PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSLARI. INNOVATSION PEDAGOGIKA. TA’LIMNING INTERFAOL METODLARI. O‘YIN TEXNOLOGIYALARI
![PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSLARI . INNOVATSION PEDAGOGIKA.
TA’LIMNING INTERFAOL METODLARI. O‘YIN TEXNOLOGIYALARI
REJA
1. “Pedagogik texnologiya”, “metodika”, “metod” tushunchalari.
2. Pedagogik texnologiyaning mezonlari.
3. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish bosqichlari.
4. Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi, maqsadi, vazifalari, metodologik asoslari.
5. Ta’lim texnologiyasining darajalari.
6. Ta’lim texnologiyasining turkumlanishi.
7. Taksonomiya tushunchasi.](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_1.png)
![Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning mohiyati
XXI asr globallashuv, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, ilg‘or
pedagogik texnologiyalar hamda barcha sohalarda raqobat asri hisoblanadi. Shu bois, XX
asrning oxirlariga qadar pedagog, metodist olimlar kimni, nimani va qanday o‘qitamiz degan
savollar doirasida tadqiqot ishlari olib borgan bo‘lsalar, XXI asrdagi shiddatli ijtimoiy-iqtisodiy,
fan-texnika taraqqiyoti ta’lim tizimini shaklan va mazmunan modernizasiya qilishni taqozo etdi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida zamonaviy pedagogik
texnologiya hamda axborot-kommunikasiya tenologiyalaridan unumli foydalanishga ehtiyoj
paydo bo‘ldi.
Darhaqiqat texnologiya- (yunoncha ”techne”- mahorat san’at, “logos”-tushuncha, ta’limot)
ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo material, yarim fabrikat va shu kabilarga ishlov
berish yoki qayta ishlash ularning holati, xossalari va shaklini o‘zgartirishda qo‘llaniladigan
usullar (metodlar) majmui demakdir. i
Jumladan, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni
qo‘llash natijasida yuqori sifat va miqdor o‘zgarishida samarali natijaga ega bo‘linadi.
Pedagogik texnologiyalar g‘oyasining asoschilari AQShning pedagog, psixolog olimlari
B.Blum, L.Larsen, B.Skinner, D.Finn, D.Kratval hisoblanadi. Ularning bu sohaga qo‘shgan
ulushlari: o‘quv maqsadlari taksanomiyasi (1956y. B.Blum) audiovizual ta’lim (1946 y.
L.Larsen), dasturli o‘qitish tizimi (1954 y . B.Skinner), o‘qitish texnologiyalari (1961y. D.Finn),
dasturlashtirilgan ta’lim (LOGO) ,1968y.S.Peypert), tarbiya texnologiyalari (----D.Kratval) ning
nazariy asoslarini yaratdilar.
60-70 yillarda pedagogik texnologiyalar sohasidagi turli ilmiy-nazariy g‘oyalarning
paydo bo‘lishi, shakllanishi va amaliyotga tadbiq etilishining geografiyasi yanada kengaydi.
AQSh, Italiya, Angliya, Fransiya, Yaponiya,
Kanada, Koreya, Rossiya, Vengriya va boshqa mamalakatlarda maxsus pedagogik
nashrlar, markazlar, Assosiasiyalar, ilmiy tadqiqot institutlari va ularda bo‘limlar tashkil etildi.
80-yillardan boshlab Rossiyada ham pedagog olimlar tomonidan pedagogik
txnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari keng tadqiq etila boshlandi. Jumladan, V.P.Bespalko
(Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim) ,V.M.Monaxov (Aksiomatik yondashuv), M.A.Choshanov
(Muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasi), V.F.Shatalov (O‘quv materialining belgili modellari
asosida ta’limni jadallashtirish texnologiyasi), I.P.Volkov (Rejalashtirilgan o‘qitish),
G.K.Selevko (Pedagogik texnologiyalar tasnifi), N.F.Galizina ilmiy pedagogik jixatdan tadqiq
qilindi.
90- yillardan boshlab O‘zbekistonda ham pedagogik texnologiyalarga oid dastlabki ilmiy
tadqiqot ishlari paydo bo‘ldi. Shundan buyon pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy
jihatlari N.S.Saidahmedov, J.Yo‘ldoshev, R.Jo‘rayev, U.Nishonaliyev, B.L.Farberman,
N.Azizxo‘jayeva, U.Tolipov, A.Abduqodirov, A.Pardayev, R.Ishmuhammedov va boshqalar
tomonidan tadqiq etib kelinmoqda. Respublikamizda “Innavasion texnologiyalar markazlari”,
“Zamonaviy ta’lim”, “Fan va texnologiyalar” jurnallari tashkil etilgan.
Ushbu atamaning mohiyati turli olimar tomonidan turlicha izohlanadi. Lekin u turlicha
izohlansada biri ikkinchisini inkor etmaydi, balki bir birini ma’qullaydi, to‘ldiradi, uning yangi-
yangi qirralarini asoslaydi.
Bespalkoning fikricha pedagogik texnologiya-o‘quv jarayonini amalga oshirishning
mazmunli texnikasi. Bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan pedagogik muvaffaqiyatlarini
kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash-loyihalashdir.](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_2.png)
![ngdeq
Педагогик технология - педагогик мақсадларга эришишда фойдаланиладиган
шахсий имкониятлар, жиҳозлар ва методологик воситаларда амалда
бўлишнинг тизимли йиғиндиси ва тартибини билдиради.
(М.В.Кларин)
Педагогик технология - зарур шароит яратиш орқали ўқувчи ва ўқитувчининг
ўқув жараёнини лойихалаштириш, ташкил этиш ва ўтказиш бўйича педагогик
фаолиятнинг ҳар томонлама ўйлаган моделидир. (В.М.Монахов).
Педагогик технология - бу ўқитувчи (тарбиячи)нинг ўқитиш (тарбия)
воситалари ёрдамида ўқувчи (талаба)ларга муайян шароитда таъсир кўрсатиш
ва акс таъсир маҳсули сифатида уларда олдиндан берилган шахс сифатларини
жадал шакллантиришни кафолатлайдиган жараёндир. (Н.Сайидаҳмедов)
Педагогик технология - илмийликка асослангани ҳолда, вақти ва маконга
нисбатан дастурлаштирилган, олдиндан аниқ белгиланган натижага олиб
келувчи, педагогик жараёнларга оид компонентларнинг барчасини бирдек
ишга сола олувчи тизимдир. (Р.Жўраев)Педагогик технология- ўзида турли муаллифлар (манбалар)нинг барча
таърифлари мазмунини қамраб олган мазмуний умумлашма ҳисобланади.
(Г.К.Слевко).
Педагогик технология- таълим мақсадларига ва шахснинг ривожланишига
қаратилган педагогик фаолиятни муттасил равишда ривожлантириш тизимини
лойиҳалашдир. (Н.Азизхўжаева)](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_3.png)
![Pedagogik texnologiya atamasiga berilgan yuqoridagi ta’riflar “YuNESKO” ta’rifidan
kelib chiqqan holda shakllantirilgan bo‘lib, barchasining negizida o‘quv va tarbiya jarayonining
natijalarini aniq bashorat qilgan holda uni loyihalashtirish va yuqori samaradorlikka erishishning
kafolati yotadi.
Ta’lim tizimi iste’molida “Pedagogik texnologiyalar”, “Zamonaviy pedagognik
texnologiyalar”, “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar” kabi atamalardan foydalanilmoqda. Ushbu
tushunchalarning maqsad va mazmuni bir xil bo‘lsada, ularning xususiy ishlatilish jarayoni
turlicha bo‘lishi mumkin.
Pedagogik texnologiyalar ta’limni tashkil etishning an’anaviy shakllariga nisbatan
quyidagi konseptul ijtimoiy xarakterdagi imkoniyatlarni yaratilishi bilan xarakterlanadi:
- O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi talablari asosida hukumatimiz va davlatimizning ma’naviy, jismoniy kamol
topgan, erkin va mustaqil fikrlaydigan, respublikamizni jahon hamjamiyatiga yanada
integrasiyalashuviga munosib hissa qo‘shadigan, ilg‘or texnika va texnologiyaga oid bilim,
ko‘nikma va malakaga ega bir nechta kasb sirlarini egallagan chet tillarda erkin so‘zlasha
oladigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan muhim chora-
tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologgiyalaridan foydalangan holda
o‘qitishning ilg‘or uslublarini amaliyotga joriy etish uchun shart-sharoit imkoniyatlar yaratiladi;
- zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallardan foydalanish zamirida ta’lim-tarbiya jarayoni
puxta rejalashtiriladi, bashoratlanadi, loyihalashtiriladi, natija kafolatlanadi;
- ta’lim-tarbiya jarayoni subyektlari mavjud ilmiy-nazariy, metodik zaxiralaridanoqilona
foydalanadilar, vaqtni unumli sarflaydilar, pedagogik ijodiy faoliyat vujudga keladi,
kommunikativ kompetentligi namoyon bo‘ladi;
- jamoada iqtisodiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘ladi, uni innovasion boshqarishga
erishiladi; Педагогик технология - дунё фан-техника тараққиёти талаблари асосида
кадрлар тайёрлаш сифат самарадорлигини таъминлаш мақсадида ўқитувчи ва
ўқувчининг интеллектуал имкониятлари, маҳорати илғор педагогик
тажрибалар, фан ютуқларидан унумли фойдаланган ҳолда ўқув-тарбия
жараёнини модернизация қилиш, лойиҳалаштириш, олдиндан
режалаштирилган, юқори натижага эришиш кафолатидир. (О.Мусурманова)
Педагогик технология - таълим шаклларини такомиллаштириш вазифасини
кўзлаган ўқитиш ва бошқаларни ўзлаштиришнинг барча жараёнларини
техника ва инсон омилларида, уларнинг биргаликдаги ҳаракатлари воситасида
яратиш, татбиқ этиш ва аниқлашнинг изчил методи демакдир . (ЮНЕСКО)](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_4.png)
![- “O‘qituvchi global internet tarmog‘i,
multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish
usullaridan foydalangan holda, zamonaviy
innovasion pedagogika, axborot kommunikasiya
texnologiyalarini egallash va ularni o‘quv
jarayoniga faol tatbiq etish” bo‘yicha o‘z kasb
mahoratini, ilmiy-pedagogik faoliyatini doimiy
oshirib borishga ma’suliyat bilan yondoshadi.
Pedagogik texnologiyani o‘ziga xos
xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, ular
quyidagilardan iboratdir:
- dars jarayonida beriladigan materiallarning
ilmiy-nazariy qimmatga egaligi;
- o‘quv tarbiya jarayonini puxta loyihalashtirilishi,
dasturlanishi;
- o‘qituvchi va o‘quvchida subyekt-subyekt sifatidagi kommunikativ qobiliyatining to‘liq
safarbar etilishi;
- o‘quv tarbiya jarayonida o‘qituvchi ijodkorligi, kasbiy kompetentligi, tashabbuskorligi,
navatorligining yaxlit namoyon etishi yuzasidan umumpedagogiq psixologik hamda o‘quv fani
chuqur bilimga, amaliy tayyorgarlik bo‘yicha bilim, ko‘nikma vamalakalarga ega bo‘lishi;
- ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga innovasion yondoshuv, AKTdan unumli
foydalanish,yangi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarning amaliyotda tatbiq etilishi;
- ta’lim-tarbiya jarayonini innovasion boshqarish va unga rahbarlik;
- ta’lim-tarbiya maqsadiga yetish, yuqori natijani qo‘lga kiritish uchun inson imkoniyatlari
bilan texnik quvvatning yakdil xarakatga keltirilishi;
- har bir texnologiyaning metodi jihatdan individualligi lekin metodologiyaning ko‘zlagan
maqsadning bir xilligi, pedagogik muvaffaqiyatlarning kafolatlanganligi;
- “o‘quv tarbiya jarayoni takrorlanuvchanligini ta’minlanishi va tezkor qaytuvchan
aloqaning mavjudligi”;
- pedagogik faoliyatning qiziqarliligi, sinfning yoppasiga faolligini ta’minlanishi, o‘quvchi
bilimini to‘liq namoyon etishga, qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilganligi, vaqtdan unumli
foydalanilishi, har ikkala subyektning o‘z ustida ishlash motivining yuqoriligi;
- o‘quvchidagi bilish faoliyatini, o‘zlashtirish darajasini samaradorligini ta’minlashga
yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi.
Pedagogik texnologiyalarning negizida o‘quvchi va o‘qituvchining ijodiy pedagogik
faoliyati yotadi.
Ilmiy - nazariy faoliyat jarayonida o‘qituvchi
ilmiy, nazariy, metodik xarakterdagi manbalarni
o‘rganadi va o‘z faoliyati jarayonida undan
ijodiy foydalanadi. O‘quvchi esa yangi ilmiy-
nazariy bilim egallaydi. O‘z tajribalari asosida
ilmiy-metodik materiallar (tezis, ma’ruza,
maqola, uslubiy qo‘llanma, o‘quv qo‘llanmasi,
darslik va b.q) tayyorlashi va chop etilishi
mumkin. V.Ye.Pisarev va T.Ye.Pisarevalarning
fikricha ilmiy pedagogik faoliyat nazariy va
tajriba-sinov ko‘rinishlaridan iboratdir.
Pedagogik faoliyatning amaliy jihati esa
o‘qituvchining ilmiy-nazariy, metodik bilimni
o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchi bilan bo‘ladigan kommunikativ faoliyatida ijodkorlik va
mahorat bilan namoyon etishdir. Har ikkala subyektning ham o‘quv fani bo‘yicha
samaradorlikka erishish mezonlari aynan shu bosqichda o‘zini namoyon etadi. Ruhiy- Ижодий фаолият – бу
ўқитувчи ва ўқувчидаги аниқ
ягона мақсадга қаратилган
руҳий, интеллектуал
салоҳият, қобилият,
маҳоратни бирлаштириш
замирида
илмийкашфиётлар,ихтиролар
яратиш демакдир .
Ижодий педагогик
фаолият мазмунан 3 та
турга бўлинади. Яъни,
- илмий-назарий;
- амалий;
- руҳий-коммуникатив .](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_5.png)
![kommunikativ jarayon o‘qituvchi va o‘quvchining ichki ruhiyati, dunyoqarashi, ma’naviy
dunyosi, hatti-xarakati, ongi, tafakkuri bilan bog‘liq.
O‘qituvchi ham o‘quvchi ham dars jarayoniga aynan ruhiy-kommunikativ holatda ijodiy
yondoshadi. Ya’ni, fanga munosabat, darsga tayyorgarliq unda faollikni namoyon etish, ijodiy
yondoshish, izlanish, yangiliklarni ma’qullash, progressiv g‘oyalarni tezkor qabul qilish,
ma’suliyatliliq tashabbuskorlik va boshqa pedagogik va psixologik holatlar aynan ruhiy-
kommunikativ vaziyat bilan bog‘liqdir.Ijodiy pedagogik faoliyat mazmunan ta’lim berish,
tarbiyalash, rivojlantirish, boshqarish natijani analiz va sintez qilish, monitoring olib borish,
xulosa va tavsiyalar yaratish va baholash kabi tarkibiy qismlardan iboratdir.
Metatexnologiya - mohiyatan ijtimoiy-siyosiy, ta’lim-tarbiyaviy jarayonning
geografiyasini kengligi bilan xarakterlanadi. Ya’ni mamalakat, mintaqa, ta’lim muassasi
miqyosida tatbiq etiladigan rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi, mintaqaviy ta’lim sifatini
boshqarish texnologiyasi, ta’lim muassasida tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlar texnologiyasi
tarzida bo‘lishi mumkin.
Makrotexnologiya - ma’lum bir o‘quv tarmog‘i, ta’lim-tarbiya yo‘nalishi, o‘quv fanlariga
xos bo‘lgan pedagogik texnologiyalar demakdir. Masalan u yoki bu o‘quv fanini o‘qitish
texnologiyasi, to‘ldiruvchi ta’lim texnologiyasi.
Mezotexnologiya moduli - lokal texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ma’lum bir
qismining didaktiq tarbiyaviy, metodik vazifalarini hal etishga yo‘naltiriladi. Masalan, subyekt
va obyektning alohida faoliyat turlari, bilimlarni o‘zlashtirish, materiallarini takrorlash,
o‘quvchilar bilimini, tarbiyalanganlik darajasini nazorat qilish texnologiyasi.
Mikrotexnologiya- kichik hajm,doiradagi tezkor vazifalarni bajarishga subyektlarning
individual va o‘zaro maqsadli harakatini samarali tashkil etishga qaratiladi. Masalan, yozuv
ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi, shaxsning u yoki bu sifatlarini shakllantirishga
qaratilgan texnologiya.
Pedagogik texnologiyaning gorizontal tuzilmasi esa mohiyatan bir-biri bilan aloqador uch
asosiy jihatdan iboratdir:
1. Ilmiylik - u yoki bu texnologiyaning pedagogika va boshqa turdosh fanlarning
ilmiy-nazariy g‘oyalari asosida ifodalanishidir.
2. Rasmiy tavsifiy-texnologiya oldindan bashorat qilingan natijaga erishish uchun
maqsad, vazifa mazmun, shakl, metod va vositalar, faoliyat algoritmi, qo‘llanilgan modellar
majmuasi ifodalanishidir.
3. Jarayonli faoliyat- ta’lim-tarbiya maqsadiga erishish faoliyat jarayonida amalga
oshadi.O‘quvchi va o‘qituvchining kommunikativ munosabatlari, ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni
puxta rejalashtirish, tashkil etish, yakuniy xulosa chiqarish. Boshqarish, natijani taxlil etish va
baholash aynan amaliy faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyalarning fanga va ta’lim-tarbiya amaliyotiga kirib
kelishi davr talabi, pedagogika va metodika fanlarining rivoji, kadrlar tayyorlash borasida
bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mahsulidir.
Pedagogik texnologiyaning qonuniyatlari, tamoyillari va turlari
Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos qonuniyatlari ham mavjud bo‘lib, ularga o‘quv-tarbiya
jarayonida amal qilinishi zamirida pedagogik faoliyat natijalarida ijobiy sifat o‘zgarishi
kafolatlanadi. “Ta’lim qonuniyatlari ta’lim jarayonida ro‘y beradigan xodisalar o‘rtasidagi o‘zaro Педагогик фаолиятни яхлит қамраб олишга қаратилган педагогик
технологияни вертикал тузулмасини 4 гуруҳга ажратиш мумкин.
(Г.К.Селевко)](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_6.png)
![bog‘lanishlar, ularning mohiyatini
ifodalovchi shart-sharoit, asosdir” 1
Pedagogik texnologiyaning
qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
- o‘quv-tarbiya jarayonini puxta
loyihalashtirish, bashoratlash,
dasturlashtirish zamirida o‘qituvchi va
o‘quvchi bilimi, imkoniyatlari, qobiliyatini
metodik-texnik vositalar bilan
birlashtirgan holda sifat va samaradorlikka
erishish;
- o‘quv-tarbiya jarayonini jamiyat
taraqqiyoti talablari, asosida tashkil etish,
vaqtdan unumli foydalanish, natijaning
kafolatlanganligi;
- o‘quv-tarbiya jarayonida fan-texnika
taraqqiyoti yutuqlaridan samarali
foydalanishda subyekt-subyekt faolligi
navatorligi, ijodkorligining ustuvorligi,
pedagogik hamkorligi;
- ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, metod va
vositalarining progressiv xarakterga
egaligi;
- ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning
innovasion xarakterdaligi;
- o‘zlashtirishning puxtaligi, natijaning
amaliy xarakterdaligi;
- o‘tiladigan mavzu mazmunining mohiyati texnologik vositalar (interfaol metodlar, AKT,
texnologiyalar) asosida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda
tanlanishi.
Pedagogik texnologiyaning
metodologik asosi bo‘lib, umuminsoniy va
milliy qadriyatlarda, O‘zbekiston
Republikasining yoshlar ta’limi va tarbiyasiga
oid qonuniyatlarida, ratifikasiya qilingan
xalqaro qonun xujjatlarida, O‘zbekiston
Prezidentining ma’ruzalari, asarlari, Farmon,
qaror va farmoyishlarida, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
huquqiy-me’yoriy hujjatlarida, Davlat
dasturlarida, mamalakatimiz hamda dunyo
miqyosida ta’lim texnologiyalariga oid
ixtirolar, novatorlik g‘oyalari, mutaxassis
olimlarning ushbu soha yuzasidan olg‘a
surgan ilmiy-nazariy g‘oyalari, qarashlari, xulosa va tavsiyalari xizmat qiladi.
Metodologik asos esa- muayyan nazariya va ta’limotlarning yetarlicha ilmiy asoslanishi,
shaxs faoliyatini to‘g‘ri uyutirish uchun asos (negiz) bo‘lib xizmat qiladigan muhim, yetakchi
g‘oyalardir. 2
1
Иноятов У.И.ва бошқалар, Педагогика: 1000та саволга 1000та жавоб.-Т.: ТДПУ,2012.-147 бет.
2
Иноятов У.И.ва бошқалар, Педагогика: 1000та саволга 1000та жавоб.-Т.: ТДПУ,2012.-62 бет. Методология (юнонча “”methodos-йўл,
усул, “logos”- таълимот)- шахснинг
амалий ва назарий фаолиятини тўғри
уюштириш, тузиш тўғрисидаги таълимот:
илмий билиш ва дидактик тараққиёт
моҳиятини ёритувчи устувор ғоя, етакчи
тамойил, муҳим қонуниятлар, назарий
ҳамда амалий ёндошувлар мажмуидир. Таълим-тарбия жараёнини
лойиҳалашга ва уни амалга
оширишга, технологик ёндашув бир
неча босқичдан иборатдир.
I босқич- таълим-тарбия
жараёнининг умумий ва хусусий
мақсад, вазифаларини белгилаб
олиш.
II босқич- натижани
башоратлаш, педагогик психологик,
методик тасхишлаш.
III босқич- таълим-тарбия
жараёнини лойиҳалаштириш.
IV босқич- пухта режа,
лойиҳалаштириш асосида ўқув-
тарбиявий жараённи ташкил этиш .
V босқич - натижани баҳолаш,
умумлаштириш, хулосалаш, қарор
қабул қилиш, фаолиятнинг келгуси
янги йўналишларини белгилаб олиш.](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_7.png)
![Demaq pedagogik texnologiyaning ijtimoiy hayot taraqqiyotiga ta’siri, jamiyat talablari
asosida inson kapitalini yaratishdagi o‘rni unga metodologik yondoshuvga bog‘liqdir. Chunki
ta’lim muassasalari kadrlar tayyorlashda jamiyat va davlat buyurtmasini bajaradi.
Pedagogik texnologiyaning mohiyatini ta’lim-tarbiya jarayonini texnologik yondoshuv
ya’ni, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun o‘quv vositalaridan aniq va samarali
foydalanish, mavjud texnik hamda metodik imkoniyatlarni to‘liq safarbar etishdan iboratdir.
Texnologik yondashuv jarayonni loyihalashning metodik muvaffaqiyati garovidir.
Ushbu bosqichlar mantiqan bir - birini davom ettiradi, shaklan va mazmunan to‘ldiradi.
Bunday yondashuv ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda izchillik va sistematiklikni
ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologik yondashuv asosida loyihalashtirish va uni amaliyotga
tatbiq etishda bir qator ta’limiy-tarbiyaviy vzifalar o‘z-o‘zidan hal etiladi. Jumladan, umumiy va
xususiy maqsadlar, ta’lim-tarbiya tamoyillari, qonuniyatlari aniqlanadi, jarayon
loyihalashtiriladi (shakl, metod, vosita, mazmun, vaqt me’yorlari, bilim, malaka, ko‘nikma
mezonlari, ilg‘or tajriba, fan-texnikaning zamonaviy yutuqlari, xalqaro ta’lim-tarbiya natijalariga
qo‘yiladigan talablar, pedagogik ijodiy hamkorlik va b.q), tashxislanadi, ta’lim-tarbiyaning
mazmunan va tematik yangi yo‘nalishlri belgilanadi, jarayonni boshqarishning innovasion shakli
aniqlanadi, natijalar standartlashtiriladi, ta’lim-tarbiya jarayonining ham obyekti ham subyekti
hisoblangan o‘qituvchi va o‘quvchining kommunikativ faoliyatining shakli va mazmuni
rejalashtiriladi.O‘qituvchi va o‘quvchining ichki va tashqi resurslaridan oqilona foydalaniladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini kafolatlovchi pedagogik omillardan biri
tamoyillar hisoblanadi.
“Ta’lim tamoyillari- ta’lim nazariyasining asosiy yetakchi qoidalari bo‘lib, o‘qitish
asosidagi ta’lim va uni tashkil etish jarayonini tashkil etish mazmuni, shakli, metodi, vositalari
tanlaishini belgilaydigan boshlang‘ich asoslar hisoblanadi” 3
Darhaqiqat, pedagogik texnologyaning umumpedagogik (didaktiq tarbiya, boshqarish)
tamoyillari bilan bir qatorda aynan o‘ziga xos bo‘lgan xususiy tamoyillari ham mavjud. (1-
shakl). Ta’lim-tarbiya jarayonida foydalaniladigan tamoyillar loyihalashtirilgan dars
mavzusining xarakteri, o‘quvchi shaxsi hamda sinf jamoasining o‘quv fanga bo‘lgan qiziqishi,
qobiliyati, ehtiyoji, dunyoqarashi, psixologik xususiyatlari, motivasiyasi, faolligi va boshqa
xususiyatlariga qarab tanlanadi. Bir o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulot jarayonida bir necha
tamoyillardan foydalaniladi.
Pedagog olimlarning tasnifiga ko‘ra pedagogik texnologiyalarni mazmun, mohiyat,
yo‘nalishiga qarab 12 ta turga ajratiladi. 4
3
Иноятов У.И.ва бошқалар, Педагогика: 1000та саволга 1000та жавоб.-Т.: ТДПУ,2012.-125 бет.
4
Г.К.Селевко, Современн ые образовательные технологии, М.1988. Хусусий тамойиллар
- ижодкорлик, ташаббускорлик;
- таълим-тарбия жараёнига дастурий муносабат;
- ўвув-тарбия жараёнини олдиндан лойиҳалаш;
- узвийлик ва узвийсизлик;
- технологик ёндашувнинг устуворлиги;
- субъект-субъект муносабатларнинг устунлиги;
- илмий-техник ютуклар, илғор тажрибалар, педагогик ғоялар яхлитлиги;
- қизиқарлилик, фаоллик;
- натижанинг устуворлиги, кафолатлилиги;
- мотивациянинг юқорилиги.](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_8.png)
![1. Qo‘llanish darajasi bo‘yicha (umumiy pedagogik; xususiy predmetli; lokalli,
modulli, tor pedagogik).
2. Falsafiy asos bo‘yicha (materializm, idealizm, dialektiq metafiziq insonparvar,
noinsonparvar, antroposofiya, teosofiya, pragmatizm, ekzistensializm, sionizm).
3. Ruhiy rivojlanishning yetakchi omillari bo‘yicha (biogenli, sosiogenli, psixogenli,
idealistik).
4. O‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha (assosativ-reflektorli, rivojlantiruvchi,
bixevioristiq geshtalttexnologiya, suggestiv, neyrolingivistik).
5. Shaxs tuzilmasiga yo‘naltirilganlik bo‘yicha (informasion, operasion, hayajonli-
ahloqiy, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi, evristik va amaliy).
6. Mazmknli va tuzilish xarakteri bo‘yicha (ta’limiy va tarbiyaviy, dunyoviy vadiniy,
umumta’lim va kasbga yo‘naltirilgan, gumanitar va texnokartiq turlicha sohaviy texnologiyalar,
xususiy predmetli hamda monotexnologiyalar va politexnologiyalar).
7. Tashkiliy shakllar bo‘yicha (sinf-dars, muqobilli, akademiq yakka tartibli, guruhli,
jamoa bo‘lib o‘qish usullari, tabaqalashtirilgan ta’lim).
8. Bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish turi bo‘yicha (ma’ruzali klassik
o‘qitish; audiovizual texnik vositalar yordamida o‘qish; “maslahatchi tizim”; kitob yordamida
o‘qitish; “repetitor” tizimi; “dasturli ta’lim” V.P.Bespalko).
9. Bolaga yondashish bo‘yicha (avtoritar, didaktosentriq shaxsga yo‘nalgan
texnologilar, hamkorlik texnologiyasi, erkin tarbiyalash texnologiyasi, ezoterik texnologiyalar).
10. Ustuvor metodlar bo‘yicha (reproduktiv, tushuntirish-ko‘rsatish, rivojlantiruvchi
ta’lim, muammoli ta’lim, ijodiy; dasturli ta’lim, dialogli, o‘yinli ta’lim, o‘z-o‘zini o‘qitish
ta’limi, bilan ishlash informasion ta’lim).
11. Mavjud an’anaviy tizimlarni yangilash yo‘nalishlari bo‘yicha (munosabatlarni
insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosida; bolalar faoliyatini faollashtirish va
jadallashtirish asosida; tashkillashtirish va boshqarish samaradorligi asosida; o‘quv materiallarini
metodik va didaktik rekonstruksiyalash asosida; tabiatan monandliq muqobillik texnologiyalari;
mualliflik maktabining yagona texnologiyasi).
12. Tahsil oluvchilar toifasi bo‘yicha (ommaviy texnologiya, olg‘a odimlovchi
ta’lim, to‘ldirvchi; o‘zlashtirmovchilar bilan ishlash texnologiyalari, iqtidorlilar bilan ishlash
texnologiyalari).
Innovasion texnologiyalar va interfaol uslublar. Умумпедагогик тамойиллар
- илмийлик;
- изчиллик;
- системалилик;
- ижтимоий-ғоявийлик;
- кўргазмалилик;
- таълим-тарбия бирлиги;
- назариянинг амалиёт билан боғлиқлиги;
- инсонпарварлик;
- таълим-тарбиянинг ўқувчилар ёш психологик хусусиятларига мослиги;
- бола шахсини ҳурмат қилиш;
- педагогик ҳамкорлик;
- коммуникативлик;
- фанлараро алоқадорлик;
- интерфаол шакл, метод яхлитлиги, устуворлиги.](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_9.png)
![Innovasion texnologiyalar- ta’lim-tarbiya jarayoniga yangilik kiritish zamirida uning sifat
samaradorligini ta’minlashga erishish demakdir. Innovasion texnologiyalar interfaol uslublar
orqali amalga oshiriladi.
Innovasion ta’lim tushunchasi ilk bor 1979 yilda Rim klubida “Ta’lim
olishning chegarasi yo‘q” (“Net predelov obucheniyu”)
mavzusida o‘qilgan ma’ruzada ilgari surilgan bo‘lib, u
ta’lim sohasidagi ilg‘or g‘oyalarni amaliyotga tatbiq
etish, rag‘batlantirish, saralash, mukammalligi
ta’minlash, ommalashtirish imkonini beradi.
Interfaol (“inter” bu o‘zaro, - “akt”-
harakat qilmoq)- o‘zaro harakat qilish, o‘zaro
kommunikativ aloqa, motavasiya, (ta’lim
motivasiyasi, tarbiya motivasiyasi) asosida ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil etishning samarali
uslubidir. Ushbu jarayonda ta’lim-tarbiya motivasiyasi-
ilmiy-nazariy bilim egallash, qonuniyatlarni o‘rganishi
hamda o‘rgatish bo‘yicha subyektlar maqsadlari yakdilligi,
qiziqishi, ehtiyoji, istak va hohishi muhim ahamiyatga egadir.
U ta’lim-tarbiya jarayoni subyektlari o‘rtasidagi ijodiy
hamkorliq yakdil qaror qabul qilish, erkin fikrlash,jamoada ma’naviy do‘stona muhit
vujudga keltirish, yagona maqsadga qaratilgan kommunikativ hamkorlikni ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini interfaol usullar vositasida texnologiyalashtirilishida
kommunikativ harakat quyidagi zanjir asosida bo‘lishi mumkin:
O‘qituvchi (o‘qituvchi)- o‘quvchi (talaba); o‘quvchi (talaba)- o‘qituvchi (o‘qituvchi);
o‘qituvchi (o‘qituvchi); sinf jamoasi (guruh); sinf jamoasi (guruh)- o‘qituvchi (o‘qituvchi);
- o‘quvchi (talaba)- ta’lim muassasi jamoasi- o‘qituvchi (talaba);
- o‘quvchi (talaba)- o‘quvchi (talaba);
- o‘quvchi, o‘qituvchi, sinf jamoasi (talaba, o‘qituvchi, guruh jamoasi)- fuqarolik jamiyati
institutlari;
- o‘quvchi (talaba); o‘qituvchi (o‘qituvchi) - ota-onalar; ota-onalar- o‘qituvchi (talaba), o‘qituvchi
(o‘qituvchi);
- maktab (OO‘Yu) jamoasi – keng jamoatchilik; jamoatchilik- maktab (OO‘Yu).
Interfaol uslublar xilma-xil bo‘lib, ulardan amaliyotda ko‘p qo‘llaniladigani quyidagilardir:
“Ajurli arra”, “Keys-stadi”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Zanjir”, “Markazda talaba”, “Markazda
murabbiy”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Algoritmlarni qo‘llash”, “Tahlil qilish”, “Taqdimot”,
“Blis so‘rov”, “Debat”, “Qora quti”, “Qarorlar shajarasi”, “Zig-zag” va b.q
Bizning nazarimizda innovasion pedagogik texnologiyalar atamasi eng zamonaviy, eng
samarali, eng natijali, eng ta’sirli noyob imkoniyatlarga ega pedagogik texnologiyalarga nisbatan
ishlatiladi.
Pedagog olimlarning tasnifig ko‘ra ta’lim-tarbiya amaliyotda pedagogik texnologiyalarning
juda ko‘plab turlaridan foydalaniladi.
Pedagogik texnologiyalardan ilmiy-texnik resurslar bazasi, o‘quv fani xarakteri, maqsad va
vazifalari, mazmuni, didaktik jarayonning mohiyati, subyektlar imkoniyati, motivasiyasi, muhit
va sharoit inobatga olinadi.
Ularning ba’zilari:
- munozara texnologiyasi;
- pedagogik o‘yin texnologiyasi;
- dasturli ta’lim texnologiyasi;
- muammoli o‘qitish texnologiyasi;
- kompyuterli- axborot texnologiyasi;
- boshqaruv texnologiyasi texnologiyasi;
- masofadan o‘qitish texnologiyasi; Инновация- (ингл.innovationas-
in- киритиш, novatsiya- янгилик,
янгилик киритиш) – илмий-техник
ресурслар, педагогика фани ютуқлари,
илғор тажрибалардан унумли
фойдаланган ҳолда таълим-тарбия
жараёнини тизимли, ижодий ташкил
этиш натижасидир.](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_10.png)
![- “bumerang” texnologiyasi;
- mustaqil ta’lim texnologiyasi;
- tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiya ;
- modulli texnologiya;
- “3 4” texnologiyasi;
- “muammo” texnologiyasi;
- FSMU texnologiyasi;
- “Muloqot” texnologiyasi;
- “Munosabat” texnologiyasi;
- “Tanishuv” texnologiyasi;
- “Zinama-zina” texnologiyasi;
- “Master klass” texnologiyasi;
- “Dasturiy” ta’lim texnologiyasi;
- Individual ta’lim texnologiyasi;
- Trening texnologiyasi va boshqalardan
iboratdir.
O‘quv maqsadlarini texnologik
loyihalash
Ta’lim texnologiyasida o‘quv
maqsadlarini loyihalash, uning
bosqichlari sifatini ta’minlash, ta’lim
subyektlarini kognitiv jarayonga
tayyorlash, innovasion didaktik
materiallar yaratish, ta’limni tashkil etish
va uning samarali natijasini ta’minlash,
o‘quvchining chuqur bilim, ko‘nikma va
malakasini egallashiga erishishiga alohida
e’tibor qaratiladi. Buning uchun esa
ta’lim texnologiyasi tarkibiy
tuzilmasining izchilligi, muhim
ahamiyatga egadir. K.Ishmatovning
tasnifiga ko‘ra u quyidagi tarkibiy
qirralardan iboratdir.
- o‘quv maqsadlarini ketma-ketlik qatorini ishlab chiqish yoki pedagogik maqsadlar
taksanomiyasi tizimini yaratish;
- o‘quv maqsadlarini nazorat topshiriqlariga aylantirish;
- maqsadlarga erishish yo‘llarini qo‘llash;
- korreksiya (tuzatish);
- natijani baholash; 5
Taksanomiya (grekcha-tartib bilan joylashish) asosan biologiya fanida obyektlarni tabiiy
o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib, tobora murakkablashib boradigan ketma-ketlikda turkumlash,
sistemalashtirish degan ma’noda ishlatilib kelinadi. Aynan shu mazmundan kelib chiqqan holda
pedagogika fanlari turkumida ham taksanomiya atamasi ta’lim maqsadlarini turkumlash,
sistemalashtirish va ularning ketma-ketligini ta’minlash maqsadida ishlatiladi.
Ta’lim maqsadlarini turkumlash muammosi ilk bor AQSh psixolog olimi B.Blum
tomonidan 1956 yil “Taksanomiya” ilmiy asarida iste’molga kiritilgan. U o‘quv maqsadlarini
kognitiv sohasini trtibli tizimini ilmiy-nazariy asosladi, uning bu tizimi dunyo pedagog va
psixolog olimlari shuningdeq YuNESKOtomonidan ham tan olindi.
Kognitiv (bilishga oid) soha. Bu o‘qituvchining bilim, ko‘nikma malakani egallashgacha
bo‘lgan pedagogik-psixologik talablarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni, yangi bilimlarni o‘zlashtirish,
5
Ишматов К. Илғор педагогик технологиялар.Наманган, 2000 й. 58-бет. 1956 йилда ЮНЕСКО томонидан
Б.Блум таксаномиясининг 40 йиллиги
ҳалқаро миқиёсда нишонланди. Бутун
дунё педагог-психолог олимлари
томонидан яна қатор таксаномиялар
ишлаб чиқилган бўлиб, амалиётда фвқат
Б.Блум таксаномиясидан фойдаланилади.
Б.Блум таксаномияси ўқитувчи учун
учта соҳада ёрдам беради .
1. Когнитив (билишга оид) соҳа.
2. Аффектив (ҳиссиётли-қадриятли)
соҳа.
3. Психомотор (харакатга оид) соҳа.](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_11.png)
![uning mazmun va mohiyatini chuqur anglash, hayotda qo‘llay bilish, turli nazariy g‘oyalarni
qiyosiy tahlil etish zamirida xulosalar chiqarish, axborotlarni to‘g‘ri qabul qilish va baholash
kabilarni o‘zida namoyon etadi. Bilish falsafiy nuqtai nazardan “ma’naviy-ruhiy hodisa”
insonning olamini anglash qobiliyati, saralangan,tartibga solingan, muayyan usul (metod)
yordamida olingan, ma’lum mezonarga (me’yorlarga) muvofiq tartibga solingan, ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘lgan, odamlar va butun jamiyat tomonidan aynan bilish sifatida tan
olinadigan axborot. U amal qilinish darajasiga ko‘ra kundalik yoki odatdagi va maxsus;
sohalarga ko‘ra kasbiy va amaliy; shaxsga doir aqliy bilish va hissiy bilish turlariga bo‘linishi
mumkin. 6
DTS, darsliklar, dasturlar, o‘quv metodik qo‘llanmalar, ilmiy-nazariy adabiyotlar, AKT
yangiliklari, ilg‘or amaliy tajriba natijalari bilish uchun vositadir. Kognitiv maqsadlarga asosan
dars jarayonida erishiladi.
Affektiv (hissiyotli-qadriyatli)soha. Bunga, ilmiy-nazariy bilimlarni oddiy idrok etish,
ularni chuqur o‘zlashtirish va o‘z munosabatlarini bayon etish bosqichlaridan to o‘qitiuvchining
atrof-muhitga, bo‘layotgan voqyea-xodisalarga nisbatan hissiy-shaxsiy nuqtai-nazarini
shakllantiruvchi maqsadlar majmuasi kiradi. O‘quvchining u yoki bu nuqtai nazarga, voqyea-
xodisaga qiziqish, o‘z munosabatini bildirishi, mohiyatan anglab yetishi, xulosa chiqarishi, qaror
qabul qilishini shakllantirish kabi maqsadlar shular jumlasidandir.
Bu o‘rinda hissiyotni ijobiy natija uchun yo‘naltirish, uni jilovlay bilish, qo‘yilgan
maqsadga yetish uchun zamindir. Affektiv maqsadlar shaxsning ichki hissiy holati, rivojlanish
darajasi bilan bog‘liq. Bu taksanomiya asosan tarbiya natijasini tashxislashda qo‘llaniladi.
Psixomotor (xarakatga oid) soha. Bu o‘qituvchining psixologiq ma’naviy xatti-xarakatini
maqsad sari yo‘naltirish bilan bog‘liq holatdir. Ya’ni, unga harakat yo‘nalishini ongli ravishda
boshqarish, harakatlarning o‘z o‘rnida, o‘qituvchi-o‘quvchi eteketi doirasida bo‘lishini
ta’minlash, chaqqonliq aktyorlik mahoratini namoyon etish, tartibli, estetik harakatni
muvofiqlashtirish shakllantirishga oid maqsadlar kiradi.
Psixomotor soha o‘quv maqsadlari aniq namoyon bo‘ladigan hatti-xarakatlar bilan
xarakterlanadi. B.Blum taksanomiyasining tarkibiy qismlari: bilish,tushunish, qo‘llash, analiz,
sintez, baholash kabilardan iboratdir.
Bilish- ilmiy-nazariy bilimlarni g‘oyalar, aniq dalillar, xulosa va tavsiyalar, amaliy tajriba
asosida xotirada saqlab qolishdan iboratdir. Egallangan bilim takror alash zamirida
mustahkamlanadi, darslikdan tashqari uslubiy, o‘quv qo‘llanmalar, OAV, internet materiallari
vositasida to‘ldiriladi, boyitiladi. Bilish ma’naviy komillik poydevoridir. B.Blum taksanomiyasi
bo‘yicha kognitiv sohada quyidagi talablarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:
- ilmiy-nazariy dalillar, atamalarni bilish;
- dalillarni tanlash vaanglash usulini bilish;
- voqyea-xodisalarning taraqqiyot dinamikasini bilish;
- guruhlash, tabaqalash, turkumlashni bilish;
- nazorat qilish, xulosalash, baholash mezonlrini bilish;
- qo‘llaniladigan usul va yo‘llarnibilish;
- voqyea-xodisalar borishi, natijasi, mohiyatini oldindan bashoratlashni bilish;
- egallangan nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qanday jarayon va holatda qo‘llashni
bilish.
Tushunish - dars jarayonida o‘rganiladigan nazariy tushunchalarni mazmun va mohiyatini
ongli ravishda anglash, ularga nisbatan o‘z munosabatini shakllantirishdir. Shuningdeq o‘quvchi
tomonidan egallangan nazariy bilimlarni og‘zaki yoki yozma ravishda tushuntirib berish, bayon
etishi, voqyea va xodisalarning borishi natijasi, oqibatini oldindan tasavvuretish, shunga qarab
o‘z-o‘zininig faoliyatini algoritmlashtirishdan iboratdir.
Qo‘llash - o‘rganilgan materiallarni zarur vaziyat bo‘lgan vaqtda qo‘llashdan iboratdir.
Bunga g‘oyalar, tushunchalar, qonun-qoidalar, atamalar, metodlar, qonuniyatlar, tamoyillar,
6
Маънавият: асосий тушунчалар изоҳли луғати.-Т.: Ғофур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2009
й. 79-бет.](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_12.png)
![xulosa va tavsiyalar amalda qo‘llash nazarda
tutiladi. Bu o‘quv maqsadlari
taksanomiyasining materialini bilish,
tushunishga nisbatan materialni yuqori darajada
egallanganligini amalda namoyon etuvchi
ma’suliyatli bosqich hisoblanadi.
Tahlil- Bu materialni yaxlit yoki qismlarga
bo‘lib bilishni anglatadi. Bu jarayon mantiqiy
tafakkurni talab etadi. O‘quvchining bilim
darajasi, materialni mazmun va mohiyatan
chuqur anglab yetishi, tushunishi, amaliyotda
qo‘llay olishi tahlilni asosli va ishonchli bo‘lishi
uchun zamindir. Tahlillar asosida xulosa va
tavsiyalar ishlanadi, o‘quv maqsadlarining fan yoki
alohida bo‘lim, mavzular bo‘yicha kelgusi faoliyat uchun maqsadlar belgilab olinadi.
Sintez- ushbu toifa o‘quv materialini alohida qismlarga ajratilgan tahlillari asosida yaxlit
maqsadli natijani ifodalaydi.
Baholash- O‘quvchi tomonidan u yoki bu material (badiiy asar, qonuniyat va qonunlar,
ilmiy izlanish natijalari, egallangan bilim
darajalari) ning o‘zlashtirish natijalarini indeks
va indikatorlariga qarab aniq maqsad nuqtai
nazaridan baho berishdan, munosabat
bildirishdan, o‘lchashdan iboratdir.
Baholash jarayoni bilish natijalarini
baholash mezonlariga asoslanilanishdan
iboratdir.
O‘quv maqsadlarini topshiriqlarga
aylantirish.
O‘quv jarayonini texnologiyalashtirishda
o‘quv maqsadlarini aniqlashtirish, uning
natijasini belgilovchi nazorat topshiriqlarini
ham ishlab chiqishni taqozo etadi.
Og‘zaki nazorat - o‘quv maqsadlaridan
kelib chiqqan holda o‘quvchining u yoki bu fan
modul, mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimi,
ko‘nikmasi, malakasi o‘quvchi-o‘quvchi;
o‘qituvchi-sinf jamoasi tarzida savol-javob,
jonli kommunikativ muloqot, verbal
munosabatlar tarzida baholanadi.
Og‘zaki nazoratda o‘quvchi o‘zining bilim saviyasi, tayyorgarlik darajasi, fanga qiziqishi,
iqtidorini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchiga bergan savol va
qo‘shimcha savollar orqali uning ilmiy bilish qobiliyatining psixologik jihatlarini, pedagogik
shart-sharoitlarini bilib oladi. Shuning bilan bir qatorda o‘zining mehnati natijalari
samaradorligiga baho beradi.
Og‘zaki nazoratning kamchiligi vaqtning chegaralanganligi; bitta mavzu bo‘yicha sinfdagi
barcha o‘quvchilar bilimini bir vaqtning o‘zida baholash imkonining yo‘qligi; ko‘p mehnat
sarflanishi; butun bir jamoaning faolligini ta’minlay olmaslik shular jumlasidandir.
Yozma nazorat- o‘quv maqsadini, unda qo‘yilgan vazifalarning o‘zlashtirish darajasini
turli shakllardagi yozma nazorat ishlari orqali baholashdan iboratdir.Yozma nazorat turlari
bayon, diktant, insho, ijodiy ish, referat, taqdimot, test va boshqalardan iborat bo‘lib,
o‘quvchining mavjud o‘zlashtirish darajasi, dunyoqarashi, shaxsiy munosabatlari, nuqtai-nazari Ўқув мақсадлари аниқ
белгилангач унга монанд
назорат топшириқлари ҳам
ишлаб чиқилиши мақсадга
мувофиқ бўлиб, унинг шакллари
хилма-хилдир.
Жумладан улар:
- оғзаки назорат;
- ёзма назорат;
- тестназорати.
Тестлар фанларнинг характери,
мақсаднинг қўйилишига қараб хилма-
хилдир. Педагогика фанида эса
тестларни 3 гуруҳга ажратиб
туркумлаш мумкин:
1. Ў қувчининг интеллектуал
ривожланиш даражасини
аниқловчи тестлар.
2. Педагогик тестлар.
3. Муайян касбга яроқлиликни
аниқловчи тестлар.
4. Мутахассислик фанларида эса:
- ёпиқ тест топшириқлари;
- очиқ тест топшириқлари;
- лаёқатни аниқлаш тестлари;
- тўғри кетма-кетликни аниқлаш
тестлари кенг қўлланилади .](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_13.png)
![to‘liq ifoda etiladi. Yozma nazorat o‘quvchining bilimi, ko‘nikma va malakalarini haqqoniy,
adolatli baholashning samarali usuli hisoblanadi.
Lekin, ushbu nazorat shaklida o‘qituvchi va o‘quvchining subyekt-subyekt tarzidagi
kommunikativ muloqoti bo‘lmaydi; ba’zi hollarda o‘quvchidagi iqtidor o‘zini namoyon eta
olmaydi; yozma nazorat natijalari haqida birdan o‘quvchiga ma’lumot berilmaydi; o‘qituvchidan
ko‘p vaqt va mehnat talab etadi; o‘quvchining pedagogik-psixologik xususiyatlari, holati yaqqol
jonli namoyon bo‘lmaydi.
Test (inglizcha “test” –sinash, tekshirish, o‘rganish) - aniq maqsad asosida muayyan
holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda imkon beruvchi sinov vositasi sanaladi. 7
Test ilk bor 1864 yildat Buyuk Britaniyalik psixolog olim J.Fisher tomonidan o‘quvchilar
bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan bo‘lib, uning nazariy asoslarini ingliz psixologi
F.Gamelton ishlab chiqqan. Psixologik testlar esa ilk martta amerikalik psixologik E.Torndaik
tomonidan ishlab chiqilgan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlari o‘quvchilarning o‘quv-bilimi
qobiliyatlarini baholash maqsadida keng foydalanila boshlandi. 1992 yilda O‘zbekiston MDH
mamalakatlari ichida birinchi bo‘lib, oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun pedagogik testlarni
amaliyotga joriy etdi.
Yopiq test topshiriqlari bir nechta javoblardan iborat bo‘lib, barcha javoblar to‘g‘riga
o‘hshaydi, lekin ulardan bittasi to‘g‘ri bo‘ladi. Yopiq test topshiriqlari javoblari son jihatidan 2-5
tagacha bo‘lishi mumkin.
Ikkita javobi bo‘lgan (“to‘g‘ri”, “noto‘g‘ri”) yopiq test shaklidagi topshiriqlar o‘qituvchi
tomonidan dastlabki tezkor ma’lumotlarni olish maqsadida foydalaniladi. Ya’ni, o‘quv fani
bo‘yicha o‘quvchining dastlabki umumiy tayyorgarligi, qiziqishi, bilim darajasi va boshqa
maqsadlarda foydalaniladi. Masalan:
1. Kim sizda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishga qiziqish uyg‘otdi?
A) Ingliz tili o‘qituvchim
B) O‘zimning qiziqishim kuchli.
Ochiq test topshiriqlarida o‘quvchining bir-ikki so‘zdan iborat qisqa va aniq javoblari
talab etiladi. Test so‘rovnomasida faktlarga asoslangan javob uchun maxsus joy qoldiriladi.
Masalan:
1. Pedagogik texnologiya atamasi----------------yilda, ------------lik pedagog olim
tomonidan ilk bor fanga kiritilgan.
Ochiq testlarda bitta yoki bir nechta so‘z matndan tushib qoldiriladi.
O‘quvchilar bilimini baholashda test topshiriqlarining shakllari va mazmuni o‘qituvi
tomonidan maqsadning qo‘yilishiga qarab tanlanadi. Pedagog olimlar tomonidan pedagogik test
topshiriqlari shakllari ilmiy asoslangan. Ular quyidagicha tasnif etilgan:
- birdan-bir to‘g‘ri javobi bo‘lgan yopiq topshiriqlar:
- bir necha to‘g‘ri javoblari nazarda tutilgan yopiq topshiriqlar:
- bitta so‘z (yoki so‘zlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkil topgan ochiq topshiriqlar;
- to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlash uchun topshiriqlar (ularni bajarishda betartib holdagi
so‘zlardan gap tuzish zarur);
- o‘zaro bog‘lanishni (muvofiqlikni) aniqlash uchun topshiriqlar;
- ayrim fanlar bo‘yicha bilimlarning chuqurligini aniqlash bo‘yicha topshiriqlar;
- sonni to‘ldirishga mo‘ljallangan topshiriqlar,bunda sonlar seriyasini topish usulini
aniqlash testlari;
- masalalar yechishga qaratilgan (matematiq fizik va b.q) topshiriqlar;
- chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar;
- olingan axborotni o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun topshiriqlar;
- sinonimlar va antonimlarni farqlashga topshiriqlar;
- analogiya (aynan o‘xshashlik)ga oid topshiriqlar;
- o‘qilgan matnni tushunishga oid topshiriqlar;
7
У.Иноятов ва б.қ. 157-бет](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_14.png)
![- ko‘rsatmalarni bajarishga oid topshiriqlar;
- bilimdonlikni aniqlashga oid topshiriqlar;
- tafakkurni aniqlovchi testlar;
- orfografik testlar;
- til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar;
Test nazoratining boshqa nazorat turlariga nisbatan o‘ziga xos afzalliklari mavjud bo‘lib.
Ular quyidagilardan iboratdir:
- imtihon biletlari 3 ta savol bilan chegaralanadi, lekin 5 ballik baho tizimidan butun o‘quv
fani bo‘yicha foydalaniladi, lekin test yoki bo‘limi mazmuni bo‘yicha
bilish o‘quvchi darajani aniqlovchi savollarga javob beriladi;
- o‘quvchining bilim darajasi obyektiv, adolatli baholanadi;
- vaqtdan unumli foydalaniladi;
- barcha o‘quvchilar uchun bir xil sharoit yaratiladi;
- test natijalarining baholash mezonlari, beriladigan
javoblar oldindan aniqligi;
- test nazorati AKT lar vositasida avtomatlashtiriladi;
test topshiriqlarining ba’zi kamchiliklari ham mavjud.
1. Test nazoratida o‘quvchining hissiy-emosional holati, qobiliyati, kommunikativ
faoliyati namoyon bo‘lmaydi.
2. O‘quvchi tomonidan test javoblarini to‘liq, erkin yozma yoki og‘zaki bayon etish
chegaralangan.
Reyting tizimi.
– muayyan xodisani oldindan belgilaydigan shkala bo‘yicha baholash sanaladi. Reyting
tizimi o‘quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli hisoblanadi. 8
Reyting tizimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iboratdir:
- nazoratning uch bosqichliligi ya’ni, joriy, oraliq, yakuniy;
- nazorat topshiriqlarining og‘zaki. Yozma, test tarzida doimiyligi, yalpiligi, izchilligi;
- nazorat topshiriqlari natijalarini inobatga olishning yaxlitligi;
- bilim, ko‘nikma, malakalarni baholashning uzksizligi, haqqoniyligi, xosliligi, adolatliligi;
- o‘quvchini doimiy o‘z ustida ishlashga undashi (5 ballik baho mezoni asosida biletli
nazoratda o‘quvchi faqat imtihon jarayonida tayyorlanadi);
- o‘quvchilarga erkin, mustaqil, ijodiy ishlash, bilimlarni ihtiyoriy o‘zlashtirishlari uchun
shart-sharoit yaratilishi;
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari 4 ta o‘zlashtirish darajasiga binoan
reyting foizlari mezonlariga asoslanib o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlanadi:
0-54- qoniqarsiz
55-70- qoniqarli
71-85- yaxshi
86-100- a’lo
Ushbu reyting tizimi o‘quv maqsadlari natijasini baholash uchun qo‘llaniladi. Tarbiya
natijalari, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik natijasini baholashda esa tarbiya texnologiyasi
maqsadlaridan kelib chiqqan holda alohida dasturiy mezonlar asosida baholanadi.
Te xnologik xarita
Darsning muvaffaqiyati uni o‘qituvchi tomonidan puxta rejalashtirishga, loyihalashtirishga
bog‘liq. Bunda o‘qituvchidan o‘quv fanining, o‘tiladigan mavzuning xususiyatlaridan, o‘z
imkoniyatlaridan, o‘quvchilarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda har bir darsning
texnologik xaritasini yaratishi taqozo etiladi.
8
У.Иноятов. 157-бет. Рейтинг (инглизча
“rating”- баҳолаш.
Тартибгакелтири
ш,даража)](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_15.png)
![Texnologik xarita tuzishda shaklan va mazmunan quyidagi talablar inobatga olinadi:
o‘qituvchi o‘tiladigan dars mavzuning o‘quvchi tomonidan puxta o‘zlashtirilishini ta’minlashni
qanday samarali tashkil etadi?
Maqsadni amalga oshirishda o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, metodik bazaga ega
bo‘lishi; o‘quvchilarning bilim darajasi, intellektual salohiyati, fanga bo‘lgan qiziqishi, mavjud
muhit; yosh va psixologik xususiyatlari; darsga ajratilgan vaqtni uning bosqichlari bo‘yicha
to‘g‘ri taqsimlanishi;darsning interfaol usullari, innovasion shakllarini o‘z o‘rnida tanlash; dars
mazmunidan kelib chiqqan holda texnologik vositalarni aniqlash; kutiladigan natijani oldindan
tashxislash.
Darsning texnologik xaritasi rang-barangligi, puxtaligi, qiziqarliligi, o‘quvchilar faolligini
ta’minlashi o‘quvchilar bilim,ko‘nikma va malakalarining kafolati omilidir.
Texnologik xarita darsning pasporti hisoblanadi. Unda darsga ajratilgan vaqt muddatidan
unumli foydalanish, maqsad va vazifaning aniq belgilanishi, natijaning kafolati asosiy mezon
hisoblanadi. O‘qituvchi har bir darsning texnologik xaritasini tayyorlashda alohida ijodiy
yondoshadi, shuning uchun texnologik faoliyat jarayoni o‘quvchidan ham, o‘qituvchidan ham
ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, faollikni talab etadi.
Masalan, O‘zekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura 1-bosqichida o‘tiladigan
“Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” fani misolida tuzilgan texnologik xarita
quyidagicha bo‘lishi mumkin.
Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol usullar va ularga qo‘yiladigan didaktik
talablar
Mavzuga ajratilgan vaqt – 2 soat Magistrlar soni – 50
O‘quv mashg‘ulotining shakli – ma’ruza - taqdimot
O‘quv mashg‘ulotining
texnologik tuzilmasi 1. O‘qitiladigan mavzuning mohiyatini dolzarbligini ilmiy-nazariy
asoslash
2. Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol usullarning o‘ziga xos
ijobiy tomonlari, ularga qo‘yiladigan didaktik talablar haqida
magistrlarga ma’luot berish
3. Ma’ruza asosida tayyorlangan tarqatma materiallarni berish
4. Ma’ruzani taqdimot texnologiyasi asosida yoritish
5. Mavzuga oid interfaol usullarni aniqlash
6. Magistrlarni qiziqtirgan savollarga javoblar asosida darsni
mustahkamlash
7. Ma’ruzani yakunlash
O‘quv mashg‘ulotining
maqsadi Magistrlarni innovasion ta’lim texnologiyasi samaradorligini
ta’minlashda interfaol usullarning ahamiyati, turlari va ularga
qo‘yiladigan didaktik talablar haqida ilmiy-nazariy bilimlar bilan
qurollantirish zamirida ularni innovasion pedagogik jarayonga
tayyorlash
Pedagogik vazifalar
1.Ta’lim samaradorligini oshirishda
interfaol usullarning ahamiyatini ochib
berish.
2. Interfaol usullarga qo‘yiladigan
didaktik talablar haqida ma’lumot berish. O‘quv faoliyati natijalari
1.Magistrlar ta’lim jarayonining natijasi
kafolati interfaol usullar ekanligi anglab yetadilar.
2. Interfaol usullarning ta’limiy, tarbiyaviy
ahamiyatini bilib oladilar.
3. Interfaol usullarning dars mazmunini](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_16.png)
![3. Interfaol usullardan ta’lim
jarayonida foydalanishdan kutiladigan
natijalar borasida tushuncha berish.
4. “Aqliy hujum”, “Keys-stadi”,
“Klaster”, “Video-topishmoq”, “Qora
quti”, “Zig-zag”, “Dumaloq stol atrofida”,
“Piramida” va boshqa interfaol
usullarning tuzilishi va ahamiyatini
yoritish. o‘zlashtirishdagi ijobiy roli haqida ma’lumotga
ega bo‘ladilar.
4. Mazkur interfaol usullarning qo‘llanish
jarayoni, mazmuni, mohiyati, amaliy ahamiyati
haqida yetarlicha xabardor bo‘ladilar.
Ta’lim metodi. Ma’ruza, kuzatish, tushuntirish, savol-javob,
namoyish, bayon etish, klaster
Ta’limni tashkil etish shakli Ma’ruza-taqdimot
Didaktik vositalar Mavzuga oid ilmiy-nazariy, metodik adabiyotlar,
slayd-taqdimot, ma’ruza matni va tarqatma
materiallar
Ta’limni tashkil etish uchun sharoit AKT bilan jihozlangan, magistlar bilim olishi
uchun barcha sharoitlar mavjud “Pedagogik
texnologiya” xonasi
Nazorat turi Joriy nazorat
Mashg‘ulot bosqichlari va vaqt me’yorlari Faoliyat mazmuni
1 bosqich:
Tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi
(5 daqiqa) O‘qituvchi faoliyati Magistr faoliyati
Ma’ruzaga magistrlarning
tayyorgarligi,
auditoriyaning, AKTning
tayyorgarligi, o‘quv
jihozlarining mavjudligini
nazorat qiladi. Ma’ruza
mavzusi e’lon qilinadigan
maqsad va vazifalar,
kutiladigan natija bayon
etiladi. Ma’ruzaga zarur
bo‘lgan barcha
texnik jihozlarni
tayyorlaydi, muhit
yaratadi, diqqatni
jamlaydi.
Ma’ruza mavzusi
rejasida kutiladigan
ilmiy-nazariy
g‘oyalarni
o‘zlashtirishga
o‘zini psixologik-
pedagogik
tayyorlaydi.
II bosqich:
Asosiy - yangi bilimlarni bayon etish va
o‘zlashtirish bosqichi
(60 diqiqa) Magistrlar taqdimot
vositasida o‘quv materiali
bilan izchil, sistemali
ravishda tanishtiriladi.
Ularga ilmiy-nazariy bilim
beriladi.
Taqdimotdan foydalanadi.
Magistrlar faolligini
ta’minlaydi.
Magistrlar bilan
kommunikativ hamkorlik
asosida yangi materialni
yaxlit o‘zlashtirilishini
ta’minlaydi. Taqdimotda
keltirilgan ilmiy-
nazariy bilimlarni
o‘zlashtiradilar.
Asosiy tushuncha va
ma’lumotlarni yozib
oladilar.
Taqdimot
materialari bo‘yicha
o‘z fikr-
mulohazalarini
bayon etadilar.
Slaydlar bilan
tanishadilar.
O‘zlarini qiziqtirgan
savollarni](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_17.png)
![tayyorlaydilar.
III-bos qich
Bilimlarni mustahkamlash, fikrlar
korreksiyasi bosqichi
(10 daqiqa) Yangi material bayoni
asosida magistrlar bilan
ijodiy fikr almashadi.
“Klaster” ususlidan
foydalanib, yangi darsni
mustahkamlaydi.
Savollarga javob beradi.
Hamkorlikda muammolar
yechimini topadi.
IV -bosqich
Yakuniy, xulosalash, kelgusi rejalarni
aniqlash bosqichi
(5 daqiqa) Magistrlarning o‘quv
mashg‘ulotiga ishtirokini
joriy baholaydi,
xulosalaydi, uyga
topshiriq beradi.
Darsning tashkiliy,
ta’limiy, tarbiyaviy,
rivojlantiruvchiliq
magistrlarning faolligi
yuzasidan umumiy
xulosalar chiqaradi. Har bir magistr
o‘quv mashg‘uloti
bo‘yicha o‘z-o‘zini
baholaydi. Uyga
berilgan
topshiriqlarni yozib
oladi.
Shunday qilib, texnologik xarita o‘qituvchi faoliyatini loyihalash, samarali tashkil etish
uchun metodik poydevor hisoblansa, o‘quvchi uchun esa chuqur bilim egallashida zamin
yaratadi.
INNOVASION PEDAGOGIKA VA TA’LIM INNOVASIYALARI. TA’LIM
INNOVASIYALARINING TURLARI
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining
barcha sohalarida taraqqiyotining yangi istiqbollarini ochib berdi. Insoniyatning davlat va
jamiyat qurilishiga doir asriy tajribalari ijtimoiy munosabatlarni yangicha yondashuvlar asosida
tartibga solish borasidagi ilg‘or yondashuvlarning qaror toptirilishiga olib keldi. Mazkur
yondashuvlarning mohiyati so‘nggi yillarda umumiy tarzda “modernizasiyalash” tushunchasi
yordamida ifodalanib kelinmoqda. Xo‘sh, “modernizasiya” tushunchasi lug‘aviy jihatdan qanday
ma’noni anglatadi? Ushbu tushuncha negizida qanday holat tavsiflanadi?
Modernizasiya (ingl. “modern” – zamonaviy, ilg‘or, yangilangan) – obyektning yangi
talablar va me’yorlar, texnik ko‘rsatmalar, sifat ko‘rsatkichlariga mos ravishda yangilanishi
sanaladi.
Ta’lim tizimining modernizasiyalashda quyidagi ustuvor vazifalar hal qilinadi:
- har bir shaxsning to‘laqonli ta’lim olishida boshqalar bilan teng huquqliligi va ta’lim
olishning ochiqligini ta’minlash;
- uzluksiz ta’lim tizimida yangi sifat ko‘rsatkichlariga erishish;
- yangi ta’lim resurslarini jalb qilish va ulardan samarali foydalanish asosida uzluksiz
ta’lim tizimida samarali me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni shakllantirish;
- davlat va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashi negizida ta’lim tizimi xodimlarining ijtimoiy
maqomi va kasbiy kompetentligini rivojlantirish;
- ta’lim tizimining davlat va jamoatchilik boshqaruviga asoslanganlik tamoyiliga muvofiq
ta’lim jarayoni ishtirokchilari – talabalar, pedagoglar, ota-onalar va ta’lim muassasalarining
rolini oshirishdan iborat. Ta’limni modernizasiyalash jarayoni o‘z-o‘zidan innovasiyalarga
bog‘liq bo‘ladi.](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_18.png)
![“Innovasiya ... ta’limda “miqdor”ning “sifat”ga o‘zgarishi ya’ni kuchli darajadagi
sifat bu-sinfda o‘zaro interfaol harakatlar, fikrni ifodalash uchun imkoniyatlar yaratish,
hayotiy tajribalarni o‘rganish kabi yangi va samarali yondoshuv va strategiyalar orqali
ifodalanadigan atamalarning jamlanmasidir” 9
( Aleks Muur. 40-bet).
Pedagogik innovasiyalar tegishli sohada ijobiy o‘zgarishlarni sodir etish, sifat jihatdan
yuqori natijalarga erishish maqsadida qo‘llaniladi. Bu turdagi innovasiyalarni asoslash muayyan
bosqichlarda amalga oshadi. Ular quyidagilar:
Pedagogik innovasiyalar o‘z xususiyatiga ko‘ra quyidagi tarkibiy tuzilishga ega bo‘ladi:
1.Sohada namoyon bo‘layotgan yangilikni ajratib ko‘rsatuvchi blok (unda pedagogikadagi
yangi g‘oyalar, pedagogik yangiliklarning tasnifi, ularni asoslashga xizmat qiladigan shart-
sharoitlar, yangilik darajasini belgilovchi me’yorlar, pedagoglarning yangiliklarni o‘zlashtirish
va undan amaliyotda samarali foydalanishga tayyorliklari, an’analar va novatorlik tashabbuslari,
sohada yangiliklarni yaratish bosqichlari aks etadi).
2. Pedagoglar tomonidan yangilikning idrok qilinishi, o‘zlashtirilishi va baholanishi
ifodalovchi blok (unda pedagogik jamoalar tomonidan yangiliklarning baholanishi va
o‘zlashtirilishi – turli innovasion jarayonlar, konservatorlik va novatorliq innovasiya muhiti,
pedagogik jamoalarning yangilikni idrok etish va baholashga tayyorliklari aks etadi.
3. Yangilikdan foydalanish va uni joriy etish bloki (unda yangilikni amaliyotga tadbiq etish
va ulardan samarali foydalanish hodisasi ro‘y beradi).
Novasiya (yangilanish). Novasiya va innovasiyaning farqli jihatlari
Lug‘aviy jihatdan “innovasiya” tushunchasi ingliz
tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish”
degan ma’noni anglatadi. “Innovasiya” tushunchasi
mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da
ko‘rsatilishicha, innovasiya quyidagicha mazmun va
tushunchalarga ega: “Innovasiya (ingl. “innovationas” –
kiritilgan yangiliq ixtiro) – 1) texnika va texnologiya
avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga
sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or
tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va
mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdeq ularning turli sohalar va faoliyat
doiralarida qo‘llanishi” 10
.
A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovasiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy
birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu
9
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012. 40-бет.
10
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 11 том.1-босқич. Янги
ғоянинг
туғилиши,
(кашфиёт
босқичи)
2-босқич.
Янги ғояга
таянган
ҳолда
янгиликни
асосланиши
3-босқич.
Асосланган
янгиликнинг
амалиётда
қўлланилиши
4-босқич.
Янгиликнинг
ёйилиши ва
кенг кўламда
амалиётга
тадбиқ
этилиши
5-босқич.
Янгиликнинг
тегишли
соҳада
ҳукмронлик
қилиши
6-босқич.
Муқобиллик Инновация –
муайян тизимнинг
ички тузилишини
ўзгартиришга
қаратилган фаолият](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_19.png)
![munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boyitib borish tushunilishi lozim. Bu o‘rinda
anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovasion
yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis,
rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‘ziga
xos innovatsion faoliyatni tashkil etadi.
Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovasion xarakterga ega ijtimoiy
munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu
jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo‘lgan munosabatlari,
yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar
toifalari o‘rtasidagi innovasion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini
o‘rgangan.
Innovasion ta’lim (ingl. “innovation” –
yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi
g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar
tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor,
qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar,
malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan
ta’lim.
“Innovasion ta’lim” tushunchasi birinchi bor
1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.
Innovasion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan
texnologiyalar innovasion ta’lim texnologiyalari
yoki ta’lim innovasiyalari deb nomlanadi.
Innovasiyalar turli ko‘rinishga ega.
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida
innovasiyalarni qo‘llashda sarflangan
mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng
yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi.
Innovasiyalarning har qanday
yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish
va nazorat qilishga imkon beradigan
o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi
zarur. Mohiyatiga ko‘ra innovasiyalar
munosabat yoki jarayonga yangilik
kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-
o‘zidan tizim sifatida yangilik kiritirish
munosabat yoki jarayonning,
birinchidan, ichki mantig‘ini,
ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrof-
muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi.
Ta’lim innovasiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular: Таълим инновациялари –
таълим соҳаси ёки ўқув
жараёнида мавжуд муаммони
янгича ёндашув асосида ечиш
мақсадида қўлланилиб,
аввалгидан анча самарали
натижани кафолатлай оладиган
шакл, метод ва технологиялар
Инновацияларнинг
асосий кўринишлари :
- янги ғоялар;
-тизим ёки фаолият йўналишини
ўзгатиришга қаратилган аниқ мақсадлар;
- ноанъанавий ёндашувлар;
- одатий бўлмаган ташаббуслар;
- илғор иш услублари ;](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_20.png)
![Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novasiya”, “innovasiya” hamda ularning
mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Ilmiy adabiyotlarda “novasiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovasiya” (yangilik
kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, V.I.
Zagvyazinskiyning e’tirof etishicha, “yangi”, “yangilik” tushunchasi nafaqat muayyan g‘oyani,
balki hali amaliyotda foydalanilmagan yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi.
Ammo bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo‘lib, o‘zgarib
turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish g‘oyalarini o‘zida
aks ettiradi.
Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika,
texnologiya va b. ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mohiyatiga ko‘ra novasiya va innovasiya o‘rtasida muayyan farqlar mavjud. Ular
quyidagilardir :
Novasiya InnovasiyaАсосий турлари
Фаолият йўналишига кўра
Педагогик жараёнда қўлланиладиган
инновациялар
Таълим тизимини бошқаришда қўлланиладиган
инновациялар
Киритилган
ўзгаришларнинг тавсифига
кўра
Радикал инновациялар
Комбинацияланган инновациялар
Модификацияланган инновациялар
Ўзгаришларнинг кўламига
кўра
Тармоқ (локаль) инновациялар
Модул инновациялар
Тизим инновациялари
Келиб чиқиш манбаига
кўра
Жамоа томонидан бевосита яратилган
инновациялар
Ўзлаштирилган инновацияларБорди-ю, фаолият маълум
концептуал ёндашув асосида амалга
оширилиб, унинг натижаси муайян
тизимнинг ривожланишига ёки уни
тубдан ўзгартиришга хизмат қилса, у
инновация (янгилик киритиш) деб
аталади.Агар фаолият қисқа
муддатли, яхлит тизим хусусиятига
эга бўлиб, фақатгина тизимдаги
айрим элементларни ўзгартиришга
хизмат қилса у новация
(янгиланиш) деб юритилади](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_21.png)
![1) amaldagi nazariya doirasida qo‘llaniladi;
2) ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi;
3) metodlar yangilanadi;
4) natija avvalgi tizimni takomillashtiradi 1) tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;
2) ma’lum amaliyotda yangi faoliyat
tizimini loyihalaydi;
3) subyektlarning faoliyati to‘la yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi;
5) faoliyatda yangi sifat natijalariga
erishiladi;
6) amaliyotning o‘zi ham yangilanadi
I.P.Podlas ы yning fikriga ko‘ra, ta’lim innovasionlari quyidagi o‘zgarishlar ga olib
keladi:
- pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi;
- o‘quv jarayonining o‘zgarishi;
- pedagogik nazariyaning o‘zgarishi;
- o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi;
- talaba faoliyatining yangilanishi;
- pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi;
- ta’lim mazmunining yangilanishi;
- o‘qitish shakl, metod va vositalarining o‘zgarishi;
- ta’lim tizimi boshqaruvning o‘zgarishi;
- ta’lim maqsadi va natijalarning o‘zgarishi 11
Bu o‘rinda M.M.Potashnik tomonidan e’tirof etilgan innovasiya jarayonlar mohiyatini
ifodalovchi talqin alohida ahamiyatli ekanligini ko‘rsatish o‘tish maqsadga muvofiqdir. Mazkur
talqinga ko‘ra innovasion jarayon quyidagi tuzilmalarga ega:
Innovasiya jarayoni tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘lish bilan birga muayyan
qonuniyatlarga ham bo‘ysunadi. Mazkur jarayon uchun quyidagi to‘rtta qonuniyat xarakterli
sanaladi.
11
И.П.Подласый. Мотив – мақсад – вазифа – мазмун – шакл – методлар – методика компонентлари йиғиндиси Фаолият тузилмаси
Инновацион жараёнда иштирок э тувчи субъектларСубъектив тузилма.
Инновацион фаолият субъектларининг халқаро, минтақавий, туман, шаҳар ва б. даражалари Даражали тузилмаси
Ўқув жараёни, маънавий-маърифий ишлар, бошқарув ва ҳ.к.да янгиликнинг пайдо бўлиши Ғоявий тузилма
Янгиликнинг пайдо бўлиши – жадал ривожланиши – камолот чўққиси – ўзлаштириш –
диффузия – янги ғоялар билан бойитилиши Даврийлик тузилмаси
Бошқарув жараёни (режалаштириш – ташкил этиш – раҳбарлик қилиш – назорат)
элементларининг ўзаро алоқаси Бошқарув тузилмаси
Диагностик, прогностик, ташкилий, амалий, умумлаштирувчи ва татбиқ этувчи инновациялар Ташкилий тузилмаси.](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_22.png)
![1- qonuniyat. Pedagogik innovasion muhitining keskin beqarorlik
2-qonuniyat. Amalga oshish
3-qonuniyat. Qoliplashtirish
4-qonuniyat . (stereotiplashtirish) Pedagogik innovasiyalarning davriy takrorlanishi
Keskin beqarorlik qonuniyatiga ko‘ra pedagogik jarayon va hodisalar to‘g‘risidagi yaxlit
tasavvurlar o‘zgaradi, shakllangan pedagogik yangilik baholanadi va bu yangilikning ahamiyati,
qiymati e’tirof etiladi.
Amalga oshish qonuniyati yangilikning hayotiyligini ifodalaydi, unga ko‘ra yangi
pedagogik innovasiyalar stixiyali yoki ongli ravishda o‘ta tezkor yoki tezkor ravisha amaliyotga
tatbiq etilai.
Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuniyati aksariyat pedagoglarda yangicha
tafakkurning qaror topganligini va ularning innovasiyalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida
faollik ko‘rsatishlarini tavsiflaydi. Bu jarayonda dastlab innovasion xarakter kasb etgan g‘oyalar
yanada ilg‘or yangiliklarni amalga oshirishsh yo‘lida to‘siq bo‘la boshlaydi.
Pedagogik innovasiyalarning davriy takrorlanishi va qaytarilishi qonuniyati
yangiliklarning yangi, yanada qulay sharoitlarda qayta tiklanishini ifodalaydi.
Odatda pedagogik innovasiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi ikki xil kechadi:
1. Pedagogik innovasiyalarning amaliyotga tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, innovasion
jarayonda pedagogik yangiliklarga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, ularni amaliyotga tatbiq
etishda mavjud shart-sharoitlar, usul va yo‘llariga ongli munosabat bildirilmaydi.
2. Pedagogik innovasiyalarning amaliyotga tatbiqi tizimli kechadi, ya’ni, pedagogik
yangiliklar innovasion jarayonda ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsuli
sifatida amaliyotga joriy etiladi.
Innovasion faoliyat mazmuni. Pedagogning innovasion faoliyati
Pedagogik innovasion jarayon mohiyati. Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan
biri – pedagog faoliyatining innovasion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan
xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovasion xarakter kasb etishiga erishish masalasi
o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset,
D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvloq D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M.
Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kaliq N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi
tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovasion faoliyat, pedagogik faoliyatga
innovasion yondashish, innovasion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq
etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovasiyalardan xabaror
bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar
mazmunini yoritilgan.
Har qanday innovasiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli
munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, subyektiv, mahalliy va
shartli g‘oyalar tarzida namoyon bo‘ladi.
Xususiy yangilik munosabat, obyekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini
o‘zgartirish, yangilashni nazarida tutadi.
Subyektiv yangilik ma’lum obyektning o‘zini yangilash zaruriyatni ifodalaydi.
Mahalliy yangilik alohida olingan obyekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy
ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi. В.А.Сластенин инновацияни янгилик яратиш, кенг ёйиш ва
фойдаланишга қаратилган мақсадга мувофиқ, йўналтирилган жараёни
мажмуи деб билади. Муаллифнинг фикрига кўра ҳар қандай инновация
янги воситалар ёрдамида ижтимоий субъектларнинг эҳтиёжини
қондириш ва интилишларини рағбатлантириш мақсадини кўзлайди.](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_23.png)
![Shartli yangilik esa munosabat, obyekt yoki jarayonda murakkab, progressiv
yangilanishning sodir etilishini ta’minlovchi ma’lum elementlarning yig‘indisini yoritishga
xizmat qiladi.
Rossiyalik olimlar – A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, N.P.Stepanov va b. esa
innovasion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini o‘rganishga e’tiborni qaratgan. Bu o‘rinda
ular innovasion jarayonning tashkil etilishiga nisbatan quyidagi ikki yondashuv mavjud
ekanligini e’tirof etadi:
1) yangilikning individual mikro darajasi (unga ko‘ra qandaydir yangi g‘oya amaliyotga
joriy etiladi);
2) alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi makro daraja (bu
o‘rinda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’sirlanishi, birligi, raqobati va birining
o‘rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi ahamiyatli sanaladi).
A.I.Prigojin, B.V.Sazonov va V.S.Tolstoylar o‘z tadqiqotlarida yangilik kiritishning
tizimli konsepsiyani asoslashga uringan. Bu o‘rinda mualliflar innovasion jarayonlarning
quyidagi ikki muhim bosqichini bir-biridan ajratib ko‘rsatishadi:
1. Yangilik sifatida namoyon bo‘ladigan g‘oyalarni ishlab chiqish (m: korxona, tashkilot
tomonidan muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqishning rejalashtirilishi).
2. Yangilik (muayyan mahsulot)ni kengko‘lamda ishlab chiqish.
Oliy ta’lim muassasalarida innovasion jarayonlarni tashkil etishda o‘ziga xos
yondashuvlar kuzatila d i. Ular:
« Innovasion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos
kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan
to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir»,-deb
ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov 12
.
12
В.И.Слобадчиков. Учитель и инновации. Москва. 2006. 215 ст. 1. Гностик-динамик ёндашув (унга кўра педагоглар педагогик инновациялар,
уларнинг турлари, яратилиши, амалиётга татбиқ этилиши, хориж мамлакатларида
яратилган илғор педагогик (таълимий) инновациялар ва уларни ўрганиш, маҳаллий
шарт-шароитларни инобатга олган ҳолда амалиётда улардан фойдаланишга доир
билим, кўникма, малакаларни изчил ўзлаштирадилар, ўз фаолиятларида педагогик
инновацияларни фаол қўллаш борасидаги тажрибаларни ўзлаштирадилар).
2. Индивидуал фаолиятли ёндашув (бунда педагоглар ўзларининг индивиуал
имкониятлари, қобилиятлари, тажрибаларига таянган ҳола амалиё фаолиятда педагогик
инновацияларни қўллашда муайян изчилликка эришадилар).
3. Кўп субъектли (диалогик) ёндашув (мазкур ёндашув педагогик жараёнда
инновацияларни ҳамкасбларнинг ўзаро, хусусан, кўп йиллик иш тажрибаси, касбий
маҳорат ва тажрибага эга педагогларнинг фаолиятлари билан танишиш, уларнинг
таълим инновацияларини самарали, мақсадли ва узлуксиз қўллашга доир тавсия
4. Инсонпарварлик ёндашуви (ушбу ёндашув педагогик жараёнда
инновацияларни қўллашда таълим олувчиларнинг имкониятлари, хоҳиш-истаклари,
қизиқишлари, билим, кўникма ва малакалари даражасини инобатга олиш мақсадга
мувофиқлигини ёритишга хизмат қилади).
5. Индивидуал-ижодий ёндашув (унга кўра ҳар бир педагог фаолиятини
ўрганилаётган мавзу, ўқув материалининг моҳияти, шунингдек, ўз имкониятлари,
салоҳияти, маҳорати, иш тажрибасидан келиб чиққан ҳолда таълим ва тарбия
жараёнларини ижодий ишланмалар асосида ташкил этади).](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_24.png)
![Inson faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan,
ijodiy faoliyat, ilmiy faoliyat, pedagogik faoliyat, tadbirkorlik faoliyati, o‘quv-biluv faoliyati,
boshqaruv faoliyati va innovasion faoliyat kabilar. Faoliyatning mazmuni, shart-sharoitlari,
vositalari o‘zgarib borishi natijasida insonning ahloqiy madaniyati takomillashib boradi.
«Pedagogik faoliyat - jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
maqsadida umuminsoniy sifatlar va milliy fazilatlarni shakllantirishni ilmiy asoslangan reja-
dasturga muvofiq amalga oshirish, ya’ni yosh avlodni hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zarur
faoliyat»,-deya ta’riflaydi B.Ziyomuhammedov 13
.
Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo‘nalish - pedagogik innovasiya va
ta’lim jarayonini yangilash g‘oyalarining paydo bo‘lishi natijasida o‘qituvchining pedagogik
faoliyatida ham yangi yo‘nalish «o‘qituvchining innovasion faoliyati» tushunchasi paydo bo‘ldi.
Ta’lim tizimidagi innovasiyalar, ularni amaliyotga kiritish, innovasion jarayonlarni
boshqarishni tahlil qilish orqali innovasion faoliyat tushunchasini ta’riflash imkoniyati paydo
bo‘ldi. Innovasion faoliyat - pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy
ettiruvchi kuchdir. Innovasion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib,
ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy subyektlarning harakat
tizimi bo‘lib, u ma’lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday
vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivasion tayyorgarlikka ega bo‘lishdir. O‘qituvchi
innovasion faoliyatining markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.
“Barcha amaliyotdagi o‘qituvchilar bilganideq o‘qituvchining eng asosiy vazifasi
o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi pasayganda uni ko‘tarish va mavjud bo‘lgan
motivasiyani o‘qitishning o‘zi orqali (masalan, tanqidiy qarash o‘qituvchi tomonidan
beriladigan vazifa va materiallarga) zaiflashtirmaslik yoki buzmaslikdan iborat” 14
.
Innovasion faoliyatni ma’lum bir ijtimoiy amaliyot maydonida ko‘rib chiqish zarur. Bu
amaliyotning konkret subyekt nuqtai nazaridan, amaldagi an’anaga nisbatan jiddiy
o‘zgarishlarga olib keladigan yangi faoliyatni innovasion deb hisoblash mumkin.
Innovasion faoliyatning infratuzilmasini innovasion faoliyatni amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan xizmatlarni innovasion faoliyat subyektlariga taklif etuvchi tashkilotlar tashkil
etadi. Demaq malaka oshirish institutlari, tuman (shahar) metodika kengashlari, maktab metod
birlashmalari o‘qituvchilar innovasion faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘ladigan xizmatlarni
tashkil etishlari kerak.
Shunga ko‘ra «innovasion o‘zgarishlarni sezish, anglash har qanday o‘qituvchiga ham
xos bo‘lavermaydi,-deb yozadi U.Nishonaliyev,- bu yerda eng asosiysi o‘qituvchining o‘zi
yangilikni sezishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishidir».
Innovasion faoliyat -uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u uzoq vaqt
davomida shakllanadi va takomillashib boradi.
O‘qituvchi innovasion faoliyati xususiyatlarini o‘rganib chiqqan pedagog olimlar
fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovasion faoliyatning asosiy belgilari deb hisoblash
mumkin:
13
14
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012. 25-бет](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_25.png)
![O‘qituvchilarni innovasion faoliyatga tayyorlash muammosiga murojaat etish jamiyatda
innovasion jarayonlar dinamikasining o‘sib borayotganligini tushunish natijasida vujudga keldi.
Uning tahlili faqat fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlardan foydalanishni o‘z ichiga
olmasdan, balki yangiliklarni izlash, yaratish, moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni
qayta tekshirish kabi jarayonlarni ham qamrab oladi.
Innovasion faoliyatning tuzilishini o‘rganib chiqqan olimlardan biri V.Slastenin uni
quyidagicha tuzilishga ega deb ko‘rsatib o‘tadi: «Innovasion faoliyatning tuzilishi-ijodiy
yondashuv, ijodiy faolliq yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarliq yangicha
fikrlash, muomala madaniyati. Innovasion faoliyatning darajalari: reproduktiv, evristiq kreativ
bo‘lishi mumkin».
Innovasion faoliyat davrida yangiliklar, innovasiyalar, tom ma’noda ta’lim jarayoniga
kirib keladi.
Innovasion faoliyatga tayyorlashdan maqsad-o‘qituvchining yangilikka intiluvchanligini,
mustaqil o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik
texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni
o‘tkazish malakasini takomillashtirishdan iborat.
«Innovasion faoliyat o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi. U
o‘qituvchi tomonidan u yoki bu pedagogik vazifani hal qilishda qandaydir to‘siqqa duch kelinib,
uni muvaffaqiyatli hal etishga intilish asosida yuzaga keladi».
Innovasion faoliyat yangi g‘oyani izlashdan boshlanadi. Pedagogik innovasiya ta’lim-
tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga yo‘nalitirilganligi sababli
o‘qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi.
O‘qituvchini innovasion faoliyatga tayyorlashda bir qator psixologik to‘siqlar mavjud.
Bularning birinchisi o‘qituvchining o‘zi ko‘nikkan faoliyat chegarasidan tashqariga chiqishi juda
qiyinligi, ya’ni o‘qituvchilarda ijodkorlikning yetarli emasligi bo‘lsa, yana bir sabab yangi va
noma’lum narsalar har doim odamlarda cho‘chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidir.
A.M. Xon o‘qituvchilarda innovasion faoliyatni shakllantirishda uchraydigan psixologik
to‘siqlarning ikki turini ajratadi: kognitiv psixologik to‘siqlar va muntazam paydo bo‘ladigan
to‘siqlar. Kognitiv psixologik to‘siqlar yangilik haqidagi bilimlarning yetishmasligi, yangilikni
his qilmaslik va nofaol xatti-harakatlar hisoblansa, muntazam psixologik to‘siqlar yangilikka
nisbatan ishonchsizliq rahbariyatga ishonmasliq tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlamaslik va
odatda yangilik kirituvchilarga qarshi kurashish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. - ижодий фаолият
фалсафасини
эгаллашга интилиш; -педагогик тадқиқот
методларини
эгаллаш;
-муаллифлик
концепцияларини
яратиш қобилияти; -тажриба-синов
ишларини
режалаштириш ва
амалга ошира
олиш;-ўзидан бошқа
тадқиқотчи-
педагоглар
тажрибаларини
қўллай олиш;
-ҳамкасблар билан
ҳамкорлик; -фикр алмашиш ва
методик ёрдам
кўрсата олишлик; -зиддиятларнинг
олдини олиш ва
бартараф этиш;
-янгиликларни
излаб топиш ва
уларни ўз шароитига
мослаштириб бориш](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_26.png)
![Ta’lim innovasiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bosqichlari
Odatda pedagogik innovasiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi ikki xil kechadi:
1. Pedagogik innovasiyalarning amaliyotga tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, innovasion
jarayonda pedagogik yangiliklarga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, ularni amaliyotga tatbiq
etishda mavjud shart-sharoitlar, usul va yo‘llariga ongli munosabat bildirilmaydi.
2. Pedagogik innovasiyalarning amaliyotga tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, pedagogik
yangiliklar innovasion jarayonda ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsuli
sifatida amaliyotga joriy etiladi
Ta’lim innovasiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda
kechadi.Ular quyidagilardir:
Bugungi kunda pedagoglarning innovasion faoliyat ko‘nikma, malakalariga ega
bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innofasion faoliyat ko‘nikma,
malakalarini o‘zlashtira olishlarida ularning innovasion yondashuvga ega bo‘lishlari talab etiladi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagoglar tomonidan innovasion faoliyat ko‘nikma, malakalarining
o‘zlashtirilishi ularda innovasion yondashuvni qaror topishi asosida kechadi. Pedagoglarda
innovasion yondashuvning qaror topishi ham murakkab jarayon bo‘lib, u bir necha bosqichda
kechadi
Demaq ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim tizimida
ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Ta’lim tizimining modernizasiyasi davlat va
jamiyat malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda ro‘y beradi.
Ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi ta’lim tizimi
modernizasiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya
jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‘lga
kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi.
Pedagogik innovasiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kirilishini
tavsiflaydi. Pedagogik innovasiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni
rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovasion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi,
olg‘a undovchi, bunyodkorlikka rag‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim
jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu sababli har bir o‘qituvchi innovasiyalarning mohiyatini
to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.
O‘qituvchi innovasion faoliyatining mezonlari va uni shakllanish bosqichlari.
Innovasion faoliyat o‘qituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat bo‘lib, u
shaxsning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish demakdir. O‘qituvchilarning
innovasion faoliyatga tayyorgarligini tahlil qilishni 3 bosqichda amalga oshirish maqsadga
muvofiq bo‘ladi:
1. Yangilikni pedagogik faoliyatda qo‘llashdan oldingi davrdagi o‘qituvchi faoliyatini
tahlil qilish.
2. Innovasion faoliyatning faol shakllanish davrini tahlil qilish.1-босқич. Муаммони
таҳлил асосида аниқлаш
2-босқич. Мўлжалланаётган
таълим тизимини
лойиҳалаш
3-босқич. Ўзгаришлар ва
янгиликларни
режалаштириш
4-босқич. Ўзгаришларни
амалга ошириш](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_27.png)
![3. Pedagogik jarayonga yangilik kiritilib bo‘lgandan keyingi davrdagi faoliyatni tahlil
qilish.
Ma’lumki, shaxsning xislat va fazilatlari faoliyat ko‘rsatish jarayonida shakllanadi va
faoliyatning natijasi hisoblanadi. Shu sababli o‘qituvchilarda yangilikka intiluvchanlik va
mustaqil mutolaa qilishga doimo zaruriyat sezish psixologiyasini singdirish lozim. Chunki
yangilik - insonga ulug‘vorlikdan ko‘ra ko‘proq zavq bag‘ishlaydi.
Innovasion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyani paydo bo‘lishi
demakdir.
O‘qituvchi innovasion faoliyatining shakllanish bosqichlari quyidagilar:
Skinnerning g‘oyalariga ko‘ra bugungi kunda ijtimoiy, ta’lim olishning o‘zaro tabiatida
o‘quvchilarga faqat qabul qilishdan ko‘ra ko‘proq tajriba orqali bilim berishni ishlab chiqish
kerakligiga e’tibor qaratish lozim 15
.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga bo‘lgan e’tibor kundan-kunga kuchayib
bormoqda. Buning sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor
bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ular egallayotgan bilimlarni
o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga,hatto xulosalarni ham o‘zlari
keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi va
bilim olish orkali tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan birga boshqaruvchilik va
yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi.
Innovasion texnologiyalarning asosiy negizi-bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan
maqsaddan kafolatgan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun oldindan ta’lim jarayonini
loyihalashdir. Demaq innovasiya o‘quv jarayoniga yangilik olib kirish, o‘quv jarayonini
o‘quvchi ehtiyoji, hohoshi va istaklariga moslashtirish, o‘quvchini mustaqil mutolaaga o‘rgatish,
bilimlarni tayyor holda berish emas, o‘quvchilarning bilim olish malakalarini shakllantirishga
harakat qilish demakdir
Ta’lim tizimidagi islohotlarning taqdiri DTS ishlab chiqilib, yangi darsliklar avlodi
yaratilgan, dastur va metodik qo‘llanmalar, tavsiyalar ishlab chiqilgan bugungi kunda asosan
o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Chunki o‘qituvchi faoliyati yangilanmasa
ta’limda samaradorlikka erishib bo‘lmaydi.
15
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012. 5-бет.1-босқич.
2-босқич.
3-босқич.
4-босқич.
Биринчи босқич- тайёр методик
тавсияномалар аниқ қилиб кўчирилади.
Иккинчи босқич-мавжуд тизимга айрим
янги мосламалар (модификациялар),
методик усуллар киритилади.
Учинчи босқич- янги ғояни амалга ошириш
мазмуни, методлари, шакли тўла ишлаб
чиқилади.
Тўртинчи босқич- ўқитувчи ўқитиш ва
тарбиялашнинг ўз концепциясини ишлаб
чиқади (янги технология яратилади).](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_28.png)
![Ma’lumki pedagogik faoliyat tug‘ma talant emas, yoki nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyat
emas, balki uning asosida izlanish, ijodiy mehnat yotadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonidagi innovasiyalar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, yangiliklar,
dars o‘tishning interfaol usullari o‘z-o‘zidan yoki yuqoridan buyruq, kursatma bilan ta’lim
jarayoniga kirib kelmaydi, bu o‘qituvchi faoliyati va uning motivasiyasiga bog‘liq bo‘lgan
jarayondir.
«Innovasion faoliyat» bu –ma’lum doiradagi muammolarni yechish uchun yangilikni
kiritishga yo‘naltirilgan harakatgina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish
uchun motivasion tayyorgarlikka ega bo‘lish hamdir”.
“Motivasiyaning turli xil qo‘shimcha mukammalligida Skot Barmen 4 ta asosiy
kategoriyani aniqlaydi:
1. Faoliyatning o‘zidagi qiziqishdan kelib chiqadigan xolat– ichki motivasiya.
2. Boshqa odamlarni hursand qiladigan xolat yoki vazifa – ijtimoiy motivasiya.
3. Yutuq motivasiyasi – bunda boshqalar bilan raqobatlashish maqsadida vazifalarni
yaxshi bajarish.
4. Ko‘makchi motivasiya – bunda motivasiya rag‘batlantirish yoki jazolash orqali paydo
qilinadi” 16
.
O‘qituvchilarni innovasion faoliyatga tayyorlash bir necha bosqichda, uzluksiz malaka
oshirish orqali amalga oshiriladi.
Dastlab o‘qituvchilarni innovasion faoliyatga psixologik jihatdan tayyorligini
shakllantirish kerak. Bunda o‘qituvchi yetakchi didaktik prinsiplardan quyidagilarni bilishi
kerak: pedagogik ko‘nikmalarni egallashga ehtiyoj bilan o‘z faoliyatini o‘zgartirishga ehtiyoj
o‘rtasidagi mutanosibliq pedagogik jarayonda subyek va obyektning birgalikdagi ijodiyoti,
yangi, shu davrgacha ma’lum bo‘lmagan vaziyatlardan chiqib keta olishlik prinsiplari.
Ikkinchi bosqichda psixologik-pedagogik bilimlar va pedagogik mahorat shakllantiriladi.
Demaq ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim tizimida
ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Ta’lim tizimining modernizasiyasi davlat va
jamiyat malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda ro‘y beradi.
Ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi ta’lim tizimi
modernizasiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya
jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‘lga
kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi.
Pedagogik innovasiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kirilishini
tavsiflaydi. Pedagogik innovasiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni
rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovasion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi,
olg‘a undovchi, bunyodkorlikka rag‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim
jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu sababli har bir o‘qituvchi innovasiyalarning mohiyatini
to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.
16
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012. 26-бет](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_29.png)
![Adabiyotlar
1. Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. Ikkinchi
nashr. - Rutledj. 2012. 202-bet.
2. Azizxulayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.: 2020y. 183 bet.
3. Begmatova D.M. O‘zbek oilalarida yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvi. Моnografiya. –
Samarqand, 2020. -142 bet.
4. Daminova N.K., Jamalova N.U. Та’limni tashkil etish shakllari mоdulini o‘qitishda
interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. – Samarqand, 2021. – 116 bet.
5 . Mavl o nova R. A. va boshqalar. Umumiy pedagogika.- T.: 2010 y. “Fan va texnologiya”
nashriyoti.
6. Махmudova М.М. Оila tarbiyasi asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand, 2021. - 183
бет.
7. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M. umumiy tahriri ostida. –T.: O‘zbekiston Faylasuflari
milliy jamiyati. 2010 y.
8. Begmatova D.M., Daminova N.K. Pedagogik ta’limotlar. O‘quv qo‘llanma. - Samarqand,
2022.](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_30.png)
![i](/data/documents/eaa4c9aa-185f-497b-b607-760a3fa79414/page_31.png)
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSLARI . INNOVATSION PEDAGOGIKA. TA’LIMNING INTERFAOL METODLARI. O‘YIN TEXNOLOGIYALARI REJA 1. “Pedagogik texnologiya”, “metodika”, “metod” tushunchalari. 2. Pedagogik texnologiyaning mezonlari. 3. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish bosqichlari. 4. Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi, maqsadi, vazifalari, metodologik asoslari. 5. Ta’lim texnologiyasining darajalari. 6. Ta’lim texnologiyasining turkumlanishi. 7. Taksonomiya tushunchasi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning mohiyati XXI asr globallashuv, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda barcha sohalarda raqobat asri hisoblanadi. Shu bois, XX asrning oxirlariga qadar pedagog, metodist olimlar kimni, nimani va qanday o‘qitamiz degan savollar doirasida tadqiqot ishlari olib borgan bo‘lsalar, XXI asrdagi shiddatli ijtimoiy-iqtisodiy, fan-texnika taraqqiyoti ta’lim tizimini shaklan va mazmunan modernizasiya qilishni taqozo etdi. Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida zamonaviy pedagogik texnologiya hamda axborot-kommunikasiya tenologiyalaridan unumli foydalanishga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Darhaqiqat texnologiya- (yunoncha ”techne”- mahorat san’at, “logos”-tushuncha, ta’limot) ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo material, yarim fabrikat va shu kabilarga ishlov berish yoki qayta ishlash ularning holati, xossalari va shaklini o‘zgartirishda qo‘llaniladigan usullar (metodlar) majmui demakdir. i Jumladan, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash natijasida yuqori sifat va miqdor o‘zgarishida samarali natijaga ega bo‘linadi. Pedagogik texnologiyalar g‘oyasining asoschilari AQShning pedagog, psixolog olimlari B.Blum, L.Larsen, B.Skinner, D.Finn, D.Kratval hisoblanadi. Ularning bu sohaga qo‘shgan ulushlari: o‘quv maqsadlari taksanomiyasi (1956y. B.Blum) audiovizual ta’lim (1946 y. L.Larsen), dasturli o‘qitish tizimi (1954 y . B.Skinner), o‘qitish texnologiyalari (1961y. D.Finn), dasturlashtirilgan ta’lim (LOGO) ,1968y.S.Peypert), tarbiya texnologiyalari (----D.Kratval) ning nazariy asoslarini yaratdilar. 60-70 yillarda pedagogik texnologiyalar sohasidagi turli ilmiy-nazariy g‘oyalarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va amaliyotga tadbiq etilishining geografiyasi yanada kengaydi. AQSh, Italiya, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Kanada, Koreya, Rossiya, Vengriya va boshqa mamalakatlarda maxsus pedagogik nashrlar, markazlar, Assosiasiyalar, ilmiy tadqiqot institutlari va ularda bo‘limlar tashkil etildi. 80-yillardan boshlab Rossiyada ham pedagog olimlar tomonidan pedagogik txnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari keng tadqiq etila boshlandi. Jumladan, V.P.Bespalko (Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim) ,V.M.Monaxov (Aksiomatik yondashuv), M.A.Choshanov (Muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasi), V.F.Shatalov (O‘quv materialining belgili modellari asosida ta’limni jadallashtirish texnologiyasi), I.P.Volkov (Rejalashtirilgan o‘qitish), G.K.Selevko (Pedagogik texnologiyalar tasnifi), N.F.Galizina ilmiy pedagogik jixatdan tadqiq qilindi. 90- yillardan boshlab O‘zbekistonda ham pedagogik texnologiyalarga oid dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari paydo bo‘ldi. Shundan buyon pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy jihatlari N.S.Saidahmedov, J.Yo‘ldoshev, R.Jo‘rayev, U.Nishonaliyev, B.L.Farberman, N.Azizxo‘jayeva, U.Tolipov, A.Abduqodirov, A.Pardayev, R.Ishmuhammedov va boshqalar tomonidan tadqiq etib kelinmoqda. Respublikamizda “Innavasion texnologiyalar markazlari”, “Zamonaviy ta’lim”, “Fan va texnologiyalar” jurnallari tashkil etilgan. Ushbu atamaning mohiyati turli olimar tomonidan turlicha izohlanadi. Lekin u turlicha izohlansada biri ikkinchisini inkor etmaydi, balki bir birini ma’qullaydi, to‘ldiradi, uning yangi- yangi qirralarini asoslaydi. Bespalkoning fikricha pedagogik texnologiya-o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmunli texnikasi. Bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan pedagogik muvaffaqiyatlarini kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash-loyihalashdir.
ngdeq Педагогик технология - педагогик мақсадларга эришишда фойдаланиладиган шахсий имкониятлар, жиҳозлар ва методологик воситаларда амалда бўлишнинг тизимли йиғиндиси ва тартибини билдиради. (М.В.Кларин) Педагогик технология - зарур шароит яратиш орқали ўқувчи ва ўқитувчининг ўқув жараёнини лойихалаштириш, ташкил этиш ва ўтказиш бўйича педагогик фаолиятнинг ҳар томонлама ўйлаган моделидир. (В.М.Монахов). Педагогик технология - бу ўқитувчи (тарбиячи)нинг ўқитиш (тарбия) воситалари ёрдамида ўқувчи (талаба)ларга муайян шароитда таъсир кўрсатиш ва акс таъсир маҳсули сифатида уларда олдиндан берилган шахс сифатларини жадал шакллантиришни кафолатлайдиган жараёндир. (Н.Сайидаҳмедов) Педагогик технология - илмийликка асослангани ҳолда, вақти ва маконга нисбатан дастурлаштирилган, олдиндан аниқ белгиланган натижага олиб келувчи, педагогик жараёнларга оид компонентларнинг барчасини бирдек ишга сола олувчи тизимдир. (Р.Жўраев)Педагогик технология- ўзида турли муаллифлар (манбалар)нинг барча таърифлари мазмунини қамраб олган мазмуний умумлашма ҳисобланади. (Г.К.Слевко). Педагогик технология- таълим мақсадларига ва шахснинг ривожланишига қаратилган педагогик фаолиятни муттасил равишда ривожлантириш тизимини лойиҳалашдир. (Н.Азизхўжаева)
Pedagogik texnologiya atamasiga berilgan yuqoridagi ta’riflar “YuNESKO” ta’rifidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan bo‘lib, barchasining negizida o‘quv va tarbiya jarayonining natijalarini aniq bashorat qilgan holda uni loyihalashtirish va yuqori samaradorlikka erishishning kafolati yotadi. Ta’lim tizimi iste’molida “Pedagogik texnologiyalar”, “Zamonaviy pedagognik texnologiyalar”, “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar” kabi atamalardan foydalanilmoqda. Ushbu tushunchalarning maqsad va mazmuni bir xil bo‘lsada, ularning xususiy ishlatilish jarayoni turlicha bo‘lishi mumkin. Pedagogik texnologiyalar ta’limni tashkil etishning an’anaviy shakllariga nisbatan quyidagi konseptul ijtimoiy xarakterdagi imkoniyatlarni yaratilishi bilan xarakterlanadi: - O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida hukumatimiz va davlatimizning ma’naviy, jismoniy kamol topgan, erkin va mustaqil fikrlaydigan, respublikamizni jahon hamjamiyatiga yanada integrasiyalashuviga munosib hissa qo‘shadigan, ilg‘or texnika va texnologiyaga oid bilim, ko‘nikma va malakaga ega bir nechta kasb sirlarini egallagan chet tillarda erkin so‘zlasha oladigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan muhim chora- tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. - zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologgiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini amaliyotga joriy etish uchun shart-sharoit imkoniyatlar yaratiladi; - zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallardan foydalanish zamirida ta’lim-tarbiya jarayoni puxta rejalashtiriladi, bashoratlanadi, loyihalashtiriladi, natija kafolatlanadi; - ta’lim-tarbiya jarayoni subyektlari mavjud ilmiy-nazariy, metodik zaxiralaridanoqilona foydalanadilar, vaqtni unumli sarflaydilar, pedagogik ijodiy faoliyat vujudga keladi, kommunikativ kompetentligi namoyon bo‘ladi; - jamoada iqtisodiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘ladi, uni innovasion boshqarishga erishiladi; Педагогик технология - дунё фан-техника тараққиёти талаблари асосида кадрлар тайёрлаш сифат самарадорлигини таъминлаш мақсадида ўқитувчи ва ўқувчининг интеллектуал имкониятлари, маҳорати илғор педагогик тажрибалар, фан ютуқларидан унумли фойдаланган ҳолда ўқув-тарбия жараёнини модернизация қилиш, лойиҳалаштириш, олдиндан режалаштирилган, юқори натижага эришиш кафолатидир. (О.Мусурманова) Педагогик технология - таълим шаклларини такомиллаштириш вазифасини кўзлаган ўқитиш ва бошқаларни ўзлаштиришнинг барча жараёнларини техника ва инсон омилларида, уларнинг биргаликдаги ҳаракатлари воситасида яратиш, татбиқ этиш ва аниқлашнинг изчил методи демакдир . (ЮНЕСКО)
- “O‘qituvchi global internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovasion pedagogika, axborot kommunikasiya texnologiyalarini egallash va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish” bo‘yicha o‘z kasb mahoratini, ilmiy-pedagogik faoliyatini doimiy oshirib borishga ma’suliyat bilan yondoshadi. Pedagogik texnologiyani o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: - dars jarayonida beriladigan materiallarning ilmiy-nazariy qimmatga egaligi; - o‘quv tarbiya jarayonini puxta loyihalashtirilishi, dasturlanishi; - o‘qituvchi va o‘quvchida subyekt-subyekt sifatidagi kommunikativ qobiliyatining to‘liq safarbar etilishi; - o‘quv tarbiya jarayonida o‘qituvchi ijodkorligi, kasbiy kompetentligi, tashabbuskorligi, navatorligining yaxlit namoyon etishi yuzasidan umumpedagogiq psixologik hamda o‘quv fani chuqur bilimga, amaliy tayyorgarlik bo‘yicha bilim, ko‘nikma vamalakalarga ega bo‘lishi; - ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga innovasion yondoshuv, AKTdan unumli foydalanish,yangi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarning amaliyotda tatbiq etilishi; - ta’lim-tarbiya jarayonini innovasion boshqarish va unga rahbarlik; - ta’lim-tarbiya maqsadiga yetish, yuqori natijani qo‘lga kiritish uchun inson imkoniyatlari bilan texnik quvvatning yakdil xarakatga keltirilishi; - har bir texnologiyaning metodi jihatdan individualligi lekin metodologiyaning ko‘zlagan maqsadning bir xilligi, pedagogik muvaffaqiyatlarning kafolatlanganligi; - “o‘quv tarbiya jarayoni takrorlanuvchanligini ta’minlanishi va tezkor qaytuvchan aloqaning mavjudligi”; - pedagogik faoliyatning qiziqarliligi, sinfning yoppasiga faolligini ta’minlanishi, o‘quvchi bilimini to‘liq namoyon etishga, qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilganligi, vaqtdan unumli foydalanilishi, har ikkala subyektning o‘z ustida ishlash motivining yuqoriligi; - o‘quvchidagi bilish faoliyatini, o‘zlashtirish darajasini samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi. Pedagogik texnologiyalarning negizida o‘quvchi va o‘qituvchining ijodiy pedagogik faoliyati yotadi. Ilmiy - nazariy faoliyat jarayonida o‘qituvchi ilmiy, nazariy, metodik xarakterdagi manbalarni o‘rganadi va o‘z faoliyati jarayonida undan ijodiy foydalanadi. O‘quvchi esa yangi ilmiy- nazariy bilim egallaydi. O‘z tajribalari asosida ilmiy-metodik materiallar (tezis, ma’ruza, maqola, uslubiy qo‘llanma, o‘quv qo‘llanmasi, darslik va b.q) tayyorlashi va chop etilishi mumkin. V.Ye.Pisarev va T.Ye.Pisarevalarning fikricha ilmiy pedagogik faoliyat nazariy va tajriba-sinov ko‘rinishlaridan iboratdir. Pedagogik faoliyatning amaliy jihati esa o‘qituvchining ilmiy-nazariy, metodik bilimni o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchi bilan bo‘ladigan kommunikativ faoliyatida ijodkorlik va mahorat bilan namoyon etishdir. Har ikkala subyektning ham o‘quv fani bo‘yicha samaradorlikka erishish mezonlari aynan shu bosqichda o‘zini namoyon etadi. Ruhiy- Ижодий фаолият – бу ўқитувчи ва ўқувчидаги аниқ ягона мақсадга қаратилган руҳий, интеллектуал салоҳият, қобилият, маҳоратни бирлаштириш замирида илмийкашфиётлар,ихтиролар яратиш демакдир . Ижодий педагогик фаолият мазмунан 3 та турга бўлинади. Яъни, - илмий-назарий; - амалий; - руҳий-коммуникатив .