Sharq maorifi tarixi
Sharq maorifi tarixi Reja: 1. Sharq ilm-fanining vujudga kelishi. 2. O’rta asrlar Sharq uyg’onish davri madaniyati. 3. Sharq ilm-fanining jahon taraqqiyotiga qo’shgan hissasi.
Sharqda ilm-fanning vujudga kelishi qadim davrlarga borib taqaladi. Xususan qadimgi Xitoy, Hindiston kabi davlatlar tarixi bunga misol bola oladi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo tarixida ham qadimdan ilm-fan rivojlanib kelganligini ko’rishimiz mumkin. Ilk o’rta asrlar davridayoq Sharqda ilm-fan taraqqiy eta boshladi. Abbosiylar davrida Bag'dod shahriga asos solindi. Bu joy xalifalikning siyosiy markazi bo'libgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy markaziga aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma'mun (813-833) davrida ilm- ma'rifatga katta e'tibor berildi. Masalan, yirik ilmiy markazga aylangan "Bayt al-hikma"ga asos solinib, bu joyda o'z davrining mashhur olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, me'mor, muhandislari to'plangan edi. Bu davrda arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar, movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, suryoniy, fors, hind va boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi yunon faylasuflari Ptolemeyning "Almajistiy" (Almagest), Yevklidning handasa (geometriya), Aflotun va Arastuning qator asarlari arab tiliga o'girildi. Ayniqsa, Arastuning mantiqqa oid asarlarining tarjima qilinishi Bag'dod ziyolilari dunyoqarashining butunlay o'zgarishiga olib kelgan edi. Arab xalifaligi, yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Madaniy hayotda yuz bergan ko’tarinkilik ma’naviy hayotda ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Ana shu ko’tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va o’rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq uyg’onish davri
deb ataldi. Bu uyg’onish jarayoni IX asrdan boshlab XV asrlargacha davom etdi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri xalifalikning Bag’dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifalik emirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning o’g’li al-Ma’mun davrida Bag’dodda ―Bayt–ul-hikma (―Donishmandlik uyi ) (hozir‖ ‖ Akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlangan. Akademiya qoshida rasadxona ham bo’lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog’doddagi mazkur ilm markazi, o’z navbatida Sharq va g’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o’rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko’rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz. Zero, xalifa al-Ma’mun ilm fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlaridan xalifalikning Xurosondagi noibi bo’lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to’plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al- Farg’oniy, al-Marazviy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo’lgan. Al- Ma’mun xalifalik taxtiga o’tirgach u olimlarning barchasini Bag’dodga chaqirib oladi va ―Bayt-ul-hikma - donishmandlik uyi (―Ma’mun ‖ akademiyasi )da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi. ‖ Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon,
xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati bo’lsin, Uyg’onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qildi. Agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu erda ilgari mavjud bo’lgan fan va madaniyat o’choqlarini yo’qotgan bo’lsalar, ko’p o’tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning etuk siymolari etishib chiqa boshlaydi. Bularning barchasining bir-biriga qo’shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi. Yaqin va o’rta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkazorti va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. Yaqin va o’rta Sharq mamlakatlarida madaniy yuksalishga olib kelgan asosiy sababfeodal munosabatlarning yangi bosqichi bo’ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo’ysungan mamlakatlarning xo’jalik- iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar-hind, Movarounnahr, Eron, arab, Misr, grek-yunon-rim madaniyatlarining yaqindan o’zaro aloqasi va bir-biriga ta’sir etib borishi katta rol o’ynadi. Haqiqatdan ham bu davrda iqtisodiyot taraqqiy etdi, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik rivojlandi. Bu davrda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan er maydonlari kengaydi, ko’plab sug’oriladigan erlar ochildi, sug’orish inshootlari tiklandi, yangilari qurildi, paxta, zig’ir, kanop ekilib, ularning tolasidan mato to’qildi. Movarounnahrda, xususan, Xorazm, Urganch, Farg’ona, Samarqand va Buxoro to’qimachilik mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur bo’lgan. Qishloq xo’jaligi va
hunarmandchilik, sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo’l ochdi. Natijada Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko’lami ortib bordi. Pireney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarixining yangi sahifalarini ochib berdi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovro’pa uchun ahamiyati beqiyos bo’ldi. Sharq faqatgina Ovro’po madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina qolmay, balki umuman, Ovro’polik odamning psixologiyasi, tafakkuri, xarakteri, hayot tarzini tarixiy jarayonni tubdan o’zgartirib yubordi. Bu esa o’z navbatida matematika, falsafa, astronomiya, tabiiyot, tibbiyot, xulq-odob, turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’sir etdi. X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar– Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo’lishida xalifalikning emirilishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’zgarishlar, albatta madaniy hayotga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o’sha davrning madaniy markazlari sanalardi. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o’rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Ammo hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo’lsa ham, arab imlosida yozilar edi. Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak- atrofdagi qishloqlardan oddiy xalq bolalari ham kelib o’qiganligi manbalarda keltiriladi. O’sha davrda Buxoroda katta kitob bozori