logo

PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA O’QITUVCHI MAHORATI MASALALARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

51.6884765625 KB
PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA
O’QITUVCHI MAHORATI MASALALARI
Reja:
1.   Eng   qadimgi   davrlardan   eramizning   VII   asrlarigacha   bo’lgan   davrlarda
o’qituvchi (murabbiy), shogird va ularning jamiyatdagi o’rni to’g’risidagi 
2.   Sharq   mutafakkirlari   ijodiy   meroslarida   mudarrislarni   tanlash,   ularga
qo’yiladigan talablar. 
3. Yunon va Rim faylasuflarining pedagoglar hamda ularning notiqlik san’ati
to’g’risidagi g’oyalari.
4. Y.A.Komenskiy, A.Disterveg, K.D.Ushinskiy va boshqalarning o’qituvchi,
uning kasbiy tayyorgarligi to’g’risidagi qarashlari.
      ENG   QADIMGI   DAVRLARDAN   ERAMIZNING   VII
ASRLARIGACHA BO’LGAN DAVRLARDA O’QITUVCHI (MURABBIY),
SHOGIRD   VA   ULARNING   JAMIYATDAGI   O’RNI   TO’G’RISIDAGI
QARASHLAR.
Eng   qadimgi   davrlardan   eramizning   VII   asrlarigacha   bo`lgan   davrlarda
o`qituvchi   (murabbiy),   shogird   va   ularning   jamiyatdagi   o`rni,   pеdagogik   faoliyat
borasidagi ijtimoiy karashlar.
Hozirgi   kundagi   o`qituvchi-tarbiyachi   faoliyati,   mahorati,   ularning
jamiyatdagi   o`rni,   ustoz-shogirdlik   munosabatlari   haqida   gapirishdan   avval,
kishilik   jamiyatining   dastlabki   bosqichlarida   ustoz-o`qituvchi   tarbiyachi   faoliyati
masalalariga to`xtalib o`tish lozim. 
Ibtidoiy jamoa to`zumi davrida jamiyat yosh jihatidan  3 guruhga bo`linar edi:
1.Bolalar va o`smirlar. 
2. Hayot va mеhnatning to`la qimmatli va to`la huquqli ishtirokchilari. 
3. Kеksalar. 
Yangi,   tug`ilgan   bolani   jamoadagi   kеksa   kishilar   boqib,   o`stiradilar.   Bola
tеgishli   biologik   yoshga   to`lib,   ba'zi   bir   ijtimoiy   tajriba   mеhnat   qilishni   o`rganib,
hayotiy   bilim   va   malakalarni   egallagandan   so`ng   to`la   qimmatli   mеhnatchilar
guruhiga   o`tardi.   Ibtidoiy   jamiyatda   bola   o`zining   hayot   faoliyati   jarayonida
kattalarning ishlarida qatnashib ular bilan kundalik muomalada bo`lib, tarbiyalanar
va   ta'lim   olar   edi.   o`g`il   bolalar   katta   yoshdagi   erkaklar   bilan   ularning   ishlarida
qizlar  esa  ayollarning  ishlarida qatnashardilar.  Matriarxat  oxirlarida  o`g`il  bolalar
uchun   alohida   va   qizlar   uchun   alohida   tarbiya   muassasalari   -   yoshlar   uylari
muassasalari   paydo   bo`ldi.   Bu   еrda   yoshlar   ypyg`   oqsoqollari   rahbarligida
yashashga mеhnatga o`tkaziladigan sinovlarga tayyorlanar edilar. 
Patriarxal   urug`chilik   bosqichida   chorvachilik,   dеhqonchilik,   turli   hunar
kasblari   paydo   bo`ldi.   Shu   bilan   bog`liq   ravishda   tarbiya   ham   murakkablashib,
ko`p   tomonlama   va   rеjali   bo`la   bordi.   Bolalar   tarbiyasi   tajribali   kishilarga
topshiriladigan   bo`ldi.   Ular   bolalarga   mеhnat   ko`nikma   va   malakalarini   o`rgatish
bilan   bir   qatorda   paydo   bo`lib   kеlayotgan   diniy   urf-odatlarning   qoidalari,   naqllar bilan   bolalarni   tanishtirar,   yozishga   o`rgatar   edilar.   Ertaklar,   o`yin   va   raqslar,
musiqa   va   ashula,   butun   xalq   og`zaki   ijodi   xulqni,   hatti-harakatni,   xaraktеrning
muayyan bеlgilarini tarbiyalashda katta rol o`ynaydi. 
 Tarixiy   manbalarga   ko`ra   bolalar   savod   maktablarida   o`qitilgan,   bundan
tashqari   bolalar   maxsus   murabbiylar   tomonidan   harbiy,   jismoniy   mashqlarga   va
hunarga   o`rgatilgan.   Bolalar   tarbiyasida   oilaning   ayniqsa,   onalarning   o`rni   ham
katta bo`lgan, 5 yoshgacha asosan ayollar tarbiyalagan.  
 Qadimgi   ajdodlarimiz   yoshlarni   vatanparvar,   xalqparvar,   sadoqatli,   har
qanday   mashaqqatlarga   bardoshli,   jasur,   kuchli,   mard   qilib   tarbiyalashga   e'tibor
b е rganlar. Tarixiy shaxslar bilan bog`liq rivoyatlarda ham odamiylik, nazokat, aql-
idrok,   vafo-muhabbat,   sadoqat,   adolat   kabilar   ulug`lanadi.   Bunday   hislatlarni
tarbiyalash, shakllantirish esa o`qituvchi ustozga yuklatilgan edi. 
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha bo’lgan pedagogik fikrlarda o’qituvchi-
ustoz,   shogird   va   ularning   jamiyatdagi   o’rni   mahorati   haqida   ko’p   fikrlar   bayon
etilgan.   Rim   tarixchisi   va   yozuvchisi   Svetoning   munosabatni   ishontirish,
muomalada   bo’lish   uslublari,   rim   olimi   Mark   Fobiy   Kvintilian   notiqni
tarbiyalashda o’z-o’zini boshqara olish notiqlik va so’zamollik mahoratini egallash
haqidagi fikrlarini yozib qoldirgan.
Pedagoglarning professional  mahorati va ularning notiqlik san'ati  Gresiya va
Rim   filosoflari   asarlarida   bayon   etilgan.   Suqrotning   ta'lim   berish   Platon   va
Deosfenning   nutq   madaniyati   va   uni   egallash   texnikasi,   Aristotelning   notiqlik
san'atiga erishish yo’llari va ritorikasi, Seseron va Kvintilianning nutq madaniyati
haqidagi fikrlari. Sharq mutafikkirlari Husayn Vois Kashshofiy, Abu Ali ibn Sino,
Burxoniddin   Zarnudjiy,   Ahmad   Yugnakiy,   Jaloliddin   Devoniy,   Kaykovus,   Yusuf
xos Xojib, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, turk olimlari Mustafo Xomiy poshsha
munosabat, muomala madaniyati va uni egallash mahorati haqida, notiqlik san'ati,
munosabatga kirishish mahorati haqida va uni egallash haqida o’z qo’lyozmalarida
fikr bildirganlar.
Kundalik kuzatib borish shuni ko’rsatadiki, o’qitishning muvaffaqiyati asosan
ta'lim berayotgan fanga o’quvchilarni qiziqtirishdir. O’qituvchi   o’z   shogirdlaridan   doimo,   hech   bo’lmaganda,     bir   necha   bosh
yuqori   turishi   kerak,   aks   holda   bolalar   oldida   uning   obro’si   bo’lmaydi,   chunki
kutilmagan   savollarga   o’qituvchi   javob   berolmasdan   qolishi   mumkin.   Holbuki,
bola   sezgir   bo’ladi   va   juda   tez   fursatda   o’qituvchining   «Mulla»ligi   oshkor   bo’lib
qoladi.
O’quvchilar   oldida   yo’qotilgan   obro’ni   tiklash   juda   qiyin,   hatto   ba'zi
vaqtlarda mumkin ham emas.
«Yosh avlodning tarbiyasi faxriy va olijanob vazifa bo’lishi bilan birga, ayni
paytda   u   g’oyat   darajada   murakkab   va   ma'suliyatlidir.   Bu   vazifani   muvaffaqiyat
bilan   bajarish   uchun   o’qituvchi   eng   avval   o’z   ishining   shaydosi,   tashabbuskori
bo’lishi   kerak.   Shuning   uchun   o’qituvchilikning   «sababi   ovqat»   uchun   formal
«kasb» qilib olish – juda xavfli bo’lib, hatto yosh avlodning tarbiyasi zararlidir.
Ikkinchi   tomondan,   ayniqsa,   o’qituvchi   qanday   ma'lumotga,   qanday
erudisiyaga ega bo’lmasin, u o’zining saviyasini  pedagogik san'atini  rivojlantirish
uchun tinmay ishlashi kerak»
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma'naviy yuksalishini ta'minlovchi ta'lim-
tarbiya,   ma'naviyat   va   ma'rifat   kabi   tushunchalar   mavjud   bo’lib,   ular
tarbiyashunoslik   fanlaridagi   o’zgarishlarni   jamiyat  taraqqiyoti  bilan  bog’liq  holda
atroflicha o’rganishni  taqozo etadi. Bu  fanlarni  o’zlashtirish – ma'naviy,  ijtimoiy,
siyosiy   va   iqtisodiy   hayotning   harakatlantiruvchi   kuch   bo’lmish   inson   kamoloti
haqidagi g’oyalarni nihoyatda puxta bilishni talab qiladi. 
Konfutsiy   (er.avv.551-479   y.y.)   –   xitoylik   buyuk   mutafakkir.   U   o’z   yurtida
ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etib axloqiy-siyosiy ta'limotga asos soldi. U
ta'limda o’qish va fikrlash, o’ylash muhimligini qayta-qayta takrorlagan.
Konfutsiy   o’zining   pedagogik   faoliyatida   tajribaga   alohida   e'tibor   berdi.
Masalan, har bir inson bir nimani biladiki, hisob qiladi. O’qituvchi to’rt narsadan –
quruq   foydasiz   fikrlashdan,   o’z   mulohazasida   qat'iy   turib   olishdan,   qaysarlik
qilishdan,   faqat   o’z   haqida   o’ylashdan   zinhor   saqlanishi   kerak.   Bu   g’oyalarning
birinchisi sof ko’ngil bilan munosabatda bo’lish, ikkinchisi shaxsiyatga berilmaslik
va qaysarlik qilmaslikdir. SHARQ   MUTAFAKKIRLARI   IJODIY   MEROSLARIDA
MUDARRISLARNI TANLASH, ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR .
O’qituvchi   kasbining   nozikligi,   mas'uliyatliligi   va   murakkabligi   hamda
sharafli ekanligi to'g’risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigai
talablar,   fazilatlariga   oid   qarashlar,   munosabatga   kirshish   mahorati,   muomala
madaniyati   Shark   mutafakkirlarining   asarlarida   o'z   ifodasini   topgan.   Sharq
ma'naviy-madaniyatining   xilma-xil   jihatlari,   ayniqsa   Uyg’onish   davrida   juda
rivojlangan  bo'lib,  bu davrda yashab   ijod etgan  Abu Nasr  Forobiy, Al-Xorazmiy,
Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy,
Alisher   Navoiy   va   boshqa   ko'plab   mutafakkirlarning   ijodlari   pedagogik   tafakkur
taraqqiyotida   yosh   murabbiylarning   ma'naviy-axloqiy   kamolotida   muhim   manba
bo'lib xizmat qiladi.
Sharqning   buyuk   allomasi,   qomusiy   olim   Forobiy   (873-950)   muallimning
ijtimoiy   hayotda   tutgan   o'rni   va   uning   o'ziga   xos   xususiyatlari   to'g’risida   ibratli
g’oyalarni   ilgari   surgan.   Abu Nasr Forobiy   va’z aytganda to‘g‘ri   so‘zlash, to‘g‘ri
mantiqiy   xulosalar   chiqarish,   mazmundor   va   go‘zal   nutq   matnini   tuzishda
leksikologiya,   grammatika   va   mantiqning   roliga   nazariy   va   amaliy   jihatdan   katta
e’tibor   beradi.   Forobiy   voizlik   talablari   haqida   gapirib:   «Voizning   so‘zlari   aniq
bo‘lsin,   fikrini   va   aytmoqchi   bo‘lgan   mulohazalarini   ravon   va   ravshan   bayon   eta
olsin», -  deydi.
«O’qituvchi, - deydi  Forobiy, - aql-farosatga,  chiroyli  nutqqa ega bo'lishi  va
o’quvchilarga   aytmoqchi   bo'lgan   fikrlarni   to’la   va   aniq   ifodalay   olishni   bilmog’i
zarur.   Shu   bilan   birga   o'z   or-nomusini   qadrlashi,   adolatli   bo'lishi   lozim.   Ana
shundagina   u   insoniylikning   yuksak   darajasiga   ega   bo'ladi   va   baxt   cho'qqisiga
erishadi»,   -deb   ta'kidlaydi.   Mutafakkir   o'qituvchi   shaxsiga   xos   qator   fazilatlarga
xolisona,   odilona,   oqilona   sharh   berish   imkoniyatiga   erishgan   buyuk   zotdir.
Shuning   uchun   mazkur   sharhlar,   ilmiy   ilovalar,   teran   fikrlar,   ibratli   mulohazalar
ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan. Abu   Nosr   Forobiy   ustoz   -   o`qituvchiga   shunday   talab   qo`yadi:   "Ustoz-
shogirdlariga   qattiq   zulm   ham,   haddan   tashqari   ko`ngilchanlik   ham   qilmasligi
lozim.   Chunki   ortiqcha   zulm   shogirda   ustozga   nisbatan   nafrat   uyg`otadi,   bordiyu
ustoz   juda   ham   yumshoq   bo`lsa,   shogird   uni   mеnsimay   qo`yadi   va   u   bеradigan
bilimdan sovib ham qoladi. U o`qituvchiga bolalarning fе'l atvoriga qarab tarbiya
jarayonida "qattiq" yoki "yumshoq" usullardan foydalanishni maslahat bеradi: 
1.   Tarbiyalanuvchilar   o`qish   o`rganishga   moyil   bo`lsa,   ta'lim   tarbiya,
jarayonida yumshoq usul qo`llaniladi. 
2.   Tarbiyalanuvchilar   o`zboshimcha,   itoatsiz   bo`lsa,   qattiq   usul   (majburlov)
qo`llaniladi.  
U  o`qituvchining  tarbiya   usullarini   hO`qumat   (davlat)   va   shohlarning  xalqni
tarbiyalash   va   boshqarishdagi   usullariga   o`xshatadi,   ularni   qiyoslaydi.   Hap
ikkalasida ham yumshoqlik va majburlov zarurligini o`qtiradi. 
Mashhur   olim   Abu   Rayhon   Bеruniy   (973-1048)   o`qituvchiga   o`quvchini
zеriktirmaslikni,   o`tiladigan   mavzuni   qiziqarli   va   ko`rgazmali   holda   bo`lishi
lozimligini   maslahat   bеradi.   Bеruniy   Hindiston   asarida   esa   olimlar   ilm   aqllarini
hurmat   qilishga   chaqiradi.   Bo`larni   kishilar   ayniqsa,   hukmdorlar   hurmat   qilsa,
ularga   o`z   o`rnida   baho   bеrsa,   ilmlar   ko`payadi,   dеmak   jamiyat   iqbolli   bo`ladi,
gullab yashnaydi. 
Abu Rayhon Beruniyning   ta’kidlashicha, inson nutqi o‘z tuzilishi,   materialiga
ko‘ra   rostni   ham,   yolg‘onni   ham   ifodalashi   mumkin.   Bu   ko‘plab   bahs-
munozaralarga   sabab   bo‘ladi.   Inson   bu   bahs-munozaralar   jarayonida   rostni
yolg‘ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talab
bilan yuzaga kelgan mantiq fanining  qiyosi rostni yolg‘ondan ajratish vositasi bo‘lib
qoldi.   Inson   nutqida   shubhali   o‘rinlar   sezilsa,   ma’lum   «mezon»   yordamida   ular
tuzatiladi.   Shu bois Beruniy yaxshi  nutq matnini  tuzish  va mazmunli  nutq so‘zlash
uchun grammatika, aruz va mantiq ilmini chuqur bilish lozimligini  uqtiradi.
Buyuk alloma  Abu   Ibn Sino  (980-1037) talabaga bilim bеrish o`qituvchining
mas'uliyatli   burchi   ekanligini   ta'kidlaydi.   U   o`qituvchining   qanday   bo`lish
kеrakligi haqida fikr yuritar ekan, ularga shunday yo`l -yo`riqlar bеradi:  bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo`lish;
b е rilayoggan   bilimning   talabalar   qanday   o`zlashtirib   olayotganiga   e'tibor
b е rish; 
ta'limda turli m е tod va shakllardan foydalanish; 
talabaning   xotirasi,   bilimlarni   egallash   qobiliyati,   shaxsiy   xususiyatlarni
bilishi; 
b е rilayotgan bilimlarning eng muhimini ajrata b е ra olish;
bilimlarni   talabalarga   tushunarli,   uning   yoshi,   aqliy   darajasiga   mos   ravishda
b е rilishi; 
har   bir   so`zning   bolalar   hissiyotini   uygotish   darajasida   bo`lishiga   erishishi
lozim. 
Abu   Ali   ibn   Sino   voizlikning   amaliy   va   nazariy   masalalarini   quyidagicha
talqin etadi:  
nutq qo‘pol ohangda bo‘lmasligi kerak; 
tinglovchilarning ilm  darajasini hisobga olish zarur; 
va’zxonlikka ko‘p berilmaslik kerak; 
nutqni muloyim ohangda olib borish kerak;
agar   (nutqingda)   biror   kishini   tanqid   qilmoqchi   bo‘lsang,  boshqalarning
kamchiliklari bilan qiyoslab tanqid qil;
agar   haqiqatni   aytmoqchi   bo‘lisang,   faqat   bir   faktga   tayanma,   balki   ko‘p
masalalar bilan isbotla, shu narsa haqida o‘ylashga va  haqiqatni izlashga ishontir;
agar tinglovchilar sening nutqingni e’tibor bilan quloq solib  tinglayotgan bo‘lsa,
nutqingni   davom   ettir   va   hech   nimani   sir   saqlama,   lekin   tinglovchilarning
e’tiborsizligini sezsang, gapni boshqa mavzuga  burganing ma’qul.
Abu Ali ibn Sin o ning fikricha, «... O'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rosggo'y
va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog’i
lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib, uning aql
qatlamlariga kira olmog’i lozim». Abu Ali ibn Sino mulohazasiga ko'ra tarbiyachi
dastlab   bolalarni   yaxshi   ko'rishi,   hurmat   qilishi,   ular   bilan   xushmuomala   bo'lishi
shart.   Agar   bola     ishni   yaxshi   bajarsa,   uni   o'z   vaqtida   rag’batlantirish,   gohida maqtab qo'yish, aksincha bo'lganda esa, unga tanbeh berish kerak. Lekin, deydi Ibn
Sino,   tanbeh   bolaning   izzat-nafsiga   tegadigan   bo'lmasligi   lozim,   o'quvchiga
murosasozlik qilish esa bolaning o'zboshimcha bo'lib qolishiga olib boradi, - deydi
Ibn Sino.
Abu Ali ibn Sino axloq to’g’risidagi fikrlarida axloqiy fazilatlarni ulug’ladi va
axloqiy   illatlarni,   yomonlikni   keskin   qoraladi.   Olim   ta'lim-tarbiya   masalalariga
jiddiy va ijodiy yondashgan. Uning bolani tarbiyalash va o’qitish borasidagi  ko’p
fikrlari   o’zining   chuqur   mazmunga   egaligi,   insonparvarligi   va   teranligi   bilan
kishini hayratga qoldiradi.
Ibn   Sino   o’qitish   jarayoniga   katta   ahamiyat   bergan   va   uni   tubandagi   tarzda
tashkil qilishni zarur, deb hisoblaydi:
O’quvchini birdan kitobga jalb qilib qo’ymaslik kerak.
O’qitish asta-sekin, osondan qiyinga o’tish yo’li bilan olib borilishi lozim.
O’quvchilar bilan amalga oshiriladigan tarbiya ularning yoshiga mos bo’lishi
shart.
O’qitish jamoa tarzida uyushtirilishi darkor.
O’qitish o’quvchining mayli va qobiliyatini hisobga olgan holda olib borilishi
zarur.
O’qitish jismoniy mashqlar bilan qo’shilib olib borilishi shart.
Ibn Sino tarbiya masalalari ifodalangan asarlarida o’qituvchining roliga katta
e'tibor bilan qaragan. Tarbiyachi tanlashni muhim masala deb hisoblagan. U bola 6
yoshga   to’lishi   bilan   uni   ustoz   tarbiyasiga   berishni   tavsiya   qiladi.   Tarbiyachi
rostgo’y, dono, odil, ozoda kiyinadigan, xushmuomala bo’lishi zarurligini uqtirib,
yosh avlodni o’qitadigan hamda tarbiyalaydigan kishilar oldiga bir qancha talablar
qo’ygan. Uning fikricha:
Tarbiyachi – bolalar bilan muomalada bosiq bo’lishi kerak.
Muamllim   o’quvchilar   ta'limni   qanday   o’zlashtirayotganini   kuzatib   borishi
kerak.
O’qitish jarayonida muallim har xil usullarni qo’llashi darkor.
Tarbiyachi o’quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatlarini bilishi lozim. Tarbiyachi   bolalarni   tarbiyalashda   tegishli   jazo   choralarini   qo’llashi,
o’tilganlarni takrorlashga majbur qilish orqali ularni fanga qiziqtirishi lozim.
Tarbiyachi   o’z   fikrini   o’quvchiga   bayon   qilishdan   oldin   undan   masalaning
mohiyatiga   o’zi   tushunib   olmog’i,   keyin   uni   qisqa   adabiy   tilda   tushuntirishi,
ortiqcha gapirishdan qochishi kerak.
Har   bir   fikr   haqiqat   bilan   tasdiqlanishi,   bolalarda   hissiyot   uyg’otadigan
bo’lishi lozim.
Ibn Sinoning fan va ta'lim-tarbiya, o’qituvchilar haqidagi fikrlari uning anna
shu   masalalar   bo’yicha   chuqur   bilim   va   katta   tajribaga   ega   bo’lganidan   dalolat
beradi.
Mashhur   voizlardan   yana   biri   Abu   Homid   ibn   Muhammad   al-G‘azzoliy
«Oxiratnoma» asarida voizlarning mahorati va o‘ziga xos  uslublari xususida shunday
mulohaza yuritadi; «Ahli mo‘minga va’z  aytishda ehtiyot bo‘lishing lozim. Chunki
voizlikda   ofat   ko‘p.   Agar   aytadigan   pand-nasihatlaringga   avval   o‘zing   amal   qilib,
so‘ngra xalqqa  izhor etsang, bu voizlik durustdir. 
XI   asrning   ikkinchi   yarmida   G‘arbiy   Eronda   podshohlik   qilgan   Kaykovus
v oizlik   san’atining   so‘nmas   yulduzlaridan   biridir.   Uning   mashhur   "Qobusnoma"
asaridagi 7-bob  suxandonlik, notiqlikka bag‘ishlangan.
Mahmud   Qoshg‘ariy   «Devonu   lug‘otit   turk»,   Yusuf   Xos   Hojib ning
«Qutadg‘u   bilig»   asarlarida   ham   nutq   odobi   borasida   qadimiy   turkiy   xalqlar,
jumladan,   o‘zbeklar   amal   qilgan   asosiy   qonun-qoidalar,   rasm-rusmlar   haqidagi
fikrlar yozilgan.
Yusuf   Xos   Hojib   (XI   asr)   –   buyuk   olim,   zabardast   dostonnavis,   tadbirkor
davlat   arbobidir.   Uning   pedagogik   qarashlarida   xalq   bilan   birga   bo’lish,
adolatparvarlik   g’oyalari   asosiy   o’rin   tutadi.   Olimning   fikricha,   insonning
ulug’ligi, aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi hunarga egaligidir.
O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lur,
Bilik kimda bo’lsa, bedug’lu alur.
O’qishlug’ o’qar-ul biliglig bilir,
Biligli, o’qigli tilikka tegir. Yusu   Xos   Hoibning   uqtirishicha,   har   bir   kishi   jamiyatga   munosib   bo’lib
kamol   topmog’i   kerak.   Farzandlar   tarbiyasi   nihoyatda   erta   boshlanmog’i   shart.
Shundagina ularning noo’rin xatti-harakatlariga berilishningg oldi olinadi. Buning
uchun   maxsus   tayyorlangan   puxta   zaminga   bo’lgan,   ezgu   niyatli   va   pokiza
murabbiy   taklif   etilishi   kerak.   Shundagina   bolalarimiz   to’g’ri   tarbiya   oladi.   XI
asrda   yashab   o`tgan   allomalardan   biri   Yusuf   Xos   Xojib   (XI   asr)   ham     o`z
ijodida ilm ahllarini ya'ni   ustozlarni ulug`laydi. "Qutadg`u bilig" asarida ilm ahli
ulug`lanadi. 
Ularni hurmatlashga kishilarni chaqiradi. 
Tag`in bir toifa donishmand, dono 
Ular ilmi elga mash'al doimo. 
E'zozla ularni to bor imkoning, 
Bilimlaring o`rgan toki bor joning. 
Bo`lardan haqiqat tayanch tirgagi, 
Bilimli diyonat asos o`zagi 
Olimlar yo`q esa edi dunyoda ,
Еmish ham kеlarmu edi bu dunyoda
Ular ilmi bo`ldi xaloyiqqa nur, 
Yorisa bu nurdan kishi yo`l topur. 
Az – Zamaxshariy (1075-1143)   "Nozik iboralar" risolasida ilmu fan ahllari,
o`qituvchilarga   nisbatan   hurmat   e'tiborning   pasayib   kеtganidan   kuyinib   yozadi:
"o`ttan   zamonlarda   ilm3u-   fazilat   sohiblari   podshoxlardan   o`z   og`irliklariga
barobar oltin hadya olardilar, asta-sеkin zamonlar o`tishi bilan ularning qiymatlari
kamayib,   itlaru-olmaxonlar   ulardn   afzal   bo`lib   qoldi,   ya'ni   nodonlar   oltinlardan
ortiq ko`riladigan bo`lib qoldi". 
Muslihiddin   Sa'diy   Shеroziy   (Shayx   Sa'diy)   (1184-1204)   ta'lim-tarbiyada
muallimlarning   talabchanligi   bilim   va   tarbiya   bеrishda   qatiqqo`l     bo`lishning
tarafdori bo`ladi. 
Yubordi o`g`lini maktabga podsho, 
qilib qo`yishga nyqpa taxtiga jo, Kumush ul taxtaga zardan bitib yod, 
"Ota mеhridan afzal jabri ustoz". 
"Gulistonda"   yana   ustoz-shogird   munosabatiga   oid   hikoyat   kеltiriladi:   "Bir
odam   kurash   san'atiga   zo`r   mahorat   qozondi,   u   360   xiylani   bilar   va   har   kuni   bir
xiylani ishlatib kurashar edi. Shogirdlaridan biriga 359 xiylani o`rgatdi. Ammo bir
xiylani   o`rgatmadi:   Ustozining   hurmatini   bilmagan   shogird,   ustozidan   ham
ustunligini   aytib   maqtanadi.   Bu   so`z   podshoga   yoqmaydi.   Ularni   kurash
tushmoqlarini   buyuradi.   Ustoz   oxirgi   xiylasini   ishlatib   shogirdini   еngadi.   Ustoz
hurmatini bilmagan shogird esa xaloyiq va podshoning nafratiga o`chraydi. 
Burxoniddin   Zarnudjiy(1150   -   )   "o`qituvchiga   ta'lim   yo`lida   qo`llanma"
kitobining bir bo`limi "o`qituvchi, o`rtoq, fanlarni tanlash haqida" dеb nomlanadi.
Unda o`quvchiga quyidagicha maslahat bеradi: 
"O`qituvchi   tanlaganingizda   eng   avvalo   bilimliligiga,   eng   oliyjanobiga   va
yana   kеksasiga   to`xtamoq   kеrak   ...   Muallim,   ustozga   nisbatan   hurmatda   bo`lish
ifodasi   shO`qi   shogird   muallimdan   oldin   yurmasligi,   uning   o`rniga   borib
o`tirmasligi lozim " . 
Sohibkiron   Amir   T е mur   (1336-1405 )ham   o`z   hukmronligi   davrida   ilm
ahllari, muallim, mudarisslarga hurmat bilan qaraydi. Kishilarga mansab bеrishda
ham ularning ilmlarini hisobga oladi. Jamiyatning rivojida ularning o`rnini muhim
dеb biladi. Ko`plab maktab, madrasalar ochadi, ularga muallim va mudarislar tayin
etadi. o`zining ustozlarini ham juda qadrlaydi. 
Yetuk mutafakkir   Abdurahmon Jomiy   o'z asarlarida bola dunyoqarashining
kamol   topishida     maktab     va     muallimning       roliga       katta     baho   beradi.   Uning
fikriga   qaraganda,   muallim   aqlli,   adolatli,   o'zida   barcha   yuksak   fazilatlarni
mujassamlashtirgan   bo'lishi   kerak.   O'zini   nomunosib   tutgan   odam   hsch   vaqt
boshqalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.
Ustod, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qora bo'lurdi jahon, - deb hitob qiladi u «Iskandar xirodnomasi»
asarida. Alisher Navoiy   (1441-1501) – buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri. Bu inson
kamolotiga   bag’ishlangan   va   pand-nasihatlarga   boy   didaktik   asarlar   yaratgan.
Sharq an'analariga ko’ra yaratilgan «Maxbub ul qulub» asarida she'riyat sultoni o’z
zamonasidagi barkamol inmsonga xos fazilatlarni aks ettirgan.
Navoiy   bolalarni   o’qitish   va   tarbiyalash   uchun   maktablar   ochish   to’g’risida
g’amxo’rlik   qilgan.   Uning   fikricha,   maktab   xalqqa   nur   keltiradi,   to’g’ri   yo’l
ko’rsatadi,   farzandlarni   bilimli   qiladi.   Demak,   xalqni   ma'rifatli   qilishda
maktabning   roli   kattadir.   U   bu   xususda   fikr   yuritar   ekan,   eski   maktablarda
domlalarning   bilimi   hoyat   cheklangan,   ular   ta'lim-tarbiyada   mutlaqo   xabarsiz.,
lekin diniy bilimlar etarli bo’lmasa ham,   diniy rasm-rusumlarni bajarishga mohir,
ruhoniylarga, maldorlarga ta'zimkor va davlatga sadoqatli kishilar bo’lgan. Bunday
muallimlarning   vazifasi   ko’pincha   masjidi   imomlik   yoki   so’fiylik   qilish,   har-xil
diniy marosimlar va urf-odatlarda qatnashishdan iborat edi. Ularni Alisher Navoiy
«Maktab tutuvchi - gunohsiz yosh bolalarga jafo kiluvchidir», deb ta'rif beradi
Shoirning   bunday   muallimlarga   bergan   t'arifi   ularning   haqiqiy   qiyofasini
ochib   beradi.   Ular   g’oyatda   raximsiz,   bag’ritosh,   aft-angorlaridan     doim   zahar
tomib   turadigan   kishilar   bo’lgan.   Zero,   o’sha   paytda   maktablar   uchun   maxsus
o’qtuvchilar   tayyorlash,   mavjud   muallimlarning   saviyasini   oshirish,   o’qitish
usullarini   yaxshilash   masalalari   bilan   hech   kim   qiziqmagan   va   bu   ishlar   bilan
shug’ullangan muassasa ham bo’lmagan            
Yuqoridagi   fikrlardan   ko’rinib   turibdiki,   Navoiy   yosh   avlodni   tarbiyalash   –
o’qitish ishini tasodifiy kishiga topshirishni qoralagan. U o’qituvchiga eng yuksak
talablar qo’ygan. O’g’il-qizni tarbiyalash va unga ilm berish, qobiliyatini o’stirish
uchun nihoyatda bilimdon va usta tarbiyachi bo’lishi kerakligi va bolalarga ta'lim-
tarbiya   beradigan   o’qituvchilar   yoshlarga   ilm,   odob   o’rgatish   mahoratiga   ega
bo’lishi, o’qitish yo’llarini yaxshi bilishi zarurligini uqtiradi.
O’zbek   adabiyotining   dahosi   o'z   asarlari   va   ilmiy   qarshlarida   o'qituvchilik
qobiliyati   va   uning   obro'si,   odobi   yuzasidan   alfozli   mulohazalar   yuritadi.   Alloma
ijodiy   yondashuvsiz   hech   bir   faoliyatni   tasavvur   qila   olmaydi.   Ana   shu   boisdan uning asarlarida odob, axloq, ziyraklak, irodavii kuch, poklik, samimiylik xislatlari
asosiy o'rinni egallaydi.
O’qituvchining har jihatdan ibrat va iamuna bo'lishlari ta'lim va tarbiya garovi
ekanligiga ishora qilgan. O'qituvchining kasb mahoratini tarbiyalashning mohiyati
to'g’risidagi   mulohazalar   «Qobusnoma»,   «Xotamnoma»,   «Qutadg’u   Bilig»   kabi
buyuk   asarlarda   ham   bayon   etib   berilgan.   Chunki   bu   asarlarning   barchasi
odobnomaning   xuddi   o'zginasi   bo'lganligi   sababli   tarbiyachi-murabbiyning   o'ziga
xos xislatlarining shakllanish bosqichlari ifodalab berilgan.
Alish е r   Navoiy   muallimlar   ishi   ularga   munosabat   masalalariga   kеng   o`rin
bеriladi.   U   yoshlarga   chuqur   bilim   bеrish   uchun   muallimlar   mudarrislar   hamda
ustoz murabbiylarning o`zlari ham bilimli va tarbiyali bo`lishi zarurligini uqtiradi.
Nodon, mutaassib,  johil  domlalarni  tanqid etadi  va  o`qituvchi  ma'lumotli  o`qitish
yo`llarini   biladigan   muallim   bo`lishi   zarur   dеydi.   Masalan:   "Mahbub-ul-qulub"
asarida   maktabdorlar   haqida   fikr   yuritar   ekan,   ularning   o`ta   qattiqqul,   johil   va
ta'magirlarini:   "Maktab   tutuvchi   gunohsiz   yosh   bolalarni   jafo   qiluvchidir" 1
,   -   dеb
yozadi. Shu bilan birga o`qituvchining mеhnatining og`irligini holisona baholaydi: 
"Uning   ishi   odam   tugul,   hatto   dеvning   ham   qo`lidan   kеlmaydi.   Bir   kuchli
kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilar edi, u esa bir to`da bolaga ilm va adab
o`rgatadi.   Lеkin   shunisi   ham   borki,   bolalar   orasida   fahmi   idroki   ozlari   bo`ladi.
Muallim   bu   kabi   hollarda   yuzlab   mashaqqat   chеkadi.   Shu   jihatdan   olganda
bolalarda   uning   haqi   ko`p,   agar   shogird   ulg`aygach,   podshohlik   martabasiga
erishsa ham o`z muallimiga qulluq qilsa arziydi. 
Haq yo`lida kim sеnga bir xarf o`qitmish rand ila, 
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila. 
Navoiy   o`qituvchining   hurmatini   qanchalik   joyiga   qo`ysa,   unga   bo`lgan
talabni  ham   shunchalik  oshiradi.  Ayniqsa,  madrasa  mudarrislarining  bilimli,  fozil
va dono, kamtar, ma'naviy pok bo`lishlarini talab etadi. "Mudarris kеrakki g`arazi
mansab   bo`lmasa   va   bilmas   ilmni   aytishga   urinmasa   manmanlik   uchun   dars
bеrishga havas ko`rgazmasa, yaramasliklardan qo`rqsa va nopoklikdan qochsa". 
1
 J.Xudoyqulov Pedagogik mahorat asoslari.  “ Navro ’ z ”,  T .2012  yil  17- bet Alisher Navoiy   kishi fazilatlaridan biri   hisoblanmish   nutq   madaniyatiga   katta
e’tibor   bergan.   U   nutqning   g‘alizligi   tilga   zarar   yetkazishini,   aksincha,   yaxshi,
chiroyli   nutq   tilning   boyishiga   xizmat   qilishini   ta’kidlaydi.   Shoir   nutqning   tilga
bevosita   ta’sir   qiluvchi   vosita   ekanligini   shunday   ifodalaydi:   «Til   muncha   sharaf
bilan  nutqning olatidur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo‘lsa, tilning  ofatidir».
Alisher   Navoiy   nutqning   aniq   va   to‘g‘ri,   ta’sirli   va   jozibali   bo‘lishini   targ‘ib
qiladi.   Bunday   nutqqa   erishish   uchun   so‘z   ma’nosiga   alohida   e ’tibor   berish   lozim.
Alisher   Navoiy   «Mahbub-ul   qulub»   asarida   voizlikka   xos   fazilat   va   xususiyatlarga
alohida   to‘xtalib,   u   xalqni   o‘z   nutqiga   qarata   oladigan,   o‘z   ortidan   ergashtira
oladigan   donishmand   kishi   bo‘lishi   kerakki,   qalbida   ma’naviy,   ruhiy   bo‘shliq
bo‘lgan har qanday odam esa bunday voizning suhbatidan olam-olam ma’naviy zavq
olib, ko‘ngli ko‘tarilsin,  deydi.
Alisher Navoiy asarlarida nutq odobining talablari quyidagicha  sanaladi:
 Tilni, so‘zni qadrlash, uni hurmat qilish.
 Yaxshi so‘zlay olish (nutq) san’atdir, noyob hunardir.
 Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning nutqidir.
 Kishining nutq uning aqliy kamolotidan darak beradi.
 So‘zlaganda dil va tilni bir tutish zarur.
 So‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapirish kerak.
 Xushmuomala, shirinso‘z bo‘lish.
 Chin, to‘g‘ri so‘zlash, nutqda halol bo‘lish.
 Ezgu so‘zli bo‘lish lozim.
 Tildan tuhmat uchun foydalanmaslik kerak.
 Ko‘p so‘z, ezma vaysaqi bo‘lmaslik.
 So‘zlaganda   sharoitni,   suhbatdoshinni   hisobga   olish,   beo‘rin   so‘z
aytmaslik.
 Suhbat sirlarini saqlash, bo‘shog‘iz bo‘lmaslik.
 Gapirganda   qaytariqlardan   qochish   kerak,   chunki   ular   fikrning
ta’sirini susaytiradi. Alisher   Navoiyning   muxlisi,   shogirdi   va   do‘sti   bo‘lgan   mashhur   voizlardan
Husayn Voiz Koshifiy asosan ilmiy, siyosiy, ahloqiy, tashviq  va targ‘ib ruhida va’zlar
aytgan.   Voiz   Koshifiy   Husayn   Boyqaro   Xurosonga   podshohlik   qilgan   yillarida
davlatning   bosh   voizi   hisoblangan.   Husayn   Voiz   va’zlarining   ta’sirchanligi,
xalqchilligi,  jozibadorligi haqida ma’lumotlar bor.
O‘rta Osiyo notiqligining   o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat ediki, u eng
avval   o‘sha   davr   tuzumining   manfaatlariga   xizmat   qilar   edi.   Bu   davrda   notiqlik
san’ati   ustalarining   nadimlar,   qissago‘ylar,   masalgo‘ylar,   badihago‘ylar,
qiroatxonlar, muammogo‘ylar, voizlar, maddohlar  qasidaxonlar deb yuritilishi ham
anash shundan dalolat beradi. 
Xusayin   Voiz   Koshifiy   (1440-1505),   (Xuroson)   "Futuvatnomai   Sultoniy
yoxud   javomardlik   tariqati"     asarida   ustoz-shogird   munosabatlariga   kеng
to`xtaladi.   "Agar   shogirdlikning   binosi   nimaning   ustiga   quriladi   dеb   so`rasalar,
irodat   ustiga   dеb   javob   bеrgin.   Agar   irodat   nima   dеb   so`rasalar,   samo   va   toatdir
dеb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir dеb so`rasalar nimani ustoz aytsa,
uni   jon   qulog`i   bilan   eshitish,   chin   kungli   bilan   qabo`l   qilish   va   vujud   a'zolari
orqali amalga ado etishdir dеb ayt. 
U   shogirlikning   8   ta   odobini   ko`rsatadi:   1.   Birinchi   bo`lib   salom   bеrish.   2.
Ustozning oldida oz gapirish. 3. Boshni oldinga egib turish. 4. Ko`zni har tomonga
yugurtirmaslik.   5.   Gap   so`ramokchi   bo`lsa   oldin   ustozdan   ijozat   olish.   b.   Ustoz
javobiga   e'tiroz   bildirmaslik.   7.   Ustoz   oldida   boshqalarni   g`iybat   qilmaslik.   8.
o`tirib turishda hurmat saqlash. 
Koshifiy ustozlik shartlarini ham ko`rsatadi. "Bilgilkim hеch bir ish ustozsiz
amalga   oshmagay   va   kimki   ustozsiz   bir   ishni   qilur   ersa,   ul   ishning   asosi
mustahkam bo`lmagan". 
Kimki   ustozsiz   ish   boshlagan   bo`lsa,   ishi   va   amali   samara   qozonmaydi,
ustozning   etagini   tutib   shod   bo`l,   bir   muddat   ustozga   xizmat   qilginda,   so`ngra
o`zing   ustoz   bo`l   ...   Agar   komil   inson   kim   dеb   so`rasalar,   u   pok   mazxabli,   o`z
aybini   ko`radigan   dono   va   tamizli   kishidir   dеb   aytgil.   Unda   hasad,   gina   va
baxillikdan asar bo`lmaydi. O’qituvchining   ko’p   qirrali   va   murakkab   faoliyat   zaminida   yosh
avlodniodobli,   e'tiborli   qilib   tarbiyalash,   ularni   ilmiy   bilimlar   bilan   qurollantirish
kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o`qituvchining xilmaxil
faoliyatiga   bog`liq:   bolalarni   o`qitish,   maktabdan   va   sinfdan   tashqari   tarbiyaviy
ishlarni   tashkil   eta   bili   shva   o`tkazish,   ota-onalar   o`rtasida   p е dagogik   targ`ibot
ishlarini olib borish va hakazo.
O`zb е kiston   R е spublikasi   oliy   ta'lim   konts е psiyasida   o`qituvchi   mutaxassis
oldida turgan vazifalar  quyidagicha b е lgilanadi: - «Mutaxassis  malakasi  – chuqur
ilmiy bilim, k е ng»
Husayn Voiz Koshifiy – notiqlik, adabiyotshunoslik, fikh, ilmi  nujum, tarix,
hisob   ilmi,   uymakorlik   va   ganchkorlik   va   axloqqa   doir   asarlar   yaratgan
mutafakkirlardan   biridir.   Koshifiyning   uqtirishicha   insonni   ta'lim-tarbiya   orqali
qayta   tarbiyalash   bilan   aqliy   qobiliyatni   o’stirish   mumkin.   Buning   uchun   bolaga
yaxshi   ta'lim-tarbiya   berish   uni   yaxshi   sifatlarini   o’stirishga,   uni   nojo’ya   xatti-
harakatlardan qaytarish lozim. 
Alloma   o’qituvchilarga   bolalarni   tarbiyalashda   quyidagi   usullarni   qo’llashni
ilgari   surgan:   nasihat,   tanbeh   berish,   amru   farmon,   majburiyat   qo’yish.   Koshifiy
o’z   pedagogik   qarashlarida   bolalarga   mustaqil   fikrlash   qobiliyatini   o’stirish
masalasiga alohida e'tibor berib, ota-onalar va muallimlardan shuni talab etadi. Bu
masalad   oilaviy   va   tashqi   mhit   muhim   o’rin   tutadi.   Uning   fikricha   «murabbiy
bolaga   nasihat   va   ta'lim   berishda   lutf   va   odob   qoidalarida   qat'iy   turishi,   ularga
rioya   qilishi   darkor.   Jamoatchilik   joylarida   unga   pand   berish   yaramaydi.   Balki
xilvat   joyda   bolaga   gapirish   darkor.   Agar   murabbiy   nasihat   berishning   fursati
kelganini   bilsa   unga   muloyimlik   bilan   murojaat   qilishi   lozim.   Chunki   bizning
zamonamizda muloyim va xushfe'l bo’lish maqsadga muvofiqdir».
Tarbiyachilik san'atida ustozni nihoyatda ulug’lab shunday yozadi: 
Faromush qilmagilsan haqi ustod,
Ki oningdindurur ilmingga bunyod.
Agar ustodinga mehring yo’q o’ldi,
Degilkim ilmim mani mavq o’ldi. Kishikim qildi ustodiga xizmat,
Zamoni o’tmadi tobti ul izzat.
Koshifiy   yaxshi   ustozdan   olgan   pand-nasihatga   quloq   solmay   behuda
yo’llarda yurgan farzand o’zini-o’zi rasvo qiladi, Deya nasihat beradi. 
Nasriddin   Tusiy   o'zining   «O'qituvchilarni   tarbiyalash   to'g’risida»   degan
asarida   shunday   deydi:   «O’qituvchi   munozaralarni   olib   borishi,   rad   etib
bo'lmaydigan darajada isbot  qilishni  bilishi, o'z fikrlarining to'g’riligiga ishonishi,
nutqi   esa   mutlaqo   toza,   jumlalari   mantiqiy   ifodalanadigan   bo'lishi   dozim...
O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo'pol va qattiq bo'lishi
mumkin emas. Dars paytida o'qituvchi o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin.
XVIII-XIX   asrda   davom   etgan   Turkistondagi   jadidlar   harakatining
asoschilaridan   biri,   buyuk   ma'rifatparvar   o'qituvchi,   mohir   tadqiqotchi   Abdulla
Avloniy ta'lim tizimi, o'qitishni takomillashtirib, o'qituvchilar malakasini oshirish,
bo'lg’usi   o'qituvchini   tayyorlash   muammolariga   mutlaqo   yangicha   yondashgan
olimdir.   Uning   fikricha   ijodiy   izlanish,   o'qish   va   o'qitishning   yangi   shakli,   uslub
hamda   vositalarini   qidirish   o'qituvchining   eng   muhim   sifatlaridan   biridir,   -   deb
ta'kidlaydi.
Ahmad   Donish   (1827-1897)   –   matematika,   falakiyot,   geografiya,   tibbiyot,
tasviriy san'at, tarix va falsafiy bilimlarni mustaqil ravishda egallab, o’z davrining
ilg’or  bilimli  kishisi  bo’lib etishadi.  U o’zining ta'lim-tarbiya, axloq va nafosatga
doir fikr-mulohazalarini bir qator asarlarida ifodalagan mutafakkirdir.
Zukko   olim   kasb   tanlash   va   uning   odamlarga,   jamiyatga   foyda   kkeltirishiga
e'tibor   berish   kerakligi   haqida   bildirgan   fikrlarida   axloqmasalasiga   katta   e'tibor
berganini ko’ramiz. U o’qituvchini talablarga kuchli ta'sir etuvchi shaxs deb biladi.
Uning   ta'kidlashicha,   o’qituvchilik   kasbini   tanlaganlarning   nopoklik   niyatida
bo’lishi hoyatla zarurlidir, chunki ular o’zlaridagi axloqiy buzuqlikni yosh avlodga
tarqatadilar. Demak, Ahmad Donish o’qituvchining axloqiy qiyofasiga katta e'tibor
beradi.   U   o’qituvchidan   yosh   avlod   manfaatinibirinchi   o’qinga   qo’yishni   talab
qiladi. O’qituvchi o’quvchi va talabalarga ko’p bilim berish, o’z bilimini oshirish
va chuqurlashtirish uchun o’z ustida ko’p ishlashi  lozimligini ta'kidlaydi. Bundan ko’rinadiki,   Ahmad   Donish   o’qituvchi   kasbiga   nisbatan   jiddiy   talab   qo’yadi.   U
go’zal   axloqlilik   va   chuqur   bilimdonlikni   o’qituvchining   beqiyos   fazilati   deb
biladi.  Zero,  u  o’qituvchi  timsolida   odamlar,  binobarin  yoshlar  o’rtasida  ilm-ziyo
sochuvchi ma'rifatparvarni ko’rishni orzu qiladi.
Mahmudxo’ja   Behbudiy   (1885-1919)   –   adabiyot,   tarix,   siyosatshunoslik,
drammaturgiyani   chuqur   egallagan.   U   ma'rifat,   ilm-fan,   badiiy   ijod   sohasidagi
butun  faoliyatida  millatimiz  madaniyati,  ma'naviyatining   ravnaqi  uchun   kurashib,
buyuk siymo  sifatida  shuhrat  qozongan  holda  ta'lim-tarbiyaga  doir   qimmatli  fikr-
mulohazalarni   bayon   etdi.   Ustoz   ta'lim-tarbiya   haqida   fikr   bildirar   ekan,
mustamlakachilik   davrida   bu   ishda   muvaffaqiyatga   erishishning   birdan-bir   yo’li
o’lkada   o’zaro   ixtiloflarga   barham   berib,   ahillik   bilan   ilm-fanni   rivojlantirish
kerakligini   bayon   etadi.  Kattalar   va  muallimlarga  murojaat   qilib,   ularni   yoshlarni
bilimli qilishga, mehnatga jalb etishga da'vat etadi.
M.Behbudiy   o’qituvchilarga   qarata   ta'lim-tarbiya   ishlarini   ijtimoiy   hayot,
jahon miqyosida sodir bo’layotgan voqealar bilan bog’liq holda olib borishni talab
etadi.
Shunday   qilib,   O'rta   Osiyo   mutafakkirlari   va   o'zbek   ma'rifatparvarlari
o'qituvchi kuchli xotiraga, iroda va tafakkurga, aql-zakokatga, chiroyli nutqqa ega
bo'lishi,   ko'zlangan   maqsadni   amalga   oshirish   yo'lida   jonbozlik,   qat'iyatlilik
ko'rsatishi,   o'quvchilariing   ruhiy   dunyosiga   to'g’ri   yo'l   topa   olishi,   ularga   ta'sir
o'tkazishi,   vijdonli,   samimiy,   odobli,   nazokatli,   ishchan,   mas'ul   shaxs   sifatida
faoliyat ko'rsatishi zarur ekanligini o'z asarlarida ta'kidlab o'tadilar.
Sharq   mutafakkirlari   o'qituvchi   o'zi   o'qib   tursagina   -   o'qituvchi   bo'la   oladi,
agar   o'qishni   to’xtatib   qo'yar   ekan,   unda   o'qituvchilik   ham   o'ladi,   deb   haqqoniy
aytgandir.
Bu   haqiqatni   yoshi   qancha   bo'lishidan,   pedagogik   mahoratidan,   qanday   dars
berishidan qat'iy nazar barcha o'qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim.
3.   YUNON VA RIM FAYLASUFLARI NING   PEDAGOGLAR HAMDA
ULARNING NOTIQLIK SAN’ATI TO’G’RISIDAGI G’OYALAR I . N otiqlik san’ati tarixi haqida so‘z yuritganda  qadimgi  Yunon notiqligi, Rim
hukmronligi   davridagi   notiqlik,   O‘rta   Osiyo   notiqligi   tarixi   haqida   bir   qator
ma’lumotlarning  mavjudligini aytish mumkin. 
Juda   ko‘plab   ilmlar   markazi   hisoblangan   Yunoniston   notiqlik   san’ati
sohasida ham jahon madaniyati tarixida yorqin sahifalar yaratgan. Qadimgi yunon
notiqlik san’ati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan murakkab voqelikdir. 
Notiqlik san’ati haqidagi ilk ma’lumotlarni Gomerning (eramizdan oldin XII
asrlar   o‘rtasida   yashagan)   “Iliada”   va   “Odisseya”   dostonlaridan     olish   mumkin.
Gomer   dostonlari   ma’lumotiga   qaraganda,   qadimgi   Yunoniston   tuprog‘ida
eramizdan   avvalgi   shu   davrlarda   Nestor,   Menelay,   Odissey,   Axill   kabi   mashhur
notiqlar bo‘lgan. Bu to‘rt notiq shu san’atning 4 yo‘nalishiga mansub bo‘lib, ular
maxsus notiqlik maktablarida tahsil olganlar.    
Bu   san’at   harbiy   mutaxassislik   va   boshqa   zarur   ijtimoiy   mutaxassisliklar
qatori   maxsus   maktablarga   ega   bo‘lgan.   Shuning   uchun   e’tiborli   oilalar
farzandlarini yoshligidan shu san’at bilan  qurollantirishga uringanlar.
XIII-XII   asrlardagi   notiqlik   san’ati   tarixiy   taraqqiyotning   madaniy   cho‘ qqisi
bo‘lgan,   ana   shu   ravnaq   necha   asrlar   osha   yangidan   ko‘tarilgan,   keyingi
yuksaklikning pishib yetishiga ijobiy ta’sir etgan.
Attika davri yoki Afina notiqligi.
E ramizdan oldingi 499-449- yillar orasida, ya’ni 50 yil davomida E ron-Yunon
urushi   bo‘ldi.   Ellik   yillik   urushda   g‘olib   chiqqan   yunonlar   davlati   tez   rivojlana
boshlaydi   va   siyosiy-ijtimoiy   taraqqiyotning   yuqori   bosqichiga   ko‘tariladi.   Shu
taraqqiyot   bilan   birga   ilm-fan,   madaniyat   ham   tez   gurkirab   o‘sa   boshlaydi.   Bu
taraqqiyot   jahon   tarixida   hozirgacha   mo‘tabar   sahifani   egallab   turibdi.
Taraqqiyotning asosiy  markazi Attika viloyati edi - hozirgi Afina. Bu davlat Attika
yo Afina davlati, eramizdan avval X-1X asrlarda yashnagan madaniyat Afina  yoki
Attika   madaniyati   deb   yuritiladi.   Notiqlik   san’ati   jahon   madaniyati   tarixida   yunon
notiqligining Attika davri notiqligi deb yuritiladi. Antik   dunyo   madaniyati   va   san’atining   gullab-yashnashiga   sabab   bo‘lgan
asosiy   omil,   ijtimoiy   tuzumning   demokratik   asosda   qurilganligidir.   Ilm-fan,
madaniyat shu demokratiya tufayli ravnaq topdi.
E ramizdan   avvalgi   V   asrga   kelib   Yunoniston   hududi   yirik   shaharlar   doirasida
uyushgan   kichik   davlatlardan   iborat   edi.   Bu   shahar- davlatlar   polislar   deb   atalardi.
Har bir  polis mustaqil  davlat sifatida   demokratik asosda  ish ko‘rardi.   Afina davlati
shu polislar ichida eng yirigi edi.
Afina   davlatida   uch   organ   hal   qiluvchi   qudratga   ega   bo‘lgan   Ulardan   biri
xalq majlisi, ikkinchisi  Besh  yuzlar  Kengashi  deb ataladi. Sud ham  katta ijtimoiy-
siyosiy mavqega ega bo‘lgan. Shu uch organ  yunon demokratiyasini tashkil etardi.
Besh yuzlar Kengashi, eng yirik arboblar Kengashi bo‘lib, davlat ahamiyatidagi
masalalar bo‘yicha kiritiladigan takliflar, qonun-qoidalar   loyihasini tuzib, muhokama
etardi. Ana shu jarayonda Kengashning har   bir a’zosi muhokama etilayotgan masala
bo‘yicha  o‘z  fikrini  aytar, har   tomonlama   asoslab,   nutq   so‘zlardi.   So‘zlovchi   o‘z
nuqtai   nazarini   himoya   qila   olsa,   loyiha   qabul   qilinar,   asoslay   olmasa   qabul
qilinmasdi.
Besh  yuzlar  Kengashi  demokratiyasi  erkin muhokama  etish va e rkin qarorga
kelishdan iborat edi.   Shu muhokama erkinligi, so‘z erkinligi  notiqlarning yetishib
chiqishiga   zamin   yaratdi.   So‘z   erkinligi   -   demokratiya,   notiqlikning   taraqqiyotiga
sabab   bo‘ldi.   Kengashdagi   muhokama   nutqlari   majmuasidan   notiqlik   san’atining
yo‘nalishi yuzaga keldi.   Yunon notiqligining bu ko‘rinishiga Kengash   notiqligi deb
nom berildi.  Kengash notiqligi davlat miqyosidagi masalalarni hal etishga  qaratilgan
bo‘lib, siyosiy xarakterga ega edi. Shuning uchun bu toifaga  mansub notiqlar siyosiy
yoki harbiy notiqlar edi.  Besh yuzlar Kengashida ham, xalq majlisida ham muhokama
etilayotgan masala bo‘yicha qaror, erkin ovoz berish yo‘li bilan qabul  qilinar va ko‘p
ovozga   ega   bo‘lgan   tomon   g‘olib   kelardi.   Ko‘p   ovoz   olishning   birdan-bir   yo‘li
majlis ahlini ishontirish, ko‘tarilgan masalaning  mohiyatini ocha olish edi.
Attika notiqligi 2 davrga bo‘linadi.
1.   E ramizdan   oldingi   462-yilgacha.   Afina   davlat   tuzumi   eng
demokratik tusga kirguncha. 2.   E ramizdan   oldingi   462-332-yillar   orasi,   Afina   davlati
Makedoniyaga qaram bo‘lib qolgan vaqtgacha.
Afina davlati jahonga notiqlik san’atining yirik  namoyandalarini yetkazib berdi.
Ma’rifatparvar kishi sifatida o‘z atrofiga  Anaksagor, Suqrot, Gerodot, Sofokl, Fidiy
kabi   buyuk   siymolarni   to‘plagan   va   ularga   homiylik   qilgan,   notiqlik   san’atida
barkamol   Perikl ;   o‘z   notiqlik   maktabi   bilan   mavjud   rasmiy   notiqlik   uslublariga
qaqshatqich zarba bergan va o‘z zamondoshlarini e rgashtira olgan,   muzokara bobida
juda   kuchli   bo‘lgan   Kleon;   logograflik   bilan   shug‘ullangan,     o‘zidan   keyin   o‘tgan
Isey, Gipenid va Demosfen kabi yirik notiqlar ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan   Litsiy;
notiqlik,   falsafa,   yurisprudensiya   sohasida   o‘z   zamonasining   eng   yirik   fan   va
madaniyat   arboblari   bo‘igan   Suqrot,   Tisiy,   Gorgiylardan   ta’lim   olgan     va   o‘zi
Afinada   ochgan   notiqlik   maktabi   katta   shuhrat   qozongan   Isokrat;   o ‘ z   nutqlariga
istagancha  rivoyat, afsona, naql va   hikmatlarni   qo‘shib   yuborgan,   notiqlik  mahorati
tufayli qo‘liga tushgan har qanday ishni o‘zi va  mijozi foydasiga hal qila olgan  Isey;
Lisiy kabi notiqlik  san’atidan kasb o‘rnida  foydalangan,  buyuk davlat arbobi sifatida
juda ko‘p siyosiy nutqlar   so‘zlagan   Demosfen;   o‘zining yuksak saviyali, ta’sirchan
deklamatsiyasi  bilan tinglovchilar qalbini rom etgan va shuning uchun   bo‘lsa kerak,
"Attikalik   o‘nta   notiq   qonuniga   kiritilgan   E sxin;   demokratiya   tarafdori   bo‘lib,
Demosfen bilan birgalikda Afina davlati va yunon xalqining iqboli uchun  kurash olib
borgan  Giperid  shular jumlasidandir.
E pideyktik notiqlik.
Afinada notiqlik san’atiga cheksiz qiziqish   natijasida, uning yangi ko‘rinishlari
yuzaga kela boshladi. Shulardan biri e pideyktik  notiqlik, ya’ni tantanali notiqlikdir.
Shu   davrgacha   bo‘lgan   notiqlik   ko‘rinishlari   muayyan   amaliy   ehtiyoj   uchun
xizmat qilardi. Tantanali nutq ko‘rinishi notiqlik san’atiga bo‘lgan  katta qiziqishning
mahsulidir.   Undan   ko‘zlangan   maqsad,   o‘z   notiqlik   mahoratini   namoyish   etish,
notiqlik  san’atining   barcha   imkoniyatlarini   ishga   solib,  tinglovchilarga   estetik   zavq
bag‘ishlashdan iborat edi. E pideyktik   nutqning   mavzusi   uning   maqsadiga   ko‘ra   turlicha   edi.   Masalan,
xudolar   haqidagi   afsonalar,   xalq   qahramonlari   (Axill,   Gerakl   va   x.q.)   madhiyasi,
mashhur kishilar hayotiga oid (Gomer, Aristid va h.q.)  sarguzashtlar kabi.
Tantanali nutq matnlari shu qadar go‘zallik, badiiy, lingvistik   bezaklarga boy
holda   tuzilardiki,   ularni   notiq   og‘zidan   eshitish   emas,   hatto   o‘qib   chiqishning   o‘zi
katta   zavq   berardi.   Iste’dodli   notiq   talqinida   bu   nutqlar   badiiy   o‘qishga,   ajoyib
artistona   ijrochilikka   aylanib   ketar   va   tinglovchilarga   chindan   ham   estetik   zavq
bag‘ishlardi.   Yozma   adabiyotning paydo  bo‘lishida  notiqlik san’atining roli  juda
katta   bo‘lganidek,   nafis   adabiyotning   go‘zal,   lirik   shakllari   yuzaga   kelishida
epideyktik notiqlikning ta’siri kattadir.
Sud   notiqligi   Yunoniston   polislarida,   xususan,   Afina   davlatida   eng   mavqe   va
e ’tiborga ega bo‘lgan notiqlik ko‘rinishlaridan biri.
Antik   demokratiya   qoidalariga   ko‘ra,   har   bir   erkin   fuqaro   xohlagan   paytda,
xohlagan   ish   bo‘yicha   sudga   murojaat   etishi   va   o‘z   manfaatini   himoya   qilishi
mumkin   edi.   Sud   jarayonida   esa   sud   hay’ati   chinakamiga   demokratik,   odilona
pozitsiyada   turib,   da’vogar   bilan   himoyalanuvchi   e sa   har   biri   o‘z   manfaatini
himoya qilish uchun kurashardi. Sud  hukmining qaysi tomon foydasiga hal bo‘lishi
ko‘pincha   sudlanuvchi   shaxs   yoki   da’vogarning   notiqlik   san’atidagi   mahoratiga
bog‘liq   edi.   Qaysi   tomon   o‘zining   mantiqiy,   faktologik   talqini   bilan   sud   hay’atini
ishontira olsa, hukm o‘shaning foydasiga chiqarilar edi. Antik sud   jarayonining ana
shu   demokratik   xarakteri   notiqlik   san’atini   ommaviy   ehtiyojga   aylantirdi   va   bu
san’atning   rivoji   uchun   zamin   yaratdi.  Logograflar   va   sinegorlar   degan   kasb   egalari
paydo bo‘ldi.
Aleksandr   Makedonskiy hukmronligi davrida yunon xalqining fan va   madaniyat
sohasidagi  yutuqlari sharq mamlakatlariga yoyila boshladi.   Bu madaniyat jahonning
Makedonskiy   hukmronligi   ostidagi   juda   ko‘p   xalqlar   madaniyatini   birlashtirdi   va
yagona bir madaniyatni vujudga  keltirdiki, tarixda bu davr madaniyati ellinizm davri
madaniyati   deb   yuritiladi.   Quldorlik   jamiyati   rivojlangani,   madaniyat   va   san’at
taraqqiyoti kabi   notiqlik san’atining rivojlanishi uchun ham sharoit yaratmagani bois
ellinizm davrida notiqlik san’ati o‘zining siyosiy-ijtimoiy mavqeini yo‘ qota bordi. Keyinchalik   Rim   istilochilari   zulmidan   parokanda   bo‘lgan   va   tanazzulga   yo‘l
tutgan yunon notiqlik san’ati  qayta qaddini   tiklay olmadi. Afina davlatining gullab-
yashnagan   davrida   taraqqiy  etgan   yunon   notiqlik   san’ati   jahon   notiqlik   san’atining
cho‘qqisi bo‘lib qoldi. 
Rim notiqligi .
Yunon   madaniyati,   xususan,   Afina   notiqlik   san’ati   tanazzulga   yuz   tutgan   bir
paytda Italiyada  R im notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U antik  notiqlikning yana bir
muhim   tarmog‘i   edi.   Bu   notiqlik   lotin   tilida   shakllanganligi   tufayli   lotin   notiqligi
deb ham yuritiladi.
Rim   imperiyasi   ijtimoiy   mazmuni   jihatidan   quldorlik   tizimiga   asoslangan
bo‘lib,   unda   faqat   ijtimoiy   tuzum   taraqqiyoti   emas,   balki   notiqlik   san’ati
taraqqiyotida   ham   Yunoniston   tarixining,   xususan,   Afina   tarixining   ayrim
bosqichlarining takrorlanishini ko‘ramiz. Chunki Rim   madaniyatiga yunon, xususan
Attika   madaniyati   katta   ta’sir   o‘tkazgan   e di.   Negaki,   yunon   demokratiyasining
ravnaqi   eramizdan   oldingi   V   asrga   to‘g‘ri   kelsa,   Rim   imperiyasining   rivojlanish
davri eramizdan   oldingi IV - III asrlarga to‘g‘ri  keladi. Shuning uchun ham  ilg‘or
yunon   madaniyati,   yunon   notiqlik   san’atining   Rim   notiqlik   san’atiga   ta’sir   etishi
tabiiy bir hol edi.
E ramizdan   oldingi   II   asrdan   boshlab   Rim   imperiyasining   quldorlik   siyosati
kuchaydi. Bu o‘z navbatida qullarning g‘azab kosasi to‘lishiga  sabab bo‘ldi va qullar
bilan   quldorlar   orasida   keskin   kurash   davri   boshlandi.   Ajoyib   satirik   Lusiliy
(eramizdan   oldingi   180-102   yillar)   asarlarida   bu   kurash   yorqin   aks   ettirilgan.
Siyosiy- ijtimoiy   sharoitda   so‘z   san’ati   yana   kuchga   kirdi   va   davlat   arboblari   shu
qudratli qurol – notiqlik san’ati vositasi bilan kurash olib bordilar.   Rim imperiyasida
Katon,   aka-uka   Grakxlar,   Mark   Antoniy,   Sitseron   kabi   yirik   notiqlar   yetishib
chiqdi.
Yirik   davlat   arbobi   va   notiqlardan   biri   Katon   qadimgi   olimlarning   hisobiga
ko‘ra 150 taga   yaqin  nutq  meros  qoldirgan.   Katonning   eng   sevimli   usuli   masalani
muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini qo‘llagan. U m asalani   g‘oyat   keskin   tarzda
qo‘y gan.   Fikrlarni   stilistik   jihatdan   g‘oyat   go‘zal   konstruksiyada,   ifodali   va ta’sirchan   shaklda   bayon   etishni   xush   ko‘rgan.   Har   bir   masala   bilan   tanishar
ekan,uni   atroflicha   o‘rganib   chiqishga   e’tibor   bergan.   Katon   notiq   sifatida   shu
qadar   kuchli   mahorat   egasi   ediki,   bu   borada  unga Sitseron ham  tan berib yozadi:
"Hammasini  yanada   chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish mumkin, ammo hech
narsani   undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish mumkin emas". His-hayajon   bilan
so‘zlash borasida Sitseron deyarli hech kimga shu qadar yuksak  baho bermaydi.
Sitseron   fikricha,   "har   qanday   notiqning   asosiy   maqsadi   –   tinglovchining
zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil  qilishdan iborat".  Buning uchun esa, zarur bo‘lgan
notiqlik   uslublarining   barcha   imkoniyatlaridan   foydalanish   mumkin.   Sitseron   s ud
notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan.   U eramizdan oldingi 63-yilda oliy lavozimga –
konsullikka   saylanadi.   Bu   lavozimda   turib   u   aristokratlarni   himoya   qiladi   va
demokratik guruhlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Sitserondan quyidagi  asarlar qolgan:
1. Jami 150 nutq. Shundan 58 tasi bizgacha yetib kelgan.
2.  Falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar.
3.  Notiqlik tarixi va nazariyasiga oid 7 ta risola.
4.   Jami 800 ga yaqin  maktub.
Sitseronning   notiqlik   san’atiga   bag‘ishlangan   asarlari   orasida   uch   risola   –
"Notiq haqida", "Brut yoki mashhur notiqlar haqida" va "Notiq" nomli asarlari juda
katta tarixiy,  nazariy va amaliy ahamiyatga ega.  Chunki bu risolalarda notiqlik san’ati
deyarli barcha aspektlarda tahlil etilgan.
Sitseron   notiqlik   mahorati   o‘ziga   xos   xislatlarga   ega.   Masalan,   u   biror   fikrni
bayon etar ekan, nutqini shu fikr doirasi bilan cheklab  qo‘ymagan. Aksincha, uning
nutqlarida   fikr   erkinligi   hukmron   bo‘lgan   va   notiqning   falsafiy,   siyosiy,   axloqiy
qarashlari   har   doim   uyg‘un   tarzda   mujassamlashgan.   Sitseron   notiq   sifatida   o‘z
tinglovchisiga   emotsional   ta’sir   etish   masalasiga   alohida   e’tibor   bergan.   Shuning
uchun   ham   uning   nutqlarida   balandparvoz   so‘z,   ibora   va   jumlalar   ko‘p   uchrar,
nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug‘vorlik
orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi.  Shu jihatdan
qaraganda uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan  uslubga ham o‘xshab ketardi. Sitseron   matnning   ravonligi,   go‘zalligi,   ifodaliligi   va   musiqiyligiga   alohida
ahamiyat bergan.  
Sitseron   o‘z   nutqiga   katta   tayyorgarlik   ko‘rgan.   Shunday   bir   rivoyat   bor,
Sitseron   bir kuni nutq so‘zlashga tayyorlanib ulgura olmagani uchun   nima qilishini
bilmay turgan ekan. Xuddi shu paytda bir qul xizmatkor   kirib, majlis qoldirilganini
xabar   qilibdi.   Sitseron   quvonganidan   o‘sha   qulni   shu   zahotiyoq   ozod   qilib
yuborgan   ekan.   Kishi   shoir   bo‘lib   tug‘iladi,   ammo   notiq   bo‘lib   yetishadi,   degan
hikmatni  olg‘a surgan   Sitseron   chindan  ham   notiqlik  san’atini  izlanish   va mehnat
tashkil e tishini yaxshi tushungan va shu haqiqatga ishongan.
Sitseron   nutq   kompozitsiyasiga   alohida   e’tibor   bergan.   Ayniqsa,   nutqning
kishilar   ongiga   ta’sir   etuvchi   qismi   -   argumentatsiya,   mantiqiy   isbotlarga   va
kishilarning hissiyotiga ta’sir etuvchi qismiga alohida e ’tibor qilgan.
Sitseron   nutq   jarayonida   uch   muhim   omilga   alohida   e’tibor   berishni
ta’kidlagan. Bu nutqning kirish qismi, xotimasi va  repetisiyasidir.
Sitseron ning hayoti, ijodi, falsafiy va adabiy qarashlari, notiqlik  mahorati va bu
sohadagi ta’limoti hozirgi kunda ham amaliy va nazariy  ahamiyatga molikdir.
4.   Y. A.KOMENSKIY,   A.DISTERVEG,   K.D.USHINSKIY   VA
BOSHQALARNING   O’QITUVCHI,   UNING   KASBIY   TAYYORGARLIGI
TO’G’RISIDAGI  QARASHLARI.
O’qituvchi  va  uning professional  sifatlari  to'g’risidagi  muammolar  chet  ellik
olimlar   Ya.A.Komenskiy,   Djon   Lokk,   I.G.Pestalossi,   L.Disterverg   kabilarning
asarlarida   o'z   ifodasini   topdi.   Jumladan,   ulug’   chex   olimi,   pedagog
Ya.A.Komenskiy   o'qituvchiniig   eng   muhim   xususiyatlari   qatoriga   bolani   ssvishi,
yuksak   axloqi,   bilimdonligi,   iqtidori,   qobiliyati   kabilarni   kiritib,   ularning’
mohiyatini atroflicha tavsiflab beradi.
Yan   Amos   Komenskiy   (1592-1670)   -   slavyan   donishmandi,   insonparvar
pedagog,   bashariyat   tarixidan   demokratik   pedagogikaning   asoschisi   sifatida   o’rin
olgan.   U   o’zining   ongli   hayotini   va   amaliy-pedagogik   faoliyatini,   yaratgan   ilmiy
asarlarini oddiy halq bolalarini o’qitish va tarbiyalashga bag’ishladi. U   maktab   bolani   ma'rifat   olamiga   boshlaganida,   uni   hissiy   bilishga   so’ngra
aqliy   bilishga   o’rgatishi   lozimligini,   bunday   o’qitish   jarayonini   hissiy   idrokdan
boshlash   kerak,   talabini   ilgari   suradi.   Yan   Amos   Kamenskiy   o’z   davrida   ilk   bor
mashg’ulotlarning   sinf-dars   shaklida   bo’lishi   zarurligini   asoslab   berdi.   Bunda   u
o’qituvchining   butun   sinf   bilan   muayyan   o’quv   mavzusi   buyicha   mashg’ulot
o’tkazishni talab qildi
Ya.Komenskiy   o’qituvchilar   faoliyatining   ijtimoiy   ahamiyatini   yuqori
baholab maktab ishining muvaffaqiyatli bo’lishi  o’qituvchiga bog’liqligini aytadi.
Olimning   talab   etishicha   o’qituvchi   o’z   ishining   ustasi   bo’lishi,   o’qitish   san'atini
mukammal   egallashi,   tajribali   o’qituvchilar   yosh   muallimlarga   ko’mak   berishi
lozim.   O’qituvchi   tashqi   ko’rinishi   jihatidan   ham   o’z   o’quvchilariga   namuna
bo’lishi kerak. Sof vijdonli, o’z kasbini sevadigan va o’z bilim hamda mahoratini
uzluksiz takomillashtirib boradigan kishilargina o’qituvchi bo’lishi mumkin.
Ushbu   masalaga   sal   boshqacharoq   yondashgan   I.Pestalotsi   o'qituvchiniig
professional   sifatlariga   baho   berishdai   umuman   chetlashib,   uning   xalq   ta'limi
tarmog’ini   takomillashtirishdagi   roli,   fan   asoslarini   egallashdagi   ahamiyati   va
vazifalariga to'xtalib o'tadi.
A.Disterverg   o'qituvchining   ta'limdagi   roliga   yuqori   baho   berib,   u   o'z
faoliyatini   bilishi,   uni   sevishi,   o'quvchilarini   yoqtirishi   lozim   deb   uqtiradi.
O'qituvchi   bolalarniig   individual   xususiyatlari,   qobiliyati,   faoliyati   uslubi
to'g’risida muayyan darajada bilimga ega bo'lishi kerakligini ham ta'kidaab o'tadi.
Mutafakkir   Djon   Lokk   o'kituvchi   psixologiyasining   eng   muhim   jihatlari   orasiga
mo''tadillik,   g’ayrat-shijoatlilik,   ehtiyotkorlik   kabi   xislatlarni   kiritib,   ularning
ta'limdagi roli yuzasidan mulohaza yuritadi.
G’arb   mutafakkirlari   g’oyalarining   vorisliri   sifatida  L.I.Gersen,   L.N.Tolstoy,
I.G.Chernishevskiy, K.D.Ushinskiy kabi rus mutafakkirlari mazkur muammolarga
o'z mulohazalirini bildirganlar.
A.I.Gersen   mulohazasiga   ko'ra,   o'qituvchining   asosiy   xislati   -   bu   uning
bolalar   bilan   munosabatda   bo'layotganligini   sezishda,   bolalar   ruxiy   dunyosini
tushuma   olishida,   ahloqiy   qobiliyatining   mavjudligida,   chunki   u   shunday iste'dodga   ega   bo'lmog’i   zarurki,   unga   har   qaysi   o’qituvchi   erisha   olmaydi,   buni
unutmaslik kerak.
O’qituvchi   kasbiga   oid   ilmiy   tajribalarda   sinalgan   mulohazalar   rus   pedagogi
K.D.Ushinskiy   ta'lim   tarbiya   jarayonida   o'qituvchining   roli   va   shaxsiga   yuqori
baho   berib,   hech   bir   ustav   yoki   dastur   hamda   sun'iy   organizm   puxta   ishlab
chiqilganiga   qaramay,   inson   shaxsining   o'rnini   bosa   olmaydi,   deb   hisoblaydi.
Insonning xarakteri va his-tuyg’ulari, uning o’quvchilar bilan muloqotga kirishish
usuli, o'qituvchi  qalbi  bolalarga yaqinligi  kabi  axloqiy xislatlarining shaxsiga  xos
muhim   fazilatlar   bo'lib   hisoblanib,   muallimning   tarbiyaviy   kuchini   belgilaydi   va
ijtimoiy   qimmatga   ega   bo'lgan,   barkamol   bola   shaxsini   tarkib   toitiradi.
K.D.Ushinskiy   ta'kidlashicha,   pedagogik   faoliyatniig   muhim   tarkibiy   qismi
pedagogik-psixologik   odob   (takt)   hisoblanadi.   Uning   fikricha   psixologik   odob
(takt) hayotimizning barcha jabhalarida g’oyatda keng qo'llaniladi. 
Rus   pedagogi   K.D.Ushinskiyning   «Pedagogik   adabiyotning   foydasi»
risolasida:   «Tarbiyalash   ishi,   shubhasiz,   insonning   aqliy   va   ongli   fazilatlaridan
biridir:   tarbiya   tushunchasining   o’zi   tarixan   vujudga   kelgan   va   u   tabiatda   yo’q
narsadir…   Tarbiyalash   faoliyati   fikr   yuritishni,   haqiqatni   anglashni   ham
o’rgatadi», deb yozadi.
Shunday   qilib,   chet   el   mutafakkkirlari   o'z   asarlarida   o'qituvchining   bir   qator
muhim   fazilatlari   mavjud   bo'lishini   bayon   qilganlar.   Bularning   qatoriga
quyidagilarni   kiritish   mumkin:   o'qituvchining   har   tomonlama   barkamol   bo'lishi,
o'zining   yuksak   xislatlari   va   his-tuyg’ulari   bilan   boshqa   kasbdagi   kishilardan
ajralib turishi, bolalar ruhiyatiga oson kira olish qobiliyati, darslarni o'alashtirishda
orqada   qolganlar   bilan   individual   ishlash,   o'quvchilar   diqqatini   o'ziga   torta   olish
sehri, mustaqil ishlash va o'z mahoratini, malakasini oshirish, pedagogik qobiliyat
va odobga ega bo'lish kabilar. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, sharq va g’arb
mutafakkirlari   tomonidan   tahlil   qilingan   ko'pgina   o'qituvchi   kasbi   haqidagi
mulohazalar   to   hozirgi   kungacha   o'z   ahamiyatini   saqlab   kelmokda,   demakki,
ajdodlar   g’oyasini   takomillashtirish   evaziga   ta'limni   yuksak   bosqichga   ko'tarish
mumkindir.  FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar:
1. Хоliqоv А. Pеdаgоgik mаhоrаt (darslik). -T., 2011.
2. Аzizхodjаеvа   N.N.   Pеdаgоgik   texnologiya   va   pеdаgоgik   mаhоrаt   (o‘quv
qo‘llanma)   .  –T., 2006.
3. Зиёмухаммедов   Б.   Педагогик   махорат   асослари.   (ўқув   қўлланма).     -Т.,
2009.
4. Боубекова   Г.Д.,   Холикова   Г.Т.,   Магзумова   Г.   Педагогичес k ое
мостерство. Учебное пособия. Т.: 2002 
Qo‘shimchа аdаbiyotlаr
1. Ibragimov   X.,   Yoldoshev   U.   va   boshqalar   Pеdаgоgik   psixologiya   (o‘quv
qo‘llanma)    .  -T., 2007. 
2. Оchilоv Mаllа.  Muаllim qаlb mе`mоri. – T., 2000. 
3. Pirmuhаmmеdоvа   M. Pеdаgоgik mаhоrаt аsоslаri.-T.: 2001. 
4. Kаrimоvа V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qo‘llаnmа. -T.: - 2000 y. 
5. Hаmdаmоvа   M.   Yoshlаrning   intеllеktuаl   sаlоhiyatini   rivоjlаntirish
mехаnizmining pеdаgоgik-psiхоlоgik аsоslаri (uslubiy tаvsiyalаr), 2007. 
6. Tоlipоv   O‘.Q.,   Usmоnbоеvа   M.   Pеdаgоgik   tехnоlоgiyalаrning   tаtbiqiy
аsоslаri.-T.. 2006. 
7. Hоdiеv   B.Y.,   Bоltаbаеv   M.R.   “Оliy   o‘quv   yurtidаgi   tаrbiyaviy   ishlаrgа
psiхоlоgik yondаshuvlаr”. -T.: 2009.

PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA O’QITUVCHI MAHORATI MASALALARI Reja: 1. Eng qadimgi davrlardan eramizning VII asrlarigacha bo’lgan davrlarda o’qituvchi (murabbiy), shogird va ularning jamiyatdagi o’rni to’g’risidagi 2. Sharq mutafakkirlari ijodiy meroslarida mudarrislarni tanlash, ularga qo’yiladigan talablar. 3. Yunon va Rim faylasuflarining pedagoglar hamda ularning notiqlik san’ati to’g’risidagi g’oyalari. 4. Y.A.Komenskiy, A.Disterveg, K.D.Ushinskiy va boshqalarning o’qituvchi, uning kasbiy tayyorgarligi to’g’risidagi qarashlari.

ENG QADIMGI DAVRLARDAN ERAMIZNING VII ASRLARIGACHA BO’LGAN DAVRLARDA O’QITUVCHI (MURABBIY), SHOGIRD VA ULARNING JAMIYATDAGI O’RNI TO’G’RISIDAGI QARASHLAR. Eng qadimgi davrlardan eramizning VII asrlarigacha bo`lgan davrlarda o`qituvchi (murabbiy), shogird va ularning jamiyatdagi o`rni, pеdagogik faoliyat borasidagi ijtimoiy karashlar. Hozirgi kundagi o`qituvchi-tarbiyachi faoliyati, mahorati, ularning jamiyatdagi o`rni, ustoz-shogirdlik munosabatlari haqida gapirishdan avval, kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida ustoz-o`qituvchi tarbiyachi faoliyati masalalariga to`xtalib o`tish lozim. Ibtidoiy jamoa to`zumi davrida jamiyat yosh jihatidan 3 guruhga bo`linar edi: 1.Bolalar va o`smirlar. 2. Hayot va mеhnatning to`la qimmatli va to`la huquqli ishtirokchilari. 3. Kеksalar. Yangi, tug`ilgan bolani jamoadagi kеksa kishilar boqib, o`stiradilar. Bola tеgishli biologik yoshga to`lib, ba'zi bir ijtimoiy tajriba mеhnat qilishni o`rganib, hayotiy bilim va malakalarni egallagandan so`ng to`la qimmatli mеhnatchilar guruhiga o`tardi. Ibtidoiy jamiyatda bola o`zining hayot faoliyati jarayonida kattalarning ishlarida qatnashib ular bilan kundalik muomalada bo`lib, tarbiyalanar va ta'lim olar edi. o`g`il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan ularning ishlarida qizlar esa ayollarning ishlarida qatnashardilar. Matriarxat oxirlarida o`g`il bolalar uchun alohida va qizlar uchun alohida tarbiya muassasalari - yoshlar uylari muassasalari paydo bo`ldi. Bu еrda yoshlar ypyg` oqsoqollari rahbarligida yashashga mеhnatga o`tkaziladigan sinovlarga tayyorlanar edilar. Patriarxal urug`chilik bosqichida chorvachilik, dеhqonchilik, turli hunar kasblari paydo bo`ldi. Shu bilan bog`liq ravishda tarbiya ham murakkablashib, ko`p tomonlama va rеjali bo`la bordi. Bolalar tarbiyasi tajribali kishilarga topshiriladigan bo`ldi. Ular bolalarga mеhnat ko`nikma va malakalarini o`rgatish bilan bir qatorda paydo bo`lib kеlayotgan diniy urf-odatlarning qoidalari, naqllar

bilan bolalarni tanishtirar, yozishga o`rgatar edilar. Ertaklar, o`yin va raqslar, musiqa va ashula, butun xalq og`zaki ijodi xulqni, hatti-harakatni, xaraktеrning muayyan bеlgilarini tarbiyalashda katta rol o`ynaydi.  Tarixiy manbalarga ko`ra bolalar savod maktablarida o`qitilgan, bundan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy, jismoniy mashqlarga va hunarga o`rgatilgan. Bolalar tarbiyasida oilaning ayniqsa, onalarning o`rni ham katta bo`lgan, 5 yoshgacha asosan ayollar tarbiyalagan.  Qadimgi ajdodlarimiz yoshlarni vatanparvar, xalqparvar, sadoqatli, har qanday mashaqqatlarga bardoshli, jasur, kuchli, mard qilib tarbiyalashga e'tibor b е rganlar. Tarixiy shaxslar bilan bog`liq rivoyatlarda ham odamiylik, nazokat, aql- idrok, vafo-muhabbat, sadoqat, adolat kabilar ulug`lanadi. Bunday hislatlarni tarbiyalash, shakllantirish esa o`qituvchi ustozga yuklatilgan edi. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha bo’lgan pedagogik fikrlarda o’qituvchi- ustoz, shogird va ularning jamiyatdagi o’rni mahorati haqida ko’p fikrlar bayon etilgan. Rim tarixchisi va yozuvchisi Svetoning munosabatni ishontirish, muomalada bo’lish uslublari, rim olimi Mark Fobiy Kvintilian notiqni tarbiyalashda o’z-o’zini boshqara olish notiqlik va so’zamollik mahoratini egallash haqidagi fikrlarini yozib qoldirgan. Pedagoglarning professional mahorati va ularning notiqlik san'ati Gresiya va Rim filosoflari asarlarida bayon etilgan. Suqrotning ta'lim berish Platon va Deosfenning nutq madaniyati va uni egallash texnikasi, Aristotelning notiqlik san'atiga erishish yo’llari va ritorikasi, Seseron va Kvintilianning nutq madaniyati haqidagi fikrlari. Sharq mutafikkirlari Husayn Vois Kashshofiy, Abu Ali ibn Sino, Burxoniddin Zarnudjiy, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Devoniy, Kaykovus, Yusuf xos Xojib, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, turk olimlari Mustafo Xomiy poshsha munosabat, muomala madaniyati va uni egallash mahorati haqida, notiqlik san'ati, munosabatga kirishish mahorati haqida va uni egallash haqida o’z qo’lyozmalarida fikr bildirganlar. Kundalik kuzatib borish shuni ko’rsatadiki, o’qitishning muvaffaqiyati asosan ta'lim berayotgan fanga o’quvchilarni qiziqtirishdir.

O’qituvchi o’z shogirdlaridan doimo, hech bo’lmaganda, bir necha bosh yuqori turishi kerak, aks holda bolalar oldida uning obro’si bo’lmaydi, chunki kutilmagan savollarga o’qituvchi javob berolmasdan qolishi mumkin. Holbuki, bola sezgir bo’ladi va juda tez fursatda o’qituvchining «Mulla»ligi oshkor bo’lib qoladi. O’quvchilar oldida yo’qotilgan obro’ni tiklash juda qiyin, hatto ba'zi vaqtlarda mumkin ham emas. «Yosh avlodning tarbiyasi faxriy va olijanob vazifa bo’lishi bilan birga, ayni paytda u g’oyat darajada murakkab va ma'suliyatlidir. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish uchun o’qituvchi eng avval o’z ishining shaydosi, tashabbuskori bo’lishi kerak. Shuning uchun o’qituvchilikning «sababi ovqat» uchun formal «kasb» qilib olish – juda xavfli bo’lib, hatto yosh avlodning tarbiyasi zararlidir. Ikkinchi tomondan, ayniqsa, o’qituvchi qanday ma'lumotga, qanday erudisiyaga ega bo’lmasin, u o’zining saviyasini pedagogik san'atini rivojlantirish uchun tinmay ishlashi kerak» Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma'naviy yuksalishini ta'minlovchi ta'lim- tarbiya, ma'naviyat va ma'rifat kabi tushunchalar mavjud bo’lib, ular tarbiyashunoslik fanlaridagi o’zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda atroflicha o’rganishni taqozo etadi. Bu fanlarni o’zlashtirish – ma'naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuch bo’lmish inson kamoloti haqidagi g’oyalarni nihoyatda puxta bilishni talab qiladi. Konfutsiy (er.avv.551-479 y.y.) – xitoylik buyuk mutafakkir. U o’z yurtida ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etib axloqiy-siyosiy ta'limotga asos soldi. U ta'limda o’qish va fikrlash, o’ylash muhimligini qayta-qayta takrorlagan. Konfutsiy o’zining pedagogik faoliyatida tajribaga alohida e'tibor berdi. Masalan, har bir inson bir nimani biladiki, hisob qiladi. O’qituvchi to’rt narsadan – quruq foydasiz fikrlashdan, o’z mulohazasida qat'iy turib olishdan, qaysarlik qilishdan, faqat o’z haqida o’ylashdan zinhor saqlanishi kerak. Bu g’oyalarning birinchisi sof ko’ngil bilan munosabatda bo’lish, ikkinchisi shaxsiyatga berilmaslik va qaysarlik qilmaslikdir.

SHARQ MUTAFAKKIRLARI IJODIY MEROSLARIDA MUDARRISLARNI TANLASH, ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR . O’qituvchi kasbining nozikligi, mas'uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to'g’risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigai talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirshish mahorati, muomala madaniyati Shark mutafakkirlarining asarlarida o'z ifodasini topgan. Sharq ma'naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg’onish davrida juda rivojlangan bo'lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko'plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma'naviy-axloqiy kamolotida muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Forobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g’risida ibratli g’oyalarni ilgari surgan. Abu Nasr Forobiy va’z aytganda to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq matnini tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning roliga nazariy va amaliy jihatdan katta e’tibor beradi. Forobiy voizlik talablari haqida gapirib: «Voizning so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin», - deydi. «O’qituvchi, - deydi Forobiy, - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o’quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarni to’la va aniq ifodalay olishni bilmog’i zarur. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi», -deb ta'kidlaydi. Mutafakkir o'qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan.