SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA`LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O`QUVCHILARDA TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH
![SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA`LIM TEXNOLOGIYALARI
ASOSIDA O`QUVCHILARDA TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNI
SHAKLLANTIRISH
REJA:
1. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim texnologiyalari haqida tushuncha.
2. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim texnologiyalarining o`quvchilarda tanqidiy
va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari
3. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim asosida o`quvchi faolligini oshirish](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_1.png)
![Shaxsga yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalari. O`qitish jarayonida,
pedagog texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o`quv maqsadlariga
erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o`qitish samaradorligi,
asosan, o`quvchining o`qitish jarayonidagi o`rni, pedagogning unga bo`lgan
munosabatiga bog`liq bo`ladi. Bu yerda o`qitish texnologiyasining ikki turini
ajratib ko`rsatish mumkin avtoritar va shaxsga yo`naltirilganlar.
Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatida namoyon bo`ladi,
talabalar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda talabaning
tashabbusi va mustaqilligi yo`qoladi, o`qitish majburiy yo`sinda amalga oshiriladi.
Odatdagi an`anaviy o`qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo
A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan
o`qitishning sinf-dars tizmida tashkil etish nazarida tutildi. Hanuzgacha dunyoda
eng ko`p tarqalgan o`qitishning sinf-dars tizimi, quyidagi xususiyatlari bilan ajralib
turadi:
- Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo`lgan talabalar sinfini tashkil
etadi:
- Sinf yagona o`quv reja, yagona o`quv dasturlar va yagona mashg`ulotlar jadvali
bilan shug`ullanadi:
- Mashg`ulotlarning asosiy birligi dars bo`lib, u bitta fanning bitta mavzuga
bag`ishlanadi va o`quvchi tomonidan boshqariladi:
- O`quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo`llaniladi.
An`anaviy o`qitish asosan bilim, o`quv va ko`nikmalarni o`zlashtirishga
qaratilgan bo`lib, shaxsning rivojlanishini ko`zda tutmaydi.
An`anaviy o`qitish asosini, Ya.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan
pedagogika tamoyillari tashkil etadi:
-ilmiylik:
-tabiatga monandlik (o`qitish rivojlanish bilan belgilanadi, ammo
shakllanmaydi)
-uzviylik va tizimlik:
-o`zlashtiruvchanlik (ma`lumdan noma`lumga, soddadan murakkabga)](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_2.png)
![-mustahkamlik (takrorlash, takrorlash…)
-onglilik va faollik (qo`yilgan maqsadni bilgan va buyruqlarni bjarishga faol
bo`lgan)
-nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligi:
-yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish:
An`anaviy o`qitish quydagi xususiyatlarga ega: zo`ravonlik pedagogikasi,
o`qitishning tushuntiruv-ko`rgazmali usuli, ommaviy o`qitish. An`anaviy
o`qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo`ladi: talaba bu hali to`la
shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa- bu sardor hakam,
yagona tashabuskor shaxs.
Zamonaviy an`anaviy o`qitish esa, o`qitishning texnik vositalarini qo`llab,
didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo`ladi. Shaxsga yo`naltirilgan-
texnologiyalarda, talaba shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo`yiladi, uning
rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar
yaratiladi:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturda O`zbekiston Respublikasidagi ta`lim
tizimining miliy modeliga alohida e`tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan
iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta`lim, fan ishlab chiqarish. Bu yerda
ta`lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi – «shaxs» birinchi o`rinda turadi.
Boshqacha aytganda butun ta`lim tizimi, shu jumladan o`qitish shaxsga
yo`naltirilgan bo`lishi lozim.
Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o`qitishning
shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan
ko`ra rivojlanganroq bo`ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish
davrigacha fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyusion, past sur`atlarda amalga
oshar edi. Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi
deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda Ya.A. Komensiyning o`qitishining
avtoritar texnologiyasini, an`anaviy sinf dars tizimi dunyoga keladi.](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_3.png)
![Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (asrning ikkinchi
yarmi), fan-texnika texnologiyalar yuqori sur`atlarda rivojlanayotgan davrda, bir
avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko`ra
ko`piroq bo`lgan bu davrda, o`qitishning an`anaviy tizimi o`z umrini oxiriga yetdi.
Hozirgi zamon avlodning rivojlanish sur`ati oldingilardan ko`ra ancha yuqori
bo`lganligi sababli, o`qitishning an`anaviy tizimi, rivojlanishga to`sqinlik qila
boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat xar bir shaxsning mavjud
imkoniyatlarini to`la ro`yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin.
Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarning yetarliligi
samarali individual va mustaqil o`qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-
sharoitlar yaratadi. O`qitishni jadallashtirish maqsadida pedagogning talabaga
bo`lgan munosabati jihatidan «sardor» likdan, uning sherigiga aylanish zarur.
O`qitishnig shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy
tamoyillar xos bo`ladi:
-insonparvarlik - ya`ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat
ko`rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash,
zo`rlashdan to`la voz kechish;
-hamkorlik – ya`ni pedagog va talabalar munosabatidagi demokratizm,
tenglik, sheriklik;
-erkin tarbiyalash – ya`ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor
doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqilligini berish, natijalarini tashqi ta`sirdan
emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yo`naltirilgan
texnologiyalarning kommunaktiv asosi-pedagogik jarayonda talabga insoniy-
shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo`ladi;
-pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, su`bekt hisoblanadi;
-har bir talaba qobiliyat egasi, ko`pchiligi esa iste`dod egasi hisoblanadi;
-yuqori etnik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va
boshqalar) shaxsning ustuvor hislatlari hisoblanadi;
Munosabatlarda demokratlashtirish quyidagilarni o`z ichiga oladi;](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_4.png)
![-talaba va pedagog huquqlarini tenglashtirish,
-talabaning erkin tanlab olish huquqi;
-xatoga yo`l qo`yish huquqi;
-o`z nuqtai nazariga ega bo`lish huquqi;
-pedagog va talabalar munosabati zayli; ta`qiqlamaslik; boshqarish emas,
birgalikda bajarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish;
chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.
Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali
natija bermaydigan va noinsoniy hisoblanadigan zo`ravonlik pedagogikasidan voz
kechishdir. Muammo bu tamoyilni mustaqillashtirishda emas, balki uning oqilona
mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo`ravonlik
mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishni susaytiradi,
uning qulchilik hususiyatlarini shakllantiradi.
Majburlashsiz o`qitish quyidagilar bilan belgilanadi.
-ishonchga asoslangan majburlashsiz talabchanlik;
-o`quv materialiga qiziqish uyg`otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga
rag`batlantirish;
-talabalarning mustaqilligi va tashshabusiga tayanish;
-jamoa orqali bilvosita talablarni amalga oshirish.
Individuval yondashuvning yangi talqini quyidagilardan iborat;
-o`rtacha talabaga yo`naltirishdan voz kechish;
-shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;
-shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish va unga tuzatishlar
kiritish;
Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo`ladi;
-har bir talaba qiyofasida noyob shaxsni ko`rish, uni hurmat qilish,
tushunish, qabl qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha talabalar iste`dodli
ishonch bo`lishi kerak;
-shaxsga, yutuqni ma`qullovchi, qo`llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar
yaratish, ya`ni o`qish xursandchilikni olib kelishi kerak;](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_5.png)
![-bevosita majburlashga yo`l qo`ymaslik, qoloqlikka va boshqa
kamchiliklarga urug` bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;
-pedogogik jarayonda, talabalarni o`z qobiliyatlarini ro`yobga chiqarishga
imkoniyat berish va ko`maklashish;
Oliy, o`rta maxsus va kasbiy ta`lim tizimi uchun, o`qitishning shaxsga
yo`naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin; ishbilarmonliklar
o`yinlari; muammoli o`qitish; tabaqalashtirilgan o`qitish; dasturlashtirilgan
o`qitish; kompyuterlashtirilgan o`qitish; modulli o`qitish;
Jamiyatning har tomonlama ravnaq topishi, taraqqiy etishi ta`limning
rivojlanishiga va mazmunan takomillashib borishiga bog`liq. Ta`lim sohasidagi
eng katta potensial kuch bu shaxsdir. Bizga ma`lumki, har bir fan kabi zamonaviy
pedagogikaning maqsadi mustaqil fikrlaydigan va faoliyat yuritadigan, jamiyat
hayotida faol ishtirok etadigan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Ma`lumki, hozirgi
kunga kelib, insonning intellektual darajasi uning qay darajada ko`p bilimlarni
egallaganligi, xotirasida ma`lumot va dalillarni qanchalik ko`p saqlab qolganligiga
emas, balki tanqidiy, tahliliy, ijodiy tahlil orqali zarur bilimlarni ajrata olishi,
axborotlarni mulohazadan o`tkazib, mustaqil echimga kela olishi bilan belgilanadi.
Albatta, ta`lim jarayonida bo`lajak mutaxassisda kreativ (ijodiy) tafakkurni
shakllantirish bugungi kundagi ta`lim oldiga qo`yilgan asosiy vazifalardan biri
desak mubolag`a bo`lmaydi. Zero, ta`lim sohasida olib borilayotgan islohotlar
talabalarning atrofdagilar bilan muomala qilishga, mavjud vazifalarni to`g`ri
baholashga, mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlashga imkon beradigan o`quv
vaziyatlarini tashkil etish zaruriyatini qo`ymoqda. Bu esa ta`lim jarayonida
bo`lg`usi mutaxassislarning shu jumladan, bo`lajak boshlang`ich sinf
o`qituvchilarining individual imkoniyatlariga qarab, ularning bilish faolligini
oshirish, tanqidiy, ijodiy tafakkurini shakllantirish orqali kelgusi pedagogik
faoliyatga tayyorlashning nazariy-amaliy asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Aynan shaxsga yo`naltirilgan ta`limda nafaqat talaba shaxsining intellektual
darajasini kuchaytirishga, balki ulardagi kreativ (ijodiy) tafakkurni shakllantirish
va rivojlantirish nazarda tutilgan. SHaxsning ma`naviyati yuksalishi bilan uning](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_6.png)
![fikrlashi va tafakkuri ham rivojlanib, shakllanib boradi. Zero, tafakkur insonning
shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to`g`ri), to`liq, chuqur
va umumlashtirib aks ettirishiga (bilishga), insonning yanada oqilona amaliy
faoliyat bilan shug`ullanishiga imkon beradi. Kreativlik – (lot., “create”-yaratish,
“creative”-yaratuvchi, ijodkor) individning yangi g`oyalarni ishlab chiqarishga
tayyorgarlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga
kiruvchi ijodiy qobiliyati ma`nosini ifodalaydi. Kreativ tafakkur esa tafakkurning
ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni
ifodaluvchi tushuncha sanaladi.
Kreativ fikrlash o`qituvchi faoliyatida yaqqol ko`rinib turishi lozim. SHu
ma`noda o`qituvchining ijodkorligi kasbiy faoliyatiga ijodiy (kreativ)
yondashuvida aks etadi. Kreativlik pedagogning an`anaviy pedagogik fikrlashdan
farqli ravishda ta`lim va tarbiya jarayonining samaradorligini ta`minlashga xizmat
qiluvchi yangi g`oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni
ijobiy hal qilishga bo`lgan tayyorgarligini tavsivlovchi xususiyatidir.
O`qituvchining kreativligi faoliyatining quyidagi holatlarida namoyon bo`lishi
zarur:
1) O`qituvchilar tomonidan o`quv fanlarini past o`zlashtirayotgan va ularni
o`rganishga zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e`tiborlarini fan asoslarini
o`zlashtirishga jalb etish;
2) O`qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini
rag`batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish orqali
auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
O`qituvchining kreativlik sifatlarga ega bo`lmasligi sababli talabalar
qiziqarli va ajoyib g`oyalarga ega bo`lsalarda, biroq ularni ifodalashda
sustkashlikka yo`l qo`yadilar. Natijada ta`lim jarayonida qo`llanilayotgan metodlar
talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishga xizmat
qilmasligi bilan belgilanadi.
O`qituvchida kreativlik sifatlari o`z-o`zidan rivojlanmaydi. SHunga ko`ra
tadqiqotlarda shaxs (jumladan, pedagog)larda kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_7.png)
![rivojlantirishning bir qator yo`llari yoritilgan. Patti Drepeau tomonidan shaxs
(pedagog)larda kreativlik sifatlari muvaffaqiyatli rivojlantirishning to`rtta yo`li
ko`rsatilgan:
1-yo`l: kreativ fikrlash ko`nikmasini shakllantirish.
2-yo`l : amaliy kreativ harakat ko`nikmalarini rivojlantirish.
3-yo`l: kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish.
4-yo`l: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish.
Muallif tomonidan tavsiya qilingan ushbu strategiya talabalarda kreativlikni
rivojlantirishda o`qituvchilar uchun qo`l kelishi hamda talabalarda o`quv fanlarini
o`rganishga bo`lgan qiziqish, intilishni rivojlantirishi shubhasiz [1, 6-b].
Ta`lim jarayonida shaxsga murojaat qilmaslikning iloji yo`q. SHaxsga
yo`naltirilgan ta`lim texnologiyalari talaba shaxsini butun bir ta`lim tizimining
markaziga qo`yadi va unga tabiatan berilgan qobilyatini ro`yobga chiqarishi uchun
har tomonlama qulay, xavfsiz, erkin shart-sharoit yaratadi. Talaba shaxsi bu
texnologiyada nafaqat sub`ekt, balki keng imkoniyatlar berilgan sub`ekt bo`lib, u
ta`lim tizimidagi asosiy bo`lmagan maqsadlarga erishish vositasi emas, balki uning
asosiy maqsadi hisoblanadi.
SHaxsga yo`naltirilgan ta`lim talaba shaxsidagi mustaqillik, tashabbuskorlik,
ijodiylikni his etish kabi sifatlarni tarbiyalaydi. [2, 86-87 b]. Ushbu
texnologiyaning diqqat markazida turli hayotiy vaziyatlarda ongli tanlashga
qobiliyatli, yangi tajribalarni idrok etishga tayyor, o`z imkoniyatlarni o`zi amalga
oshirishga ishtiyoqmand noyob inson turadi. Bunday shaxsning muvaffaqiyati
an`anaviy texnologiyadagi bilim va ijtimoiy me`yorlarni tarbiyalanuvchilarga
formal uzatishdan farqli ravishda, erkin fikrli shaxsni shakllantirish ekanligini
bildiradi.
Bundan tashqari ushbu texnologiyalarning o`ziga xosligi shundaki, ular
shaxs rivojlanishini qandaydir buyurtma asosida shakllantirishga emas, aksincha
uning (shaxsning) tabiiy qobiliyatlari asosida shakllantirishga yo`naltirilgan
bo`ladi.](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_8.png)
![Ta`lim mazmuni o`zida bola shaxsi shakllanishi va rivojlanishidan kelib
chiquvchi muhitni aks ettiradi. Uning insonparvarlik xususiyati insonga,
insonparvar me`yorlarga va ideallarga e`tibor qaratilganligidir.
SHaxsga yo`naltirilgan texnologiya har bir talabaning individual o`ziga
xosligi bilan bog`liqlikda ta`lim va tarbiyaning metod va vositalarini izlab topishga
harakat qiladi. Texnologiya an`naviy texnologiyadagi bolaga avtoritar,
mustaqilligini e`tirof etmagan xolda qarashga qarama-qarshi qo`yiladi. Sevish,
g`amxo`rlik, hamkorlik asosida shaxs ijodiyligi va o`zini-o`zi rivojlantirishi uchun
sharoit yaratadi. Zotan o` qitishning shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalariga
quyidagi asosiy tamoyillar xosdir:
insonparvarlik , ya`ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat
ko`rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash,
zo`rlashdan to`la voz kechish;
hamkorlik , ya`ni pedagog va o`quvchilar munosabatidagi demokratizm,
tenglik, sheriklik;
erkin tarbiyalash , ya`ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor
doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta`sirdan
emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. SHaxsga yo`naltirilgan
texnologiyalarning kommunika tiv asosi-pedagogik jarayonda o`quvchiga insoniy-
shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, shaxsga yo`naltirilgan ta`lim texnologiyalarida
pedagogik jarayonda shaxs ob`ekt emas, sub`ekt hisoblanadi; har bir talaba
qobiliyat egasi, ko`pchiligi esa iste`dod egasi sanaladi; yuqori etik qadriyatlar
(saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustuvor
xislatlari sifatida tan olinadi.
Talabalarda kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladigan shaxsga
yo`naltirilgan ta`lim texnologiyalari quyidagilar sanaladi:
SHaxsga
yo`naltirilgan ta`lim Talabalarda kreativ tafakkurni shakllantirish
mazmuni](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_9.png)
![texnologiyasi
SHaxsga
insonparvarlik
yondashuvi Texnologiya o`zining insoniyligi, psixoterapevtik
yo`nalishi bilan ajralib turadi. Ushbu texnologiyaning
mazmuni talaba shaxsini xar tomonlama qo`llab-
quvvatlash va talabani ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan h urmat va me h r bilan
qarash va majburiylikdan voz kechishdan iboratdir .
Hamkorlik
texnologiyasi. Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik kabi
g`oyalar asosida qurilgan bo`lib, o`qituvchi va talaba
orasidagi munosabatlar sub`ekt-sub`ekt sifatida qaraladi.
Birgalikda ta`lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda
ijod etiladi.
Muammoli o`qitish
texnologiyasi . Ushbu texnologiyada pedagog tomonidan muammoli
vaziyatlar yaratiladi va uni echish uchun talabalarning
faol mustaqil faoliyati tashkil etiladi. O`quv materialini
muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda
o`qituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan,
o`quvchilar oldiga muammoli masalalar qo`yadi, ularni
echimining yo`llari va vositalarini izlashga undaydi.
Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o`zi
yo`lga boshlaydi.
Tabaqalashtirilgan
o`qitish texnologiyasi . O`quv jarayonining tashkil etishni bu shakli umumiy
didaktika tizimiga asoslangan bo`lib, maxsus tashkil
ettirilgan talabalarning gomogen guruhlarda, o`quv
jarayonini maxsuslashtirishni ta`minlaydi. Talabalar
individual psixologik, aqliy rivojlanish darajalari, ijodiy
fikrlashlariga ko`rar tabaqalashtiriladi.
Individuallashtirilgan
o`qitish texnologiyasi . Individuallashtirilgan o`qitishning asosi, talabaning
individual-pedagogik xususiyatlarini o`rnatish
hisoblanadi. Bu texnologiya asosida talabalarda](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_10.png)
![mustaqilllik, mehnatsevarlik, ijodiyot fazilatlari
shakllantiriladi.
O`yin texnologiyasi . Bu faoliyat jamoyatchilik tajribasini qayta tiklash va
o`zlashtirishga qaratilgan, o`qitishni aniq maqsad qilib
qo`ygan vaziyatlar sharoitida pedagogik natijalarni
yaqqol ko`rinishda namoyon etadi, bunda holatni o`z-
o`zini boshqarilishi takomillashtiriladi. Bu texnologiya
mavzuni o`zlashtirish, takrorlash, ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirish vazifalarini bajarish imkonini beradi.
Erkin tarbiya
texnologiyasi . Talabaga tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi. Talaba
o`zi tanlagan vosita va mazmunni to`liq qabul qiladi,
xamda bu faoliyatni xohish bilan bajaradi. Ichki extiyoj
bilan uyg`unlik h osil bo`ladi.
Zamonaviy sharoitda ta`lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko`ra
shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash
qobiliyatini tarbiyalashga yo`naltirish talab qilinmoqda. O`zida ana shu
imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta`lim shaxsga yo`naltirilgan ta`limdir. Zero
shaxsga yo`naltirilgan ta`lim-talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga
olgan holda uning shaxsi, o`ziga xos xususiyatlari, qobiliyatlarini rivojlantirishga
yo`naltirilgan ta`limdir. Bu ta`lim o`qitish muhitinng talaba imkoniyatiga
moslashtirilishini nazarda tutadi. SHaxsga yo`naltirilgan ta`limning o`ziga xos
jihati ta`lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun
qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat.
SHaxsga yo`naltirilgan ta`lim talabani ta`lim tizimiga pedagog sifatida har
bir talabaning hurmati va ishonchini qozona olishi moslashtirishini emas, aksincha,
uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi,
shaxs sifatida kamolga etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda
tutadi. Bu turdagi ta`lim talabalarni o`z-o`zini rivojlantirishga, mustaqil bilim
olishga o`zining ichki imkoniyati, qobiliyatlarini to`la namoyon eta olish, eng](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_11.png)
![asosiysi kreativ tafakkurlarining shakllanishi uchun zarur sharoitni vujudga
keltiradi.
Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim asosida o`quvchi faolligini oshirish
Respublikamizda mustaqillik yillarida o`quvchilar iqtidori, qiziqish va
qobiliyati asosida ixtisoslashtirilgan ta`limning tashkil etilishi o`zining ijobiy
natijaparini bermoqda. Bu sohada to`plangan tajribalarni yanada qo`llab-
quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil
7 avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan
umumta`lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi 173-sonli
qarori o`quvchilar iqgidorini aniq yo`naltirilgan holda takomillashtirishda muhim
ahamiyat kasb etmokda.
Bu ta`lim muassasalari bitiruvchilarining aksariyati tanlagan
mutaxassisliklari bo`yicha oliy ta`lim muassasalariga test sinovlari orqali
talabalikka qabul qilinayotganligi fikrimizning isbotidir. Iqtidorli o`quvchilar bilan
ishlashning, bundan tashqari, fanlarni chuqurlashtirib bilim beradigan maxsus
sinflar, shuningdek, repetitor (individuap qo`shimcha o`qitish) kabi shakllari ham
mavjudki, bunda o`quvchilar o`zlari qiziqqan fanlardan kengroq va chuqurroq
bilim, ko`nikma va malakalarni egallash imkoniyatiga ega.
SHaxsga yo`naltirilgan ta`lim deganda, biz ko`proq o`quvchilarning
shaxsiy manfaatlari, ehtiyojlarini nazarda tutamiz. Bunda ta`limning mazmuni
o`quvchi shaxsining qiziqishlariga mos ravishda yo`naltirilishi, uning qiziqishlari
va layoqatini qo`llab-quvvatlash bosh maqsad qilib olinadi. O`quvchining o`z-
o`zini bilishi, shaxsining o`ziga xosligi, uning rivojlanish darajasi, kelgusidagi
orzu-maqsadlariga zrishish uchun qilayotgan xatti-harakatlari zamirida puxta bilim
olish, ta`limning keyingi bosqichiga tayyorlanish mujassam. Uning qiziqishlari,
fantaziyasi aniq maqsad sari yo`naltirilgan bo`lib, o`z manfaatlarini fanlardan
Davlat ta`lim standartlari talablari asosida nafaqat minimal darajadagi balki,
maksimal darajadagi bilimlarni egallash bilan himoya qilishga qodir bo`lishi
mumkin. Buning uchun esa, o`qituvchilar tomonidan ularning intilish va](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_12.png)
![qiziqishlarini rag`batlantirib borish katta ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv
orqali ta`lim jarayonini amalga oshirishda o`quvchining bilim olish jarayonini o`z
ichiga olgan, o`qituvchi – o`quvchi – o`qituvchi munosabati hamkorligi va erkin
tanlash prinsipi uni tanlagan sohasi bilan shug`ullanishdan zeriktirmaydi,
bilimlarini takomillashtirish sari undaydi.
Pedagog olimlar tomonidan ta`lim jarayonida shaxsga yo`naltirilgan
yondashuvning asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan bo`lib, u
quyidagilardan iborat: shaxsga yo`naltirilgan ta`lim; hamkorlik pedagogikasi; –
adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi; o`yin texnologiyasi; rivojlangan o`qitish
texnologiyasi; muammoli o`qitish texnologiyasi; differensial o`qitish; individual
o`qitish texnologiyasi.
Ushbu yo`nalishlarning har birida ta`lim o`kuvchi shaxsining qiziqishi,
qobiliyati, imkoniyati va shart-sharoitlari e`tiborga olinib tashkil etiladi. Ayniqsa,
shaxsga yo`naltirilgan ta`limda o`quvchida mustaqil fikrlash orqali muammoli
vaziyatlardan chiqishga intilish malakasini shakllantirishga alohida urg`u beriladi.
Mustaqil o`qib-o`rganish, o`quv jarayonidagi qiyin vaziyatlarda o`qituvchining
yordamisiz muammolarni hap qilishga urinish, shundan keyingina o`zining
xulosalari to`g`riligiga ishonch hosil qilish uchun o`qituvchining yordamiga
tayanish zarurligini anglatish muhimdir.
O`quv jarayoniga faol yondashish yuzaki qaraganda oddiy bo`lib ko`rinishi
mumkin. O`qituvchi biror hodisani uzoq vaqt tushuntirish o`rniga o`quvchiga
darslikdagi ma`lum mavzuni mustaqil o`qib-o`rganishga, mavzu yuzasidan
berilgan amaliy tajribalarni mustaqil bajarish, o`quv natijalarini tekshirish uchun
test savollariga mustaqil javob tayyorlashni topshirishi ijobiy natija beradi. Agar
o`quvchi o`z o`quv faoliyatining mohiyatini ko`ra olmasa, u o`kuv maqsadini tan
olmaydi, o`qituvchi qo`ygan vazifaparni tushunmaydi va qabul qilmaydi. SHuning
uchun o`quv materiali mazmuni avval o`qituvchi tomonidan ijobiy o`zlashtirilib,
qayta ishlanib, undan o`quvchini qiziqtiradigan, shaxsiy tajribasiga mos kelib,
fikrini ko`zg`aydigan, hayajonga soladigan xos jihatlar belgilab etkazilgandagina
natijasi samarali bo`lishi isbotlangan. Ana shundagina o`quvchi o`zini ushbu](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_13.png)
![hodisalarning bevosita ishtirokchisi va ijodkori deb hisoblaydi.
O`qituvchi o`quvchini sust tinglovchidan dars jarayonining faol ishtirokchisiga
aylantirishi katta ahamiyatga ega. Bunga o`quvchining o`z bilimi va qobiliyatiga
ishonch hissini oshirishi o`ta ta`sirchan omildir. Ushbu vazifani amalga
oshirishning har bir bosqichida o`quvchining jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan
rivojlanish darajalari tahlil qilinib, zaruriy tavsiyalarni berib, pedagogik qo`llab-
quvvatlash, uning faoliyatiga zarur o`rinlarda tuzatish va qo`shimchapar kiritib
borish muhim. O`quvchining shaxsiy mustaqil bilish faoliyati ularning ichki
motivatsiyasi yuqori darajada bo`lganda faol va samarali bo`ladi. Bilish va ijodiy
faoliyatga nisbatan motivatsiya darajasini oshirishning samarali vositasi —
muammoli o`qitish usuli hisoblanadi.
O`quvchilarning qiziqishlariga qarab majburiy bo`lmagan darslar haqida
gap ketganda, muammoli o`qitish usuli maqsadga muvofiq ekanligi e`tirozga o`rin
qoldirmaydi. Oddiy darslarda o`qituvchi beradigan vazifa ko`pincha samarasiz,
majbur etuvchi motivatsiya hisoblanadi. O`quvchilarning darslarda zerikishi bu —
ularning dangasaligidan emas, balki o`qituvchining ularni o`tilayotgan mavzuga
qiziqtira olmaganligidan kelib chiqishini unutmaslik lozim. Ko`p darslar odatda
“so`rov-tushuntirish — olingan bilimlarni mustahkamlash – uyga vazifa” sxemasi
asosida o`tiladi. Oqibatda, ayrim o`quvchilarning ongi va qo`li bo`sh qoladi.
Dars jarayonida maqsaddan chetlashish, o`quvchilar bilan zarur bo`lmagan sohada
muloqot qilib, vaqtni behuda o`tkazish, darslikdan boshqa qo`shimcha
adabiyotlarni o`qimaslik dars mazmuniga salbiy ta`sir o`tkazuvchi jihatlardir.
Shuningdek, qiyin va g`aliz savollarni berish ham o`quvchilarni noqulay holatga
solib, oxir-oqibat fandan va o`qituvchidan bezishga olib keladi.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, ta`lim-tarbiya asosida shaxsning intensiv
rivojlanishi, moddiy-ma`naviy qadriyatlarni o`zlashtirishi faqat uning shaxsiy
faoliyati natijasida amalga oshadi.
O`quvchi shaxsiga yo`naltirilgan ta`limda quyidagi tavsiyalar muhim
hisoblanadi:](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_14.png)
![1. Ta`lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, uning samaradorligini
oshirishga imkon beruvchi ijtimoiy, moddiy-texnik, pedagogik hamda psixologik
imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash.
2. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar, shuningdek, respublika ta`lim
muassasalarida bolapar iqtidorini aniqlash va rivojlantirish borasida to`plangan
tajribaparni o`rganish, milliy-mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda
ularni uzluksiz ta`lim tizimiga tatbiq etish.
3. Ilg`or yondashuvlar asosida iqtidorli bolalarni o`qitishga ixtisoslashgan
ta`lim muassasalari faoliyatining samaradorligini ta`minlovchi boshqaruv va
pedagogik jarayon mazmuni hamda amaliy asoslarini ishlab chiqish.
4. Ta`lim muassasalari hamda oilalar o`rtasida iqtidorli bolalarni samarali
o`qitish yo`lida o`zaro hamkorlikni qaror toptirish.
5. Iqtidorli o`quvchilarni o`qitishga ixtisoslashgan ta`lim muassasalarining
faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiya va
qo`llanmalarni ishlab chiqishni faollashtirish.
Ushbu jarayonlarning amalga oshirishda ta`lim mazmuni takomillashtirish,
qo`llanma va tavsiyalarni yaratish bilan bir qatorda ta`lim jarayonini
faollashtirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni joriy etish ham alohida
ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta`lim islohotlarining
dastlabki bosqichida mahalliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda pedagogik
texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari yaratilgan bo`lsa, bugungi kunda har bir
ta`lim muassasi, har bir o`qituvchi dars mashg`ulotlarida u o`zining amaliy
tabdiqini topmoqda. Biz amalga oshirgan tadqiqotlarimiz davomida muammoli
o`qitish, mujassamlashtirilgan o`qitish, moduli o`qitish, rivojlantiruvchi o`qitish,
tabaqalashtirilgan o`qitish, faol o`qitish, o`yinli o`qitish kabi pedagogik
texnologiya elementlarini aniqladik va kuzatdik. Sanab o`tilgan ilg`or pedagogik
texnologiya yo`nalishlari orasida faol o`qitish metodlari bizda ko`proq qiziqish
uyg`otdi.
O`tgan davrlardagi ta`lim tizimi avtoritar ta`lim metodlariga asoslangan
bo`lib, u o`quvchini itoatkor, o`zgalar fikriga bo`ysinuvchan shaxs sifatida](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_15.png)
![tarbiyalashga yo`naltirilgan edi. Hozirgi paytda respublikamizda amalga
oshirilayotgan keng miqyosdagi ta`lim islohotlari barkamol avlodni tarbiyalashga
qaratilgan demokratik ta`lim metodlariga asosidagi milliy modelning joriy etilishi
bilan ahamiyatlidir.
Demokratik ta`lim metodlari o`qitish jarayonida o`quvchi fikrining hurmat
qilinishi, uning har bir tushunchani o`zlashtirishda faol mushohada etishi,
o`qituvchi fikrini tahlil qilishi va o`zi asosli deb topgan fikrlarnigina qabul qilish
mumkinligiga asoslanadi. Bu g`oyalarni amalga oshirishdagi muammo
respublikamizda haligacha avtoritar metodlardan demokratik ta`lim metodlari
o`tish mexanizmi ishlab chiqilmaganligi bilan izohlanadi. To`g`ri, bu borada joriy
etilayotgan o`quvchilar bilimini baholashning reyting tizimi, test nazoratlarining
keng joriy etilishi, o`quvchilarni kasb tanlashga yo`llashdagi erkinliklarni Kadrlar
tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning yutuqlari sifatida qayd etish
mumkin. Biroq, ta`lim metodlarini yangilash borasida ilmiy izlanuvchilar, metodist
va amaliyotchi o`qituvchilar hali ko`plab muammolarni hal etishlari lozim.
Faol ta`lim metodlari ilg`or xorijiy davlatlar tajribasini o`rganish va mamlakatimiz
ta`lim xususiyatlari bilan omuxtalashtirish natijasida keng ommalashayotgan
demokratik ta`lim metodlari turkumiga kiradi. U ta`lim jarayonining o`qituvchi va
o`quvchi fikrining o`zaro hurmat qilinishi, o`quvchilarning o`zaro munosabatlarida
yuqori darajadagi muloqot ko`nikmalarining shakllantirilishi bilan ahamiyatlidir.
Faol ta`lim metodlarini qo`llash jarayonining xarakterli xususiyati shaxsning
axborotlarni o`zlashtirishdagi barcha imkoniyat va malakalar umumiy majmua
sifatida qaralishidir. Ushbu o`rin axborotlarni o`zlashtirish imkoniyatlariga eshitish
va ko`rish, tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ijodiy mushohada qilish, so`zlab berish,
jismoniy harakatlar bajarish kabilar, malakalar sifatida esa loyihalash,
harakatlanish, tasavvur qilish, nutq, sezgi organlari faoliyati nazarda tutiladi.
Sanab o`tilgan imkoniyat va malakalar majmuasini faol ta`lim metodlari
yordamida rivojlantirishda qisqa vaqtga mo`ljallangan, ta`lim mazmuniga ko`ra
strukturalangan, barcha guruh a`zolarining faolligini ta`minlovchi, sodda
mashqlardan foydalaniladi. Respublikamiz ta`lim tizimiga faol ta`lim metodlari](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_16.png)
![kirib kelishining dastlabki bosqichi deyarli barcha mashqlar engil o`yin
ko`rinishida bo`lgan, biroq hozirgi paytda bu mashqlar takomillashib bormoqda va
mazmunan salmoqliroq darajaga ko`tarilmoqda.
Faol ta`lim metodlarini amalga oshirishda foydalaniladigan mashqlarni
quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Ta`lim oluvchilarning guruh shaklida ish olib borishiga yordam beruvchi
muhitni yuzaga keltiruvchi mashqlar:
• guruh a`zolarining o`zaro yaqindan tanishib olishlariga;
• ta`lim oluvchilar ishining guruh shaklini qaror toptirishga;
• o`zgalar oldida o`z fikrini tortinmasdan, erkin, istiholasiz bayon qilishna
sharoit yaratadi.
2. Ta`lim oluvchilardagi umumiy qiziqish va ehtiyojlarni aniqlovchi
mashqlar:
• ta`lim oluvchilardagi umumiy qiziqishlarni, orzu-o`ylarni, qadriyatlarni
aniqlash yo`li bilan guruh a`zolarining o`zaro birdamlikda ishlashiga;
• yangi a`zolarining guruh ishiga tezroq moslashib, o`z o`rnini topib
olishiga ko`mak beradi.
3. Guruh a`zolarining yakdilligini, hamfikrliligini, umumiy qaror qabul
qilish ko`nikmalarini shakllantiruvchi mashqlar:
• guruh a`zolarining boshqa fikrlardan ozod bo`lib, guruh ishiga sho`ng`ib
ketishi;
• ta`lim oluvchilarning guruhdagi o`zaro muloqot qoidalarini ishlab
chiqishi;
• guruh a`zolarida o`zgalar fikrini hurmat qilish va o`z fikrini bayon qilish
madaniyatini tarbiyalashga xizmat qiladi.
4. O`quv jarayoni mazmuni yoki turli ta`lim predmetlari orasidagi o`zaro
bog`liqlikni ta`minlovchi:
• mashg`ulot turli bosqichlari o`rtasida bog`liqlik va uyg`unlikni
ta`minlash;](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_17.png)
![• yangi mavzuga o`tishning dolzarbligini va qiziqarli jihatlarini ta`kidlab
ko`rsatish imkonini beradi.
5. Guruh a`zolarini ilhomlantiruvchi, yangi bilim sohalarini o`zlashtirishga
yo`naltiruvchi:
• guruh ishini rag`batlantiradi;
• turli murakkab, guruh a`zolari o`z imkoniyatlari yoki vakolatlaridan
“yuqorida” turadi deb hisoblaydigan masalalarni muhokama qilish;
• guruh a`zolarini yangi muammolar echimiga ilhomlantirish uchun sharoit
yaratadi.
6. Ijodkorlikni rag`batlantiruvchi mashqlar:
• dunyodagi voqea-hodisalarga yangi ko`z bilan qarash, yangi, ularni
o`rganishda noan`anaviy metodlardan foydalanish;
• shaxs o`zida yashiringan yangi qobiliyat va iqtidorini yuzaga chiqarish,
shaxs kamolotiga yo`l ochish imkonini beradi.
7. Mashg`ulotlarni, o`rganilgan mavzuni yoki dars bo`lagini xulosalovchi
mashqlar:
• mavzu yoki mashg`ulot bo`limini yakunlash, “qissadan hissa chiqarish”,
qo`llanilgan metod va vositalar samaradorligini baholash va galdagi vazifalarni
belgilab olishga xizmat qiladi.
Dars jarayonida mazkur mashq guruhlarining o`rinli qo`llanishi dars
samaradorligining sezilarli oshirilishiga xizmat qiladi.
O`quvchilar bilish faoliyatini faollashtirish masalalarining dolzarbligi
quyidagi muammolarni hal etish zarurati bilan belgilanadi:
- shaxs sifatlarining bugungi kundagi shakllanganlik darajasi va uni
tarbiyalashga qaratilgan mavjud metodlar zamonaviy talablarga javob bera
olmasligi;
- ta`lim tizimida an`anaviy tarbiya va bilim «berish» metodlarining
salmog`i hamon yuqori darajada saqlanib qolayotganligi;](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_18.png)
![- umumiy o`rta ta`lim mazmunida rejalashtirilgan ta`lim predmetlarining
yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish imkoniyatlaridan etarli darajada
foydalanilmayotganligi;
- yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirishga oid ishlab chiqilgan
nazariy ishlanmalarni amaliyotga keng ko`lamda joriy etish yo`llarining asoslab
berilmaganligi.
Bu esa o`quvchi yoshlar shaxs sifatlarini faollashtirishning metodologik
asoslari yaratish, uni amalga oshirish yo`llarini ishlab chiqishga qaratilgan
tadqiqotlarni amalga oshirish zaruratini oshiradi.
Qayd etilgan muammolar echimini topishning ikki yo`nalishini taklif etish
mumkin:
1. Maktabgacha ta`lim, boshlang`ich ta`lim, umumiy o`rta ta`lim, o`rta
maxsus, kasb-hunar ta`limi hamda oliy ta`lim turlarini qamrab oluvchi vertikal
yo`nalishida.
2. Dars hamda darsdan va ta`lim muassassidan tashqari mashg`ulotlarni
qamrab oluvchi gorizontal yo`nalishida.
Muammoni hal etishning birinchi yo`nalishi quyidagicha mazmunga ega:
Mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishda boshlang`ich ta`lim muhim o`rin
tutadi, chunki xuddi shu davrda shaxs, uning qiziqishlari, moyilliklari shakllanishi
uchun poydevor yaratila boshlaydi. Jamiyat uchun mustaqil, tanqidiy fikrlaydigan,
harakat qila oladigan ijodkor shaxslar juda asqotayotgan hozirgi kunda o`quvchilar
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogikaning dolzarb muammosi bo`lib
turibdi.
O`quvchilarning ijodiy faoliyati tajribalarini o`zlashtirishlari uchun talim
jarayonida faol aqliy izlanishni talab qiladigan muammoli vaziyatlarni vujudga
keltirish zarur. Ijodiy faoliyat tajribalarini o`qituvchini tayyor axboroti orqali hosil
qilish mumkin emas, chunki o`qituvchi muammolarni o`zi hal qilsa,
o`quvchilardagi qiziqish, muammolarni hal qilishga bo`lgan intilish, so`nadi, o`z
bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo`llash imkoniyatidan mahrum bo`ladi.
Noan`anaviy ta`lim o`quvchilarni faqat bilim, ko`nikma, malakalar bilan](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_19.png)
![qurollantirishni ko`zda tutmasdan, balki darsda vujudga keltiradigan muammoli
vaziyatlarni o`quvchilar avval o`zlashtirgan bilim, ko`nikma, malakalarni
kutilmagan vaziyatlarda ijodiy qo`llashlari orqali ijodiy faoliyat tajribalari,
o`quvchilarning mustaqilligi, o`quv-bilish motivlarini, mantiqiy fikrlashni
rivojlantirishga, mustaqil izlanish yo`lini o`zlashtirishga imkon beradigan
murakkab jarayondir.
O`quvchilar mustaqil fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishi noan`anaviy
ta`lim jarayonida muvaffaqiyat bilan qo`llanib kelayotgan ta`lim prinsiplari:
ilmiylik, tushunarlilik, sistemalilik, o`quvchilarning ongligi va faolligi,
ko`rgazmalilik, o`quvchilarni puxta bilim, ko`nikma va malakalar bilan
qurollantirish, uzviylik, ketma-ketlik, o`quvchilarning ijodiy mustaqil ishlari
prinsipi, o`quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv, o`quv ishlarini
insonparvarlashtirish prinsiplaridan foydalanishni taqozo etadi.
Umumiy o`rta ta`limda o`quvchilarning ijtimoiy hodisalarni mustaqil va ijodiy
tahlil qilishga tayyorlik darajasiga oid bilim va ko`nikmalarini o`rganishda
an`anaviy metodlar bilan bir birgalikda interfaol metodlar ham katta yordam
berishi mumkin. Bir tomonlama muloqotni ko`zda tutuvchi savol-javob usulidan
farqli ravishda faol ta`lim metodlari yoshlarning o`zlashtiriladigan bilimlarga
munosabati to`g`risida ham xulosa chiqarishga imkon beradi. Natijada
o`quvchilarning turli ijtimoiy-siyosiy hodisalarni qanday tushunayotganliklarini
ham aniqlab olish mumkin. SHu bilan birga ularning yangi vaziyatlarni, fakt va
hodisalarni baholash uchun mazkur bilimlardan foydalanishga qay darajada tayyor
ekanliklari to`g`risida ham ma`lumot imkoniyati yaratiladi.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limida qaralayotgan muammoni hal qilish uchun
axborotning tarbiyaviy samarasini oshirish bilan birga izlanish, bahs-munozalari,
o`zaro bilim almashish kabi faol shakl va uslublaridan ham foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Ular o`quvchilarni yangi bilim va tushunchalarni mustaqil topishiga,
o`z qarashlari va g`oyalarini himoya qilishga, dunyoqarashi va tasavurlarini
o`rtoqlari bilan almashinishga o`rgatadi. Bunda ijodiy fikrlash, tasavvurlarni
rivojlantirish, fikrlar tafovuti va xilma-xilligi, kuzatuvchanlik, xotirani](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_20.png)
![mustahkamlash, topqirlik, idroklilik, zukkolik va zehnni tarbiyalash talab etiladi.
O`quvchilarda mustaqil-ijodiy fikr yuritish, ma`lum masalalar bo`yicha muhokama
yuritishning qoida va mezonlarini bilish, o`z fikrini to`g`ri, izchil, asosli bayon eta
olish, mushohada yuritish, o`zi bayon etgan fikridan xulosalar chiqara olishni
tarkib toptirish mustaqil-ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy yo`nalishini
tashkil etadi.
Muammoni hal etishning ikkinchi yo`nalishining mazmuni quyidagicha:
Ma`lumki, dars ta`lim muassasalaridagi o`quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning
asosiy shakli hisoblanadi. Biroq, aksariyat o`qituvchilar o`zlari rahbarlik qiladigan
dars mashg`ulotining asosiy va yagona maqsadi sifatida ish rejaga ko`ra qayd
etilgan mavzuga doir bilimlarni «o`quvchilarga berish»ni tushunadilar. Bunda,
hamma vaqt ham ta`lim-tarbiya birligi mezoniga amal qilinmaydi va yanayam
ko`pchilik holatlarda darsda o`quvchilarning mustaqil-ijodiy fikrlashi uchun
sharoit yaratilmaydi. SHu sababli dars mashg`ulotlarida mavzuga oid bilimlarni
o`quvchi mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish bilan omuxtalashgan xolda
amalga oshirish metodlarini tadqiq qilish alohida dolzarblik kasb etadi.
Darsdan va ta`lim muassasasidan tashqari mashg`ulotlar asosan individual, guruh
hamda ommaviy shakllarda amalga oshiriladi. Ta`kidlab o`tish kerakki, darsdan
tashqari faoliyat o`quvchilarda dunyoqarashning nafaqat g`oyaviy asoslarini
shakllantiradi, balki uni amaliy harakatiga aylanishini ta`minlaydi. Bunda sust
tinglovchi va kuzatuvchi rolida qolib ketmaydi; u bilimlarni mustaqil va erkin
egallashga kirishadi, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy axborotlarni tushunishga harakat
qiladi, o`zi o`zlashtirilgan sifatlarning tengdoshlari orasidagi faol targ`ibotchisiga
aylanadi.
O`quvchilarning mustaqil-ijodiy izlanishlariga yo`naltirilgan to`garaklarda,
turli birlashmalarda, mazmun va shakli jihatidan turlicha bo`lgan faoliyat turlari
ham estetik ijtimoiy fikrlash bilan birga o`zaro muvofiqlikni keltirib chiqaradi.
Muammoli masalalarni qo`yish, ularni mustaqil ijodiy hal qilish yoshlarning
qo`shimcha bilimlarga ega bo`lishiga, dunyoqarashga oid masalalarni](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_21.png)
![rivojlanishiga o`zlarini fikrlarini isbotli himoya qilish ko`nikmalari va mahorati
shakllanishga yordam beradi.
Yoshlar mustaqil-ijodiy fikrlashini rivojlantirishning har ikkala
yo`nalishida ham quyidagi vazifalar hal etilishi lozim bo`ladi:
- respublikamiz kadrlar tayyorlashning milliy modelining tarkibiy qismlari
hamda ta`lim-tarbiya tizimining tarixiy shakllanishi va etnopedagogik
xususiyatlarini e`tiborga olgan holda yoshlarning mustaqil-ijodiy fikrlash
sifatlarini jahon miqyosida tarkib topgan tamoyillar darajasida faollashtirishning
metodologik asoslarini ishlab chiqish;
- umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi hamda oliy ta`lim
o`quv rejalarida ko`zda tutilgan ta`lim predmetlarining yoshlarda mustaqil-ijodiy
fikrlashini faollashtirish imkoniyatlari o`rganish asosida uning samaradorligini
oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish;
- uzluksiz ta`limning maktabgacha va umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-
hunar ta`limi hamda oliy ta`lim turlarida yoshlar mustaqil-ijodiy fikrlashini
faollashtirish ishlari mazmunini tanlash mezonlarini ishlab chiqish;
- yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirishning eng ilg`or
tajribalarini ta`lim tizimiga tezkor joriy etish mexanizmini yaratishga qaratilgan
innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish.
Yoshlar mustaqil – ijodiy fikrlashini faollashtirish muammosining echimini
topishga qaratilgan ushbu vazifalarning bosqich-bosqich amalga oshirilishi
ularning muvaffaqiyatli hal etilishi uchun zamin yaratadi deb hisoblaymiz. Bu
bosqichlar mazmuni quyidagicha bo`lishi mumkin:
1-bosqich. Yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarini shakllantirish,
rivojlantirish hamda faollashtirishga oid jahon tajribasini izchil o`rganish asosida
mustaqil-ijodkor shaxs strukturasi hamda uni shakllantirish bosqichlarini ishlab
chiqish.
2-bosqich. Umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi hamda
oliy ta`lim o`quv rejalarida ko`zda tutilgan ta`lim predmetlarining yoshlarda](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_22.png)
![mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish imkoniyatlari o`rganish asosida uning
samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.
3-bosqich. Uzluksizning ta`limning maktabgacha va umumiy o`rta ta`lim,
o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi hamda oliy ta`lim turlarida yoshlar mustaqil-
ijodiy fikrlashini faollashtirish ishlari mazmunini tanlash mezonlarini ishlab
chiqish;
4-bosqich. Yoshlarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirishning eng
ilg`or tajribalarini ta`lim tizimiga tezkor joriy etish mexanizmini yaratishga
qaratilgan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish.
Bu borada bayon qilingan tavsiyalar o`quvchi yoshlar tayyorgarligining
davlat ta`lim standarti talablariga javob berish darajasining ortishi, yuksak darajada
shakllangan, faol mustaqil-ijodkorlik sifatlariga ega shaxs sifatida yuqori akademik
harakatchanlik darajasiga erishishi uchun nazariy-metodologik asoslarning
yaratilishiga asos bo`ladi. SHuningdek, bu boradagi vazifalarni samarali hal etish
uchun mustaqil fikrlovchi ijodkor shaxs to`g`risidagi tushunchalarni
umumlashtirish hamda uning yagona strukturasini ishlab chiqish jarayonini
boshqarishning axborot ta`minoti texnologiyasini ishlab chiqish talab etiladi.](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_23.png)
![Adabiyotlar:
Rahbariy adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –Toshkent,
O‘zbekiston, 2011.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun . 2020
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. –T.: Ma’naiyat, -
2008.
Asosiy adabiyotlar.
1. Mavlonova R. va boshqalar. “Pedagogika”, -Toshkent, “ Fan va
texnologiya ”, 2018.
2. Devid Kluster. Tanqidiy fikrlash nima? K.Ishmatov tarjimasi. «Tanqidiy
fikrlash asoslari» dasturi.
3. Dayana Xalperi. Психология критического мышления. Сант -Петербург,
2000.
4. Ильин Е.П. Психология творчества, креативносити, одарённости.
Питер.
5. Мahmudov М.Ta’limni didaktik loyihalash. T., 1999.
6. Хуторской А.В. Дидактическая эвристика. Теория ва технология
креативного обечения. Москва. 2003.](/data/documents/99713b41-72e0-40bf-b3aa-964b37b6b4ab/page_24.png)
SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA`LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O`QUVCHILARDA TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH REJA: 1. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim texnologiyalari haqida tushuncha. 2. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim texnologiyalarining o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari 3. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim asosida o`quvchi faolligini oshirish
Shaxsga yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalari. O`qitish jarayonida, pedagog texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o`quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o`qitish samaradorligi, asosan, o`quvchining o`qitish jarayonidagi o`rni, pedagogning unga bo`lgan munosabatiga bog`liq bo`ladi. Bu yerda o`qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko`rsatish mumkin avtoritar va shaxsga yo`naltirilganlar. Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatida namoyon bo`ladi, talabalar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda talabaning tashabbusi va mustaqilligi yo`qoladi, o`qitish majburiy yo`sinda amalga oshiriladi. Odatdagi an`anaviy o`qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o`qitishning sinf-dars tizmida tashkil etish nazarida tutildi. Hanuzgacha dunyoda eng ko`p tarqalgan o`qitishning sinf-dars tizimi, quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: - Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo`lgan talabalar sinfini tashkil etadi: - Sinf yagona o`quv reja, yagona o`quv dasturlar va yagona mashg`ulotlar jadvali bilan shug`ullanadi: - Mashg`ulotlarning asosiy birligi dars bo`lib, u bitta fanning bitta mavzuga bag`ishlanadi va o`quvchi tomonidan boshqariladi: - O`quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo`llaniladi. An`anaviy o`qitish asosan bilim, o`quv va ko`nikmalarni o`zlashtirishga qaratilgan bo`lib, shaxsning rivojlanishini ko`zda tutmaydi. An`anaviy o`qitish asosini, Ya.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi: -ilmiylik: -tabiatga monandlik (o`qitish rivojlanish bilan belgilanadi, ammo shakllanmaydi) -uzviylik va tizimlik: -o`zlashtiruvchanlik (ma`lumdan noma`lumga, soddadan murakkabga)
-mustahkamlik (takrorlash, takrorlash…) -onglilik va faollik (qo`yilgan maqsadni bilgan va buyruqlarni bjarishga faol bo`lgan) -nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligi: -yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish: An`anaviy o`qitish quydagi xususiyatlarga ega: zo`ravonlik pedagogikasi, o`qitishning tushuntiruv-ko`rgazmali usuli, ommaviy o`qitish. An`anaviy o`qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo`ladi: talaba bu hali to`la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa- bu sardor hakam, yagona tashabuskor shaxs. Zamonaviy an`anaviy o`qitish esa, o`qitishning texnik vositalarini qo`llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo`ladi. Shaxsga yo`naltirilgan- texnologiyalarda, talaba shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo`yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi: Kadrlar tayyorlash milliy dasturda O`zbekiston Respublikasidagi ta`lim tizimining miliy modeliga alohida e`tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta`lim, fan ishlab chiqarish. Bu yerda ta`lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi – «shaxs» birinchi o`rinda turadi. Boshqacha aytganda butun ta`lim tizimi, shu jumladan o`qitish shaxsga yo`naltirilgan bo`lishi lozim. Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o`qitishning shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim. Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko`ra rivojlanganroq bo`ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrigacha fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyusion, past sur`atlarda amalga oshar edi. Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda Ya.A. Komensiyning o`qitishining avtoritar texnologiyasini, an`anaviy sinf dars tizimi dunyoga keladi.
Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (asrning ikkinchi yarmi), fan-texnika texnologiyalar yuqori sur`atlarda rivojlanayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko`ra ko`piroq bo`lgan bu davrda, o`qitishning an`anaviy tizimi o`z umrini oxiriga yetdi. Hozirgi zamon avlodning rivojlanish sur`ati oldingilardan ko`ra ancha yuqori bo`lganligi sababli, o`qitishning an`anaviy tizimi, rivojlanishga to`sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat xar bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to`la ro`yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarning yetarliligi samarali individual va mustaqil o`qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart- sharoitlar yaratadi. O`qitishni jadallashtirish maqsadida pedagogning talabaga bo`lgan munosabati jihatidan «sardor» likdan, uning sherigiga aylanish zarur. O`qitishnig shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos bo`ladi: -insonparvarlik - ya`ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko`rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo`rlashdan to`la voz kechish; -hamkorlik – ya`ni pedagog va talabalar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik; -erkin tarbiyalash – ya`ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqilligini berish, natijalarini tashqi ta`sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalarning kommunaktiv asosi-pedagogik jarayonda talabga insoniy- shaxsiy yondashuv hisoblanadi. Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo`ladi; -pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, su`bekt hisoblanadi; -har bir talaba qobiliyat egasi, ko`pchiligi esa iste`dod egasi hisoblanadi; -yuqori etnik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustuvor hislatlari hisoblanadi; Munosabatlarda demokratlashtirish quyidagilarni o`z ichiga oladi;
-talaba va pedagog huquqlarini tenglashtirish, -talabaning erkin tanlab olish huquqi; -xatoga yo`l qo`yish huquqi; -o`z nuqtai nazariga ega bo`lish huquqi; -pedagog va talabalar munosabati zayli; ta`qiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda bajarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish. Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va noinsoniy hisoblanadigan zo`ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni mustaqillashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo`ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishni susaytiradi, uning qulchilik hususiyatlarini shakllantiradi. Majburlashsiz o`qitish quyidagilar bilan belgilanadi. -ishonchga asoslangan majburlashsiz talabchanlik; -o`quv materialiga qiziqish uyg`otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag`batlantirish; -talabalarning mustaqilligi va tashshabusiga tayanish; -jamoa orqali bilvosita talablarni amalga oshirish. Individuval yondashuvning yangi talqini quyidagilardan iborat; -o`rtacha talabaga yo`naltirishdan voz kechish; -shaxsning yaxshi xislatlarini izlash; -shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish va unga tuzatishlar kiritish; Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo`ladi; -har bir talaba qiyofasida noyob shaxsni ko`rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabl qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha talabalar iste`dodli ishonch bo`lishi kerak; -shaxsga, yutuqni ma`qullovchi, qo`llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya`ni o`qish xursandchilikni olib kelishi kerak;