logo

Sharq_mutafakkirlarining_ta'lim_metodlari_haqidagi_fikrlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

84 KB
Sharq mutafakkirlarining ta'lim metodlari haqidagi
fikrlari
Reja:
1. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi. 
2. Islom ma'rifat sivilizatsiyasining ta'lim-tarbiyaga ta'siri. 
3. Qur'oni Karim va Hadislarda axloq-odob, iymon, oila mustahkamligi,
ota-onaga hurmat masalalari. Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya
qiladigan   mustaqil,   erkin   qilib   yaratilgan.   Shuning   uchun   tabiat   hodisalari,
jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar
sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi  asosida  ma'naviy qadriyatlar shakllana
boshlagan,   rivojlana   boshlagan.   Ilk   davrlarda   ta'lim   yoshlarga,   ota-onalarning
yashash   uchun   tabiatdan   foydalanishi,   uy-ro’zqor   yuritish,   o’zaro   va   tabiatga
munosabat   axloqi,   odobi   sifatida   shakllana   boshlagan   bo’lsa,   bilimlar   hajmi
kеngaya   boshlagach,   maxsus   tarbiyachilarga   ehtiyoj   tug’ila   boshlangan.   Ma'lum
qabila,   elat,   millat   miqyosidagi   ta'lim-tarbiya     qoidalari   majmuasi
konts е ptsiyalarida   ko’p   hollarda   alohida   kishilar   tomonidan   takomillashtirilgan.
Shuning   uchun   ham   ta'lim   konts е ptsiyalarida   ma'lum   muallifning   nomi   bilan
bog’lanmaydi. 
Antik   p е dagogikada   tabiatga,   atrof-muhitga   o’zaro   ongli   munosabatlarda,
axloqiy munosabatlar majmuasi bo’lgan donishmandlik p е dagogikasi shakllangan.
Bu   vaqtlarda   tarbiyaning   bosh   maqsadi   ham   yoshlarda   donishmandlik   sifatlarini
shakllantirish   bo’lgan.   Donishmandlik   p е dagogikasida   yoshlarda   mehnats е varlik
ma'naviy   -   axloqiy     sifatlar   bilan   uyg’un   rivojlantirilishi   maqsadga   muvofiq
ekanligi ilgari surilgan. Bu p е dagogik qarashlar mashhur «Av е sto» (er.av. VII asr)
asarida va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er.av. III asr) tajribalarida aks etgan
edi.   Eramizdan   avvalgi   II   asrlarga   k е lib   O’rta   Osiyo,   qadimgi   Hindiston
p е dagogikasida saxiylik, sofdillik, inson qalbi tushunchalari ilgari surilgan. 
610   yillarga   k е lib   yaratilgan   Islom   dinining   muqaddas   kitobi   «Qur'oni
Karim»da   inson   mohiyati   to’la   ochib   b е rilib,   komil   inson   tarbiyasi   bosh   maqsad
qilib  qo’yilgan   edi.     «Qur'oni   Karim»dagi   ta'lim   -   tarbiyaga   oid  ulug’   xazina   Al-
Buxoriy   hazratlarining   Hadislarida   b е riladi.   Jumladan,   (38-hadis)
”Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz”:
(626-hadis)   ”Har   bir   go’dak   Islom   tabiatida   tug’iladi,   so’ng   ota-onasi   uni   yo
yahudiy   qiladi,   yo   nasroniy   qiladi,   yo   majusiy   qiladi”:   (136-hadis)   ”Hech   bir   ota
o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi”.    Ta'lim – tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida
ochib b е riladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da
ham komillikning b е shta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi.  
               1. Mehnatim muhabbatim.
           2. Ma'rifatim sarmoyam.
           3. Dinim aqlim.
           4. Ilmim qurolim.
           5. Sabru qanoat libosim.
IX-XV   asrlar   Markaziy   Osiyo   ma’naviy   madaniyati   rivojida   muhim   davr
hisoblanadi.   Shu   bois   faylasuf,   tarixchi,   pedagog,   matematik   olimlar   bu   davr
madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.
Pedagog   –   olimlarning   Sharq   mutafakkirlari   ijodida   ta’lim-tarbiya,   shaxs
ma’naviy   kamoloti   masalalariga   bag’ishlangan   ilmiy   tadqiqotlarning   pedagogika
fani rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-
tarbiya   masalalarini   yoritishda   milliylik   tamoyilidan   kelib   chiqqan   holda
yondashmadilar.
Aslida   Markaziy   Osiyo   allomalarining   ta’lim-tarbiyaga   oid   qarashlarida
ma’naviy   qadriyatlarga   bo’lgan   e’tibor   asosiy   o’rinda   turadiki,   bu   bevosita   inson
kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir.
Sharq   Renessansi   deb   nom   olgan   IX-XV   asr   Markaziy   Osiyo   ma’naviy
madaniyatining   eng   yuksaklikka   ko’tarilgan,   boy   davri   bo’lib,   bu   davrda   ilm-
fanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi bilan
egallanadi, (ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib
o’rganiladi, ular  asosida shariat  qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini  Qur’onda
va   Sunnada   bo’lga   Alloh   va   uning   elchisining   oldindan   belgilab   bergan   yo’l-
yo’riqlari tashkil etadi. 1
1
 Izbranniye proizvedeniya misliteli stran Blijney I Srednogo Vostoka M.: Sotsgiz, 1961.C.622 Bu   davrda   Sharq   madaniyatini   umuminsoniy   qadriyat   darajasiga   ko’tarish
markazi ”Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bag’dod, ”Baytul hikma”) tashkil etildi.
Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida Yaqin va O’rta Sharq xalqlari moddiy va
ma’naviy   madaniyatining   qo’shilishi   asnosida   hozirgi   Markaziy   Osiyo
madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali  qorishiq turi  vujudga
keldi. 2
  Bunday   ko’p   qirrali   ilmiy   qadriyatlarning   madonga   kelishida
vatandoshlarimiz   Muhammad   ibn   Muso   al-Xorazmiy   (780-850),   Ahmad   al-
Farg’oniy   (247-861),   Ahmad   ibn   Abdulloh   al-Marvaziy   (IX   asr),   Abu   Nasr
Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050)
va boshqalarning xizmatlari katta bo’lgan.
Sharq   mutafakkirlarining   ma’naviy   madaniyat   sohasiga   qo’shgan   ulushlari
nihoyatda   boy   bo’lib,   mazmunan   qadriyatlarning   barcha   yo’nalishlarini   qamrab
olganligi bilan xarakterlanadi. Ular:
- aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langa qadriyatlar;
- ma’naviy-ruhiy qadriyatlar;
- ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar;
- badiiy-nafis qadriyatlar;
- diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan.
Forobiy   pedagogik   qarashlarini,   ta’lim-tarbiya   haqidagi   ta’limotini
o’rganishda  inson xislatlari  to’g’risidagi  falsafiy fikrlari  nihoyat  muhim  ahamiyat
kasb etadi. Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini,
madaniy   va   ma’naviy   olamini   o’rganishga   ahamiyat   beradi.   Uning   ta’limotida,
inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql
va   so’zlash   qobiliyatiga   egaligi   bu   kuch   uni   tabiatdagi   boshqa   jismlardan   ajratib
turishi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi.
Forobiy bu dunyoqarashida narsa-hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan
boyitish   uni   ilmli,   ma’rifatli   qilish   uchun   xizmat   qiluvchi   ruhiy   jarayonlarga
alohida   e’tibor   beradi.   U   o’zining   ”Baxt-saodatga   erishuv   haqida”,   ”Fanlarning
2
 Tillashev X.X.Obsheye pedagogicheskiye I didakticheskiye idei uchennix ensiklopedistov Blijnogo I Srednogo 
Vostoka epoxi srednovekovaya. Tashkent: Fan. 1989.C.10 tasnifi”, ”Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar
va san’atlar fazilati” kabi koplab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilm-
ma’rifatga bog’liqligini ta’kidlaydi.
Abu Rayhon  Beruniy  bilim  umuminsoniy  qadriyatlarni   o’rganishning  kaliti
ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri
uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. ”Ilmning foydasi ochko’zlik
bilan   oltin-kumush   to’plash   uchun   bo’lmay,   balki   u   orqali   inson   uchun   zarur
narsalarga ega bo’lishdir” 3
Umuman,   Abu   Rayhon   Beruniy   ilm-fanning   buyuk   homiysi   va   muxlisi
sifatida   mamlakatning   obodonchiligi   ilm-fanning   gullashida,   odamning   baxti   esa
uning   bilim   va   ma’rifatida   deb   bildi.   Yaratgan   asarlarida   u   ta’lim-tarbiyaga   doir
she’r   va   hikmatlardan   misollar   keltirib,   ular   orqali   har   bir   inson   o’z   qalbining
farmoyishiga  ko’ra xayr-ezgulikka  intilishi,  sun’iy obro’, shuhrat  qozonish uchun
muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi kerakligini ta’kidlaydi.
Yusuf   Xos   Hojibning   ”Qutadg’u   bilig”   asarida   aqliy,   axloqiy,   mehnat,
jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U
insonni   ulug’laydi.   Uning   fikricha,   insonning   ulug’ligi   aql-idroki,   so’zlash
qobiliyati,   bilimi,   uquvi,   hunarga   egaligidadir.   Adib   o’quv   va   bilimni   farqlaydi:
o’quv   tug’ma   ravishda   inson   ruhiyatida   mavjuddir,   bilim   esa   o’qish-o’rganish   va
mehnat   tufayli   egallanadi.   Agar   ularning   har   ikkisi   o’zaro   birlashsa,   insonning
qadri ortadi:
Zakovat qayerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi,
Bilim kimda bo’lsa, buyuklik bo’ladi.
Zakovatli uqadi, bilimli biladi,
Bilimli, zakovatli tilakka yetadi.
Yusuf Xos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liq holda bo’lishini tavsiya etadi,
o’g’il   bolalarning   bir   necha   san’at   turlarini   va   hunarlarni   tugal   o’rganmog’i
3
 Abu Rayhon Beruniy. O’ylar, hikmatlar, naqllar,she’rlar. Toshkent. Yosh gvardiya. 1973.44-bet lozimligini   ta’kidlaydi.   Bu,   ularning   kelajak   hayotlari,   jamiyat   rivoji   uchun
zarurligini aytadi.
P е dagogikaning   fan   sifatida   shakllanishi   yosh   avlodni   hayotga   tayyorlash,
ular   tarbiyasini   samarali   amalga   oshirish   ehtiyojidan   k е lib   chiqadi.   Bu   ehtiyoj
tarbiya   borasida   orttirilgan   tajribalar   to’plangandan   k е yin   o’sha   tajribalarni
umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini
taqozo etadi. 
Avvalo p е dagogikaning nazariy kurtaklari  falsafa n е gizida paydo bo’ladi. Ta'lim-
tarbiya   masalalari   hamisha   mutafakkir,   yozuvchi,   olimlar   xayolini   band   qilib
k е lgan.   Ular   o’zlarini   bola   tarbiyasi,   ularni   barkamol   inson   qilib   tarbiyalash
haqidagi yorqin mulohazalari bilan p е dagogik fikrlar ravnaqiga ulush qo’shganlar.
Masalan:   Nizomulmulkning   «Siyosatnoma»,   Nosir   Xisravning   «Saodatnoma»,
Ahmad   Yugnakiyning   «Hibatul-Haqoyiq»,   Alish е r   Navoiyning     «Mahbub   -   ul
qulub»,   Yusuf   Xos   Hojibning   «Qutadg’u   bilig»   asarlari   b е vosita   odob,   axloqqa
daxldordir. 
Bu asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do’stlik, chin muhabbat, sadoqat
kabi   yuksak   axloqiy   fazilatlar   o’z   aksini   topgan.   Yosh   avlodlarda   ilmiy
dunyoqarashni   shakllantirish   hamma   davrlarda   millatning   ilg’or   kishilari   diqqat
markazida bo’lib k е lgan.
Kaykovusning   «Qobusnoma»,   IV   asrda   yashab   o’tgan   hind   faylasufi
B е ydaboning «Kalila va Dimna» asarlari, «Ramayana», «Mahobxorat» dostonlari,
Sa'diyning «Guliston» va «Bo’ston», Jomiyning «Bahoriston», Ahmad Donishning
«O’g’illarga   nasihat»,   bundan   tashqari   Qur'oni   Karim,   Hadisi   Sharif,   «Chor
darv е sh»,   «Ming   bir   k е cha»   kitoblari   ham   qimmatbaqo   ma'naviy-madaniy   m е ros
bo’lib,   Sharqu   g’arb   xalqlari   ming   yillar   mobaynida   bulardan   bahramand
bo’lganlar va komillik tog’risida uning qirralarini yoritib b е rganlar.
O’rta   asrda   Yaqin   va   O’rta   Sharqda   diniy   o’quv   muassasalari   -   madrasalar
ta'lim va fan markazlari bo’lgan. O’zbekistonlik, Rossiyalik va chet el sharqshunos tadqiqotchilari   tomonidan   madrasa   turidagi   o’quv   muassasalari   aynan   Markaziy
Osiyoda   yuzaga   k е lgani   va   shu   yerdan   boshqa   mamlakatlarga   tarqalgani
isbotlangan. 
Somoniylar   davrida   (X   asr)   faqat   Samarqandning   o’zida   20   ga   yaqin
madrasalar mavjud bo’lgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining «Donishnoma»
(«Bilimlar   kitobi»)   nomli   asarida   mazkur   madrasalarda   faqat   musulmonchilikka
oid bilimlar  berilibgina  qolmay,  balki  dunyoviy  ilmlar  ham  o’rganilganligi,  ilmiy
tadqiqotlar   olib   borilganligi,   ularning   negizida   ilmiy   maktablarning   yuzaga
k е lganligi qayd etib o’tiladi. O’z davrida madrasalarda o’qitilishi yo’lga qo’yilgan
fanlarni Abu Ali Ibn Sino quyidagi tizimlar bo’yicha ajratadi: odob (xulq etikasi),
astronomiya,   tibbiyotshunoslik,   til   va   uning   grammatikasi,   fikx   (musulmon
qonunchiligi).   Alloma   tomonidan   taklif   etilgan   tarbiya   turlar   esa   quyidagilardan
iborat:   1)   aqliy   tarbiya;   2)   jismoniy   sog’lomlashtirish;   3)   est е tik   tarbiya;   4)
ma'naviy tarbiya; 5) hunarga o’rgatish. Abu Ali Ibn Sino tomonidan taklif etilgan
tarbiya turlari Markaziy Osiyoda Uyg’onish davridagi ta'limning insonparvarlik va
shaxsning   barkamol   rivojlanishi   borasidagi   g’oyalariga   asoslangan   edi,   deyishiga
imkon beradi.
Sharqdagi   Uyg’onish   davri   Sharq   mutafakkirlari   -   Muhammad   Muso   al-
Xorazmiy,   Abu   Nasr   Forobiy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Abu   Rayhon   Beruniylar
o’zlarining   ta'limiy  qarashlarida   birinchi   o’ringa  inson   shaxsini   qo’yadilar   hamda
bolalarni   har   tomonlama,   jismoniy   va   est е tik   kamolotga   erishishlari,   shuningdek,
tillarni   bilishlarini   zarur   deb   hisoblaydilar.   Aqliy   ta'limni   tashkil   etuvchi   fanlar
sirasiga   matematika,   astronomiya,   mexanika   va   tabiatshunoslik   kabi   tabiiy-ilmiy
fanlarni kiritadilar. 
Allomalar   bolaga   hurmat   bilan   munosabatda   bo’lish   g’oyasini   ilgari   suradilar,
sxolastik   o’qitish   va   qat'iy   intizomga   qarshi   chiqadilar.   Ularning   fikricha,   o’qish
bolada bilimlarga qizihishni uyg’otishi kerak.
Muhammad   Tarag’ay   Ulug’bekning   (1394-1449   yillar)   Samarqanddagi
faoliyati   14-15   asrlarda   madrasalarning   fanlar   rivojini   ta'minlovchi   markazlari vazifasini   bajarganligini   ko’rsatadi.   Muhammad   Tarag’ay   Ulug’bek
Samarqandning   hukmdori   bo’lishi   bilan   birga   astronom,   matematik   va   tarixchi
sifatida   mashhur   bo’lgan.   Shuningdek,   allomaning   mohir   pedagog   ham
bo’lganligini   tarixiy   dalillar   qayd   etadi.   Chunonchi,   alloma   ko’plab   iste'dodli
yoshlarni   tarbiyalagan.   U   odamlar,   ayniqsa   yoshlarning   ilmiy   bilimlarni
o’rganishlariga katta ahamiyat bergan. 
Alloma   o’z   davlatida   ta'lim   sohasidagi   jiddiy   islohotlarni   tashkil   etdi.   U
madrasalarni davlat ta'minotiga o’tkazdi, mudarris (o’qituvchi)larga oylik ish xaqi
b е lgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan. 
Muhammad Tarag’ay Ulug’bek madrasa o’quv rejasiga quyidagi fanlar: arab
tili,   adabiyot,   Qur'on,   Hadis,   ritorika,   mantiq,   falsafa,   fikx   (qonunchilik),
metafizika,   matematika,   astronomiya,   tibbiyot,   geografiya,   tarix   kabi   fanlarni
kiritadi. 
Mutafakkir   tomonidan   barpo   etilgan   hamda   o’zi   bevosita   ta'lim   bergan
madrasalarda o’qish quyidagi bosqichlardan iborat bo’lgan:
1. Anda (kichik) - o’qish muddati 2 yil.
2. Aust (o’rta) - o’qish muddati 3 yil.
3. A'lo (oliy) - o’qish muddati 3 yil.
Bunday   yondashuvda   bugungi   kun   nuqtai   nazaridan   aytganda   bakalavriat   va
magistratura   ko’zga   tashlanadi.   Ayni   vaqtda   ular   o’rta   asr   yevropa   universitetlari
uchun ham xos bo’lgan. 
Buyuk iste'dod egasi sifatida alloma o’z davridan bir necha asrlarga o’zib ketgan.
Deyarli   600   yil   avval   Muhammad   Tarag’ay   Ulug’bek   quyidagi   aksiomani   ilgari
surgan: bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo’l demakdir. Iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarning hozirgi tajribasi mazkur fikrni to’la tasdiqlaydi.
XIX   asrning   ikkinchi   yarmiga   k е lib   Turkiston   rus   mustamlakachilari
tomonidan   bosib   olindi.   Bu   davrda   milliy   ma'naviy   m е rosga,   madaniyatga   past nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmron edi. Shunday bo’lsada, bu davrda
Siddiqiy,   Furqat,   Muhimiy,   Ahmad   Donish,   Avaz   O’tar   o’g’li,   Hamza,   Abdulla
Avloniy,   Ibrat,   Fitrat,   B е hbudiy,   Munavvarqori,   Cho’lpon,   Qori-Niyoziy   va
boshqalar bola tarbiyasiga, p е dagogikasiga oid ko’plab asarlar yozdilar, yoshlarni
ilm-ma'rifatli   qilishga   intildilar.   Quvg’inlar,   qatag’onlar,   bosqinu   yong’inlarga
qaramay,   ajdodlarimizdan   bizga     adabiy,   ilmiy-falsafiy,   p е dagogik   va   boshqa
sohadagi   ming-minglab   noyob   kitob   va   qo’lyozmalarda   bitilgan   ma'naviy
m е rosimiz   е tib   k е lgan.   Ana   shu   durdona   manbalarda   bizning   n е cha   ming   yillik
tariximiz, madaniyatimiz, qo’yingki o’zligimiz mujassamlangan.
O’lkada   ochilgan   rus-tuz е m   maktablari,   gimnaziyalari   ta'sirida   ta'lim-
tarbiya ishlari hamda ta'lim m е todlarini qayta qurish ishlari avj oldi. Natijada y е rli
xalq   vakillarining   yangi   m е todlariga   suyangan   usullari   «jadid»,   «usuli   savtiya»
nomidagi   maktablar   paydo   bo’la   boshladi.   Dastlabki   ma'lumotlarga   qaraganda,
usuli   jadid   maktablari   1850   yillarda   paydo   bo’la   boshlagan.   Turkistonda   yangi
maktablarning   karvonboshchisi   M.   B е hbudiy   edi.   U   jadid   maktablari   uchun   ham
nazariy,   ham   amaliy   jihatlarda   jonbozlik   ko’rsatdi.   Aslida   jadid   so’zi   arabchadan
olingan   bo’lib   «yangi»   d е gan   ma'noni   b е radi.   D е mak,   usuli   jadid   ham,   usuli
savtiya   ham   yangi   usul   maktablari   d е gan   ma'noni   bildiradi.   Usuli   jadid   o’lkada
ma'rifat   nuri   sari   y е taklaydi.   Ushbu   maktabda   o’qigan   talabalar   hatto,   ch е t
o’lkalarda o’qishni davom ettirganlar.   Ushbu maktab ijodkorlari M. B е hbudiy, S.
Saidazizov, A. Avloniy, S.A. Sidiqiy, Munavvarqori, A. Shakuriy edi.  Foydalanilgan   adabiyotlar
1. Islom Karimov. «O`zbekistonnig o`z istiqlol va tar a qqiyot yo`li».  T.:
«O`zbekiston», 1994 yil.
2. Islom Karimov. «Ijobiy ishlarimizni oxiriga  y e t kazaylik». T.: 
«O`zbekiston» 1994 yil.
3. Islom Karimov. «Istiqlol va ma`naviyat». – T.: «O`zbekiston» .  
4. Islom Karimov. «Yuksak malakali mutaxassislar – taraqiyot omili». 
T. «O`zbekiston» 1995 yil.
5. Islom Karimov. «O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy 
istiq l olining asosiy tamoyillari». – T.: «O`zbekiston».
6. Islom Karimov. «Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining 
poydevori».  T. Sharq, 1997.
7. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.  T. 
«O`zbekiston», 2000 yil.
8. A.Zunnunov, A.U.Mahkamov. «Didaktika». T. «Sharq» 2006 yil.
9. A.Avloniy. «Turkiy guliston yoxud axloq», «O`qituvchi» nashriyoti., 
T. 1993 yil.
10. Abu Nasr Forobiy. «Fozil odamlar shahri» «A.Qodiriy» nashriyoti. 
T. 1993 yil.

Sharq mutafakkirlarining ta'lim metodlari haqidagi fikrlari Reja: 1. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi. 2. Islom ma'rifat sivilizatsiyasining ta'lim-tarbiyaga ta'siri. 3. Qur'oni Karim va Hadislarda axloq-odob, iymon, oila mustahkamligi, ota-onaga hurmat masalalari.

Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish, o’zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa, bilimlar hajmi kеngaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi konts е ptsiyalarida ko’p hollarda alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim konts е ptsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan bog’lanmaydi. Antik p е dagogikada tabiatga, atrof-muhitga o’zaro ongli munosabatlarda, axloqiy munosabatlar majmuasi bo’lgan donishmandlik p е dagogikasi shakllangan. Bu vaqtlarda tarbiyaning bosh maqsadi ham yoshlarda donishmandlik sifatlarini shakllantirish bo’lgan. Donishmandlik p е dagogikasida yoshlarda mehnats е varlik ma'naviy - axloqiy sifatlar bilan uyg’un rivojlantirilishi maqsadga muvofiq ekanligi ilgari surilgan. Bu p е dagogik qarashlar mashhur «Av е sto» (er.av. VII asr) asarida va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er.av. III asr) tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga k е lib O’rta Osiyo, qadimgi Hindiston p е dagogikasida saxiylik, sofdillik, inson qalbi tushunchalari ilgari surilgan. 610 yillarga k е lib yaratilgan Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da inson mohiyati to’la ochib b е rilib, komil inson tarbiyasi bosh maqsad qilib qo’yilgan edi. «Qur'oni Karim»dagi ta'lim - tarbiyaga oid ulug’ xazina Al- Buxoriy hazratlarining Hadislarida b е riladi. Jumladan, (38-hadis) ”Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz”: (626-hadis) ”Har bir go’dak Islom tabiatida tug’iladi, so’ng ota-onasi uni yo yahudiy qiladi, yo nasroniy qiladi, yo majusiy qiladi”: (136-hadis) ”Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi”.

Ta'lim – tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib b е riladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da ham komillikning b е shta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi. 1. Mehnatim muhabbatim. 2. Ma'rifatim sarmoyam. 3. Dinim aqlim. 4. Ilmim qurolim. 5. Sabru qanoat libosim. IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Pedagog – olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy kamoloti masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim- tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar. Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir. Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining eng yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’lib, bu davrda ilm- fanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi bilan egallanadi, (ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib o’rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini Qur’onda va Sunnada bo’lga Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo’l- yo’riqlari tashkil etadi. 1 1 Izbranniye proizvedeniya misliteli stran Blijney I Srednogo Vostoka M.: Sotsgiz, 1961.C.622

Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish markazi ”Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bag’dod, ”Baytul hikma”) tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida Yaqin va O’rta Sharq xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining qo’shilishi asnosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali qorishiq turi vujudga keldi. 2 Bunday ko’p qirrali ilmiy qadriyatlarning madonga kelishida vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad al- Farg’oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va boshqalarning xizmatlari katta bo’lgan. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular: - aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langa qadriyatlar; - ma’naviy-ruhiy qadriyatlar; - ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar; - badiiy-nafis qadriyatlar; - diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan. Forobiy pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson xislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat beradi. Uning ta’limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql va so’zlash qobiliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi. Forobiy bu dunyoqarashida narsa-hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi. U o’zining ”Baxt-saodatga erishuv haqida”, ”Fanlarning 2 Tillashev X.X.Obsheye pedagogicheskiye I didakticheskiye idei uchennix ensiklopedistov Blijnogo I Srednogo Vostoka epoxi srednovekovaya. Tashkent: Fan. 1989.C.10

tasnifi”, ”Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi koplab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilm- ma’rifatga bog’liqligini ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. ”Ilmning foydasi ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir” 3 Umuman, Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashida, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida u ta’lim-tarbiyaga doir she’r va hikmatlardan misollar keltirib, ular orqali har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra xayr-ezgulikka intilishi, sun’iy obro’, shuhrat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi kerakligini ta’kidlaydi. Yusuf Xos Hojibning ”Qutadg’u bilig” asarida aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U insonni ulug’laydi. Uning fikricha, insonning ulug’ligi aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. Adib o’quv va bilimni farqlaydi: o’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o’qish-o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi: Zakovat qayerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi, Bilim kimda bo’lsa, buyuklik bo’ladi. Zakovatli uqadi, bilimli biladi, Bilimli, zakovatli tilakka yetadi. Yusuf Xos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liq holda bo’lishini tavsiya etadi, o’g’il bolalarning bir necha san’at turlarini va hunarlarni tugal o’rganmog’i 3 Abu Rayhon Beruniy. O’ylar, hikmatlar, naqllar,she’rlar. Toshkent. Yosh gvardiya. 1973.44-bet