logo

PEDAGOGIK BAHOLASH PSIXOLOGIYASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

44.109375 KB
PEDAGOGIK BAHOLASH PSIXOLOGIYASI
Reja:
1.Talabalar bilimini nazorat qilishning psixologik jihatlari.
2.  O’z-o’zini nazorat qilish ning psixologik asosi
3.  Bilimlarni o’zlashtirish jarayonini boshqarish
4.  Talabalar o’quv faoliyatining  korreksiyasi «Nazorat» atamasini qo’llashga  pedagogik o’quv jarayonida va pedagogik
psixologiyada   turlicha   yondashiladi.   Pedagogika   nazariyasida   va   pedagogik
amaliyotda   «nazorat»     atamasi   «keng»   va   «tor»   ma’noda   uchraydi.   «Keng
ma’noda»   nimadir   tekshirish,   «tor   ma’noda»   esa,   kibernetika   ruhiyatidadan   kelib
chiqib,  «o’z-o’zini boshqarish uchun xarakterli bo’lgan teskari aloqa tamoyilidir». 
«Pedagogika»   o’quv   qo’llanmasida   bu   tushuncha   yuqoridagidek
izohlanadi.   Bundan   kelib   chiqadiki,   «o’quvchilarning   o’quv   mashg’ulotlarini
nazorat qilish  tashqi teskari aloqani va ichki teskari aloqani ta’minlaydi». «Tashqi
teskari   aloqa»   tushunarli   bo’lib:   bu   o’quv   materialining   o’quvchilar   tomonidan
o’zlashtirilishini   tekshirish   degani   (nazorat-so’rovlar,   yozma   ishlar,   imtihonlar   va
h.k.),   bularni   barchasini   o’qituvchi   tashkillashtiradi.   «Ichki   teskari   aloqada»   esa,
«o’zgacha»   -   o’quvchining   o’z-o’zini   tekshirishi,   bu   haqida   bir   nechta   umumiy
so’zlar,   ulardan   o’quvchilarning   o’z-o’zini   boshqarishida   «teskari   aloqa»ning
«ichki» xarakterini  nimadan  tarkib   topganini   tushunish  mumkin. Bu  ham   baribir
«mashinali»   yoki   «mashinasiz»   dasturlash   vositalarini   qo’llash   orqali   o’qituvchi
yordamida   tashkilashtiriladi.  «O’z-o’zini   nazorat   qilish»  atamasini   qo’llash   orqali
muallif,   o’quvchilar   aniq   savol   yoki   masalalarda   o’zini   tekshirayotib   o’zlarining
qay   me’yorda   materialni   o’zlashtirganlarini   tekshiradilar.   Boshqacha   qilib
aytganda,   ular   o’z-o’zlarini   tekshiradilar   va   baholaydilar.   Bu   esa   amaliyotdan
ma’lum   bo’lganidek,   o’qituvchi   yoki   muallif   tomonidan   o’z-o’zini   tekshirish
savollar   bo’yicha   amalga   oshiriladi.   Bu   ham   tarkibi   bo’yicha   «tashqi   nazorat»ga
kiradi.
Pedagogik psixologiyada «nazorat» tushunchasi bir muncha o’zga ma’noda
–   «o’quv   jarayoni»dek   -   qo’llaniladi.   O’quvchilarning   o’quv   mashg’ulotlari
jarayoni   va     uning   tarkibiy   elementi   sifatida   kiradi.   Nazorat   -   o’quv
mashg’ulotining   so’nggi   natijasi   bo’yicha   o’zlashtirish   sifatini   tekshirish   kabi
emas,   balki   o’quvchining   o’z   aqliy   jarayonlarini   uning   tarkibi   va   tavsifi
(prinsiplari, qonuniyatlari, qoidalari) bo’yicha o’qilayotgan o’quv topshiriqlarining
to’g’ri   bajarilishi   uchun   mo’ljalli   asosdek   xizmat   qiluvchi   nazariya   kabi   amalga
oshiriladi. Bilimlarni   o’zlashtirish   jarayonini   boshqarish   mexanizmi   haqida
gapirilganda,   N.F.Talzina   nazoratni   uning   sozlashdagi   zaruriy   tarkibiy   elementi
sifatida   qaraydi.   Agar   boshqarilayotgan   jarayon   mavzusi   bilan   hamjihatlikda
boradigan   (yoki   dasturli   o’qitish   uchun   -   dastur)   bo’lsa,   unda   hech   qanday
korreksiya   talab   qiladigan     qo’shimcha   harakatlarni   yuzaga   keltirmaydi.   Biroq
jarayonning   qandaydir   dasturdan   chekinishini   ko’rish   bilanoq,   pedagog   uning
chekinishi   xarakteri   haqidagi   teskari   aloqa   jadvali   bo’yicha   tushayotgan
ma’lumotlarni   qo’llab,   darhol,   talab   etilgan   sohaga   yo’naltirilgan   holda   o’quv
mashg’ulotlarini   o’tkazish   bo’yicha  tadbirlarni   qo’llaydi.  Bu sozlovchi   harakatda,
teskari   aloqa   nazorat   kanalidek   chiqadi,   ular   pedagogik   jarayonning   oxirini   kutib
o’tirmasdan,   jarayonning   borishi   haqida   ma’lumotlarni   oladi,   bu   esa   unga   darrov
ta’sir o’tkazadi. 
O’quv mashg’ulotlarining borishi bo’yicha nazorati va korreksiyasi – mana
shu   nazoratning   tushunilishida   nimalar   muhim,   agarda   o’quv   mashg’ulotlari
tugagan   bo’lsa,   endi   aralashishning   iloji   yo’q.   Agar   o’quv   jarayonning   natijasi
shunday   bo’lsa,   inson   o’zlashtira   olmagan   yoki   dasturni   yomon   o’zlashtirgani,
faqatgina   jarayon   oxirida   bo’ladi,   bunda   esa   endi   uni   to’g’rilashga   imkoniyat
bo’lmaydi.
Teskari   aloqani   o’quv   jarayonida   qo’llanilishi     quyidagi   ikki   muamo
echimini   o’z   ichiga   oladi.   Birinchidan,   tomondan   o’qitish   maqsadida,   boshqa
tomondan   esa     o’qitishning   psixologik   nazariyasi   asosida   nazorat   ostidagilar
tavsifnomasi   majmuini   ajratib   ko’rsatadi.   Buni   esa   o’qituvchi   dasturlar   tuzishda
asos   qilib   oladi.   Umumiy   qoida   quyidagilardan   tashkil   topadi   ya’ni     mustaqil
tavsifnoma   nazoratga   olinadi,   ularning   tarkibiy   o’zgarishi   bir   sifat   holatidan
boshqasiga o’tishiga olib keladi.
Ikkinchidan,   teskari   aloqaning   chastotasi   (oralig’i)ni   aniqlash,
kuzatuvchining   teskari   aloqa   deb   nomlagani   mukamal   deb   hisoblanadi.   O’quv
jarayoniga   ushbu   holatni   mexanik   tarzda   olib   o’tish   samarali   chiqmagan.   Buning
sababi   quyidagicha   izohlanadi;   nazorat   o’quv   jarayonida   faqatgina   teskari   aloqa funksiyasini  bajaribgina qolmay, balki  mustahkamlash  funksiyasini  ham  bajaradi.
U o’quvchining motivasion muhiti bilan ham shuningdek bog’liqdir.
V.V.Dav i dov  nazoratni   o’quv   mashg’ulotidek  ko’rib,   uning  ostida   boshqa
o’quv   mashg’ulotlarining   o’quv   masalalari   va   shart-sharoiti   talablariga   mosligini
aniqlashdir.   Nazorat   o’quvchiga   harakatlarning   uslubiy   tarkibini   o’zgartirib,
olinayotgan   natija   va   echilayotgan   masala   sharoitlari   xususiyatlarining   u   yoki
bunisi   bilan   uning   aloqasini   aniqlashga   imkon   beradi.   Shuning   natijasida   nazorat
harakatlarining  operasion   tarkibi  va  ularning  bajarilishi   to’g’riligi  keraqli   hajmini
ta’minlaydi.
Nazorat,   uni   bajarish   sharoitlarining   operasion   harakatlar   tarkibiga
mosligini   aniqlashga   imkon   berib,   tarkibsiz   reflekslarga   asoslanadi.   Tarkibiy
refleksiyani    inson tomonidan shaxsiy harakatlari asosida ko’rib chiqish va izlash
bilan bog’liq.
Shu tariqa psixologik nuqtai nazarda talabaning o’quv faoliyati deganda –
o’z-o’zining   nazorati,   o’zining   o’quv   faoliyati   borasida   aniqligini   ta’minlovchi
spesifik o’quv faoliyati shakli  tushuniladi.
O’z-o’zini nazorat  qilishning pedagogik tushunchasi  esa, o’quv faoliyatini
vaqti-vaqti   bilan   tekshirib,   borishni   emas,   balki   o’zlashtirish   natijalari   bo’yicha
o’quvchi tomonidan tashkillashtirilgan o’quv faoliyatidir.
Hozir   esa,   biz   o’z-o’zini   nazorat   qilishning     o’z-o’zini   boshqarishga
asoslangan   o’qitish   uslubi   va   talabaning   o’quv   faoliyati   sifatida   qaramoqdamiz.
Bundan   kelib   chiqib,   birinchi   kurs   talabasining     (iloji   boricha   tezroq,   shaxsiy
o’quv   faoliyatini   shunday   to’g’ri   va   aniq   tashkil   etishi   kerakki,   unda   o’quv
materiali   uni   o’zlashtirish   davomida   zudlik   bilan,   kechiktirmay   o’zlashtirilsin.
Demak,   bir   necha   kun   tayyorlanib   va   darhol,   bir   urinishda   o’qilgan   dasturlar
bo’yicha   javob   bermaslik   uchun,   imtihon   sessiyasi   kelishini   kutib   o’tirmasdan,
hech narsani orqaga surmaslik, o’zlashtirilmagan ma’ruza matnlari va o’qilmagan
ilmiy   matnlar   va   o’quv   adabiyotlarni   to’plamaslik   kerak.   Afsuski,   ko’p   birinchi
kurs talabalari bunday yo’l tutishmaydi. Talabalarning bunday ish uslubi oldindan
ma’lum:   bilimlari   sayoz,   parchalangan,   hayot   va   amaliyot   bilan   kam   bog’langan, isbotlanmagan, uzuq-yuluq, shuning uchun ko’pi unutilgan esdagilari ham bir-biri
bilan,   mantiqiy   bog’lanmagan,   o’zlashtirilmagan     qisqasi,   fan   predmeti   bo’yicha
ilmiy topshiriqlarning butunligi, ahamiyati uzviy bog’liq holatdek tushunilmasdan
esda olib qolingan.
Birinchi kundanoq talabaning psixologik ritm bo’yicha, kunma-kun, yangi
ilmiy   ma’lumotlarni   o’zlashtirish   uchun   o’quv   faoliyatining   nazoratiga   uni
o’rgatish lozim, bu pedagogika va uslubiyoti tili bo’yicha  o’z-o’zini nazorat qilish
deb atash mumkin.
Yuqorida   ta’kidlanganidek   nazoratga   o’rgatish   berilgan   muamo   bo’yicha
maxsus o’quv mashg’ulotlarini anglatishi lozim emas. Balki o’quv faoliyati shart-
sharoitlaridan   kelib   chiqib   belgilanishi   lozim.   O’quv   faoliyati   quyidagicha
tashkillashtiriladi:   talaba   o’quv   topshiriqlarini   bajarish   jarayonida,   uni   echish
bo’yicha   barcha   fikriy   operasiyalarini   qadama-qadam   nazorat   qilib,
o’rganilayotgan nazariyaga aynan mos ravishda  bajarilsin, faqatgina shu sharoitda
u istalgan natijaga erisha oladi.
Nazoratning o’quv faoliyatiga o’rgatish bo’yicha alohida tashkillashtirilgan
mashg’ulotlari   odatda   o’tkazilmaydi,   chunki   belgilangan   faoliyatiga   o’qitish
jarayonining   o’zi   darslar   davomida   amalga   oshiriladi.   Bir   vaqtning   o’zida
topshiriqning   shartlarini   o’ylab   chiqish,   tahlil   qilish   va   talabalarni   baholash,
echimlarini   rejalashtirish   va   qabul   qilish   bo’yicha   boshqa   o’quv   faoliyatini
birgalikda   bajarish   bilan   amalga   oshiriladi.   Biroq,   o’quv   faoliyatlari   o’qituvchi
tomonidan   shunday   tashkillashtirilishi   kerakki,   uni   amalga   oshirilishi   jarayonida
o’quvchining   qanday   qilib   o’rganilayotgan   nazariyaning   me’yorlari,   qoidalari,
qonunlari   va   boshqa   talablarini   qo’llashiga   butunlay   bog’liq   bo’ladi.   Bundan
tashqari topshiriqlar shunday tuzilishi kerakki, uning echimi aniqligi shu talablarga
rioya etishga bog’liq bo’lsin.
Psixologik   nazariyani   o’qishda   ham   boshqa   nazariyalarda   bo’lgani     kabi,
talabalar   psixologik   faktlarni   tekshirish   va   bilishga   mo’ljallangan   mashqlarni
echishda   ulardan   foydalansin.   Masalan,   psixologik   faoliyat   tushunchasini
o’zlashtirish   uchun   talabalarga   berilgan   o’quv   topshiriqlariga   murojat   etamiz. Quyida   keltirilgan   topshiriqlarni   aniq   va   to’g’ri   echish   uchun   talaba   «faoliyat»
tushunchasining   belgilari   bilan   o’zining   aqliy   operasiya   jarayonlarini   doimo
taqqoslashi   zarur.   Bu   belgilar   esa,   talabalarga   yozdirib   boriladi:   avval
tushunchaning   differensiasiyasi,   so’ngra   faoliyat   tarkibi   (motivning   qandaydir
talab   bilan   bog’liqligi,   maqsadi,   vositasi   natijasi).   Mana   endi   talaba   topshiriqni
bajarishda   ehtiyojlar   darajasiga   qaraydi.   Unda   psixologik   faoliyat   belgilarining
mavjudligi yoki yo’qligi tahlil qilinadi. Agar mavjud bo’lsa, unda bu «faoliyat»ni
tushunchasiga   talluqli,   agar   yo’q   bo’lsa,   unda   bu   «faoliyat»   psixologik   ma’noda
emasligidan iborat.
Yuqorida o’quv operasiyalarini  ko’rib chiqib, tahlil qilinadi. Talaba o’quv
topshiriqlarini   doimiy  nazariyaga  asoslanib     echadi,  hal  qiladi,  ularning  bajarilish
jarayonini   esa   (faoliyat   tushunchasi)   mana   shunday   nazorat   qilishdir.
E.A.Kamilova tadqiqotlarida ushbu tushunchaga misollar talaygina.
Shunday   qilib,   quyida   keltirilgan     misollar   faoliyat   tushunchasini
mazmunan ochib bera oladimi?
1. Charchagan musofir, oyoqlariga dam berish uchun, to’nka ustiga o’tirdi.
2. Mendeleevning   hozirgi   kunda   «Elementlarning   davriy   tizimsi»   nomi   bilan
tanilgan, kimyoviy elementlar jadvali tushiga kirgan o’sha jadvalni u 1869 yil o’zi
kashf qilgan holda  qonun yaratgan edi. Jadval uning tushida ko’ringanligi faoliyat
bo’la oladimi?
3. Talaba   ma’ruzani   ma’nosiga   tushunmasdan,   tarkibini   to’liq
o’zlashtirmasdan, tez yozayapti. U faoliyat bilan bandmi?
4. O’quvchi she’r yodlayapti, ikkinchisi esa allaqachon yodlagan va hozir jim
o’z   o’rtog’ini   eshityapti.   Ikkovidan   qay   biri   faoliyat   bilan   band?   Yoki   ikkovimi?
Nima uchun?
5. Tegirmon tarmog’i yoqildi, u ishlayapti, qoplar tez unga to’layapti. Bu erda
uchta fe’l mavjud. Ulardan qay biri faoliyatni anglatadi?
6.Navbatchi   muhandis   tantanavor   ravishda   yangi   gidrostansiyadagi   «asosiy
tarmoqni»   ishga   tushiradi   va   shundan   so’ng   mana   40   yildirki   GES   ishlamoqda,
avval   boshida   elektr   energiyasini   O’zbekistonga,   endilikda   viloyatlarga uzatmoqda.   «Ishga   tushirdi»   va   «ishlayapti»   fe’llaridan   qay   biri   faoliyatni
anglatadi yoki ikki tushuncha ham mazmunan bir xilmi?
7.Trenirovkada   sportchining   yugurishi   va   qonunbuzarning   nazoratchidan
qochishi, yugurish – bu erda qaysi  biri faoliyat.
8.Ko’zini   ochgan   inson   tepasida   ayiq   boshini   ko’rib   qo’rquvdan   baqiryapti?
Bu faoliyatmi?
9.Bolalar   mehmon   kutish   o’ynashyapti,   dasturxon   bezatilyapti,   dasturxon
gazetadan     (ovqatli   tarelkalar,   qoshiqlar,   pichog’lar,   o’yinchog’li,   gazeta
qog’ozidan   salfetkalar,   «non»   va   h.k.)   «mehmonlar»   (qo’g’irchog’lar)ni
o’tkazishadi,   darhol   barchasini   buzishadi   (mehmon   qilmasdan)   yana   boshidan
ovqat pishirishadi, stol tuzatishadi, mehmonlarni o’tkazishadi  va h.k. ular faoliyat
bilan mashg’ulmi?
10. Kutilmaganda ,   sevgan   komandasi   darvozasiga   kiritilgan   goldan
stadiondagi  ( tomoshabinlar )  muxlislarning   hayqirig ’ i   faoliyatmi ?
11. Komandir   yaqinlashayotgan   tankdan   qo ’ rqib ,   orqaga   qochayotgan
askarlardan   birini   ko ’ rib , « To ’ xta ,  yot !»  deb   baqirayapti . Faoliyatmi?
12.Yozuvchi   mana   yarim   soatdan   beri   nimadir   yozish   uchun   stol   ustida
o’tiribdi, lekin yozmayapti. Bu erda faoliyat bormi?
13 EHMda     ma ’ lumot   berilyapti :   sizning   harakatingiz   xato .   Bu   nima
faoliyatmi?
14.Telefon   tarmog’ining   narigi   tarafidan   kimdir   javob   bermoqda:   «Siz
raqamni noto’g’ri terdingiz». Javob berayotgan tomonga nisbatan bu faoliyatmi?
Ko’rib   turganimizdek,   bu   misollar   oddiy   turmushdan   olingan,   juda   sodda
misollardir va bunday mashqlarni tayyorlash o’qituvchi uchun unchalik qiyinchilik
tug’dirmaydi.
Biroq   talaba   bu   savollarning   birortasiga   hali   to’g’ri   javob   bera   olmaydi,
agar qo’l ostida faoliyatning psixologik tushunchasi  ilmiy tarkibini shu tushuncha
belgilari   yozilgan   asosli   qo’llanmasi   bo’lmasa   va   mana   keltirilgan   mashqlarning
sharoitlarini baholash va tahlil qilish, echimini uylab topish va uning tushunchasini
talabaning doimiy taqqoslashi yordamida o’rganilayotgan belgilari yozilgani bilan ularning   to’g’riligini   aniqlash   bo’yicha   o’quv  faoliyatidir.   Bu   nazariyaning  o’quv
harakati va aynan u «faoliyat» ning psixologik ilmiy tushunchasini shakli belgisini,
qayta   o’rganishsiz,   mashqlarning   amaliy   psixologik   jihatdan     faktlarda   berilgan
tushunchaga   tegishliligi   yoki   tegishli   emasligidek   harakatlarni   amaliy   ishlash
jarayonida   qo’shimcha   o’rganishlarsiz   o’zlashtirishdir.   Tushunchaning   ilmiy
tarkibini o’zlashtirish amaliy o’zlashtirish natijasida bajariladi, chunki uni hayotga
talluqliligini tushunish va  tushunganlarni mustahkam eslab qolishda  ro’y beradi.
Berilgan   o’qish   faoliyatini   tashkillashtirishga   kelganda   bunda   istalgan
o’quv   materialini   bunday     tarzda   o’zlashtirilishini   orqaga   surishga   imtihon
sessiyagacha   tashlamasdan   o’rganish   bilan   erishiladi.   O’quv   faoliyatining
nazoratining psixologik tushunchasi yuqoridagilarda o’z aksini topadi.
Talabalar o’quv faoliyatining  korreksiyasi
«Nazorat»   atamasi   psixologik   tushunchasi   bo’lgan     bilan   bir   qatorda
pedagogik   ko’rinishi   ham   mavjud.   Yuqorida   aytib   o’tilganidek   «pedagogik
nazorat»   deganda   «nimanidir   tekshirilishi»   tushuntirilib,   unda     o’quv   jarayonida
esa   o’quvchi   faoliyati   uning   natijalari,   bilish   ko’nikmasi   va   tushunchasi   sifatida
tekshirishdir.
Uslubiy   ilmiy   tartibda   psixologiyani   o’qitishi   metodikasi   ilmiy
pedagogikaning   qismidir.   Shuning   uchun   talabalarning   o’quv   faoliyati     natijalari
nazoratni tashkillashtirish uslubi psixologiyadan tashqari yana pedagogik nazariya
va   pedagogik   amaliyoti   tajribasiga   ham   asoslanishi   kerak.   Bu   o’qitish   natijalari
nazoratning   barcha   usul   va   uslublariga   talluqli   va   o’quv   materialining   individual
suhbatlarda   guruh   mashg’ulotlarida   yozma   nazoratda,   kurs   va   diplom   ishlarida,
sinov   va   imtihonlarida   o’zlashtirilganligi   sifatini   davriy   aniqlash   bilan   amalga
oshirishning   shakl va vaqti bo’yicha farqlarda  chegaralar  mavjud emas. Barchasi
paydo   bo’lgan   shart-sharoitlar   va   shunga   mos     o’qituvchining   fikrlari   asosida
tashkil   etilishiga   bog’liq.   Masalan:   agarda     ilmiy   adabiyotga   bo’lgan     engil
qarashlarni   sezilsa,   u   holda   yozma   so’rov   shaklida   yoki   seminar   mashg’ulotlarda
tavsiya etilgan ma’lumotnomalardan muhim  ma’lumotlarni  o’zlashtirishlari zarur bo’lgan   jihatlarni   muhokama   qilish   orqali     talabalar   bilimni   tekshirishni
tashkillashtirish mumkin.
O’qitishning yakuniy tekshirishi deganda esa, semestr yoki yillik  (o’tilgan
kurs   bo’yicha)   bitiruv   davlat   imtihonlarini   yoki   diplom   ishlarini   tushunish   qabul
qilingan.
Ba’zi   bir   holatlarda   kurs   ishlarini   ham   o’z   ichiga   oladi,   chunki   bir
tomonidan   qandaydir   muhim   ilmiy   muamoni   o’zlashtirish   tugallanadi,   boshqa
tomondan   kurs   imtihoni   yoki   diplom   ishi   (berilgan   fanda)   bo’yicha   tayyorlov
bosqichi   vazifasini   bajaradi.   Shu   tariqa   kurs   ishi   teng   me’yorda   kursni
o’zlashtirishdagi   oraliq   natijaga   kelishdek   yoki   o’rganilayotganlardan   uzviy
muamosini   o’zlashtirishning     yakuniy   natijasi   sifatidagi   ko’rsatkichidek   qaralishi
mumkin. Shuning   odatda uchun kurs ishlarini yozayotganda uni bajarish vaqti va
sifatiga   etarlicha   qat’iy   talablar   qo’yiladi.   Bu   nafaqat   o’qish,   balki   yana   ilmiy
izlanish mashqlarini echishdir.
O’qish faoliyatining asosiy pedagogik funksiyalari quyidagilar:
-   o’tilgan   o’quv   materialini   talaba   tomonidan   o’zlashtirgan   sifatini
tekshirish va baholash;
-   barcha   talabalarning   o’quv   dasturini   o’zlashtirishi   umumiy   va     o’z
oldilariga     qo’yilgan   maqsad   bilan   o’qish   natijalarini   taqqoslash   vositasida   o’quv
jarayonining samarasini baholash;
-   yo’l   qo’yilgan   kamchiliklarni   bartaraf   etish   va   erishilgan   yutuqlarni
ko’paytirish   bo’yicha   asosiy   yo’naltiruvchi   choralarini   rejalashtirish,   o’quv
faoliyatini   tashkillashtirishning   samarali   usul   va   uslublari   talabalarning   mustaqil
ishlarini tashkillashtirishni o’zlashtirish va kengaytirish va h.k.
Seminar sinov va imtihonlar nazorat ishlari kurs  va boshqa yozma ishlarini
o’tkazgach, shuningdek, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini tekshirib bo’lgach
o’quv   dasturini   tuzatish   va   uning   sifat   ko’rsatkichini   oshirishga   yo’naltirish
bo’yicha choralar ko’riladi.
Pedagogik   nazorat   jadvalini   samarali   ishlash   uchun   bir   necha   talabalarga
javob berish zarur. Birinchidan   nazorat   obektiv   bo ’ lishi   kerak .  Bu   degani   barcha   o ’ qituvchi   va
talabalar   o ’ quv   faoliyati     holatini   baholayotganda   kelishilgan   umumiy     jihatlardan
ularning   nimaga   asoslanganligini    oldindan   barchaga   ma ’ lum   bo ’ lishi   kerak .
Ikkinchidan ,   nazorat   natijasida   qo ’ yilgan   baholar   hajmi   o ’ zgarmas   deb
hisoblanadi   va   hech   qaysi   tarafdan   na   nazoratchi ,   na   nazorat   qiluvchi   tomonidan
shuhbalanishga   yo ’ l   qo ’ yilmaydi ,   chunki   ular     ikkala   tomonga   ham   ma ’ lum
bo ’ lgan   obektiv   kriteriyalariga   asoslanganligidir .
Uchinchidan ,   nazorat   va   uning   natijalari   oshkoralikni   talab   qiladi ,   chunki
har   bir   qiziqqon   shaxs   ( o ’ qituvchi   yoki   talaba )   dekan   yoki   kafedra   mudiri   ularni
to ’ liq   o ’ rganib   chiqishlari ,   ularga   asoslangan   xulosalar     chiqarishlari   mumkin
bo ’ lsin .   Xulosalar   o ’ zlari   uchun   ishonchli   va   jadval   ijobiy   ishlarni   har   biriga
alohida   talluqli   bo ’ lgan   o ’ quv   jarayonini   yo ’ naltirilishining   zaruriy   qismlari
bo ’ yicha   tanlangan   bo ’ lishi   kerak .
Qo ’ yilayotgan   baholarning   asoslanganligi   va   obektivligini   ta ’ minlashning
etarlicha   qulay   va   ta ’ sirchan   vositasi   oliy   o ’ quv   dargohlarining   tajribasi
ko ’ rsatganidek   o ’ quv   muassasada   maxsus   ishlab   chiqilgan ,   fakultetda   rasman
tasdiqlangan ,   shunga   mo ’ ljallangan   o ’ quv   kengashida   talabalarni   semestrdan
semestrga   o ’ tishi ,   kursdan   kursga   ko ’ chirishdagi   atestasiya   sharoitlari   haqidagi
hujjatga   bog ’ liqdir .   Ushbu     hujjat   turlicha   nomlanishi   mumkin .   « Talabalar
atestasiyasi   shartlari »  yoki  « dasturni   o ’ zlashtirish   darajasini   baholash   kriteriyalari »
va   h . k .   Biroq   maqsadi   bita     nazorat   qilinayotgan   obektni   baholashga   bir   xilda
yondashishdir .   Misol   sifatida   bunday   hujjat   variantlaridan   birini   keltirish   mumkin .
Oliy   o ’ quv   yurtlarining   birida   tajriba   tariqasida   ishlatilgan   va   ishlab   chiqilgan
psixolog   amaliyotchilarni   tayyorlovchi   muassasa   tomonidan   talabalarni   nazorat
qiluvchi ,  o ’ qituvchilar   tomonidan   ham   umumiy   qoniqish   hosil   qilgan   hujjatlaridan
birini   misol   tariqasida   keltirish   mumkin .  Undagi   hamma   narsa   ham   har   tomonlama
aniqlashtirilgan   bo ’ lmasligi   idealdan   uzoq   bo ’ lishi   ( umuman   ideal   amalda   bo ’ lishi
haqiqatdan   yiroq )    mumkin ,   amo   u   shunisi   bilan   yaxshiki   u   ikki   tomonga   nazorat
qiluvchiga   ham ,   nazorat   qilinuvchiga   ham ,   aynan   nima   tekshirilishi   va   bu   qanday
baholashi   haqida   etarlicha   aniq   qat ’ iy   mo ’ ljallarni    beradi . Mana   shu   talabalarning   dasturni   o ’ zlashtirish   sifatini   baholashga   talluqli
hujjatdan   parcha .
Fakultet talabalarini atesta t siyasi shartlari
1.Talabalar atestasiyasi ular o’qigan  o’quv fanining o’zlashtirish darajasiga
ko’ra,  imtihon va sinovlardagi tekshiruvlar natijalari bo’yicha o’tkaziladi.
2.O’zlashtirish   darajasi.   Talabaning   bo’lajak   amaliyotchi   psixolog
mutaxassisi   va   uning   bo’lajak   kasbiy   faoliyatiga   talluqli   tayyorgarligi   umumiy
maqsadlaridan kelib chiqqan holda  aniqlanadi. 
Shuning   uchun   imtihonda   undan   ikki   nazariy   (bilimga)     va   amaliy
(mahoratga)   qismlardan   iborat   savollarga   javob   berish   talab   qilinadi.  Agar     savol
tuzilishida  bunday bo’linish bo’lmasa doimo shunga tayyor bo’lishi kerak. Talaba
doim   nazariy   holatlarni   o’zi     bilgan   hayotiy   misollar   asosida   ko’rsatib   berishi
kerak.
Bu   dasturni   o’zlashtirish   chuqurligi   kitob   matnini   (darsliklar   va   boshqa
adabiyotlar) uslubiy to’g’ri eslab qolishi (xotirasi bo’yicha aytib berishi) bo’yicha
baholanmaydi, aksincha olingan bilimlarni amaliy holatda qo’llay bilishi bo’yicha
baholanadi.
3.   Talabalar   bilimlariga   alohida   psixologik   sikl     bo ’ yicha     o ’ quv   fanlariga
qo ’ yilgan   talablar :
-   psixologiya   tarixi   bo ’ yicha   –   imtihon   biletlari   talab   qilayotgan   hajmi   va
rakursda   psixologiya   rivojiga   yo ’ naltirilgan     aniq   bosqichini   talaba   bilishi ,   bunday
rivojlanish   qanday   amaliy   talablardan   kelib   chiqqanini   asoslash ,  tushuntira   olishini ,
isbotlab   berishi ;
-   umumiy   psixologiya   bo ’ yicha   nazariy   savollarni   bilishi   va   o ’ z   bilimini
amaliyotda   qo ’ llay   olishi   avvaldan   berilgan   amaliyot   topshirig ’ ini   bajarishi   yoki
nazariy   holatni   ko ’ rgazma   qiluvchi   yo   tasdiqlovchi   hayotdagi   misollarni   keltirish ;
-   pedagogik   va   yosh   psixologiya   bo ’ yicha   talabaning   ontogenezda
shaxsning   psixik   rivojlanishi   haqidagi   qonuniyatlarni ,  shuningdek   bolalik   chog ’ ida
bu   rivojlanishning   asosiy   bosqich   va   davrlari   yoki   tarbiya   va   ta ’ limning   psixologik
asoslari   haqida   shaxsning   psixik   rivojlanishining   umumiy   shakllarini     bilishidan iborat .   Shuningdek   imtihon   qilinayotganda     samarali   pedagogik   amaliyotning
asosida   yotuvchi ,   uning   ilmiy   poydevori   sifatida   xizmat   qiluvchi   psixik
rivojlanishining   qonuniyatlari   asosidagi   misollarda   ko ’ rsatib   bera   olishi   lozim .
Ijtimoiy   psixologiya   bo ’ yicha   ijtimoiy   guruhlarga   kiritilgan   insonlarning
faoliyati   va   xulq - atvori   qonuniyatlari   haqidagi   yana     shuningdek   ana   shu
guruhlarning     psixologik   tavsifi   haqidagi   savollarni   bilishi ,   guruhning   xatti -
harakati   yoki     guruh   faoliyatidagi   holatlarni   tahlil   qilish   uchun   shu   bilimlarni
qo ’ llay   olishi :
-   maxsus   kurslar   bo ’ yicha   umumpsixologik   ijtimoiy   psixologik   va
pedagogik - psixologik   qonuniyatlarni   omaviy   ahamiyatini   bolalar   va   kattalarga
ta ’ lim   va   tarbiya   berishdagi   nazariy   va   amaliy   topshiriqlarini   echish   uchun   bilishi
va   shu   bilimlarni   pedagogik   holatlarini   psixologik   baholash   va   tahlil   qilish   uchun
ijodiy   qo ’ llay   olishi .
4.   Imtihon   va   sinovlardan   tashqari   talabani   atestasiya   qilish   uchun   asos
bo ’ lib ,   uning   seminar   va   amaliy   mashg ’ ulotlar   natijalari ,   kurs   va   nazorat   ishlari
sifati   bo ’ yicha   o ’ qituvchi   tomonidan   aniqlangan   oraliq   baholashlarini   o ’ tkazish
o ’ zlashtirishiga    xizmat   qilishi   mumkin .
Bunday   holatda   talaba   berilgan   fan   bo ’ yicha   imtihonsiz   ( sinovsiz )   « a ’ lo »
baho   bilan   atestasiya   qilinishi   mumkin .
Bu   erda   etarlicha   talabaning   bilimi   va   mahoratiga   aniq   va   qat’iy   talablar
belgilanadi. Shubhasiz hujjatning qulayliklari deb – talabaning o’quv faoliyatining
shunday   natijasiki,     o’qitish     sifatini   ham   nazariy   bilimlarga   va   uni   hayotda
qo’llashning   amaliy   mahoratiga   bog’liqdir.     O’qituvchi   nazorat   qilinuvchi
nazoratchilarga   oldindan   tanish   bunday   kriteriy   o’qitishni   va   talabaning   o’quv
faoliyatini   boshidan   aniq   jihatdan   yo’naltirib,psixologiya   bo’yicha   holatlarda
amaliy topshiriqlarni echishdagi  mahoratini ko’rsatish asosida tekshirishni nazarda
to’tadi.
  Hozirgacha   etarli   darajada   aniqlanmagan   va   qayta   ishlash   talab   qiluvchi
(balki   dars   jarayoni   davomida   izlanishlarni   talab   qiluvchi)   «mahorat»  va   «bilish»
tushunchalarining   aniq   tarkibi   haqidagi   savol   berishgan.   Gap   shundaki,   turli o’qituvchilar   va   boshqa   nazorat   qiluvchilar   unga   turli   xil   tarkiblarni   kiritishlari
mumkin. Biroq psixologik jihatdan  o’quvli inson etarlicha ishonch va aniqlik bilan
ushbu   tushunchalardan   yashirin   manbani   anglab   olishi   mumkin.   Bu   ko’rsatilgan
jihatlarni   qo’llash   mahorati   talabalarga   salmoqli   foyda   keltiradi,   og’zaki   javob
berish uchun imtihonlarda ulardan qanday bilimlarni  nazorat talab qilinishi va ular
nimani ushbu bilimlarga ilova sifatida hayotiy masalalar asosida ko’rsata olishlari
lozimligi yuzasidan  uchun aniq tassurot qilib oladilar.
Ushbu   jihatlarni   imtihonlarda   bilim   va   mahoratlarini   tekshirish   uchun
qo’llash uslubi oddiy, har bir bilimga bita nazariy savol va bita topshiriq kiritiladi.
Odatda   savollar   oldindan   talabalarga   ma’lum   bo’ladi,   ularning   bilimlarini
tekshirish   uchun   imtihonga   kiritilgan   va     dastur   bilan   hamjihatlikda   tuzilgan   va
talabalarga ma’lum qilingan psixologik topshiriqlar to’plamini qo’shish kerak shu
orqali   ular   imtihonlarga   tayyorgarlik   tartibida   barcha   berilgan   to’plam
topshiriqlarini echadilar.
A DABIYOTLAR RO’YXATI
1. Айсмонтас   Б.Б.   Педагогическая   психология:   Схемы   и   тесты.   –   М.:
Изд-во ВЛАДОС-ПРЕСС, 20 1 2. – 208 с.
2. Бадмаев Б.С. Методика преподавания психологии. – М., 20 14 .
3.Бадалев А.А. Общая психодиагностика. Санкт-Петербург 2000 й
4.Зимняя   И.А.   Педагогическая   психология:   Учеб.   пособие.   -     Ростов
Н/Д, 2007. 
5.Ismoilova   N.,   Abdullayeva   D.   Ijtimoiy   psixologiya.T,2013
O'zb.fay.mil.jam.nashr.
6. Карандашев В.Н. Методика преподавания психологии. - СПб, 20 1 5.
7. Ляудис В.Я. Методика преподавания психологии. - М.,  2012 .
8.Марсинковская Т.Д.. История психология. М. 2001  
10.Otajonov M. Psixoanaliz asoslari. T,2004 O’zbekiston
11.Педагогическая   психология:   Хрестоматия/Сост.   В.Н.Карандашев,
Н.В.Носова, О.Н.Щепелина. – СПб.:Питер, 2016. – 412 с.
12. Rasulov A.I.  Psixodiagnostika. T. 2010 Mumtoz so`z 13. Столяренко   Л.Д.   Педагогическая   психология.   –   2-е   изд.,   перераб.и
доп. – Ростов н/Д: «Феникс», 2003. – 544 с.

PEDAGOGIK BAHOLASH PSIXOLOGIYASI Reja: 1.Talabalar bilimini nazorat qilishning psixologik jihatlari. 2. O’z-o’zini nazorat qilish ning psixologik asosi 3. Bilimlarni o’zlashtirish jarayonini boshqarish 4. Talabalar o’quv faoliyatining korreksiyasi

«Nazorat» atamasini qo’llashga pedagogik o’quv jarayonida va pedagogik psixologiyada turlicha yondashiladi. Pedagogika nazariyasida va pedagogik amaliyotda «nazorat» atamasi «keng» va «tor» ma’noda uchraydi. «Keng ma’noda» nimadir tekshirish, «tor ma’noda» esa, kibernetika ruhiyatidadan kelib chiqib, «o’z-o’zini boshqarish uchun xarakterli bo’lgan teskari aloqa tamoyilidir». «Pedagogika» o’quv qo’llanmasida bu tushuncha yuqoridagidek izohlanadi. Bundan kelib chiqadiki, «o’quvchilarning o’quv mashg’ulotlarini nazorat qilish tashqi teskari aloqani va ichki teskari aloqani ta’minlaydi». «Tashqi teskari aloqa» tushunarli bo’lib: bu o’quv materialining o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishini tekshirish degani (nazorat-so’rovlar, yozma ishlar, imtihonlar va h.k.), bularni barchasini o’qituvchi tashkillashtiradi. «Ichki teskari aloqada» esa, «o’zgacha» - o’quvchining o’z-o’zini tekshirishi, bu haqida bir nechta umumiy so’zlar, ulardan o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarishida «teskari aloqa»ning «ichki» xarakterini nimadan tarkib topganini tushunish mumkin. Bu ham baribir «mashinali» yoki «mashinasiz» dasturlash vositalarini qo’llash orqali o’qituvchi yordamida tashkilashtiriladi. «O’z-o’zini nazorat qilish» atamasini qo’llash orqali muallif, o’quvchilar aniq savol yoki masalalarda o’zini tekshirayotib o’zlarining qay me’yorda materialni o’zlashtirganlarini tekshiradilar. Boshqacha qilib aytganda, ular o’z-o’zlarini tekshiradilar va baholaydilar. Bu esa amaliyotdan ma’lum bo’lganidek, o’qituvchi yoki muallif tomonidan o’z-o’zini tekshirish savollar bo’yicha amalga oshiriladi. Bu ham tarkibi bo’yicha «tashqi nazorat»ga kiradi. Pedagogik psixologiyada «nazorat» tushunchasi bir muncha o’zga ma’noda – «o’quv jarayoni»dek - qo’llaniladi. O’quvchilarning o’quv mashg’ulotlari jarayoni va uning tarkibiy elementi sifatida kiradi. Nazorat - o’quv mashg’ulotining so’nggi natijasi bo’yicha o’zlashtirish sifatini tekshirish kabi emas, balki o’quvchining o’z aqliy jarayonlarini uning tarkibi va tavsifi (prinsiplari, qonuniyatlari, qoidalari) bo’yicha o’qilayotgan o’quv topshiriqlarining to’g’ri bajarilishi uchun mo’ljalli asosdek xizmat qiluvchi nazariya kabi amalga oshiriladi.

Bilimlarni o’zlashtirish jarayonini boshqarish mexanizmi haqida gapirilganda, N.F.Talzina nazoratni uning sozlashdagi zaruriy tarkibiy elementi sifatida qaraydi. Agar boshqarilayotgan jarayon mavzusi bilan hamjihatlikda boradigan (yoki dasturli o’qitish uchun - dastur) bo’lsa, unda hech qanday korreksiya talab qiladigan qo’shimcha harakatlarni yuzaga keltirmaydi. Biroq jarayonning qandaydir dasturdan chekinishini ko’rish bilanoq, pedagog uning chekinishi xarakteri haqidagi teskari aloqa jadvali bo’yicha tushayotgan ma’lumotlarni qo’llab, darhol, talab etilgan sohaga yo’naltirilgan holda o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish bo’yicha tadbirlarni qo’llaydi. Bu sozlovchi harakatda, teskari aloqa nazorat kanalidek chiqadi, ular pedagogik jarayonning oxirini kutib o’tirmasdan, jarayonning borishi haqida ma’lumotlarni oladi, bu esa unga darrov ta’sir o’tkazadi. O’quv mashg’ulotlarining borishi bo’yicha nazorati va korreksiyasi – mana shu nazoratning tushunilishida nimalar muhim, agarda o’quv mashg’ulotlari tugagan bo’lsa, endi aralashishning iloji yo’q. Agar o’quv jarayonning natijasi shunday bo’lsa, inson o’zlashtira olmagan yoki dasturni yomon o’zlashtirgani, faqatgina jarayon oxirida bo’ladi, bunda esa endi uni to’g’rilashga imkoniyat bo’lmaydi. Teskari aloqani o’quv jarayonida qo’llanilishi quyidagi ikki muamo echimini o’z ichiga oladi. Birinchidan, tomondan o’qitish maqsadida, boshqa tomondan esa o’qitishning psixologik nazariyasi asosida nazorat ostidagilar tavsifnomasi majmuini ajratib ko’rsatadi. Buni esa o’qituvchi dasturlar tuzishda asos qilib oladi. Umumiy qoida quyidagilardan tashkil topadi ya’ni mustaqil tavsifnoma nazoratga olinadi, ularning tarkibiy o’zgarishi bir sifat holatidan boshqasiga o’tishiga olib keladi. Ikkinchidan, teskari aloqaning chastotasi (oralig’i)ni aniqlash, kuzatuvchining teskari aloqa deb nomlagani mukamal deb hisoblanadi. O’quv jarayoniga ushbu holatni mexanik tarzda olib o’tish samarali chiqmagan. Buning sababi quyidagicha izohlanadi; nazorat o’quv jarayonida faqatgina teskari aloqa

funksiyasini bajaribgina qolmay, balki mustahkamlash funksiyasini ham bajaradi. U o’quvchining motivasion muhiti bilan ham shuningdek bog’liqdir. V.V.Dav i dov nazoratni o’quv mashg’ulotidek ko’rib, uning ostida boshqa o’quv mashg’ulotlarining o’quv masalalari va shart-sharoiti talablariga mosligini aniqlashdir. Nazorat o’quvchiga harakatlarning uslubiy tarkibini o’zgartirib, olinayotgan natija va echilayotgan masala sharoitlari xususiyatlarining u yoki bunisi bilan uning aloqasini aniqlashga imkon beradi. Shuning natijasida nazorat harakatlarining operasion tarkibi va ularning bajarilishi to’g’riligi keraqli hajmini ta’minlaydi. Nazorat, uni bajarish sharoitlarining operasion harakatlar tarkibiga mosligini aniqlashga imkon berib, tarkibsiz reflekslarga asoslanadi. Tarkibiy refleksiyani inson tomonidan shaxsiy harakatlari asosida ko’rib chiqish va izlash bilan bog’liq. Shu tariqa psixologik nuqtai nazarda talabaning o’quv faoliyati deganda – o’z-o’zining nazorati, o’zining o’quv faoliyati borasida aniqligini ta’minlovchi spesifik o’quv faoliyati shakli tushuniladi. O’z-o’zini nazorat qilishning pedagogik tushunchasi esa, o’quv faoliyatini vaqti-vaqti bilan tekshirib, borishni emas, balki o’zlashtirish natijalari bo’yicha o’quvchi tomonidan tashkillashtirilgan o’quv faoliyatidir. Hozir esa, biz o’z-o’zini nazorat qilishning o’z-o’zini boshqarishga asoslangan o’qitish uslubi va talabaning o’quv faoliyati sifatida qaramoqdamiz. Bundan kelib chiqib, birinchi kurs talabasining (iloji boricha tezroq, shaxsiy o’quv faoliyatini shunday to’g’ri va aniq tashkil etishi kerakki, unda o’quv materiali uni o’zlashtirish davomida zudlik bilan, kechiktirmay o’zlashtirilsin. Demak, bir necha kun tayyorlanib va darhol, bir urinishda o’qilgan dasturlar bo’yicha javob bermaslik uchun, imtihon sessiyasi kelishini kutib o’tirmasdan, hech narsani orqaga surmaslik, o’zlashtirilmagan ma’ruza matnlari va o’qilmagan ilmiy matnlar va o’quv adabiyotlarni to’plamaslik kerak. Afsuski, ko’p birinchi kurs talabalari bunday yo’l tutishmaydi. Talabalarning bunday ish uslubi oldindan ma’lum: bilimlari sayoz, parchalangan, hayot va amaliyot bilan kam bog’langan,

isbotlanmagan, uzuq-yuluq, shuning uchun ko’pi unutilgan esdagilari ham bir-biri bilan, mantiqiy bog’lanmagan, o’zlashtirilmagan qisqasi, fan predmeti bo’yicha ilmiy topshiriqlarning butunligi, ahamiyati uzviy bog’liq holatdek tushunilmasdan esda olib qolingan. Birinchi kundanoq talabaning psixologik ritm bo’yicha, kunma-kun, yangi ilmiy ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun o’quv faoliyatining nazoratiga uni o’rgatish lozim, bu pedagogika va uslubiyoti tili bo’yicha o’z-o’zini nazorat qilish deb atash mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek nazoratga o’rgatish berilgan muamo bo’yicha maxsus o’quv mashg’ulotlarini anglatishi lozim emas. Balki o’quv faoliyati shart- sharoitlaridan kelib chiqib belgilanishi lozim. O’quv faoliyati quyidagicha tashkillashtiriladi: talaba o’quv topshiriqlarini bajarish jarayonida, uni echish bo’yicha barcha fikriy operasiyalarini qadama-qadam nazorat qilib, o’rganilayotgan nazariyaga aynan mos ravishda bajarilsin, faqatgina shu sharoitda u istalgan natijaga erisha oladi. Nazoratning o’quv faoliyatiga o’rgatish bo’yicha alohida tashkillashtirilgan mashg’ulotlari odatda o’tkazilmaydi, chunki belgilangan faoliyatiga o’qitish jarayonining o’zi darslar davomida amalga oshiriladi. Bir vaqtning o’zida topshiriqning shartlarini o’ylab chiqish, tahlil qilish va talabalarni baholash, echimlarini rejalashtirish va qabul qilish bo’yicha boshqa o’quv faoliyatini birgalikda bajarish bilan amalga oshiriladi. Biroq, o’quv faoliyatlari o’qituvchi tomonidan shunday tashkillashtirilishi kerakki, uni amalga oshirilishi jarayonida o’quvchining qanday qilib o’rganilayotgan nazariyaning me’yorlari, qoidalari, qonunlari va boshqa talablarini qo’llashiga butunlay bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari topshiriqlar shunday tuzilishi kerakki, uning echimi aniqligi shu talablarga rioya etishga bog’liq bo’lsin. Psixologik nazariyani o’qishda ham boshqa nazariyalarda bo’lgani kabi, talabalar psixologik faktlarni tekshirish va bilishga mo’ljallangan mashqlarni echishda ulardan foydalansin. Masalan, psixologik faoliyat tushunchasini o’zlashtirish uchun talabalarga berilgan o’quv topshiriqlariga murojat etamiz.