logo

Sho’ro hukmronligi davrida O’zbekiston xalq ta’lim tizimi va pedagogika fanining rivoji.

Загружено в:

29.08.2023

Скачано:

0

Размер:

21.314453125 KB
Sho’ro hukmronligi davrida O’zbekiston xalq ta’lim tizimi va pedagogika
fanining rivoji.
R  eja  :
1.  Sho’ro hokimiyatining dastlabki yillarida maorif va pedagogik fikrlar.
2.  Ikkinchi   jahon   urishi   va   urishdan   keyingi   yillarda   xalq   maorifi   va   pedagogik
fikrlar.
3.  XX asrning 70-80 yillarida O’zbekiston xalq ta’limi ravnaqi. 1917 yil to’ntarishidan so’ng Markaziy Osiyoda 3 ta davlat (Buxoro amirligi,
Xiva,   Qo’qon   xonligi)   o’rnida   yangi   yo’nalishdagi   mafkuraga   asoslangan
respublikalar   (Turkiston   Muxtor   Jumhuririyati,   Buxoro   xalq   Respublikasi,   Xiva
xalq   Respublikasi)   tashkil   topdi.Yangi   Sho’ro   Hukumati   avvalgi   ta’lim   tizimi,
o’quv-tarbiyaviy  ishlarni   isloh  qilish,  xalq  maorifi  tizimining  yangi  shaklini   joriy
etish   yuzasidan   bir   qator   vazifalarni   belgilab   berdi.   Bunday   tadbirlarni   amalga
oshirish   Turkistonda   Xalq   Komissarlari   Sovetining   1918   yil   14   maydagi   dekreti
asosida   boshlandi.   Yagona   Sho’ro   "Mehnat   maktabi"xalq   maorifi   uchun   asosiy
negiz   qilib   olindi.   1918   yil   20   yanvarda   "Cherkovni   davlatdan   va   maktabni
cherkovdan   ajratish   to’g’risida"gi   dekretga   asoslanib,   mullalar   vazirli   din
ahllarining   maktablarda   dars   berishiga   yo’l   kuymaslik   to’g’risida   dekret   qabul
qilindi. Mazkur dekretga muvofiq aholining barcha tabaqalari bolalari millati, dini
va   jinsidan   qat’iy   nazar   maktabi   tekin   o’qitilishi   to’g’risida   buyruq   chiqarildi.
Turkistonda   1918   yil   may   oyining   boshida   maktab   tubdan   qayta   qurildi   va   e’lon
qilindi.
1918   yil   iyunda   Toshkentda   maorif   xodimlarining   birinchi   syezdda   ochildi,
unda   xalq   maorifi   sohasidagi   ahvol   muhokama   qilindi,   qayta   ko’rish   tadbirlari
belgilandi.
1918   yil   dekabrda   Turkiston   Respublikasi   xalq   maorifi   komissarligi   buyruq
chiqarib, hamma maktablarda ona tili o’qitish to’g’risida qator qabul qilindi.
1918   yil   avgustda   Turkiston   Respublikasining   Markaziy   Ijroiya   Komiteti
maktablarda o’quvchilarni uz ona tilida o’qitishga utish to’g’risida dekret chiqardi,
bu   o’lka   xalqlari   milliy   madaniyatlari   istiqboli   uchun   hal   qiluvchi   ahamiyat   kasb
etdi.   Oradan   uch   oy   utgach   "Turkiston   maktablarining   strukturasi   to’g’risida
Nizom" chiqarildi.
1918   yil   bahoriga   kelib   respublikada   ishlab   turgan   maktablar   soni   330   taga
yetdi.
1919-20 yilining boshida maktablar soni Farg’onada (viloyatida) 350 ta, 
Sirdaryo viloyatida 839 ta, Samarqand viloyatida 216 ta edi. Maktablarni  tashkil  etishda mahalliy aholi  orasidan  birinchi  muallim  sifatida
yetishib chiqqan Hamza, Avloniy, Abduqodir Shukuriy, Ismatulla Raxmatullayev,
Abdurauf   Fitrat,   Isxokxon   Ibrat,   T.N.Qo ri   Niyoziy,   Tuxtanazar   Shermuxamedov,
Ergash Komilov, Oqilxon Sharo fiddinov va shu singari ziyolilar faol qatnashdilar.
Qizlarni o’qitish uchun alohida maktablar ochildi, bunday mak tablar 1920 yil
boshida   Toshkentda   12   ta,   Andijonda   2   tasi   ochilgan.   Qo’qonda   shunday
maktablarda O’zbek qizlaridan 270 tasi, kirgiz qizlaridan 13 tasi o’qir edi. Shunday
qilib,   o’lkamizda   yangi   maktablar   ochildi   va   mahalliy   aholidan   milliy
O’qituvchilar   tayyor lash,   milliy   darsliklar   nashr   etish,   Sho’ro   mafkurasi   asosida
ta’lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish yuzasidan tadbirlar belgilandi.
1918   yil   iyun   oyida   Toshkentda   dorilmuallimin   ochildi.   (millat   yoshlaridan
muallimlar instituti).
1918-21 yillarda mahalliy millatdan  3 mingga yaqin muallim tayyorlandi.
1918   yillarda   Turkiston   Sharqshunoslik   instituti,   Timiryazev   nomli   bilim
yurti, Milliy xotin-qizlar uchun bilim yurtlari ochildi.
1921   yilda   ximiya-farmakologiya   instituti,   konservatoriya   6   ta   qishloq
xo’jalik   texnikumi   ishga   tushdi.   Bular   orasida   1918   yil   21   aprelda   ishga   tushgan
Toshkentda   ochilgan   Turkiston   xalq   universiteti   alohida   ahamiyat   etadi.
Universitetning   Toshkentda   eski   shaharda,Andijon,Qo’qon,   Samarqand   va
Jizzaxda bo’limlari bor edi.
RSFSR   Xalq   Komissarlari   Sovetining   1920   yil   7   sentyabrdagi   dekretiga
binoan Toshkent xalq universiteti negizida Turkiston davlat universiteti (Tosh DU)
tashkil etildi.
1920 yillarda Turkiston bolalarining 25% maktabda o’qitilar edi.
O’qituvchi   kadr   tayyorlashga   katta   e’tibor   berildi.   1925   yilda   O’zbekiston
qishloqlarida   ishlab   turgan   muallimlar   soni   2748   kishiga   yetdi.   1924-25   o’quv
yilida   xalq   maorifi   ehtiyojlariga   11,4   million   so’m   yeki   respublika   byudjetning
24% sarflandi. 
               O’zbekistonda dastlabki o’rta ta’lim   maktablarining tashkil etilishi
va uning rivojlanishi.   Xalq ta’limi  tizimida (jumladan)  muhim  o’rinni  egallagan umumiy   ta’lim   maktablari   respublikamiz   hayoti   bilan   chambarchas   bog’langan
bo’lib, davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qiladi. Shuning uchun
xam   respublikamiz   hukumati,   xalq   ta’limi   vazirligi   joylardagi   hokimiyatlar   va
jamoatchilik   xalq   ta’limi   tizimini   jumladan,   umumiy   ta’lim   maktablarini
rivojlantirish, ularning tarmoqlarini kengaytirish va yangi binolar bilan ta’minlash,
o’quv moddiy va texnika bazasini mustahkamlash xamda ularni yuqori bilimga ega
bo’lgan O’qituvchilar bilan ta’minlash borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirib
kelmoqdalar.   Chunonchi   1966   yilda   sobiq   SSSR   tomonidan   qabul   qilingan
"Umumiy ta’lim maktablarini" yanada rivojlantirish choralari to’g’risida, 1972 yil
20   iyuldagi   "Yoshlarni   umumiy   o’rta   ta’limga   o’tkazishni   tugallash   va   umumiy
ta’lim   maktablarini   yanada   rivojlantirish   to’g’risida",   shuningdek,   "Qishloq
umumiy   ta’lim   maktabining   ish     sharoitini   yanada   yaxshilash   tadbirlari
to’g’risida",   "Mamlakatda   oliy   ta’limni   yanada   takomillashtirish   to’g’risida"gi
1972-1977   yillar   mobaynida   qabul   qilingan   tarixiy   qarorlari   asosida
respublikamizda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Yoshlarni umumiy o’rta ta’limga
o’tkazish 1975 yilga kelib tugallandi.
Mazkur   qarorlarga   asosan   respublikamizda   mehnat   ta’limi   va   tarbiyasi,
Ayniqsa, ijtimoiy foydali mehnatni  xamda o’quvchi-yoshlarni kasbga  yo’naltirish
ishining sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqildi, va u
amalga oshirildi.
Maktab uz tabiatiga kura iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi, uni
saqlovchi   insoniyat   tomonidan   to’plangan   umum-insoniy   ma’naviy   boyliklarni
avloddan-avlodga yetkazib beruvchi va boyituvchi muhim tarmoq hisoblanadi.
Ta’lim   tarbiya   samaradorligini   ishirishda   axloqiy,   badiiy   va   estetik   tarbiya
berishga   alohida   ahamiyat   beriladi.   O’quvchilarda   yoshlik   chog’idanoq
jamoatchilik, o’ziga va bir-biriga talabchanlik, halollik va haqgo’ylik, saxiylik kabi
xususiyatlarni shakllantirish xar bir O’qituvchining kundalik vazifasiga aylanmog’i
zarur.
Jamiyatning   tubdan   qayta   qurilishi   maorifning   barcha   bo’g’inlarini
mazmunan qayta tuzilishini talab etadi. Jumladan, maktabda ta’lim tarbiya berish hisoblangan o’quvchilar uz-O’zini
boshqarish   tashkilotlari   faoliyatidagi   rasmiyatchilikka   sovuqqonlikka   barham
berish,   uning   ish   mazmuni   va   shakllarini   tubdan   o’zgartirish,   o’quvchilarning
kundalik   talab   va   ehtiyojlarini   qondirishga   xizmat   qiladigan   o’quvchilarning
ixtiyoriy jipslashgan birlashmalariga aylantirish kuzda tutiladi.
Xalq maorifini boshqarish, ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga to’g’ri
rahbarlik   qilish,   maktab   uchun   g’amxo’rlikni   umum   xalq   ishiga   aylantirish
maktabda   o’quv   tarbiyaviy   ishlarni   samaradorligini   ta’minlashning   muhim
shartlaridir.
Boshlang’ich va o’rta maktabda o’qitish mazmunining   mukammallashib
borishi.   Urushlar   davrida   maktablarda   tarmog’i   birmuncha   qisqargan   o’quvchilar
soni xam shunga yarasha kamaygan edi.
O’sha   yillari   yangi   maktab   binolari   qurilmaganligi   va   eski   maktablarni   uz
vaqtida   birday   remont   qilinmaganligi   sababli   ko’p   maktab   binolari   o’quv
jarayonini maromida tashkil etish va gigiyena talablariga javob bermas edi.
Urushdan   keyingi   yillarda   1943   yilda   ochilgan   ishchi   va   dehqon   yoshlari
maktablari   tarmog’i   yanada   kengaydi.   Urushdan   keyingi   tinch   qurilish   davri
maktablardagi ta’lim mazmuni va o’qitish usullarini tubdan o’zgartirdi.
1954-1955   yilda   boshlang’ich   va   o’rta   maktablar   uchun   yangi   o’quv
maktablar   dasturlari   joriy   etildi.   Va   bu   dasturga   asosan   I-IV   sinflarda   mehnat
darslari   kiritildi.   V-VII   sinflarda   ustaxonalarda,   va   o’quv-tajriba   maydonlarida
amaliy   mashg’ulot,   VIII-X   sinflarda   mashinasozlik,   elektronika   va   qishloq
xo’jaligiga doir praktikumlar o’tkaziladigan bo’ldi.
Mana   shunday   qator   mas’uliyatli   vazifalarni   amalga   oshirishda   pedagog
xodimlarning   tanqisligi   tobora   sezila   bordi.   Chunki   barchaga   ma’lumki,
O’qituvchilarning asosiy qismi frontga jalb etilganligi qishloq xo’jaligining muhim
tarmoqlariga   tortilganligi   sababli   mamlakatda   O’qituvchilar   soni   ancha   kamayib
qolgan edi.
O’qituvchilar davr talabidan kelib chiqib, zamonaviy ijodkorlik bilan ishlay
boshladilar.   O’qituvchilar   ta’lim   mazmunini   oshirish   bilan   birga,   tarbiya   birligi prinsipini   ta’minladilar.   1974   yildan   boshlab   boshlang’ich   maktabda   turt   yillik
boshlang’ich   ta’limdan   uch   yillik   boshlang’ich   ta’limga   utishni   amalga   oshirdi
lekin   bu   tadbir   o’quvchilar   olayotgan   bilimga   salbiy   ta’sir   etgani   yo’q.   To’qqiz
yetti   yillik   maktab     umumiy   majburiy   sakkiz   yillik   ta’lim   maktabiga   aylantirildi.
Sakkiz yillik maktabni tamomlagach o’quvchilar.
1. to’liq umumiy ta’lim maktablarida (IX-X) sinflarda.
2. o’qish muddati 4-3 yillik bo’lgan texnikumlarda o’qishi mumkin edi.
                      Umuman   olganda   xalq   ta’lim   sohasida   jumladan   boshlang’ich   va   o’rta
maktab ta’lim qurilishida juda ko’p islohotlar o’tkazdi.
Maktab     uchun   O’qituvchi   kadrlar   tayyorlash   tartibi,   umumiy   maktab
istiqboli.O’zbekiston ijtimoiy hayotida jumladan, xalq ta’limi  tizimida so’nggi  un
yilliklarda   katta   o’zgarishlar   yuz   berdi.   Respublikada   maktabgacha   tarbiya
muassasalari   va   maktablar   tarmog’i   rivojlandi,   O’qituvchilar   xamda   ilmiy-
pedagogik xodimlar tayyorlash jarayoni takomillashdi.
Ammo   ko’p   yillar   davomida   sobiq   Sovet   Respublikalarida   va   o’lkalarida
yagona   pedagogik   tizim   hukmronlik   qilib,   ta’lim   jarayoni   Markazda   yuborilgan
darslik va tavsiyalar, o’quv rejalar, dasturlar asosida tashkil etildi.
Ona   tili,   Vatan   tarixi,   geografiyasi   milliy   urf-odat   va   an’analar   e’tibordan
chetda kelib, bolalar ota-bobolar O’tmishidan bexabar o’qitildi.
XX asrning 80-yillariga kelib respublika umumiy ta’lim maktablarida qariyb
237   mingdan   ortiq   O’qituvchi   yoshlarga   ta’lim   va   tarbiya   berish   bilan
shug’ullandilar,   bulardan   77,5%   i   oliy   ma’lumotga   egadir.   1981-1982   o’quv   yili
boshida esa 18 mingdan ortiq yosh mutaxassis maorifchilar safiga kelib qo’shildi.
1981   yilda   yangidan   5   ta   kashshoflar   uyi   va   saroyi,   12   ta   yosh
tabiatshunoslar   va   turistlar   stansiyasi   ochildi,   maktabdan   tashqari   muassasalarga
tortilgan bolalar soni 440 mingdan oshdi.
Maktablarda,   maktabgacha   va   maktabdan   tashqari   muassasalardan
pedagogika   o’quv   yurtlariga   ta’lim-tarbiya   jarayoni   yaxshilandi.   1980-1981
yilining o’quv yakunlariga kura, o’quvchilarning o’zlashtirishi 99,95% tashkil etdi. Chunonchi,   pedagogika   o’quv   yurtlarning   moddiy-texnika   bazasining
yaxshilanganligi   tufayli   23   ixtisos   bo’yicha   O’qituvchilar   tayyorlash   ishlari
kuchaytirib yuborildi. Ta’limning mazmuniga aniqliklar kiritildi. O’quv dasturlari
qaytadan   tuzildi,   o’quvchilarni   ortiqcha   ma’lumotlar   bilan   band   etishdan,
zo’riqtirishdan xolos etildi.
 
  Adabiyotlar:
1. Pedagogika. Munavvarov. -T.,O’zbekiston, 1996 y.
2. O’zbek sovet en t siklopediyasi. -T.,O’zbekiston,484-486 b.
3. "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" T. 1995 yil.
4. K.Hoshimov,S.Nishonova "Pedagogika tarixi" -T., O’qituvchi", 1995 yil.
5. X.Abdullayev "Entopedagogika"-T., "O’qituvchi", 1995 yil. 161-168 betlar.
6. Safo Ochil, K.Hoshimov "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" -T., 
"O’qituvchi", 1995 yil.
7. K. Hoshimov "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi", 1997 yil.
8. O. Hasanova "Pedagogika tarixidan xrestomatiya" -T., "O’qituvchi", 1994 
yil.
9. A.Hasanov "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi", 1998 yil. 
10. S.Rajabov Xalq maorifi va pedagogika fanining buyuk allomalari.  -T., 
O’kituvchi, 1990 y.

Sho’ro hukmronligi davrida O’zbekiston xalq ta’lim tizimi va pedagogika fanining rivoji. R eja : 1. Sho’ro hokimiyatining dastlabki yillarida maorif va pedagogik fikrlar. 2. Ikkinchi jahon urishi va urishdan keyingi yillarda xalq maorifi va pedagogik fikrlar. 3. XX asrning 70-80 yillarida O’zbekiston xalq ta’limi ravnaqi.

1917 yil to’ntarishidan so’ng Markaziy Osiyoda 3 ta davlat (Buxoro amirligi, Xiva, Qo’qon xonligi) o’rnida yangi yo’nalishdagi mafkuraga asoslangan respublikalar (Turkiston Muxtor Jumhuririyati, Buxoro xalq Respublikasi, Xiva xalq Respublikasi) tashkil topdi.Yangi Sho’ro Hukumati avvalgi ta’lim tizimi, o’quv-tarbiyaviy ishlarni isloh qilish, xalq maorifi tizimining yangi shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi. Bunday tadbirlarni amalga oshirish Turkistonda Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 14 maydagi dekreti asosida boshlandi. Yagona Sho’ro "Mehnat maktabi"xalq maorifi uchun asosiy negiz qilib olindi. 1918 yil 20 yanvarda "Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to’g’risida"gi dekretga asoslanib, mullalar vazirli din ahllarining maktablarda dars berishiga yo’l kuymaslik to’g’risida dekret qabul qilindi. Mazkur dekretga muvofiq aholining barcha tabaqalari bolalari millati, dini va jinsidan qat’iy nazar maktabi tekin o’qitilishi to’g’risida buyruq chiqarildi. Turkistonda 1918 yil may oyining boshida maktab tubdan qayta qurildi va e’lon qilindi. 1918 yil iyunda Toshkentda maorif xodimlarining birinchi syezdda ochildi, unda xalq maorifi sohasidagi ahvol muhokama qilindi, qayta ko’rish tadbirlari belgilandi. 1918 yil dekabrda Turkiston Respublikasi xalq maorifi komissarligi buyruq chiqarib, hamma maktablarda ona tili o’qitish to’g’risida qator qabul qilindi. 1918 yil avgustda Turkiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Komiteti maktablarda o’quvchilarni uz ona tilida o’qitishga utish to’g’risida dekret chiqardi, bu o’lka xalqlari milliy madaniyatlari istiqboli uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Oradan uch oy utgach "Turkiston maktablarining strukturasi to’g’risida Nizom" chiqarildi. 1918 yil bahoriga kelib respublikada ishlab turgan maktablar soni 330 taga yetdi. 1919-20 yilining boshida maktablar soni Farg’onada (viloyatida) 350 ta, Sirdaryo viloyatida 839 ta, Samarqand viloyatida 216 ta edi.

Maktablarni tashkil etishda mahalliy aholi orasidan birinchi muallim sifatida yetishib chiqqan Hamza, Avloniy, Abduqodir Shukuriy, Ismatulla Raxmatullayev, Abdurauf Fitrat, Isxokxon Ibrat, T.N.Qo ri Niyoziy, Tuxtanazar Shermuxamedov, Ergash Komilov, Oqilxon Sharo fiddinov va shu singari ziyolilar faol qatnashdilar. Qizlarni o’qitish uchun alohida maktablar ochildi, bunday mak tablar 1920 yil boshida Toshkentda 12 ta, Andijonda 2 tasi ochilgan. Qo’qonda shunday maktablarda O’zbek qizlaridan 270 tasi, kirgiz qizlaridan 13 tasi o’qir edi. Shunday qilib, o’lkamizda yangi maktablar ochildi va mahalliy aholidan milliy O’qituvchilar tayyor lash, milliy darsliklar nashr etish, Sho’ro mafkurasi asosida ta’lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish yuzasidan tadbirlar belgilandi. 1918 yil iyun oyida Toshkentda dorilmuallimin ochildi. (millat yoshlaridan muallimlar instituti). 1918-21 yillarda mahalliy millatdan 3 mingga yaqin muallim tayyorlandi. 1918 yillarda Turkiston Sharqshunoslik instituti, Timiryazev nomli bilim yurti, Milliy xotin-qizlar uchun bilim yurtlari ochildi. 1921 yilda ximiya-farmakologiya instituti, konservatoriya 6 ta qishloq xo’jalik texnikumi ishga tushdi. Bular orasida 1918 yil 21 aprelda ishga tushgan Toshkentda ochilgan Turkiston xalq universiteti alohida ahamiyat etadi. Universitetning Toshkentda eski shaharda,Andijon,Qo’qon, Samarqand va Jizzaxda bo’limlari bor edi. RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining 1920 yil 7 sentyabrdagi dekretiga binoan Toshkent xalq universiteti negizida Turkiston davlat universiteti (Tosh DU) tashkil etildi. 1920 yillarda Turkiston bolalarining 25% maktabda o’qitilar edi. O’qituvchi kadr tayyorlashga katta e’tibor berildi. 1925 yilda O’zbekiston qishloqlarida ishlab turgan muallimlar soni 2748 kishiga yetdi. 1924-25 o’quv yilida xalq maorifi ehtiyojlariga 11,4 million so’m yeki respublika byudjetning 24% sarflandi. O’zbekistonda dastlabki o’rta ta’lim maktablarining tashkil etilishi va uning rivojlanishi. Xalq ta’limi tizimida (jumladan) muhim o’rinni egallagan

umumiy ta’lim maktablari respublikamiz hayoti bilan chambarchas bog’langan bo’lib, davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qiladi. Shuning uchun xam respublikamiz hukumati, xalq ta’limi vazirligi joylardagi hokimiyatlar va jamoatchilik xalq ta’limi tizimini jumladan, umumiy ta’lim maktablarini rivojlantirish, ularning tarmoqlarini kengaytirish va yangi binolar bilan ta’minlash, o’quv moddiy va texnika bazasini mustahkamlash xamda ularni yuqori bilimga ega bo’lgan O’qituvchilar bilan ta’minlash borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Chunonchi 1966 yilda sobiq SSSR tomonidan qabul qilingan "Umumiy ta’lim maktablarini" yanada rivojlantirish choralari to’g’risida, 1972 yil 20 iyuldagi "Yoshlarni umumiy o’rta ta’limga o’tkazishni tugallash va umumiy ta’lim maktablarini yanada rivojlantirish to’g’risida", shuningdek, "Qishloq umumiy ta’lim maktabining ish sharoitini yanada yaxshilash tadbirlari to’g’risida", "Mamlakatda oliy ta’limni yanada takomillashtirish to’g’risida"gi 1972-1977 yillar mobaynida qabul qilingan tarixiy qarorlari asosida respublikamizda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Yoshlarni umumiy o’rta ta’limga o’tkazish 1975 yilga kelib tugallandi. Mazkur qarorlarga asosan respublikamizda mehnat ta’limi va tarbiyasi, Ayniqsa, ijtimoiy foydali mehnatni xamda o’quvchi-yoshlarni kasbga yo’naltirish ishining sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqildi, va u amalga oshirildi. Maktab uz tabiatiga kura iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi, uni saqlovchi insoniyat tomonidan to’plangan umum-insoniy ma’naviy boyliklarni avloddan-avlodga yetkazib beruvchi va boyituvchi muhim tarmoq hisoblanadi. Ta’lim tarbiya samaradorligini ishirishda axloqiy, badiiy va estetik tarbiya berishga alohida ahamiyat beriladi. O’quvchilarda yoshlik chog’idanoq jamoatchilik, o’ziga va bir-biriga talabchanlik, halollik va haqgo’ylik, saxiylik kabi xususiyatlarni shakllantirish xar bir O’qituvchining kundalik vazifasiga aylanmog’i zarur. Jamiyatning tubdan qayta qurilishi maorifning barcha bo’g’inlarini mazmunan qayta tuzilishini talab etadi.

Jumladan, maktabda ta’lim tarbiya berish hisoblangan o’quvchilar uz-O’zini boshqarish tashkilotlari faoliyatidagi rasmiyatchilikka sovuqqonlikka barham berish, uning ish mazmuni va shakllarini tubdan o’zgartirish, o’quvchilarning kundalik talab va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan o’quvchilarning ixtiyoriy jipslashgan birlashmalariga aylantirish kuzda tutiladi. Xalq maorifini boshqarish, ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga to’g’ri rahbarlik qilish, maktab uchun g’amxo’rlikni umum xalq ishiga aylantirish maktabda o’quv tarbiyaviy ishlarni samaradorligini ta’minlashning muhim shartlaridir. Boshlang’ich va o’rta maktabda o’qitish mazmunining mukammallashib borishi. Urushlar davrida maktablarda tarmog’i birmuncha qisqargan o’quvchilar soni xam shunga yarasha kamaygan edi. O’sha yillari yangi maktab binolari qurilmaganligi va eski maktablarni uz vaqtida birday remont qilinmaganligi sababli ko’p maktab binolari o’quv jarayonini maromida tashkil etish va gigiyena talablariga javob bermas edi. Urushdan keyingi yillarda 1943 yilda ochilgan ishchi va dehqon yoshlari maktablari tarmog’i yanada kengaydi. Urushdan keyingi tinch qurilish davri maktablardagi ta’lim mazmuni va o’qitish usullarini tubdan o’zgartirdi. 1954-1955 yilda boshlang’ich va o’rta maktablar uchun yangi o’quv maktablar dasturlari joriy etildi. Va bu dasturga asosan I-IV sinflarda mehnat darslari kiritildi. V-VII sinflarda ustaxonalarda, va o’quv-tajriba maydonlarida amaliy mashg’ulot, VIII-X sinflarda mashinasozlik, elektronika va qishloq xo’jaligiga doir praktikumlar o’tkaziladigan bo’ldi. Mana shunday qator mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda pedagog xodimlarning tanqisligi tobora sezila bordi. Chunki barchaga ma’lumki, O’qituvchilarning asosiy qismi frontga jalb etilganligi qishloq xo’jaligining muhim tarmoqlariga tortilganligi sababli mamlakatda O’qituvchilar soni ancha kamayib qolgan edi. O’qituvchilar davr talabidan kelib chiqib, zamonaviy ijodkorlik bilan ishlay boshladilar. O’qituvchilar ta’lim mazmunini oshirish bilan birga, tarbiya birligi