Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.Yagona pedagogik jarayon. Didaktika-ta’lim nazariyasi sifatida.


Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari.Y a gona pedagogik jarayon. Didaktika-ta’lim nazariyasi sifatida. Reja: 1. Jamiyat va inson taraqqiyotida pedagogikaning o’rni. 2. Pedagogika fani, uning maqsad va vazifalari. 3. Pedagogikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari). 4. Pedagogikaning fanlar bilan aloqasi va pedagogika fanlari tizimi . 5. Pedagogika faninig ilmiy - tadqiqot metodlari 6. Tа’lim jаrаyoni yaхlit tizim sifаtidа. Tа’lim tushunchаsi vа mоhiyati 7. Tа’lim jаrаyonining yaхlit tizim sifаtidаgi tаvsifi 8. Tа’lim funksiyalаri
Kuzatish usuli ta’lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig`ish imkonini tug`diradi. Bu usul ancha murakkab bo’lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo’llaniladi. Tabiiy kuzatish orqali o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq- atvori va muammolaridagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy- tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi. Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o’quvchilarning tabiiy faoliyatini balki ularning ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar oqibat natijada pedagogika fani mazmunini boyishiga sabab bo’ladi. Pedagogik tadqiqotda suhbat metodining o’rni qanday? Ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g`ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli maktab o’qituvchilari va o’quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo’llaniladi. Bunda suhbat usulini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Bolalar ijodi qay shaklda o’rganiladi? Bolalar ijodini o’rganishda maktab o’quvchilarining o’ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Bunda o’quvchilarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, she’r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari ularning dunyoqarashi va ma’naviyatini o’rganish uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Bu usul orqali o’quvchilar orasidan yetishib chiqayotgan iste’dodli , iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib boriladi. Bolalar ijodini quyidagi jarayonlarda ham aniqlash mumkin: fan olimpiadalari, mavzular bo’yicha
konkurslar; maktablar bo’yicha ko’rgazmalar; musobaqalar; sayohatlar va boshqalar. Ilmiy tadqiqotda test, so’rovnomalar usuli yetakchi usul sanaladi. So’rovnoma - anketa usuli qo’llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o’quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi. Test sinovlarini o’tkazishdan maqsad oz vaqt ichida o’quvchilarning bilimlarini yoppasiga aniqlash va baholashdir. Test savollarining o’rni va ularning mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, o’quvchilarning mustaqil fikrlarini o’stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi. Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuliga nimalar kiradi? Bu usul orqali o’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi , ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma’lumotlar olinadi. Maktab hujjatlari deyilganda, o’qituvchi va o’quvchilarning soni, o’quvchilarning shaxsiy hujjatlari| sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi. Eksperiment - tajriba-sinov usulining ahamiyati qanday? «Eksperiment» so’zi lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish» ma’nosini anglatadi. Eksperimental tajriba ishlari, asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Eksperiment usuli sharoitga qarab 3 xilda o’tkaziladi: 1. Tabiiy eksperiment, 2. Laboratoriya eksperimenti, 3. Amaliy tajriba. Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli nima uchun kerak? Pedagogik tadqiqot statistika ma’lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o’zligini namoyon etolmaydi. Nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta’limi sohasidagi, jumladan ajratilgan mablag`larning oshirilishi, xalq ta’limi muassasalarining o’sib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali
qurollar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo’jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag`lar statistika usuli orqali aniqlanadi. Statistik omil aniq, hayotiy bo’lsa bajarilayotgan ta’lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo’ladi. Pedagogik tadqiqotda matematika va kibernetika usulining ahamiyati qanday? «Kibernetika» grekcha rolni bajaraman, idora etaman degan ma’nolarni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy qoidalarini va vositalarini ishlab chiqadi. Uning mazmuni axborot berish, dasturlashtirish, algoritmlar, boshqaruvchi tizim, model yasash singari asosiy nazariyalarda o’zligini namoyon etadi. Mazkur usuldan bugungi kunda pedagogikada ham keng foydalanilmoqda. O’qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetika mashinalari yordamida bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o’qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, differensial va individual ta’lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlar bajarilmoqda. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlariga ijodiy yondashuvning ahamiyati haqida ham to’xtalib o’tish lozim. Talabalar ma’ruza va seminar mashg`ulotlari davomida o’zlashtirib olgan ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari mavzusini esga olgan holda maktab hujjatlarini o’rganish orqali matematik-statistikaga murojaat etadilar. Bunda o’zlari tahsil olgan maktabning qachon tashkil topgani, undan qancha olim, sportchi, shoir,xalq maorifi a’lochilari, o’qituvchilar yetishib chiqqanligini, bugungi kungacha qancha o’g`il-qiz bitirib chiqqani, jumladan, 2005-2006 o’quv yilida qancha o’quvchi oliygohlarga, litsey, kollejga o’qishga kirganligi haqida ma’lumot to’plashlari lozim. Buning uchun ular maktab manitoringiga murojaat qilishlari kerak. Talabalar biror sinfdagi bolalar ijodini o’rganish uchun pedagogik kuzatish metodidan foydalansalar maqadga muvofiq bo’ladi. Oddiy kuzatish orqali ularning dunyoqarashlarini bilib olishlari mumkin, ilmiy kuzatish orqali ularning qaysi