Shaxsning bilish jarayonlari.
Al-Bukhari university pedagogika va psixologiya yõnalishi 1-4 guruh talabasi Suyunova Gulzodaning psixologiya nazariyasi va tarixi fanidan tayyorlagan REFERATI
Mavzu:Shaxsning bilish jarayonlari. REJA: 1. Bilish faoliyatiga umumiy tavsif. 2. Asosiy bilish jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga xosligi .
1. Bilish faoliyatiga umumiy tavsif :, Bilish muammosi qadim zamonlardan beri kishilik dunyosini qiziqtirib keladi, ammo u bugungi kunda fan va texnikaning ri~ vojlanishi tufayli yanada dolzarb masalaga aylanib qoldi. Shu boisdan, bilish nazariyasi falsafa, tarix, filologiya, kibernetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlarning tadqiqot predmetiga aylanib, ularning har qaysisi o'zining mohiyatidan kelib chiqib, uning u yoki bu jabhalarini o'rganadi. Boshqa fanlardan farqli o'laroq, psixologiya fani insonning onto-genezida bilishning vujudga kelishi, uning o'ziga xos psixologik mexanizmlari, unda ehtiyoj, motiv, emotsiya va irodaning o'rni, tanishish zarurat hisoblangan obyektning notanishligi, ko'rinishi hamda materiallar mazmunining ahamiyatini tekshiradi. Bizningcha, obyektiv dunyo to'g'risidagi ma'lumotlar, fan asos-lari bo'yicha axborotlar, ijtimoiy va individual tajribalar, shaxslararo munosabat va muomala o'rnatish, muayyan faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarish o'zini o'zi anglashga taalluqli tarkibiy qismlar bilan qurollanishga, ijod va yangilik yaratishga qaratilgan murakkab, iyerarxik hamda integral xususiyatli, faqat insoniyatgagina xos bo'l-gan, aqliy va jismoniy negizga quriluvchi intilish va faollikning majmuasi bilish deb ataladi. Bilishning psixologik bosqichlari, darajalari, ko'lami, kengligi, chuqurligi, to'liqligi, aniqligi, yaqqolligi, ifodalanish shakllari va vositalari, barqarorligi, mustaqilligi va uning ijtimoiy psixologik mexanizmlari to'g'risida ma'lumotlar sharhlanadi. Bizni qurshab turgan obyektiv borliqni bilish xususiyatiga oid jahon psixologiyasi fanida ko'plab ilmiy nazariyalar, mustaqil kon-sepsiyalar, o'xshash qarashlar, puxta pozitsiyalar, xilma-xil yonda shishlar mavjud, ammo shunga qaramasdan, bu asnoda bilishning filogenetik qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari, ularning bunyodkor mexanizmlari, muayyan o'ziga xoslik, ulardagi barqarorlikni ta'min-lovchi shart-sharoitlar, harakatlantiruvchi kuchlar, obyektiv va subyektiv omillarning ta'sirchanlik imkoniyati rang-barangligi tufayli onitogenetik davrning xususiyatlari to'g'risida mulohaza yuritishning o'zi yetarlidir.
Inson shaxs bo'lib shakllanishida va rivojlanishida bilish jarayon lari asosiy funksiyani bajaradi. Bilish jarayonlari qadim zamonlardan beri olimlarning diqqat markazida boigan muammolardan biri bo'lib kelgan. Insonning ontogenezida bilish jarayonini amalga oshiruvchi, uni yuzaga keitiruvchi asosiy manbalar mavjud bo'lib, bizningcha, ular taxminan quyidagilardan iborat: 1) tug'ma instinktlar; 2) shartsiz reflekslar; 3) shartli reflekslar; 4) ideomotor harakatlar; 5) predmetli harakatlar; 6) taqlid yoki imitatsiya; 7) tajriba; 8) mashq; 9) ko ' nikma , malaka , odat ( ularni o ' zlashtirish imkoniyati va egallash vaziyati ); 10) refleksiya (xulq va ongli boshqarish). Bilish jarayonining mohiyati va o'ziga xosligini vujudga keitiruv chi asosiy psixologik negizlari tariqasida: 1) ehtiyoj; J 2) motiv (motivatsiya); 3) mayl; 4)moyilIik; 5) qiziqish; 6) ustanovka; 7) tug'ma, tabiiy alomatlar; 8) faollik; 9) ruhiy holatlarning barqarorligi; 10) obyektiv va subyektiv xususiyatli funksiyalar xizmat qilishi mumkin.
2. Asosiy bilisli jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga xosligi Diqqat va uning turlari, xususiyatlari. Diqqat - kishi 'faoliyati -ning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o'quv faoliyati samarador-ligining muhim va zarur sharti. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yo'naltirilgan shakldaligidan iborat. Tevarak atrofdagi olamning ko'plab ta'sirlari orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o'ylaydi. Ongning bu xossasini uning diqqat kabi xususiyati bilan o'zaro bogiiq, deb hisoblaydilar. Diqqat individning emotsional, aqliy yoki harakatlantiruvchi fabltigi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo 'naltirilganligi va hir narsaga qaratilganligidir. Diqqatni ma'lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch, g'ayrat sarflash zarurati ishga tushayotgan paytda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo'lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va, shuningdek to'siqlar mavjud bo'lgan kezlarda aniq-ravshan namoyon boiadi. Hosil bo'lish xususiyatiga va amal qilish usullariga ko'ra diqqat-ning ikkita asosiy tori mavjud: 1) ixtiyorsiz diqqat; 2) ixtiyoriy diqqat. Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil boiadi va qoilab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo boiishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omiliar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga muvofiq keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega boigan qo'zg'atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo'zg'aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning o'rni benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo'lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to'planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo'nalganligiga ham bogiiqdir. 11) Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solina- digan diqqat-e'tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil boiadi.