logo

Qayta qurish siyosatining mohiyati. “Qayta qurish” sharoitida madaniy hayot

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

33.650390625 KB
    Qayta qurish siyosati ning mohiyati .  “Qayta qurish” sharoitida
madaniy hayot
Reja:
1. Sobiq SSSR da qayta qurish siyosatini va uning oqibatlari 
2. Qayta qurish yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy ahvoli
3. Millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi. Farg‘ona voqealari. XX asrning 80-yillari o‘rtalarida mamlakatimiz va jahonda «qayta qurish»
tushunchasi   keng   iste’molga   kirgan   bo‘lib,   u   SSSRda   totalitar   tuzumni
islohotlar   yo‘li   bilan   o‘zgartirishga   qaratilgan   harakatni   anglatardi.   Qayta
qurish   siyosatining   maqsadi   va   vazifasi   mamlakatda   to‘planib   qolgan
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni
qayta qurish yo‘li bilan hal etishdan iborat edi.
Sovet   jamiyatida   boshlangan   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   va   ma’naviy
rivojlanishning   mohiyatini   belgilab   bergan   islohotlar   o‘n   yillar   davomida
etilib keldi. Bu islohotlarning zaruriyligi XX asrning 60-70-yillarida jahonda,
aniqroq   aytganda,   rivojlangan   mamlakatlarda   yuz   bergan   chuqur   texnologik
o‘zgarishlar,   insoniyat   sivilizatsiyasining   rivojlanishida   sifat   jihatidan   yangi
bosqich-postindustrial jamiyatga o‘tish bilan belgilangan edi.
Ko‘pgina   omillar   1985   yil   arafasiga   kelganda   SSSR   ijtimoiy-iqtisodiy   va
siyosiy jihatdan chuqur tushkunlikni boshdan kechirayotgani, real sotsializm
amalga oshmaganidan dalolat berar edi. Sovet jamiyatida turmush darajasi va
sifati,   uning   davomiyligi,   kishilarning   o‘rtacha   umr   kechirish   darajasi,
xususan,   bolalar   o‘limi,   aholini   keng   iste’mol   mollari   va   xizmatlari   bilan
ta’minlash   ko‘rsatkichlari   bo‘yicha   SSSR   nafaqat   rivojlangan   davlatlardan,
balki  taraqqiyoti  o‘rtacha  darajadagi  kapitalistik  mamlakatlardan  ham  ancha
orqada qolib ketdi.
Sovet   jamiyatidagi   ta’lim,   ishchilar   malakasi,   ijro   intizomi   yuqori   indus -
trial   jamiyat   va   zamonaviy   texnologiyalarga   qo‘yilgan   talablarga   javob
bermas edi. Bu davrga kelib sotsializmning barcha jihatlarini, uning iqtisodiy
asoslarini,   ijtimoiy   hayotini,   siyosiy   tuzumini,   ma’naviy   sohasini
yangilashning   qat’iy   zaruriyati   sezila   boshladi.   Ammo   yangilanish
jarayonining   yo‘llari,   shakllari   va   mohiyati   darrov   anglab   olinmadi.   Ko‘p
narsalarni sovet jamiyati taraqqiyotining»qayta qurish» deb nom olgan tarixiy
bosqichi jarayonida aniqlash, tuzatish va qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keldi. KPSS   etakchisi   va   SSSR   rahbari   K.U.CHernenko   vafotidan   so‘ng   KPSS
Markaziy   Komiteti   Bosh   sekretari   lavozimiga   saylangan   M.S.Gorbachyov
oradan   40   kun   o‘tgach,   o‘zining   g‘oyaviy   prinsiplari   va   yangi   yo‘lini   ilk
marta keng jamoatchilikka e’lon qildi.  1985  yil  23  aprelda Moskvada bo‘lgan
KPSS Markaziy  Komitetining  Aprel  plenumida qilgan ma’ruzasida bu fikrlar
aytildi.   Xullas,   KPSS   MKning   Aprel   plenumi   sovet   jamiya ti   hayotining
barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e’lon qildi. Iqtisodiy taraqqiyotni
jadallashtirish, jamiyatda oshkoralik va demokratiyani qaror toptirish, KPSS
MK   Bosh   sekretari   M.S.Gorbachyov   tomonidan   ilgari   surilgan   qayta   qurish
siyosati vaqt e’tibori bilan 1953 - 1956, 1964 - 1965, 1982 - 1983 yillardagi
islohotlardan keskin farq qilib, 1985  yilda sovet jamiyatini kompleks tarzda
yangilash   zaruriyatini   e’tirof   qilgan   edi.   Qayta   qurishning   asosiy   tarkibiy
qismlari   ijtimoiy   hayotni   demokratlashtirish   va   tub   iqtisodiy   islohot
o‘tkazishdan iborat ekanligi e’lon qilindi.
Hozirgacha   ko‘pchilik   tadqiqotchilar   tomonidan   mamlakatimiz   va   xorijda
1985   yil   23   aprel   kuni   SSSRda   qayta   qurishning   boshlanish   sanasi,   deb
e’tirof   qilib   kelinmokda.   Aslida   sovet   jamiyatidagi   qayta   qurish   jarayonlari
bu sanadan boshlangani qaysi darajada haqiqatga mos tushadi?
M.S.   Gorbachyov   Aprel   plenumida   so‘zlagan   «KPSSning   navbatdagi
XXVII   s’ezdini   chaqirish,   unga   tayyorgarlik   ko‘rish   va   o‘tkazish   bilan
bog‘liq   vazifalar   to‘g‘risida»   nomli   ma’ruzasida   aslida   muammoning
quyidagi   jihatlariga   e’tibor   qaratgan   edi:   «Mamlakatning   tarixiy   taqdiri,
hozirgi   dunyoda   sotsializmning   pozitsiyalari   bizning   bundan   buyon   ishni
qanday   olib   borishimizga   ko‘p   jihatdan   bog‘liq   bo‘ladi.   Bu   ilmiy-texnika
revolyusiyasi   yutuqlaridan   keng   ko‘lamda   foydalanib,   sotsialistik   xo‘jalik
yuritish  formalarini  hozirgi  sharoitlar  va  talab-ehtiyojlarga muvofiqlashtirib,
sotsial-iqtisodiy   taraqqiyotni   ancha   jadallashtirishga   erishishimiz   lozim.
Boshqacha yo‘lning o‘zi yo‘q... Hozir   mamlakat   iqtisodiy   rivojlanishini   jadallashtirishga   qanday   qilib   va
nimalar hisobiga erisha oladi, degan masala asosiy masala bo‘lib turibdi. Biz
Siyosiy   byuroda   shu   masalani   ko‘rib   chiqib,   yakdillik   bilan   buning   uchun
real imkoniyatlar mavjud, degan xulosaga keldik. O‘sish sur’atlarini, shunda
ham   talay   darajada   o‘sish   sur’atlarini   jadallashtirish   vazifasini   bemalol
bajarsa bo‘ladi, buning uchun faqat ekonomikani intensivlash va fan-texnika
taraqqiyotini   jadallashtirishni   butun   ishimizning   markaziga   qo‘yish,
boshqaruv   va   planlashtirishni,   struktura   va   investitsiya   siyosatini   qayta
qurish, hamma joyda uyushqoqlik va intizomni kuchaytirish, faoliyat uslubini
tubdan yaxshilash zarur».
Ma’ruzada   Sovet   Ittifoqida   yuzaga   kelib   qolgan   ijtimoiy-siyosiy   va
iqtisodiy   tang   holatdan   chiqishning   aniq   yo‘li   belgilanmay   va   islohotlar
dasturi   ishlab   chiqilmay   ushbu   holatdan   qutulish   va   yangi   siyosiy   burilish
yasash   uchun   mavjud   imkoniyatlardangina   to‘g‘ri   foydalanish   nazarda
tutilgan   hamda   unga   umid   qilingan   edi.   SHuning   uchun   plenumda   fan-
texnika   taraqqiyotini   jadallashtirish   orqali   mamlakatda   ijtimoiy   va   iqtisodiy
rivojlanishni   jadallashtirish   yo‘li   e’lon   qilindi.   Xullas,   bu   plenumda
partiyaning qayta qurish  siyosati emas, aslida ijtimoiy-iqtisodii rivojlanishni
jadallashtirish   yo‘li   e’lon   qilindi.   SHuningdek,   siyosiy   rahbariyat   ko‘pgina
muammolarni   hal   etish   yo‘li-iqtisodiy   o‘sish   sur’atlarida   vujudga   kelgan
pasayishni mamlakat mashinasozligining qoloqligini bartaraf etishdan iborat
deb   bilgan   edi.   Ularning   fikricha,   kuch-g‘ayratni   ana   shu   muhim
yo‘nalishlarga   to‘plab,   sovet   iqtisodiyotini   nisbatan   qisqa   muddat   ichida
yangi   marralarga   olib   chiqish,   so‘ngra   esa   ijtimoiy   omillarni   ham
faollashtirish,   xususan,   sovet   kishilari   farovonligini   oshirish   mumkindek
tuyulgan   edi.   SHu   bilan   birga   xalq   xo‘jaligini   boshqarish   tizimini
takomillashtirish, mehnatni tashkil etishning yangi shakllarini rag‘batlantirish
ko‘zda tutilgan edi. M.S.Gorbachyov   tomonidan   fan-texnika   taraqqiyotini   jadallashtirish
masalalari   yuzasidan   1985   yil   11   iyunda   KPSS   Markaziy   Komitetida
o‘tkazilgan kengashda qilingan «Partiya iqtisodiy siyosatining tub masalasi»
nomli   ma’ruzada   birinchi   marta   qayta   qurish   siyosatining   ayrim   jihatlarini
to‘g‘ri   ko‘rsatishga   harakat   qilingan:   «Fan-texnika   taraqqiyotini   jadallash -
tirish   va   boshqarish   sistemasini,   butun   xo‘jalik   mexanizmini   chuqur   qayta
qurishni qattiq talab qiladi...
Xo‘jalik boshqarishni qayta kurishning asosiy yo‘nalishi bizga ravshan.   U
ham   bo‘lsa,   sotsialistik   xo‘jalik   afzalliklaridan   to‘laroq   va   har   tomonlama
foydalanishdir.   Biz   demokratik   sentralizmni   yanada   mustahkamlash   va
rivojlantirish   yo‘lidan   borishimiz   kerak.   Boshqarish   va   planlashtirishda
markazlashtirishning   samaradorligini   oshirish,   korxona   va   birlashmalarning
xo‘jalik   mustaqilligini   va   mas’uliyatini   ancha   kengaytirish,   rahbarlik
qilishning,   xo‘jalik   xisobi   va   tovar-pul   munosabatlarining   yanada   epchilroq
forma va metodlaridan, iqtisodiy vositalar va omillarning hammasidan aktiv
foydalanish   -   qayta   qurishning   mohiyatidir.   Markaz   bilan   joylarning   kuch-
g‘ayratlari   birligi,   sotsialistik   xo‘jalik   yuritishning   xilma-xilligi   va
qayishqoqligi,   ommaning   tashabbusini   keng   rivojlantirish   -muvaffaqiyatga
erishishning ishonchli kalitidir».
Bu paytda partiya rahbari bo‘lgan mamlakatdagi birinchi siyosiy shaxsning
so‘zlariga   diqqat   bilan   qaralsa,   unda   kelgusida   ham   SSSRda   Markazning
rahbarlik   roli   saqlanib   qolishi,   respublikalar   uning   talablariga   bo‘ysunishi,
xullas,   markazlashtirish   siyosati   ifodalangan.   Faqat   bu   siyosat   endilikda
«qayta   qurish   va   taraqqiyotni   jadallashtirish»   kabi   dabdabali   iboralar   bilan
chirmalgan holatda aytildi va yillar davomida takrorlandi.
Bu yillar da sovet jamiyatini qamrab olgan qayta qurish davrini quyidagi 2
bosqichga ajratish mumkin. Qayta qurishning   birinchi   bosqichi   (1985-1986 yillar)- ma’muriy-tashkiliy
tadbirlarning   an’anaviy   usullarda   olib   borilishi   bilan   izohlanadi.   Mazkur
bosqichda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish
asosida   jamiyatda   tub   iqtisodiy   taraqqiyotni   jadallashtirish   va   uning   asosida
inson omilini faollashtirish mo‘ljallangan edi.
Bu   paytda   SSSRning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan   O‘zbekiston   SSR   ham
mamlakatdagi qayta qurish jarayonlariga tortildi, uning qonuniyatlariga amal
qildi.
Qayta   qurishning   dastlabki   davrlarida   asosiy   e’tibor   mamlakat
iqtisodiyotini   rivojlantirish,   fan-texnika   taraqqiyotini   jadallashtirishga
qaratildi. SHuning uchun ham 1986 yil 1 mart kuni KPSS XXVII s’ezdining
KPSS   Markaziy   Komiteti   Siyosiy   dokladi   yuzasidan   qabul   qilgan
rezolyusiyasida fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish masalalariga maxsus
e’ tibor qaratilgan edi.
Qayta   qurishning   dastlabki   davrlarida   asosiy   e’tibor   mamlakat
iqtisodiyotini   rivojlantirishga   qaratildi.   Ammo   bunday   jarayonni   ijtimoiy
munosabatlarni takomillashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda
ayon   bo‘lib   qoldi.   SHuning   uchun   1986   yilda   qayta   qurish   va   ijtimoiy
munosabatlar masalasiga alohida e’tibor qaratishga majbur bo‘lindi. Bunday
siyosatning   markazida   esa   jamiyatni   demokratlashtirish,   ma’muriy-
buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi.
Bu   davrda   butun   Sovet   Ittifoqida   bo‘lgani   singari   O‘zbekistonda   ham
dastlab   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy   hayotda   ma’lum   o‘zgarishlar
yuz bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari ayrim
qadamlar   tashlandi,   odamlarning   siyosiy   dunyoqarashi   o‘zgara   boshladi.
Ammo tub o‘zgarishlar va barcha sohalarda haqiqiy islohotlarni amalga oshi -
rish   yo‘lidagi   urinishlar   muvaffaqiyat   qozonmadi.   Statistik   ko‘rsatkichlarda
qayd   etilishicha,   1986   yildan   boshlab   mamlakat   iqtisodiy   ahvoli   yanada yomonlasha   boshladi,   1987   yil   yanvardan   ishlab   chiqarishning   o‘sish
sur’atlari   pasaya   bordi,   iqtisodiyotda   inqirozli   holat   yuzaga   keldi.   Qayta
qurishning birinchi bosqichi shu tarzda kutilgan natijani bermadi.
Qayta   qurishning   ikkinchi   bosqichi   (1987   -   1989   yillar)   -   jamiyatning
barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi.  Xullas,
bunday   vazifa   kommunistik   mafkura   tomonidan   1987   yil   yanvarda   yanada
aniqlashtirildi. Moskva shahrida 1987 yil 27-28 yanvarda bo‘lib o‘tgan KPSS
MKning   Plenumida   M.S.Gorbachyov   «Qayta   qurish   va   partiyaning   kadrlar
siyosati   to‘g‘risida»   ma’ruza   qildi.   Unda   siyosiy   islohotlarning   asosiy
maqsadi   oshkoralik   va   kadrlar   siyosatini   to‘g‘ri   yuritish   asosida   so vet
jamiyatini   to‘liq   demokratlashtirishga   e’tibor   qaratildi.   Keyinchalik
M.S.Gorbachyov   o‘zining   qayta   qurish   haqidagi   mashhur   kitobida   bu
g‘oyalarini   davom   ettirdi.   Biroq   siyosiy   tuzumni   isloh   qilish   va
demokratlashtirish,   keng   xalq   ommasining   siyosiy   va   tarixiy   jarayonlarda
ishtirok   etishi   Markaz   uchun   kutilmagan   oqibatlarga   olib   kelishi   natijasida
Moskva tomonidan si yosiy va iqtisodiy islohotlar boshi berk ko‘chaga kiritib
qo‘yildi. Oqibatda 1989 yili nafaqat qayta qurishning ikkinchi bosqichi, balki
SSSR   aholisi,   shu   bilan   birga,   unga   xayrihoh   xalqlar   umid   ko‘zi   bilan
qarayotgan   qayta   qurish   siyosatining   o‘zi   ham   butunlay   mag‘lubiyatga
uchradi. Bu holat ham SSSR inqirozini tezlashtirdi va uning parchalanishiga
olib keldi.
Qayta   qurish   oshkoralik,   demokratiya   va   fikrlar   xilma-xilligining   ma’lum
ma’noda kuchayishiga imkoniyat yaratdi. Ammo mamlakatda tub demokratik
o‘zgarishlarni   amalga   oshirish,   boshlangan   islohotlarni   oxiriga   etkazish
mumkin   bo‘lmadi.   Zo‘rayib   borayotgan   iqtisodiy   tanglik,   siyosiy
boshboshdoqlik   ijtimoiy   adolatga   siyosiy   yo‘l   bilan   erishish   mumkinligiga
ishonchsizlik uyg‘otdi. Xalq   xo‘jaligini   tanazzulga   olib   kelgan   chuqur   izdan   chiqish   jarayonlari,
xalq   ijtimoiy   manfaatlarining   nazar-pisand   qilinmasligi   kabi   boshqa   omillar
bilan birgalikda KPSSning ulkan, biroq kutilayotgan natijalarni bermayotgan
iqtisodiy   siyosati   butun   ijtimoiy-siyosiy   tizimning   oqsashini   oldindan
belgilab berdi.
Qayta   qurishning   mag‘lubiyati   quyidagi   uch   sabab   bilan   izohlanadi.
Birinchidan,   qayta   qurishning   aniq,   izchil,   ilmiy   jihatdan   puxta   ishlab
chiqilgan  strategiya   va  taktikasi   yo‘q  edi.  Ikkinchidan,   kommunistik   partiya
rahbarlari   (partokratiya)ning   katta   bir   qismi   qayta   qurish   g‘alabasidan
manfaatdor emas edilar. Ular har qanday   demokratiya va oshkoralik   totalitar
tuzumning   kushandasi   ekanligini   yaxshi   bilishardi.   Uchinchidan,
M.S.Gorbachyov   g‘oyasi   aso sida   qayta   qurishni   amalga   oshirish   mumkin
emas edi. Sotsializmga xos sinfiy munosabatlar, davlat mulkchiligi, milliy va
ijtimoiy   sohadagi   siyosat,   yakkapartiyaviy   rahbarlik,   kommunistik   mafkura,
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi umuman demokratiya bilan kelisha olmas edi.
Ma’lumki,   qayta   qurish   yuqoridan   boshlandi.   Mazkur   jarayonning
boshlanish   paytida   jamiyat   a’zolari   unga   juda   katta   umid   bog‘ladilar.   Ro‘y
berayot gan   o‘zgarishlar,   ayrim   siyosiy,   ijtimoiy   va   iqtisodiy   islohotlar
kishilarda   ertangi   kun   va   porloq   kelajakka   ishonch   ruhini   yana   uyg‘otdi.
Dastlabki   davrda   qayta   qurish   rahnamolari,   ya’ni   yuqorining   quyi   bilan
munosabatlarida ma’lum kelishuvchilik va hayrihohlik sezildi.
Lekin   keyinchalik   vaziyat   butkul   o‘zgardi.   1987   -   1988   yillardan
boshlangan   iqtisodiy   inqirozning   kuchayishi,   ijtimoiy   muammolarni   hal
etishdagi   uquvsizlik,   demokratik   jarayonlar   va   oshkoralikning   yarim   yo‘lda
qolib   ketishi   -   bularning   barchasi   jamiyat   a’zolarida   qayta   qurishga   bo‘lgan
munosabatni   o‘zgartirdi.   Qayta   qurishning   uchinchi   yilida   uning   to‘liq
mag‘lub bo‘lishi ko‘zga aniq tashlanib qoldi. Amaliy ishlar, foydali tadbirlar
o‘rniga siyosiy jabhadagi turli tadbirlar: siyosiy safsatabozlik, quruq va’dalar, so‘z   bilan   ish   birligining   yo‘qligi   jamiyatdagi   loqaydlik   holatini   yanada
kuchaytirdi.   Ijtimoiy   faollik   o‘rnini   sustkashlik,   davlat   va   partiya   siyosatiga
ishonmaslik, befarqlik, loqaydlik va sovuqqonlik egalladi.
SHuningdek,   qayta   kurish   oshkoralik,   demokratiya   va   fikrlar   xilma-
xilligining   ma’lum   ma’noda   kuchayishiga   imkon   yaratdi.   Aynan   shu   yillar
odamlarning  ijtimoiy  faolligi  oshib,  turli  partiyalar  va  norasmiy  uyushmalar
ham   tashkil   qilindi.   Biroq   bunday   jarayonlarni   madaniy   shaklda   xalqaro
andozalar   asosida   olib   borish   imkoni   bo‘lmadi.   Buning   ustiga,   Ittifoqqa
nisbatan O‘zbekistonda respublika rahbariyati demokratiya va oshkoralikning
kuchayishiga turli to‘siqlar qo‘ydi. Bunga ko‘proq kommunistik mafkuraning
yakkahokimligi,   ma’muriy-buyruqbozlik   tizimi   asoratlari   ta’sir   qilar   edi.
Natijada   tom   ma’nodagi   oshkoralikka   erishib   bo‘lmadi,   demokratiya   esa
amalda navbatdagi siyosiy o‘yinlar ko‘rinishini oldi. Fikrlar xilma-xilligining
turli ko‘rinishlari esa yuqorining siyosiy va g‘oyaviy masalalarda hurfikrlilik
va demokratiyani ta’qib etishi asnosida yuz berdi.
Ana shunday sharoitda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati
Markaz   oldida   o‘zining   no‘noq   va   noshudligini   ko‘rsatdi.   O‘zbekiston
Kompartiyasi Markaziy Komiteti rahbariyati Markazdan qochish va uni inkor
etish   siyosati   o‘rniga,   ko‘proq   unga   yaqinlashish   va   mustahkam   birlashish
yo‘lini   tanladi.   O‘zbekistonning   siyosiy   rahbariyati   Markaz   vazifalarini
tezroq   uddalash,   respublikaning   Ittifoqqa   boqimanda   ekanligi   to‘g‘risidagi
soxta   fikrlarni   tasdiqlashdan   va   takrorlashdan   nariga   o‘tmadi.   Ijtimoiy   va
ma’naviy   sohada   esa   milliylikning   har   bir   ko‘rinishi   internatsionalizm
mohiyatiga yot ekanligini isbotlashga harakat qilindi. Bu holat o‘zbek tilining
maqomi,   islom   dini,   milliy   urf-odatlar,   an’analar   va   diniy   marosimlar,
xususan, Navro‘z bayramiga munosabatda yaqqol ko‘rindi.
Bu   paytda   O‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komitetining   ideologiya
sekretari   bo‘lib   turgan   Ra’no   Abdullaeva   hamda   1985   yili   Toshkentga   15 yillik   tanaffusdan   keyin   O‘zbekiston   SSR   Tashqi   ishlar   ministri   lavozimiga
qaytgan Rafiq Nishonov Markaz siyosatining asosiy ijrochilari bo‘lgan.  Rafiq
Nishonovich   Nishonov   1986-1988   yillarda   O‘zbekiston   SSR   Oliy   Soveti
Prezidiumining   raisi,   1988   yil   12   yanvardan   O‘zbekiston   Kompartiyasi
Markaziy   Komitetini   birinchi   sekretari   kabi   mas’ul   lavozimlarda   faoliyat
ko‘rsatdi.   Keyinchalik   SSSR   tarqalgach,   R.Abdullaeva   va   R.Nishonov
Toshkent va Moskvada yashab, xotiralar yozish bilan shug‘ullanishdi hamda
o‘z   esdaliklarida   Sovet   Ittifoqi   va   KPSS   emirilganligidan
tashvishlanganliklarini oshkora bayon etishdi.
Sovet jamiyati ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot sifati, fan-texnika
taraqqiyoti   bo‘yicha   birin-ketin   o‘z   mavqeini   qo‘ldan   boy   bera   boshladi,
jahonning   rivojlangan   mamlakatlariga   nisbatan   oradagi   farq   xavfli   ravishda
ortib   bordi.   Sovet   iqtisodiyoti   jahonda   bu   borada   yuz   berayotgan
yangiliklarga butunlay e’tibor bermaydigan bo‘lib qoldi, mahsulotning sifati
va raqobatga dosh berolmasligi bilan orqada qolib ketdi.
Xo‘jalik   organizmiga   sovet   hokimiyati   yillarida   o‘rnashib   qolgan   bun day
illatlar   yoki   to‘g‘anoq   mexanizmi   O‘zbekiston   iqtisodiyotiga   yana   ham
ko‘proq   zarar   etkazardi.   Yo‘l   qo‘yilgan   qo‘pol   xatolar,   nuqsonlar,   madaniy
xo‘jalik   yuritish   prinsiplarining   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   buzilishi   natijasida
iqtisodiyot   olg‘a   tomon   siljishida   eng   muhim   bo‘lgan   yo‘nalishlar   barbod
bo‘la boshladi.
O‘zbekiston   SSR   xalq   xo‘jaligining   bir   tomonlama   (paxtachilikka)
ixtisoslashganligi, inson sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan kimyo va boshqa ish -
lab   chiqarish   korxonalarining   o‘ylamasdan   aholi   zich   yashaydigan   joylarda
qurilishi, qishloq xo‘jaligida, ayniqsa, paxtachilikda kimyoviy moddalardan,
zararli   pestitsidlardan   keng   foydalanish   atrof-muhit,   atmosfera,   shuningdek,
millionlab   kishilar   yashab   turgan   joylarining   ekologik   ahvolini
murakkablashtirib   yubordi.   Orol   dengizining   shiddat   bilan   qurib   borishi ahvolni   yanada   qiyinlashtirdi,   bu   hol   butun   O‘rta   Osiyo   va   Qozog‘iston
mintaqasi uchun ekologik muhitni halokat yoqasiga olib keldi.
1989 yildagi Farg‘ona voqealari
Farg‘ona   vodiysida   XX   asr   80   -   90-yillarida   o‘ziga   xos   murakkab
demografik   vaziyat  hukm  surgan.  Tarixan  yuzaga  kelgan   aholi  tabiiy  o‘sish
darajasining   tezlashuvi   natijasida   mintaqada   siyosiy-iqtisodiy   va
etnodemografik   muammolar   keskinlashuvi   sodir   bo‘lgan   va   bu   ma’lum
darajada o‘ziga xos chi gal ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik sharoitni yuzaga
keltirgan.
Ma’lumki, Ikkinchi jaxon urushi davrida SSSR  Davlat Mudofaa Komite ti
rahbari I.V.Stalinning 1944 yil 14-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, 120 000 nafar
mesxeti turklari Gruziyaning janubi-g‘arbiy hududidagi tarixiy Mesxetiya va
Javaxetiya   viloyatlaridan   O‘rta   Osiyo   va   Qozog‘iston   respublikalariga
ko‘chirildi.   O‘rta   Osiyoga   deportatsiya   qilingan   mesxeti   turklarining   eng
ko‘p   qismi   O‘zbekistonga   joylashtirilgan   edi.   Ba’zi   ma’lumotlarga
qaraganda, 1989 yilda mesxeti turklarining O‘zbekistondagi umumiy miqdori
106   700   kishi   bo‘lib,   ulardan   Toshkent   viloyatida   43   200   kishi,   Samarqand
viloyatida 18 500 kishi, Sirdaryo viloyatida 18 700 kishi, Farg‘ona viloyatida
13 600 kishi (aslida Farg‘ona viloyatida ular 17 000 kishi bo‘lgan), Andijon
vi loyatida   5000   kishi,   Namangan   viloyatida   3000   kishi,   Buxoro   viloyatida
1500 kishi istiqomat qilgan.
Mesxeti   turklarining   katta   guruhlaridan   biri   Farg‘ona   vodiysiga
joylashtirilgan edi. Ular, asosan, viloyatning Quvasoy shahrida, shuningdek,
Farg‘ona,   Marg‘ilon,   Qo‘qon   shaharlarida,   Toshloq,   Komsomolsk   (hozirgi
YAngi   Marg‘ilon)   posyolkalarida,   Oxunboboev,   Quva,   Rishtoy,   Farg‘ona,
Ki rov   (hozirgi   Beshariq)   rayonlarida   yashar   edilar.   Ularni   qishloq   joylarida
joylashtirishga   buyruq   berilgan   bo‘lsa   ham,   biroq   mesxeti   turklari   ko‘proq
viloyatning shaharga yaqin va rayon markazlarida joylashtirildi. Quvasoy   shahri   Farg‘ona   viloyatining   sharqiy   qismida,   Qirg‘izistonning
O‘sh   viloyati   chegarasiga   yaqin   joyda   joylashgan   edi.   1989   yil   1   iyunda
shahar   aholisi   58   400   kishi   bo‘lib,   uning   milliy   tarkibi   xilma-xilligi   bilan
ajralib   turar   edi.   O‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komiteti   uchun
tayyorlangan maxsus ma’lumotnomada keltirilishicha, Quvasoyda 47 ta turli
millat   va   elat   vakillari,   jumladan,   29   100   nafar   o‘zbeklar,   15000   nafar
tojiklar,   7200   nafar   qirg‘izlar   bilan   birgalikda   4340   nafar   mesxeti   turklari,
1400 nafar qrim-tatarlari, 6600 nafar ruslar istiqomat qilgan.
Farg‘ona   voqealari   etnik   va   maishiy   asosda   (turli   millat   vakillarining
restorandagi   o‘zaro   mushtlashuvi)   bilan   boshlangan   bo‘lishiga   qaramasdan,
fojianing   chuqur   ildizlari   Farg‘ona   vodiysida   yashayotgan   aholining,   eng
avvalo,   o‘zbeklarning   og‘ir   ijtimoiy-iqtisodiy   ahvoli   bilan   bog‘liq   edi.
Markazning   O‘zbekistonda   olib   borgan   siyosati,   bu   siyosatni   izchil   amalga
oshirgan   mahalliy   partiya,   sovet   va   xo‘jalik   organlarining   tub   aholi
manfaatlariga   pisandsiz   bilan   qarashi,   hokimiyatning   boshqaruv   organlarida
poraxo‘rlik   va   korrupsiyaning   avj   olishi,   jinoyatchilikning   kuchayishi   o‘n
yillar davomida to‘plangan muammolarni yana ham keskinlashtirdi.
Voqealarning sabablari O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining
birinchi   sekretari   lavozimiga   1989   yil   23   iyunda   saylangan   Islom   Karimov
tomonidan   shunday   tasvirlanadi:   «Farg‘ona   voqealarining   sabablarini
o‘rganish   jarayonida   yana   shu   narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   bu   erdagi   ayrim
rahbarlar   xalqning   dardini   tinglash,   muammosini   hal   qilish   o‘rniga   soya-
salqin   kabinetlarning   eshiklarini   mahkam   yopib   olgan   edi.   Odamlar   o‘z
rahbarlariga   muammolarini   ayta   olmas,   rahbarlarning   ham   to‘planib   qolgan
murakkab masalalar echimi bo‘yicha xalqqa aytadigan gapi yo‘q edi.
Ko‘pchilik   amaldor   shaxslar,   jumladan,   Toshloq   rayonidagi   mansabdor
shaxslar   qonun-qoidalarni   buzib,   ochiq-oydin   poraxo‘rlik   qilishgan.   Ular
o‘zlariga,   qarindosh-urug‘lariga   yakka   tartibda   uy-joy   qurish   uchun   er uchastkalari   ajratib,   katta   miqdorda   ssudalar   olishgan.   Lekin   er   va   qarz
olishga   muhtoj   bo‘lgan   400   nafar   oddiy   mehnatkashga   rad   javobi   berilgan.
Sotish   uchun   319   ta   avtomashina   ajratilganda,   shulardan   236   tasi   rayonda
yashamaydigan,   hatto,   boshqa   respublikalarda   yashaydigan   kishilarga
noqonuniy   tarzda   taqsimlangan.   Gazlashtirish,   suv   ta’minoti,   ishga
joylashtirish   masalalariga   yillar   mobaynida   umuman   e’tibor   qaratilmagan
edi».
Quvasoyda   1989   yil   may   oyida   bo‘lgan   bir   qancha   bezoriliklar,   ayniqsa,
mesxeti   turk   yoshlarining   tartibsizliklarni   keltirib   chiqishlari   Farg‘ona
voqealarining boshlanishiga bir turtki vazifasini o‘tadi. Bu holatdan mes xeti
turklari   vaziyatni   keskinlashtirib,   o‘z   tarixiy   vatanlariga   qaytishni   tezlatish
yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lishadi.
Quvasoyda   yashovchi   mesxeti   turklarining   aksariyati   savdo
muassasalarida,   maishiy   xizmat   va   boshqa   shu   kabi   sohalarda   faoliyat   olib
borishar, shahardagi ko‘pgina daromadli jabhalarda ham ushbu xalq vakillari
xizmat   qilar,   natijada   bu   erdagi   juda   ko‘p   er   uchastkalari   va   qurilish
ob’ektlari   ularning   hissasiga   to‘g‘ri   kelar   edi.   SHuning   uchun   bu   davrda
Quvasoydagi   boshqa   millatlarga   nisbatan   mesxeti   turklarining   iqtisodiy
ahvoli nisbatan yaxshi edi. Xullas, «tadbirkor va uddaburon» bo‘lgan mesxeti
turklari   mahalliy   hokimiyat   organlari   bilan   yaxshi   munosabatda   bo‘lib,
iqtisodiy jihatdan ularni «ta’minlab» turishgan.
Quvasoy shahrida hukm surgan ijtimoiy tanglik natijasida unda yashovchi
turli   millatlar,   jumladan   o‘zbeklar   va   mesxeti   turklari   orasida   janjal   chiqdi.
Natijada,   ular   o‘rtasida   jiddiy   qonli   to‘knashuvlar   yuz   berdi.   Bu   qarama-
qarshilik   butun   may   oyi   davom   etgan.   Lekin   yuz   bergan   bezoriliklar   va
jinoyatlar mahalliy sovet va partiya idoralari tomonidan etarli darajada e’tibor
berilmadi.   Turli   millat   vakillari   bo‘lgan   yoshlar   o‘rtasidagi   to‘qnashuv   va
tartibsizliklarning   asosiy   aybdorlari   tegishli   organlar   tomonidan   o‘z   vaqtida jazolanmagan va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmagan. SHuningdek,
mazkur   voqealar   tafsiloti   sovet   hokimiyati   to monidan   odatdagidek   xalqdan
sir   tutilgan,   o‘z   vaqtida   keng   jamoatchilikka   ma’lum   qilinmadi.
Respublikaning   asosiy   rasmiy   gazetalari   bo‘lgan   «Sovet   O‘zbekistoni»   va
«Pravda   Vostoka»   kabi   nashrlar   Quvasoy   voqealari   boshlanganidan   ancha
vaqt   o‘tgach,   Farg‘onadagi   fojialar   haqida   noto‘g‘ri   va   bir   tomonlama
yoritilgan   ma’lumotlarni   chop   etishdi.   Bu   gazetalarda   faqat   «jabrdiyda»
sifatida   mesxeti   turklari   ko‘rsatildi.   Butun   SSSRda   yashovchi   boshqa
millatlar   o‘rtasida   o‘zbek   xalqiga   nisbatan   noto‘g‘ri   qarash   shakllantirildi.
«Quvasoy   shahrida   mesxeti   turklari   bilan   o‘zbeklar   ayrim   guruhlarining
vakillari   o‘rtasida   boshlangan   etnik   nizolar»   jumlalari   bilan   boshlanuvchi
qisqacha   rasmiy   xabarlar   bosib   chiqarildi.   Moskvadagi   markaziy   nash rlar
bo‘lgan   «Ogonyok»   jurnali,   «Sobesednik»   va   «Semya»   haftanomalari,
«Pravda»,   «Trud»,   «Krasnaya   zvezda»   va   «Izvestiya»   gazetalaridan   o‘rnak
olgan   «Pravda   Vostoka»   nashri   bu   fojiada   asosiy   aybdor   sifatida   o‘zbek
xalqini aybladi.
Rasmiy   ma’lumotlarga   ko‘ra,   birinchi   bo‘lib   mesxeti   turklari   mahalliy
aholi vakillariga nisbatan sovuq qurol ishlatganlar. Tergov-sud materiallarida
bu haqda  so‘z boradi. Hatto militsiya  xodimlari mesxeti turklariga  murojaat
qilib,   «o‘zbeklarga   tegmanglar,   ularni   o‘tqazib   yuboringlar»   deyishlariga
qaramay, ular katta to‘qnashuvni keltirib chiqargan. Natijada 72 nafar o‘zbek,
tojik, qirg‘iz millatlariga mansub kishilar, bir nechta militsiya xodimlari og‘ir
yarador   holatda   shifoxonaga   keltirilgan.   Vaziyat   24   may   kuni   kechqurun
nihoyatda keskinlashadi.
25   may   kuni   jamoatchilik   tartibini   saqlash   maqsadida   Quvasoy   shahriga
O‘zbekiston  SSR   Ichki  ishlar  ministrining  qo‘shimcha  kuchlari  olib  kelindi.
SHuningdek,   bu   erga,   O‘zbekiston   SSR   Ichki   ishlar   ministri   Uchqun
Rahimov,   Davlat   xavfsizlik   qo‘mitasi   raisining   o‘rinbosari   va   respublika prokurori   ham   kelishdi;   sovet,   partiya   va   komsomol   faollari   hamda
ishchilardan qo‘shimcha ko‘ngilli drujinalar tuzildi.
Quvasoydagi   vo q ealar   h a q idagi   axborot   viloyat   va   rayon   gazetalarida
cheklangan   ma’lumot   berildi.   Axborotning   etishmovchiligidan
tartibsiz liklarning   tashkilotchilari   vaziyatni   sun’iy   ravishda   keskinlashtirish
uchun ustalik bilan foydalandilar, milliy hissiyotlarni avj oldirishga urindilar.
Quvasoy   shahridagi   «vahshiylar»   haqida   «noma’lum   kishilar»   tomonidan
maxsus   laboratoriyalarda   ataylab   tayyorlangan   fotomontajlardan,   turli
vahimali   mish-mishlar   va   bo‘htonlardan,   zo‘ravonlik   va   yoshlarni
qo‘rqitishdan,   odamlarni   pulga   yollash   va   aldash   usullaridan   foydalanildiki,
bularning   hammasi   oradan   ko‘p   o‘tmay   Marg‘ilon   va   boshqa   shaharlarda
fojiali voqealarga olib keldi.
«SHonli mehnat» gazetasida 26 may kuni rayon partiya komiteti (ray kom)
va   rayon   ijroiya   qo‘mitasi   (rayijroqo‘m)ning   aholiga   murojaatnomasi   e’lon
qilindi.   SHu   kuni   tub   aholi   va   mesxeti   turk   ayollari   bilan   uchrashuv
o‘tkazilib,   ularda   tinchlikni   saqlash   uchun   muqaddas   onalik   burchlarini
bajarishlari   va   boshqa   muammolarni   hal   etish   yo‘lida   o‘z   hissalarini
qo‘shishlari kerakligi da’vat etildi.
Quvasoyda   bo‘lgan   to‘qnashuv   va   mojarolarning   oldini   olish   komissiyasi
tarkibida   Toshkentdan   maxsus   jo‘natilgan   O‘zbekiston   Kompartiyasi
Markaziy   Komiteti   bo‘lim   mudiri   SH.Ziyomov   va   mas’ul   xodim
P.Abdurahmonov 26 mayda «Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida milliy
asoslarda   yuzaga   kelgan   salbiy   voqealar   haqida»   maxsus   axborot
tayyorladilar.   Unda   mualliflar   sodir   bo‘lgan   voqealarning   asl   mohiyatini
aholiga to‘g‘ri tushuntirish lozimligi, Farg‘ona viloyatidagi dolzarb ijtimoiy-
iqtisodiy   muam molarni   zudlik   bilan   hal   etish   chora-tadbirlarini,   bu
voqealarning   boshqa   hududlarda   yuz   berishi   oldini   olish   uchun   harakat
qilishni   taklif   etganlar.   Biroq   O‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komiteti ideologiya   sekretari   M.   Xolmuhamedov   tomonidan   zaruriy   chora-tadbirlar
ko‘rilmadi,   aksincha,   O‘zbekistonda   millatlararo   to‘qnashuvlar   haqidagi
barcha   ma’lumotlar   sir   saqlandi   hamda   dastlab   matbuotda   hech   qanday
ma’lumot   e’lon   qilinmadi.   Natijada   O‘zbekistondagi   turli   boshqaruv
organlari,   respublika   aholisi   o‘z   vaqtida   Farg‘ona   fojialarining   mintaqadagi
ijtimoiy-siyosiy   vaziyatga   xavfli   ta’sirini   etarlicha   anglamaganlar,   o‘sha
paytdagi   siyosiy   rahbariyat   tomonidan   o‘z   vaqtida   bu   fojialarga   to‘g‘ri   va
haqqoniy   baho   berilmagan.   YUz   bergan   to‘qnashuvlarga   sovuqqonlik   va
loqaydlik   bilan   yondashish   keyinchalik   fojianing   Farg‘ona   vodiysi   va
respublikaning   boshqa   hududlariga   tarqalishiga,   vaziyatning   o‘ta   qaltis   va
murakkab bo‘lishiga olib keldi.
O‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komiteti   birinchi   sekretari   Rafiq
Nishonov   va   u   boshliq   O‘zbekistonning   siyosiy   rahbariyati   bu   mudhish
hodisalarning   aniq   mohiyatini   tushunib   etmadi,   uni   siyosiy   jihatdan   to‘g‘ri
baholay olmadi. Oqibatda begunoh insonlar hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komitetining   birinchi   sekretari,
Farg‘ona fojialari yuz berayotgan paytda Moskvada bo‘lib o‘tayotgan SSSR
xalq deputatlarining birinchi s’ezdida SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining
raisi   lavozimiga   saylangan   Rafiq   Nishonovning   Quvasoy   mojarosiga   s’ezd
minbari va turli markaziy nashrlarda xolisona baho bera olmagani hamda uni
ataylab   soxtalashtirgani   yuqoridagi   fikrlarni   yana   ham   tasdiqlaydi.
R.Nishonov   Quvasoydagi   mojaroni   quyidagicha   tavsiflaydi:   «Quvasoydagi
mahalliy   millat   va   mesxeti   turklari   o‘rtasida   mojaroning   boshlanishiga
turmushdagi   arzimagan   kelishmovchilik   sabab   bo‘ldi,   ya’ni   bozorda
qulupnay   sotib   olmoqchi   bo‘lgan   mesxeti   turk   millatiga   mansub   kishi
mahsulotning   qimmatligidan   achchiqlanib   tarelkaga   solingan   qulupnayni
ag‘darib   yuboradi.   Bu   hodisa   esa   o‘sha   erda   turgan   mahalliy   aholining
achchiqlanishiga va ikki millat o‘rtasidagi mojaroga sabab bo‘ladi». «Kommuna»   va   «Ferganskaya   pravda»   viloyat   gazetalari   muxbirlari
tomonidan   Quvasoy   fojialari   to‘g‘risida   tayyorlangan   maqola   Quvasoyda
hozir bo‘lgan bir guruh rahbarlar tomonidan rad qilinib, faqat 27 mayda vilo -
yat gazetalarida Quvasoydagi voqealarga doir o‘ta mavhum holatdagi boshqa
bir maqola chop etildi. Bu maqola o‘sha «rahbarlar» tomonidan tayyorlangan
bo‘lib, unda Quvasoydagi ikki bezori guruh bir-biri bilan janjallashdi, degan
mazmunda edi.
Quvasoydagi   to‘qnashuvlardan   so‘ng   butun   viloyatda   o‘n   kun   davomida
osoyishtalik hukm surdi. Lekin O‘zbekiston SSRdagi partiya, sovet, hukumat
boshqaruv   organlarining   vokealarga   to‘g‘ri   siyosiy   baho   bera   olmaganligi,
O‘zbekiston   Kompartiyasining   amalda   birinchi   rahbarsiz   qolishi   hamda
Markaz   organlariga   ko‘r-ko‘rona   bo‘ysunishi,   yuz   bergan   mojaro   hamda
uning   kelib   chiqish   sabablari   va   to‘qnashuv   ro‘y   berganligi   ochiq-oydin
aytilmaganligi   hamda   tegishli   chora-tadbirlar   ko‘rilmaganligi,   keyinchalik
fojia hududining kengayishi va uning tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatidagi birinchi katta qonli to‘qnashuv Marg‘ilon shahrining
shimoli-sharqida   joylashgan   Toshloq   rayonida   yuz   berdi.   Toshloqda   bu
davrda   20   ga   yaqin   turli   millat   vakillari   istiqomat   qilar,   mesxeti   turklariga
mansub   aholi   2300   nafardan   ortiq   kishini   tashkil   etgan.   Bundan   tashqari
Farhona   viloyatining   boshqa   hududlarida   bo‘lgani   kabi   Toshloq   rayonida
ham   bu  davrda   iqtisodiy,   ijtimoiy  va  ekologik   muammolar   to‘planib   qolgan
edi.
3   iyunda   Toshlo q da   fojiali   vo q ealar   boshlangan.   Toshloq  shaharchasidagi
«Avrora» nomli kinoteatr oldida bir guruh mahalliy yoshlar to‘planib, ras miy
ma’lumotlarga   qaraganda,   Internatsional   ko‘chasi   bo‘ylab   yurishgan   va
yo‘llarida uchragan mesxeti turklarini ura boshlashgan, uylarining deraza va
eshiklarini   sindirishgan.   Ularga   qarshi   Farg‘onadan   viloyat   ichki   ishlar
boshqarmasi   boshlig‘i   general-mayor   S.YU.Burhonov   rahbarligida   ichki ishlar bo‘limining maxsus bo‘linmasi kelib, faol harakatlar boshlagan hamda
namoyishchilarni Navoiy ko‘chasiga surib chiqargan hamda ulardan 12 nafar
kishini   ushlab   hibsga   olishgan.   Biroq   3000   ga   yaqin   yoshlar   tarqalmagan.
Farg‘ona   viloyati   prokurori   A.Otajonov   va   Toshloq   rayon   partiya
komitetining ikkinchi kotibi V.Danilov namoyishchi yoshlarga murojaat etib,
mi litsiya   xodimlari   bilan   birgalikda   beboshlikni   to‘xtatishga   harakat   qildi,
ammo   natija   bo‘lmadi.   Namoyishchilar   va   militsiya   xodimlari   o‘rtasida   yuz
bergan to‘qnashuvdan so‘ng namoyishchilar Marg‘ilon shahri tomonga surib
chiqarildi.
Marg‘ilon   shahar   partiya   komitetining   birinchi   kotibi   H.Muhiddinova
namoyishchilarga   qarshi   keskin   choralar   ko‘rishni   talab   qilganda   general-
mayor S.Burhonov buni rad qiladi. Bu vaqtga kelib Toshloqdan Farg‘ona vi -
loyati   partiya   komiteti   kotibi   A.Mamatkazin   va   O‘zbekiston   Kompartiyasi
Markaziy Komiteti bo‘lim mudiri SH.Ziyomov Marg‘ilonga kelishgan edi.
3   iyun   peshindan   keyin   ommaviy   tartibbuzarliklar   sodir   bo‘ldi,   uylar
yondirildi,   trolleybus   va   avtobuslarga   hujum   qilindi,   ayrim   kishilar
kaltaklandi.   Namoyishchilar   Kirov,   K.Marks   ko‘chalaridan   o‘tib,
Komsomolsk posyolkasi tomon yo‘l olishdi.  Bu erda  ko‘plab  mesxeti turklari
oilalari   yashardi.   Militsiya   xodimlari   esa   ularning   yo‘lini   to‘sa   olmadi.   Bu
paytda yosh lar Toshlo q   shaharchasida  yana  to‘plana  boshladi. Toshlo q  rayon
partiya   komi tetining   birinchi   kotibi   O.Sobirov   rahbarligida   mesxeti   turklari
rayon   binosiga   evakuatsiya   qilindi.   Kechga   yaqin   yoshlar   oqimi   yana
Marg‘ilon   shahri   tomon   yo‘nala   boshladi,   bir   necha   uylar   yondirildi   va   bir
necha kishi kaltaklandi.
Toshloq rayonida bo‘lib o‘tgan fojiali voqealarning bevosita guvohlaridan
biri   Toshloq   rayon   partiya   komitetining   birinchi   sekretari   O.So birov
keyinchalik   ro‘y   bergan   voqealarning   sabablariga   to‘xtalib   shunday   dedi:
«Hozir   ayrim  kishilar  bu   vokealarni  o‘zbeklarning   mesxeti   turklariga  qarshi harakati   deb   atayapti.   Aslida,   bu   voqealarning   guvohi   sifatida   shuni
aytmoqchimanki, rayonda bo‘lib o‘tgan qonli voqealarga bunday baho berish
butunlay   noto‘g‘ri   bo‘lar   edi.   CHunki   rayonimizda   yashab   kelgan   mesxeti
turklarining   hayotini   saqlab   qolishda   va   ularning   xavfsizligini   ta’minlab,
evakuatsiya   qilishga   yordam   berganlar   ham   o‘zbeklar.   Ko‘plab   mes xeti
turklarini   ko‘zida   yosh   bilan   kuzatgan   o‘zbeklar   hali   ham   ko‘z   o‘ngimda
turibdi».
3   iyunda   Marg‘ilon   yaqinidagi   Komsomolsk   posyolkasida   bo‘lgan
to‘qnashuvda 10 kishi (ulardan 4 nafari mesxeti turklari) o‘ldirildi.
Oxunboboev   rayonidagi   Surxtepa   qishloq   fuqarolar   yig‘ini   hududida   3
iyun kuni bo‘lgan xunrezliklar natijasida jami 20 kishi halok bo‘ldi. Mesxeti
turklarining   uylari,   shuningdek,   5   nafar   o‘zbeklarning   ham   hovlisi   yoqib
yuborildi.
Toshloqda   ro‘y   bergan   bu   beboshlikni   to‘xtatish   maqsadida   rayon   ichki
ishlar boshqarmasi xodimlari va Ichki ishlar ministrligining maxsus militsiya
polki   bu   erga   etib   keldi,   partiya-xo‘jalik   faollaridan   ko‘ngilli   drujinachi
otryadlar tuzildi. Nizolarning oldini olish va tegishli choralar ko‘rish uchun 3
iyunda O‘zbekiston SSR  Ministrlar Sovetining raisi G‘.H.Qodirov raisligida
respublika   hukumat   komissiyasi   tuzildi.   G‘.Qodirov   o‘sha   kuni   Moskvadan
etib   keldi.   Biroq   16   kishidan   iborat   hukumat   komissiyasining   to‘liq   tarkibi
faqat   6   iyunda   shakllantirildi.   Bu   vaqtga   kelib   fojiali   voqealar   Farg‘ona
viloyatining boshqa rayonlariga ham tarqalib ulgurgan edi.
4  iyun  ertalab   Qo‘qon  shahridan   militsiya  xodimlari   Toshloqqa   tashlandi.
Bu   paytda   rayonda   vaziyat   bosh q arib   bo‘lmaydigan   darajada   izdan   chiqib
ketdi. Olamon orasida   tayoq   va temirlar, picho q   va boltalar, turli xil narsalar
bilan  qurollangan  bezorilar faollik  ko‘rsatishar  edi. Mesxeti turk lari  hujumga
tayyorlanayapti   deb   o‘ylagan   mahalliy   aholi   ham   raykom   binosi   oldiga
to‘plana   boshlaydi.   To‘planganlar   soni   1000   nafardan   oshgach,   ular   ikki kismdan iborat  q uyidagi ta l abnomani raykomga topshirishdi: 1. Ushlanganlar
ozod   qilinsin.   2.   Mesxeti   turklari   Far g‘ onadan   zudlik   bi lan   ko‘chirilsin.
Talabnomaga   rad   javobi   olingandan   keyin   olomon   raykom   binosiga   hujum
qildi.   Militsionerlardan   biri   olomonga   qarata   avtomatdan   o‘q   uzganidan
keyin  2 kishi halok  bo‘ldi  va  5 -  6 kishi yaralandi  hamda olo mon  chekindi.
Keyinchalik   ichki   ishlar   bo‘limi   va   raykom   binosiga   yana   hujum   q ilindi.
Natijada militsiya xodimlaridan 15 kishi yaralandi, 1 nafari esa   halok bo‘ldi.
Farg‘ona   shahri   atrofida,   Toshloq   va   Oxunboboev   rayonlarida,   Marg‘ilon
shahrida og‘ir ahvol yuzaga keldi. Adabiyotlar
1.
Karimov   I.A. O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. Toshkent.
«O’zbekiston», 1993.
2.
Karimov   I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. Asarlar. 1 jild. Toshkent. 
«O’zbekiston», 1996.
3.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.
4.
Karimov   I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. «O’zbekiston», 1998.
5.
Karimov   I.A. Barkamol avlod orzusi.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
6.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
7.
Karimov   I.A. O’zbekiston demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. O’z R 1 
chaqiriq Oliy Kengashining VI-sessiyasida so’zlagan ma’ruzasi. T., 1996.
8.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. «O’zbekiston», 1992.
9.
N.   Jo’rayev. Prezident Vatan va millat timsoli.  «Muloqot», 1-son 2000 yil.
10.
Vatan tuyg’usi. Toshkent. «O’zbekiston», 1996.
11.
Davlat, jamiyat, oila va yoshlar tarbiyasi muammolari.  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.

Qayta qurish siyosati ning mohiyati . “Qayta qurish” sharoitida madaniy hayot Reja: 1. Sobiq SSSR da qayta qurish siyosatini va uning oqibatlari 2. Qayta qurish yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy ahvoli 3. Millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi. Farg‘ona voqealari.

XX asrning 80-yillari o‘rtalarida mamlakatimiz va jahonda «qayta qurish» tushunchasi keng iste’molga kirgan bo‘lib, u SSSRda totalitar tuzumni islohotlar yo‘li bilan o‘zgartirishga qaratilgan harakatni anglatardi. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda to‘planib qolgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni qayta qurish yo‘li bilan hal etishdan iborat edi. Sovet jamiyatida boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishning mohiyatini belgilab bergan islohotlar o‘n yillar davomida etilib keldi. Bu islohotlarning zaruriyligi XX asrning 60-70-yillarida jahonda, aniqroq aytganda, rivojlangan mamlakatlarda yuz bergan chuqur texnologik o‘zgarishlar, insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishida sifat jihatidan yangi bosqich-postindustrial jamiyatga o‘tish bilan belgilangan edi. Ko‘pgina omillar 1985 yil arafasiga kelganda SSSR ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan chuqur tushkunlikni boshdan kechirayotgani, real sotsializm amalga oshmaganidan dalolat berar edi. Sovet jamiyatida turmush darajasi va sifati, uning davomiyligi, kishilarning o‘rtacha umr kechirish darajasi, xususan, bolalar o‘limi, aholini keng iste’mol mollari va xizmatlari bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha SSSR nafaqat rivojlangan davlatlardan, balki taraqqiyoti o‘rtacha darajadagi kapitalistik mamlakatlardan ham ancha orqada qolib ketdi. Sovet jamiyatidagi ta’lim, ishchilar malakasi, ijro intizomi yuqori indus - trial jamiyat va zamonaviy texnologiyalarga qo‘yilgan talablarga javob bermas edi. Bu davrga kelib sotsializmning barcha jihatlarini, uning iqtisodiy asoslarini, ijtimoiy hayotini, siyosiy tuzumini, ma’naviy sohasini yangilashning qat’iy zaruriyati sezila boshladi. Ammo yangilanish jarayonining yo‘llari, shakllari va mohiyati darrov anglab olinmadi. Ko‘p narsalarni sovet jamiyati taraqqiyotining»qayta qurish» deb nom olgan tarixiy bosqichi jarayonida aniqlash, tuzatish va qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keldi.

KPSS etakchisi va SSSR rahbari K.U.CHernenko vafotidan so‘ng KPSS Markaziy Komiteti Bosh sekretari lavozimiga saylangan M.S.Gorbachyov oradan 40 kun o‘tgach, o‘zining g‘oyaviy prinsiplari va yangi yo‘lini ilk marta keng jamoatchilikka e’lon qildi. 1985 yil 23 aprelda Moskvada bo‘lgan KPSS Markaziy Komitetining Aprel plenumida qilgan ma’ruzasida bu fikrlar aytildi. Xullas, KPSS MKning Aprel plenumi sovet jamiya ti hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e’lon qildi. Iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, jamiyatda oshkoralik va demokratiyani qaror toptirish, KPSS MK Bosh sekretari M.S.Gorbachyov tomonidan ilgari surilgan qayta qurish siyosati vaqt e’tibori bilan 1953 - 1956, 1964 - 1965, 1982 - 1983 yillardagi islohotlardan keskin farq qilib, 1985 yilda sovet jamiyatini kompleks tarzda yangilash zaruriyatini e’tirof qilgan edi. Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot o‘tkazishdan iborat ekanligi e’lon qilindi. Hozirgacha ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan mamlakatimiz va xorijda 1985 yil 23 aprel kuni SSSRda qayta qurishning boshlanish sanasi, deb e’tirof qilib kelinmokda. Aslida sovet jamiyatidagi qayta qurish jarayonlari bu sanadan boshlangani qaysi darajada haqiqatga mos tushadi? M.S. Gorbachyov Aprel plenumida so‘zlagan «KPSSning navbatdagi XXVII s’ezdini chaqirish, unga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalar to‘g‘risida» nomli ma’ruzasida aslida muammoning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratgan edi: «Mamlakatning tarixiy taqdiri, hozirgi dunyoda sotsializmning pozitsiyalari bizning bundan buyon ishni qanday olib borishimizga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Bu ilmiy-texnika revolyusiyasi yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalanib, sotsialistik xo‘jalik yuritish formalarini hozirgi sharoitlar va talab-ehtiyojlarga muvofiqlashtirib, sotsial-iqtisodiy taraqqiyotni ancha jadallashtirishga erishishimiz lozim. Boshqacha yo‘lning o‘zi yo‘q...

Hozir mamlakat iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishga qanday qilib va nimalar hisobiga erisha oladi, degan masala asosiy masala bo‘lib turibdi. Biz Siyosiy byuroda shu masalani ko‘rib chiqib, yakdillik bilan buning uchun real imkoniyatlar mavjud, degan xulosaga keldik. O‘sish sur’atlarini, shunda ham talay darajada o‘sish sur’atlarini jadallashtirish vazifasini bemalol bajarsa bo‘ladi, buning uchun faqat ekonomikani intensivlash va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni butun ishimizning markaziga qo‘yish, boshqaruv va planlashtirishni, struktura va investitsiya siyosatini qayta qurish, hamma joyda uyushqoqlik va intizomni kuchaytirish, faoliyat uslubini tubdan yaxshilash zarur». Ma’ruzada Sovet Ittifoqida yuzaga kelib qolgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tang holatdan chiqishning aniq yo‘li belgilanmay va islohotlar dasturi ishlab chiqilmay ushbu holatdan qutulish va yangi siyosiy burilish yasash uchun mavjud imkoniyatlardangina to‘g‘ri foydalanish nazarda tutilgan hamda unga umid qilingan edi. SHuning uchun plenumda fan- texnika taraqqiyotini jadallashtirish orqali mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish yo‘li e’lon qilindi. Xullas, bu plenumda partiyaning qayta qurish siyosati emas, aslida ijtimoiy-iqtisodii rivojlanishni jadallashtirish yo‘li e’lon qilindi. SHuningdek, siyosiy rahbariyat ko‘pgina muammolarni hal etish yo‘li-iqtisodiy o‘sish sur’atlarida vujudga kelgan pasayishni mamlakat mashinasozligining qoloqligini bartaraf etishdan iborat deb bilgan edi. Ularning fikricha, kuch-g‘ayratni ana shu muhim yo‘nalishlarga to‘plab, sovet iqtisodiyotini nisbatan qisqa muddat ichida yangi marralarga olib chiqish, so‘ngra esa ijtimoiy omillarni ham faollashtirish, xususan, sovet kishilari farovonligini oshirish mumkindek tuyulgan edi. SHu bilan birga xalq xo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, mehnatni tashkil etishning yangi shakllarini rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan edi.

M.S.Gorbachyov tomonidan fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish masalalari yuzasidan 1985 yil 11 iyunda KPSS Markaziy Komitetida o‘tkazilgan kengashda qilingan «Partiya iqtisodiy siyosatining tub masalasi» nomli ma’ruzada birinchi marta qayta qurish siyosatining ayrim jihatlarini to‘g‘ri ko‘rsatishga harakat qilingan: «Fan-texnika taraqqiyotini jadallash - tirish va boshqarish sistemasini, butun xo‘jalik mexanizmini chuqur qayta qurishni qattiq talab qiladi... Xo‘jalik boshqarishni qayta kurishning asosiy yo‘nalishi bizga ravshan. U ham bo‘lsa, sotsialistik xo‘jalik afzalliklaridan to‘laroq va har tomonlama foydalanishdir. Biz demokratik sentralizmni yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo‘lidan borishimiz kerak. Boshqarish va planlashtirishda markazlashtirishning samaradorligini oshirish, korxona va birlashmalarning xo‘jalik mustaqilligini va mas’uliyatini ancha kengaytirish, rahbarlik qilishning, xo‘jalik xisobi va tovar-pul munosabatlarining yanada epchilroq forma va metodlaridan, iqtisodiy vositalar va omillarning hammasidan aktiv foydalanish - qayta qurishning mohiyatidir. Markaz bilan joylarning kuch- g‘ayratlari birligi, sotsialistik xo‘jalik yuritishning xilma-xilligi va qayishqoqligi, ommaning tashabbusini keng rivojlantirish -muvaffaqiyatga erishishning ishonchli kalitidir». Bu paytda partiya rahbari bo‘lgan mamlakatdagi birinchi siyosiy shaxsning so‘zlariga diqqat bilan qaralsa, unda kelgusida ham SSSRda Markazning rahbarlik roli saqlanib qolishi, respublikalar uning talablariga bo‘ysunishi, xullas, markazlashtirish siyosati ifodalangan. Faqat bu siyosat endilikda «qayta qurish va taraqqiyotni jadallashtirish» kabi dabdabali iboralar bilan chirmalgan holatda aytildi va yillar davomida takrorlandi. Bu yillar da sovet jamiyatini qamrab olgan qayta qurish davrini quyidagi 2 bosqichga ajratish mumkin.