Shoyim Bo’tayev qissalarining lingvopragmatik xususiyatlari
Shoyim Bo’tayev qissalarining lingvopragmatik xususiyatlari Kirish Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining demokratik davlat qurish yo’lidagi dadil odimiari, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi hamda jahon hamjamiyatida o’z o’rnini topib olishida ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashash zamon talabi bo’lib qoldi. Davlatimizning birinchi rahabari shaxsan islohotlarga bosh bo ’ lib barkamol shaxs , komil insonni tarbiyalashga kattae ’ tibor qaratib kelmoqda . Aynan ta’lim sohasiga kattae’tibor berilayotganligining Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlardan ham ko’rishimiz mumkin. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi "0‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi fannonida 2017-2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi.Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo'nalishdan to'rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, unda aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan. Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 2017-yil 16-fevraldagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-4958-sonli Farmoni; 2017- yil 20- apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-sonli qarori, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22- maydagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 304-sonli qarori hamda mazkur faoliyatga
tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar amalga oshirilmoqda. Umuman olganda, Prezidentimizning mazkur farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar xalq ta'limi tizimini shu bilan lingvistikaning yo’nalishlaridan biri pragmalingvistikaning jadal rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. “Farzandlarimizning har tomonlama yetuk, sog'lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi esa yurtimizdagi minglab ota-onalami quvontirishi barobarida davlatimizning kelajakdagi yuksak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor bo’lishi shubhasiz” . Ta’lim tizimi islohotining o’zbek modeli tamoyillarida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishida tilshunos olimlar ham o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Bunday puxta o’ylangan dasturning asosiy maqsadi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqboldagi vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllanlirishga yo’naltirilgan. Nutq madaniyatini shakllantirishning samaradorligini oshirish maqsadida til tizimiga oid hodisalarning tub mohiyatini aniqlash, ulaming insoniy faoliyat jarayonida tutgan o’mi bajaradigan vazifalarining ravshan tasavvur qilish ehtiyoji tug’iladi. Bu esa o’z navbatida, til tizimini ilmiy tahlilning yangi metodologik g’oyalar zaminida tarkib topayotgan yo’nalishlar, uslublar asosida o’rganishni taqozo etadi. Jumladan, oxirgi yillarda til va nutq tizimlariga bir xil tegishli bo’lgan pragmalingvistika tadqiqot predmetini o’rganishga bag’ishlangan qator tadqiqotlar bajariladi. Biroq hali bu sohada bajarilishi lozim bo’lgan ishlar ham talaygina. Butun jahon tilshunoslik fanida asosiy e’tibor pragmalingvistik, kognitiv tilshunoslik tadqiqotlari taraqqiy etayotgan bir paytda, o’zbek tilshunoslari ham bu sohalardan
chetda qola olmaydilar. So’nggi yillarda mamlakatimizda tilshunoslik fani taraqqiyoti ana shu yo’nalishdan bormoqda. Asosiy e’tibor til birliklarining sistem- semantik xususiyatlari, ulaming matnda bajaradigan vazifalarini tahlil qilishga qaratilmoqda. Shuning bilan bir qatorda lisoniy hodisalarning kommunikativ voqelikda sodir bo’luvchi paragmatik xususiyatlari, ularning inson faoliyatida muhim o’rin egallashini ta’minlovchi ko’rasatkichlarini aniqlashga yo’naltirilgan tadqiqotlar ko’lami tobora kengayib bornoqda. Vaholanki, ushbu ko’rinishdagi tuzilmalar o’z sintaktik, vazifaviy va kommunikativ xususiyatlariga ega bo’lib, ular nutqiy muloqot matnlarida turli ma’no va prgamatik mazmun egasi sifatida faollashdilar. Ma'lumki, o'zbek tilshunosligida lingvopragmatika sohasi yangi yo’nalish bo’lib ,adabiyotimizda yaratilgan asarlar bu yo’nalishda ko’rib chiqilgani va tahlil etilganicha yo’q.Shoyim Bo’tayev asarlari badiiy tili birmuncha murakkabroq .Sababi undagi qochirimlar ,kesatiq ,kinoyali gaplarni o’quvchi angalab yetishi bir muncha qiyinchilik tug’diradi. Mazkur ilmiy tadqiqot ishining mavzusi lingvopragmatika bilan bo’g’liq bo’lib bunda asosiy Shoyim Bo’tayev qissalarining pragmatikasi, asosan nutqiy akt va presuppozitsiyaga qaratilgan. Ishning mohiyati tegishli rejalar, ilmiy materiallar, badiiy va publitsistik matnlar asosida tadqiq va tahlil qilindi. Muammoning o'rganilganlik darajasi. О‘zbek tilshunosligida pragmatic tadqiqot ishlariolib borilgan.Ammo ma’lum bir asar yuzasidan qilingan tadqiqot ishlarini kamdan kam holatlarda uchratishimiz mumkin.Shoyim Bo’tayev asarlari adabiyotshunoslikning turli xil yo’nalishlarida tahlil qilingan.Ammo yozuvchining asarlari lingvistik jihatdan o’rganilganlari nisbatan kamroq.Pragmalingvistika sohasiga keladigan bo’lsak,bu soha yangi bo’lishiga qaramasdan bir muncha tadqiqot ishlari olib borilgan.Ayniqsa tilshunos
olimlarimizdan, Buronov B . J ., Safarov Sh . S ., Turniyozov N . Q ., Yusupov U . Q ., Hoshimov F . M ., Odilov B . B va boshqalar Bundan tashqari , jahon tilshunosligida Austin J . L , Grice H . P , Arutyanova N . D , Leech G , Levinson S . C , Searle J . R ., Yule G , Leontiv O . kabi tadqiqotchi olimlarning pragmatik nazariyalari , nutq ta ' siri nazariyasi va presuppozitsiya nazariyasi ga oid tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishimizda Shoyim Bo’tayev qissa va hikoyalarida pragmatic nutq birliklarining qahramon nutqlari(nutq akti)misolida tadqiq etishni maqsad qilib oldik .Ilmiy ishimizda yozuvchining aynan bir asari emas balki ,qissalari misolida ko’rib chiqish ishimizning tadqiqot doirasini kengaytiradi va bu kelgusi tadqiqot ishlarida ham ushbu mavzuni davom ettirish imkonini beradi. Tadqiqotning vazifalari. Asosiy maqsadga quyidagi vazifalarni bajarish asosida erishiladi: -O’zbek tilshunosligida lingvopragmatika sohasiga doir yaratilgan ilmiy asarlarni o’rganish; - Shoyim Butayev qissalarining badiiy til xususiyatlarini tahlil qilish. - Mazkur qissalardagi qahramonlar nutqiga ahamiyat qaratish; - Qissalardagi qahramonlarning pragmatikasi, asosan nutqiy akt va presuppozitsiyaga e’ tibor qaratish; - O’zbek tilshunosligida Shoyim Bo’tayev qissalarining boshqa jihatdan ham o’rganilganligini ham tekshirish;
Tadqiqotning obyekti . Shoyim Bo’tayev “Hayot” T. Sharq 2000 y., «Kun botardagi bog‘» , «Shamol о‘yini», «Eski arava», «Muyulishdagi uy», «SHо‘radan qolgan odamlar» «Kо‘rg‘onlangan oy» kabi qissalari, hamda adibning nasriy asarlarini tadqiqiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni ishimizga obyekt qilib oldik. Tadqiqot predmeti. O'zbek tilshunosligida lingvopragmatikaga doir turli nuqtai nazardan o'rgangan olimlarning tadqiqot ishlari. Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda quyidagi tahlil metodlaridan foydalanildi: - transformatsiya- o’rin almashtirish metodi -qiyoslash metodi; -matn tahlili metodi; Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: О‘zbek tilshunosligida Lingvopragmatika sohasi ko’plab tadqiqotlarda o’rganilgan.Ammo ma’lum bir asar doirasida tadqiq etilmagan.Shoyim Bo’tayev asarlarining qahramonlari mutlaqo zamonaviy odamlar hisoblanadi.Shuningdek qahramonlarning nutqi ham biz o’rganadigan tadqiqotga ya’ni nutqning pragmatik xususiyatlariga aynan mos keladi. Shu boisdan ham aynan Sh .Bo’tayev asarlari tanlab olindi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. . Mazkur bitiruv –malakaviy ishdan, litsey, kollejning adabiyot о‘qituvchilari ijodkorlarning hayoti va ijodini tahlil qilishda, ma’ruzalar va referatlar, Oliy ta’limda esa talabalar kurs ishlari yozishda bemalol foydalanishlari mumkin.qolaversa,Oliy ta’limning magistratura bosqichida pragmalingvistika kurslarida foydalanish mumkin. Tadqiqotning ijobiy natijalaridan so’ng o’zbek tilini o’qitishning nazariy kurslarida va amaliyotida foydalanish imkoniyatini beradi.. Tadqiqotda bildirilgan fikr-mulohazalar o’zbek tili pragmatikasi darsliklarida mavjud bo’lgan qo’shma gap sintaksisiga oid