logo

SHAXS RIVOJLANISHI, TARBIYASI VD IJTIMOIYLASHUVI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

25.87109375 KB
SHAXS RIVOJLANISHI, TARBIYASI VD IJTIMOIYLASHUVI  .
R E J A :
1.  Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.
2.  Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar .
3. Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni
4.  Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari Shaxs   rivojlanishi   haqida   tushuncha.   Individ,   shaxs,   individuallik .   Shaxs
tushunchasi   insonga   taalluqli   bo’lib,   psixologik   jihatdan   taraqqiy   etgan,   shaxsiy
xususiyatlari   va   xatti-harakatlari   bilan   boshqalardan   ajralib   turuvchi,   muayyan
xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat
qiladi. Odam  shaxs  bo’lishi  uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit  inson
sifatida   his   etishi,   o’z   xususiyatlari   va   sifatlari   bilan   boshqalardan   farq   qilmog’i
kerak.
“Individ”   nima?   Bola   ma’lum   yoshga   qadar   “individ”   sanaladi.   Individ
(lotincha   “individium”   so’zidan   olingan   bo’lib,   «bo’linmas»,   «alohida   shaxs»,
«yagona»   ma’nolarini   anglatadi)   xatti-harakatlarini   shartli   refleks   yordamidagina
tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik   esa  shaxsning o’ziga xos xususiyatlari  bo’lib, uning namoyon
bo’lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini  puxta o’rganish, uning
yashash   sharoitlaridan   yetarli   darajada   xabardor   bo’lish   va   ularning   hisobga
olinishini taqozo etadi.
Individual   yondashuv   o’quvchilarning   aqliy   qobiliyatlari,   bilishga   bo’lgan
qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola   harakatlari   ongli,   ijtimoiy   munosabatlar   jarayonidagi   ishtiroki
natijasida shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh
subyekti   va   obyekti,   ta’lim   sohasidagi   xizmatlarining   iste’molchisi   va   ularni
amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar   tayyorlash   sohasidagi   davlat   siyosati   insonni   intellektual   va
ma’naviy-axloqiy   jihatdan   tarbiyalash,   uning   har   tomonlama   rivojlangan   shaxs
sifatida   namoyon   bo’lishiga   erishishni   nazarda   tutadi.   Mazkur   ijtimoiy   talabning
amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish,
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat
qilish huquqni kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida  shaxsga aylanishi  uchun  ijtimoiy muhit
sharoitlari   va   tarbiya   kerak   bo’ladi.   Ana   shular   ta’sirida   odam   inson   sifatida
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o’zi nima?
Rivojlanish   shaxsning   fiziologik   va   intellektual   o’sishida   namoyon
bo’ladigan   miqdor   va   sifat   o’zgarishlar   mohiyatini   ifoda   etuvchi   murakkab
jarayondir.   Rivojlanish   mohiyatan   oddiydan   murakkabga,   quyidan   yuqoriga,   eski
sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining
yo’qolib   borishi,   miqdor   o’zgarishining   sifat   o’zgarishiga   o’tishini   ifodalaydi.
Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola   shaxsining   rivojlanishi   inson   ijtimoiy   mavjudotdir   degan   falsafiy
ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot xamdir. Demak,
uning   rivojlanishida   tabiat   rivojlanishining   qonuniyatlari   ham   muhim   ahamiyatga
ega.   Shuningdek,   shaxs   bir   butun   mavjudot   sifatida   baholanar   ekan,   uning
rivojlanishiga   biologik   va   ijtimoiy   qonuniyatlar   birgalikda   ta’sir   etadi,   ularni   bir-
biridan ajratib bo’lmaydi.
Chunki   shaxsning   faoliyati,   hayot   tarziga   yoshi,   bilimi,   turmush   tajribasi
bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson   butun   umri   davomida   o’zgarib   boradi.   U   ham   ijtimoiy,   ham   psixik
jihatdan   kamolga   yetadi,   bunda   bolaga   berilayotgan   tarbiya   maqsadga   muvofiq
bo’lsa,   u   jamiyat   a’zosi   sifatida   kamol   topib,   murakkab   ijtimoiy   munosabatlar
tizimida   o’ziga   munosib   o’rin   egallaydi.   Chunki   rivojlanish   tarbiya   ta’siri   ostida
boradi.
Shaxsning   fazilatlarini   to’g’ri   ko’rish   va   bexato   baholash   uchun   uni   turli
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga
ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya   bolaga   samarali   ta’sir   etishi   uchun   o’sish   va   rivojlanish
qonuniyatlarini   bilish   va   hisobga   olish   maqsadga   muvofiq.   Shunday   qilib,
rivojlanish  va  tarbiya  o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Shaxs   tarbiyasiga   ta’sir   etuvchi   omillar    .     Fanda   odamning   shaxs   sifatida
rivojlanishiga   biologik   va   ijtimoiy   omillarning   ta’siri   o’rtasidagi   munosabatni
belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda.
Insonning   shaxs   sifatida   rivojlanishida   ijtimoiy   hodisalarning   ta’siri   kuchli
bo’ladimi?   Yoki   tabiiy   omillar   yetakchi   o’rin   tutadimi?   Balki   tarbiyaning   ta’siri
yuqoridir? Ular o’rtasidagi o’zaro munosabati qanday?
Fanda   biologik   yo’nalish   deb   nomlangan   nuqtai   nazar   yetakchi   o’rinlardan
birini   egallab,   uning   vakillari   Aristotel,   Platonlar   tabiiy-biologik   omillarni   yuqori
qo’yadi.   Ular   tug’ma   imkoniyatlar,   taqdir,   tole   har   kimning   hayotdagi   o’rnini
belgilab bergan, deydilar.
XVI   asr   falsafasida   vujudga   kelgan   preformizm   oqimi   namoyandalari   esa
shaxs   rivojlanishidagi   naslning   roliga   katta   baho   berib,   ijtimoiy   muhit   va
tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij   psixologiyasidagi   yana   bir   ohim   –   bixeviorizm   XX   asr   boshlarida
yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga
o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim
E.Torndaykdir.
Progmatizm   oqimi   va   uning   vakillari   D.D’yul,   A.Kombe   ham   shaxs
rivojlanishini   biologik   nuqtai   nazarda   asoslaydilar.   Ular   rivojlanishni   fahat
miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni
inson taqdirida   hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak,   bir   guruh   xorijiy   olimlar   rivojlanishni   biologik   (nasliy )   omilga
bog’laydilar.
Biologik   oqimga   qarshi   falsafiy   oqim   vakillari   rivojlanishi   ijtimoiy   omil
omil   bilan   belgilaydilar.   Bu   oqim   vakillari   bola   shaxsining   jismoniy,   psixik
rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar.
Muhit   deganda   odam   yashaydigan   sharoitdagi   barcha   tashqi   ta’sir
tushuniladi.   Shu   nuqtai   nazardan   tarbiya   tufayli   bolani   o’zi   yashaydigan   ijtimoiy
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular   ijtimoiy   muhit ning  rolini   hal   qiluvchi   omil   deb   hisoblaydilar.   Demak,
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib
kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit),
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga
ega.   Bu   omillarning   ta’sirini   aniqlashda   ilg’or   pedagogik   olimlar,   psixolog   va
faylasuflar ta’limotiga  suyaniladi.
Falsafada   shaxsni   jamiyat   bilan   bog’liq   bo’lgan   ijtimoiy   hayotdagi
murakkab   voqyelik   deb   qaraladi.   Ular   individning   ma’naviy   boyligi   uning
munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan   ham,   shaxs   mehnat   faoliyati   zaminida   rivojlanadi,   kamolga
yetadi.   Inson   sharoitni,   sharoit   esa   odamni   yaratadi.   Bu   esa   o’z   navbatida   inson
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat
shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi
mumkin.
Faylasuflar   shaxsni   tabiatning   bir   bo’lagi   deb   baholaydilar.   Bu   insondagi
layoqat   kurtaklari   bo’lib,   uning   rivojlanishi   uchun   tarbiya   kerak,   degan   g’oyani
ifodalaydi.
Jamiyat   taraqqiyoti   shaxs   rivojlanishi   uchun   keng   imkoniyatlarni   yaratadi.
Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi  tabiat, muhit, inson
o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi
va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.
Shaxsga   ijtimoiy   muhitning   ta’siri   ham   muhim.   Bu   tarbiya   tizimi   orqali
amalga oshiriladi. 
Ya’ni,
                    Birinchidan,   tarbiya   ta’sirida   muhit   bera   olmagan   bilim,   ma’lumot
egallanadi,   mehnat   va   texnik   faoliyat   bilan   bog’liq   ko’nikma   va   malakalar   hosil
bo’ladi.
Ikkinchidan,   tarbiya   tufayli   tug’ma   kamchiliklar   ham   o’zgartirilib,   shaxs
kamolga yetadi. Uchinchidan,   tarbiya   yordamida   muhitning   salbiy   ta’sirini   ham   yo’qotish
mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va
uzluksizdir.
Shunday   qilib,   bola   shaxsining   rivojlanishida   tarbiya   ham   yetakchi   o’ringa
ega   bo’lib,   tarbiya   tufayli   nasl-nasabi,   oila   muhiti,   ijtimoiy   muhit   ta’sirida   har
tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Shaxs   rivojlanishida   faoliyatnig   o’rni .   Shaxs   rivojlanishida   irsiyat,   muhit,
tarbiya   bilan   bir   qatorda   inson   faoliyati   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Bu
degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi.
Faoliyat   o’zi   nima?   Faoliyat   shaxs   tomonidan   tabiiy   va   ijtimoiy   hayotni
maqsadga muvofiq tashkil  etiluvchi  kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy  harakatlarning
muayyan   shakli,   ko’rinishi.   Insonning   qobiliyati   va   yoshi   u   tomonidan   tashkil
etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko’ra belgilanadi.
Faoliyat   jarayonida   inson   shaxsi,   har   tomonlama   va   bir   butun,   yaxlit   holda
rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri
tashkil   etish   lozim.   Lekin   ko’p   holatlarda   shaxsning   rivojlanishi   uchun
imkoniyatlar   yaratilmaydi,   tarbiyalanuvchilarning   ijtimoiy   mehnat,   bilish
faoliyatlari cheklangan bo’ladi.
O’smir   va  o’spirinlar  faoliyatining asosiy   turlariga  o’yin,  o’qish  va  mehnat
kiradi.   Ular   yo’nalishiga   ko’ra   bilishga   doir,   ijtimoiy,   sport,   badiiy,   texnik,
hunarmandchilik   hamda   shaxsiy   qiziqishga   ko’ra   tanlangan   sohalardan   iborat.
Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.
Faoliyat   faol   va   passiv   bo’lishi   mumkin.   O’smir   faoliyati   muhit   va   tarbiya
ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning
butun vujudi   bilan  sevib,  o’z imkoniyatlarini  namoyon  etib, mehnat   qilish,  o’zini
shaxs   sifatida   ko’rsata   olishi   unda   o’z   faoliyatidan   qoniqish   hosil   qiladi.   Uning
ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi. Ta’lim   jarayonida   faollik   o’quvchiga   bilimlarni   chuqur   va   mustahkam
egallashga,   o’z   qobiliyatini   namoyon   etishga   yo’llaydi.   Bilishga   bo’lgan   faollik
o’quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi.
Faollik   ko’rsatishning   asosini   esa   hamma   vaqt   ehtiyoj   tashkil   etadi.
Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. Shunga ko’ra,
o’quvchining   turli   yosh   davrlarida   ularning   faoliyati   turlicha   bo’ladi.   Ta’lim
muassasasida   hamma   vaqt   bir   xil   talab   shaxs   rivojlanishida   ijobiy   natija
beravermaydi.   Turli   yosh   davrlarida   faoliyatning   turlari   va   mohiyati   o’zgarib
turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir.
Chunki   har   bir   inson   o’z   mehnati,   g’ayrati,   intilishi   bilangina   faollashadi.
O’qituvchi qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining
o’zi   harakat   qilmasa,   rivojlanish   muvaffaqiyatli   kechmaydi.   Zero,   barcha
ma’naviy-axloqiy   kamchiliklarning   asosiy   sababi   ham   insonning   o’z   faoliyatini
to’g’ri yo’lga qo’ymaganligidadir.
Shuning   uchun   ham   inson   faoliyati   uning   rivojlanishi   natijasi   xamdir.
Demak,   shaxs   faolligi   asosida   ijtimoiy   faollik,   tashabbuskorlik,   ijodkorlik
xislatlarini   shakllantirish   –   uning   shaxslik   imkoniyatlarini   namoyon   etishi   orqali
faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari .  Muayyan bir yosh davriga
xos   bo’lgan   anatomik,   fiziologik   (jismoniy)   va   psixologik   xususiyatlar   yosh
xususiyatlari   deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni  hisobga olgan holda ta’lim
va   tarbiya   ishi   tashkil   etiladi.   Shunda   bola   rivojlanishiga   tarbiya   ta’siri   kuchli
bo’ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun
bola   rivojlanishidagi   turli   yoshdagi   davrlariga   xos   xususiyatlarni   bilish   va   uni
hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham,
psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino,
Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash
zarurligini uqtirib o’tganlar. Bolaning   o’ziga   xos   xususiyatini   hisobga   olish   juda   murakkab.   Chunki   bir
xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan,   ko’rish   va   eshitish   qobiliyati,   faolligi,   tez   anglash,   sust   fikr
yuritishi,   hovliqma   yoki   vazminligi,   sergap   yoki   kamgapligi,   serg’ayrat   yoki
g’ayratsizligi,   yalqov   yoki   tirishqoqligi,   pala-partish   va   chala   ishlaydigan,
yig’inchoqligi   yoki   ishga   tez   kirishib   ketishi,   qobiliyati   kabilar   nerv   faoliyati
tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun  temperament ning
umumiy   tiplari   va   bolaning   o’ziga   xos   xususiyatini   o’rganish   metodikasini   bilish
muhim.   Temperament   (lot.   «temperamentum»   «qismlarning   bir-biriga
munosabati»   ma’nosini   anglatib,   shaxsning   individual   psixologik   xususiyatlari
majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham
mavjud.   Masalan,   5-sinf   o’quvchilari   bilan   10-sinf   o’quvchisini   tenglashtirib
bo’lmaydi.   Shuning   uchun   bolaning   jismoniy   va   psixik   kamoloti   quyidagi
davrlarga bo’linadi:
1. Go’daklik   davri   –   chaqaloqlik   (1   oy)   davri   tugagandan   to   bir   yoshgacha
bo’lgan davr.
2. Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
5. O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
6. Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh.
Kichik   maktab   yoshi da   o’yin   faoliyatining   o’rnini   endi   o’qish   faoliyati
egallaydi. Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning
tashqi   ko’rinishi   kam   farq   qiladi.   Suyaklari   qotmagani   tufayli   tez   shikastlanadi.
Muskullari tez o’sishi tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy   o’sishiga   xos   bu   xususiyatlar   tarbiyachidan   ehtiyotkorlikni   talab
etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi. Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va
ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emosionallik
xos,   ularning   fikrlashi   obrazli   bo’ladi,   his-tuyg’ulari   mazmuni   o’zgaradi.   Ular
odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.
O’rta   maktab   yoshi   (o’smirlik   12-15   yosh).   O’smirlikning   murakkabligi
anotomik-fiziologik   va   psixologik   xususiyatdagi   kuchli   o’zgarish lar   bilan
bog’liqdir.   Bolaning   o’sishi   tezlashadi.   Bu   davrni   o’tish   davri   ham   deyiladi.   Bu
davrda   jinsiy   yetilish   davri   boshlanadi.   Bu   bolaning   fe’l-atvoriga   ta’sir   etadi.
O’smir   hayotida   mehnat,   o’yin,   sport   va   jamoat   ishlari   katta   rol   o’ynaydi.
Ba’zilarining o’zlashtirishi  pasayadi , intizomi  bo’shashadi .
Hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi:
1. Intellektual   rivojlanish   –   tafakkur   qobiliyati,   aqliy   faoliyatni   yuqori
saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar,
studiya,   seksiya,   turli   tadbirlar   o’tkazish   katta   ahamiyatga   ega.   Ularning   kitob
o’qishga qiziqishi ortadi.
2. O’z-o’zini   anglash,   baholash,   tarbiyalash   shakllanadi.   U   o’zini
boshqalar bilan solishtira boshlaydi.
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qarama-
qarshiliklar ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh
xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.
Lekin   o’smirlarnig   hammasida   ham   bilishga   qiziqish   darajasi   yuqori   emas.
38   foiz   o’smir   hyech   qaysi   o’quv   fanlarini   o’qishga   qiziqmaydi.   Boshqalarining
uchta   yoki   ikkita   o’quv   fani,   aksariyat   holatlarda   esa   bitta   o’quv   faniga   qiziqishi
aniqlangan. Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq. Lekin ularning
qiziqishlari, shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas.
Turli to’garaklarga 21 foiz o’smir  qatnashadi, qolganlari sport  yoki musiqa
bilan shug’ullanadi. 40 foiz o’quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham
barqarorlik yo’q.
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz
o’smir tomosha qiladi. Ular   oddiy   kunni   o’z   ixtiyorlari   bilan   qanday   o’tkazadilar,   degan   savolga
javob topish uchun o’tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz
o’smir vaqtini o’z holicha o’tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko’radi, 50 foizi
sport bilan shug’ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon
baho olmaslik uchun maktabga bordigan o’smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O’smirlarda   biror   narsaga   erishishga   nisbatan   talab   rivojlanadi.   Ular
tomonidan   ijtimoiy   talablarning   bajarilishi   asab   tizimining   rivojlanishiga   ta’sir
etadi. Shuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to’liq bo’ladi.
Bu   yoshda   o’smirlar   kattalar   oldida   o’zining   erkinligini   namoyish   etishga
harakat qiladi. O’z-o’zini tarbiyalashga bo’lgan talab o’sadi. “Dangasa”, “qo’pol”,
“bee’tibor,   “qobiliyatsiz”   degan   kattalarning   baholarini   ular   og’rinib   qabul
qiladilar.
O’smir   yoshida   o’g’il   va   qiz   bolalar   o’rtasida   farq   kuchayadi.   VII   sinfdan
intellektual   malakalar   pasayadi.   Shuning   uchun   bu   davrda   bolalar   rivojlanishiga
katta e’tibor berish lozim.
O’z-o’zini tarbiyalash  natijasida o’g’il bolalar kuchli, erkin, e’tiborli, jasur;
qizlar esa – o’ta ko’nikuvchan, kamtar va jiddiy bo’la boshlaydilar.
Shuning   uchun   o’smirga   o’z   vaqtini   rejalashtirishda   yordam   berish   zarur.
13-14   yoshgacha   o’smirda   burch   hissi,   mas’uliyatni   his   etish,   vazminlik   paydo
bo’la boshlaydi. Muhimi, o’smir shaxsini hurmat qilish, kamsitmaslik, katta bo’lib
qolganligini tan olish zarur.
Katta   maktab   yoshi   –   kollej,   lisey   o’quvchilari   (o’spirinlik   davri   15-18
yosh). Bu davr o’spirinlarning ilk balog’atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy
yetilish   tugaydi.   Ularda   mustaqillik   sezila   boshlaydi.   O’spirin   yoshlar   hayotga
kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish
kuchaya   boradi.   his-tuyg’ularida   ham   o’zgarish   yuz   beradi.   O’z-o’zlarini
tarbiyalashga   kirishadilar.   Ideal   tanlash   va   unga   ergashish   kuchayadi.   Bu   davrda
ular o’rtasida munozaralar o’tkazish yaxshi natija beradi. O’spirinlar o’z guruhiga
intiladi.   Shuning   uchun   ham   o’spirinning   barcha   intilishlari   ma’lum   maqsadga yo’naltirilgan   bo’lishi   zarur.   Ularda   o’quv   fanlarini   tanlashga   nisbatan   ehtiyoj
kuchaya boradi.
O’spirinlik   bu   aqliy   faoliyatning   ham   rivojlanish   davri   sanaladi.   Ular   o’z
fikrlarini   mustaqil   ifodalashga   harakat   qilib,   shaxslik   xislatlarini   namoyish   eta
boshlaydilar. Shunda o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va
dunyoqarashlarini   to’g’ri   yo’naltirishlari   muhim.   Zero,   bu   davrda   o’z-o’zini
anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Bunga   uning   faoliyati,   jamoada   va   jamoat   joylarida   o’zini   tutishi,   odamlar
bilan   tez   muloqotga   kirishishi   ham   turtki   bo’ladi.   O’zini   kattalardek   his   etish,
o’ziga xosligini  namoyon etish, boshqalarning diqqatini o’ziga qaratishga harakat
qiladi.   Axloqiy   muammolarni   o’z   qarashlari   nuqtai   nazaridan   hal   eta   boshlaydi.
Hayot   mohiyati,   baxt,   burch,   shaxs   erkinligini   o’z   qiziqishlari   bilan   o’lchaydilar.
Shu   bois   ularga   katta   yoshlilarning   beg’araz,   to’g’ri   yo’nalish   berishlari   o’ta
muhim.
Mazkur   davrda   yoshlar   xulqi   ham   tarkib   topa   boshlaydi.   Bunda   shaxsning
jamoadagi mavqyei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir.
Albatta,   bu   borada   ta’lim   muassasasida   faoliyat   ko’rsatayotgan   yoshlar
ijtimoiy   harakati   ta’siri   katta   ahamiyatga   ega.   Chunki   o’spirin-yoshlar   mustaqil
hayot   ostonasida   bo’lib,   ularning   bu   hayotga   to’g’ri   qadam   qo’yishi   uning
jamiyatning faol fuqarosi bo’lishining muhim shartidir.
Shaxsning   ijtimoiylashuvi .   Shaxs   ijtimoiy   munosabatlar   jarayonida
shakllanadi .   Chunki   ta’lim   jarayonida   bolalarga   jamiyatda   birga   yashash   bilan
bog’liq   bo’lgan   holat   va   hodisalar   o’rgatiladi.   Bu   jarayonda   o’quvchi   jamiyatga
«kirishadi»   va   u   bilan   o’zaro   munosabatda   bo’ladi.   Ular   ma’lum   ijtimoiy   tajriba
(bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon . Chunki har qanday
jamiyat   rivojlanish   jarayonida   ijtimoiy   va   axloqiy   qadriyatlar,   ideallar,   axloqiy
me’yorlar   va   qoidalar   tizimini   ishlab   chiqadi,   har   bir   bola   yuqoridagi   qoidalarni
qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq
ta’sir   etadi.   Bu   ta’sir   ta’lim   vositasida   amalga   oshadi.   Ikkinchi   tomondan,
shaxsning shakllanishiga turli g’oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko’rsatadi.
Odamlar   ijtimoiy   me’yorlar   va   axloqiy   qoidalar   bilan   munosabatga
kirishadilar va uni o’rganadilar.
Ijtimoiylashuv   jarayoni   ichki   qarama-qarshiliklarga   ega.   Ijtimoiylashgan
inson   jamiyat   talablariga   mos   kelishi,   unga   «kirishib»   ketishi,   jamiyat
rivojlanishidagi   salbiy   jihatlarga,   shaxsning   individual   rivojlanishiga   to’sqinlik
qiluvchi   hayotiy   holatlarga   qarshi   turishi   kerak.   Lekin   hayotda   ba’zan   aksi   ham
bo’ladi:  to’liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba’zi
salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu   holat   ko’p   jihatdan   butun   jamiyat,   tarbiya   muassasalari,   o’qituvchilar
hamda   ota-onalarga   ham   taalluqli.   Tarbiyada   qarama-qarshilik   insonparvarlik
g’oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Zero,   O’zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»da
ham   ta’kidlab   o’tilganidek,   uzluksiz   ta’limni   tashkil   etish,   rivojlantirish   hamda
ta’limning   ijtimoiylashuviga   erishish   dolzarb   masaladir.   Ta’lim   oluvchilarda
estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va
ijodiy   fikrlash   qobiliyatini   rivojlantirish   kabilar   muhim   ijtimoiy   talablar
hisoblanadi. Adabiyotlar :
1. Barkamol   avlod   –   O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   –Toshkent,   Sharq
nashriyot-matbaa konserni, 1998. 
2. Pedagogika   (A.Munavvarovaning   umumiy   tahriri   ostida).   –   Toshkent,
O’qituvchi, 1996. 
3. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. –T.: O’qituvchi, 1997. 
4. G’oziyev E. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). _T.: O’qituvchi, 1994.
5. Podlaso’y   I.P.   Pedagogika.   Novy   kurs.   V   2   kn.   .   Kn.   1.   –   Moskva,   Vlados,
1999.

SHAXS RIVOJLANISHI, TARBIYASI VD IJTIMOIYLASHUVI . R E J A : 1. Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. 2. Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar . 3. Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni 4. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari

Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik . Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. “Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir. Individuallik esa shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, uning namoyon bo’lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o’rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo’lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi. Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.

Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanishning o’zi nima? Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot xamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir- biridan ajratib bo’lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar . Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo’ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o’rtasidagi o’zaro munosabati qanday? Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy ) omilga bog’laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.

Ular ijtimoiy muhit ning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqyelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar. Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi. Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga yetadi.