatura
tonusiga   ta’sir   etish:   papaverin,   no-shpa   0,08   g   3-4   marta   yoki   2%-2,0
mushak orasiga,  serukal 10 mg dan kuniga 2-3 marta ovqatdan oldin; b)
xolinoblokatorlar:   atropon   sulfat   0,1%   eritmadan   6-8   tomcho   ovqatdan
30-40   min   oldin,   platifillin   1ml   0,2%   li   eritma   teri   ostiga;   v)
fizioterapevtik   usul,   issiqlik   bilan   davolash   usullari   (induktotermiya,
parafin   applikatsiyasi,   ozokerit).   Kalsiyni   novokain   bilan   elektroforez
qilish.
4. Ichakdan   ovqat   hazm   bo’lish   jarayonini   yo’lga   solish:   a)
fermentli   dori   moddalari   buyurish:   panzinorm   1   tabletkadan   3   marta
ovqat bilan, pankreatit 1 g dan 3 marta ovqatdan oldin. 
b) enteroseptol,  meksaform,  intestopan  ichak mikroflorasiga  ta’sir
etadi. 
Sanatoriy-kurortda   davolanish   ham   g’oyat   muhim.   Bizning
mamlakatimizda bunday davo Chinobod, Toshkent mineral suvlari kabi
mashhur   kurortlarda   va   boshqa   mahalliy   kurortlarda   olib   boriladi.
Mineral suv (boshqa davolash tadbirlari bilan birga) kasallik qo’ziganda ambulatoriya   va   shifoxonada   davolash     davrida   ham   qo’llaniladi.
Mineral   suvlardan   karbonatli   yoki   xlorid–gidrokarbonat-natriyli   suvlar
juda   yaxshi   foyda   beradi.   Ularni   kuniga   2-3   marta   ovqatdan   oldin   ½
stakandan ilitilgan holda tayinlandi. 
Surunkali   gastritda   ular   hazm   bezlari   faoliyatini   yaxshilaydi,
me’daning   sekretor   va   mator   faoliyatini   ketishiga   va   haydaishiga
yordam   beradi.   Davolashni   odatda   kam   minerallangan   suvlardan
boshlanadi,   asta-sekin   ko’proq   munerallangan   suvlardan   o’tiladi.
Sekretsiya   ajralishi   va   me’da   suyuqligi     kislotaliligi     oshgan   gastritda
odatda   borjom,   sekretsiyasi   pasaygan   gastritda   Essintuki   №   17
tayinlanadi. 
Profilaktikasi.     Avvalo o’tkir gastrit profilaktikasidan iborat
bo’lib,   bu   ovqatdan   zaharlanish,   sanoat   va   maishiy   zaharlardan
zaharlanishning   oldini   olishni   o’z   ichiga   oladi.   Oziq-ovqat
mahsulotlariga   yaxshi   pazandalik   ishlovi   berishga,   ayniqsa   yirik
umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlash jarayoni ustidan sanitariya
nazorati   olib   borish   ovqatdan   zaharlanishdan   saqlab   qoladi.   Surunkali
gastritning   oldini   olish   uchun   qorin   bo’shlig’i   a’zolarining   ham   o’tkir,
ham   surunkali   yallig’lanish   kasalliklari:   kolit   (yo’g’on   ichak
yallig’lanishi),   xolesistet   (o’t   qopchasi   yallig’lanishi),   appendiset
(chuvalchangsimon   o’siq   yallig’lanishi)   ga   qunt   bilan   o’z   vaqtida   davo
qilish   zarur.   Bundan   tahqari,   otit,   gaymorit,   kabilarni   o’z   vaqtida
davolashning ahamiyati ham katta. 
Spirtli   ichimlikni,   ayniqsa   qo’lda   tayyorlangan   alkogolli
ichimliklarni   suiste’mol   qilishga   qarshi   uzil-kesil   kurash   olib   borish
zarur.   Samogonda   juda   ko’p   zararli   birikmalar   (sivush   moyi)   bo’ladi, ular   me’da   shilliq   pardasi   avvaliga   birmuncha   qalin   tortadi,   so’ngra
atrofiyaga   uchraydi.   Buzilib   qolgan   oziq-ovqat   mahsulotlarini,
pazandalik   jihatidan   yetarlicha   ishlov   berilmagan     ovqatni   yeyish
mumkin emas,  o’tkir ziravorlarga ruju ruju qilmaslik kerak. 
Birlamchi   va   ikkilamchi   profilaktika   degan   tushuncha
mavjud.     Agar   gastrit   kasalligi   (o’tkir   va   surunkali)     profilaktikasi
birlamchi   bo’lsa,   surunkali   gastrit   asoratlarining   profilaktikasi
ikkilamchi   hisoblanadi.     Surunkali   gastrit   profilaktikasining   uning
zo’rayishining   oldini   olishdir.   Agar   davo   tadbirlari     bilan   potologik
jarayonni to’xtatishga va hatto me’daning normal faoliyatlarini   amalga
tiklashga muvaffaq bo’linsa,  remissiya bosqichi  (baqaror yaxshilanish)
yuz beradi.  Bu davrda gastrit zo’rayishining  oldini olish uchun,  bemor
kuntartibiga   ayniqsa     qattiq   rioya   qilishi   kerak.     Bu   avvalo   me’yorli
ovqatlanish   tartibi,   mehnat   va   dam   olish   davrlarini   to’g’ri   alishtirib
turishdan iborat. 
Surunkali   gastritli   bemorning   ovqatlanish   ritmi   buzilishi   va
ichakni   o’z   vaqtida   bo’shatib,     bo’lmasligi   bilan   bog’liq   ishni   bajarishi
tavsiya   etilmaydi,   bu   ham   hazm   apparatining     har   qanday   kasalligida
ayniqsa zararli. Bundan tashqari, bemor juda issiq ovqat, o’tkir taomlar,
sho’r   va   dudlangan   mahsulotlar   yeyish   mumkin   emas.   Gastritda   ovqat
hazm   qilish   jarayoni   buzilgan,   shuning   uchun   ovqat   me’daga   mexanik
jihatdan yaxshi ishlov berilib turilishi kerak. Buning uchun go’sht qiyma
qilinadi,     sabzavotlar   qirg’ichda   maydalanadi   va   hokazo.   Biroq   og’iz
bo’shlig’ida   ovqatga   mexanik   ishlov   berishda   to’la   qimmatli   chaynov
apparati   muhim   rol   o’ynaydi,   shuning   uchun   tishlarni   o’z   vaqtida davolatish  va  kerak   bo’lsa  suniy  tish  qo’ydirish   me’da  kasalliklari,  shu
jumladan gastrit profilaktikasining chorasi hisoblanadi.      
Kontrol savollar.
1. Surunkali   pankreatit   (SP)   ning   yuzaga   kelishida   qanday
asosiy va ko’maklashuvchi omillar ishtirok etadi.
2. SP rivojlanishi mexanizmlarini tariflang. 
3. SP klinik ko’rinishi  qanday belgilar bilan ifodalanadi.
4. SP   bilan   og’rigan   bemorlar   qonidagi   o’zgarishlarni
izohlang.
5. SP ning qanday turlari tafovut qilinadi.
6. SP   zo’rayishii   tashxislaydigan   muhim   ahamiyatga   ega
bo’lgan laboratoriya ko’rsatkichlarini ayting.  Adabiyotlar:
1. Ichki kasalliklar F.I.Kamarov, V.G.Kukes., A.S. Smetnyov., Tibbiyot 
nashriyoti, Moskva 1981 yil 4-85 betlar.
2. Ichki kasalliklar O’.B. Sharopov. Abu Ali Ibn Sino nashriyoti 
Toshkent 1994 yil.
3. Ichki kasalliklar S.N.Bobojonov, Abu Ali Ibn Sino Toshkent 2003 yil. 
4. Tibbiyot hamshiralari o’quv qo’llanmasi  Ramazonova R.A. Syomina 
Yu. G. Toshkent  O’qituvchi  nashriyoti  224-232 betlar.

Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit Reja: 1. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari haqida umumiy ma'lumot. 2. Surunkali pankreatit kasalligining etiologiyasi va patogenezi. 3. Surunkali pankreatit kasalligining klinik belgilari, davosi va oldini olish. 4. Surunkali gastrit etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, davosi va oldini olish.

Hazm tizimi kasalliklari, ichki kasalliklar orasida muhim o’rin egallaydi. Bu holat mazkur kasalliklarning ayniqsa, yosh va mehnatga qobiliyatli aholi orasida keng tarqalishi bilan bog’liq. Hazm tizimi doimo tashqiy muhit omillari, birinchi navbatda ovqatlanish tabiati, mehnat va turmush sharoitlari ta’siri ostida turadi. Yangi endoskop va ultra tovush tekshirish usullari paydo bo’lishi, hamda xastalikning oldini olish va davolashdagi yutuqlar natijasida gastroenterologiya oxirgi 30 yil ichida juda tez rivojlandi. Zamonaviy klinik gastroenterologiya fanlari o’rtasidagi mutaxassislik hisoblanadi, uni mukammal o’rganish ko’p kuch talab qiladi. Hazm a’zolari kasalliklariga qizilo’ngach, me’da, ichak, jigar, me’da osti bezi kasalliklari kiradi. Tarifi. Surunkali-pankreatit-fermentlarining o’z-o’zidan faollashishi ta’sirida me’da osti bezining autilizi (yemirilishi ) bilan ifodalanadi. Tarqalishi. Surunkali pankreatit har xil yoshda, ayniqsa 35-45 yashar ayollarda ko’p uchraydi. Bu xastalik 10000 shahar aholisi soniga o’rta hisobda 22 tadan to’g’ri keldi. Qishloqliklar shaharliklarga nisbatan kamroq xastalanadilar (10:10000). Tasnifi. a. Surunkali kalsifikatsiyalovchi pankreatit ( 49-95 foiz holatda). a. Surunkali obstruktiv pankreatit. v. Surunkali fibrozli- indurativ pankreatit g. Me’da osti bezining kislotasi (pufagi) yoki soxta kislotasi. Etiologiyasi. - O’tkir pankreatitning to’la-to’kis davolanmasligi - Alkogolizm

- O’t yo’llari, me’da va o’n ikki barmoq ichak kasalliklari (o’t tosh kasalliklari, o’n ikki barmoq diverkulasi, surunkali gastrit). - Alimentar omil-ovqatlanish tartibining buzilishi, taom tarkibida oqsil, yog’lar, antioksidantlar tanqisligi. -Gormonal va modda almashinuvi buzilishlari-giperlipidemiya, giperkalsimiya. -Har xil zaharli moddalar (kimyoviy, dori preparatlari) ta’siri. -Qon tomir sistemasi o’zgarishlari tufayli vujudga keladigan qon tomirlar spazmi, emlobiya va tombozlar ta’sirida me’da osti bezida mahalliy qon aylanishining buzilishi. -Allergik reaksiyalar -Nasliy moyillik Patogenezi. a. O’t-tosh kasalligida o’t yo’li pankreas yo’li bilan qo’shilib, umumiy yo’lini tashkil qilsa, (jigar-pankreas naychasining sfinkteri chandiqlansa yoki naycha tosh bilan bekilsa) o’t (odatda infeksirlangan) pankreas to’liga tushadi va pankreas shirasi fermentlarini faollashtiradi. b. Pankreas yo’li tosh bilan to’kilganda, uning shilliq pardasi shishganda pankreas shirasi oqimining buzilishi, (dimlanishi), fermentlar faollashuvi vujudga keladi. Buning natijasida qon qo’yilishi yoki yog’ nekrozlari bilan me’da osti bezi parenxemasining fermentativ hazm qilinishi (autolizm) rivojlanadi. v. Pankreatit rivojlanihi mexanizmida bezning ko’tarilib chiqadigan shira yo’llarining ikkilamchi infeksiyasi ham muhim rol o’ynaydi.

Moyil omillar. -Faterev so’rg’ichining spazmi, yallig’lanish stenozi yoki o’smasi- pankreas shirasini o’n ikki barmoq ichakka tushishiga to’sqinlik qiladi (shira dimlanadi). -Oddiy sfinkterining yetishmovchiligi-o’n ikki barmoq ichakdagi narsalarni me’da osti bezi yo’liga erkin tushishiga sharoit tug’diradi Patologik antomiyasi. Morfologik o’zgarishlar bezning shishishi, hol-hol qon qo’yilishi, nekroz bo’lishi, biriktiruvchi to’qima o’sib ketishi va bez hujayra elementlarining asta-sekin atrofiyaga uchrab borishi bilan ifodalanadi. Bezning ayrim bo’lakchalari orasi ham, ularning ichida ham sklerotik jarayon avj olib boradi. Kasllikning dastlabki davrida bez bir qadar kattalashadi, keyinchalik chandiqli o’zgarishlar ham ohaklanish vujudga kelib, zichlashadi va kichrayadi. Kilinik ko’rinishi. Xastalik turiga, kechishiga, a’zolar shikastlanish darajasiga bog’liq bo’lib, qo’yidagi belgilar bilan ifodalanadi. -Qorinning ustki yarmida simillab turadigan va sanchiqsimon og’riqlar bezovta qiladi. Agar potologik jarayon asosan me’da osti bezi boshini zararlasa-og’riq epigastriya sohasining o’ng tomonida, aksariyat va tanasi shikastlansa-og’riq epigastriya sohasining chap tomonida, jarayon bez dumida rivojlansa-og’riq chap qobirg’a ostida joylashadi. Og’riq ko’pincha belga beriladi va qamrab oluvchi xarakterda bo’lib, epigastriya sohasidan qobirg’a yoyi bo’ylab umurtqa pog’onasiga tarqaladi. Og’riq gohida stenokardiyaga o’xshab chap kurakka, chap yelkaga yo’nalishi mumkin. Og’riq aksari, ko’p miqdorda yog’li ovqat

yoki ichkilikdan keyin paydo bo’ladi. og’riq davomiyligi-bir necha soatda bir necha kungacha. -Despepsiya o’zgarishlari –ishtaha pasayishi yoki yo’qolishi, yog’li ovqatga nefrat, ko’ngil aynishi va qusish, so’lak oqishi, qorinning dam bo’lib turishi va quldirashi, kekirish surunkali panreatitda doimo kuzatiladi. -Najasning xastalikka xos o’zgarishi- pankteatogen ich ketishi. Surunkali pankreatitning yengil holatida naja deyarli o’zgarmaydi, ich surishining ich qotishi bilan almashinib turishi kuzatiladi. Najas qo’llansa hidli, kulrang bo’tqasimon bo’lib, unda bir talay yog’ (steatoriya-“yog’li najas”) va hazm bo’lmagan mushak tolalari (kreatoriya) bo’ladi. -Me’da osti bezining tashqi sektori, faoliyati yetishmovchiligi, hazm qilish ichakda so’rilishi jarayonining buzilishi natijasida oriqlash rivojlanadi. Bunga yana ishtahaning yo’qolishi ko’maklashadi. -Ko’p hollarda me’da osti bezi endokren apparatining buzilishlari kuzatiladi. Aksariyat karbon suv modda almashinuvi buzilishi birlamchi pankreatitda vujudga keladi. Pankretit diabetida o’ziga xos xususiyatlar mavjud: og’ir darajadagi holat juda kam uchraydi, ketonuriya kuzatilmaydi, diabet komasi rivojlanmaydi. Bunda diabet odatda pankreatit belgilari paydo bo’lgandan 1-3 yil o’tgach vujudga keladi. Qonda va siydikda qand miqdorining ko’payishi patologik jarayon zo’rayishi bilan bog’liqdir. -Ko’rishda shishib kattalashgan me’da osti bezi bosh bilan umumiy o’t yo’lining bosilishi natijasida ba’zan badan terisi va