logo

Shaxsining rivojlanishi va tarbiyasi va ijtimoiylashuvi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

95 KB
Mavzu:   Shaxsining  rivojlanishi va tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
AReja:
1.  Shaxs rivojlanishining pedagogik asoslari haqida umumiy tushuncha.
2.  Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar.
3. Shaxs rivojlanishida muhit.
4. Shaxs rivojlanishida ta’lim tarbiyaning ta’siri.
5. Shaxsiy faollikning ahamiyati.
6. Shaxs rivojlanishining davrlarga ajratilqishi va ularning mazmuni. Tayanch   so’z   va   iboralar:   Inson,   shaxs,   individ,   shaxsning   individualligi,
o’z xususiyati va sifatlari, farq qilmog’i, ruhiy jihatdan taraqqiy etishi, o’zini ongli
zot   deb   hisob   qilmog’i,   qiziqish,   layoqat,   xarakteri,   munosabat,   ijtimoiy-iqtisod,
tarbiya,   rivojlanish,   kamolot,   o’sish,   tirik   biologik   mavjudod,   o’zgarish,
shakllanish,   vaznning  oshishi,   suyak-muskul   tizimi,  nerv  funksional  faoliyat,  aql-
zakovat,   sharoit,   xarakteri,   tabiati,   omil-faktor   va   hokazo.   Tabiiy   muhit
(geografik), ijtimoiy, oilaviy muhit, “mudroq”ligicha qoladi, irsiy belgilar, yashash
sharoiti, tarbiya, hayvonlar muhiti, hal qiluvchi omil, faktor, ta’lim-tarbiya, shaxsiy
faollik,   karta   o’ynash,   so’knish,   chekish,   tibbiyot,   anatomiya,   fiziologiya,
ruhshunoslik,   yosh   xususiyat,   go’dak,   o’smir,   o’spirinlik   davrlari,   jo’shqinlik,
taqlid, intellektual bilish, mantiqiy fikrlash, foydali inson bo’lish va hakozo.
Odam shaxs bo’lmog’i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan o’z xususiyat va
sifatlari   bilan   boshqalardan   farq   qilmog’i   lozim.   Har   bir   odam   shaxs   sifatida
turlicha   namoyon   bo’ladi.   U   o’zining   xarakter,   qiziqishi   va   qobiliyati,   aqliy
rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi.
Bular   shaxsning   o’ziga   xos   xususiyatlari   bo’lib,   ana   shu   ruhiy   xususiyatlar
rivojlanib   ma’lum   bir   bosqichga   yetsagina   u   mukammal,   kamol   topgan   inson
bo’ladi.Shaxsning   ijtimoiy   voqyelikka,   mehnatga,   kishilarga,   jamiyatga   bo’lgan
munosabati turlicha.Shaxs bo’lishi uchun nimalar zarur? Odam ijtimoiy mavjudod
sifatida shaxs nomini olish uchun unga ijtimoiy iqtisodiy hayot va jamiyat kerak.
Rivojlanish nima?Inson tirik biologik mavjudoddir. Demak, uning 
rivojlanishida tabiat, biologik va ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlar o’zviy ta’sir etadi, 
insonni kamol toptiradi. Odamning mukammal inson bo’lib yetishuviga o’zining 
maqsad asosidagi xatti-harakati muhimligini esdan chiqarmaslik zarur.
Inson hayot faoliyati davomida o’zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. 
Bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrlarida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. 
Inson bo’lib tug’ilgan har qanday odam ham shaxs bo’la oladimi?Shaxs bo’lishi 
uchun nimalar kerak? Odamning ijtimoiy mavjudod sifatida shaxsga aylanishi 
uchun ijtimoiy hayot sharoitlari va maqsadga qaratilgan tarbiya kerak bo’ladi. Ana 
shular ta’siri ostida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.  Odam  bolasining shaxs  sifatida rivojlanishi,  uning har  tomonlama kamolga
yetishishining   samarali   bo’lishini   ta’minlash   uchun   pedagogika   fani   shaxs
rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etuvchi omillarini, rivojlanish
jarayoniga   taalluqli   davrlarni   aniqlash   darkor.   Shuningdek,   bola   shaxsining
rivojlanishida ta’lim-tarbiya va bola faolligini rolini ham aniqlash lozim.
Shaxsning   fazilatlarini   to’g’ri   ko’rish   va   bexato   baholash   uchun   uni   turli
munosabatlar   tizimiga   qo’yib   kuzatish   zarur.   Ana   shundagina   shaxsning   ijtimoiy
hulqi,   ma’naviy   qiyofasi,   insoniy   fazilatlari   ruyobga   chiqadi.   Demak,   shaxsni
rivojlantirish   vazifasini   to’g’ri   hal   qilish   uchun   uning   hulqiga   ta’sir   etuvchi
omillarining (faktor) tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi bilmoq kerak. 
Yuqoridagi   omillarga   asoslanib   rivojlanishga   quyidagichi   ta’rif   berish
mumkin:  Rivojlanish deb bola vaznining oshishi, suyak va muskul tizimining, jinsiy
tanosil   a’zolarining,   nerv-funksional   faoliyatining   kamol   topishi,   aql-zakovatini
shakllanishiga aytiladi. 
“Dunyoda   mavjud   bo’lgan   jami   borliq   -   deb   yozgan   edi   Ibn   Sino,   -   o’z
tabiatiga   ko’ra   kamolot   sari   intiladi.   Kamolot   sari   intilish   esa   o’z   mohiyati
e’tiborila yaxshilikdir”. Ayniqsa   inson tirik mavjudod sifatida   kamolotga yetishga
doimo intiladi. 
Mutafakkir   A.R.Beruniyning   da’vosicha,   hamma   odamlar   o’z   qiyofasi
jihatidan   bir-biriga   o’xshaydi,   ammo   ayni   choqda   ular   bir-biridan   farq   qilib
turadi.Bu   tafovut   “ular   temperamentining   tabiat   xususiyatlari   va   hokazolarining
ziddiyatli   bo’lishi   tufayli   ularning   instentlari   zamirida   yotadi”,   deb
izohlangan.Haqiqatan   ham   insonlar   bir-birlariga   umumiy   holda   uxshaydi,   ammo
tabiati, tabiiy xususiyatlari, xarakteri bilan bir-birlaridan farq qiadi.
“ Odam   -   deydi   Beruniy   -tabiati   jihatidan   bir-biriga   zid   a’zolar
qo’shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega”... va shu boisdan “uning holati
o’z   xarakteriga   ko’ra   xilma-xil   va   turli-tuman   bo’ladi”.   Haqiqatan   ham   xatto
egizak   tug’ilgan   chaqaloqlarning   ham   bir-biridan   farq   qiladigan   xususiyatlari,
sifatlari  hayotda  isbotlangan.Ayniqsa  ularning xarakteri  bir-birlaridan tubdan farq
qiladi. Individning   shaxs   darajasiga   ko’tarilishi   uchun   unga   ko’rsatiladigan
ta’sirlar   hal   qiluvchi   rol   o’ynaydi.Uning   rivojlanishi   uchun   eng   avvalo   inson
sifatida   tug’ilishi,   sharoit,   tarbiya   singari   ta’sirlar   mavjud   bo’lmog’i   zarur.Agar
bunday   ta’sirlar   ko’rsatilmasa   u   nobud   bo’ladi.   Uning   rivojlanishi   uchun   vaqt,
tabiiy qulay sharoit va unga ko’rsatiladigan tarbiya zarur bo’ladi.
Shaxsning   kamol   topishida   va   uning   hulqida   ijtimoiy   va   biologik
omillarning   kuchi   doimo   ham   bir   xil   bo’lavermaydi.   Chunki   uning   hulqiga
munosabatlariga,   aloqalariga,   yoshi,   bilimi,   odatlari,   tajribasi   va   nihoyat,   vaziyat
ham   ta’sir   etadi.   Masalan,   bir   xildagi   ta’sirga   turli   bola   turlicha   munosabatda
bo’ladi,   bu   ayni   paytda,   bolaning   ehtiyoji   qandayligiga   ham   bog’liq.Berilib
shaxmat   uynayotgan   bolaga   endi   bo’ldi   qilinglar   degan   ta’sir   ularga   ta’sir
qilmasligi mumkin.
Xo’sh,   bolalardagi   o’ziga   xoslikni,   ular   ruhiy   jarayonlaring   turlicha
bo’lishini, hulqidagi farqlarini qaysi omillar belgilaydi? Biologik omilmi?, Ijtimoiy
omilmi?, Ta’lim-tarbiya omilimi?
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Pedagogika   fani   shaxsning   kamolatiga   yetishning   murakkab   va   ziddiyatli
jarayon   deb   beradi .   Shaxsning   kamolga   yetishishida   nasl   -   irsiyat   (biologik),
ijtimoiy   muhit   ham,   maqsadga   muvofiq   amalga   oshiriladigan   ta’lim-tarbiya va
nihoyat  o’zining mustaqil faoliyati  ham muhim ahamiyatga ega.
Shaxs qanday jamiyatda yashasa o’sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga
asosAn   kamol   topadi.   Agar   shu   jamiyatning     moddiy   va   ma’naviy   boyliklari
yuksak   bo’lsa,  u shaxsga  shu  qadar  katta ta’sir  ko’rsatadi  yoki  aksincha.  Ikkinchi
tomondan   esa,   shaxs   faoliyati   davomida   mehnat   orqali   o’z   moddiy   va   ma’naviy
boyligini   yaratish   jarayonida   ongini,   hayotini,   turmush   sharoitini   ham   yaxshilab
boradi.
Odam atrofni obyektiv borliqni ko’proq bilgani sari onglilik darajasi o’sadi, 
fikrlash doirasi kengayadi, yangi ong va ko’nikmalarni egallaydi va o’zini 
takomillashtirib boradi. Demak, shaxsning kamolga yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bog’liq.
Irsiyat
Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan ya’ni nasldan-
naslga o’tadigan biologik xususiyat va o’xshashliklar tushuniladi. 
XVI   asr   falsafasida   preformizm   oqimi   namoyondalarining   fikricha,   odam
bolasi   ona   pushtidaligidayoq   insonga   xos   barcha   xususiyatlarga   ega   bo’ladi,
rivojlanishi esa shu xususiyatlarning miqdoriy ko’payib borishidan iboratdir.
XX   asrda   bixeviorizm   nazariyasini   AQSh   pedagogi   va   ruhshunosi
E.Tridayk  asos   soldi.Uning  fikricha,  shaxsning  barcha  xususiyatlari,  xususan  ong
va   aqliy   qobiliyati   ham   nasldan-naslga   o’tadi,   go’yo   odamning   ko’zi,   tishlari   va
barmoqlari   kabi   aqliy   qobiliyat   ham   tabiatan   berilgandir.   Ularning   fikri   to’g’ri
bo’lsa, odam ham daraxt singari o’sishi yoki tabiiy holda tarbiyalanishi lozim edi.
Amerikalik pragmatik pedagogikasining otaxoni D.Dyun va hozirgi 
davomchisi A.Kombas va boshqalar ham shaxsning rivojlanishini biologik nuqtai 
nazardan asosladilar. 
“Haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritiladigan narsa emas, u odam bilan dunyoga
kelgan xususiyat va qobiliyatni o’stiradi”, deydi D.Dyun.
Biogenetiklar   (Bolduin,   Chemberlin,   Stenli   Xoll   va   boshqalar)   XX   asr
boshlarida   bolaning   ruhiy   jihatdan   o’sishini,   zoologlar   F.Myuller   va   E.Gekkellar
tomonidan   kashf   qilingan   biogenetik   qonun   asosida     boradi,   degan   fikrni   ilgari
suradilar.   Bogenetik   qonun   “Ontogenez   filogenezni   takrorlaydi”   deb
ta’riflanadi.Ma’nosi   -har   bir   organizm   o’zining   embrional   taraqqiyotida   o’zidan
(oldingi)   avvalgi   barcha   bosqichlarni   takrorlaydi,   ya’ni   individual   organizm
o’zining   tuxum   xo’jayra   holatidan   mukammal   holatga   yetguncha   boshidan
kechiradigan   qator   shakllarni   shu   organizm   ajdodlari   bosib   o’tgan   juda   ko’p
shakllarining qisqa, ixcham takrorlanishi demakdir.
Avstraliyalik   ruhshunos   K.Byuller   hatto   bolaning     aqliy   jihatdan   o’sishini
ham  irsiyatga bog’laydi . Boshqa chet el ruhshunoslari bolaning ruhiy taraqqiyotida
tana tizilmalaridagi endokrin apparati (ichki sekresiya bezlari) dagi o’zgarishlar va
hokazolar katta ahamiyatga ega deb biladilar. Ayrim pedagog va ruhshunoslar orasida bolaga boshqacha qarash ham 
mavjud. Ularning  fikricha, insonning kamolati ikki omilga - irsiyat va ijtimoiy 
muhitga bog’liqdir. Irsiyat o’zgarmaydi, ijtimoiy muhit hamma davrlar uchun 
o’zgarmasdir.
Pedalogiya   ta’limotiga   ko’ra   bolani   kamol   etishi   hatto   kelajagi   faqat
irsiyatga  va o’zgarmas muhitga bog’liq. 
Antropologiya fani yutuqlariga asoslanadigan bo’lsak, tarixiy, ijtimoiy 
taraqqiyot natijasida odamning anatomik, fiziologik belgilar (odamning kalla 
suyagi, qo’li, oyoqlari, aqliy qobiliyatlari ham) o’zgarishi mumkin.
Demak,   bola   shaxsining   rivojlanishiga   naslning   ta’siri   deganda,   ota-onaga,
avlod-ajdodlarga   o’xshashlikni   ifodolovchi   biologik   belgilarning   takrorlanishini
tushunmoq kerak.
Har   bola   ota-onasidan   meros   sifatida   biologik   ko’rinishlarga   (tananing
tuzilishi,   sochining,   ko’zining,   terisining   rangi,   bo’yi-basti)   ega   bo’lib   dunyoga
keladi.Bular jismoniy xususiyatlardir. Bu haqda I.A.Karimov  “Odam   tabiiy
omillarga - ko’ra o’zi mansub bo’ladigan irq va ellatni  tanlay olmaydi.  Ota-onani
tanlay   olmaydi.   Lekin   dunyoqarashni,   axloqi,   ma’naviyatini   o’zi,   hyech   kimning
tazyiqimiz va ayniqsa  zo’ravonliksiz  tanlab olishi  mumkin va lozim” -  degan edi
(36   bet).   XXI   asr.   Shuningdek,   oliy   nerv   faoliyatining   ko’rinishlar   (xolerik,
sangvenik,   flegmatik,   melanxolik)   ham   tug’ma   bo’lib   o’tadi,   bu   fiziologik
xususiyatlardir.
Ayni   vaqtda   bolaga,   insonlarga   xos   xususiyatlar   ham   irsiyat   yo’li   bilan
tug’ma   o’tadi.   (Masalan,   aqliy   yoki   jimsmoniy   mehnat   qilishi   va   nutqning
rivojlanishi   va   hokazo).   Ammo   bular   tug’ma   imkoniyatlar   bo’lib,   ularning
rivojlanishi   uchun  inson  bolasi   insoniy  muhit,  odamlar   orasida   yashab,   ular  bilan
aloqa   qilishi,   ijtimoiy   mehnatda   ishtirok   etmog’i   lozim.   Chunki   inson   biologik
mavjudod   sifatida   emas,   balki   ijtimoiy   mavjudod   sifatida   rivojlanadi   va   kamolga
yetadi. 
Muhit Fiziologiya   va   ruhshunoslik   fanining   ko’rsatishicha,   inson   bolasi   tayyor
qobiliyat bilan emas, balki biror - bir qobiliyatning ruyobga chiqishi va rivojlanishi
manbai   -   layoqat   bilan   tug’iladi.   Layoqat   o’zicha   rivojlana   olmaydi,   rivojlanishi
uchun qulay muhit kerak.
Muhit   deganda   kishiga   ta’sir   etadigan   tashqi   voqyealarning   yig’indisini
tushunamiz.
Sa’diyning   fikricha   qobiliyatli   va   kam   qobiliyatli   bolalar   bo’ladi.   Ammo
qobiliyat   o’z-o’zidan   rivojlanmaydi.Uning   rivojlanishi   uchun   bolani   tarbiyalash
kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi bor qobiliyat ham yo’qoladi.Uning kamol topishi
uchun kamolatga asos  bo’ladigan qobiliyat  negiz bo’lishi  kerak.Sa’diy o’z fikrini
isboti   uchun   “Guliston”   asarida   “Bir   vazirning   takasaltang   o’g’li   bor   edi.   Vazir
o’g’lini bir donishmand huzuriga eltib: “Shuni tarbiya qil, shoyad aqli kirib, odam
bo’lsa”   -   deydi.   Donishmand   vazirzodani   uzoq   muddat   tarbiya   qildi,   foydasi
bo’lmadi. Bolaning otasiga bir odam orqali: “O’g’ling odam bo’lmadi, meni ham
aqldan ozdirdi” - deb xabar qildi. U bu voqyeadan shunday xulosa chiqaradi:”
Qobiliyat bo’lsa aslida,
Tarbiya unga qiladi asar.
Qancha urinsa bo’lmas sayqali,
Temir aslida bo’lmas gavhari  (143 bet)
“Qobiliyatli   odamni   tarbiya   qilmaslik   -   zulmkorlik   va   noqobil   odamga
tarbiya hayfdir. Tarbiyangni  ayab unisini  nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoye
ketkazma”,   -   deb   ta’kidlagan   A.Navoiy.   Bundan   tarbiyaning   natijasi   odamni
qobiyatlilik   darajasiga   bevosita   bog’liqligi   asoslanayapti.Masalan,   qobiliyati
bo’lmagan   insonni   aqlli   mehnat   qilishga   yo’llash   ijobiy   natija   bermasligini
ta’kidlash   kerak.Yoki   biror   kasblarni   egallashga   ham   bu   g’oyani   tadbiq   etish
mumkin.
Bunga tabiiy muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va
boshqalar kiradi va ular bolaning rivojlanishiga alohida ta’sir ko’rsatadi. Agar   bola   o’z   tug’ma   layoqatiga   mos   sharoitda   o’sib,   zarur   faoliyat   bilan
shug’ullansa, layoqat erta ko’rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo’lmasa,
yo’q bo’lishi yoki “mudroq” ligicha qolib ketiishi mumkin.
Demak,   boladagi   irsiy   belgilarning   o’sishi,   kamol   topishi   insonlar   muhiti,
yashash   sharoiti   va   tarbiyaga   bog’liq   desak   bo’ladi.   Bunga   tarixda   misollar   juda
ko’p.A.Navoiy   onasidan-shoir,   Eynshteyn-fizik,   Ulug’bek-astronom,   Ibn   Sino-
tabib bo’lib tug’ilmagan albatta.
Inson   bolasi,  agar  ijtimoiy  muhitga  emas,boshqa  muhit,  aytaylik  hayvonlar
muhitiga tushib qolsa, odamlarga xos sifatlar shakllanmasligi mumkin.
Masalan: 1920 yili hindistonlik doktor Sing Kalkuttaning janubiy-Qarbidagi
Midnapur   shahri   yaqinida   bo’ri   uyasidan   ikkita   bo’ri   bolasi   bilan   ikkita   qizchani
topib olgan. Ularning biri 7-8 yoshda,ikkinchisi 2 yoshlar chamasida edi.
Amala   (kichigi)   bir   yildan   so’ng   vafot   etdi.Kamola   esa   1930   yilgacha
yashadi.
Odob, axloq, xulqiy sifatlar- shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va
tarbiyaning   o’zaro   ta’siri   asosida   vujudga   keladi.   Shuning   uchun   irsiyat
rivojlanishga ta’sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo’la olmaydi.
Ta’lim-tarbiyaning ta’siri.
Jamiyatning   bolalar   ongiga   ta’sir   o’tkazishi   asosan   ta’lim-tarbiya   orqali
amalga oshiriladi.Inson kamolotida ta’lim-tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Chunki:
1.Ta’lim-tarbiya   jarayonida   kishi   organizmining   o’sishi   va   muhitning   stixiyali
ta’siri   bera   olmaydigan   narsalarni   o’rganib   oladi.   Masalan,   tilni   odamlarning
ta’sirida   o’rganib   olish   mumkin.Lekin   o’qish,   yozishni   maxsus   ta’lim   orqali
o’rganadi.
2.  Ta’lim-tarbiya   yordamida   hatto   kishining   ba’zi   tug’ma   kamchiliklari   ham
kerakli tomonga o’zgartirish mumkin. (ko’r, kar, soqov).
3.  Ta’lim-tarbiya   yordamida   muhitning   salbiy   ta’siri   natijasida   yuz   beradigan
kamchiliklarini   ham   tugatish   mumkin.   (Bolalarning   karta   o’ynashi,   so’kishi,
chekishi).  2.  Ta’lim-tarbiya   natijasida   bolada   bilimlar,   ko’nikma   va   masalalar   hosil
bo’libgina   qolmay,   balki   dunyo   qarash   ham   shakllanadi,   kamolotga   yetib   boradi.
Bilmlarning   egallanishi   uning   jismoniy   va   ma’naviy   jihatdan   o’sishiga   yordam
beradi. Masalan, Sarimsoqov 29 yoshida akademik, N. I. Lobachevskiy 14 yoshida
Qozon   universitetiga   o’qishga   kirgan,   23   yoshida   professor   darajasiga   erishgan.
O’zbek olimlaridan Shavkat Alimov, Shavkat Ayupov, va Rahim Hayitovlar ham
shu yoshlarda professorlik nasib etgan.
Shaxsiy faollikning ahamiyati
Qobiliyat   va   iste’dodning   ro’yobga   chiqishida   insonning   muayyan
faoliyatiga   qiziqib   qarashi   bilan   bir   qatorda   uning   o’z   uyida   tinmay   ishlashlari,
mehnat   qilishlari   shart.   Albatta   bola   buning   mohiyatini   dastlab   yoshli   paytida
anglab   yetmaydi,   shuning   uchun   uni   yo’naltirish   bevosita   tarbiya   natijasida   olib
boriladi.   Masalan,   mashhur   grek   notig’i   -   Demosfenning   (eramiedan   oldingi   IV
asr)   omma   orasidagi   dastlabki   nutqlari   muvaffaqiyatsizlikka   uchragan,   uni   hatto
masqara   qilishgan.   U   duduq,   ovozi   xasta,   qisqa-qisqa   nafas   oladigan   kishi
edi.Lekin u aktyor satirning maslahati bilan o’z nutqidagi kamchiliklarni tuzatdi. U
o’z   kamchiliklarini   tugatishda   irodalilik   va   qat’iyatsizlik   ko’rsatdi:   u   og’ziga
mayda   toshlar   va   sopol   parchalarni   solib,   so’zlarni   talaffuz   qilishni   mashq   qildi,
dengiz   bo’yida   to’lqinlar   shovqinini   nutq   so’zladi,   oyna   oldida   turib   yuz
harakatlarini   bir   maromga   keltirdi.   Uy   shiftiga   qilchini   osib   qo’ydi,   u   odati
bo’yicha   yelkasini   har   uchirganda,   qilich   sanchilardi.U   haftalab   uydan   chiqmay
notiqlikni   o’rgandi.Uydan   chiqmaslik   uchun   sochining   yarimini   qirdirib
tashladi.Bunga   o’xshash   misollarni   ko’plab   keltirish   mumkin.   Masalan,   Alisher
Navoiy,   Ibn   Sino   qund   bilan   kitob   mutolla   qilganlari,   A.   V.   Suvorov,   Amir
Temurning harbiy san’atini egallash borasidagi mehnatlari fikrimizning dalilidir.
Bolalarning yosh davrlari xususiyatlari tavsifi
Bolalarni   to’g’ri   tarbiyalash,   samarali   o’qitish   uchun   bola   rivojlanishiga   doir
o’zgarishlarni, yosh davrlariga xos xususiyatlarni bilish va hisobga olish lozim. Chunki   ularning   o’sishi,   rivojlanishi,   ruhiy   jihatdan   taraqqiy   etishi   turli   yosh
davrlarida   turlicha   bo’ladi.Agar   o’qituvchi,   tarbiyachi   bolani   har   tomonlama
tarbiyalashni maqsad qilgan bo’lsa, u holda bolani ham, har tomonlama bilishi
lozim.O’qituvchi bolani yaxshi bilsa, unga pedagogik ta’sir ko’rsatish usullarini
ham biladi.
Pedagogika,   tibbiyot,   bolalar   anatomiyasi   va   fiziologiyasi,   psixologiya
fanlari   yutuqlari   va   ularning   tavsiyalariga   ko’ra   bolalarning   yosh   davrlarini
quyidagicha guruhlantirish qabul qilingan.
1.   Go’daklik   davri   –   chaqaloqlik   davri   (tug’ilgandan   to   bir   yoshgacha
bo’lgan davr).
2. Yasli davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha tarbiya yoshi – 3 yoshdan 11-12 yoshgacha.
4. Maktab yoshidagi kichik o’quvchilar 6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha.
5.   O’rta   maktab   yoshidagi   o’quvchilar   (o’smirlar)   –   12   yoshdan   15-16
yoshgacha.
6. O’spirinlik davri. (O’rta maxsus kasb-hunar yoshidagi)15-16 yoshdan 18-
19 yoshgacha.
Ma’lum   bir   yosh   davriga   xos   bo’lgan   anatomik,   fiziologik   va   ruhiy
xususiyatlari   yosh   xususiyatlar   deb   ataladi.   Yuqorida   ta’kidlanganidek,   yosh
xususiyatlari va davrini ikkinchi bir xususiyatlaridan ajratuvchi chegara yo’q. Biz
faqat   boladagi   o’zgarishlarga   nisbatan   qiyoslab   davrlarga   ajratamiz.Ularga
qisqacha   izoh   beramiz.   Bundan   maqsad   bo’lajak   mutaxassislar   har   bir   davrlar
haqida ilmiy pedagogik ma’lumotga ega bo’lishi va tajribada qo’llashdan iborat.
1. Go’daklik davri .
Bola tug’ilgan paytda ta’omni (mazani) biladi, issiq va sovuqni sezadi. Asta-
sekin   uning   boshqa   sezgilari   ham   o’sa   boradi.   3   oylik   bo’lganda   buyumlarni
farqlaydi., o’ziga yaqin kishilarni ko’rsa xursand bo’ladi. 6-8 oylik bo’lganda rang
va shakllarni ham farqlaydi. Rangli o’yinchoqlarni xush ko’radi. 11-12   oyligidayoq   atrofdagi   kishilarni   tanishdan   tashqari,   aytilishi   oson
bo’lgan so’zlarni talaffuz qiladi, nutqi o’sa boshlaydi.
2. Yasli davri.
Bu   davr   jismoniy   o’sish,   yo’lga   kirish-yurish   davri   ham   deyiladi.2  yoshida
ancha   murakkab   o’yinlarni   ham   qiziqib   kuzatadi.Bolalar   o’yin   orqali   bir-birlari
bilan  aloqa   bog’laydilar,   tasavvur,   fikrlash   kuchayadi,   nutqi   o’sadi.   Endi   u  jumla
va undan gap tuzadi. Bolalarni tarbiya qiluvchi katta kishilarning yurish-turishi va
odobi bolalar ruhiyatiga ta’sir qiladi. Bolani lozim bo’lgan vaqtda maqtash, diqqati
ijobiy   faoliyatga   tortish,   yomon   ishlardan   ehtiyot     qilish,   yomon   so’zlarni
eshitishdan uzoqlashtirish, urishmaslik yo’llarini o’rgatish, ularga ta’sir ko’rsatish
usullaridan hisoblanadi.
3. Maktabgacha tarbiya yoshi.
         Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o’sishi, dunyoni bilish, atrof
muhitga o’z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgandavrdir. Shu sababli
ham ota-onalar va tarbiyachilarning bolalarni to’g’ri kamolga yetkazishga alohida
e’tibor berishlari lozim. Ularni tarbiyalashda: 
a) sog’lig’i haqida, tartib va gigiyena talablariga;
b) o’yin mashg’ulotlari, so’z, musiqa, ekskursiya, badiiy va jismoniy   
tarbiyaga;
v) o’zini tuta bilish, do’stlik-birodarlikni o’rniga qo’yish, kattalarga hurmat, o’yin
qoidalarini buzmaslik, buyumlarni asrash va boshqkalarga o’rgatish muhimdir.
Bu   davrda   bolalarning   bo’yi   har   yili   o’rtacha   6   sm,   og’irligi   1-2   kg
o’sadi.Suyak,   muskul   tizimi   yumshoq,   egiluvchan   bo’ladi.Shu   sababli   ularni
toliqtirmaslik   kerak.Ularning   asosiy   faoliyati   o’yin   hisoblanadi.   O’yinlar   rang-
barang bo’lishi va jamiyat maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etilishi juda muhim.
4. Maktab yoshidagi kichik o’quvchilar. Bolani qachondan boshlab maktabga berish muammosi pedagogikaning eng
muhim masalalaridandir. Ota-onalar va o’qituvchilar maktabga keladigan bolalarni
yaxshi   o’rganishlari   va   to’g’ri   xulosaga   kelishi   bag’oyat   muhimdir.   Endi
bog’chadagi   o’yin   faolyati   o’rnin   tizimli   majburiy   vaqt   bilan   bog’liq   o’qish
faoliyati egallaydi. Bu yoshdagi o’g’il va qiz bolalar jismoniy jihatdan tekis o’sadi.
Bo’yi   o’rtacha   120   sm,   og’irligi   25   kg   bo’ladi.   Ko’krak   qafasi   va   umurtqa
pog’onachlari   suyaklari   qotmaganligi   uchun,   ular   tez   shikastlanadilar.   Ular   tez
o’sadi.   Ularning   bosh   miyasi   kattalarnikiga   tenglashsa   ham,   tuzilishi   jihatdan
farqlanadi.  Nafas  yo’li   va diafragmasi   bo’sh  rivojlanagn  bo’ladi,  shu  tufayli,  ular
harakatsiz   qolsalar   nafas   olish   sust   bo’lib,   tana   a’zolarining   kislorod   bilan
ta’minlanishi yomonlashadi. Ular yuragi   ikki barovar qon chiqaradi. Yurak urishi
minutiga 90-92 martaga to’g’ri keladi. 
O’qish   mehnatining   ta’siri   ostida   bolaning   barcha   ruhiy   faoliyati   ixtiyoriy
diqqat,   ixtiyoriy   xotira,   ixtiyoriy   idrok   (ma’lum   maqsad   asosida   voqyea   va
hodisalarni   kuzatish),   tafakkurni   ixtiyoriy   idora   etish   va   u   bilan   bog’liq   bo’lgan
nutq, his-tuyg’u, iroda kabi ruhiy jarayonlar rivojlanadi.
Bolalarning   xohishini   2   soatdan   yoki   3   oydan   keyin   bajarishni   va’da
bersangiz   ular   ko’naveradi.   Bolalarni   vaqtning   qadriga   yetishiga,   vaqtni   aniqlash
va   uni   bekor   o’tkakzmaslikka   va   darsdan   kechikmaslikka   o’rgatish   ma’qul.
Keyinchaldik kunlik rejimga o’rgatish kerak. Bolalarni kuzatuvchanlikka o’rgatish
orqali bilish qobiliyatini o’stirishga intilish kerak. Ularning tasavvuri o’qiganlarini
ko’pincha   harfma-harf,   to’ppa-to’g’ri   manoda   anglaydilar.   Bu   yoshdagi
bolalarning   xotirasi   juda   kuchli   taraqqiy   etgan,   xotiraga   olish,   o’qib   olish   ancha
o’sgan   bo’ladi.   1-4   sinf   o’quvchilarining   talab   va   qiziqishlari,   odat   va   sezgilari,
tasavvur   va   tushunchalari,   hayoliy   faoliyatlari,   diqqat-e’tiborlari,   tirishqoqliklari
bir-biridan farq qiladilar.
Shu   bilan   birga   ular   orasida   duduq,   ko’zi   yaxshi   ko’rmaydigan,   qulog’i
yaxshi   eshitmaydigan,   ovozi   xasta,   xotirasi   past   o’quvchilar   ham   uchraydi.
o’qituvyaining   vazifasi   bolalar   hamma   ijobiy   intilishlarini   o’z   vaqtida   anglash,
ularni kamol toptirishdan iboratdir. 5. Maktab yoshidagi o’rta o’quvchilar (o’smirlar) davri.
Bu davrda bolaning jismoniy va ruhiy taraqqiyotida keskin o’zgarishlar ruy
berishi   sababli   bu   davr   o’tish   davri   deb   ataladi.   Bu   yosh   balog’otga   yetish   davri
deb   ham   ataladi.   Qiz   bolalar   13-15   yoshda,   o’g’illar   16-17   yoshida   balog’otga
yetadilar.   O’smirlar   hulqida   bir-biriga   zid   holatlar:   goh   jo’shqinlik,   goh
bo’shanglik, goho ishga kuchli havas paysalga solish, o’jarlik holatlari uchraydi. 
O’smir   ruhiy   rivoji   avvalgiga   nisbatan   ya’ni   kichik   o’quvchilarga   nisbatan
ilgarilab ketadi. O’qish ta’sirida o’smirning umumiy, abstrat tushunchalarni tobora
ko’proq tushunib va bilishi tezlashadi. 
O’smir o’zida katta kishilarning sifatlari paydo bo’layotganini sezadi. Ichki
sekresiya   bezlarining   qayta   qurilishiga   bog’liq.   Jinsiy   yetilish   davri   boshlanadi.
Ularda   erkaklik   va   ayollikning   tashqi   belgilari   -   ovozining   o’zgarishi   (durillash,
muylov   chiqishi,   ko’krak   qafasi   o’g’il   va   qizlar   nafas   olishidagi   farqlar)   paydo
bo’la boshlaydi.
               O’smirlar  ruhiyatida qahramonona  ishlarga, romantika,  o’zini  qahramonlar
qatorida   tasavvur   etish   kabilar   juda   kuchli   bo’ladi.   Ularda   do’stlik   va   birodarlik
xislari, sirdosh do’stlar topish juda kuchli. 
U   nima   qilib   bo’lsa   ham   jamoada   obro’   qozonishga,   ma’lum   mavqyeni
egallashga intiladi. Bunga yaxshilik bilan erishmasa, sho’xlik, ba’zan tartib buzish,
o’qituvchining talabiga teskari ish tutishga ham boradi.
Demak, o’smir bilan munosabatda sabr-toqat, vazminlik, ma’lum holda unga
mustaqillik berish, jamoa hayotiga doir ishlar yuzasidan maslahatlashishi, uning 
tashabbusidan, intilishi va imkoniyatlaridan foydalanishi-bularni to’g’ri 
tarbiyalashning garovi. Eng muhimi, ular shaxsini hurmat qilish, kamsitmaslik, 
katta bo’lib qolganini tan olishdir. 
O’smirlik   davri   ayrim   pedagog   va   psixologlar,   vrachlar   ta’kidlaganidek
tarbiyaga berilmaydigan davr emas. O’z vaqtida Jan Jak Russo bu davrni “Ikkinchi
marta tug’ilishi” deb atagan edi. 6. Maktab  yoshidagi katta o’quvchilar (o’spirinlar).
O’spirinlik   yoshidagi   o’quvchilarda   uzoq   muddatli   va   tizimli   ta’lim
natijasini   fikrlash,   tanqidiy   fikrlash   rivojlanadi,   intellektual   qiziqish   o’sadi,
dunyoqarash   shakllanadi.   Uning   tasavvur   va   tafakkur   doirasi   deyarli   nihoyasiga
yetgan   va   ijtimoiy   hayotning   biror   sohasiga   yo’naltirilgan   bo’ladi.   Endi   gavda,
qovmatlari   to’lishib,   go’zallashib   boradi .   Muskullarning   kuchi   va   ishi,   qobiliyati
ortadi.   Jinsiy   yetilish   asosan   tugaydi.   Umuman,   o’spirinlik   jismoniy   o’sishning
tinch davri bo’lib, kishi a’zolarining o’sishi, takomillashuvi nihoyasiga yetadi. Ular
jismoniy   kuchli,   xushbichim   va   sog’lom   bo’lganliklari   tufayli   tetik   va
xo’shchaqchoq, har ishga qodir, mustaqil bo’ladilar.  Ular faoliyatining asosiy turi
o’qish   bo’lib,   mantiqiy   fikr   yuritadilar   va   bilimlarini   anglab,   tushunib   esda
qoldiradilar. 
Yana   bir   xususiyati   o’spirin   o’zining   madaniy-ma’naviy   oshirishga,   o’zi
ustida   qunt   bilan   ishlaydi,   radio,   televideniya,   barcha   informasiya   vositalaridan
foydalanadi.   Ular   hayot   haqida   (shaxsiy   turmush,   sevgi,   axloq-odob,   hayotiy
go’zallik   kabi   masalalar   yuzasidan)   fikr   almashishiga   ishtiyoqmand   bo’ladi.
O’zlarining   aqliy   va   jismoniy   yetukligini   baholashadi,   shunga   asoslanib   aniq   bir
kasb-korni egallash rejasini tuzadi.
Xarakterli   xususiyatlardan   yana   biri   shundaki   -   o’spirin   o’ziga   o’zi   baho
berishga   intiladi,   unda   xushmumomalilik,   odoblilik   va   vazminlik   kabi   axloqiy
sifatlar qaror topadi. Ular Vatanga, xalqqa, jamiyatga, insoniyatga xizmat qilish va
foydali inson bo’lishni hayotining oliy maqsadi deb biladi.
Pedagogik mashq
Pedagogning ish tajribasidagi ba’zi jihatlari bilan tanishing.
Pedagog   sinf   o’quvchilariga   ta’lim-tarbiya   berishda   ularning   rivojlanishini
hisobga olib ish tutdi. Masalan, o’smir Mirqosim berilgan uy vazifalarni bajarishda
loqaydlik, sustkashlik, mas’uliyatsizlik bilan yondoshishini biladi. Ammo pedagog
Mirqosim keyinchalik o’zgarib o’zining bu nuqsonlarini yo’qotadi degan fikrda ish
tutdi.   Vaqt   o’tishi   bilan   Mirqosimning   uy   vazifalarni   bajarmaslikdagi mas’uliyatsizligi   uning   o’qishga   bo’lgan   qiziqish   va   harakatlariga   ziyon   yetkaza
boshladi.   Oqibatda   Mirqosim   dars   mashg’ulotlariga   kelmaslik,   ko’chadagi
o’rtoqlari   bilan   birgalikda   o’zlaricha   ish   tutish   kabi   odatlarga   o’rgandi.   Pedagog
endi   Mirqosimning   o’qishdagi   va   tarbiyasidagi   nuqsonlarni   bartaraf   etishga   ota-
onalarni jalb qildi. Fan o’qituvchisining ota-onalar bilan hamkorligi asta-sekin o’z
natijasini ko’rsata boshladi. Mirqosimning o’qishida ijobiy siljishi va xulq-atvorida
o’zgarish sodir bo’ldi.
Vaziyatni tahlil qiling.
1. Pedagogning o’smir Mirqosim o’qishdagi munosabatiga befarqlik bilan ish
tutishini Siz qanday izohlaysiz?
2.   Fan   o’qituvchisi   dastlab   o’smir   Mirqosim   rivojlanishining   qanday
omillariga tayanib ishlashi zarur?
3. Siz o’z tajribangizda o’smir Mirqosimdan o’quvchi bilan qanday ish tutgan
bo’lardingiz?
4.   Siz   bunday   pedagogik   muammolarni   amaliy   hal   etishning   qanday
omillarini ishga solasiz?
Mustahkamlash uchun savollar:
1.  Pedagogika shaxs rivojlanishi muammosi qanday asoslangan?
2.  Shaxs   rivojlanishi   nima?   Uni   pedagogik   jihatdan   tahlil   qiling   va   shaxs
kamolatining sifatlarini sanab ko’rsating?
3.  Individ, shaxs va shaxsning individual xususiyatlari  va ularning mazmunini
asoslab ko’rsating?
4.  Shaxs  rivojlanishida     qanday  omillar   mavjud? Ularning mazmunini   qanday
tushunasiz?
5.  Irsiyat shaxsning shakllanishida qanday rol o’ynaydi?
6.  Muhit shaxsning shakllanishida qanday rol o’ynaydi?
7.  Shaxs shakllanishida ta’lim-tarbiya qanday rol o’ynaydi? 8.  Nima   uchun   o’quvchi   shaxsining   rivojlanishi   davrlarga   bo’linadi   va   uni
o’rganishda qanday pedagogik muammolar mavjud?
9.  Davrlarga   bo’lishning   qanday   asoslari   mavjud   va   o’qituvchilar   uni
bilishadimi?
10.  O’quvchining rivojlanishi  qanday davrlarga bo’linadi?
11.  Maktab yoshidagi kichik o’quvchilar qanday xususiyatlarga ega?
12.  O’smirlik davrining xususiyatlari nimalardan iborat?
13.  O’spirinlik davrining xususiyatlarini sanab ko’rsating?
14.  O’quvchi   rivojlanishining   xususiyatlarini   o’qituvchi   nima   uchun
bilishi darkor va bu sohada qanday muammolarni amaliy hal etishi kerak?

Mavzu: Shaxsining rivojlanishi va tarbiyasi va ijtimoiylashuvi AReja: 1. Shaxs rivojlanishining pedagogik asoslari haqida umumiy tushuncha. 2. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar. 3. Shaxs rivojlanishida muhit. 4. Shaxs rivojlanishida ta’lim tarbiyaning ta’siri. 5. Shaxsiy faollikning ahamiyati. 6. Shaxs rivojlanishining davrlarga ajratilqishi va ularning mazmuni.

Tayanch so’z va iboralar: Inson, shaxs, individ, shaxsning individualligi, o’z xususiyati va sifatlari, farq qilmog’i, ruhiy jihatdan taraqqiy etishi, o’zini ongli zot deb hisob qilmog’i, qiziqish, layoqat, xarakteri, munosabat, ijtimoiy-iqtisod, tarbiya, rivojlanish, kamolot, o’sish, tirik biologik mavjudod, o’zgarish, shakllanish, vaznning oshishi, suyak-muskul tizimi, nerv funksional faoliyat, aql- zakovat, sharoit, xarakteri, tabiati, omil-faktor va hokazo. Tabiiy muhit (geografik), ijtimoiy, oilaviy muhit, “mudroq”ligicha qoladi, irsiy belgilar, yashash sharoiti, tarbiya, hayvonlar muhiti, hal qiluvchi omil, faktor, ta’lim-tarbiya, shaxsiy faollik, karta o’ynash, so’knish, chekish, tibbiyot, anatomiya, fiziologiya, ruhshunoslik, yosh xususiyat, go’dak, o’smir, o’spirinlik davrlari, jo’shqinlik, taqlid, intellektual bilish, mantiqiy fikrlash, foydali inson bo’lish va hakozo. Odam shaxs bo’lmog’i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan o’z xususiyat va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o’zining xarakter, qiziqishi va qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ana shu ruhiy xususiyatlar rivojlanib ma’lum bir bosqichga yetsagina u mukammal, kamol topgan inson bo’ladi.Shaxsning ijtimoiy voqyelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo’lgan munosabati turlicha.Shaxs bo’lishi uchun nimalar zarur? Odam ijtimoiy mavjudod sifatida shaxs nomini olish uchun unga ijtimoiy iqtisodiy hayot va jamiyat kerak. Rivojlanish nima?Inson tirik biologik mavjudoddir. Demak, uning rivojlanishida tabiat, biologik va ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlar o’zviy ta’sir etadi, insonni kamol toptiradi. Odamning mukammal inson bo’lib yetishuviga o’zining maqsad asosidagi xatti-harakati muhimligini esdan chiqarmaslik zarur. Inson hayot faoliyati davomida o’zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrlarida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Inson bo’lib tug’ilgan har qanday odam ham shaxs bo’la oladimi?Shaxs bo’lishi uchun nimalar kerak? Odamning ijtimoiy mavjudod sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy hayot sharoitlari va maqsadga qaratilgan tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’siri ostida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga yetishishining samarali bo’lishini ta’minlash uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etuvchi omillarini, rivojlanish jarayoniga taalluqli davrlarni aniqlash darkor. Shuningdek, bola shaxsining rivojlanishida ta’lim-tarbiya va bola faolligini rolini ham aniqlash lozim. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar tizimiga qo’yib kuzatish zarur. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy hulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ruyobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal qilish uchun uning hulqiga ta’sir etuvchi omillarining (faktor) tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi bilmoq kerak. Yuqoridagi omillarga asoslanib rivojlanishga quyidagichi ta’rif berish mumkin: Rivojlanish deb bola vaznining oshishi, suyak va muskul tizimining, jinsiy tanosil a’zolarining, nerv-funksional faoliyatining kamol topishi, aql-zakovatini shakllanishiga aytiladi. “Dunyoda mavjud bo’lgan jami borliq - deb yozgan edi Ibn Sino, - o’z tabiatiga ko’ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilish esa o’z mohiyati e’tiborila yaxshilikdir”. Ayniqsa inson tirik mavjudod sifatida kamolotga yetishga doimo intiladi. Mutafakkir A.R.Beruniyning da’vosicha, hamma odamlar o’z qiyofasi jihatidan bir-biriga o’xshaydi, ammo ayni choqda ular bir-biridan farq qilib turadi.Bu tafovut “ular temperamentining tabiat xususiyatlari va hokazolarining ziddiyatli bo’lishi tufayli ularning instentlari zamirida yotadi”, deb izohlangan.Haqiqatan ham insonlar bir-birlariga umumiy holda uxshaydi, ammo tabiati, tabiiy xususiyatlari, xarakteri bilan bir-birlaridan farq qiadi. “ Odam - deydi Beruniy -tabiati jihatidan bir-biriga zid a’zolar qo’shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega”... va shu boisdan “uning holati o’z xarakteriga ko’ra xilma-xil va turli-tuman bo’ladi”. Haqiqatan ham xatto egizak tug’ilgan chaqaloqlarning ham bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari, sifatlari hayotda isbotlangan.Ayniqsa ularning xarakteri bir-birlaridan tubdan farq qiladi.

Individning shaxs darajasiga ko’tarilishi uchun unga ko’rsatiladigan ta’sirlar hal qiluvchi rol o’ynaydi.Uning rivojlanishi uchun eng avvalo inson sifatida tug’ilishi, sharoit, tarbiya singari ta’sirlar mavjud bo’lmog’i zarur.Agar bunday ta’sirlar ko’rsatilmasa u nobud bo’ladi. Uning rivojlanishi uchun vaqt, tabiiy qulay sharoit va unga ko’rsatiladigan tarbiya zarur bo’ladi. Shaxsning kamol topishida va uning hulqida ijtimoiy va biologik omillarning kuchi doimo ham bir xil bo’lavermaydi. Chunki uning hulqiga munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va nihoyat, vaziyat ham ta’sir etadi. Masalan, bir xildagi ta’sirga turli bola turlicha munosabatda bo’ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog’liq.Berilib shaxmat uynayotgan bolaga endi bo’ldi qilinglar degan ta’sir ularga ta’sir qilmasligi mumkin. Xo’sh, bolalardagi o’ziga xoslikni, ular ruhiy jarayonlaring turlicha bo’lishini, hulqidagi farqlarini qaysi omillar belgilaydi? Biologik omilmi?, Ijtimoiy omilmi?, Ta’lim-tarbiya omilimi? Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Pedagogika fani shaxsning kamolatiga yetishning murakkab va ziddiyatli jarayon deb beradi . Shaxsning kamolga yetishishida nasl - irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat o’zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Shaxs qanday jamiyatda yashasa o’sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosAn kamol topadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklari yuksak bo’lsa, u shaxsga shu qadar katta ta’sir ko’rsatadi yoki aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o’z moddiy va ma’naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi. Odam atrofni obyektiv borliqni ko’proq bilgani sari onglilik darajasi o’sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi ong va ko’nikmalarni egallaydi va o’zini takomillashtirib boradi.

Demak, shaxsning kamolga yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bog’liq. Irsiyat Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan ya’ni nasldan- naslga o’tadigan biologik xususiyat va o’xshashliklar tushuniladi. XVI asr falsafasida preformizm oqimi namoyondalarining fikricha, odam bolasi ona pushtidaligidayoq insonga xos barcha xususiyatlarga ega bo’ladi, rivojlanishi esa shu xususiyatlarning miqdoriy ko’payib borishidan iboratdir. XX asrda bixeviorizm nazariyasini AQSh pedagogi va ruhshunosi E.Tridayk asos soldi.Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, xususan ong va aqliy qobiliyati ham nasldan-naslga o’tadi, go’yo odamning ko’zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir. Ularning fikri to’g’ri bo’lsa, odam ham daraxt singari o’sishi yoki tabiiy holda tarbiyalanishi lozim edi. Amerikalik pragmatik pedagogikasining otaxoni D.Dyun va hozirgi davomchisi A.Kombas va boshqalar ham shaxsning rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asosladilar. “Haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritiladigan narsa emas, u odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o’stiradi”, deydi D.Dyun. Biogenetiklar (Bolduin, Chemberlin, Stenli Xoll va boshqalar) XX asr boshlarida bolaning ruhiy jihatdan o’sishini, zoologlar F.Myuller va E.Gekkellar tomonidan kashf qilingan biogenetik qonun asosida boradi, degan fikrni ilgari suradilar. Bogenetik qonun “Ontogenez filogenezni takrorlaydi” deb ta’riflanadi.Ma’nosi -har bir organizm o’zining embrional taraqqiyotida o’zidan (oldingi) avvalgi barcha bosqichlarni takrorlaydi, ya’ni individual organizm o’zining tuxum xo’jayra holatidan mukammal holatga yetguncha boshidan kechiradigan qator shakllarni shu organizm ajdodlari bosib o’tgan juda ko’p shakllarining qisqa, ixcham takrorlanishi demakdir. Avstraliyalik ruhshunos K.Byuller hatto bolaning aqliy jihatdan o’sishini ham irsiyatga bog’laydi . Boshqa chet el ruhshunoslari bolaning ruhiy taraqqiyotida tana tizilmalaridagi endokrin apparati (ichki sekresiya bezlari) dagi o’zgarishlar va hokazolar katta ahamiyatga ega deb biladilar.