logo

“Parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlar. Parazitning xo’jayinga ta’siri”

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

23.4365234375 KB
“Parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlar.  Parazitning xo’jayinga ta’siri”
REJA:
1.  Parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlarning asosiy ko’rinishlari.
2.  Parazitning xo’jayinga ta’siri va uning asosiy shakllari:
a) mexanik ta’sir va uning salbiy oqibatlari;
b) parazitning xo’jayin hisobidan oziqlanishi va uning zarari;
v) parazitning xo’jayinga zaharli ta’siri;
g) parazitning xo’jayin tanasiga boshqa kasallik qo’zg’atuvchilarning kirishi
uchun yo’l ochishi. Parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlar
“Parazit-xo’jayin”   tizimidagi   organizmlarni   o’zaro   munosabatlarini   tahlil
qilar   ekanmiz,   ushbu   tizim   organizmlarining   nafaqat   bir-biriga   ko’rsatadigan
ta’sirini,   balki   tizmdagi   harbir   organizmni   sherigi   tomonidan   ko’rsatayotgan
ta’sirini sezishi va qabul qilaolish darajasini ham hisobga olish lozimdir.
Aslida   ,   parazit   va   xo’jayin   orasidagi   munosabatlar   darajasini   R.Xegner
(1927)   va   Moshkovskiy   Sh.D.   (1946)   mulohazalariga   binoan   umumiy
parazitologiyaning   funksional   parazitologiya   bo’limi   o’rganadi.   Ushbu   xususiy
bo’limning   predmeti   parazitning   xo’jayin   tanasiga   kirishidan   boshlab,   uning
xo’jayindan   chiqib   ketishigacha   bo’lgan   vaqt   davomida   parazit   bilan   xo’jayin
orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni o’rganishdan iboratdir.
Umuman   olganda   ma’lum   tashqi   muhit   omillari   ta’sirida   parazit   bilan
xo’jayin   orasida   yuzaga   keladigan   munosabatlarni   uch   tomonlama   tahlil   qilish
mumkin, ya’ni 1. parazitning xo’jayinga ta’siri; 2. xo’jayinning parazitga ta’sir; va
3. tashqi muhit omillarining parazit va xo’jayinga ta’siri.
1.   Parazitning   xo’jayinga   ta’siri.   Parazitning   o’z   xo’jayiniga
ko’rsatayotgan   ta’sir   darajasi   birqator   sharoitlarga   bog’liqdir.   Ushbu   ta’sir   bir
tomondan   parazit   turiga   hamda   uning   morfo-fiziologik   xususiyatlari   va   kasallik
qo’zg’ataolish  qobiliyatiga  bog’liq bo’lsa, ikkinchi  tomondan xo’jayin turi, uning
tuzilish va rivojlanganlik darajasi, parazitning xo’jayin tanasidagi lokalizasiyasi va
nihoyat xo’jayinning parazit  ta’sirini  qabul qilaolish qobiliyati hamda unga javob
qaytarish   tezligiga   bog’liqdir.   Umuman   parazit   o’z   xo’jayinining   turli   organ,
hujayra va to’qimalarida urnashib, o’z faoliyati tufayli xo’jayinga salbiy ta’sirlarni
ko’rsatar ekan, bu ta’sirlarni asosan to’rt xilga ajratish mumkin; 
a) mexanik ta’sir;
b) parazitning xo’jayin hisobidan oziqlanishi;
v) zaharli (toksinli) ta’sir;
g) xo’jayin tanasiga boshqa kasallik qo’zg’autvchilarning kirishi uchun yo’l
ochishi. a)   Mexanik   ta’sir.   O’z-o’zidan   ma’lumki   organizmda   biron   -bir   yot
tanachaning   bo’lishi   organizmga   mexanik   ta’sir   ko’rsatadi.   Buning   ustiga   parazit
o’zining   birikuvchi   organlari   bilan   yoki   oziqa   qabul   qilish   vaqtida   xo’jayin
tanasiga mexanik ta’sir ko’rsatadi, hatto ektoparazitning tana bo’ylab harakati ham
organizmga   mexanik   jihatdan   salbiy   ta’sir   etadi.   Masalan,   juda   ko’p   miqdordagi
Trichodina   yoki  Chilodon    infuzoriyalarining baliq qoplag’ichlarida harakatlanishi
ta’sirida baliq  terisining rangini bo’zilishi yoki teridagi bezlar funksiyasi o’zgarib
juda ko’p shilimshiq ajratishi va boshqa salbiy holatlarni namoyon bo’lishiga olib
keladi.
Ayrim   katta   ulchamdagi   ichak   parazitlari   ichak   yo’lini   to’sib   qo’yishi   va
uning   o’tkazuvchanlik   darajasini   keskin   pasayishi   yoki   yo’q   qilishi   mumkin.
Masalan,   odamning   ingichka   ichagida   ko’p   sondagi   askaridalar   ( Ascaris
lumbricoides )   bo’lganda   shunday   holat   yuzaga   kelishi   mumkin.   Ba’zan   esa
ichakdagi   askaridalar   bir-biriga   o’ralib,   qattiq   va   yirik   tugunlar   hosil   qilganda
ichak devori yorilib ketish hollari kuzatiladi. Shuningdek ayrim ichki organlardagi
suyuqlik o’tkazuvchi  kanalar  ham bekilib qolishi  mumkin. Masalan, jigarning o’t
yo’llarini  jigar  qurti  ( Fasciola hepatica ) bekitib qo’yadi. Xuddi  shuningdek  o’pka
nematodalari   ( Dictyocaulus,   Muelleries,   Metastrongylus )   bronx   va   tomoq
yo’llarini bekitib quyishi hollari ham kuzatiladi.  
Ko’pgina   parazitlar   xo’jayinining   to’qimalari   va   organlarini   siqib   qo’yishi
hamda   ularning   hajmi   va   funksiyalarini   keskin   o’zgartirib   yuborishi   mumkin.
Masalan,   oraliq   xo’jayin   jigaridagi   exinokokk   ( Echinococcus   granulosus )   ning
pufaklari   (finkalari)   kattalashaborishi   tufayli,   jigar   va   unga   yondosh   bo’lgan
to’qima   va   organlarni   mexanik   ravishda   siqib   quyishi   mumkin.   Bunday   paytda
ushbu   organlarda   qattiq   og’riq   paydo   bo’lishi   yoki   ularda   qon   aylanish
jarayonining   bo’zilishi   ko’zatiladi.   Parazitning   ma’lum   bir   organga   mexanik
ta’sirining   haddan   tashqari   kuchli   bo’lishini   qo’ylarda   uchraydigan   senuroz
(multiseps -   Multiceps multiceps   ning lichinkasi-   Coenurus cerebralis)   kasalligida
ko’rish mumkin. Senur lichinkasi pufagi miyada joylashib olib, o’sishi tufayli unga
katta   bosim   bilan   ta’sir   etib,   qattiq   og’riq   paydo   bo’lishi   va   aylanma   kasalligini yuzaga   kelishi   qo’yni   (shuningdek   oraliq   xo’jayin   bo’laolishi   mumkin   bo’lgan
echki, ot, qoramol, tuya, cho’chqa, ba’zan odamni ham) o’limgacha olib boradi.
Yirik   endoparazit   trematodalar,   sestodalar,   tikanboshlilar   o’zlarining
so’rg’ichlari, ilmoqlari va boshqa birikish organlari bilan ichakning yuza qismini,
ichki   organlarni   yuzasini   mexanik   shikastlaydi.   Masalan,   qon   so’rg’ichlisi,
qoramol   gijjasi,   cho’chqa   gijjasi,   baliqlarda   parazitlik   qiluvchi   tikanboshli
chuvalchang   (skrebni-   Echinorhynchus   salmonis )   va   boshqalarni   yopishish
organlarini salbiy rolini aytib o’tish mumkin. 
Ichakda   parazitlik   qiluvchi   ankilostoma   yoki   askarida   lichinkalarining
xo’jayinini   qon   aylanish   sistemasi   bo’ylab   migrasiyasida   qon   tomirlari,   o’pka
alveollari, kapillyarlari devorini bo’zishi, o’pkadagi nerv uchlariga mexanik ta’sir
ko’rsatishi   kabilar   ham   xo’jayin   organizmiga   ko’rsatilgan   mexanik   ta’sirlar
hisoblanadi. 
Shuningdek,   ektoparazitlardan   monogenoidlar,   zuluklar,
bo’g’imoyoqlilarning   turli   guruhlari   xo’jayin   tanasining   tashqi   qoplag’ichlariga
joylashib olishi xo’jayin hisobidan oziqlanishi maqsadida terini teshishi yoki ayrim
guruh turlarining teri ostida parazitlik qilishi va hakozalar xo’jayin tanasiga, uning
gavda   qoplag’ichlariga   mexanik   jihatdan   ta’sir   etib,   terini   yaxlitligini   bo’zadi.
Umuman   parazitning   xo’jayinga   ko’rsatgan   mexanik   ta’siri   tufayli   ushbu
organizmning ma’lum bir hayotiy zarur bo’lgan organini funksiyasini bo’zilishiga
yoki u orqali butun organizm faoliyatini izdan chiqishiga olib keladi. 
b)   Parazitning   xo’jayin   hisobidan   oziqlanishi.   Parazitning   ushbu
shakldagi ta’siri, birinchi navbatda xo’jayin oziqasining ma’lum bir qismini olishi
bo’lsa,   ikkinchidan   xo’jayin   qoni   hisobida   oziqlanuvchi   parazitlarning   ajratgan
birikmalari   qon   xujayralarini   eritishi   hamda   gemoglobin   tarkibini   kamayishi   ham
sodir   bo’ladi.   Oqibatda   esa   xo’jayin   organizmida   jiddiy   salbiy   o’zgarishlar
namoyon bo’ladi. Xo’jayin oziqasi tarkibidagi ayrim zaruriy moddalarning parazit
tomonidan   istemol   qilinishi   ko’pgina   ichak   parazitlari   uchun   xosdir,   lekin   uning
salbiy   oqibatlari   hardoim   ham   aniq   namoyon   bo’lavermaydi.   Ichak   parazitlari
qanchalik   yirik   bo’lsa   yoki   mayda   ichak   parazitlarining   ichakdagi   individlaridan tashkil  topgan to’plamlari  qanchalik  ko’p bo’lsa, salbiy  oqibatlar  shunchalik aniq
yuzaga chiqadi.
Haqiqatdan   ham   yirik   chuvalchanglardan   qoramol   solityori,   keng   tasma,
moniyeziya   (Taeniarhynclus   saginatus,   Difhyllobothrium   latum,   Moniezia
expansa)   kabilar   ichakda   yashab,   xo’jayinini   ko’p   miqdordagi   oziqasini   istemol
qilib, juda og’ir kasalliklarga duchor qiladi. Ushbu chuvalchanglar juda tez o’sish
xususiyatiga ega. Masalan, odam ichagidagi qoramol solityori bir sutkada 6-10 sm
o’zayadi.   O’z-o’zidan     ma’lumki,   bunday   shiddat   bilan   o’sish   juda   katta
miqdordagi to’yimli oziqa mahsulotlari hisobida bo’ladi. Bu mahsulotlarni solityor
butun   tana   sathi   orqali   osmotik   usul   bilan   so’rib   oladi.   Ayrim   ichak   parazitlari
nafaqat   xo’jayinining   ma’lum   bir   qism   oziqasini   qabul   qiladi,   balki   organizm
uchun   zarur   bo’lgan   vitaminlarni   ham   ko’plab   so’rib   oladi.   Masalan,   keng   tasma
o’zining tanasida juda ko’p miqdorda vitamin V
12   to’playdi. Ushbu vitamin aslida
ichakda   esherixiya   (Escherichia   coli)   bakteriyalarining   faoliyati   tufayli   hosil
bo’ladi.   Keng   tasma   gijjasi   xo’jayin   organizmini   zarur   antianemiya   vitaminidan
mahrum qilishi tufayli organizmda kamqonlik (anemiya) kasalligi paydo bo’ladi.
Ba’zi  nematodalar, shuningdek trematodalar  ham  qon so’ruvchi hasharotlar
va   kanalar   singari   xo’jayinining   ko’p   miqdordagi   qonini   so’rishi   oqibatida   ancha
og’ir   kasalliklarni   namoyon   bo’lishiga   olib   keladi.   Masalan,   ichakda   gematofag
parazit   nematodalardan   ankilostoma   va   nekatorlar   (Ancylostoma   duodenale,
Necator   americanus)   ichak   devorini   bo’zib,   qon   bilan   oziqlanishlaridan   tashqari,
ichak   bo’shlig’iga   ko’p   miqdorda   qon   oqib   tushishiga   ham   sabab   bo’ladilar.
Ichakda   ushbu   nematodalar   ko’p   bo’lgan   vaqtda   xo’jayinda   kamqonlik   paydo
bo’ladi, chunki bitta ankilostoma bir  sutkada xo’jayinining (odamning)  0,37 mm 3
qonini   so’rib   istemol   qiladi.   Xo’jayinda   paydo   bo’lgan   anemiya   kasalligida
eritrositlar   soni   ba’zan   800000   donagacha   va   gemoglobin   miqdori   esa   12-15%
gacha pasayadi. Bunday alomatlar askaridoz va trixosefalezda ham ko’zatiladi.
Parazitning xo’jayin hisobidan oziqlanishi va organizmning normal faoliyati
uchun   zarur   bo’lgan   qimmatli   moddalarning   yetishmasligi   ko’p   hollarda   uning
jinsiy   bezlari   faoliyatining   keskin   bo’zilishiga   sabab   bo’ladi.   Jinsiy   bezlar   uchun zarur   bo’lgan   maxsulotlarni   uzoq   muddat   davomida   yetishmasligi,   oxir   oqibatda
xo’jayinda   jinsiy   faoliyatining   butunlay   so’nib   qolishi   ham   mumkin.   Ba’zan   esa
jinsiy   -sistemada   shunday   chuqur   o’zgarishlar   bo’ladiki,   hatto   organizmda
ikkalamchi   jinsiy   belgilarda   ham   o’zgarishlar   sodir   bo’ladi.   Bunday   holat   Jiar
(Giard,   1911-1913)   taklifiga   binoan   “ parazitar   axtalash   (bichish) ”   atamasi   bilan
ataladi.
v)   Parazitning   xo’jayinga   zaharli   (toksinli)   ta’siri.   Parazit   tanasida
o’tadigan   metabolizm   jarayonida   hosil   bo’ladigan   turli-tuman   suyuq   maxsulotlar
xo’jayin   tanasiga   chiqariladi.   Ushbu   maxsulotlar   qon   yoki   limfaga   o’tib,   butun
organizmga   tarqaladi   hamda,   organizmga   salbiy   ta’sir   qilib,   ayrim   organlar
faoliyatini   bo’zilishiga   sabab   bo’ladi.   Parazit   tomonidan  ajratiladigan   va  xo’jayin
tanasiga ma’lum darajada ta’sir etuvchi moddalar odatda “toksinlar” (zaharlar) deb
atash   qabul   qilingan.   Xo’jayin   organizmiga   nafaqat   endoparazitlar,   balki
ektoparazitlarning   so’lak   suyuqligi   bilan   o’tgan   birikmalari   ham   zaharli
xususiyatga   ega   bo’lishi   mumkin.   Qon   so’ruvchi   ektoparazitlarning   so’lagidagi
zaharli   moddalar   organizmni   faqat   bir   joyiga   emas,   balki   qon   orqali   butun
organizmga   tarqalib   ketishi   mumkin.   Umuman   parazitning   ajratgan   sekret   va
ekskretlari   xo’jayin   organizmiga   antigenlar     sifatida   ta’sir   qilib,   organizmda
himoya   vazifasini   bajaruvchi   maxsus   moddalar,   ya’ni   antitelalar   hosil   bo’lishiga
olib keladi.
Parazitning   ajratgan   zaharli   moddalari   xo’jayin   organizmiga   turli   xil
ko’rinishdagi   salbiy   oqibatlarni   namoyon   bo’lishiga   sabab   bo’ladi   va   bunday
o’zgarishlar sababini  aniqlash va bilish birinchi navbatda amaliy jihatdan tibbiyot
va   veterinariyada   ahamiyatga   egadir.   Aksariyat   hollarda   xo’jayin   tanasiga   o’tgan
zaharli   maxsulotlar   qon   tarkibida   shaklli   elementlar   nisbatini   o’zgartiradi.   Ushbu
o’zgarish   eozinofillar   sonini   oshishi   bilan   namoyon   bo’ladi.   Bu   esa   qizil   qon
iligida normal faoliyatning bo’zilganligidan dalolat beradi. Masalan, teniarinxozda
qonda   eozinofillar   miqdori   16,5%   ni   tashkil   etgan   bo’lsa,   parazit   ichakdan
tushirilgandan keyin, ularni soni normaga tushadi. Ichakdagi askarida, ankilostoma
va   ba’zi   boshqa   parazit   nematodalar   qonni   erituvchi   va   suyultiruvchi   zaharli suyuqliklar   ajratadi.   Bunday   vaqtda   eritrositlar   soni   keskin   kamayishi   ham
mumkin.   Ayrim   hollarda   ushbu   hujayralarning   soni   2-3   barovar   kamaysa,
gemoglobin 20-27% gacha tushadi. Odam askaridoz, difillobotrioz, gimenolipidoz
va   boshqa   gelmintozlar   bilan   zararlangan   bo’lsa,   unda   umumiy   intoksikasiya
(zaxarlanish) belgilari ham namoyon bo’ladi.
Askaridaning   gavda   bo’shlig’idagi   suyuqlik   ichak   devoriga   quchli   ta’sir
ko’rsatadi. Agar ushbu suyuqlikni itning 1 kg gavda og’irligiga nisbatan 8-10 sm 3
ni   yuborsak,   unda   charchash,   qayt   qilish,   qon   bosimining   pasayishi,   orqa
oyoqlarining   falajlanishi   kabi   alomatlar   yuzaga   keladi.   Qoramol   solityoridan
olingan ekstraktni 1:1000 nisbatda suyultirib mushukning ajratib olingan yuragiga
ta’sir   etilganda,   avval   yurakda   qo’zg’atuvchanlik   ortib,   keyin   sekin-asta   uning
so’naboshlaganini   ko’zatish   mumkin.   Ekstraktni   kamroq   suyultirgan   holdagisi
ichak harakatini pasaytiradi, keyinroq muskullarni tarangligini oshiradi.
Aksariyat ektoparazitlarning ajratgan suyuqliklari zaharli xususiyatga egadir.
Bunday suyuqliklar ta’siriga xo’jayin organizmi turlicha javob reaksiyasini paydo
qiladi.   Ayrim   hollarda   ektoparazit   suyuqligi   tushgan   joyda   maydagina   qizarish
hosil   bo’lsa,   ba’zan   ancha   yirik   shish   hosil   bo’ladi.   Ayniqsa   kanalarning   sulak
suyuqliklari   quchli   ta’sir   qiladi.   Masalan,   Ornithodorus   papillipes   ning   xartumi
teriga   sanchilgan   joyda   oldin   qoramtir   qizil   nuqta   hosil   bo’ladi.   Keyinchalik   shu
joyda   yallig’lanish   jarayoni   boshlanib,   tomirlarda   infiltratlar   paydo   bo’ladi.
Xo’jayin   terisiga   bitlar   va   qandalalarning   so’lak   suyuqliklari   quchli   ta’sir
ko’rsatadi.   Masalan,   odam   terisiga   bitning   so’lak   bezidan   olingan   emulsiyani
yuborsak,   terida   kuchli   qichish   paydo   bo’ladi   va   kichikkina   ko’k   rangli   shish
shakllanadi.   Shuningdek   chivinlar,   iskaptoparlar,   burgalar   va   ayrim   pashshalar
so’laklari   ham   zaharli   xususiyatga   ega   bo’ladi   hamda   ular   tomondan   chaqqan
joyda ko’p hollarda qizarishi, shish hosil bo’lish kabi alomatlar paydo bo’ladi. 
g) Xo’jayin tanasiga boshqa kasallik qo’zg’atuvchilarning kirishi uchun
yo’l   ochilishi.   Ko’pgina   ektoparazitlar,   shuningdek   ayrim   ichak   parazitlari
o’zlarining   og’iz   organlari   va   birikuvchi   moslamalari   yordamida   terida   har   xil
jarohatlar   hosil   qiladi.   Bunday   joylar   ko’pgina   kasallik   qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarni   kirishi   uchun   darvoza   rolini   bajaradi.   Masalan,   baliq   terisida
parazitlik   qiluvchi   karp   biti   va   boshqa   tuban   parazit   qisqichbaqasimonlar
tomonidan   yara   orqali   “baliq   qizilchasi”   kasalligini   qo’zg’atuvchi   saprolegniya
parazit   zamburug’i   kirib   oladi.   Ichburug’   amyobasi   va   balantidiyning   ichakda
parazitlik   qilishi   va   ichak   devorini   yallig’lanishi   tufayli,   organizmning   ichki
to’qima   va   organlariga   patogen   bakteriyalarini   tarqalishiga   olib   keladi.   Ayrim
parazitlar   va   ularning   lichinkalarini   organizm   bo’ylab   migrasiyasi   jarayonida,
o’zlari   bilan   birga   kasallik   qo’zg’atuvchi   mikroblarni   ham   butun   organizmga
tashiydi hamda ayrim ichki organlarni yoki butun organizmni kasallanishiga sabab
bo’ladi.   Ektoparazit   burgalar,   bitlar,   qandalalar,   chivinlar,   iskaptoparlar   va   ayrim
pashshalar   xo’jayin   qonini   so’rishi   jarayonida   turli-tuman   infeksion   va   invazion
kasalliklarni   qo’zg’atuvchilarini   xo’jayin   tanasiga   kirishini   osonlashtiradi.   Bu   esa
ularning   xo’jayin   qonini   so’rishdagi   zararidan   ko’ra,   birnecha   bor   xavfliroq   va
og’irroq kechadigan kasallik qo’zg’atuvchini yuqtirishi ancha ustun  turadi.
Parazit gelmintlarni boshqa kasallik qo’zg’atuvchilarni odam tanasiga kirishi
uchun yo’llar ochishi ham e’tiborga sazovordir. Gelmintlar odam tanasida harakat
qilib, uni turli qism va organlarini mexanik jihatdan yallig’laganda, ana shu joydan
organizmning   to’qima   va   organlariga   boshqa   kasallik   qo’zg’atuvchi   mikroblar
kiradi.   Bunday   vaqtda   ma’lum   bir   joyning   kasallanishi   yoki   butun   organizmni
infeksion kasallikka duchor bo’lishi ko’zatiladi.
Gimenolipidozda ichakning shilliq qavatining yemirilishi va shu joyda ichak
devoriga va ichki qatlamlarga bakteriyalarning kirishi natijasida, ushbu organning
yallag’lanishi   va   umuman   uning   funksiyasini   bo’zilishiga   sabab   bo’ladi.   Birqator
mutaxassislar   (G.G.   Budagova,   1953;   A.G.   Mukvoz,   1954   va   boshqalar)
gimenolipidozda   ichburug’   (dezinteriya)   kasalligini   tuzalishi   ancha   cho’ziladi.
Enterobiozda   ichak   devorining,   ayniqsa   ko’r   ichak   devorining   mexanik   jihatidan
bo’zilishi,   uning   ichiga   harxil   mikroblarni   (ayniqsa,   bakteriyalarni)   kirishi
natijasida ushbu ichakning kasallanishi, ya’ni  appendisitning  paydo bo’lishiga olib
keladi.   Enterobiozda,   shuningdek   jinsiy   organlar   va   siydik   chiqarish   yo’llarining
yallig’lanishi, o’sha joylarga ostrisalarning kirib borishi bilan bog’lash mumkin. Askarida lichinkalarining organizmda migrasiyasi jarayonida, ayniqsa ichak
bo’shlig’idan   uning   devoriga   o’tishida,   o’zi   bilan   kasallik   qo’zg’atuvchi
mikroblarni   ham   olib   o’tadi.   Ushbu   lichinkalarning   o’pka   alveollariga   kirib
borishi,   unda   infeksiyani   paydo   bo’lishi   va   nafas   organlarining   qo’shimcha
kasalliklar bilan kasallanishiga sabab bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar
 
1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i 
zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x 
zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001.
2.   A buladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x 
jivotno’x.   Uchebnik d lya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 
1990.
3 .   Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik 
dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000.
4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya 
Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998.
5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978.
6.   Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.

“Parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlar. Parazitning xo’jayinga ta’siri” REJA: 1. Parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlarning asosiy ko’rinishlari. 2. Parazitning xo’jayinga ta’siri va uning asosiy shakllari: a) mexanik ta’sir va uning salbiy oqibatlari; b) parazitning xo’jayin hisobidan oziqlanishi va uning zarari; v) parazitning xo’jayinga zaharli ta’siri; g) parazitning xo’jayin tanasiga boshqa kasallik qo’zg’atuvchilarning kirishi uchun yo’l ochishi.

Parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlar “Parazit-xo’jayin” tizimidagi organizmlarni o’zaro munosabatlarini tahlil qilar ekanmiz, ushbu tizim organizmlarining nafaqat bir-biriga ko’rsatadigan ta’sirini, balki tizmdagi harbir organizmni sherigi tomonidan ko’rsatayotgan ta’sirini sezishi va qabul qilaolish darajasini ham hisobga olish lozimdir. Aslida , parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlar darajasini R.Xegner (1927) va Moshkovskiy Sh.D. (1946) mulohazalariga binoan umumiy parazitologiyaning funksional parazitologiya bo’limi o’rganadi. Ushbu xususiy bo’limning predmeti parazitning xo’jayin tanasiga kirishidan boshlab, uning xo’jayindan chiqib ketishigacha bo’lgan vaqt davomida parazit bilan xo’jayin orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni o’rganishdan iboratdir. Umuman olganda ma’lum tashqi muhit omillari ta’sirida parazit bilan xo’jayin orasida yuzaga keladigan munosabatlarni uch tomonlama tahlil qilish mumkin, ya’ni 1. parazitning xo’jayinga ta’siri; 2. xo’jayinning parazitga ta’sir; va 3. tashqi muhit omillarining parazit va xo’jayinga ta’siri. 1. Parazitning xo’jayinga ta’siri. Parazitning o’z xo’jayiniga ko’rsatayotgan ta’sir darajasi birqator sharoitlarga bog’liqdir. Ushbu ta’sir bir tomondan parazit turiga hamda uning morfo-fiziologik xususiyatlari va kasallik qo’zg’ataolish qobiliyatiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan xo’jayin turi, uning tuzilish va rivojlanganlik darajasi, parazitning xo’jayin tanasidagi lokalizasiyasi va nihoyat xo’jayinning parazit ta’sirini qabul qilaolish qobiliyati hamda unga javob qaytarish tezligiga bog’liqdir. Umuman parazit o’z xo’jayinining turli organ, hujayra va to’qimalarida urnashib, o’z faoliyati tufayli xo’jayinga salbiy ta’sirlarni ko’rsatar ekan, bu ta’sirlarni asosan to’rt xilga ajratish mumkin; a) mexanik ta’sir; b) parazitning xo’jayin hisobidan oziqlanishi; v) zaharli (toksinli) ta’sir; g) xo’jayin tanasiga boshqa kasallik qo’zg’autvchilarning kirishi uchun yo’l ochishi.

a) Mexanik ta’sir. O’z-o’zidan ma’lumki organizmda biron -bir yot tanachaning bo’lishi organizmga mexanik ta’sir ko’rsatadi. Buning ustiga parazit o’zining birikuvchi organlari bilan yoki oziqa qabul qilish vaqtida xo’jayin tanasiga mexanik ta’sir ko’rsatadi, hatto ektoparazitning tana bo’ylab harakati ham organizmga mexanik jihatdan salbiy ta’sir etadi. Masalan, juda ko’p miqdordagi Trichodina yoki Chilodon infuzoriyalarining baliq qoplag’ichlarida harakatlanishi ta’sirida baliq terisining rangini bo’zilishi yoki teridagi bezlar funksiyasi o’zgarib juda ko’p shilimshiq ajratishi va boshqa salbiy holatlarni namoyon bo’lishiga olib keladi. Ayrim katta ulchamdagi ichak parazitlari ichak yo’lini to’sib qo’yishi va uning o’tkazuvchanlik darajasini keskin pasayishi yoki yo’q qilishi mumkin. Masalan, odamning ingichka ichagida ko’p sondagi askaridalar ( Ascaris lumbricoides ) bo’lganda shunday holat yuzaga kelishi mumkin. Ba’zan esa ichakdagi askaridalar bir-biriga o’ralib, qattiq va yirik tugunlar hosil qilganda ichak devori yorilib ketish hollari kuzatiladi. Shuningdek ayrim ichki organlardagi suyuqlik o’tkazuvchi kanalar ham bekilib qolishi mumkin. Masalan, jigarning o’t yo’llarini jigar qurti ( Fasciola hepatica ) bekitib qo’yadi. Xuddi shuningdek o’pka nematodalari ( Dictyocaulus, Muelleries, Metastrongylus ) bronx va tomoq yo’llarini bekitib quyishi hollari ham kuzatiladi. Ko’pgina parazitlar xo’jayinining to’qimalari va organlarini siqib qo’yishi hamda ularning hajmi va funksiyalarini keskin o’zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, oraliq xo’jayin jigaridagi exinokokk ( Echinococcus granulosus ) ning pufaklari (finkalari) kattalashaborishi tufayli, jigar va unga yondosh bo’lgan to’qima va organlarni mexanik ravishda siqib quyishi mumkin. Bunday paytda ushbu organlarda qattiq og’riq paydo bo’lishi yoki ularda qon aylanish jarayonining bo’zilishi ko’zatiladi. Parazitning ma’lum bir organga mexanik ta’sirining haddan tashqari kuchli bo’lishini qo’ylarda uchraydigan senuroz (multiseps - Multiceps multiceps ning lichinkasi- Coenurus cerebralis) kasalligida ko’rish mumkin. Senur lichinkasi pufagi miyada joylashib olib, o’sishi tufayli unga katta bosim bilan ta’sir etib, qattiq og’riq paydo bo’lishi va aylanma kasalligini

yuzaga kelishi qo’yni (shuningdek oraliq xo’jayin bo’laolishi mumkin bo’lgan echki, ot, qoramol, tuya, cho’chqa, ba’zan odamni ham) o’limgacha olib boradi. Yirik endoparazit trematodalar, sestodalar, tikanboshlilar o’zlarining so’rg’ichlari, ilmoqlari va boshqa birikish organlari bilan ichakning yuza qismini, ichki organlarni yuzasini mexanik shikastlaydi. Masalan, qon so’rg’ichlisi, qoramol gijjasi, cho’chqa gijjasi, baliqlarda parazitlik qiluvchi tikanboshli chuvalchang (skrebni- Echinorhynchus salmonis ) va boshqalarni yopishish organlarini salbiy rolini aytib o’tish mumkin. Ichakda parazitlik qiluvchi ankilostoma yoki askarida lichinkalarining xo’jayinini qon aylanish sistemasi bo’ylab migrasiyasida qon tomirlari, o’pka alveollari, kapillyarlari devorini bo’zishi, o’pkadagi nerv uchlariga mexanik ta’sir ko’rsatishi kabilar ham xo’jayin organizmiga ko’rsatilgan mexanik ta’sirlar hisoblanadi. Shuningdek, ektoparazitlardan monogenoidlar, zuluklar, bo’g’imoyoqlilarning turli guruhlari xo’jayin tanasining tashqi qoplag’ichlariga joylashib olishi xo’jayin hisobidan oziqlanishi maqsadida terini teshishi yoki ayrim guruh turlarining teri ostida parazitlik qilishi va hakozalar xo’jayin tanasiga, uning gavda qoplag’ichlariga mexanik jihatdan ta’sir etib, terini yaxlitligini bo’zadi. Umuman parazitning xo’jayinga ko’rsatgan mexanik ta’siri tufayli ushbu organizmning ma’lum bir hayotiy zarur bo’lgan organini funksiyasini bo’zilishiga yoki u orqali butun organizm faoliyatini izdan chiqishiga olib keladi. b) Parazitning xo’jayin hisobidan oziqlanishi. Parazitning ushbu shakldagi ta’siri, birinchi navbatda xo’jayin oziqasining ma’lum bir qismini olishi bo’lsa, ikkinchidan xo’jayin qoni hisobida oziqlanuvchi parazitlarning ajratgan birikmalari qon xujayralarini eritishi hamda gemoglobin tarkibini kamayishi ham sodir bo’ladi. Oqibatda esa xo’jayin organizmida jiddiy salbiy o’zgarishlar namoyon bo’ladi. Xo’jayin oziqasi tarkibidagi ayrim zaruriy moddalarning parazit tomonidan istemol qilinishi ko’pgina ichak parazitlari uchun xosdir, lekin uning salbiy oqibatlari hardoim ham aniq namoyon bo’lavermaydi. Ichak parazitlari qanchalik yirik bo’lsa yoki mayda ichak parazitlarining ichakdagi individlaridan

tashkil topgan to’plamlari qanchalik ko’p bo’lsa, salbiy oqibatlar shunchalik aniq yuzaga chiqadi. Haqiqatdan ham yirik chuvalchanglardan qoramol solityori, keng tasma, moniyeziya (Taeniarhynclus saginatus, Difhyllobothrium latum, Moniezia expansa) kabilar ichakda yashab, xo’jayinini ko’p miqdordagi oziqasini istemol qilib, juda og’ir kasalliklarga duchor qiladi. Ushbu chuvalchanglar juda tez o’sish xususiyatiga ega. Masalan, odam ichagidagi qoramol solityori bir sutkada 6-10 sm o’zayadi. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday shiddat bilan o’sish juda katta miqdordagi to’yimli oziqa mahsulotlari hisobida bo’ladi. Bu mahsulotlarni solityor butun tana sathi orqali osmotik usul bilan so’rib oladi. Ayrim ichak parazitlari nafaqat xo’jayinining ma’lum bir qism oziqasini qabul qiladi, balki organizm uchun zarur bo’lgan vitaminlarni ham ko’plab so’rib oladi. Masalan, keng tasma o’zining tanasida juda ko’p miqdorda vitamin V 12 to’playdi. Ushbu vitamin aslida ichakda esherixiya (Escherichia coli) bakteriyalarining faoliyati tufayli hosil bo’ladi. Keng tasma gijjasi xo’jayin organizmini zarur antianemiya vitaminidan mahrum qilishi tufayli organizmda kamqonlik (anemiya) kasalligi paydo bo’ladi. Ba’zi nematodalar, shuningdek trematodalar ham qon so’ruvchi hasharotlar va kanalar singari xo’jayinining ko’p miqdordagi qonini so’rishi oqibatida ancha og’ir kasalliklarni namoyon bo’lishiga olib keladi. Masalan, ichakda gematofag parazit nematodalardan ankilostoma va nekatorlar (Ancylostoma duodenale, Necator americanus) ichak devorini bo’zib, qon bilan oziqlanishlaridan tashqari, ichak bo’shlig’iga ko’p miqdorda qon oqib tushishiga ham sabab bo’ladilar. Ichakda ushbu nematodalar ko’p bo’lgan vaqtda xo’jayinda kamqonlik paydo bo’ladi, chunki bitta ankilostoma bir sutkada xo’jayinining (odamning) 0,37 mm 3 qonini so’rib istemol qiladi. Xo’jayinda paydo bo’lgan anemiya kasalligida eritrositlar soni ba’zan 800000 donagacha va gemoglobin miqdori esa 12-15% gacha pasayadi. Bunday alomatlar askaridoz va trixosefalezda ham ko’zatiladi. Parazitning xo’jayin hisobidan oziqlanishi va organizmning normal faoliyati uchun zarur bo’lgan qimmatli moddalarning yetishmasligi ko’p hollarda uning jinsiy bezlari faoliyatining keskin bo’zilishiga sabab bo’ladi. Jinsiy bezlar uchun