logo

SUG‘ORISH TIZIMLARIDA SUV O‘LCHASH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

249.7548828125 KB
MAVZU:  SUG‘ORISH TIZIMLARIDA SUV O‘LCHASH
Reja:
1.Kanallarning suv sarfini o‘lchash. 
2.Suv o‘lchash inshootlari.
3.Muvaqqat sug‘orish tarmoqlarida suv o‘lchash.
4.Suv o‘lchagichlarning suv sarfini aniqlash.
  1. Kanallarning suv sarfini o‘lchash
Sug‘orish   tizimlarida   suv   o‘lchashni   tashkil   etish   va   amalga   oshirish
gidrometriya   xizmati   tomonidan   olib   boriladi.   Gidrometr   (mirob)lar   zimmasiga
gidrotexnik inshoot va kanallarni kuzatish va ularda o‘lchash ishlarini olib borish,
olingan   ma’lumotlarni   ishlash,   ma’lumotnomalar,   in   ventarь-texnik   vedomostlar,
hisobot tuzish, suv o‘lchash inshootlarini tarirovka qilish kabi vazifalar yuklangan.
Gidrometrik   kuzatuv   va   o‘lchash   natijalari   qabul   qilingan   shakllarda   (dala
jurnali,   jami   suv   hajmi   va   sutkalik   suv   sarflarini   o‘lchash   varaqalari,   xo‘jaliklar,
uchastkalar  va  sug‘orish  tizimi  bo‘yicha suv  sarflari  balansi  vedomosti, sug‘orish
tarmoqlari FIK vedomosti, suv manbaining sarfini  ko‘p yillik kuzatish  vedomosti
va boshqalar) hujjatlashtiriladi.
Suv   manbalari   va   sug‘orish   tizimlarida   suv   sarfini   o‘lchash   uchun   quyidagi
gidrometrik postlar tashkil etiladi: 
1.   Tayanch   postlar   suv   manbaida   (sug‘orish   tizimiga   suv   olish   bosh
inshootidan   yuqorida)   uning   suv   rejimini   va   sug‘orish   qobilyatini   aniqlash
maqsadida tashkil etiladi; 
2.   Bosh   postlar   magistral   kanalning   bosh   qismida   unga   olinayotgan   suv
miqdorini hisobga olishda qo‘llaniladi;
3.   Balans   (muvozanat)   postlari   suvdan   foydalanish   ba   lansini   aniqlash
maqsadida   alohida   sug‘orish   uchastkasi,   tuman,   yirik   kanal,   sug‘orish   tizimi
chegaralarida tashkil etiladi; 
4.   Taqsimlagich   postlari   xo‘jaliklararo   taqsimlash   kanallarida   suv   sarfini
hisobga olish uchun ishlatiladi; 
5.Xo‘jalik   postlari   xo‘jalik   taqsimlagichida   suvdan   foydalanuvchilarga   suv
ajratish miqdorlarini hisobga olish maqsadida qo‘llaniladi;
6.   Oqova   postlar   kollektor-zovur   va   tashama   tarmoqlari   orqali   chiqarib
yuborilayotgan suv miqdorlarini hisobga olishda qo‘llaniladi;
7. Maxsus postlar ilmiy tadqiqot maqsadlarida ishlatiladi. Xo‘jaliklarda   suv   o‘lchash   va   taqsimlash   ishlariga   gidrotexniklar   rahbarlik
qiladi.  U,   shuningdek,   suvdan   to‘g‘ri   foydalanish,   sug‘oriladigan   dala   va   xo‘jalik
kanallaridan oqova tashlashni nazorat qilib boradilar.
Har   bir   postda   bir   nechta   takroriylikda   amalga   oshirilgan   o‘lchash   ishlari
natijalari   suv   o‘lchov   jurnalida   qayd   etib   boriladi.   Suv   sarfini   aniqlash   o‘lchash
inshootlarining   turiga   ko‘ra   Q=f(H)   bog‘liqlik   grafigi   va   jadval   ko‘rinishida
bajarilgan   hisob-kitoblardan   foydalangan   holda   amalga   oshiriladi.   Olingan   hisob-
kitob natijalari umumiylashtirilib, kunlik, so‘ngra ular asosida o‘n kunlik o‘rtacha
sarflar hisoblanadi.
Xo‘jalikda   o‘lchash   ishlari   suvni   dalalarga   kirish   va   chiqish   qismlarida   olib
boriladi.   Buning   uchun   dalaga   suv   kirish   va   chiqish   joyini   aniq   belgilash,   suv
taqsimlash   joylarini   aniqlash   va   ro‘yxatga   olish,   suv   o‘lchash   inshoot   (jihoz)   lari
pasportlarini yaratish va suv o‘lchov jurnalini yuritish talab etiladi.
2. Suv o‘lchash inshootlari
Suv o‘lchash inshootlari va   jihozlari suv sarfini rostlashga imkon byeradigan
va byermaydigan turlarda bo‘ladi. Suv o‘lchagich-rostlagichlar suv o‘lchash bilan
bir   vaqtda   uning   sarfini   rostlashni   ta’minlaydi.   Ular   suv   taqsimlash   tugunlarida,
xo‘jalik   taqsimlash   kanaliga   suv   olish   joylarida,   doimiy   xo‘jalik   kanallari   va
quvurlarida   qo‘llaniladi.   Bunday   inshootlar   suv   o‘lchash   qurilmalari,   asboblar,
mexanizmlar, ayrim hollarda tarirovka qilingan reykalar bilan ta’minlanadi.
Suv   sarfi   rostlanmaydigan   suv   o‘lchash   vositalari   sirasiga   turli   xil   suv
o‘lchagichlar,   novlar,   nasadkalar   kirib,   ular   suv   sarfi   va   sug‘orish   me’yorini
o‘lchash gidrometrik inshootlarini tarirovka qilishda qo‘llaniladi.
Quvurli suv o‘lchagich rostlagichlar sifatida M.V.Butirin konstruksiya-sidagi
inshoot,   VGD-58,   DRS-60,   DRS-66,   K.S.   Glubshevning   diafragmali   suv
o‘lchagichlari (VPG va VDG), DS-64M kabilardan foydalaniladi.
Amaliyotda suv o‘lchagich sifatida suv kirish qismi toraygan va chiqish qismi
kengaygan   ochiq   suv   o‘lchash   novlari   keng   ishlatiladi.   SHuningdek,   yopiq   suv
o‘lchagich   rostlagichlar ham qo‘llanilib kelinmoqda. Suv   o‘lchash   ostonasi   bilan   jihozlangan   suv   o‘lchash   posti   kanalning
betonlangan   qismidan,   amaliy   profilli   o‘lchagich   (vodosliv),   yuqori   bьefda
o‘rnatilgan   sath   o‘lchovchi   reyka,   ostonaning   suv   bilan   bosilish   (ko‘milish)
darajasi (h
n )ni o‘lchaydigan kuzatish reykasidan iborat.
Ostona   sarfi   60   m 3
/sek.   gacha   bo‘lgan   ochiq   kanallardagi   suvni   o‘lchash
uchun   mo‘ljallangan.   U   o‘zani   o‘zgaruvchan,   quyi   bьefda   suv   oqimi   tartibi
o‘zgaruvchan   dimlanishli   bo‘lgan   hamda   suv   oqimi   tushishi   yerkin   va   qisman
yerkin bo‘lmagan, chuqurligi uncha katta bo‘lmagan kanallarda ishlatiladi.
Suv   o‘lchash   novi   tik   yon   devorlari   suv   oqimi   tomoniga   qarab   torayib
boruvchi hamda tubi gorizontal bo‘lgan kalta novdan iborat. Nov kanalning yuqori
va quyi bьeflari bilan oqim yo‘nalishiga ko‘ndalang devorchalar orqali tutashadi. 
O‘lchash   reykasi   suv   oqimiga   ko‘ndalang   bo‘lgan   devorga   quyi   bьef
tomondan o‘rnatiladi. Uning nolь belgisi novning ostonasiga to‘g‘ri kelishi kyerak.
O‘lchash   reykasi   oddiy   santimetrlarga   bo‘lingan   yoki   suv   sarfi   birligida
graduirovkalangan bo‘lishi mumkin. 
Suv   o‘lchash   nasadkasi   nishobligi   kichik   kanallarda,   suv   oqimining
dimlanish   balandligi   0,3   m.   dan   oshmaydigan   va   boshqa   turdagi   suv
o‘lchagichlarni qo‘llash yaxshi natija byermaydigan hollarda ishlatiladi.
Suv sarfi 40 l/sek. gacha bo‘lgan kichik kanallar uchun VN-10x20 turdagi suv
o‘lchash nasadkasi tavsiya qilinadi. Suv sarfini bevosita aniqlash uchun eni 25–30
sm   bo‘lgan   yog‘och   taxtadan   yasalgan   sarf   o‘lchash   ayrisi   ishlatiladi.   Ayrining
tayoqchalari 25x30 mm o‘lchamli to‘g‘ri to‘rtburchakli kesimga ega. 
O‘zgarmas   o‘zan   boshqa   vositalarni   ishlatishning   iloji   bo‘lmagan   ochiq
kanal   va   ariqlarda   suv   sarfini   davriy   va   muntazam   o‘lchashda   hamda   suv   oqimi
rejimi o‘zgaruvchan dimlanishli bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
O‘zgarmas   o‘zan   kanal   yoki   ariqning   ko‘ndalang   kesimi   mustahkamlangan
(tubi   va   yon   bag‘irlari   biron   qattiq   matyerial   bilan   o‘zgarmaydigan   qilingan)
qismidan iborat 
3. Muvaqqat sug‘orish tarmoqlarida suv o‘lchash Muvaqqat   tarmoqlar   doimiy   ravishda   qurilmaganligi   tufayli   ularda   ko‘chma
suv o‘lchagichlardan foydalaniladi.
Quyidagi   suv   o‘lchagichlar   hozirgi   kunda   keng   foydalanish   uchun   qulay
hisoblanadi:   trapetsiya   shaklidagi   VCH-50   CHipoletti   suv   o‘lchagichi   muvaqqat
sug‘orish   tarmoqlarida   50–60   l/sek.   gacha   suv   sarfini,   VCH-75   CHipoletti   suv
o‘lchagichi   uchastka   taqsimlash   kanallarida   100–230   l/sek.   gacha   suv   sarfini
o‘lchashga, 90 o
 li uchburchak qirqimga ega VT-90 Tomson suv o‘lchagichi o‘qariq
va   egatlardagi   1–45   l/sek.   suv   sarfini   aniqlashga   imkon   byeradi   (9   va
10- rasmlar).
CHipoletti suv o‘lchagichining suv o‘tkazadigan qismi trapetsiya ko‘rinishiga
va   Tomson   suv   o‘lchagichiniki   esa   uchburchak   shaklga   ega.   Ular   3–4   mm
qalinlikdagi   metall   tunukadan   tayyorlanadi.   CHipoletti   suv   o‘lchagichining
ostonasiga   yopishgan   burchaklari   104 o
  ga   teng   (yon   devorlarining   qiyaligi   1:4).
Ostonasining eni 25, 50, 75, 100, 125 sm qilib olinadi. Tomson suv o‘lchagichida
quyi burchak 90 o
 ga teng.
Suv   o‘lchagichlarni   qo‘llashda   quyidagi   talablarga   rioya   qilinishi   lozim:
burchaklarni   ostonaning   pastki   qismiga   qat’iy   bog‘lanishi;   suv   o‘lchagichning
chekkalari   qoziqlar   bilan   jihozlanishi;   ostonasining   kengligi   50   va   75   sm.   li
o‘lchagichlarda   hisob-kitoblarni   ±(5–10)   mm   aniqlikda   o‘tkazilishi;   o‘lchagich-
ning suv oqib o‘tadigan qismini tekis va yaxlit bo‘lishi, enini tanlashda ko‘pi bilan
2–3   mm.   gacha   xatolikka   yo‘l   qo‘yilishi;   o‘lchov   reykalarini   zanglamaydigan
matyeriallardan   tayyorlanishi,   chizg‘ichdagi   son   va   chiziqchalarni   aniq   ko‘rinib
turishi; reykaning nolь chizig‘ini suv o‘lchagichning tubi bilan bir chiziqda yotishi;
zanglashga   qarshi   bo‘yalishi;   VCH-50   va   VCH-75   suv   o‘lchagichlari   bir   joyda
mustahkam va doimiy holda o‘rnatilishi va boshqalar. 18- rasm.  VCH-50 CHipoletti suv o‘lchagichi :
1 – muvaqqat ariqning o‘zani; 2 – muvaqqat ariqning sathi; 3 – o‘lchov lineykasi
(chizg‘ich);   burchak    =104 o
.  (O‘lchovlar mm hisobida).
19- rasm.  VT-90 Tomson suv o‘lchagichi : 1 – 90 o
 li burchak; 2 – suv o‘lchash
reykasi; h – suv qatlami qalinligi, m; s.s. – suv sathi.
Suv   o‘lchagichlarning   faoliyati   suvni   ulardan   yerkin   oqib   tushishiga
asoslangan.   Ularni   muvaqqat   ariqlarga   o‘rnatishda   quyidagi   talablarga   rioya
qilinishi lozim: suv o‘lchagichlar o‘qariqning to‘g‘ri chiziqli o‘zanga ega qismiga
o‘rnatiladi; suv o‘lchagichning ostki qismini loyqa bosib ketmasligi uchun ostonasi
o‘qariq tubidan 3–5 sm baland qilib o‘rnatilishi;  asbobdan  1–1,5 m  oldinda oqim
tezligini   sokinlashtirish   uchun   maxsus   hovuzcha   tashkil   etilishi;   asbobni   suv yuzasiga   nisbatan   qat’iy   tik   holda   o‘rnatilishi;   CHipoletti   o‘lchash   asbobining
ostonasi   va   Tomson   o‘lchagichining   yuqori   qismini   qat’iyan   gorizontal   bo‘lishi;
reyka   (chizg‘ich)larni   asbobning   old   tarafiga   o‘rnatilishi   va   ulardagi   nolь   sonini
asbob   ostonasi   bilan   baravar   turishi;   asbobni   yog‘och   ramkaga   yoki   yog‘och
qoziqlarga   yaxshilab   o‘rnatilishi;   o‘lchash   ishlari   olib   borilayotganida   uning   tagi
va   yon   tomonlaridan   suvni   sizib   o‘tmasligi   va   faqat   qirqimi   orqali   o‘tishiga
yerishish va boshqalar.
4.Suv o‘lchagichlarning suv sarfini aniqlash
Asbobdan   o‘tayotgan   suv   qatlami   qalinligi   uning   ostonasi   kengligining   1/3
qismigacha   bo‘lganda   suv   sarfi   aniq   hisobga   olinadi.   Suv   qatlamining   qalinligi
reyka yordamida aniqlanadi. Reyka bo‘yicha ma’lumotlar tarmoqdagi suv sarfi tez-
tez   o‘zgarib   turgan   sharoitda   har   soatda,   o‘zgarmas   bo‘lganda   kuniga   3–4   marta
olinadi.
Suv sarfi quyidagi ifodalar yordamida hisoblanadi:
-   trapetsiya   shaklidagi   VCH-50   va   VCH-75   CHipoletti   suv   o‘lchagichlari
uchun:
Q = 1,86 ∙  b  ∙ H  ∙ √H , m 3
/sek.;
- uchburchak shaklidagi VT-90 Tomson suv o‘lchagichi uchun:
Q = 1,41∙ H 2
 ∙ 	
√H ,  m 3
/sek.,
bu   yerda   b   –   suv   o‘lchagich   ostonasining   kengligi   (0,25;   0,50;   0,75;   1,00;
1,25), m;  H  – asbobdan o‘tayotgan suv qatlamining qalinligi, m. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU: SUG‘ORISH TIZIMLARIDA SUV O‘LCHASH Reja: 1.Kanallarning suv sarfini o‘lchash. 2.Suv o‘lchash inshootlari. 3.Muvaqqat sug‘orish tarmoqlarida suv o‘lchash. 4.Suv o‘lchagichlarning suv sarfini aniqlash.

1. Kanallarning suv sarfini o‘lchash Sug‘orish tizimlarida suv o‘lchashni tashkil etish va amalga oshirish gidrometriya xizmati tomonidan olib boriladi. Gidrometr (mirob)lar zimmasiga gidrotexnik inshoot va kanallarni kuzatish va ularda o‘lchash ishlarini olib borish, olingan ma’lumotlarni ishlash, ma’lumotnomalar, in ventarь-texnik vedomostlar, hisobot tuzish, suv o‘lchash inshootlarini tarirovka qilish kabi vazifalar yuklangan. Gidrometrik kuzatuv va o‘lchash natijalari qabul qilingan shakllarda (dala jurnali, jami suv hajmi va sutkalik suv sarflarini o‘lchash varaqalari, xo‘jaliklar, uchastkalar va sug‘orish tizimi bo‘yicha suv sarflari balansi vedomosti, sug‘orish tarmoqlari FIK vedomosti, suv manbaining sarfini ko‘p yillik kuzatish vedomosti va boshqalar) hujjatlashtiriladi. Suv manbalari va sug‘orish tizimlarida suv sarfini o‘lchash uchun quyidagi gidrometrik postlar tashkil etiladi: 1. Tayanch postlar suv manbaida (sug‘orish tizimiga suv olish bosh inshootidan yuqorida) uning suv rejimini va sug‘orish qobilyatini aniqlash maqsadida tashkil etiladi; 2. Bosh postlar magistral kanalning bosh qismida unga olinayotgan suv miqdorini hisobga olishda qo‘llaniladi; 3. Balans (muvozanat) postlari suvdan foydalanish ba lansini aniqlash maqsadida alohida sug‘orish uchastkasi, tuman, yirik kanal, sug‘orish tizimi chegaralarida tashkil etiladi; 4. Taqsimlagich postlari xo‘jaliklararo taqsimlash kanallarida suv sarfini hisobga olish uchun ishlatiladi; 5.Xo‘jalik postlari xo‘jalik taqsimlagichida suvdan foydalanuvchilarga suv ajratish miqdorlarini hisobga olish maqsadida qo‘llaniladi; 6. Oqova postlar kollektor-zovur va tashama tarmoqlari orqali chiqarib yuborilayotgan suv miqdorlarini hisobga olishda qo‘llaniladi; 7. Maxsus postlar ilmiy tadqiqot maqsadlarida ishlatiladi.

Xo‘jaliklarda suv o‘lchash va taqsimlash ishlariga gidrotexniklar rahbarlik qiladi. U, shuningdek, suvdan to‘g‘ri foydalanish, sug‘oriladigan dala va xo‘jalik kanallaridan oqova tashlashni nazorat qilib boradilar. Har bir postda bir nechta takroriylikda amalga oshirilgan o‘lchash ishlari natijalari suv o‘lchov jurnalida qayd etib boriladi. Suv sarfini aniqlash o‘lchash inshootlarining turiga ko‘ra Q=f(H) bog‘liqlik grafigi va jadval ko‘rinishida bajarilgan hisob-kitoblardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Olingan hisob- kitob natijalari umumiylashtirilib, kunlik, so‘ngra ular asosida o‘n kunlik o‘rtacha sarflar hisoblanadi. Xo‘jalikda o‘lchash ishlari suvni dalalarga kirish va chiqish qismlarida olib boriladi. Buning uchun dalaga suv kirish va chiqish joyini aniq belgilash, suv taqsimlash joylarini aniqlash va ro‘yxatga olish, suv o‘lchash inshoot (jihoz) lari pasportlarini yaratish va suv o‘lchov jurnalini yuritish talab etiladi. 2. Suv o‘lchash inshootlari Suv o‘lchash inshootlari va jihozlari suv sarfini rostlashga imkon byeradigan va byermaydigan turlarda bo‘ladi. Suv o‘lchagich-rostlagichlar suv o‘lchash bilan bir vaqtda uning sarfini rostlashni ta’minlaydi. Ular suv taqsimlash tugunlarida, xo‘jalik taqsimlash kanaliga suv olish joylarida, doimiy xo‘jalik kanallari va quvurlarida qo‘llaniladi. Bunday inshootlar suv o‘lchash qurilmalari, asboblar, mexanizmlar, ayrim hollarda tarirovka qilingan reykalar bilan ta’minlanadi. Suv sarfi rostlanmaydigan suv o‘lchash vositalari sirasiga turli xil suv o‘lchagichlar, novlar, nasadkalar kirib, ular suv sarfi va sug‘orish me’yorini o‘lchash gidrometrik inshootlarini tarirovka qilishda qo‘llaniladi. Quvurli suv o‘lchagich rostlagichlar sifatida M.V.Butirin konstruksiya-sidagi inshoot, VGD-58, DRS-60, DRS-66, K.S. Glubshevning diafragmali suv o‘lchagichlari (VPG va VDG), DS-64M kabilardan foydalaniladi. Amaliyotda suv o‘lchagich sifatida suv kirish qismi toraygan va chiqish qismi kengaygan ochiq suv o‘lchash novlari keng ishlatiladi. SHuningdek, yopiq suv o‘lchagich rostlagichlar ham qo‘llanilib kelinmoqda.

Suv o‘lchash ostonasi bilan jihozlangan suv o‘lchash posti kanalning betonlangan qismidan, amaliy profilli o‘lchagich (vodosliv), yuqori bьefda o‘rnatilgan sath o‘lchovchi reyka, ostonaning suv bilan bosilish (ko‘milish) darajasi (h n )ni o‘lchaydigan kuzatish reykasidan iborat. Ostona sarfi 60 m 3 /sek. gacha bo‘lgan ochiq kanallardagi suvni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. U o‘zani o‘zgaruvchan, quyi bьefda suv oqimi tartibi o‘zgaruvchan dimlanishli bo‘lgan hamda suv oqimi tushishi yerkin va qisman yerkin bo‘lmagan, chuqurligi uncha katta bo‘lmagan kanallarda ishlatiladi. Suv o‘lchash novi tik yon devorlari suv oqimi tomoniga qarab torayib boruvchi hamda tubi gorizontal bo‘lgan kalta novdan iborat. Nov kanalning yuqori va quyi bьeflari bilan oqim yo‘nalishiga ko‘ndalang devorchalar orqali tutashadi. O‘lchash reykasi suv oqimiga ko‘ndalang bo‘lgan devorga quyi bьef tomondan o‘rnatiladi. Uning nolь belgisi novning ostonasiga to‘g‘ri kelishi kyerak. O‘lchash reykasi oddiy santimetrlarga bo‘lingan yoki suv sarfi birligida graduirovkalangan bo‘lishi mumkin. Suv o‘lchash nasadkasi nishobligi kichik kanallarda, suv oqimining dimlanish balandligi 0,3 m. dan oshmaydigan va boshqa turdagi suv o‘lchagichlarni qo‘llash yaxshi natija byermaydigan hollarda ishlatiladi. Suv sarfi 40 l/sek. gacha bo‘lgan kichik kanallar uchun VN-10x20 turdagi suv o‘lchash nasadkasi tavsiya qilinadi. Suv sarfini bevosita aniqlash uchun eni 25–30 sm bo‘lgan yog‘och taxtadan yasalgan sarf o‘lchash ayrisi ishlatiladi. Ayrining tayoqchalari 25x30 mm o‘lchamli to‘g‘ri to‘rtburchakli kesimga ega. O‘zgarmas o‘zan boshqa vositalarni ishlatishning iloji bo‘lmagan ochiq kanal va ariqlarda suv sarfini davriy va muntazam o‘lchashda hamda suv oqimi rejimi o‘zgaruvchan dimlanishli bo‘lmaganda qo‘llaniladi. O‘zgarmas o‘zan kanal yoki ariqning ko‘ndalang kesimi mustahkamlangan (tubi va yon bag‘irlari biron qattiq matyerial bilan o‘zgarmaydigan qilingan) qismidan iborat 3. Muvaqqat sug‘orish tarmoqlarida suv o‘lchash

Muvaqqat tarmoqlar doimiy ravishda qurilmaganligi tufayli ularda ko‘chma suv o‘lchagichlardan foydalaniladi. Quyidagi suv o‘lchagichlar hozirgi kunda keng foydalanish uchun qulay hisoblanadi: trapetsiya shaklidagi VCH-50 CHipoletti suv o‘lchagichi muvaqqat sug‘orish tarmoqlarida 50–60 l/sek. gacha suv sarfini, VCH-75 CHipoletti suv o‘lchagichi uchastka taqsimlash kanallarida 100–230 l/sek. gacha suv sarfini o‘lchashga, 90 o li uchburchak qirqimga ega VT-90 Tomson suv o‘lchagichi o‘qariq va egatlardagi 1–45 l/sek. suv sarfini aniqlashga imkon byeradi (9 va 10- rasmlar). CHipoletti suv o‘lchagichining suv o‘tkazadigan qismi trapetsiya ko‘rinishiga va Tomson suv o‘lchagichiniki esa uchburchak shaklga ega. Ular 3–4 mm qalinlikdagi metall tunukadan tayyorlanadi. CHipoletti suv o‘lchagichining ostonasiga yopishgan burchaklari 104 o ga teng (yon devorlarining qiyaligi 1:4). Ostonasining eni 25, 50, 75, 100, 125 sm qilib olinadi. Tomson suv o‘lchagichida quyi burchak 90 o ga teng. Suv o‘lchagichlarni qo‘llashda quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim: burchaklarni ostonaning pastki qismiga qat’iy bog‘lanishi; suv o‘lchagichning chekkalari qoziqlar bilan jihozlanishi; ostonasining kengligi 50 va 75 sm. li o‘lchagichlarda hisob-kitoblarni ±(5–10) mm aniqlikda o‘tkazilishi; o‘lchagich- ning suv oqib o‘tadigan qismini tekis va yaxlit bo‘lishi, enini tanlashda ko‘pi bilan 2–3 mm. gacha xatolikka yo‘l qo‘yilishi; o‘lchov reykalarini zanglamaydigan matyeriallardan tayyorlanishi, chizg‘ichdagi son va chiziqchalarni aniq ko‘rinib turishi; reykaning nolь chizig‘ini suv o‘lchagichning tubi bilan bir chiziqda yotishi; zanglashga qarshi bo‘yalishi; VCH-50 va VCH-75 suv o‘lchagichlari bir joyda mustahkam va doimiy holda o‘rnatilishi va boshqalar.