logo

Pedagogik mahorat – pedagogik kategoriya sifatida

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

53.6181640625 KB
Reja:
1.Pedagogik mahorat haqida tushuncha. 
2.Pedagogik qobilyatlar va pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik   mahorat   –   pedagogik   kategoriya   sifatida.   «Ta’lim
to‘g`risida»gi   Qonun   va   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»   ta’lim   sohasida
amalga   oshiriladigan   ishlarning   maqsadi,   vazifalari   va   yo‘nalishlarini   belgilab
berdi.   Bu   vazifalarni   amalga   oshirish,   avvalo   o‘qituvchiga,   uning   bilimi   va   kasb
mahoratining   shakllanganlik   darajasiga   bog`liq.   Zero,   o‘qituvchi   zimmasiga
yuklatilgan   vazifalarni   nechog`lik   vijdon,   aql   va   pedagogik   mahorat   bilan
bajarilishi jamiyat kelajagini ta’minlovchi muhim omildir. 
Pedagogik   mahorat   asoslari   fanining   paydo   bo‘lishi   buyuk   pedagog
A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bog`liq. U bolalar kalonnasidagi
faoliyatida,   ya’ni   faqat   tarbiyasini   emas,   ma’naviy   qiyofasini   ham   yo‘qotgan
bolalar   bilan   ishlab,   ularning   benihoya   hurmati   va   ishonchiga   sazovor   bo‘ldi.
Shaxsiy   tarbiyaviy   usuli   bilan   butun   olamga   mashhur   bo‘lganligining   o‘zi   ham
A.S.Makarenkoning   yuksak   pedagogik   mahorat   cho‘qqisiga   erishganligining
yaqqol   dalilidir.   YUNESKO   qarori   bilan   uning   100   yilligiga   1988   yil   -
«Makarenko yili» deb e’lon qilindi.
A.S.Makarenko bo‘lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini
o‘rganishi   zarurligini   ta’kidlab,   shunday   deydi:   «Tarbiyachi   tashkil   etishni,
yurishni,   hazillashishni,   quvnoq,   jahldor   bo‘lishni   bilishi   lozim,   u   o‘zini   shunday
tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin».  
Buyuk   pedagogning   bu   fikriga   Ukraina   pedagogika   instituti   olimlari   katta
mas’uliyat   bilan   qarashdi.   Ular   bir   necha   yillar   davomida   Makarenko   pedagogik
mahorati maktabini, mavjud bo‘lgan ilg`or nazariya va amaliyotni atroflicha tahlil
qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani yaratildi va u barcha
pedagogika   oliy   o‘quv   yurtlarida   o‘qitila   boshlandi.   Bu   fanning   tuzilish
prinsipining   o‘ziga   xosligi   shundaki,   u   pedagogda   shaxs   va   jamoaga   ta’sir   eta
olishni   ta’minlaydigan   va   turli   fanlarga   bog`liq   bo‘lgan   bilimlarni   tanlab,   ularni
o‘zida   mujassamlashtiradi.   Shuning   uchun   ham   fan   dasturiga   pedagogik   mahorat
mohiyati, o‘quvchiga ta’sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik mahoratning
odatdagi   masalalaridan   tashqari,   teatr   pedagogikasi   va   notiqlik   san’ati   haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni o‘rganish pedagogika, psixologiya, metodika
va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi.
Pedagogik faoliyat bu mazmunini o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish
tashkil qilgan faoliyatdir. 
Shuni   yodda   tutish   kerakki,   pedagogik   faoliyat   bu   bir   tomonlama   emas,   balki
ikkitomonlama (hamkorlikdagi) faoliyatdir. Unda ikkita faol tomon ishtirok etadi:
o‘qituvchi   –   o‘quvchi   (o‘quvchi).   Maqsad   –   o‘quvchi,   o‘quvchi   shaxsi,   uning
rivojlanishidir. 
Mohir pedagog deb ta’lim-tarbiya jarayonini samarali  tashkillay oladigan, buning
uchun o‘quvchi psixologiyasini yaxshi bilgan, o‘zida pedagog uchun zarur bo‘lgan
kasbiy   fazilatlarni   mujassam   etgan,   ta’lim   jarayonini   zamonaviy   pedagogik
texnologiyalar qonuniyatlari asosida samarali tashkillay oladigan va olib boradigan
pedagogga ayta olamiz (shu sababli pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat
fanlari bir o‘quv faniga birlashtirilgandir). 
Mahorat   faoliyatda   namoyon   bo‘ladi.   Pedagogika   fanida   “pedagogik   mahorat”
tushunchasining turli ta’riflari mavjud:

pedagogik   mahorat   pedagogik   faoliyatning   yuqori   darajasi   bo‘lib,   u
pedagogning   belgilangan   vaqt   ichida   optimal   natijalarga   erisha   olishida
namoyon bo‘ladi.  (N.V.Kuzmina., N.V.Kuxarev); 

“o‘qituvchining   ilmiy   bilimlari,   ko‘nikmalari,   metodik   san’ati   va   shaxsiy
fazilatlari sintezi” (A.I.Sherbakov); 

“pedagogik   faoliyatni   egallanganlikning   yuqori   darajasi,   ixtisoslikka   doir
bilim,   ko‘nikma   va   malakalar   hamda   kasbiy   ahamiyatli   sifatlar   majmui”
(Pedagogik lug’at); 

“kasbiy   faoliyatning   yuqori   darajada   tashkillanishini   ta’minlovchi   shaxs xususiyatlari kompleksi (o‘qituvchi faoliyatining gumanistik yo‘naltirilgani,
kasbiy bilimlari, kasbiy qobiliyatlari va pedagogik texnikasi” (I.A.Zyazyun);

“pedagogik   mahorat   deganda   o‘qituvchining   pedagogik–psixo logik
bilimlarni,   kasbiy   malaka   va   ko‘nikmalarni   mukammal   egallashi,   o‘z
kasbiga   qiziqishi,   rivojlangan   pedagogik   fikrlashi   va   intuitsiyaci,   hayotga
axloqiy–estetik   munosabatda   bo‘lishi,   o‘z   fikr-mulohazasiga   ishonchi   va
qat’iy irodasi tushuniladi” (I.P. Rachenko). 

pedagogik   mahorat   –   pedagogik   jarayonni   bilish,   uni   tashkil   eta   olish,
harakatga   keltira   olish,   pedagogik   jarayonning   yuqori   samaradorligini
belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi (N.N.Azizxo‘jaeva); 

“pedagogik   mahorat   –   o‘qituvchilarning   shaxsiy   (bolajonligi,   xayri xohligi,
insonparvarligi,   mehribonligi   va   h.k.)   va   kasbiy   (bilimdonligi,   zukkoligi,
fidoyiligi,   ijodkorligi,   qobiliyati   va   hokazo.)   fazilatlarini   belgilovchi
xususiyat   bo‘lib,   o‘qituvchilarning   ta’lim-tarbiyaviy   faoli yati da   yuqori
darajaga   erishishini,   kasbiy   mahoratini   doimiy   takomil lash tirib   borish
imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir” (A.Xoliqov); 
Yuqoridagi   fikrlardan   kelib   chiqqan   holda,   “pedagogik   mahorat”   tushunchasiga
quyidagi tarzda umumlashgan ta’rifni berish mumkin: 
Pedagogik   mahorat   –   bu   o‘quv   jarayonining   barcha   shakllarini   eng   qulay   va
samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish,
talabalarda (o‘quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat
uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg`otishdir. 
Pedagogik   mahoratning   tarkibiy   qismlari.   Pedagogik   mahorat   yaxlit   tizim
sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:  -   pedagog   shaxsini   insonparvarlik   yo‘nalishiga   ega   bo‘lishi,   uning   qiziqishlari,
qadriyat   yo‘nalishlari   va   ideallarining   oliy   maqsad-barkamol   avlod   tarbiyalashga
yo‘naltirilganligi;
- mutaxassislik fanlari, o‘qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal
bilimga ega bo‘lish; 
-   pedagogik   qobiliyatga   ega   bo‘lish   (muloqotga   moyillik,   ishchanlik,   kelajakni
tasavvur   qila   olish,   kasbiy   mustaqillik,   sensor   axborotlarni   tezlik   bilan   anglash
(yuzidan uqib olish);
-   pedagogik   madaniyat   va   texnikani   egallash,   ya’ni   o‘z-o‘zini   boshqara   olish,
o‘zaro   ta’sir   etish   va   hamkorlikda   ishlashni   uddalash.  
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
I. Ta’lim maqsadi, o‘quv-tarbiya jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi sifatidagi
shaxsga yangicha qarash:  1) shaxs  pedagogik jarayonning obyekti emas, subyekti
sifatida aks etadi; 2) shaxs – qandaydir tashqi maqsadlarga erishish vositasi emas,
ta’lim tizimi maqsadi; 3) har bir o‘quvchi qobiliyatli, ko‘plab o‘quvchilar iqtidorli;
4) shaxsning muhim sifatlari sifatida yuksak axloqiy qadriyatlar (yaxshilik, sevgi,
mehnatsevarlik, vijdon, qadr-qimmat, fuqarolik va boshqalar) aks etadi.
II.   Pedagogik   munosabatlarni   insonparvarlashtirish   va   demokratlashtirish:   1)
pedagogik   muhabbat,   o‘quvchilar   taqdiriga   qiziqish   bilan   qarash;   2)   o‘quvchiga
yuksak ishonch bilan qarash; 3) hamkorlik, muloqot mahorati; 4) to‘g’ridan-to‘g’ri
majburlashdan  voz  kechish;   5)   ijobiy  rag’batlantirishning   muhimligi;   6)   o‘quvchi
shaxsiga   ta’lim   subyekti,   faollik   va   erkin   tanlash   sohibi   sifatidagi   munosabat;   7)
o‘qituvchi   va   o‘quvchi   huquqlarini   tenglashtirish;   o‘quvchining   erkin   tanlashga
bo‘lgan huquqi tushuniladi.  III.   Zamonaviy   sharoitda   to‘g’ridan-to‘g’ri   majburlashdan   natija   bermaydigan
metod   sifatida   voz   kechish.   Majburlashsiz   o‘qitish   quyidagilar   bilan   tavsiflanadi:
1)   majburlovsiz,   ishonchga   asoslangan   talabchanlik;   2)   o‘qitishga   tug’ma
qiziqishlarni   ko‘payganligi;   3)   majburlashning   o‘rnini   muvafaqqiyatga   erishishga
imkon   beradigan   istak   bilan   almashtirish;   4)   o‘quvchilarni   erkinlik   va
tashabbuskorlikka   qo‘yib   berilishi;   5)   jamoa   orqali   bilvosita   o‘quvchilarning
qo‘llanilishi;   6)   o‘quvchilarga   ularning   subyektivligi,   o‘z-o‘zini   namoyon   etishi,
ijtimoiylashuvi,   madaniy   tenglashuvi,   hayotiy   o‘z   o‘rnini   belgilashiga   yordam
ko‘rsatish, pedagogik qo‘llab-quvvatlash.
IV.   Individual   yondashuvni   yangicha   talqin   etish:   1)   “o‘quv   fanidan   o‘quvchiga
qarab   borish   emas,   o‘quvchidan   o‘quv   faniga   borish”   tamoyilining   bajarilishi;   2)
o‘quvchilarning   qobiliyatlari   va   mavjud   imkoniyatlarini   hisobga   olgan   holda
o‘qitish;   3)   o‘rtacha   o‘zlashtiruvchi   o‘quvchiga   yo‘nalganlikdan   voz   kechish;
shaxsning   eng   yaxshi   sifatlarini   izlash;   4)   shaxsni   psixologik-pedagogik   tashxis
etish   (qiziqishlari,   qobiliyatlari,   yo‘nalganligi,   Men-qontseptsiyasi,   xarakteri,
fikrlash   jarayonlarining   o‘ziga   xosligi)ning   qo‘llanilishi;   5)   shaxsning   o‘quv-
tarbiya jarayonidagi o‘ziga xosliklarini hisobga olish. 
V.   Ijobiy   ma’nodagi   “Men-kontseptsiyasi”ni   shakllantirish:   1)   pedagogik
muloqotning   o‘quvchilarda   o‘ziga   ijobiy   munosabatni   rivojlantirishning
yo‘nalganligi;   2)   hayotiy   faoliyatning   ijobiy   yo‘l-yo‘riq   va   motivlarini
shakllantirish.
Pedagogik   mahorat   o‘z   ichiga   bolalar   haqidagi,   ularning   psixologiyasi
to‘g`risidagi,   maktab   haqidagi,   ta’lim-tarbiya   jarayonlarini   tashkil   etish   va   uning
mazmuni,   metodlari   haqidagi   keng   bilimlarni   qamrab   oladi.   Bu   bilimlar   umumiy
pedagogik   madaniyatni   tashkil   etadi,   o‘qituvchi,   tarbiyachi   bu   madaniyatni
egallamasa,   hech   vaqt   o‘z   ishining   chinakam   ustasi   bo‘la   olmaydi,   yomon,   eski
usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o‘tmaydi. 
Pedagogik   mahoratning   asosi   pedagogik   bilimdonlikdir.   Pedagogik   bilimdonlik
deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me’yorlar (normalar), standartlar va
talablarga   muvofiq   pedagogik   vazifani   bajarishga   qobillik   va   tayyorlik   bilan belgilanadigan   integral   kasbiy-shaxsiy   tavsifnoma   tushuniladi.   Kasbiy-pedagogik
bilimdonlik deganda esa, pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda izchil
harakat   qila   olish   malakasini   qamrab   oladi.   N.Azizxo‘jayeva   takidlab   o‘tganidek,
bu   xislat   pedagogik   jarayon   mantig’ining   yaxlitligicha   va   butun   tuzilmasi   bilan
birgalikda   ko‘ra   olish,   pedagogik   tizimning   rivojlanish   qonuniyatlari   va
yo‘nalishlarini   tushunish   imkoniyatini   ta’minlaydi,   maqsadga   muvofiq   faoliyatni
konstruktsiyalashni osonlashtiradi.
Pedagogik   qobiliyatlar   –   ta’lim-tarbiyaviy   maqsadlar   va   o‘quvchilarning
individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda zaruriy shakl, metod va
vositalarni samarali qo‘llay olishdir. 
Pedagogik   qobiliyatlarni   shartli   ravishda   uch   katta   guruhga   bo‘lish   mumkin:
shaxsiy, didaktik va tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlar.
Shaxsiy   qobiliyatlarga   quyidagilar   kiradi:   1)   ta’lim   oluvchilarga   ijobiy
yo‘nalganlik – ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishga, muloqot
qilishga   intilish,   ularga   nisbatan   do‘stona   munosabat,   xayrixohlik;   2   )   vazminlik,
o‘z   hissiyotlarini   nazorat   qila   olishi   –   har   qanday   vaziyatda   o‘zini   yo‘qotib
qo‘ymaslik.   Lekin   vaziyat   talab   qilganda   o‘qituvchi   zaruriy   tarzda   o‘z
hissiyotlarini   namoyish   qiladi   (quvonch,   qayg’u,   g’azab).   Lekin   vazminlik
befarqlikka   aylanib   ketmasligi   kerak;   3)   o‘z   psixik   holati,   kayfiyatini   boshqara
olish – o‘qituvchi hayotida, faoliyatida har qanday noxush holat ro‘y bergan bo‘lsa
ham o‘zini tetik tutishi kerak. 
Didaktik qobiliyatlar sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin: 1) tushuntirish
qobiliyati   –   o‘rganilayotgan   materialni   ta’lim   oluvchilar   uchun   tushunarli   qilib
etkazish, buning uchun o‘qituvchi ta’lim oluvchilar uchun yangi bo‘lgan materialni
“ularning   ko‘zlari   bilan   ko‘ra   bilishi   kerak”;   akademik   qobiliyat   –   o‘z   fanini,
sohasini   chuqur   bilishi,   umumiy   va   ilmiy   dunyoqarashning   kengligi;   nutq
qobiliyati – o‘z fikrlari, his-tuyg’ularini tushunarli  qilib ifoda etishi, muloqotning
noverbal vositalari: mimika va pantomimikalardan o‘rinli foydalana olishi. Bunda
suhbat   predmetini   bilish,   etkazayotgan   ma’lumotlariga   nisbatan   ishonch,   nutqni “og’irlashtiruvchi”   tuzilmalardan   foydalanmaslik,   qo‘llanilayotgan   atama   va
tushunchalarga izoh berish, nutq tezligi va ovoz balandligi nazarda tutiladi.
Tashkiliy-kommunikativ   qobiliyatlar   quyidagi   ko‘rinishda   namoyon   bo‘ladi:
tashkilotchilik qobiliyati – o‘quvchilar jamoasini tashkillay olish va o‘z faoliyatini
tashkillay   olish;   rejalashtirish,   nazorat   qilish;   kommunikativ   qobiliyat   –
o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda muloqotni
to‘g’ri tashkillash; pedagogik kuzatuvchanlik – o‘quvchining ko‘rinishidan undagi
ichki   kechinmalar,   kayfiyatini   bilib   olish,   sezgirlik;   pedagogik   takt   –   ta’lim
oluvchiga   pedagogik   ta’sir   ko‘rsatishda   aniq   vaziyatdan,   ta’lim   oluvchi   shaxsi
xususiyatlaridan   kelib   chiqish   va   uning   nafsoniyatiga   tegmaslik;   suggestiv
qobiliyat – ta’lim  oluvchiga emotsional-irodaviy ta’sir o‘tkazish, talab qo‘yish va
talabning bajarilishini qat’iy nazorat qilish (bir tomondan qo‘rqitishsiz, qistovsiz –
boshqa   tomondan   bo‘shlik   qilmasdan);   pedagogik   prognoz   –   o‘z   harakatlari
natijasini,   shaxsida   bo‘lib   o‘tadigan   o‘zgarishlarni   oldindan   ko‘ra   bilish;   diqqatni
to‘g’ri   taqsimlay   olish   –   bir   paytning   o‘zida   bir   necha   faoliyatni   olib   borish:
materialni bayon qilish, o‘z fikrlarini kuzatib borish, berilayotgan savollarga javob
berish, ta’lim oluvchilar jamoasi hulqini nazorat qilib turish. 
Pedagogik   adabiyotlarda   o‘qituvchining   kasbiy   va   ijtimoiy   moslashuviga   ta’sir
etuvchi   mahsuldor   sabablar   (omillar)   umumlashtirilib   pedagogik   madaniyat   nomi
bilan qayd etiladi. Boshqa tushunchalar singari pedagogik madaniyatning ham bir
necha   xil   ta’riflari   mavjud.   Biroq   barcha   ta’riflarda   pedagogik   madaniyat
tushunchasi   uch   ilmiy   jihatdan,   ya’ni   aksiologik,   faoliyat   va   shaxsga
yo‘naltirilganlik   nuqtai   nazaridan   talqin   etilishi   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.
Aksiologik   yondashuvga   ko‘ra,   pedagogik   madaniyat   –   tarbiya   haqidagi   fan
sifatida   pedagogika   tayanadigan   pedagogik   qadriyatlar   majmuidir.   Ushbu
qadriyatlar moddiy va ma’naviy shakllarda mavjud bo‘ladi. Shaxsga yo‘naltirilgan
yondashuv   nuqtai   nazariga   ko‘ra,   pedagogik   madaniyat   –   bu   pedagogik
faoliyatdagi   tarbiyaviy   munosabatlarni   amalga   oshiruvchi   subyekt   sifatida   kasbiy
etuk   pedagog   shaxsining   muhim   sifati.   Faoliyatli   yondashuvga   ko‘ra,   pedagogik madaniyat   –   bu   pedagogik   qadriyatlarning   tadbiq   etilishini   ta’minlovchi,
o‘qituvchi kasbiy faoliyatining o‘ziga xos usullari majmuidir.
Pedagogik   madaniyatning   mufassal   tavsifi   L.D.Stolyarenko   tomonidan
quyidagicha   ochib   berilgan:   “Pedagogik   madaniyat   –   bu   umuminsoniy
madaniyatning   bir   bo‘lagi   bo‘lib,   unda   eng   avvalo,   avlodlar   almashinuvi   va
shaxsning   ijtimoiylashuvi   kabi   tarixiy   jarayon   uchun   xizmat   qilishda   insoniyat
uchun zarur bo‘lgan ma’naviy va moddiy qadriyatlar aks etgan”. 
O‘qituvchining   pedagogik   madaniyati   quyidagi   kasbiy   ahamiyatli   shaxs
sifatlarining mavjud bo‘lishini taqozo etadi:
1)   shaxsga   yo‘nalganlik:   e’tiqod,   ijtimoiy   faollik,   fuqarolik   tuyg’usining
mavjudligi; 
2)   kasbiy-axloqiy   sifatlar:   insonparvarlik,   jamoaviylik,   adolat,   mehribonlik,
haqiqatparvarlik,   samimiylik,   talabchanlik,   bolalarga   nisbatan   mehr   va   hurmat,
oliyjanoblilik, xolislik;
3)   pedagogik   mehnatga   munosabat:   vijdonlilik,   javobgarlik   tuyg’usi,   fidokorlik,
berilib   ishlay   olish   va   o‘z   pedagogik   faoliyatidan   qoniqish   hissi,   uni   hayotining
mazmuniga aylantira olish; 
4) qiziqishlar va ma’naviy ehtiyojlar: bilishga oid faollik, tafakkurning kengligi va
teranligi,   estetik   madaniyat,   qiziqishlarning   va   ma’naviy   ehtiyojlarning
ko‘pqirraliligi,   yoqtirgan   ijodiy   ishning   mavjud   bo‘lishi,   tashqi   ko‘rinish   va   nutq
madaniyati.
Pedagogik   faoliyatning   tuzilishi   va   turlari.   Pedagogik   faoliyat   yosh   avlodni
hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan,
ta’lim-tarbiya beri shda maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar mehnati faoliyatidir. 
Pedagogik jarayonning mohiyatini  anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda
bo‘lmagan   o‘qituvchi   ta’lim-tarbiya   samaradorligi   va   inson   kamolotini
ta’minlovchi   fikrga   ega   bo‘lmaydi.   Pedagogik   jara yonning   vazifasi   bilim   berish,
tarbiyalash,   rivojlantirish   bo‘lib,   o‘qituv chilarning   faoliyat   mezonini   begilab beradi.   O‘qituvchilarning   faoliyati   pedagogik   jarayonning   harakat   vositasidir.
Pedagogik   jarayonning   obyektlari   bo‘lmish   tarbiyalanuvchi   insonga,   o‘quvchi   va
o‘quvchilar   guruhiga   hamda   alohida   o‘quvchiga,   pedagogik   jarayonning
subyektlari   ─   ota-onalar,   o‘qituvchilar,   tarbiyachilar,   sinf   jamoasi,   pedagogik
jamoa   mas’uldirlar   va   ular   jamiyat   talablari   asosida   ta’lim   va   tarbiya   berish
faoliyatini   bajaradilar.   A.Xoliqov   tomonidan   e’tirof   etilganidek,   o‘qituvchining
pedagogik   faoliyatida   ijobiy   nati ja larga   erishishi,   mehnat   malakasini,   ya’ni
egallagan   bilimlarini   o‘zining   hayotiy   va   amaliy   faoliyatida   nechog’lik   qo‘llay
bilishi bilan belgilanadi. 
Pedagogik   faoliyatning   maqsadi   asrlar   davomida   yuksak   ma’naviyatli   shaxsni
shakllantirishning umuminsoniy g’oyasi sifatida xizmat qilib kelayotgan tarbiyaviy
ishni   amalga   oshirish   bilan   bog’liq.   Pedagogik   faoliyatning   asosiy   turlari   sifatida
tarbiyaviy   ish   va   o‘qitish   aks   etadi.   Tarbiyaviy   ish   –   bu   tarbiyaning   tizimliligi,
to‘laligi,   uzviyligi   va   uzluksizligidir.   Tarbiyaviy   ish   tarbiyalanuvchilarning
muaiyan   faoliyatini   tashkil   etuvchi   va   amalga   oshiruvchi   shakldir.   Tarbiyaviy
ishning   asosiy   xususiyati   –   zaruriylik,   foydalilik   va   tatbiq   etish   imkoniyatidan
iborat. 
Tarbiyaviy   ishlar   asosida   ikkita:   faol   va   majmuaviy   yondashuvlar   yotadi.
Yondashuvlarning birinchisi, faoliyatning bilish, mehnat, ijtimoiy, badiiy, sport va
erkin   muloqot   kabi   turli   ko‘rinishlarini   tashkil   etishni   talab   etadi.   Ikkinchi
majmuaviy yondashuv esa, faoliyatning barcha ko‘rinishlarining yagona jarayonga
ta’siri   bilan   tabiiy   “ko‘shilib”   ketishida   namoyon   bo‘ladi.   Tarbiyaviy   ishlar,   ayni
paytda,   o‘ziga   axlokiy.   estetik,   hissiy   va   aqliy   (intellektual)   ta’sirlarni   kamrab
oladi.   Faoliyatga   oid   yondashuv   tarbiya   yo‘nalishiga   ishora   qilsa,   majmuaviy
yondashuv   –   uning   mazmun   tabiatini   (pedagogik   maqsad   (vaziyat,   tarbiyaviy
maqsadning   asosiy   va   bog’liq   tomonlarini   shakllantirish)ni;   rsjalashtirish;   tashkil
etish va tayyorlashni; ishni bsvosita amalga oshirishni; erishilgan natijalar tahlilini)
belgilaydi.
O‘qitish   –   qo‘yilgan   maqsadga   erishishga   yo‘naltirilgan   pedagog   bilan
o‘quvchilarning   tartiblangan   o‘zaro   harakatidir.   O‘rgatish   –   o‘qitish   maqsadini amalga   oshirish   bo‘yicha   pedagogning   tartiblangan   faoliyatini   aks   ettirsa,
o‘rganish   anglash,   mashq   qilish,   va   egallangan   tajribalar   asosida   xulq-atvor   va
faoliyatning   yangi   shakllarini   egallash   jarayoni   bo‘lib,   avval   egallanganlari
o‘zgaradi. 
N.V.Kuzmina   pedagogik   faoliyatning   o‘zaro   bir-biri   bilan   aloqador   quyidagi   uch
tarkibiy   qismini   ajratib   ko‘rsatadi:   konstruktiv,   tashkilotchilikka   doir   va
kommunikativ.   Konstruktiv   faoliyat   mazmunli   (o‘quv   materialini   tanlash   va
tizimlashtirish,   pedagogik   jarayonni   rejalashtirish   va   tashkil   etish),   konstruktiv
operativ   (o‘zining   va   o‘quvchilarning   harakatlarini   rejalashtirish);   konstruktiv-
moddiy   (pedagogik   jarayonning   o‘quv-moddiy   bazasini   loyihalash)   jihatlarni
o‘zida aks ettiradi. Tashkilotchilik faoliyati – o‘quvchilarni faoliyatning xilma-xil
turlariga   jalb   etish.   Kommunikativ   faoliyat   –   pedagogning   ta’lim   oluvchilar,
o‘qituvchilar   jamoasi,   jamoatchilik,   mahalla   va   ota-onalar   bilan   munosabatini
yo‘lga qo‘yish.
Pedagogik faoliyatning o‘ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 
1.
Inson   tabiatning   jonsiz   moddasi   emas,   balki   o‘zining   alohida  xususiyatlari,
ro‘y   berayotgan   voqealarni   idrok   qilishi   va   ularga   o‘zicha   baho   beradigan,
takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganidek, har bir
shaxs   takrorlanmasdir.   U   pedagogik   jarayonning   o‘z   maqsadi,   ishtiyoqi   va
shaxsiy xulqqa ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir. 
2.
Pedagog   doimo   o‘sib-o‘zgarib   boradigan   inson   bilan   ishlaydi.   Ularga
yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish
mumkin emas.  Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi. 
3.
O‘quvchilarga   pedagogdan   tashqari,   atrof-muhit,   ota-ona,   boshqa   fan
o‘qituvchilari,   ommaviy   axborot   vositalari,   ijtimoiy   hayot   ham   ta’sir   etadi.
Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‘zida jamiki ta’sirlarga va o‘quvchilarning o‘zida paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni
nazarda tutadi. 
Pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin: 
1.
Pedagogik   faoliyatning   maqsadi   jamiyat   tomonidan   belgilanadi,   ya’ni
pedagog   faoliyatining   natijasi   jamiyat   manfaatlari   bilan   bog`liqdir.   Uning
mehnati   yoshlar   shaxsini   har   tomonlama   kamol   toptirishga   yo‘naltirilgan.
Pedagogik   faoliyat   avlodning   ijtimoiy   uzviyligi   (ketma-ketligi)ni
ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o‘tkazadi, ijtimoiy tajriba
orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi. 
2.
Pedagog   faoliyati   doimo   shaxs   faoliyatini   boshqarish   bilan   bog`liq.   Bunda
pedagogik   maqsad   o‘quvchi   maqsadiga   aylanishi   muhimdir.   Pedagog   o‘z
faoliyati   maqsadini   va   unga   erishish   yo‘llarini   aniq   tasavvur   qilishi   va   bu
maqsadga   erishish   o‘quvchilar   uchun   ham   ahamiyatli   ekanligini   ularga
anglata olishi zarur. Gyote ta’kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda
so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi». 
3.
Pedagogik   (ta’lim-tarbiya)   jarayonda   o‘quvchi   faoliyatini   boshqarish
shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi
tomon   yo‘naltirilgan   bo‘ladi.   Buni   anglagan   holda,   mohir   pedagoglar   o‘z
faoliyatini mantiqan o‘quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar.
Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat. 
Shunday   qilib,   pedagogik   faoliyat   maqsadining   o‘ziga   xosligi   o‘qituvchidan
quyidagilarni talab qiladi: 
- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to‘la anglab, o‘z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat
maqsadlarini «o‘sib» uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;  -   o‘quvchilar   qiziqishlarini   e’tiborga   olish,   ularni   pedagogik   faoliyatning
belgilangan maqsadlariga aylantirish;
O‘quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko‘rsata oladigan kishigina haqiqiy
tarbiyachidir.   Bunga   erishish   uchun   pedagog   o‘zining   axloqiy   sifatlarini   doimo
takomillashtirib borishi zarur. 
O‘quvchilarni   mehnat,   muloqot,   o‘yin,   o‘qish   kabi   faoliyat   turlarida   ishtirok
etishlari   tarbiyaning   asosiy   vositasi   hisoblanadi.   Har   bir   mohir   pedagog   o‘zining
individual pedagogik tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Ayrim   pedagoglar   kasbiy   mahorat   sirlarini   egallash   uchun,   avvalo   ta’lim-tarbiya
metodlarini   takomillashtirishga   intiladilar.   Bu   tabiiy   hol,   chunki   aynan   metodlar
yordamida pedagog o‘z o‘quvchilarini turli o‘quv faoliyatiga jalb qiladi. Shu bilan
birga   o‘quvchilarni   bilim   olishga   qiziqtirishda   o‘qituvchi   tomonidan   tanlangan
metodlar,   usullar   va   topshiriqlardan   boshqa   sabablar   ham   ta’sir   etadi.   Pedagog
faoliyatining   muvaffaqiyatli   kechishi   uning   shaxsi,   xarakteri,   o‘quvchilar   bilan
muomalasiga   ham   ko‘p   jihatdan   bog`liq   bo‘ladi.   Odatda   bularning   ta’lim-tarbiya
jarayoniga   ta’siri   ahamiyatsizdek   tuyuladi.   Ammo   tajribali   pedagog,   uning   xatti-
harakati   o‘quvchilarga   qanday   ta’sir   ko‘rsatayotganligiga   ahamiyat   berib,   unga
kerakli   tuzatishlar   kiritib,   takomillashtirib   boradi.   Shuning   uchun   ham   pedagogik
mahoratni   o‘qituvchi   shaxsi   sifatlarini   majmui   sifatida   qaralib,   uni   o‘qituvchi
yuqori   darajada   psixologik-pedagogik   tayyorgarlikka   ega   bo‘lishi   bilan   bog`liq
bo‘lishini   unutmaslik   lozim.  
Pedagogik   qobiliyat   va   uning   tuzilishi.   Pedagogik   qobiliyat   –   bu   qobiliyat
turlaridan   biri   bo‘lib,   kishining   pedagogik   faoliyatga   yaroqliligini   va   shu   faoliyat
bilan muvaffaqiyatli shug`ullana olishini aniqlab beradi. 
Pedagogik   psixologiyada   o‘qituvchilik   faoliyatida   pedagogik   qobiliyatlarning
tutgan o‘rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borilgan.
Yirik   psixolog   S.L.Rubinshteyn   ta’kidlab   o‘tganidek,   pedagogik   jarayon
o‘qituvchi-tarbiyachining   faoliyati   tariqasida   rivojlanuvchi   bola   shaxsini
shakllantiradi, bu esa pedagogning o‘quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishiga yoki   aksincha,   unga   ehtiyoj   sezmasligiga   bog`liq.   Bola   shaxsining   rivojlanishida
o‘qituvchining   roli   benihoya   muhimdir,   chunki   u   ta’lim   va   tarbiya   jarayonining
tashkilotchisi   vazifasini   bajaradi.   Shu   bois,   hozirgi   sharoitda   o‘qituvchining
tashkilotchilik   qobiliyatiga   nisbatan   yuksak   talab   qo‘yiladi,   shuning   uchun
ijtimoiy-tarixiy   tajribalarning   boyligi   ehtiyojlar   ko‘lamining   ortishiga   bevosita
bog`liq. 
XX   asrning   70-80-yillarda   o‘qituvchining   xarakter-xislatlari,   pedagogik
qobiliyatlari,   unda   tarbiyachilik   mahoratini   tarkib   toptirish   shartlari   chuqur
o‘rganildi.   Jumladan,   rus   olimasi   N.V.Kuzmina   o‘qituvchilik   faoliyatida
pedagogik   qobiliyatlarning   o‘rni   va   ularni   tarkib   toptirishga   oid   qator   ilmiy-
tadqiqot   ishlarini   olib   borgan.   U   o‘z   tadqiqotlarida   pedagogik   qobiliyatlarni
gnostik (bilishga oid), proyektiv (oldindan rejalashtirishga qaratilgan), konstruktiv,
tashkiliy   va   kommunikativ   turlarga   ajratib,   ularning   har   biriga   chuqur   psixologik
ta’rif   beradi.   N.V.Kuzmina   pedagogik   qobiliyatning   muhim   alomatlari   qatoriga
kuzatuvchanlikni   ham   kiritadi,   o‘qituvchining   bu   hislati   o‘quvchining   ichki
kechinmalari, his-tuyg`ulari kabi omillarni aniqlashga xizmat qiladi.
Tadqiqotchi   A.I.Shcherbakov   fikriga   ko‘ra,   pedagogik   faoliyat   –   bu   o‘qituvchi
oldiga   jiddiy   talablar   qo‘yadigan   murakkab   psixologik   aktdir.   Pedagogik   faoliyat
o‘qituvchini   chuqur   va   puxta   bilimga,   pedagogik   qobiliyatga,   mustahkam
xarakterga,   yuksak   ma’naviyatga   ega   bo‘lishini   taqozo   qiladi.   A.I.Shcherbakov
o‘qituvchi   shaxsi   6   ta   kasbiy-tarkibiy   qismdan   iborat   ekanligini   ta’kidlaydi:   1)
yuksak   saviyadagi   bilim   va   madaniyat;   2)   yo‘nalishning   aniq   ifodalanganligi;   3)
yuksak   axloqiy  hislarning   mavjudligi;   4)   yuqori   darajada   yuzaga   keluvchi   faollik
va barqaror mustaqillik; 5) qat’iy va silliq xarakter; 6) pedagogik qobiliyatlar. 
Yirik   olim   F.N.Gonobolin   pedagogik   qobiliyatlarni   quyidagi   turlarga   ajratishni
taklif   etadi:   1)   didaktik   qobiliyatlar;   2)   akademik   qobiliyatlar;   3)   pertseptiv
qobiliyatlar; 4) nutq qobiliyatlari; 
5)   tashkilotchilik   qobiliyati;   6)   avtoritar   qobiliyatlar;   7)   kommunikativ   qobiliyatlar;   8)   pedagogik   xayolot;   9)   diqqatni   taqsimlay   olish
qobiliyati. 
F.N.Gonobolin   pedagogik   qobiliyatlarni   tarkib   toptirish   bosqichlari,   xususiyatlari
va   xossalari   to‘g`risida   mukammal   ma’lumotlar   beradi.   Ta’lim   va   tarbiya
jarayonini takomillashtirishda pedagogik qobiliyatlarning roli tajriba materiallariga
asoslanib sharhlab beriladi.
Kasbiy-pedagogik   faoliyatning   muvafaqqiyatli   amalga   oshishi   ko‘p   jihatdan
pedagogning   maxsus   pedagogik   qobiliyatlarni   egallaganligiga   bog’liq:
T.I.Gavakov   pedagogik   qobiliyatlarni   quyidagi   tarzda   guruhlashtirishni   taklif
etadi: obyekt(ta’lim oluvchilar)ni his eta olish; kommunikativ (kishilar bilan aloqa
o‘rnatish,   samimiylik,   muloqotchanlik);   pertseptiv   (kasbiy   etuklik,   empatiya,
pedagogik   intuitsiya);   shaxs   dinamizmi   (irodaviy   ta’sir   ko‘rsatish   va   mantiqiy
ishontirish   qobiliyati);   emotsional   barqarorlik   (o‘z-o‘zini   boshqara   olish
qobiliyati); kreativ (ijodiy ishga qobiliyatlilik). 
Maxsus   qobiliyatlar   ham   o‘qituvchining   o‘rgatuvchilik,   ham   tarbiyaviy   ishiga
taaaluqlidir.   O‘qituvchining   o‘qitish,   o‘qish   va   o‘rgatishga   doir   qobiliyatlariga
quyidagilarni   kiritish   mumkin:   o‘rganiladiganlarini   ko‘ra   olish   va   his   eta   olish
qobiliyati;   o‘quv   materialini   mustaqil   tanlay   olish,   ta’limning   samarali   metodlari
va maqbul vositalarini aniqlay olish; o‘quv materialini tushunarli bayon eta olish,
uning   barcha   ta’lim   oluvchilar   uchun   tushunarli   bo‘lishini   ta’minlash;   ta’lim
oluvchilarning individualligini hisobga olish bilan bog’liqlikda o‘qitish jarayonini
tashkil   eta   olish   qobiliyati;   o‘quv   jarayonida   pedagogik   texnologiyalardan
foydalana   olish   qobiliyati;   ta’lim   oluvchilarning   har   tomonlama   rivojlanishini
tashkil etish qobiliyati; o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati;
o‘zining shaxsiy tajribasini boshqalarga uzatish qobiliyati; mustaqil ta’lim olish va
o‘z-o‘zini rivojlantirishga qobiliyatlilik. 
Tarbiyaviy   ishni   tashkil   etish   bilan   bog’liq   pedagogik   qobiliyatlar   quyidagilarda
yorqin namoyon bo‘ladi: boshqa kishilarning ichki his-tuyg’ularini to‘g’ri baholay
olish, boshqalar haqida qayg’ura olish qobiliyati (empatiyaga qobiliyatlilik); taqlid
uchun   namuna   bo‘lishga   qobiliyatlilik;   tarbiyaviy   jarayonda   individual   o‘ziga xosliklarini   hisobga   olishga   qobiliyatlilik;   rag’bat   va   o‘zaro   bir-birini   tushunish,
muloqotni   zarur   uslubini   tanlay   olishga   qobiliyatlilik;   o‘ziga   hurmat   bilan
munosabatda bo‘lish, tarbiyalanuvchilar orasida obro‘ga ega bo‘lish qobiliyati. 
Pedagog   olim   I.P.Podlasiy   pedagogik   qobiliyatning   tuzilishini   quyidagi   tarzda
aniqlashtirgan:
1.
tashkilotchilik   –   ta’lim   oluvchilarni   jipslashtirish,   ularning   faoliyatini
rejalashtirish, jamoaviy ishga jalb etish, yakunlarini chiqarish; 
2.
diagnostik   –o‘quv   materialini   tanlay   olish,   o‘quv   materialini   tushunarli,
aniq,  obrazli,   ishonchli  va  tizimli   bayon  eta  olish;   o‘quvchilarning  bilishga
qiziqishlari va intellektini rivojlantirishni rag’batlash, o‘quv-biluv faolligini
oshirish   hamda   tanqidiy   fikrlashni   rivojlantirish   va   ijodkorlikka
qobiliyatlilik; 
3.
pertseptiv   –   ta’lim   oluvchilarning   ichki   olamiga   ta’sir   ko‘rsatish;   ularning
emotsional   holatini   xolis   baholash,   psixikasidagi   o‘ziga   xosliklarni   aniqlay
olish ko‘nikmasi; 
4.
kommunikativ   –   ta’lim   oluvchilar   va   jamoa   bilan   pedagogik   maqsadga
qaratilgan munosabatni o‘rnata olish ko‘nikmasi; 
5.
suggestiv   (suggestiya   -   ishontirish)   –   o‘quvchilarga   emotsional   ta’sir
ko‘rsatish; 
6.
tadqiqotchilikka   doir   –   pedagogik   jarayon   va   vaziyatlarni   anglash   hamda
obyektiv baholay olish ko‘nikmasi;  7.
ilmiy-bilishga doir – tanlangan ixtisoslikka doir belgilangan hajmdagi ilmiy
bilimlarni egallay olish qobiliyati; 
8.
gnostik   –   obyekt,   jarayonni   va   o‘z   faoliyati   natijalarini   tadqiq   etish   hamda
olingan natijalar asosida uni korrektsiyalay olish qobiliyati. 
Pedagogika   va   psixologiya   sohasida   olib   borilgan   ilmiy   tadqiqotlarga   asoslanib,
bizningcha,   o‘qituvchining   pedagogik   qobiliyatlarini   quyidagicha   klassifikatsiya
qilish mumkin. 
1.   Didaktik   qobiliyat   –   bu   oson   yo‘l   bilan   murakkab   bilimlarni   o‘quvchilarga
tushuntira   olishdir.   Bunda   o‘qituvchining   o‘quv   materialini   o‘quvchilarga
tushunarli   qilib   bayon   etishi,   mavzu   yoki   muammoni   ularga   aniq   va   tushunarli
qilib aytib berishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg`ota
olishi   ko‘zda   tutiladi.   O‘qituvchi   zarurat   tug`ilgan   holatlarda   o‘quv   materialini
o‘zgartira,   soddalashtira   oladi,   qiyin   narsani   oson,   murakkab   narsani   oddiy,
tushunarsiz, noaniq narsani tushunarli qila oladi.
2.   Akademik   qobiliyat   –   barcha   fanlar   yuzasidan   muayyan   bilimlarga   ega
bo‘lishlik.   Bunday   qobiliyatlarga   ega   bo‘lgan   o‘qituvchi   o‘z   fanini   o‘quv   kursi
hajmidagina   emas,   balki   ancha   keng   va   chuqurroq   biladi,   o‘z   fani   sohasidagi
yangiliklarni kuzatib boradi. Fan-texnika, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir qiziqishlari
bilan ko‘p narsalarni o‘rganib boradi. 
3.   Pertseptiv   qobiliyat   –   qisqa   daqiqalarda   o‘quvchilar   holatini   idrok   qila   olish
fazilati, bu o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati,
o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna olish
bilan   bog`liq   bo‘lgan   psixologik   kuzatuvchanlikdir.   Bunday   o‘qituvchi
kichkinagina   alomatlar,   uncha   katta   bo‘lmagan   tashqi   belgilar   asosida   o‘quvchi
ruhiyatidagi ko‘z ilg`amas o‘zgarishlarni ham fahmlab oladi.
4. Nutqiy qobiliyat – ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga
ega   bo‘lgan   nutq,   shuningdek,   o‘qituvchi   nutqining   jarangdorligi,   uning   pauza, mantiqiy   urg`uga   rioya   qilishi,   qobiliyatli   o‘qituvchining   nutqi   darsda   hamisha
o‘quvchilarga   qaratilgan   bo‘ladi.   O‘qituvchi   yangi   materialni   tushuntirayotgan,
o‘quvchining   javobini   tahlil   qilayotgan,   ma’qullayotgan   yoki   qoralayotgan   bo‘lsa
ham uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga
qaratilganligi   bilan   ajralib   turadi.   Fikrlar   ifodasi   o‘quvchi   uchun   aniq,   sodda,
tushunarli bo‘ladi. 
5.   Tashkilotchilik   qobiliyati   –   sinf-guruh   yoki   jamoani   uyushtirish   va   uni
boshqarish   iste’dodi.   Tashkilotchilik   o‘quvchilarni   xilma-xil   faoliyat   turiga   jalb
qilish   uchun   asos   hisoblanadi.   Bu   qobiliyat,   birinchidan   o‘quvchilar   jamoasini
uyushtirish,   jipslashtirish,   muhim   vazifalarni   hal   etishga   ruhlantirish   bo‘lsa,
ikkinchidan, o‘z shaxsiy ishini to‘g`ri uyushtirish qobiliyatidir.
6. Obro‘ga ega bo‘lishlik qobiliyati - o‘zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql-
farosatliligi,   mustahkam   irodasi   bilan   obro‘   orttirish   uquvchanligi.   Fanda   bu
qobiliyat   turi   –   avtoritar   qobiliyat,   deb   ham   yuritiladi.   Obro‘ga   ega   bo‘lish
o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir kompleksiga, chunonchi, uning irodaviy
sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, qat’iyligi, talabchanligi va hokazo), shuningdek,
o‘quvchilarga ta’lim  hamda tarbiya berish  mas’uliyatini  his etishga,  bu ishonchni
o‘quvchilarga ham yetkaza olishiga bog`liq bo‘ladi. 
7.   Kommunikativ   qobiliyatlar   –   muomala   va   muloqot   o‘rnata   olish,   bolalarga
aralashish qobiliyati, o‘quvchilarga to‘g`ri yondashish yo‘lini topa olish, ular bilan
pedagogik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik
nazokatning mavjudligi.
8.  Psixologik  tashxis   (diagnoz)ga  doir   qobiliyatlar  –  insonning   kelajagini   oqilona
tasavvur   qilishdan   iborat   bashorati.   Bu   o‘z   harakatlarining   oqibatlarini   oldindan
ko‘rishda,   o‘quvchining   kelgusida   qanday   odam   bo‘lishi   haqidagi   tasavvur   bilan
bog`liq   bo‘lgan   shaxsni   tarbiyalab   yetishtirishda,   tarbiyalanuvchining   qanday
fazilatlarining   taraqqiyot   etishini   oldindan   aytib   bera   olishda   ifodalanadigan
maxsus   qobiliyat.   Bu   qobiliyat   pedagogik   optimizmga,   tarbiyaning   qudratiga,
odamga ishonish bilan bog`liq bo‘ladi.  9.  Diqqatni   taqsimlash   qobiliyati   –  bir  necha   obyektlarga  bir   davrning  o‘zida  o‘z
munosabatini bildirish. O‘quvchi, o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari
-   hajmi,   uning   kuchi,   ko‘chuvchanligi,   idora   qilina   olishi   va   ishga   solinishining
taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir. 
Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi materialni bayon qilish mazmunini va shaklini, o‘z
fikrini   (yoki   o‘quvchi   fikrini)   diqqat   bilan   kuzatadi,   ayni   vaqtda   barcha
o‘quvchilarni   o‘z   diqqat-e’tiborida   tutadi,   toliqish,   e’tiborsizlik,   tushunmaslik
alomatlarini   hushyorlik   bilan   kuzatib   boradi,   barcha   intizom   buzilish   hollarini
e’tibordan   qochirmaydi,   nihoyat   o‘z   shaxsiy   xatti-harakatlarini   (mimikasi,
pantomimikasi, yurish-turishini) ham kuzatib boradi. 
10.   Konstruktiv   qobiliyat   -   o‘quv-tarbiya   ishlarini   rejalashtirish   va   natijasini
oldindan aytish qobiliyati. Bu qobiliyat o‘quvchi shaxsining rivojini loyihalashga,
o‘quv-tarbiya mazmunini, shuningdek, o‘quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab
olishga imkon beradi.
11.   Gnostik   qobiliyat   –   tadqiqotga   layoqatlilik   bo‘lib,   o‘z   faoliyatini,   bu   faoliyat
jarayonini   va   uning   natijalarini   tekshirish   hamda   o‘rganish   natijalariga   muvofiq
faoliyatni qayta qurish qobiliyatidir. 
Pedagogik   qobiliyatlarni   har   tomonlama   o‘rganish   qobiliyatlar   shaxsning   aql-
idroki,   his-tuyg`usi   va   iroda   sifatlarining   namoyon   bo‘lishidan   iborat   ekanligini
ko‘rsatdi. Pedagogik qobiliyatlar umumiy qobiliyat: masalan, adabiy va ilmiy ijod
qilish,   loyihalash   qobiliyatlari   bilan   bog`langan.   Ular   o‘qituvchi   faoliyatining
samaradorligini oshiradi. Bunday o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini (talabalarni) ana
shu   faoliyatga   jalb   qila   borib,   ularga   ta’lim   va   tarbiya   berishda   katta
muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
Pedagogik takt tushunchasi.  Takt ahloqiy tushuncha bo‘lib, u insonlarning o‘zaro
munosabatlarini   muvofiqlashtirish,   tartibga   solish,   insonparvarlik   g’oyalariga
asoslangan   bo‘lib,   andishali   hulq,   har   qanday   ziddiyatli   vaziyatlarda   ham   inson hurmati   saqlanib   qolishini   talab   qiladi.   Har   bir   insondan,   ayniqsa   o‘qituvchidan
andishali bo‘lish talab qilinadi. 
Boshqacha   qilib   aytganda,   pedagogik   takt   bu   o‘qituvchining   ta’lim   oluvchilar
oldida o‘zini tutishni  bilishi, ta’lim oluvchining holatini, intilishlari, qiziqishlarini
tushuna olishi va eng samarali ta’sir yo‘lini topa olishidir. 
Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quv chilarga barcha
demokratik   talablar   asosida   pedagogik   ta’sir   o‘tkazish,   muloqotni   insonparvarlik
tuyg’ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quv chilarda mustaqil fikr yuritishni hamda
ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada
o‘qi tuvchining   o‘quv chilar   bilan   munosabati   ularning   yosh   xususiyatlariga   qarab
belgi lanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan,
o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq shakllanmagan, ta’s irlarga va ruhiy
kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo‘lgan murg’ak qalb
egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak. 
O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik, adolatsizlik,
qo‘rqitish,   haqorat,   mensimaslik,   pedagogikaga   zid   bo‘lgan   jazolash   usullarini
qo‘llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so‘zlar ishlatish
o‘quvchilar   qalbini   umuman   tuzalmaydigan   darajada   jarohatlab   qo‘yishi,   yoki
o‘qituvchining   obro‘siga   putur   etka zishi   mumkin.   O‘qituvchi   va   o‘quvchi
o‘rtasidagi   bunday   qarama-qarshi liklar,   ko‘pincha,   dars   va   darsdan   tashqari
jarayonlarda   sodir   bo‘ladi.   Bunda   ayniqsa   yosh   o‘qituvchilarning   pedagogik   takt
sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi.
O‘qituvchining   taktik   mahorati   birdaniga   shakllanib   qolmaydi,   u   yillar   davomida
pedagogik   faoliyatda,   ustozlar   tajribasini   o‘rganishda,   dars   jarayonida,   sinfdan
tashqari   faoliyatda   va   tarbiyaviy   soatlarda   o‘quv chilar   bilan   muloqotda
takomillashib   boradi.   Dars   jarayonida   peda gogik   mahoratning   asosi   bo‘lmish
pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qi tuvchi uchun juda zarurdir. 
Shunday   qilib,   pedagogik   takt   bu   o‘qituvchining   ta’lim   oluvchilarga   nisbatan
amalga oshiradigan ta’sirining mezonidir.  Taktikani   tanlash   va   uni   qo‘llash   qoidalari.   Taktika   tanlash   turli   vaziyatlarda
xilma-xil   rollarni   bajarish   bilan   bog’liq.   Bu   haqida   ma’lumotni   psixoterapevt
A.B.Dobrovich   kitoblaridan   olish   mumkin.   Bu   to‘rtta   pozitsiya   bo‘lib,   ular
quyidagicha:   “yuqoridan   pastga”,   “pastdan   yuqoriga”,   “yonma-yon”   va
“aralashmaslik” pozitsiyasi. 
“Yuqoridan   pastga”   pozitsiyasida   o‘qituvchi   mustaqil   hal   etishni   namoyish   etadi,
mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu pozitsiya “ota-ona” pozitsiyasi.
“Pastdan   yuqoriga”   pozitsiyasi   tobelik,   shaxsning   o‘ziga   ishonmasligi.
A.B.Dobrovich so‘zi bilan aytganda, bu “ta’lim oluvchi” pozitsiyasi. 
“Yonma-yon”   pozitsiyasida   farosatlilik   va   vazminlik,   vaziyatga   qarab   ish   tutish,
boshqalarning   ham   manfaatini   o‘ylash,   o‘zi   va   ular   o‘rtasida   mas’uliyatni   to‘g’ri
taqsimlash ifoda etiladi. Bu “katta odam” pozitsiyasi.
«Aralashmaslik» pozitsiyasi – aralashmaslik, faollikni namoyon etmaslik. 
Har bir pozitsiyaning qo‘llanishi vaziyat talabiga mos tanlanadi.
Pedagogik   texnika   haqida   ma’lumot.   Pedagogik   texnika   –   o‘qituvchining
nafaqat   ta’lim–tarbiya   jarayo nida,   balki   butun   kasbiy   faoliyatida   zarur   bo‘lgan
umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim
jihatlari   –   bu   avvalo   o‘qituvchining   mahoratini   belgilovchi   kasbiy   ko‘nikmalari
hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so‘zlay olishi, o‘z fikr-mulo hazasini va
bilimini   tushunarli   tilda   ta’sirchan   bayon   qilishi,   his-tuy g’u sini   jilovlay   olishi,
o‘zining   shaxsiy   xususiyatlariga   xos   mimik   va   panto mimik   qobiliyatlarga   ega
bo‘lishi,   aniq   imo-ishora,   ma’noli   qarash,   rag’batlantiruvchi   yoki   istehzoli
tabassum, so‘zning cheksiz qudrati orqa li o‘quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir
o‘tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabilardir. 
O‘qituvchining   pedagogik   texnikasi   qanday   ko‘nikma   va   malaka lardan   iborat
ekanligi,   pedagogik   texnika   vositasida   o‘qituvchi   ta’lim   muassasalarida   ta’lim- tarbiyaviy   faoliyatni   zamonaviy   talablar   asosida   qanday   tashkil   qilishi,
o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida qan day ahamiyatga ega ekanligi kabi
muammolar   hozirgi   kungacha   dunyo   olimlarining   diqqatini   o‘ziga   jalb   etib
kelmoqda. 
Hozirgi   kunda   pedagogik   texnika   tushunchasi   ikkita   guruhga   bo‘lib   o‘rganiladi.
Birinchi   guruh   komponentlari   o‘qituvchining   shaxsiy   axloqiy   fazilatlari   va   xulqi
bilan bog’liq bo‘lib, ta’lim–tarbiya jarayonida o‘z–o‘zini boshqarish malakalarida (
refleksiya) namoyon bo‘ladi: 

ta’lim-tarbiya   jarayonida   o‘z   xatti-harakatlarini   boshqarishi,   (mi mi ka,
pantomimika); 

ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay oli shi va turli
nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik; 

mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuv chan lik, xayol)
egaligi; 

nutq  texnikasini   (nafas   olish,   ovozni   boshqarish,   nutq   tempi)   bili shi   va  o‘z
o‘rnida qo‘llay olishi. 
Pedagogik   texnikaning   ikkinchi   guruh   komponentlari   o‘qituvchining   shaxs   va
jamoaga   ta’sir   ko‘rsatish   malakalari   bilan   bog’liq   bo‘lib,   bu   guruh   ta’lim-tarbiya
jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi: 

o‘qituvchining   didaktik,   tashkilotchilik,   konstruktiv,   kommu nika tiv
qobiliyatlari; 

ma’lum   bir   reja   asosida   o‘z   oldiga   qo‘yilgan   talablarning   baja rilishini
nazorat qilishi;  
ta’lim   muassasasida   va   o‘quvchilar   jamoasida   ta’lim-tarbiya   bilan   bog’liq
bo‘lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi; 

o‘quvchilar   bilan   pedagogik   muloqot   jarayonini   bir   muvozanatda   saqlab
boshqara olishi. 
O‘qituvchining   tarbiyalanuvchi   obyektlar   oldida   o‘z   harakatlarini   boshqarishida
aktyorlik   san’atiga   xos   bo‘lgan   xususiyatlari,   ya’ni   mimik   va   pantomimik
qobiliyatlari   muhim   rol   o‘ynaydi.   Aktyor   bir   obrazni   ma’lum   bir   muddatda
tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko‘ri nishda sahnada namoyish etsa,
o‘qituvchi   butun   o‘quv   yili   davo mida,   har   bir   darsda   yangi   mavzuni   o‘tilgan
mavzular   bilan   bog’lab,   zamonaviy   innovatsion   usullar   vositasida   o‘quvchilar
ongiga   etkazish   uchun   chuqur   tayyorgarlik   ko‘radi,   sinf   jamoasidagi   o‘ziga   xos
pedagogik   va   psixo logik   muhitni,   har   bir   o‘quvchining   shaxsiy   xususiyatlarini
e’tibor ga olib pedagogik faoliyat ko‘rsatishga majbur. Bunday ulkan mas’uliyatni
yuqori   saviyada   bajarish   uchun   o‘qituvchidan   yuksak   pedagogik   texnik
tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi.

Reja: 1.Pedagogik mahorat haqida tushuncha. 2.Pedagogik qobilyatlar va pedagogik texnika haqida tushuncha.

Pedagogik mahorat – pedagogik kategoriya sifatida. «Ta’lim to‘g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo o‘qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga bog`liq. Zero, o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog`lik vijdon, aql va pedagogik mahorat bilan bajarilishi jamiyat kelajagini ta’minlovchi muhim omildir. Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo‘lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bog`liq. U bolalar kalonnasidagi faoliyatida, ya’ni faqat tarbiyasini emas, ma’naviy qiyofasini ham yo‘qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya hurmati va ishonchiga sazovor bo‘ldi. Shaxsiy tarbiyaviy usuli bilan butun olamga mashhur bo‘lganligining o‘zi ham A.S.Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat cho‘qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. YUNESKO qarori bilan uning 100 yilligiga 1988 yil - «Makarenko yili» deb e’lon qilindi. A.S.Makarenko bo‘lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o‘rganishi zarurligini ta’kidlab, shunday deydi: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin». Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari katta mas’uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar davomida Makarenko pedagogik mahorati maktabini, mavjud bo‘lgan ilg`or nazariya va amaliyotni atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani yaratildi va u barcha pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitila boshlandi. Bu fanning tuzilish prinsipining o‘ziga xosligi shundaki, u pedagogda shaxs va jamoaga ta’sir eta olishni ta’minlaydigan va turli fanlarga bog`liq bo‘lgan bilimlarni tanlab, ularni o‘zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham fan dasturiga pedagogik mahorat mohiyati, o‘quvchiga ta’sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik mahoratning odatdagi masalalaridan tashqari, teatr pedagogikasi va notiqlik san’ati haqidagi

ma’lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni o‘rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi. Pedagogik faoliyat bu mazmunini o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish tashkil qilgan faoliyatdir. Shuni yodda tutish kerakki, pedagogik faoliyat bu bir tomonlama emas, balki ikkitomonlama (hamkorlikdagi) faoliyatdir. Unda ikkita faol tomon ishtirok etadi: o‘qituvchi – o‘quvchi (o‘quvchi). Maqsad – o‘quvchi, o‘quvchi shaxsi, uning rivojlanishidir. Mohir pedagog deb ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkillay oladigan, buning uchun o‘quvchi psixologiyasini yaxshi bilgan, o‘zida pedagog uchun zarur bo‘lgan kasbiy fazilatlarni mujassam etgan, ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar qonuniyatlari asosida samarali tashkillay oladigan va olib boradigan pedagogga ayta olamiz (shu sababli pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat fanlari bir o‘quv faniga birlashtirilgandir). Mahorat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Pedagogika fanida “pedagogik mahorat” tushunchasining turli ta’riflari mavjud:  pedagogik mahorat pedagogik faoliyatning yuqori darajasi bo‘lib, u pedagogning belgilangan vaqt ichida optimal natijalarga erisha olishida namoyon bo‘ladi. (N.V.Kuzmina., N.V.Kuxarev);  “o‘qituvchining ilmiy bilimlari, ko‘nikmalari, metodik san’ati va shaxsiy fazilatlari sintezi” (A.I.Sherbakov);  “pedagogik faoliyatni egallanganlikning yuqori darajasi, ixtisoslikka doir bilim, ko‘nikma va malakalar hamda kasbiy ahamiyatli sifatlar majmui” (Pedagogik lug’at);  “kasbiy faoliyatning yuqori darajada tashkillanishini ta’minlovchi shaxs

xususiyatlari kompleksi (o‘qituvchi faoliyatining gumanistik yo‘naltirilgani, kasbiy bilimlari, kasbiy qobiliyatlari va pedagogik texnikasi” (I.A.Zyazyun);  “pedagogik mahorat deganda o‘qituvchining pedagogik–psixo logik bilimlarni, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni mukammal egallashi, o‘z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyaci, hayotga axloqiy–estetik munosabatda bo‘lishi, o‘z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi” (I.P. Rachenko).  pedagogik mahorat – pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, harakatga keltira olish, pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi (N.N.Azizxo‘jaeva);  “pedagogik mahorat – o‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayri xohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib, o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoli yati da yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomil lash tirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir” (A.Xoliqov); Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, “pedagogik mahorat” tushunchasiga quyidagi tarzda umumlashgan ta’rifni berish mumkin: Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, talabalarda (o‘quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg`otishdir. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari. Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:

- pedagog shaxsini insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo‘nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalashga yo‘naltirilganligi; - mutaxassislik fanlari, o‘qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga ega bo‘lish; - pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan uqib olish); - pedagogik madaniyat va texnikani egallash, ya’ni o‘z-o‘zini boshqara olish, o‘zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari I. Ta’lim maqsadi, o‘quv-tarbiya jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi sifatidagi shaxsga yangicha qarash: 1) shaxs pedagogik jarayonning obyekti emas, subyekti sifatida aks etadi; 2) shaxs – qandaydir tashqi maqsadlarga erishish vositasi emas, ta’lim tizimi maqsadi; 3) har bir o‘quvchi qobiliyatli, ko‘plab o‘quvchilar iqtidorli; 4) shaxsning muhim sifatlari sifatida yuksak axloqiy qadriyatlar (yaxshilik, sevgi, mehnatsevarlik, vijdon, qadr-qimmat, fuqarolik va boshqalar) aks etadi. II. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish: 1) pedagogik muhabbat, o‘quvchilar taqdiriga qiziqish bilan qarash; 2) o‘quvchiga yuksak ishonch bilan qarash; 3) hamkorlik, muloqot mahorati; 4) to‘g’ridan-to‘g’ri majburlashdan voz kechish; 5) ijobiy rag’batlantirishning muhimligi; 6) o‘quvchi shaxsiga ta’lim subyekti, faollik va erkin tanlash sohibi sifatidagi munosabat; 7) o‘qituvchi va o‘quvchi huquqlarini tenglashtirish; o‘quvchining erkin tanlashga bo‘lgan huquqi tushuniladi.