Son uslubiyati.
Son uslubiyati. Reja: 1. Son so‘z turkumiga oid so‘zlar ma’nosidagi aniqlik ularning uslubiy imkoniyatlarini bir qadar cheklab qo‘yishi. 2. Bir sonining uslubiy imkoniyatlari. Sonlardagi ramziylik, ularning xalq og‘zaki ijodida, so‘zlashuv uslubida qo‘llanishidagi an’anaviylik. 3.Numerativlar. Ularning o‘zaro va boshqa so‘zlar bilan sinonimiyasi. 4.Songa oid affikslar sinonimiyasi.
Son. O‘zbek tilida, garchi ot, fe’l yoki sifat so‘z turkumlari darajasida bo‘lmasa- da, songa oid birliklarning ham stilistik imkoniyatlari haqida so‘z yuritish mumkin. “O‘zbek tili grammatikasi”da tilimizdagi barcha sonlar va numerativlar hisoblanadigan dona, nusxa, bosh, tup, nafar; parcha, varaq, og‘iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, qultum/yutum/ho‘plam, tomchi/qatra, chaqmoq, nimta, to‘g‘ram, poy, bo‘lak, shingil; gala, to‘p, guruh, to‘da, dasta, bog‘/bog‘lam, quchoq, shoda, hovuch; juft; gramm, kilogramm, metr, pud, botmon, sentner, tonna, piyola, qoshiq, kosa, choynak, qop, quti, chamadon, jo‘ra/kiyim,kiyimlik, toy, arava/mashina/tuya, qavat/qat, qator, o‘rim, tandir; metr, santimetr, kilometr, gaz, tanob, tosh, qarich, quloch, chaqirim, qadam, farsah; yosh/yashar, oylik, kunlik; asr, yil, oy, hafta, sutka, kun, kecha, kunduz, soat, daqiqa, minut, sekund; so‘m, tiyin, tanga, chaqa, tilla, miri, paqir, chiqim; marta, navbatda, karra, bor, hissa, qatla, da’fa, sidra, baravar singarilar keltirilgan. 1 Ularning ekspressivlik va funksional imkoniyatlari turlicha. Son so‘z turkumi doirasidagi birliklar orasidan emotsional ekspressiv ottenkalar va semantik-stilistik hamda funksional-stilistik ma’nolar yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan elementlarni qarab chiqamiz. Bunda birinchi navbatda diqqatimizni bir so‘zi tortadi. Darhaqiqat, sonlar orsida bir o‘zining qo‘llanish chastotasi va anglatgan semantik-stilistik ma’nolari bilan alohida mavqega ega. Undagi raqamni anglatishdan tashqarida bo‘lgan bu qo‘shimcha ottenkalar ayniqsa badiiy matnda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu alohidaliklar nimalardan iborat ekanligini ko‘rsatish maqsadida Zulfiya asarlari tili va uslubi yuzasidan olib borgan tadqiqotlarimiz materiallaridan hamda boshqa manbalardan foydalanamiz. 1 Ўзбек тили грамматикаси, I том. – Т.:Фан, 1975, 307-331-бетлар.
O‘zbek tilshunosligida bir so‘zining leksik-grammatik ma’nosi durust yoritilgan deyish mumkin. 2 Bir so‘zining S.Nizomiddinova tomonidan 20 ortiq ma’nosi izohlangan. 3 Bir so‘zi Zulfiya ijodida 442 marta qo‘llangan. 4 SHoira asarlarida bu so‘zning semantik-stilistik ma’nolari uning grammatik ma’nosi bilan uyg‘unlashib ketgan. Leksik birlik sifatida bu so‘zning vazifasi sonni ifodalash, predmet yoki voqea-hodisaning yakka-yagona ekanligini ko‘rsatishdan iborat bo‘lsa, matnda uning ma’nosi jiddiy ravishda kengayib ketgandir. Jumladan: 1. Bir so‘zi sonni anglatadi:a) yakkalik ma’nosini ifodalovchi sanoq sonni ko‘rsatadi va bu uning asosiy leksik ma’nosi hisoblanadi: Qanday paydo bo‘ldi, bilmayman hali / Qarshimda bir barno yigit ni ko‘rdim (1.66). Bunday vaqtda u matnda yakka, yolg‘iz so‘zlariga sinonim bo‘lishi mumkin: Ikki bo‘lsa yolg‘iz bosh ing, / Armonim shu bolajonim (2.98). Bir daraxt turardi yo‘l chekkasida, / SHamol urar edi uni muttasil (1.217). Bu so‘zlar leksik jihatdan birining o‘rnini ikkinchisi bosa olsa-da, stilistik jihatdan ularning har birining ma’no ottenkasi farqlanib turadi. YUqoridagi misollarda bir so‘zida ma’noni ta’kidlab, ajratib ko‘rsatish xususiyati yakka va yolg‘iz so‘zlaridagidek kuchli emas; b) garchi semantik tabiatiga zid bo‘lsa-da, u matnda ko‘pchilik ma’nosini ifoda etadi. Bunda bir qo‘shilib kelib, mikromatn hosil qilayotgan so‘zning ham sezilarli ahamiyati bordir. SHuning uchun ham sonlar ma’nosining reallashuvidagi matnning roli tadqiqotchilar tomonidan alohida ta’kidlanadi. 5 Birikmadagi ikkinchi so‘z mazmunan ko‘plikni anglatib turadi, bir ana shu ko‘plikni reallashtirishga, bo‘rttirishga xizmat qiladi: Harorat ne o‘zi? / Harorat, harorat, / Bir jahon og‘ushida sezasan o‘zingni (1.9) yoki Bir osmon yulduzni qamragan okeanday kengmisan, / Har ezgu insonga porlagan zarrang bor? (1.9) parchalaridagi bir so‘zli birikma o‘zini alohida urg‘u bilan talaffuz qilishni talab etadi. SHoira qo‘llagan bir olam (1.44), bir daryo (1.78), bir dunyo (1.146) birikmalarida ham bu so‘z o‘zi birikib kelgan so‘z bilan 2 Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980; Ўзбек тили грамматикаси, I том. –Тошкент:Фан, 1975; Ҳозирги ўзбек адабий тили, икки томлик, I том. – Тошкент: Фан, 1966. 3 Низомиддинова С. Ҳозирги замон ўзбек тилида сон. – Тошкент: Фан, 1963, 43-бет. 4 Қўнғуров Р., Каримов С. Зулфия поэзияси тилининг луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1981, 41-42-бетлар. 5 Низомиддинова С. Ҳозирги замон ўзбек тилида сон, 41-бет.
birga ana shu ma’nolarni ifodalash maqsadiga bo‘ysundirilgan. Bulardan tashqari, Zulfiya asarlarida bir to‘da (1.234), bir necha (2.91,117), bir gala (2.14), bir dasta (2.73), bir quchoq (2.34) kabi birikmalar ham uchraydi. Ammo ko‘plik ma’nosi ifodalangan bu birikmalarda obrazlilik yuqorida keltirganimiz misollardagi kabi sezilib turmaydi. 2. Men ketdim bir o‘zim, ko‘zda surating / Qalbda xandoningdan lazzatlar qoldi (1.69) parchasida bir so‘zi stilistik jihatdan ortiqchaday ko‘rinsa-da, aslida bunday emas. Bu so‘z o‘zida ma’lum stilistik yuk tashiydi. Bu o‘rinda bir orqali egalik affiksidan anglashilayotgan yakkalik ma’nosi ta’kidlanmoqda. Mana bu misoldagi takror qo‘llanilayotgan bir so‘zi shoira uchun she’riy ta’kidni, poetik obrazni kuchaytirish, badiiylikni ta’minlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan: U bir quyosh, u bir tong, go‘zal bir doston, / Aytay desam tilim lol, kim, u yigit kim (2.72). Bir gapning o‘zida bir so‘zining takroriy qo‘llanilishi ham turli semantik ma’nolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Masalan, harakatni bajaruvchilarni alohida ajratib ko‘rsatiladi: CHoyxurlar biri tizzasiga shappatilab, biri kornini ushlab xoxolashadi (O‘. Xoshimov Ikki eshik orasi), sanash ma’nosi: Daladan tuppa-tugri xasharga kelgan kolxozchilar biri loy otib, biri lumboz bosib, maktab devorini kutaradi. Birining boshida kuya yalagan telpak, yana biri kiyikchasi bilan kulogini boglab olgan edi; tenglik ma’nosi: To‘yga borsa bir yoniga Fotima kelinini, bir yoniga Zuhra kelinini olib cho‘g‘day yasantirib oboradi (O‘. Xoshimov Ikki eshik orasi). Umuman, bir so‘zi yordamida ta’kid ottenkasini berish qulayroqdir. Bir necha misollar keltiramiz: nurli bir panoh (1.293), mehribon bir qo‘l (1.293), og‘ir bir sukut (1.294), ajib bir qudrat (1.296), o‘ktam bir vazminlik (1.299), munis bir latofat (1.303), shunday bir qissa (1.299) kabi. Bunday ta’kidlash orqali ijodkorning tasvir ob’ektiga befarq qaramayotganligi, uning alohida e’tibori kuzatiladi. Masalan: U bir o‘tki , seni ko‘rmasam, / Iztirobga solar jismimni (1.19).
3. Birgalik, umumlashtirish ma’nosi anglashiladi: Fikrlab ko‘raman zafar boisin: / Ishchi-yu dehqonu olim bir og‘ush (1.300). Do‘stu og‘aynidan, yuz til, bir dildan / O‘qilgan tahsinlar muborak bo‘lsin! (1.301). 4. Bir so‘zining uyushiq bo‘laklar tarkibida takrorlanishi yaqinlik ma’nosini ifodalaydi va bunda u ot yasovchi –dosh affiksi bilan vazifadosh bo‘ladi: SHodman: Adib bilan bir suv, bir tuproq, / Bir el ga farzandlik orttirar faxrim (2.52). Lekin bir havo dan oladi nafas, / Ko‘ki bir, suvi bir, birdir tuprog‘i (1.101). 5. Birikma ichidagi so‘z tarkibida kelgan –cha affiksi bilan birgalikda qiyoslash vositasi bo‘lib xizmat qiladi va bunda u ko‘plikni ham anglatadi: Sizning bir xirmoncha she’r yozmasam ham, / Baxt haqqi, qalbimdan qilaman ta’zim (1.305). 6. Kamtarlik, oddiylik ma’nolari ifodalanadi va shu yo‘l bilan faxrlanish ottenkasi ham beriladi: Bu – Oyjamol, bir cho‘pon qizi , / O‘qib keldi shaharda shu qish (1.150). Bu ottenka quyidagi misolda yana ham seziladi: Men oddiy bir o‘zbek cho‘ponning qizi , / Meni fan doktori qilgan Vatanim (1.136). 7. Bir so‘zi yordamida tasvir ob’ektining noaniq ekanligi ifoda etiladi: Balki allaqachon bir dor tagida, / Menga muntazirdir og‘zi qon jallod (1.49). Bir tinglovchi qolaman izlab / Va orqaga tortar yuragim (1.288). Mana bu misoldagi bir so‘zli birikma anglatgan stilistik ottenka bir oz boshqacha: -Domla, endi bizda sizning ixtiyor!- Deydi mezbon. – Ish bas, olasiz orom. Bir erga boramiz! “YAna hoynahoy Serhasham xonada ming turli taom…” (1.58). Bir erga birikmasi alohida olinsa noaniqlik ifodalanadi, boramiz fe’lida esa qat’iyatlik ma’nosi bor. Bu qat’iyatdan boriladigan joyning so‘zlovchiga ma’lum, ammo hurmat va kamtarlik yuzasidan mehmonga aytilmaydi. Demak, bu o‘rinda shoira stilistik maqsadni nazarda tutib, noaniqlikni ifodalaydigan bir so‘zli birikmadan aniq ma’noni ifodalashda foydalanadi. Ba’zan shoira uni narsa so‘zi bilan ham birgalikda qo‘llab (1.66; 2.81), noaniqlik ma’nosini ifodalaydi. Ammo ularda ekspressiya yuqoridagi bir so‘zining o‘zi anglatayotganday emas. Zulfiya asarlarida uchraydigan bir so‘zining tahlili shuni ko‘rsatadiki, u juda ko‘p o‘rinlarda ma’noning shakllanishida asosiy yordamchi vosita sifatida ishtirok etadi.