Sovet O‘zbekistonidagi ekologik muammolarning o’sib borishi
Sovet O‘zbekiston i da gi ekologik muammolarning o’sib borishi Reja: 1. O‘zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi 2. Paxta yakkahukmronligining ekologik vaziyatga ko‘rsatgan salbiy ta’siri 3. Orol fojiasi
O‘zbekistondagi fojiali ijtimoiy-ekologik vaziyatning yuzaga kelishi birinchi navbatda, izchillik asosida olib borilmagan ekologik siyosatning oqibati ekanligini ko‘rsatadi. XX asrning 60-yillarida O‘zbekistonda turli korxonalarning tozalash inshootlarisiz ishga tushirilishi aholi salomatligiga katta xavf solishi bilan bir qatorda, baliq zaxiralarining yoppasiga qirilishi xavfini ham yuzaga keltirdi. Bu davrda CHirchik elektrokimyo kombinatida tozalash inshootlarisiz bir qator ob’ektlarning ishga tushirilishi CHirchiq daryosining er usti suvlari va o‘zanlaridagi suvlarning keskin ifloslanishiga olib keldi. Ammo, kombinat rahbariyati bunga etarlicha e’tibor bermadi va kombi nat sutkasiga 700 000 metr 3 tozalanmagan oqavalarni quyishni davom ettirdi. Aynan shunday holatni Oltintopgan qo‘rg‘oshin-rux kombinati, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi va boshqalarda ham ko‘rish mumkin edi. Andijon viloyati atrof-muhitining ahvoli XX asr 70-yillarida o‘rganilganda Andijon gidroliz zavodi yonidagi aholi istiqomat qilayotgan hududda zavodning sanitar himoyaviy zonaga ega emasligi oqibatida atmosfera havosi yuqori darajada ifloslangan edi. SHuningdek, aholi iste’mol qilayotgan suvning sifati ham amaldagi standart talablariga to‘la javob bermasdi. Buning ustiga, sog‘liqni saqlash muassasalari ham atrof-muhitni ifloslantirishda o‘z hissalarini qo‘shdi. Jumladan, bu davrda viloyatdagi 30 ga yaqin sog‘liqni saqlash muassasalari, xususan, Oqtepa qishlog‘idagi tubdispanser, Andijon shahridagi 2-sonli kasalxona, Jalaquduq markaziy kasalxonasi, Buloqboshi bolalar kasalxonasi, CHinobod markaziy kasalxonasi va boshqalar tozalanmagan oqavalarni (hatto, infeksiya bo‘limlaridagi chiqindilarni ham) ochiq suv havzalariga tashlab, aholi uchun katta epidemiologik xavfni yuzaga keltirardi. 1974 yilda Paxtaobod markaziy kasalxona si tozalash inshootlarisiz foydalanishga topshirildi. Oqibatda Tentaksoy daryosiga oqava suvlar tozalanmasdan qo‘shila boshladi.
O‘zbekistonning qator sanoat markazlarida yuzaga kelgan nosog‘lom ekologik muhit ijtimoiy hayotga o‘zining sezilarli ta’sirini o‘tkazayotgan edi. Bunda, albatta, ishlab chiqarish va sanoat korxonalarining atrof-muhitga chiqarayotgan zararli chiqindilari rol o‘ynadi. Jumladan, birgina CHirchiq shahrida atrof-muhitni ifloslantirayotgan chiqindilarning 74 foizi kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelgani holda, shaharda aholining kasallanish darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Xususan, 100 ming kishilik aholidan 55,6 foizi turli kasalliklarga chalinganlarni, ularning ko‘pchiligi nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘riganlarni tashkil qildi. Andijon viloyatida eski shahar markazida joylashgan Andijon gid roliz zavodi atrofida yashovchi aholi ham aynan nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan edi. Aholi salomatligiga bunday salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nosog‘lom ekologik muhitni shakllantirishda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Farg‘ona, Olmaliq, Qo‘qon, Samarqand va boshqa shaharlar ham katta o‘rin tutdilar. Bu davrda respublikada foydalanilayotgan suv resurslarining 42,3 foizi Toshkent shahri va viloyatiga to‘g‘ri kelgani holda, yirik sanoat va maishiy xizmat tarmoqlari ta’sirida mazkur hududdagi daryo va suv havzalarining sanitariya va ekologik holati juda noxush ahvolda edi. Aynan shunday jarayon Samarqand viloyatida ham yuzaga kelgandi. Bunday vaziyatlar tabiiy komponentlarga salbiy ta’sir etish bilan birga, aholining salomatligi va turmush darajasiga, hatto madaniy hayotiga (masalan, tarixiy yodgorliklarga) ham o‘z ta’sirini ko‘rsatar edi. O‘sha davrda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi aholining turmush tarzini 1984-1995 yillarda «Ostankino» teleradiokompaniyasining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri va muxbirlik punkti mudiri bo‘lib ishlagan Muxtor G‘aniev quyidagicha eslaydi: «...Beton, asfalt, transport, zavod- fabrikalar, ichimlik suvini tozalab berishni uddalay olmayotgan suv tozalash
inshootlari, shahar tashqarisida tutab yotgan axlatxonalar va ko‘llar inson hayotiga xavf tug‘dirardi». O‘zSSR Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy tadqiqot institutlari tadqiqotlariga ko‘ra, bu davrda Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlardagi yirik magistral yo‘llarda atmosfera havosi chiqindi gazlari bilan ifloslanayotgan edi. 1980 yilda qabul qilingan «Atmosfera havosini qo‘riqlash xaqida»gi qonunda «Atmosfera havosi tabiiy atrof-muhitning hayot uchun muhim bo‘lgan asosiy elementlaridan biridir», deya ta’kidlangani holda, Sovet Ittifoqi insonlarning yaxshi yashash sharoitini ta’minlash uchun atmosfera havosini muhofaza qilishga katta ahmiyat berishi belgilab qo‘yildi. Ammo, shunday bo‘lsa-da, amalda Markazning tor doiradagi manfaatlariga xizmat qiluvchi yirik korxona va zavodlar, xususan, CHirchiq elektrokimyokombinati, Navoiyazot, Navoiy va Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatlari, Farg‘ona, Samarqand, Qo‘qon shaharlaridagi superfosfat zavodlari, Ohangaron, Quvasoy, Bekobod shaharlaridagi sement zavodlari va ko‘plab paxta tozalash zavodlari atmos fera havosini sezilarli darajada ifloslantirayotgan edi. Umuman olganda, 80-yillar boshida respublika bo‘yicha 250 ga yaqin sanoat korxonasining aholi turarjoylari yaqinida joylashganligi va sanitar himoyaviy zonalarga ega emasligi sababli sanitar- maishiy yashash sharoitlari yomonlashishiga sabab bo‘layotgan edi. SHuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda hukumat qarorlari bilan qishloq xo‘jaligida zararli hasharotlarga qarshi qator profilaktik tadbirlarni amalga oshirish jarayonining o‘zida ayrim ekotizim komponentlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xavflar yuzaga keldi. Aviatsiya vositasida zaharli kimyoviy moddalarni g‘o‘zalarga sepish jadal ravishda ortib borishi oqibatida, faqat sakkizinchi besh yillikning o‘zida (1966 - 1970 yillarda) aviatsiya bi lan bajariladigan kimyoviy ishlar hajmi 34,3 foizga ko‘paydi. Bu esa odamlar
yashaydigan tabiiy muhitga halokatli tarzda salbiy ta’sir qilib, xavfli kasalliklar va odamlar o‘rtasida o‘lim darajasi oshishiga sabab bo‘ldi, insonning gen tuzilishida xatarli o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. SSSR Ministrlar Soveti tomonidan 1965 yil 16 fevraldagi «Qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar qo‘llanishining kengayishi bilan bog‘liq holda aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida»gi karor qabul qilindi. Qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan O‘zSSR Ministrlar Sovetining ham 1965 yil 16 apreldagi qarori qabul qilinib, qishloq xo‘jaligidagi zaharli ximikatlarni qo‘llash, saqlash va tashish bo‘yicha sanitariya me’yorlari va talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Ammo shunday bo‘lsa-da, aholi salomatligi hamda hayvonlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator holatlar yuz berardi. Jumladan, O‘zbekiston SSR Xalq nazorati qo‘mitasi raisi M.Tursunov tomonidan 1967 yil 14 martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zSSR Ministrlar Sovetiga yo‘llangan xatda oxirgi ikki yil ichida respublikada kishilarning zaharli ximikatlar bilan kuchli zaharlangan 476 ta holat ro‘yxatga olinganligi, shundan ikkitasi o‘lim bilan tugaganligi qayd etib o‘tilgan. 1966 yilda birgina Andijon viloyatining o‘zida kishilarning zaharlanishi bo‘yicha 59 ta holat yuz berganligi kuzatilgan. SHu yili respublikada qoramollarning zaharlanishi bo‘yicha 3944 ta holat aniqlangani holda 4039 bosh qoramol yo‘qotilishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Sirdaryo viloyatida ifloslangan ariq suvidan 667 bosh mayda shoxli hayvonlarning zaharlanishi kuzatiladi. Bunday faktlar boshqa viloyatlarda ham kayd etilgan. Qishloq ho‘jaligida zaharli ximikatlarning qo‘llanilishi oqibatida atrof- muhitning ifloslanishi tobora keskinlashib, aholi salomatligini katta xavf ostiga qo‘ydi. 1966 yilda Xorazm viloyati sanepidstansiyasi tomonidan sut