logo

Sudgacha bo'lgan davrda yarashtirish tartib-taomillarini (da'vo ishlarini) tashkil etish va yuritish

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

48.3505859375 KB
   Sudgacha bo'lgan davrda yarashtirish tartib-taomillarini (da'vo
ishlarini) tashkil etish va yuritish
Reja:
1. Nizolarni sudgacha hal qilishning turlari  
2.   Nizolarni   sudgacha   hal   etish   choralarini   ko‘rishda   yuridik   xizmatning
roli      
3. Da’voni taqdim qilish yoki ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlarni olish
va o‘rganish
4.   Da’vo   ishlari   natijalarini   umumlashtirish   va   tahlil   qilish,   uni
takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash   1. Nizolarni sudgacha hal qilishning turlari
Prezidentning   2016   yil   21   oktyabrdagi   PF-4850-son   “S ud-huquq
tizimini   yanada   isloh   qilish,   fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarini   ishonchli
himoya   qilish   kafolatlarini   kuchaytirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida ”gi   Farmoni
mazmuniga   ko‘ra   va   2017   yil   19   yanvardagi   PQ-2773-son          “    Yuridik   xizmat
faoliyatini   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi
Qarori   bilan   davlat   organlari   va   tashkilotlarining   yuridik   xizmatlari   mazkur
organlar va tashkilotlar ishtirokida vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish
yuzasidan majburiy tartibda choralarni ko‘rishi belgilandi.  
  Nizolarni   sudgacha   hal   qilish   deganda   taraflarning   yuzaga   kelgan   nizolar
(kelishmovchiliklar)ni   sud   organlarining   aralashuvisiz   hal   qilishga   qaratilgan
birgalikdagi harakatlari tushuniladi.  
Nizolarni   sudgacha   hal   qilishga   qonun   chiqaruvchi   tomonidan   ham
fuqarolik,   ham   ma’muriy   huquqiy   munosabatlardan   kelib   chiqadigan   nizolar
bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
  Ma’muriy   huquqiy   munosabatlardan   kelib   chiquvchi   nizolar,   arizachining
xohishiga ko‘ra sudgacha yoki sud tartibida ham    hal qilinishi mumkin.
Masalan,   “Iste’molchilarning   huquqlarini   himoya   qilish   to‘g‘risida”gi   Qonunning
27 1
-moddasiga   muvofiq     ishlab   chiqaruvchi   (ijrochi,   sotuvchi)   davlat   boshqaruvi
organining   ko‘rsatmasi   ustidan   bevosita   sudga   yoki   bo‘ysunuv   tartibida   yuqori
turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.
Davlat   boshqaruvi   organining   ko‘rsatmasi   ustidan   bo‘ysunuv   tartibida
yuqori   turuvchi   organga   yoxud   mansabdor   shaxsga   shikoyat   qilinishi   sudga
shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.  
Nizolarni   sudgacha,   ya’ni   sud   muhokamasisiz   hal   qilish   tartibidan   har   bir   taraf
manfaatdor.  
Birinchidan ,   talabnoma   yuboruvchi   qisqa   muddatda   buzilgan   huquq   va   qonuniy
manfaatlarini tiklashga erishadi.   Ikkinchidan,   taraflar da’voni rasmiylashtirish va uni sudga taqdim qilish, da’voni
sudda   ko‘rish   jarayonida   ishtirok   etish   bilan   bog‘liq   vaqtlari   va   mablag‘larini
tejaydilar.  
Uchinchidan,   davlat   bojini   to‘lash   va   sud   chiqimlari   bilan   bog‘liq   xarajatlar   oldi
olinadi.  
To‘rtinchidan ,   shartnomaviy   munosabat   ishtirokchilari   o‘rtasidagi   ishonch   va
hamkorlik mustahkamlanadi hamda kelajakda    hamkorlikni yanada rivojlantirishga
sharoit yaratiladi.  
Nizolarni sudgacha hal qilishning turlari  
Mazkur   tamoyil   faqat   da’voni   sudga   topshirishgacha   amalga   oshirilishi   mumkin,
ammo keyinchalik sud instansiyalariga murojaat qilishni istisno qilmaydi.
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   Iqtisodiy   protsessual   kodeksi da   belgilanishicha,
iqtisodiyot   sohasida   yuridik   shaxslar,   yakka   tartibdagi   tadbirkor   maqomini
qonunda   belgilangan   tarzda   olgan   fuqarolar   o‘rtasidagi   iqtisodiyot   sohasida
fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar
iqtisodiy sudlov jarayonida nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilish haqida
talab qo‘yilmasdan ko‘rib chiqiladi.
Nizolarni sudgacha hal qilish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:  
a) muzokaralar;  
b) mediatsiya;  
v) talabnoma yuborish.  
Shartnomalarda   ko‘pchilik   holatlarda   nizolarni   muzokaralar   yo‘li   bilan   hal
qilish   imkoniyati   ko‘rsatiladi,   agar   kelishuvga   erishilmasa   –   nizolar   sud   tartibida
hal   qilinadi.   Amaliyotda     sudyalar   bunday   matnni   nizolarni   sudgacha   hal   qilish
sifatida qarash uchun yetarli emas deb hisoblaydilar, chunki nizolarni sudgacha hal
qilish   sifatida   muzokaralar   o‘tkazish   shakli,   tartibi   va   muddatlari   qonunda   yoki
shartnomada aniq nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
Nizolarni   sudgacha   hal   qilishning   talabnoma   yuborish   tartibi   deganda
taraflarning kelishmovchilikni hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlari va takliflari bayon
qilingan xatlar (talabnoma va talabnomaga javob) almashinishi tushuniladi.   3.2.  Nizolarni sudgacha hal etish choralarini ko‘rishda yuridik xizmatning
roli
Nizolarni   sudgacha   hal   qilish   (talabnoma   ishlari)   bo‘yicha   to‘g‘ri   va   o‘z
vaqtida   ishlarni   yuritish   davlat   organlari   va   tashkilotlari   huquq   va   qonuniy
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy ishlarning asosiy bosqichlaridan
biri   hamda   shartnoma   shartlarini   bajarish   bo‘yicha   huquqiy   ta’minlashning
samarali vositasi hisoblanadi.  
Talabnoma   ishlarini   yuritishni   to‘g‘ri   tashkil   qilish   davlat   organlari   va
tashkilotlarining xo‘jalik va moliyaviy holatini ko‘tarishda muhim ahamiyatga ega.
Davlat   organlari   va   tashkilotlarining   yuridik   xizmati   to‘g‘risidagi
Nizomning 16-bandi 4-kichik bandida (Prezidentning 2017 yil 19 yanvardagi PQ-
2733-son qaroriga 1-ilova) nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha ishlarda yuridik
xizmat xodimlari faoliyatining quyidagi     3 ta shakli   nazarda tutilgan:  
1)   davlat   organlari   va   tashkilotlari,   shuningdek   fuqarolar   bilan   nizolar
vujudga kelganda mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni
sudgacha hal etish choralarini ko‘radi;  
2)   davlat   organi   va   tashkilotining   manfaatlarini   himoya   qilish   bo‘yicha
talabnomalar tayyorlashda hamda davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan
talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;  
3)   davlat   organi   va   tashkilotida   talabnomalar   bildirish   va   ularni   ko‘rib
chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi.  
Yuridik   xizmat   xodimlarini   talabnoma   ishlarini   yuritishda   ishtiroki
jumladan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:    
a) talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan axborot va hujjatlarni
to‘plash,   talabnomani   yozish,   rasmiylashtirish   va   tegishli   yuridik   yoki   jismoniy
shaxsga yuborish;  
b)   davlat   organi   va   tashkilotiga   nisbatan   bildirilgan   talabnomalarni   ko‘rib
chiqish,   talabnomaga   aloqador   bo‘lgan   hujjatlari   o‘rganish,   talabnomada bildirilgan   talablarni   to‘liq   yoki   qisman   qanoatlantirish   yoxud   uni   bajarishni   rad
qilish haqida javob tayyorlash va yuborish;  
v)   yuborilgan   va   kelib   tushgan   talabnomalar   haqidagi   ma’lumotlarni
umumlashtirish, ularni tahlil qilish, xo‘jalik, moliya, hisob-kitob, mehnat intizomi
buzilishini   oldini   olishga   qaratilgan   chora-tadbirlar   ko‘rish   bo‘yicha   takliflar
tayyorlash va taqdim qilish.  
Talabnoma   boshqa   tarkibiy   tuzilmalar   (hisob-kitob,   moliya,   ta’minot   va
boshqa   bo‘limlar)   tomonidan   bildirilayotganda   yuridik   xizmat   ular   ustidan
nazoratni qo‘yidagicha amalga oshiradi:  
 boshqa tarkibiy tuzilmalarning mas’ul xodimlariga talabnoma bildirish
tartibini tushuntiradi;
 amaldagi qonun hujjatlari bilan ularni tanishtiradi;
 zarur hollarda ularni huquqiy tayyorgarlikdan o‘tkazadi;
 vaqti-vaqti bilan ularning talabnoma ishlarini tekshiradi, ularga amaliy
yordam ko‘rsatadi;
 murakkab   masalalar   bo‘yicha   talabnomalarni   tayyorlashga   oid
maslahatlar beradi;
 davlat   organi   va   tashkiloti   rahbariga   boshqa   tarkibiy   tuzilmalar   bilan
birgalikda talabnoma ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritadi.
Hozirgi   davrda   nizolarni   sudgacha   hal   qilish   davlat   organlari   va
tashkilotlari   uchun   buzilgan   huquqlarni   himoya   qilishning   afzal   shakli   bo‘lishi
lozim,   chunki   u   qonuniylik   prinsipiga   mos   keladi   va   davlatga   ham,   fuqarolar   va
yuridik shaxslarga ham tejamliroq hisoblanadi.
3.3. Da’voni taqdim qilish yoki ko‘rib chiqish uchun tegishli
hujjatlarni olish va o‘rganish
Tashkilot rahbari odatda yuridik xizmatga boshqa taraf (kontragent) bilan u
yoki   bu   nizo   bo‘yicha   da’vo   arizasi   yoki   da’vo   arizaga   fikrnoma   tayyorlashni
topshiradi. Shundan so‘ng yuridik xizmat boshqa tarkibiy tuzilmadan (agar o‘zida
mavjud   bo‘lmasa)   da’voni   taqdim   qilish   yoki   da’vo   arizasi   yuzasidan   fikrnoma tayyorlash   va   o‘rganish   uchun   zarur   bo‘lgan   hujjatlarni   (shu   jumladan,
shartnomalar,   yukxatlari,   hisob-fakturalar,   ishonchnoma,   talabnoma   va
boshqalarni) so‘rab oladi.  
Yuridik   xizmat   tegishli   tarkibiy   tuzilmalar   tomonidan   taqdim   qilingan
hujjatlarga   huquqiy   baho   beradi.   Agar   taqdim   qilingan   hujjatlar   yetarli   bo‘lmasa
yoki ular noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa, yuridik xizmat mazkur kamchiliklarni
bartaraf qilish uchun yozma ravishda muddat belgilashi lozim.  
Tarkibiy   tuzilma   zarur   hujjatlarni   bermagan   holatlarda   tashkilot   rahbari
ijrochiga nisbatan intizomiy chora ko‘rishi mumkin.    
Da’vo   arizasi   (sud   buyrug‘ini   berish   to‘g‘risida   arizani),   shu   jumladan
qarshi da’voni tayyorlash  
Yuridik xizmat da’vo arizasini va zarur hujjatlarni tayyorlashni, agar qonun
yoki shartnomada talabnoma bildirish belgilangan bo‘lsa, talabnoma va bildirilgan
talabnomaga javobni o‘rganishdan boshlaydi.  
Da’vo tashkilot tomonidan bildirilgan talabnoma to‘liq yoki qisman asossiz
rad qilingan yoxud javobsiz qoldirilgan taqdirda kiritiladi.  
Yuridik   xizmat   da’vo   arizasi   matnini   mustaqil   tayyorlaydi,   unga   viza
(imzo)  qo‘yadi  va tegishli  tarkibiy tuzilmalardan viza  (imzo)  yig‘adi, shuningdek
uni tashkilot rahbariga imzolash uchun taqdim qiladi.
Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan   iqtisodiy   sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, ularning pochta manzillari;
3) agar da’vo baholanishi lozim bo‘lsa, da’voning bahosi;
4) da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlar;
5) da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) undiriladigan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi;
7)  da’vogarning  qonun  hujjatlarini  dalil  qilib  keltirgan   talablari,  da’vo  bir
necha   javobgarga   nisbatan   taqdim   etilganda   esa   -   ularning   har   biriga   qo‘yilgan
talablar; 8) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga
rioya   etilganligi   to‘g‘risidagi   ma’lumotlar,   agar   bu   shu   toifadagi   nizolar   uchun
qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
9) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
  Da’vo   arizasida   da’vogarning   yoki   uning   vakilining   telefonlari,   fakslari
raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.  
Da’vo   arizasida,   agar   nizoni   to‘g‘ri   hal   qilish   uchun   zarur   bo‘lsa,   boshqa
ma’lumotlar ham, shuningdek da’vogarda mavjud iltimosnomalar ko‘rsatiladi.  
Da’vogar   da’vo   taqdim   etganda   ishda   ishtirok   etuvchi   boshqa   shaxslarga
da’vo   arizasining   va   unga   ilova   qilingan,   bu   shaxslarda   bo‘lmagan   hujjatlarning
nusxalarini yuborishi shart.
  Da’vo arizasiga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini;
2)   da’vo   arizasining   va   unga   ilova   qilingan   hujjatlarning   nusxalari
yuborilganligini;
3) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga
rioya etilganligini, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada
nazarda tutilgan bo‘lsa;
4) da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlarni.
 
Agar   da’vo   arizasi   da’vogarning   vakili   tomonidan   imzolangan   bo‘lsa,
uning   da’vo   taqdim   etishga   vakolatli   ekanligini   tasdiqlovchi   ishonchnoma   ilova
qilinadi.  
Amaldagi   iqtisodiy   protsessual   qonunchiligi   pul   summasini   undirish   yoki
undiruvni   qarzdorning   mol-mulkiga   qaratish   yoxud   qarzdordan   nizosiz   talablar
bo‘yicha mol-mulkni talab qilib olishni sud buyrug‘i olish orqali yanada soddaroq
tartibini nazarda tutadi.  
Sud   buyrug‘i   kreditorning   arizasi   bo‘yicha   chiqarilgan   va   ijro   hujjati
kuchiga   ega   bo‘lgan,   sudya   tomonidan   qabul   qilingan   hujjatdir.   Sud   buyrug‘i bo‘yicha   undiruv   buyruq   berilgandan   so‘ng   o‘n   kunlik   muddat   o‘tgach   sud
hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.  
Shuning   uchun   ham   yuridik   xizmat   da’vo   arizasi   o‘rniga   sud   buyrug‘ini
berish to‘g‘risida ariza tayyorlashi mumkin.  
Ariza   iqtisodiy   sudga   yozma   shaklda   sudlovga   tegishlilikning   umumiy
qoidalari   bo‘yicha   beriladi.   U   kreditor   yoki   uning   vakili   tomonidan   imzolanadi.
Vakil tomonidan imzolanadigan arizaga ishonchnoma ilova qilinadi.
3.4.Da’vo ishlari natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish, uni
takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash  
Tashkilotning   yuridik   xizmati   muayyan   davr   (oy,   chorak,   yarim   yil,   yil)
yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan da’vo ishlari natijalarini umumlashtiradi.  
Yuridik   xizmat   tarkibiy   tuzilmalardan   olgan   ma’lumotlar   asosida   ham
tashkilotga   bildirilgan,   ham   tashkilot   tomonidan   bildirilgan   da’volarning   vujudga
kelishi sabablari va sharoitlarini aniqlaydi. Bu jarayonda har bir turdagi da’volarni
kelib chiqishiga sabab  bo‘lgan, tarkibiy tuzilmalar  tomonidan yo‘l  qo‘yilgan xato
va kamchiliklar aniqlanadi.  
Yuridik   xizmat   da’vo   ishlari   tahlili   yakunlari   bo‘yicha   tashkilot   rahbariga
da’vo   ishlarini   yaxshilash,   samarasiz   xarajatlar   va   zararlarni   oldini   olish,
tashkilotga   yetkazilgan   zararni   aybdor   shaxslardan   undirish   to‘g‘risida   takliflar
kiritadi. A dabiyotlar
1.   Shoraxmetov Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasining  Fuqarolik protsessual
kodeksiga sharhlar. – Toshkent: TDYUI, 2010.
2.   Sh.Ro‘zinazarov,   M.Mamasiddiqov,   Sh.Masadikov.   Hakamlik
muhokamasi   haqida   nimalarni   bilish   kerak?   Amaliy   qo‘llanma.   infoCOM.uz
MCHJ nashriyoti. Toshkent, 2010.
3.   Treteyskie   sudы   v   Uzbekistane:   analiz   i   tendensii   razvitiya.   Nauchno-
prakticheskoe posobie. / Otv. red. Asyanov Sh.M. – T.: Shark, 2004. – 608 s.
4.   O‘zbekiston Respublikasining "Hakamlik sudlari to‘g‘risida"gi Qonuniga
sharh.
5.   Inoyatova   S.F.   Protsessualnыe   mexanizmы   otmenы   i   vыdachi
ispolnitelnыx   listov   na   prinuditelnoe   ispolnenie   resheniy   treteyskix   sudov.
Monografiya. –Toshkent: De-Haus-Print, 2011.
6.   Sh.M.Masadikov.   Problem ы   pravovogo   regulirovaniya   mediatsii.
Monografiya. – Tashkent: TGYuU, 2014. – 150 s.
7.   Sh.M.Masadikov.   Mediatsiya-alternativn ы y   sposob   razresheniya
grajdansko-pravov ы x sporov. Uchebnoe posobie. – Tashkent: TDYuI, 2010. – 100
s.
8.   M.M.Mamasiddiqov,   Sh.M.Masadikov,   D.Y.Xabibullayev   N.A.Azizov,
I.M.Salimova Hakamlik muhokamasi (o‘quv qo‘llanma) TOSHKENT – 2018
9.   Nizolarni   xal   qilishning   mukobil   usullari   /   O‘quv   qo‘llanma.   Yuridik
fanlari   buyicha   falsafa   doktori   (PhD),   dotsent   v.b.   I.M.Salimova.   -   Toshkent.
TDYuU, 2022. - 208 bet.

Sudgacha bo'lgan davrda yarashtirish tartib-taomillarini (da'vo ishlarini) tashkil etish va yuritish Reja: 1. Nizolarni sudgacha hal qilishning turlari 2. Nizolarni sudgacha hal etish choralarini ko‘rishda yuridik xizmatning roli 3. Da’voni taqdim qilish yoki ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlarni olish va o‘rganish 4. Da’vo ishlari natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash

1. Nizolarni sudgacha hal qilishning turlari Prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi PF-4850-son “S ud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi Farmoni mazmuniga ko‘ra va 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2773-son “ Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari mazkur organlar va tashkilotlar ishtirokida vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan majburiy tartibda choralarni ko‘rishi belgilandi. Nizolarni sudgacha hal qilish deganda taraflarning yuzaga kelgan nizolar (kelishmovchiliklar)ni sud organlarining aralashuvisiz hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari tushuniladi. Nizolarni sudgacha hal qilishga qonun chiqaruvchi tomonidan ham fuqarolik, ham ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi. Ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar, arizachining xohishiga ko‘ra sudgacha yoki sud tartibida ham hal qilinishi mumkin. Masalan, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 27 1 -moddasiga muvofiq ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli. Davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi. Nizolarni sudgacha, ya’ni sud muhokamasisiz hal qilish tartibidan har bir taraf manfaatdor. Birinchidan , talabnoma yuboruvchi qisqa muddatda buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklashga erishadi.

Ikkinchidan, taraflar da’voni rasmiylashtirish va uni sudga taqdim qilish, da’voni sudda ko‘rish jarayonida ishtirok etish bilan bog‘liq vaqtlari va mablag‘larini tejaydilar. Uchinchidan, davlat bojini to‘lash va sud chiqimlari bilan bog‘liq xarajatlar oldi olinadi. To‘rtinchidan , shartnomaviy munosabat ishtirokchilari o‘rtasidagi ishonch va hamkorlik mustahkamlanadi hamda kelajakda hamkorlikni yanada rivojlantirishga sharoit yaratiladi. Nizolarni sudgacha hal qilishning turlari Mazkur tamoyil faqat da’voni sudga topshirishgacha amalga oshirilishi mumkin, ammo keyinchalik sud instansiyalariga murojaat qilishni istisno qilmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, Iqtisodiy protsessual kodeksi da belgilanishicha, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar o‘rtasidagi iqtisodiyot sohasida fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar iqtisodiy sudlov jarayonida nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilish haqida talab qo‘yilmasdan ko‘rib chiqiladi. Nizolarni sudgacha hal qilish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: a) muzokaralar; b) mediatsiya; v) talabnoma yuborish. Shartnomalarda ko‘pchilik holatlarda nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish imkoniyati ko‘rsatiladi, agar kelishuvga erishilmasa – nizolar sud tartibida hal qilinadi. Amaliyotda sudyalar bunday matnni nizolarni sudgacha hal qilish sifatida qarash uchun yetarli emas deb hisoblaydilar, chunki nizolarni sudgacha hal qilish sifatida muzokaralar o‘tkazish shakli, tartibi va muddatlari qonunda yoki shartnomada aniq nazarda tutilgan bo‘lishi lozim. Nizolarni sudgacha hal qilishning talabnoma yuborish tartibi deganda taraflarning kelishmovchilikni hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlari va takliflari bayon qilingan xatlar (talabnoma va talabnomaga javob) almashinishi tushuniladi.

3.2. Nizolarni sudgacha hal etish choralarini ko‘rishda yuridik xizmatning roli Nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma ishlari) bo‘yicha to‘g‘ri va o‘z vaqtida ishlarni yuritish davlat organlari va tashkilotlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy ishlarning asosiy bosqichlaridan biri hamda shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha huquqiy ta’minlashning samarali vositasi hisoblanadi. Talabnoma ishlarini yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarining xo‘jalik va moliyaviy holatini ko‘tarishda muhim ahamiyatga ega. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizomning 16-bandi 4-kichik bandida (Prezidentning 2017 yil 19 yanvardagi PQ- 2733-son qaroriga 1-ilova) nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha ishlarda yuridik xizmat xodimlari faoliyatining quyidagi 3 ta shakli nazarda tutilgan: 1) davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radi; 2) davlat organi va tashkilotining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda hamda davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi; 3) davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi. Yuridik xizmat xodimlarini talabnoma ishlarini yuritishda ishtiroki jumladan quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan axborot va hujjatlarni to‘plash, talabnomani yozish, rasmiylashtirish va tegishli yuridik yoki jismoniy shaxsga yuborish; b) davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqish, talabnomaga aloqador bo‘lgan hujjatlari o‘rganish, talabnomada

bildirilgan talablarni to‘liq yoki qisman qanoatlantirish yoxud uni bajarishni rad qilish haqida javob tayyorlash va yuborish; v) yuborilgan va kelib tushgan talabnomalar haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, ularni tahlil qilish, xo‘jalik, moliya, hisob-kitob, mehnat intizomi buzilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflar tayyorlash va taqdim qilish. Talabnoma boshqa tarkibiy tuzilmalar (hisob-kitob, moliya, ta’minot va boshqa bo‘limlar) tomonidan bildirilayotganda yuridik xizmat ular ustidan nazoratni qo‘yidagicha amalga oshiradi:  boshqa tarkibiy tuzilmalarning mas’ul xodimlariga talabnoma bildirish tartibini tushuntiradi;  amaldagi qonun hujjatlari bilan ularni tanishtiradi;  zarur hollarda ularni huquqiy tayyorgarlikdan o‘tkazadi;  vaqti-vaqti bilan ularning talabnoma ishlarini tekshiradi, ularga amaliy yordam ko‘rsatadi;  murakkab masalalar bo‘yicha talabnomalarni tayyorlashga oid maslahatlar beradi;  davlat organi va tashkiloti rahbariga boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda talabnoma ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritadi. Hozirgi davrda nizolarni sudgacha hal qilish davlat organlari va tashkilotlari uchun buzilgan huquqlarni himoya qilishning afzal shakli bo‘lishi lozim, chunki u qonuniylik prinsipiga mos keladi va davlatga ham, fuqarolar va yuridik shaxslarga ham tejamliroq hisoblanadi. 3.3. Da’voni taqdim qilish yoki ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlarni olish va o‘rganish Tashkilot rahbari odatda yuridik xizmatga boshqa taraf (kontragent) bilan u yoki bu nizo bo‘yicha da’vo arizasi yoki da’vo arizaga fikrnoma tayyorlashni topshiradi. Shundan so‘ng yuridik xizmat boshqa tarkibiy tuzilmadan (agar o‘zida mavjud bo‘lmasa) da’voni taqdim qilish yoki da’vo arizasi yuzasidan fikrnoma