SHO‘RXOQ VA SHO‘RXOQLI, SHO‘RTOB VA SHO‘RTOBLI, TAQIRLI TUPROQLAR VA QUMLIKLARNI O‘ZLASHTIRISH
MAVZU: SHO‘RXOQ VA SHO‘RXOQLI, SHO‘RTOB VA SHO‘RTOBLI, TAQIRLI TUPROQLAR VA QUMLIKLARNI O‘ZLASHTIRISH Reja: 1. SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarni o‘zlashtirish. 2. SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarni o‘zlashtirish. 3. SHo‘rlangan tuproqlarni o‘zlashtirilgandan keyin ulardan foydalanish yo‘llari. 4. Qum va qumloq tuproqlarning tarqalishi ularning meliorativ xolati. 5. YAylovlar barpo qilish uchun o‘zlashtirish. 6. Dexqonchilik maqsadida o‘zlashtirish (lalmikor va sug‘oriladigan). 7. Melioratsiya jihat og‘ir tuproqlarni meliorativ holati.
1. SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarni o‘zlashtirish. SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlar O‘zbekiston Respublikasining tekislik mintaqasida ya’ni Mirzacho‘l Jizzax, SHyerabod, Qarshi, YOzyovon cho‘llarida Buxoro Xorazm viloyatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida keng tarqalgan. Bunday tuproqlar och tusli bo‘z, taqir va taqirli, o‘tloqi, o‘tloqi botqoq tuproqlarning tarkibida bo‘lib sho‘rlanish darajalari, sho‘rlanish tiplari va tuproq tarkibida tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi bilan bir-biridan farqlanadi. SHo‘rxoksimon tuproqlarning tarkibida 0,3-2,0% gacha suvda yeriydigan tuzlar bo‘ladi va tuzli qatlam yer yuzasidan 30-50 sm dan 70-150 sm gacha bo‘lgan chuqurlikdan boshlanadi. SHo‘rxok tuproqlarning tarkibida 2-3 % dan ko‘p miqdorda tuzlar bo‘lib, ular yerning yuzasidan sizot suvlarigacha bo‘lgan qatlamlarda tarqalgan bo‘ladi. SHo‘rqoksimon va sho‘rxok tuproqlar tuzilishi, suv-fizik xossalari va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan katta farq qiladi. SHuning uchun xam sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarni o‘zlashtirishda o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olish kyerak. Bunday xususiyatlarga sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlar tarqalgan joyning iqlim, relьef, tuproq, sizot suvlar rejimi ularning minyerallashganligi, oqimli va oqimsiz bosimli-bosimsizligi kiradi. Har qanday sharoitda ham sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarni o‘zlashtirish uchun bir qancha tadqiqot ishlari o‘tkaziladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida yerlar meliorativ mintaqa, meliorativ mintaqachalar va gidromodulь rayonlarga bo‘lib chiqiladi, hamda ularning xar biri uchun alohida o‘zlashtirish tadbirlari ishlab chiqiladi. O‘zlashtirish tadbirlari “Gidrotexnik” va “Agromelirativ” tadbirlar majmuyasidan iborat bo‘ladi. Gidromelioratsiya tadbirlari o‘zlashtirilayotgan yerlarni zovurlashtirish va sug‘orish tarmoqlarini barpo etish uchun tadqiqot ishlarini o‘tkazish, gidrotexnik inshootlarni loi h alashtirish va qurilish, yer tuzish ishlarini amalga oshirish kabilarni o‘z ichiga oladi. Agromeliorativ tadbirlar esa yerga ishlov byerish, chuqur yumshatish va tilmalash, sho‘r yuvish, tuproq unumdorligini oshirish, dastlabki o‘zlashtirish
ekinlarni tanlash va joylashtirish, ularni etishtirish texn o logiyalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, maxsus meliorativ almashlab ekish tizimini qo‘llash tadbirlaridan iborat bo‘ladi. Ma’lumki, sug‘oriladigan sho‘r yerlarda zovurlarning vazifasi tuproq-grunt tarkibidagi ortiqcha tuzlarni va sizot suvlarni tortib olish hamda ularni dalalardan tashqariga chiqarib yuborishdir. Buning uchun yerning relьefi, g e ologik, gidrog e ologik, litologik sharo itlari va tuproq gruntining mexanik tarkibi, sho‘rlanish darajasi, tipi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi hisobga olingan holda zovurlarning turi, chuqurligi, zovurlar orasidagi masofa tanlab joylashtiriladi. YUqorida ko‘rsatilgan me’yorlarda va muddatlarida sh o‘ r yuvilganda sho‘r yuvishdan keyingi yerni ekinga tayyorlash tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazish imkoniyati bo‘ladi hamda tuproqda tuzlarning qayta to‘planish jarayoni susayadi. 1 .94 -jadval Kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan yerlarni zovurlashtirilgan sharoitda kuzgi-qishki sho‘r yuvish yo‘li bilan o‘zlashtirish tadbirlari № Tadbirlar O‘tkazish muddati Izoh 1 Yer tekislash Mart-may 2 Sug‘orish va kollektor tarmoqlarini qurish Mart-oktyabr 3 SHudgor Oktyabr-noyabr 30-40 t gektariga go‘ng, fosforli o‘g‘itlarning 70 % (yillik me’yorga nisbatan) solinadi 4 Joriy tekislash Oktyabr-noyabr 5 CHek yoki egat olish Noyabr 6 Vaqtinchalik sug‘orish tarmoqlarini olish Noyabr SHo‘rlanish darajalari bo‘yicha ekin turlarini tanlash
7 SHo‘r yuvish Noyabr-dekabr 8 Joriy tekislash Mart 9 Minyeral va organik o‘g‘itlarni solish Mart 10 CHizellash, boronalash 1-10 aprel 11 Ekish 1-10 aprel SHo‘r yuvilgan yerlarda yerta bahorda tuproq namligi etilishi bilan (70% ga etganda tuproqning chegaraviy nam sig‘imiga nisbatan) ekin ekish uchun yerga ishlov byerish tadbirlari o‘tkaziladi. YAngi o‘zlashtirilgan kuchsiz va o‘rta sho‘rlangan yerlarni sho‘ri yuvilgandan keyin ularga dastlabki o‘zlashtirish ekinlari ekiladi. Bunda ekinlar tuz ta’siriga chidamli tuproq unumdorligiga kam talabchan, tuproqdan suvni fizik bug‘lantirishni kamaytiradigan va tuz to‘planishini oldini oladigan ekinlar ekilishi kyerak. Bunday ekinlarga g‘o‘za, beda, dukkakli don va g‘alla donli ekinlar kiradi. SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarni qisqa muddatda sho‘rini yuvish va qishloq xo‘jalik oborotiga kiritish uchun uch usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 1.Zovurlashtirilgan sharoitda kuzgi-qishgi sho‘r yuvish. 2.Zovurlashtirilgan sharoitda yozda sholi ekib sho‘rini yuvish. 3.Jadal zovurlashtirilib sho‘rini yuvish. YUqorida ko‘rsatilgan xar bir o‘zlashtirish usulida qo‘llaniladigan sho‘r yuvishda tuproqning tuzlardan tozalanish muddati, umumiy suv sarfi, qilinadigan melioratsiya xarajatlari va ularni qoplash muddatlari turlicha bo‘ladi. YAngi o‘zlashtirilgan sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlardan samarali foydalanish uchun ularni meliorativ holatini yaxshi saqlash, unumdorligini uzliksiz oshirib borish, dastlabki o‘zlashtirish ekinlarni ekish maxsus almashlab ekish majmuyasini joriy qilish kabi tadbirlar o‘tkaziladi. Bular-dan tashqari yangi o‘zlashtirilgan yerlarda etishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish xam muxim masala xisoblanadi. Ma’lumki sho‘r yerlarda etishtiriladigan ekinlari texnologiyasi
sho‘rlanmagan yerlarda etishtiriladi-gan ekinlar texnologiyasidan tubdan farq qiladi. Jumladan sho‘r yerlarda tuz ta’siriga chidamli ekinlarni turi va navi bo‘yicha tanlash, joriy sho‘r yuvish texnikasi va texnologiyasi, mavjud kollektor- zovur tarmoqlaridan foydalanish, ekinlarni sug‘orish, minyeral oziqlantirish va boshqa tadbirlar bilan farqlanadi. 2. SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarni o‘zlashtirish. SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlar asosan namgarchilik ko‘p bo‘ladigan mintaqalarda tarqalgan. Lekin O‘zbekiston xududida ham kam miqdorda uchrab turadi. Bunday tuproqlar Qarshi, SHyerobod, cho‘llarida, Buxoro viloyatida va Qoraqalpog‘istonda bor. Ma’lumki sho‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarning singdiruvchi kompleksida juda ko‘p miqdorda natriy bo‘ladi (kam sho‘rtobli - 0-10%, sho‘rtobli-10-20%, sho‘rtob- 20% dan ko‘p). SHuning uchun bunday tuproqlar bir qancha noqulay xossalardan iborat: tuproq yeritmasi ishqoriy reaksiya byeradi, zichligi yuqori, suvni juda kam o‘tkazadi, tarkibida suvda yeriydigan tuzlar ko‘p, shudgor qilinganda palaxsa hosil bo‘ladi. SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarni o‘zlashtirishda xam yuqorida ko‘rsatilganidek gidrotexnik va agromeliorativ tadbirlar majmuasidan foydalaniladi. Lekin sho‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarni o‘zlashtirishda dastlab tuproqning singdiruvchi kompleksidagi ortiqcha natriyni chiqarishga mo‘ljallangan kimyoviy tadbirlar o‘tkaziladi. Kimyoviy melioratsiyada yerga gips yoki ohak solinadi. Bunda tuproqning singdiruvchi kompleksidagi Na bilan Sa o‘zaro almashinish reaksiyasiga kirishadi, natijada kalьsiy karbonat va natriy sulьfat tuzlari hosil bo‘ladi. Bu tuzlar sho‘r yuvish ta’sirida osongina tuproqdan yuviladi. SHo‘rtobli tuproqlarni o‘z tarkibidagi kalьsiy zahiralari hisobiga ham o‘zlashtirish mumkin. Bunday sho‘rtobli qatlam ostida joylashgan kalьsiy karbonat yoki kalьsiy sulьfat (gips) qatlamlari maxsus qurollar bilan (chuqur ag‘darilib) ag‘darilib aralashtiriladi natijada kalьsiy natriy bilan aralashib ularning suv-fizik xossalari yaxshilanadi. 3. SHo‘rlangan tuproqlarni o‘zlashtirilgandan keyin ulardan foydalanish yo‘llari.