Pedagogik fanlarni o'qitish metod va vositalari
Mavzu: Pedagogik fanlarni o'qitish metod va vositalari Reja: 1. “Ta’lim metodlari” va “ta’lim usullari” tushunchalarining mohiyati. 2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. 3.Ta’lim metodlarining mohiyati. 4. Ta’lim metodlarini tanlash shartlari. 5. Keys-stadi – ta’limning zamonaviy metodi. 6. Ta’lim vositalari va ularning funktsiyalari.
I. “Ta’lim metodlari” va “ta’lim usullari” tushunchalarining mohiyati. “Metod” so’zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot”, “usul”, “maqsadga erishish yo’li” kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda “maqsadga erishish usullari” deya sharhlangan. Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi. Ayni vaqtda pedagogik manbalarda “ta’lim metodi” tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadlariga erishish uchun qo’llaniladigan yo’l va usullar majmui
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi Ta’lim metodlarining asosiy funktsiyalari Bu funktsiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o’zaro singib ketadi. Misol uchun, tashxisli funktsiya o’qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi. “Ta’lim metodi” atamasi bilan birga ko’p hollarda “ta’lim usullari” (sinonimlari – pedagogik usullar, didaktik usullar) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog’ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq, o’qituvchi faoliyatida tez-tez qo’llaniladigan usullarni ajratib ko’rsatish mumkin (__-rasm): Ta’lim usullarining turlari
II. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muhim ob’yekt ta’lim metodlarining tasnifidir. “Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo’yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o’nlab ta’lim metodlari ma’lum”, - ekanligini ta’kidlagan holda I.P. Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, - “Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g’oya yagona va o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O’qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak”. Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta’lim metodlarini quyidagi uch guruhga ajratish mumkin (-jadval). 1. O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari. 2. O’quv-bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivlash metodlari. 3. Nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlari. O’z navbatida har bir guruh kichik guruhlarga ajratiladi (----jadval):
Taqdim etilayotgan ta’lim metodlari tizimi nazariy-amaliy jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o’quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi. Ushbu tizim bir qarashda akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tizimiga o’xshash. Biroq, Yu.K.Babanskiy tasnifiga ko’ra ta’lim jarayoniga nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko’ra har qanday murakkab faoliyat, shu jumladan, ta’limiy faoliyat ham quyidagi uchta tarkibiy qismdan iboratdir: tashkiliy; rag’batlantiruvchi; nazorat. Shu bilan birga ta’lim metodlari quyidagicha guruhlanadi. Ta’lim metodlarining guruhlari: