Qаdimgi davr fani. Mesopotamiya fani va madaniyati
2-Mavzu: Q а dimgi davr fani. Mesopotamiya fani va madaniyati Reja: 1. Mesopotamiyada yozuv va ilm dargohlarini yuzaga kelishi. 2. Ilmiy bilimlarning shaqllanish shart-sharoitlari. 3. Mesopotamiyada astronomiya va matematika fanlari ravnaqi. 4. Tibbiyot va veterinariya fanlari. Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan qadimgi dunyo fan tarixiga berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. Dars o’tish vositalari: doska, plakat, Fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar Tayanch iboralar: Mesopotamiya, yozuv, ibodatxona, bilim, astronomiya va matematika fanlari, filologiya , tibbiyot va veterinariya, hakim (vrach). Mesopotamiya madaniyati qadimgi zamonda Old Osiyoning hamma xalqlari o’rtasida keng yoyilgan va antik dunyoning madaniy taraqqiyotiga zo’r ta’sir ko’rsatgan. Eng qadimgi Shumer-Akkad zamonidagi, eramizdan avvalgi IV-ming yillik boshlaridagi madaniyatning davomi bo’lgan Bobil madaniyati to’rt ming yil davomida nasldan-naslga o’tib, rivojlanib borgan va nihoyatda gullab-yashnagan. Shumer va Akkad shaharlari hamda Elamning Mesopotamiyaga yondoshgan va Ikki daryo oralig’i bilan qadimdan juda yaqin madaniy-tarixiy aloqa qilib kelgan oblastlari bu madaniyatning eng qadimgi markazlari bulgan. Yozuvning ixtiro qilinishi shumer xalqining eng katta madaniy yutuqlaridan biri bo’lgan; Shumer yozuvi Uruq davrida, eramizdan avvalgi IV-ming yillikning boshlaridayoq paydo bo’lgan. Qadimgi zamondagi boshqa xalqlarning o’ziga alohida yozuv sistemasi paydo bo’lganidek Shumer yozuvi ham dastavval surat yozuv tariqasida vujudga kelgan, bunda ayrim surat belgilar aytilmoqchi bo’lgan so’zni rasm bilan ifoda etgan. Biroq ko’zga ko’rinadigan narsalar va hodisalarning eng qadimgi belgi- rasmlari yordami bilan bu oddiy surat yozuvda murakkab tasavvurlar va mavhum tushunchalarni tasvirlab bo’lmagan. Shu sababdan mirza bunday so’zlarni ifoda qilish uchun bir qancha turli xil belgilarni bir-biriga qo’shishi kerak bulgan. Masalan, «yig’lash» so’zini yozish uchun «ko’z» hamda «suv»ni bildiradigan
belgilarni qo’shib ko’rsatish lozim bo’lgan. «Yomg’ir» suzi «yulduz» (osmon) va «suv» belgilarini bir-biriga qo’shish orqali bildirilgan. «Tug’ish» so’zi odatda «qush» va «tuxum» belgilarini bir-biriga qo’shish bilan ifodalangan. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday yozuv murakkab, qo’pol va noqulay bo’lgan. Tilning murakkablashib borishi hamda juda ko’p xilma-xil so’zlarning va grammatik formalarning paydo bo’lishi yozuv sistemasini soddalashtirishni talab kilgan. Shu munosabat bilan qadimgi surat yozuvga (piktografiyaga) asos bulgan tasviriy prinsip yuqola borib, uning o’rnini so’zning tovush tomoni (fonema)ni yozma belgilar orqali ifoda qilish sistemasi asta-sekin ola borgan. Turmush sharoitlari, biror hujjatni tez yozish zaruriyati eng qadimgi zamonlardayok, shumeriylarning bu juda qadimgi surat yozuvini soddalashtirishni talab qilgan. Shu sababdan biror narsaning butunicha rasmini chizish urniga uning faqat eng xarakterli qismini chizib, sekin-asta rasmni chiziqli sxemaga aylantira borganlar. Misol uchun «ho’kiz» so’zini, odatda, ho’kiz kallasini tasvirlovchi sodda chiziq bilan ifoda qilganlar. Zamonlar o’tishi bilan belgilar «Blau lavhalari» deb atalgan lavhalardagi qadimgi Shumer yozuvlari sopol lavhalarga alohida usul bilan tushiriladigan bo’l gan, shu munosabat bilan tez yozish zarurati tug’ilgan va natijada yozuv belgilari yanada ko’proq sxemalashtirilgan hamda mixxat sistemasi ishlab chiqilgan. Belgilar hali qotmagan loy lavhalar ustiga uyib tushirilgan, bu belgilar bora-bora ilgarigi surat shaklini yuqotgan va zamonlar o’tishi bilan vertikal, gorizontal va egri tushirilgan pona mixlar yig’indisidan iborat turli xil formalar tusini olgan. Bobilliklar Shumer madaniyatining asosiy elementlari bilan birga, shumeriylar mixxatini ham qabul qilganlar, keyin esa Bobil savdosi va madaniyatining keng rivojlanishi tufayli, bu mixxat butun Old Osiyoga yoyilgan- Qadimgi Akkadda, Ossuriyada, Xett davlatida, Urartuda, Suriya va qadimgi Eronda ham mixxatdan foydalanilgan. Eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillik o’rtalarida mixxat xalqaro diplomatik yozuv sistemasiga aylangan. Hatto Old Osiyo podsholari bilan hamda Suriya va Finikiya knyazlari bilan juda ko’p xat yozishib turgan Misr fir’avnlari va amaldorlari ham mixxatdan foydalangan. Filologiya sohasida ba’zi bilimlar orttirish yœlidagi dastlabki intilishlar ham, amaliy ahamiyatga ega bo’lgan. Qadimgi Mesopotamiyada tillari butunlay boshqa-boshqa bo’lgan va o’zaro doim aloqa qilib turgan shumeriylar bilan Akkad semitlaridan iborat ikki qabilaning mavjudligi bu tillarni o’rganish uchun turli maktab qo’llanmalari tuzishni talab qilgan. Mixsimon burinli belgilar (sillabarlar)ning ruyxatlari shu maqsad bilan tuzilgan bo’lib, unda bu belgilarni shumer va akkad tillarida qanday o’qitish kerakligi ham kursatilgan. Shumer va akkad tillarida tegishli izohlar berib tuzilgan mixsimon ideogrammalar (butun- butun tushunchalarni ifodalaydigan ma’noli belgilar) ning ruyxatlari ham shunday
ahamiyatga ega bo’lgan. Shu bilan birga, atoqli otlar yozilgan juda ko’p ro’yxatlar, tog’lar va mamlakatlarning nomlari, xudolar va ibodatxonalar, toshlar, o’simliklar, yog’och va teridan yasalgan narsalar va boshqalarning nomlari yozilgan ro’yxatlar xilma-xil sohalarda bilim orttirishga bulgan intilishni ko’rsatadi. Shuningdek bu ruyxatlar oddiy tarzda va ko’pin cha amaliy suratda sistemaga solishning eng qadimgi boshlang’ich usullarini hamda bularni shumer yoki akkad tilini o’rganish maqsadida ishlatilganligini ko’rsatadi. Xattot (kotib)larning ana shu faqat spravka tariqasidagi qo’llanmalari bilan bir qatorda, maktablarning grammatik mashqlari ham saqlanib qolgan. Bunday grammatik mashqlar qa dimgi Shumer shahridagi Nippur ibodatxonasining kutubxonasidan topilgan. Maktablar, Ibodatxonalar qoshidagi maktablar ana shu hamma bilimlarni tarqatadigan markaz bo’lgan. O’sha maktablar xattotlarni kelgusida qiladigan ishlarga tayyorlagan. Hattotlar ayni vaqtda kohin xam bo’lganlar. Bu maktablarda umumiy bilim berish bilan bir qa torda, birmuncha yuqoriroq maxsus ma’lumot ham berilgan. Umumiy ma’lumot yozuv va til o’rganish, arifmetika, geometriya va astronomiyadan elementar bilim olish shuningdek yulduzlarga qarab fol ochishdan iborat bœlgan. Nihoyat, din, huquq, me disina va muzikaning turli sohalarini o’rganish maxsus ta’lim sistemasiga kirgan. O’qitish sistemasi juda oddiy bo’lib, o’qituvchi bergan savollarga o’quvchilarning javobi, bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, yozuv mashqlari va yodaki takrorlash bilan cheklangan. Marida o’tkazilgan qazishlar vaktida o’quvchilarga mahsus skameykalar qo’yilgan maktab binosi topilgan edi. Mesopotamiyada diniy-sehriy dunyoqarashlar chuqur singib ketgan bo’lishiga qaramay, kundalik turmush ehtiyojlari odamlarni tabiat hodisalarining ichki mazmunini obektiv ravishda tushunib olish uchun bu hodisalarni diqqat bilan kuzatib borishga majbur etgan. Buning natijasida abstrakt fikrlashning dastlabki, hali juda oddiy formalari asta-sekin paydo bo’lgan. Odam tabiatdagi bir-biriga o’xshash hodisalarni kuzatar ekan, hali ularni sistemalashtirishga dadil kirisha olmagan, asosan amaliy maqsadlarni ko’zda tutibgina hayvonlar, o’simliklar va toshlarning ro’yxatlarini tuzgan. Xo’jalik ehtiyojlaridan asta-sekin eng qadimgi fan kurtaklari, xususan matema tika va astronomiya kurtaklari o’sib chiqqan. Mahsulot va mollarning miqdorini, og’irligini o’lchash, ish kuchlari miqdorini aniqlash, binolar hajmini belgilash, dalalarning er yuzasini hisoblab chiqarish zaruriyati eng qadimgi matema tik hisoblarning paydo bo’lishiga va bu sohada tegishli bilimlarning to’planishiga hamda arifmetika va geometriyaning tug’ilishiga olib kelgan. 2.Mesopotamiyada yashagan qa dimgi xalqlarning matematika sohasidagi bilimlarining asosi eng qadimgi shumeriylar zamonida yaratilgan, jumladan asosi 5, 6, 10 sonlari hamda ularning ko’paytmalari 30 va 60 bo’lgan sanoq sistemalari
ham o’sha qadimgi shume riylar zamonida maydonga kelgan. Qo’l panjasiga qarab sanash, ya’ni birdan beshgacha sanash hisoblashning eng oddiy usuli bo’lgan. Birinchi beshta sonning shumeriycha atalishi buni ko’rsatib turadi. 6, 7, 8 va 9 sonlarining nomlari beshni tegishli qo’shimcha songa qo’shish natijasida tuzilgan (6= 1+5; 7 = 2 + 5; 8 = 3 + 5; 9 = 4 + 5). Hisoblashning oltmishlik sistemasi ham shumeriylar davrida yaratilgan, bu sistemaning asosiy birligi 60, 60 2 = 3600 va 60 3 = 216000 bul gan. O’nlik sistemasining kurtaklari shumeriylar davrida, ya’ni 10 ni ifodalovchi alohida suz va mixxat paydo bo’lgandan keyin vujudga kelgan. Akkadda va Osuriyada 100 va 1000 ni ifodalash uchun alohida belgilardan foydalanganlar, bu esa o’nlik sistemasining rivojlanganini ko’rsatadi. Hisoblashning o’nlik va oltmishlik sistemalarining uziga xos usul bilan qo’shilishi 10,600 va 36000 raqamlarini, shuningdek bu raqamlarni ifodalovchi belgilarni ajratish zaruriyatini tug’dirgan. Hisoblashning turli xil sistemala rining o’ziga xos bir tarzda birga ishlatilishi va kombinasiyalari yilning 360 kunga va doiraning 360 bo’lakka bo’linishida o’z ifodasini topgan. Matematika tekstlari shumeriylar davridayoq matematikaning ancha taraqqiy qilganligini ko’rsatadi. Bu tekstlarda alohida formulalar bilan darajaga ko’tarish, kvadrat va kub ildizlar chiqarish va hatto hajmlarni hisoblash ham tilga olinadi. Progres siya prinsipi ham ma’lum bo’lgan, deb o’ylash mumkin, 16 ga ortib boradigan arifmetik progressiya va 2 ga kamayib, boradigan geometrik progressiyaning tilga olinishi shu prinsipning mavjud bo’lganligidan darak beradi. Hisoblashlarda kasrlar, ko’pincha surati birga teng bo’lgan kasrlar qo’llanilgan. Ammo 2 / 3 , 5 /ye kasrlar, shuningdek 3 / 6 , 4 /b va 5 / 6 kasrlarni belgilash uchun ishlatilgan shumeriycha nomlar ham uchraydi. 180 ming raqamigacha (ko’paytishda) ko’paytirish, qo’shish va olish yuzasidan tayyor jadvallar bo’lganligi bu qadimgi matematikaning sof amaliy xarakterda ekanligini ko’rsa tib turadi, bu jadvallar arifmetik amallarni tezda hal etishda mirzaga yordam bergan. 2 / 3 dan 81 gacha bo’luvchilari bo’lgan buluv jadvallari ham saqlanib qolgan. Akkad dav ridan qolgan dala planlarida er bo’laklarining yuzi aniq o’lchab ko’rsatilganligi geometriya sohasidagi birinchi ma’lumotlar qishloq xo’jaligining rivojlanishi munosabati bilan va er uchastkalarini tez-tez o’lchab turish zaruriyati orqasida paydo bo’lganligidan dalolat beradi. Egri-bugri bo’lgan dala yuzasini xisoblab chiqarish uchun bu er maydoni bir qator to’g’ri burchaklar, uch burchaklar hamda trapesiyalarga bulingan va har bir shaklning yuzasi alohida o’lchangan va keyin hosil bulgan sonlar quo’ilib, uchastkaning umumiy yuzasi aniqlangan. Astronomiya Vaqtni hisoblash zaruriyati kalendar sistemasining belgilanishiga sabab bo’l gan, bu esa astronomiya sohasida ma’lum bilimlarni talab qilgan. Birqancha astronomik ma’lumotlar Shumer-Akkad davridayoq to’plangan.
Bu davrdan qolgan katta astronomik asarda ancha-muncha astronomik kuzatishlar, xususan dunyoning to’rt iqlimi to’g’risidagi tasavvur keltirilgan. Bu astronomik ma’lumotlar o’sha davrda juda keng tarqalgan. Masalan, ba’zi nomlarning tarkibiga planetalarning nomlari kiritilgan. Shumer va Bobilning astronom- kohinlari o’z observatoriyalarining tepalaridan turib quyosh, oy va yulduzlar harakatini kuzatganlar; observatoriyalar odatda ibodatxonalarning etti pog’onali minora-zikkurati tepasidagi maydonchada joylashgan. Bunday minoralarning xarobalari Ikki daryo oralig’ining barcha qadimgi shaharlaridan: Ur, Uruq Nippur, Akkad, Bobil va boshqa shaharlardan topilgan. Ko’p asrlar davomida olib borilgan astronomik kuzatishlar natijasida juda ko’p bilim to’plangan. Bobil kohinlari yulduzlarni beshta planetadan ajrata bilganlar va bu planetalarning alohida nomlari bulgan. Planetalarning orbitalari am ma’lum bo’lgan. Butun yulduzlar osmoni zodiakning bahordagi nuqtasidan boshlab 15 qismga bo’lingan. Yulduzlar yulduz turkumlariga bo’lingan. Eklip tika ham aniqlanib, 12 bo’lakka va shunga muvofiq 12 zo diak yulduz turkumlariga bo’lingan. Bularning nomlari keyingi vaqtlargacha saqlanib kelgan. Planetalar, yulduz lar, kometalar va meteorlar hamda quyosh va oy tutilishi yuzasidan olib borilgan kuzatishlar rasmiy hujjatlarda qayd etilgan. Turli yulduzlarning kulminasion paytlari kuzatilganligi va ular qayd etilganligi, shuningdek kulminasion davrlar o’rtasidagi vaqtning hisoblab chiqarilganligi astronomiyaning yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Bobil astronomiyasining eng yuksalgan zamoni eramizdan avvalgi VIII—VI asrlarga to’g’ri keladi. Bu davrda Bobilning astronom - kohinlari juda ko’p astro nomiya bilimi to’plaganlar, preqyessiya (tun va kun baravar bo’ladigan vaqtni oldindan bilish) haqida tasavvurlari bulgan va hatto quyosh hamda oy tutilishini oldindan ayta bilganlar. Astronomiya sohasidagi elementar bilimlar Bobil kohinlarining o’ziga xos kalendar sistemasi tuzishlariga imkon bergan. Bu kalendar sistemasi qisman oy fazalarini doim kuzatib borish natijasida hosil qilingan ma’lumotlarga asoslangan. Vaqtni hisoblashda sutka (bir kecha-kunduz), qamar oyi hamda 354 kundan iborat yil asosi kalendar birligi qilib olingan. Bir sutka uch qorovullik kechaga va uch qorovullik kunduzga bo’lingan, bunda sutkaning boshlanishi odatda kun botgan vaqtdan hisoblangan. Shu bilan birga, har bir sutka 12 soatga va har bir soat 30 minutga bo’lingan. Shunday qilib, sutka 12 ta katta va 360 ta kichik bo’lakka bo’lingan. Bu esa Bobil matematikasi, astronomiyasi va kalendari sistemasiga asos qilib olingan oltilik sanoq sistemasiga mos keladi. Doira, sutka va yilni 12 ta katta va 360 ta kichik bo’lakka bo’lishga urinish kalendarda ham aks etganligi ko’rinib turibdi. Har bir qamar oyining boshlanishi va shunga muvofiq ravishda uning davom etish muddati har gal tajriba asosida, maxsus astronomik kuzatishlar natijasida belgilangan, chunki har oy albatta yangi oy tug’ilgan kundan boshlanishi