logo

Samarali o‘qitishning qiziqtiruvchi va interfaol usullari, hamda ulardan foydalanish.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

207.67578125 KB
Mavzu :   Samarali   o‘qitishning   qiziqtiruvchi   va   interfaol   usullari,   hamda
ulardan foydalanish.
REJA:
1.Kirish. 
2. Asosiy qism.
I.       Informatika   fanini   o‘qitishda   o‘yinli   qiziqtiruvchi   texnologiyalardan
foydalanish.
II.  Informatika fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish.
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar
  Tayanch   tushuncha   va   iboralar:   Informatika,   o‘yinli   texnologiyalar,
qiziqtiruvchi   texnologiyalar,   klasterli   texnologiyalar,   Venn   diagrammasi,   BBB
jadvali,   T-sxema,   rolli   o‘yinlar,   o‘qitish   metodlari,   interfaol   metodlar,   aqliy
hujum. 
1.   Informatika   fanini   o‘qitishda   o‘yinli   qiziqtiruvchi   texnologiyalardan
foydalanish 
Ta’lim   muassasalari   talabalarini   mustaqil   bilim   olishiga   yo‘naltirilgan
texnologiyalardan   foydalanishga   o‘rgatish   va   doimiy   ravishda   faolligini   oshirib
borish   lozim.   O‘quv   jarayonida   kompyuter   texnologiyalari   va   axborot-
kommunikasiya   vositalaridan   foydalangan   holda   ta’lim   jarayonini   tashkil   qilish
ta’lim samaradorligigi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Bugungi   kun   talabi   ta’limni   sifat   o‘zgarishlariga   olib   keluvchi   yangicha
yondashuvlarni   izlashga   undamoqda   va   uni   o‘rganishdagi   yondashuvlar
(metodlar) ham o‘zgarmoqda. 
Ta’limda   yangi   bilimlarni   amalda   qo‘llash   natijasi   innovatsiyalarga   asoslangan
yangi ta’lim yaratilishiga olib kelmoqda. 
Respublikamizda   ta’lim   tizimini   har   tamonlama   rivojlantirish   kadrlar   tayyorlash
tizimini   tubdan   yangilash   va   isloh   qilish   davlat   ahamiyatidagi   eng   ustivor
vazifalar qatoriga kiradi. 
O’quvchi   o‘zlashtirgan  bilimini   amaliyotda  qo‘llay  bilishi   uchun  uni   o‘z  vaqtida
mustahkamlashi,   boshqa   tushunchalarni   o‘rganishda   qo‘llash   bilishi   va   olingan
bilimlarni tizimlashtirish ta’lim samaradorligini ta’minlashga olib keladi. 
O’quvchining bilish faoliyati deganda: 
- o‘rganilayotgan mavzuga doir barcha axborotlarni to‘plash; 
- to‘plangan axborotlarni qayta ishlash;
-   o‘rganilgan   axborotlarni   (ma’lumotlarni)   qo‘llash   kabi   uchta   bosqichdan   iborat
faoliyat tushuniladi. 
Informatika   o‘quv   predmetining   asosiy   vazifasi   o‘quvchilarni   zamonaviy
informatikaning   ba’zi   bir   umumiy   g‘oyalari   bilan   tanishtirish,   informatikaning amaliyotdagi   tadbig‘ini   va   kompyuterlarning   zamonaviy   hayotdagi   rolini   ochib
berishdan iborat. 
Shunday   ekan,   “Informatika”   fanini   o‘qitish   samaradorligini   oshirish   o‘quv
mashg‘ulotlarini   tashkil   etish   hamda   o‘tkazishda   pedagogik   va   axborot
texnologiyalaridan   keng   foydalanish,   o‘qitish   mazmuniga   mos   dasturiy
ta’minotini ishlab chiqish, ularni o‘quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan
hisoblanadi.   Ushbu   vazifalarni   dolzarbligini   e’tiborga   olgan   holda   “Informatika”
fanini   o‘qitishda   o‘yinli   texnologiyalardan   foydalanish   holatini   o‘rganish,   tahlil
etish, ulardan samarali  foydalanish  metodikasini, mos  uslubiy tavsiyalarni  ishlab
chiqish   zarur.   O‘yinli   texnologiyalardan   foydalanishning   asosini   talabalarning
faollashtiruvchi   va   jadallashtiruvchi   faoliyati   tashkil   etadi.   O‘yin   olimlar
tadqiqotlariga   ko‘ra   mehnat   va   o‘qish   bilan   birgalikda   faoliyatning   asosiy
turlaridan   biri   hisoblanadi.   Psixologlarning   ta’kidlashlaricha,   o‘yinli   faoliyatning
psixologik   mexanizmlari   shaxsning   o‘zini   namoyon   qilish,   hayotda   o‘z   o‘rnini
barqaror   qilish,   o‘zini   o‘zi   boshqarish,   o‘z   imkoniyatlarini   amalga   oshirishning
fundamental   ehtiyojlariga   tayanadi.O‘yin   bilish   va   uning   bir   qismi   (kirish,
mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi. 
O‘yinlar   turli   maqsadlarga   yo‘naltirilgan   bo‘ladi.   Ular   didaktik,   tarbiyaviy,
faoliyatni   rivojlantiruvchi   va   ijtimoiylashuv   maqsadlarda   qo‘llanadi.   O‘yinning
didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka
va   ko‘nikmalarni   qo‘llash,   umumta’lim   malaka   va   ko‘nikmalarni   rivojlantirish,
mehnat   ko‘nikmalarini   rivojlantirishni   kengaytirishga   qaratilgan   bo‘ladi.
O‘yinning   tarbiyaviy   maqsadi   mustaqillik,   irodani   tarbiyalash,   muayyan
yondashuvlar,   nuqtai   nazarlar,   ma’naviy,   estetik   va   dunyoqarashni
shakllantirishdagi   hamkorlikni,   kollektivizmni,   jamoaga   kirishib   keta   olishni,
kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi. Didaktik tamoyillarni hisobga
olgan holda, o‘quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki
o‘qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo‘llash lozim. Masalan, ko‘pchilikka
ma’lum va ommabob bo‘lgan krossvord o‘yini o‘quvchilarda qiziqish o‘yg‘otishi
tabiiydir.   Qomusiy   lug‘atda   ta’riflanishicha,   uning   atamasi   inglizcha   “kross”   – kesishgan, “vord” – so‘z degan ma’noni anglatib, ilk bor XX asr boshlarida kashf
etilgan.   Vaqt   o‘tishi   bilan   uning   turlari   ko‘payib,   chaynvord,   chaynkrossvord,
krosschaynvord,   aylanma   krossvord,   diagonal   krossvordlar   o‘ylab   topildi.
Ularning   har   biri   shaklda   so‘zlarning   joylashishi   va   bog‘lanishi   bilan   farq
qiladi.Krossvord ko‘rinishidagi so‘rov shakli o‘quvchilar uchun har doim qiziqarli
va   o‘ziga   tortadigan   metoddir.   Mustaqil   ijodiy   faoliyatning   bunday   shaklidan
foydalanilganda   darsda   faqatgina   kuchli   o‘quvchilargina   emas,   balki   kuchsiz
o‘quvchilar ham faol ishtirok etadilar. 
Darslarda   qiziqtirishdan   foydalanishning   boshqa   shakllaridan,   ya’ni   rebus   va
boshqotirmalardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. 
Ushbu   qiziqtiruvchi   metodlardan   foydalanganda,   o‘qituvchi   darsni   maqsadli
tashkil   qilishni   rejalashtiradi,   ya’ni   krossvord,   rebus,   boshqotirmalarni   fanning
mazmuniga   mos   tayyorlaydi.   Darsning   maqsadini   aniqlaydi   va   kutilayotgan
natijani   loyihalaydi.   Rebus,   krossvordlar   o‘yinli   texnologiyalarga   sirasiga   kiradi.
“Rebus”   so‘zi   lotin   tilidan   olingan   bo‘lib,   “So‘zlar   orqali   emas,   balki   rasmlar
orqali   ifodalash”   ma’nosini   anglatadi.   Bu   -   biror   so‘z   yoki   atamaning   rasmlar,
notalar,   xarflar   bilan   birgalikda   ifodalanishi   orqali   hosil   qilingan   jumboqdir.
Rebus   –   keng   tarqalgan   va   eng   mashxur   o‘yinlar   sirasiga   kiradi.   U   orqali
maqollarni,   she’r   qismlarini,   biror   iborani   yoki   so‘zni   berkitish   mumkin.   Undan
ilk bor Fransiyada XV asrda qo‘llanilgan. Eng birinchi rebuslar to‘plami Etenom
Taburo   tomonidan   Fransiyada   1582   yili   chop   etilgan.   Keyinchalik   Angliya,
Germaniya,   Italiyaga   tarqalgan.   Rossiyada   birinchi   rebuslar   “Illyustrasiya”
jurnalida 1845 yili chop etilgan. 
Rebus – bu atamalarni ko‘ngil ko‘taruvchi xarakterda shifrlashdir. Masalan: 
  Rasmning   chap   qismidagi   apostroflar   soni   rasm   nomining   chap   tomonidan‒
o‘chiriladigan xarflar soniga mos keladi; 
  Rasmning   o‘ng   yuqorisidagi   apostroflar   soni   rasm   nomining   o‘ng   tomonidan
‒
o‘chiriladigan xarflar soniga mos keladi; 
- So‘z o‘rtasidagi xarflarni o‘chirish uchun bu xarflar rasm ustida yozilib ustidan
chiziladi;  - So‘zdagi  belgini almashtirish:  “2=d” 2 – xarfni “d” xarfiga almashtirish, “r=p”
esa har bir “r” belgi “p” belgiga almashtirish tushiniladi; 
- Rasm nomidagi belgilarning joylashgan o‘rni tartib raqamini o‘zgartirish orqali
yangi hosil qilish mumkin; 
- Rasmni teskari qo‘yish orqali so‘z ham teskari o‘qiladi. 
“Informatika” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun quyidagi
vazifalarni taklif etish mumkin:
  Ushbu
vazifalar   talabalar   aqliy   faolligini   o‘stiradi,   bilish   jarayoniga   haqiqiy   qiziqish
uyg‘otadi.   O‘yin   davomida   talabalar   ma’lum   qiyinchiliklarni   yengadilar,   o‘z
kuchlarini sinaydilar, malaka va bilimlarini rivojlantiradilar. Ko‘pchilikka ma’lum
va   ommabop   bo‘lgan   krossvord   o‘yini   talabalarda   qiziqish   uyg‘otishi   tabiiydir. Krossvord   ko‘rinishidagi   so‘rov   shakli   talabalar   uchun   har   doim   qiziqarli   va
o‘ziga   tortadigan   metoddir.   Ushbu   o‘yinga   talabalar   shu   darajada   kirishib
ketadilarki,   hatto,   o‘zlari   ham   informatikaning   turli   mavzulari   bo‘yicha
krossvordlar   tuzishlari   mumkin.   Mustaqil   ijodiy   faoliyatning   bunday   shakli
foydali   bo‘lishi   bilan   birga,   faqatgina   bilimdon   talabalarnigina   emas,   balki   past
o‘zlashtiruvchilarni   ham   qamrab   oladi.   Boshqa   o‘quv   fanlaridan   past
o‘zlashtiruvchi talabalar ko‘pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq talabalarga
aylanadilar.   Krossvordlar   sodda   bo‘lishi   bilan   birga,   mashhur   olimlar,   allomalar
ismlariga,   mavzuga   aynan   mos   keluvchi   maxsus   atamalarga   diqqatini   jalb
etishning samarali vositasi hamdir. Quyida “Informatika” fanidan krossvordlardan
namuna   keltiraman.
  Informatika
fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish 
Hozirgi   davrda   o‘sib   kelayotgan   avlodni   mustaqil   fikrlaydigan   qilib   tarbiyalash
vazifasi   muhimdir.   Ushbu   masalaning   hal   etilishi   ko‘p   jihatdan   o‘qitishning
interfaol metodlarini qo‘llashga bog‘liq.  Interfaol so‘zi inglizcha “Interakt” so‘ziga mos kelib, “Inter – o‘zaro”, “akt – ish
ko‘rmoq, ishlamoq” degan ma’nolarni anglatadi. 
Interfaol o‘qitish – muloqotli o‘qitish bo‘lib, jarayonning borishida o‘qituvchi va
o‘quvchi   orasida   o‘zaro   ta’sir   amalga   oshiriladi.   Interfaol   o‘qitishning   mohiyati
o‘quv jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o‘quvchilar bilish
jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish
imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. 
Darslardagi interfaol faoliyat o‘zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga,
umumiy,   lekin   har   bir   ishtirokchi   uchun   ahamiyati   nazorat   topshiriqlarini
birgalikda   echishga   olib   keladigan   muloqotli   aloqani   tashkil   etish   va
rivojlantirishni ko‘zda tutadi. 
Interfaol   metodlardan   foydalaniladigan   o‘quv   jarayonida   o‘quvchilar   tanqidiy
fikrlashga, shart-sharoitlarini  va tegishli axborotni  tahlil  qilish asosida murakkab
muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko‘rishga va asosli ravishda
qarorlar   qabul   qilishga,   bahslarda   ishtirok   etishga,   boshqalar   bilan   muloqot
qilishga   o‘rganadilar.   Buning   uchun   darslarda   individual,   juftli   va   guruhli   ishlar
tashkil   etiladi,   izlanuvchi   loyihalar,   rolli   o‘yinlar,   ijodiy   ishlar   qo‘llaniladi,
hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi. 
Interfaol   o‘qitish   tashkilotchilari   uchun,   sof   o‘quv   maqsadlaridan   tashqari
quyidagi jihatlar ham muhimdir: 
-   guruhdagi   o‘quvchilarning   o‘zaro   muloqotlar   jarayonida   boshqalarning
qadriyatlarini tushunib etishi; 
-   boshqalar   bilan   o‘zaro   muloqotda   bo‘lish   va   ularning   yordamiga   muhtojlik
zaruratining shakllanishi; 
- o‘quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish. 
Interfaol   usullar   bo‘yicha   o‘qitish   tashkil   etish   jarayonida   o‘qituvchining   bergan
topshiriqlari   mazmuni   o‘quvchining   tafakkurini   rivojlantirish   uchun   kuchli
vositadir.   Ushbu   topshiriqlar   turli   xil   murakkablik   darajalarida   bo‘lib,
o‘quvchilarni fikr yuritish, o‘ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil
etishga undovchi bo‘lishi lozim.  Quyida topshiriq savollarini to‘g‘ri ifoda qilish uchun tavsiyalar keltiramiz: 
1. Topshiriq savollarini aniq va tushunarli darajada qo‘yish lozim. 
2.   Topshiriq   mavzu   bilan   bevosita   bog‘liq   bo‘lishi   kerak.   3.   Muayyan
predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat o‘quvchilarni o‘ylashi
va savolga javob berishda engillik tug‘diradi. 
4.   Faqatgina   “ha”   yoki   “yo‘q”,   “to‘g‘ri”   yoki   “noto‘g‘ri”   degan   javoblar
beriladigan savollarni berishdan saqlaning. 
5.   O’quvchilarga   o‘z   intellektual   qobiliyatlariga   tayangan   holda   javob   beradigan
savollarni bering. 
6. O’quvchining o‘z nuqtai nazarini bildiradigan topshiriqlardan berishga harakat
qiling. 
7. Qo‘yilgan topshiriqqa  javob  berilganda  o‘quvchilardan  “Nima  uchun shunday
deb o‘ylaysiz?” deb so‘rab turing. 
Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va mohiyatini keltiramiz: 
“Aqliy   xujum”   metodi.   Mazkur   metod   muayyan   mavzu   yuzasidan   berilgan
muammolarni   hal   etishda   keng   qo‘llaniladigan   metod   sanalib,   u   mashg‘ulot
ishtirokchilarini   muammo   xususida   keng   va   har   tomonlama   fikr   yuritish,
shuningdek,   o‘z   tasavvurlari   va  g‘oyalaridan  ijobiy  foydalanish   borasida   ma'lum
ko‘nikma   hamda   malakalarni   xosil   qilishga   rag‘batlantiradi.   Ushbu   metod
yordamida tashkil  etilgan mashg‘ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan
bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug‘iladi. 
«Aqliy   xujum»   metodi   tanlab   olingan   mavzular   doirasida   ma'lum   qadriyatlarni
aniqlash,   ayni   vaqtda   ularga   muqobil   bo‘lgan   g‘oyalarni   tanlash   uchun   sharoit
yaratadi.   Mashg‘ulotlar   jarayonida   «Aqliy   xujum»   metodidan   foydalanishda   bir
necha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar: 
1.   Mashg‘ulot   ishtirokchilarini   muammo   doirasida   keng   fikr   yuritishga   undash,
ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish. 
2.   Har   bir   ta'lim   oluvchi   tomonidan   bildirilayotgan   fikr   yoki   g‘oyalar   miqdori
rag‘batlantirilib   boriladi.   Bu   esa   bildirilgan   fikrlar   orasidan   eng   maqbullarini tanlab   olishga   imkon   beradi.   Bundan   tashqari   fikrlarning   rag‘batlantirilishi
navbatdagi yangi fikr yoki g‘oyalarning tuzilishiga olib keladi. 
3. Har bir ta'lim oluvchi o‘zining shaxsiy fikri yoki g‘oyalariga asoslanishi hamda
ularni   o‘zgartirishi   mumkin.   Avval   bildirilgan   fikr   (g‘oya)larni   umumlashtirish,
turkumlashtirish   yoki   ularni   o‘zgartirish   ilmiy   asoslangan   fikr   (g‘oya)larning
shakllanishiga zamin hozirlaydi. 
4.   Mashg‘ulotlar   jarayonida   ta'lim   oluvchilarning   har   qanday   faoliyatlarini
standart   talablar   asosida   nazorat   qilish,   ular   tomonidan   bildirilayotgan   fikrlarni
baholashga   yo‘l   qo‘ymaydi.   Agarda   ularning   fikr   (g‘oya)lari   baholanib,
boriladigan   bo‘lsa,   ta'lim   oluvchilar   o‘z   diqqatlarini,   shaxsiy   fikrlarini   himoya
qilishga   qaratadilar,   oqibatda   ular   yangi   fikrlarni   ilgari   surmaydilar.   Mazkur
metodni qo‘llashdan asosiy maqsad ta'lim oluvchilarni muammo xususida keng va
chuqur   fikr   yuritishga   rag‘batlantirish   ekanligini   etibordan   chetda   qoldirmagan
holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish
maqsadga muvofiqdir. 
“Bilaman.   Bilishni   hohlayman.   Bilib   oldim”   metodi.   Sinf   o‘quvchilari   beshta
guruhga   bo‘linadilar,   guruhlar   nomlanadi.   Yozuv   taxtasi   uch   qismga   ajratiladi.
Birinchi   bandning   yuqori   qismiga   «Bilaman»,   ikkinchi   bandning   yuqori   qismiga
«Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman»degan
so‘zlar   yoziladi.   So‘ngra   o‘qituvchi   o‘quvchilardan   mavzu   yuzasidan   qanday
ma'lumotlarga ega ekanliklarini so‘raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman »nomli
bandga   yozib   qo‘yadi.   Ushbu   xarakat   guruhlar   tomonidan   fikrlar   to‘la   bayon
etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a'zolari faol
ishtirok etishlariga ahamiyat  berish zarur. O‘quvchilar  tomonidan bildirilayotgan
noto‘g‘ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat o‘quvchilarning
faolligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi). 
Keyingi   bosqichda   o‘quvchilarga   mavzuga   oid   matnlar   tarqatiladi   Ushbu   matn
mavzu   bo‘yicha   eng   asosiy   tushunchalarni   o‘z   ichiga   oladi.   O‘quvchilar   matn
bilan tanishib chiqqandan so‘ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday
ma'lumotlarni o‘zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O‘quvchilar o‘z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib
boriladi.   So‘ngi   bosqichda   o‘qituvchi   o‘quvchilaridan   yangi   mavzu   bo‘yicha
qanday ma'lumotlarni o‘zlashtirish istagida ekanliklarini so‘raydi va o‘quvchilarni
yana o‘ylashga da'vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so‘raladi. O‘quvchilar
tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi. 
Masalan:   Matn   o‘quvchilarga   tarqatiladi.   O‘quvchilar   yakka   tartibda   (7   minut)
matn   bilan   tanishadilar.   So‘ngra   guruhlarda   yuqorida   qayd   etilgan   jadvalni
to‘ldiradilar. 
BBB   jadvali
Bilaman  Bilmoqchiman  Bilib oldim 
o‘zlashtirilganligini   nazorat   qilish   va   baholash   jarayoni   mobaynida   har   bir
o‘quvchi tomonidan o‘z baholarini egallashiga imkoniyat yaratish. 
Metodning qo‘llanishi: Amaliy mashg‘ulotlar hamda suhbat-munozara shaklidagi
darslarda yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin. 
Mashg‘ulotda   foydalaniladigan   vositalar:   O‘quvchi   dars   jarayonida   mustaqil
o‘qishlari,   o‘rganishlari   va   o‘zlashtirib   olishlari   uchun   mo‘ljallangan   tarqatma
materiallar   (o‘tilgan   mavzu   yoki   yangi   mavzu   bo‘yicha   qisqa   matnlar,   suratlar,
ma’lumotlar). 
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: 
Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi: 
• o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi; 
• o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi; 
• o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi; 
• berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi; 
• har bir guruh a’zolaridan yangiguruhtashkil etiladi; 
• yangiguruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari
bilan   axborot   almashadilar,   ya’ni   bir-birlariga   so‘zlab   beradilar,   matnni
o‘zlashtirib olishlariga erishadilar;  •   berilgan   ma’lumotlarning   o‘zlashtirilganlik   darajasini   aniqlash   uchun   guruh
ichida ichki   nazorat  o‘tkaziladi,  ya’ni   guruh  a’zolari   bir-birlari   bilan  savol-javob
qiladilar; 
• yangi a’zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar; 
•   darsning   qolgan   jarayonida   o‘quvchilar   bilimlarini   baholash   yoki   to‘plagan
ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi. 
O‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash
maqsadida   o‘qituvchi   (yoki   opponent   guruh)   o‘quvchilarga   savollar   bilan
murojaat etadilar, og‘zaki so‘rov o‘tkazadilar; 
•   savollarga   berilgan   javoblar   asosida   guruhlar   to‘plagan   umumiy   ballari
aniqlanadi: 
•   har   bir   guruh   a’zosi   tomonidan   guruhdagi   matn   mazmunini   hayotga   bog‘lagan
holda bittadan savol tuziladi; 
•   guruhlar   tomonidan   tayyorlangan   savollar   orqali   savol-javob   tashkil   etiladi
(«guruh hisobchilari» berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar); 
• guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi; 
• guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi. 
•   darsni   yakunlash,   uyga   vazifa   berish.   Informatika   darslarida   ushbu   metodni
quyidagicha   qo‘llash   mumkin:   Mavzu:   “Kompyuterlar.   Kompyuterlarning
qurilmalari va vazifalari” (5-sinf, Informatika). 
Tarqatma materiallar: 
1-guruhga – Kompyuterlar qanday tuzilgan? 
2-guruhga– Ma’lumotlar qanday saqlanadi? 
3-guruhga – Kompyuterlarning qanday qo‘shimcha qurilmalari mavjud? 
4-guruhga – Kompyuterlar qanday ishga tushiriladi? 
“ Zinama zina ”  texnologiyasi 
Ushbu metod o‘quvchilarni  o‘tilgan yoki  o‘tilishi  kerak  bo‘lgan mavzu  bo‘yicha
yakka  va  kichik  jamoa  bo‘lib  fikrlash   hamda  xotirlash,   o‘zlashtirilgan   bilimlarni
yodga   tushirib,   to‘plangan   fikrlarni   umumlashtira   olish   va   ularni   yozma,   rasm,
chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadi. Bu metod o‘quvchilar bilan yakka holda   yoki   guruhlarga   ajratilgan   holda   yozma   ravishda   o‘tkaziladi   va   taqdimot
qilinadi. 
Metodning maqsadi: O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa
bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha
hosil   kilishga,   jamoaga   o‘z   fikri   bilan   ta’sir   eta   olishga,   uni   ma’qullashga,
shuningdek,   mavzuning   tayanch   tushunchalariga   izoh   berishda   egallagan
bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish. 
Metodning qo‘llanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit bo‘lsa), seminar, amaliy va
laboratoriya   mashg‘ulotlarida   yakka   tartibda   yoki   kichik   guruhlarda   o‘tkazish
hamda nazorat darslarida qo‘llanilishi mumkin. 
Mashg‘ulotda   qo‘llaniladigan   vositalar:   A-3,   A-4   formatli   qog‘ozlarda
tayyorlangan   (mavzuni   ajratilgan   kichik   mavzular   soniga   mos)   chap   tomoniga
kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam)lar. 
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: 
•   o‘qituvchi   o‘quvchilarni   mavzular   soniga   qarab   3-5   kishidan   iborat   kichik
guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani ma’qul); 
•   o‘quvchilar   mashg‘ulotning   maqsadi   va   uning   o‘tkazilish   tartibi   bilan
tanishtiriladi.   Har   bir   guruhga   kog‘ozning   chap   qismida   kichik   mavzu   yozuvi
bo‘lgan varaqlar tarqatiladi; 
•   o‘qituvchi   a’zolarini   tarqatma   materialda   yozilgan   kichik   mavzular   bilan
tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida kog‘ozdagi
bo‘sh   joyiga  jamoa  bilan  birgalikda  fikrlashib  yozib  chiqish   vazifasini  beradi  va
vaqt belgilaydi; 
•   guruh   a’zolari   birgalikda   tarqatma   materialda   berilgan   kichik   mavzuni   yozma
(yoki   rasm,   yokio‘quvchizma)   ko‘rinishida   ifoda   etadilar.   Bunda   a’zolari   kichik
mavzu   bo‘yicha   imkon   boricha   to‘laroq   ma’lumot   berishlari   kerak   bo‘ladi.   •
tarqatma   materiallar   to‘ldirilgach,   guruh   a’zolaridan   bir   kishi   taqdimot   qiladi.
Taqdimot   vaqtida   guruhlar   tomonidan   tayyorlangan   material,   albatta,   auditoriya
(sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi;  o‘qituvchi   guruhlar   tomonidan   tayyorlangan   materiallarga   izoh   berib,   ularni
baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi. 
Venn   diagrammasi.   Venn   diagramma-grafik   ko‘rinishda   bo‘lib,   olingan
natijalarni   umumlashtirib,   ulardan   bir   butun   xulosa   chiqarishga,   ikki   va   undan
ortiq   predmetni   (ko‘rinish,   fakt,   tushuncha)   tahlil   qilish   va   o‘rganishda
qo‘llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo‘ladi.
Maqsad:   ikki   va   undan   ortiq   predmet   va   tushunchalarni   taqqoslashda,   turli   va
umumiy tomonlarini aniqlashda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish. 
Amalga oshirish bosqichlari: 
1-bosqich. O‘quvchilar (sheriklari bilan) ikki doirani to‘ldiradilar, har bir doiraga
ikki tushuncha (predmet)ni e'tiborli tomonlari sanab o‘tiladi. 
2-bosqich.   O‘quvchilarni   kichik   guruhlarga   (4-5   kishidan   iborat)   birlashtirib,
diagrammalarni taqqoslaymiz va to‘ldiramiz. 
3-bosqich.   Kichik   guruh   o‘quvchilariga   bu   tushunchalarning   (predmet,
ko‘rinishlarning) umumiy xossalarini aniqlashni taklif etamiz. 
4-bosqich.   Biron   bir   guruh   vakili   har   bir   tushunchaning   o‘ziga   xos   tomonlarini
o‘qiydi. Boshqalar zarurat bo‘lganda uni javobini to‘ldiradilar. 
5-bosqich.   Boshqa   guruh   vakillari   ikki   tushunchani   birlashtiruvchi   (umumiy)
xususiyatlarni   o‘qiydi.   Boshqalar   zarurat   paydo   bo‘lganda   bu   javoblarni
to‘ldiradilar. 
  ‘qituvchi   yakuniy   takrorlash-umumlashtirish   darsi   uchun   mavzularni   avvaldan
rejalashtirishi   kerak.   Yakuniy   takrorlash-umumlashtirish   darsi   o‘qituvchining
umumiy   ma'ruzasi   yoki   o‘quvchilarning   shu   mavzuga   doir   tayyorlangan
ma'ruzalarini   eshitish   orqali   o‘tkaziladi.   Dars   oxirida   o‘qituvchi   takrorlash-
umumlashtiruvchi   darsida   faol   qatnashgan   o‘quvchilami   rag‘batlantiradi,   faol
qatnashmagan   o‘quvchilami   ogohlantiradi,   so‘ngra   o‘tilgan   mavzu   materialini
umumlashtiradi va sistemalashtiradi.                           Xulosa
Yakuniy   takrorlash-umumlashtirish   darsi   bo‘lishidan   5-6   kun   oldin
takrorlanadigan   mavzular   o‘quvchilarga   beriladi.   O‘quvchilar   esa   o‘qituvchining
ko‘rsatmasiga   asosan   belgilangan   kitoblardan   foydalanib,   takrorlash-
umumlashtirish   darsiga   ma'ruzalar   tayyorlaydilar.   Yakuniy   takrorlash-
umumlashtirish   darslarini   bunday   uyushtirish   orqali   har   bir   o‘quvchini   mustaqil
ishga o‘rgatiladi. 
Mavzularni yakuniy takrorlash-umumlashtirish darsi rejasiga bob yoki kursni o‘z
ichiga oladigan materiallardan tanlanadi.

Mavzu : Samarali o‘qitishning qiziqtiruvchi va interfaol usullari, hamda ulardan foydalanish. REJA: 1.Kirish. 2. Asosiy qism. I. Informatika fanini o‘qitishda o‘yinli qiziqtiruvchi texnologiyalardan foydalanish. II. Informatika fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish. 3. Xulosa. 4. Foydalanilgan adabiyotlar

Tayanch tushuncha va iboralar: Informatika, o‘yinli texnologiyalar, qiziqtiruvchi texnologiyalar, klasterli texnologiyalar, Venn diagrammasi, BBB jadvali, T-sxema, rolli o‘yinlar, o‘qitish metodlari, interfaol metodlar, aqliy hujum. 1. Informatika fanini o‘qitishda o‘yinli qiziqtiruvchi texnologiyalardan foydalanish Ta’lim muassasalari talabalarini mustaqil bilim olishiga yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. O‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot- kommunikasiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligigi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kun talabi ta’limni sifat o‘zgarishlariga olib keluvchi yangicha yondashuvlarni izlashga undamoqda va uni o‘rganishdagi yondashuvlar (metodlar) ham o‘zgarmoqda. Ta’limda yangi bilimlarni amalda qo‘llash natijasi innovatsiyalarga asoslangan yangi ta’lim yaratilishiga olib kelmoqda. Respublikamizda ta’lim tizimini har tamonlama rivojlantirish kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va isloh qilish davlat ahamiyatidagi eng ustivor vazifalar qatoriga kiradi. O’quvchi o‘zlashtirgan bilimini amaliyotda qo‘llay bilishi uchun uni o‘z vaqtida mustahkamlashi, boshqa tushunchalarni o‘rganishda qo‘llash bilishi va olingan bilimlarni tizimlashtirish ta’lim samaradorligini ta’minlashga olib keladi. O’quvchining bilish faoliyati deganda: - o‘rganilayotgan mavzuga doir barcha axborotlarni to‘plash; - to‘plangan axborotlarni qayta ishlash; - o‘rganilgan axborotlarni (ma’lumotlarni) qo‘llash kabi uchta bosqichdan iborat faoliyat tushuniladi. Informatika o‘quv predmetining asosiy vazifasi o‘quvchilarni zamonaviy informatikaning ba’zi bir umumiy g‘oyalari bilan tanishtirish, informatikaning

amaliyotdagi tadbig‘ini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Shunday ekan, “Informatika” fanini o‘qitish samaradorligini oshirish o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o‘qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ularni o‘quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni dolzarbligini e’tiborga olgan holda “Informatika” fanini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o‘rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish zarur. O‘yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.O‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi. O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llanadi. O‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi. O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi. Didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o‘quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o‘qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo‘llash lozim. Masalan, ko‘pchilikka ma’lum va ommabob bo‘lgan krossvord o‘yini o‘quvchilarda qiziqish o‘yg‘otishi tabiiydir. Qomusiy lug‘atda ta’riflanishicha, uning atamasi inglizcha “kross” –

kesishgan, “vord” – so‘z degan ma’noni anglatib, ilk bor XX asr boshlarida kashf etilgan. Vaqt o‘tishi bilan uning turlari ko‘payib, chaynvord, chaynkrossvord, krosschaynvord, aylanma krossvord, diagonal krossvordlar o‘ylab topildi. Ularning har biri shaklda so‘zlarning joylashishi va bog‘lanishi bilan farq qiladi.Krossvord ko‘rinishidagi so‘rov shakli o‘quvchilar uchun har doim qiziqarli va o‘ziga tortadigan metoddir. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shaklidan foydalanilganda darsda faqatgina kuchli o‘quvchilargina emas, balki kuchsiz o‘quvchilar ham faol ishtirok etadilar. Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning boshqa shakllaridan, ya’ni rebus va boshqotirmalardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Ushbu qiziqtiruvchi metodlardan foydalanganda, o‘qituvchi darsni maqsadli tashkil qilishni rejalashtiradi, ya’ni krossvord, rebus, boshqotirmalarni fanning mazmuniga mos tayyorlaydi. Darsning maqsadini aniqlaydi va kutilayotgan natijani loyihalaydi. Rebus, krossvordlar o‘yinli texnologiyalarga sirasiga kiradi. “Rebus” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “So‘zlar orqali emas, balki rasmlar orqali ifodalash” ma’nosini anglatadi. Bu - biror so‘z yoki atamaning rasmlar, notalar, xarflar bilan birgalikda ifodalanishi orqali hosil qilingan jumboqdir. Rebus – keng tarqalgan va eng mashxur o‘yinlar sirasiga kiradi. U orqali maqollarni, she’r qismlarini, biror iborani yoki so‘zni berkitish mumkin. Undan ilk bor Fransiyada XV asrda qo‘llanilgan. Eng birinchi rebuslar to‘plami Etenom Taburo tomonidan Fransiyada 1582 yili chop etilgan. Keyinchalik Angliya, Germaniya, Italiyaga tarqalgan. Rossiyada birinchi rebuslar “Illyustrasiya” jurnalida 1845 yili chop etilgan. Rebus – bu atamalarni ko‘ngil ko‘taruvchi xarakterda shifrlashdir. Masalan: Rasmning chap qismidagi apostroflar soni rasm nomining chap tomonidan‒ o‘chiriladigan xarflar soniga mos keladi; Rasmning o‘ng yuqorisidagi apostroflar soni rasm nomining o‘ng tomonidan ‒ o‘chiriladigan xarflar soniga mos keladi; - So‘z o‘rtasidagi xarflarni o‘chirish uchun bu xarflar rasm ustida yozilib ustidan chiziladi;

- So‘zdagi belgini almashtirish: “2=d” 2 – xarfni “d” xarfiga almashtirish, “r=p” esa har bir “r” belgi “p” belgiga almashtirish tushiniladi; - Rasm nomidagi belgilarning joylashgan o‘rni tartib raqamini o‘zgartirish orqali yangi hosil qilish mumkin; - Rasmni teskari qo‘yish orqali so‘z ham teskari o‘qiladi. “Informatika” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun quyidagi vazifalarni taklif etish mumkin: Ushbu vazifalar talabalar aqliy faolligini o‘stiradi, bilish jarayoniga haqiqiy qiziqish uyg‘otadi. O‘yin davomida talabalar ma’lum qiyinchiliklarni yengadilar, o‘z kuchlarini sinaydilar, malaka va bilimlarini rivojlantiradilar. Ko‘pchilikka ma’lum va ommabop bo‘lgan krossvord o‘yini talabalarda qiziqish uyg‘otishi tabiiydir.