logo

Ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi integratsiyasi.

Загружено в:

27.01.2024

Скачано:

0

Размер:

39.7724609375 KB
Mavzu: Ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi
integratsiyasi. 
Reja
1.Tarbiyaviy   ishlarni   amalga   oshirishda   “Oila,   mahalla   va   ta’lim
muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasining ahamiyati.
2. Ta’lim muassasasi  faoliyatida oila va oila hamkorligi masalalari.
3. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari. 
4. Shaxsni  tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi  hamkorligini
amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari. 1.Tarbiyaviy   ishlarni   amalga   oshirishda   "Oila,   mahalla,   maktab
hamkorligi" Konsepsiyasining o’rni va ahamiyati. 
Tarbiya  jarayoni   ishtirokchilari   sa’y-harakatlarini   birlashtirish  maqsadida
1993   yilda   ishlab   chiqilgan   "Oila,   mahalla,   o’quv   bilim   yurti   hamkorligi"
Kontsepsiyasi   yoshlarni   istiqlol   g’oyalariga   sadoqatli,   ma’naviy   barkamol,
vatanparvar   etib   tarbiyalashda   keng   jamoatchilik   faoliyatini   muvofiqlashtirish
borasida ma’lum dasturilamal bo’ldi. 
Respublikamizda   keyingi   yillarda   qabul   qilingan   ta’lim   va   tarbiya
to’g’risidagi   qator   me’yoriy   hujjatlar,   jumladan   O’zbekiston   Respublikasining
"Ta’lim   to’g’risida"gi   qonuni,   "Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi"   bozor
iqtisodiyoti   sharoitlarida   muvaffaqiyatli   ishlay   oladigan,   mustaqil   fikrlovchi
kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori
pog’onaga   ko’tarishni   taqzo   etadi.   Zero,   ta’lim-tarbiyani   takomillashtirishda
ham   davlat   bosh   islohotchidir,   birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov
ta’kidlaganlaridek,   birinchidan,   yosh   avlodga   o’zligimizni,   muqaddas
an’analarimizni   anglash   tuyg’ularini,   xalqimizning   ko’p   asrlar   davomida
shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va
vazifalarni singdirish; 
ikkinchidan,   jamiyatimizda   bugun   mavjud   bo’lgan   hurfikrlikdan   qat’iy
nazar   yoshlarni   jipslashtiradigan,   xalqimiz   va   davlatimiz   daxlsizligini
asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya
— milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; 
uchinchidan,   yoshlarni   baynalmilal   jahon   hamjamiyatida,   xalqaro
maydonda   O’zbekistonga   munosib   hurmat   tug’dirish   uchun   intilish   ruhida
tarbiyalash; 
to’rtinchidan,   yosh   avlodni   vatanparvarlik,   el-yurtga   sadoqat,   yuksak
odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; 
beshinchidan,   yosh   avlodni   ulug’   ajdodlarimizning   munosib   vorislari
ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida   tarbiyalash   O’zbekistonda   o’quvchi-yoshlarni   tarbiyalashning   eng
dolzarb masalasidir. 
Davlatimiz   rahbari   ko’rsatib   berganidek,   ta’lim-tarbiya   sohasidagi
islohotlar: 
birinchidan,   ijtimoiy-siyosiy   iqlimga   ijobiy   ta’sir   ko’rsatishga,   umuman
mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga;
ikkinchidan, insonning hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga; 
uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda;
to’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga; 
beshinchidan,   umumiy   va   maxsus   bilimlarga   ega,   ongli,   tafakkuri   ozod,
zamonaviy   dunyoqarash,   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarga   voris   bo’lgan,
kuchli   fuqarolik   jamiyatini   barpo   etadigan   komil   insonlarni   tarbiyalashga
qaratilgan.
Mazkur   Kontsepsiyada   taraqiyotimizning   ma’naviy-axloqiy   negizi   milliy
va   umuminsoniy   qadriyatlar   uyg’unligi   ekanligi   e’tirof   etildi,   milliy   va
umuminsoniy   tarbiyaning   quyidagi   o’zaro   aloqalari,   uyg’un   yo’nalishlari
belgilab   olindi.   Milliy   tarbiya   yo’nalishi   orqali   yoshlarda   o’zlikni   anglash,
vatanparvarlik,   milliy   g’urur,   millatlararo   muloqot   madaniyati,   milliy
mafkuraviy   onglilik,   milliy   odob,   fidoyilik   fazilatlari   shakllantiriladi.
Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik,
gigityenik   va   boshqa   tarbiya   yo’nalishlari   amalga   oshiriladi.   Bu   Kontseptsiya
milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi. 
Kontsepsiyada   oilaga   alohida   e’tibor   qaratildi.   O’zbekistonda   1998   yil
"Oila   yili"   deb   e’lon   qilinishi   oilaning   tarbiyaviy   rolini   yanada   kuchaytirdi.
Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo
miqyosidagi syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g’oyat katta
ahamiyatga   ega   ekanligiga   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
1998   yil   26   martda   qabul   qilingan   "Ijtimoiy-ma’naviy   muhitni   yanada
sog’lomlashtirish,   diniy   aqidaparastlikning   oldini   olish   chora-tadbirlari
to’g’risida"gi   130-sonli   qarori   misol   bo’la   oladi.   SHuningdek,   O’zbekiston Respublikasining   "Ta’lim   to’g’risida"gi   qonunining   30-moddasida   "Voyaga
yetmagan   shaxslarning   ota-onalari   yoki   qonuniy   vakillari   shaxsning   qonuniy
huquqlari   va   manfaatlarini   himoya   qilishlari   shart   hamda   ularning   tarbiyasi,
o’quv muassasasigacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari
uchun javobgardirlar", deb belgilab qo’yilgan. 
"Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi"   ning   3.2   bandida   esa   ta’lim
oluvchilarning   o’qishi,   turmushi   va   dam   olishi   uchun   shart-sharoitlar   yaratish
borasidagi   vazifalar   hal   etilishida   jamoatchilik   boshqaruvini   rivojlantirishga
alohida   e’tibor   berilgan.   Bu   "Oila,   o’quv   bilim   yurti,   mahalla   hamkorligi"
bugungi kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini
bildiradi. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy,
madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga
asoslangan   samarali,   zamonaviy   pedagogik   texnologiyaning   ishlab   chiqilib,
amaliyotga   joriy   etilishi,   shaxsni   tarbiyalash   va   uni   har   tomonlama   kamol
toptirishning   ustuvorligini   ta’minlash;   umumiy   hamda   milliy   pedagogik
madaniyatni   oshirish;   mamlakatimiz   fuqarolari   orasida   milliy   mafkuraviy
tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi"
Kontseptsiyasining asosiy maqsadidir.
O’zbekistonda   ruy   berayotgan   o’zgarishlar   "Oila,   mahalla,   o’quv   bilim
yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv
bilim   yurtining   asosiy   vazifalarini   mazmunan   yangilab   hayotga   tatbiq   etishni
taqozo qiladi. 
2. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati. 
Maktabning   oila   va   keng   jamoatchilik   bilan   aloqasi   sinf   rahbari   orqali   amalga
oshiriladi.   Sinf   rahbari   ota-onalar   bilan   olib   boradigan   ishlariga   quyidagi
vazifalarni hal qiladi: 
1.   Ota-onalar   bilan   yaqindan   aloqa   o’rnatadi   va   aloqani   doimo   mustahkamlab
boradi;
2.   O’quvchiga   nisbatan   maktabning   va   oilaning   yagona   talablar   qo’yishga
erishadi;  3.   Sinf   ota-onalar   jamoasini   tashkil   etib,   ularning   sinfdagi   tarbiyaviy   ishlariga
faol qatnashishlarini ta’minlaydi;
4.   Ota-onalar   o’rtasida   pedagogik   bilimlarni   tarqatadi   va   ularning   pedagogik
madaniyatini yuqori darajaga ko’taradi; 
5.   Sinfga   otaliq   qilayotgan   tashkilotlar,   oila   va   maktabga   yordam   beruvchi
tashkilotlar   bilan   aloqa   o’rnatadi   va   ularni   sinfdagi   tarbiyaviy   ishlarga   jalb
qiladi.
Sinf   rahbarining   o’quvchini   yaxshi   tarbiyalashdagi   oila   va   jamoatchilik
bilan hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida
bir-birlariga qanchalik ko’p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog’liq.
Ana   shu   maqsadda   sinf   rahbari   oilaga   bir   qator   tizimli   axborotlar   berib   turishi
kerak: 
- O’quvchining o’quv mehnatiga tavsifnoma, o’qishdagi muvaffaqiyati va
muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari. 
-   O’quvchinnig   ijtimoiy   faolligi   haqida   axborotlar,   o’quvchining   jamoa
hayotidagi   ishtiroki   nimalardan   iborat   ekanligi,   jamoat   topshiriqlari   va
vazifalarning bor-yo’qligi, sababi, ularga o’zining munosabati. 
- O’quvchining o’z o’rtoqlari, o’qituvchilari  bilan  munosabatida  vujudga
kelgan holatlarning xarakteri, maktabdagi munosabatlarnnig doirasi. 
-   O’quvchining   ayrim   hatti-harakatlarini   tahlil   qilib,   ularga   pedagogik
izohlar berish. Oilaga o’quvchi tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar. 
Oila   ham   o’z   navbatida   farzandi   haqida   o’z   mulohazalari,   kuzatishlari
yuzasidan   sinf   rahbariga   quyidagi   mazmunda   ma’lum   axborotlar   berib   borishi
mumkin:
-   Farzandi   uyga   berilgan   vazifalarni   qanday   bajaradi,   unga   sarflaydigan
vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi. 
- Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi. 
-   O’quvchining   maktab   haqidagi   hikoyalari,   taassurotlari,   gaplari,   sinf
hayotidagi turli voqealarga baholari.  -   Ota-onaning   ayrim   o’qituvchilardan,   sinf   rahbaridan,   maktab
rahbarlaridan iltimoslari va takliflari.
Sinf   rahbari   bilan   oila   o’rtasidagi   bu   xildagi   o’zaro   xabarlashuvlar
o’quvchini   to’la   o’rganishga,   ta’lim   va   tarbiyada   shu   o’quvchi   uchun   eng
maqbul   tarbiya   va   ta’sir   vositasini   topishga   yordam   beradi.   Sinf   rahbari   o’z
kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi
to’plangan   ma’lumotlarni   vaqti-vaqtida   o’rganish   bilan   shularga   asoslanib
tegishli   xulosalar   chiqarsa,   bola   xulqini   va   fazilatlarini   yaxshilash   yo’llari,
keyingi   rejalarni   belgilasa,   erishilgan   darajani   hisobga   olib   yangi   pedagogik
talablar   qo’yib   bo’lsa,   tarbiya   albatta   samarali   natija   beradi.   Sinf   rahbarining
ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy, sinf-sinfli va ommaviy
kabi   shakllar   keng   tarqalgan.   Ayniqsa,   uning   ota-onalar   bilan   olib   boradigan
ommaviy   ishlari   bu   sohadagi   faoliyatinnig   asosiy   yo’nalishidir.   CHunki   bu
barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni maktab talablari bilan tanishtirish,
jamiyatning tarbiyadan kuzatadigan maqsadlari, ota-onaning vazifalari, tarbiyani
amalga oshirish yo’llari, uslub va shakllari haqida bilim berish, sinf hayotidagi
o’zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun pedagogik ma’ruzalar tashkil
etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savol-javob kechalari, ota-onalar
majlislari o’tkazish ommaviy ishning turlaridir.Sinf  rahbarining tajribasida ota-
onalar majlislari keng tarqalgan va qaror topgan ish shaklidir. Bu majlislar sinf
ota-onalar   jamoasining   yuqori   organi   sifatida   o’z   qarorlari   bilan   sinfdagi,
oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning vazifasini
va   yo’nalishini   belgilab   beradi.   Sinf   ota-onalar   majlislarining   bir   necha   xili
mavjud: sinfdagi tashkiliy ishlar bilan bog’liq majlislar, ota-onalarga pedagogik
ma’lumot   berishga   bag’ishlangan   majlislar,   munozara   shaklidagi   majlislar,
yarim yillik yoki yil yakuniga bag’ishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri
o’z maqsadiga tayyorlash va o’tkazish tartibiga ega.
Tashkiliy   masalalar   bilan   bog’liq   sinf   ota-onalari   majlisida   odatda   ota-
onalar   sinfi   saylanadi,   ish   rejalari   tasdiqlanadi,   ota-onalar   o’rtasidagi   vazifalar
taqsimlanadi.   Ko’pgina   maktabdagi   sinf   rahbarining   ota-onalar   bilan   olib borayotgan ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar
ham vujudga kelmoqda. Maslahatlar ko’proq shaxsiy ish shakli bo’lib, unga sinf
rahbari  ota  yoki  onaga   farzandini  tarbiyalashdagi  qiyinchiliklarni   bartaraf   etish
va   boshqa   masalalar   yuzasidan   aniq   maslahatlar   beradi.   Sinf   rahbari   o’zining
shaxsiy suhbatini, oilani o’rganish va kuzatish asosida to’plagan ma’lumotlarni
ota-onalar bilan o’tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga
yozib   borishi   g’oyatda   muhim.   Agar   bu   xil   jurnalni   sinf   rahbarlari   har   yili
muntazam   holda   yuritib   borsa,   u   tarbiyaviy   ta’siri   yaxshilashning   muhim
vositasiga aylanadi.
3. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari. 
Sinf rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl
va   metodlaridan   foydalanishi   lozim.   Ota-onalar   bilan   ishlashga   shaxsiy   ishlar
jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Biz quyida ota-
onalar bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz : 
1.   O’quvchilarning   uylariga   borish   –   bu   oila   bilan   aloqa   qilishning   eng
samarali   shakllaridan  biridir.   Bunda   sinf   rahbari   o’quvchining  ota-onasi,   uning
yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.
2.   Ota-onalarni   maktabga   chaqirish.   Bundan   maqsad,   faqatgina
o’quvchilarning   xulqi,   savodliligi   va   boshqa   xususiyatlari   bilan   ota-onani
tanishtirish   emas,   balki   shu   bilan   birgalikda   ota-onalarga   pedagogik   va   ruhiy
maslahatlar   berib,   ularga   o’quvchini   oilada   tarbiyalashlariga   yordam   ham
qilishdir. 
3.   Ota-onalar   bilan   ishlash.   Bu   esa   o’quvchiga   chaqiriqlar   yoki   maxsus
da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.
4.   Ota-onalar   sinf   majlisini   o’tkazish.   Bu   shakldagi   aloqa   maxsus   ish
rejasi orqali amalga oshiriladi. 
5.   Ota-onalarni   maxsus   pedagogik   va   psixologik   bilimlar   bilan
qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o’tkaziladi.
6.   Savol-javoblar   kechasi.   Ishning   bu   shakli   sinf   o’quvchilarning
xususiyati, xarakterini yaxshiroq o’zlashtirish imkonini beradi.  7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg’or tajribalar bilan fikr almashish,
o’rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo’lishi mumkin:
a) yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin? 
b) o’quvchining kundalik rejimi haqida.
v)   “Ota-onalarning   obro’si”   haqida,   “Oilada   yoshlarga   axloqiy   tarbiya
berish” va hokazolar to’g’risida anjumanlar o’tkazish. 
8.   Maktab   qoshida   ota-onalar   universitetlarini   tashkil   etish   va   bu
universitetlardan tizimli ish olib borish:
a) ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish. 
b) “Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og’zaki jurnal.
v)   faol   ota-onalarning   tarbiyaviy   ish   tajribalari   bilan   boshqa   sinf
rahbarlarini tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim. 
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p
qirrali   bo’lib,   bu   ishlar   faqat   sinf   va   maktab   miqyosi   bilan   cheklanmaydi,
aksincha   turar   joylardagi   va   o’quvchining   ota-onasi   ishlab   turgan   korxonadagi
jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi.Bizning yosh avlod
xalqimizniig   inqilobiy,   mehnat,   jangovar   an’analarini   o’zlashtirib,   o’ziga   katta
avlodning   eng   yaxshi   fazilatlarini   —   g’oyaviy   e’tiqod   va   matonatni,   Vatanga
muhabbatni,   uning   iqtisodiy,   siyosiy   va   jangovar   qudratini   mustahkamlashda
ishtirok etishga intilishni singdiribgina o’z bobolari va otalari ishini davom ettira
va ko’paytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniqsa muhim o’rin tutishlari kerak.
Buni barcha sinf rahbarlari nazarda tutishlari muhimdir, Bunda shaxsning
huquqiy   yetukligi   shaxs   ijtimoiylashuvining   mahsuli   ekanligini   har   bir   oilaga
tushuntirish   g’oyat   muhimdir.   Oila   shaxs   uchun   uning   ijtimoiylashuv   jarayoni
ro’y   beradigan,   uning   axloqi,   dunyoqarashi   asoslari   va   hokazolar   tarkib
topadigan dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamoadir.Oila
boshqa   tarbiyaviy   muassasalardan   farqli   pavishda   odamning   butun   hayoti
davomida   uning   barcha   tomonlariga,   qirralariga   ta’sir   ko’rsatishga   qodirdir   va
odatda   ta’sir   ko’rsatadi.   Oila   tarbiya   vazifasining   bu   ulkan   miqyosi   uning
mafkuraviy   va   psixologik   ta’sir   ko’rsatiishning   chuqur   o’ziga   xosligi   bilan uyg’unlashib   ketadi.   Bu   esa   uni   oliy   darajada   ta’sirchan   qilibgina   qolmay,   shu
bilan   birga   shaxsni   shakllanti¬rish   jarayonining   zarur   bo’g’iniga   ham
aylantiradi. 
Oilaning   yuksak   tarbiyaviy   imkoniyati   shaxslar   va   ota-onalarning   o’ziga
xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi,
obro’liligi   va   hokazolar   bilan   ta’minlanadi.   O’z   farzandining   barcha   zaif   va
kuchli  tomonlarini  yurgakdagi  chog’idan biladigan, uning qalbidagi  eng kichik
harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni bi¬ladigan onadan
va   otadan   yaxshiroq   kim   ham   ularni   ezgulikka,   mehnatsevarlikka,   do’stlikka,
muhabbatga   o’rgata   oladi!Ma’lumki,   xilma-   xil   faoliyat   sharoitida   shaxsning
qobiliyatlari   eng   samarali   rivojlanadi,   uning   ijodiy   imkoniyatlari   ochiladi,
shaxsni   oiladan   boshqa   qaerda   ham   faoliyatning   xilma-   xil   turlariga   jalb   etish
mumkin.   Oilaviy   tarbiyaning   qimmatliligi   va   ahamiyati   yana   shundaki,   kichik
shaxslik   paytida   oilada   egallangan   narsalar   bir   umr   saklanib   qoladi.   Xuddi
shuning uchun ota-onalarning shaxslarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati
qonuniy   tarzda   belgilab   qo’yilgan.   Sinf   rahbarlari   ota-onalar   bilan   birgalikda
tar¬biyaviy   ishni   tashkil   etar   ekanlar,   eng   yangi   psixologik-pedagogik
tadqiqotlar   ma’lumotlarini   e’tiborga   olishlari   ham   muhimdir,   ularga   ;muvofiq
o’sib   kelayotgan   kishi   shaxsini   shakllantirishga   oilaning   qo’shadigan   hissasi
turli  yosh  bosqichlarida turlicha  bo’ladi  va to’lqinsimon o’zgaradi. Dastlabki  3
yil   ichida   u   ayniqsa   kuchli   bo’ladi,   shundan   keyin   oilaviy   ta’sirning   muayyan
darajada   barqarorlashuvi   davri   boshlanadi.   Uning   navbatdagi   odatda
maktabgacha   yosh   tugaydigan   paytga   to’g’ri   keladi,   shundan   keyin   taxminan
o’smirlik   davrigacha   u   zaiflashgandek   bo’ladi.   Yana   ota-onalariing   ta’siri   ota-
ona oilasidan ajralib, o’z oilasini tuzguncha ancha kuchayadi.
Psixologik-pedagogik   tadqiqotlarning   ma’lumotlari   ba’zan   shaxsning
imkoniyatlari   to’grisidagi   barqaror  tasavvurlarni   o’zgartirib yuboradi. Masalan,
ych yillik shaxslar olimlar bir necha yil muqaddam taxmin qilganlariga nisbatan
ancha   chuqur   idrok   etish   qobiliyatiga   ega,   uch   yoshli   shaxs   hozir   faqat   olti
yoshli   shaxslar   qilgan   va   qilmagan   narsalarni   bilishi   va   qilishi   mumkinligi kichkintoyni   yurishdan   oldin  suzishga,   ona  tili   bilan  deyarli  baravar  chet  tilida
gapirishga   o’rganish   mumkinligi   va   hokazolar   ma’lum   bo’ldi.   Vaholanki,
tajribaning   ko’rsatishicha,   ota-onalar   ko’pincha   o’zlarini   tarbiyaviy   ishga   to’la
tayyor   deb   biladilar   va   maxsus   pedagogik   bilimlarni   egallashni   zarur   deb
hisoblamaydilar.  Ota-onalarning  bu   xusuiyatini   taniqli   pedagog   va   psixolog  K.
D. Ushinskiy o’z davrida ta’kidlagan edi. «Tarbiya san’ati, — deb degan edi u,
— shunday xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va tushunarli, ba’zilarga
esa   juda   oson   ish   bo’lib   tuyuladi   —   odam   bu   ish   bilan   nazariy   va   amaliy
jihatdan   qanchalik   kam   tanish   bo’lsa,   unga   bu   shunchalik   tushunarli   va   oson
bo’lib   ko’rinadi.   Deyarli   hamma   tarbiya   sabr-toqatni   talab   etishini   e’tirof
qilishadi,   ayrimlar   buning   uchun   tug’ma   qobiliyat   va   malaka,   ya’ni   ko’nikma
kerak,   deb   o’ylaydilar;   lekin   juda   kam   odam   sabr-toqat,   tug’ma   qobiliyat   va
malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilish.
Bunday   bilimlarning   yo’qligi   oilaviy   tarbiyada   ko’plab   xatolarga   olib
keladi,   guruh   rahbari   ota-onalar   bilan   ishlashda   buni   hisobga   olmay   iloji   yo’q.
Bu jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quydagi qiyinchiliklari va
xatolarini ajratib ko’rsatish mumkin: 
1.   Ota-onalarning   shaxslar   bilan   muomalasining   yetishmasligi.   Ular
o’zlari,   ishlari   haqida   kam   so’zlab   beradilar,   o’quv   bilim   yurti   o’quvchilar
jamoasining  hayoti, o’z  shaxssining   qiziqishlari,  uning jamoat  ishlari,  bu ishga
munosabati   va   hokazolar   bilan   kam   qiziqadilar.   Muomalaning   yetishmasligi
shaxslarning   ota-onadan   uzoqlashishiga   olib   keladi,   kattalarni   shaxsga   yanada
faolroq ta’sir ko’rsatish imkoniyatidan mahrum etadi.
2.   Shaxslarni   mehnat   jarayonlariga   jalb   etish   orqali   ularning   mehnat
tarbiyasini   tashkil   qila   bilmaslik   ona   ishga   ko’milib   ketgan   paytda   shaxslar
oilaviy   ishlardan,   turar   joylardagi   ishlardan   va   hokazolardan   ozod   etiladilar.
Buning natijasida mehnatga mensimay munosabatda bo’ladilar. 
3.   Ota-onalar   turmushida   salbiy   misollarning   mavjudligi   o’quv
muassasasining pedagogik kuch-g’ayratini yo’qqa chiqaradi. 4.   Ota-onalar   tarbiyaviy   ta’sirining   izchil   emasligi   —   onda-sonda
o’qishini   tekshirish,   biror   nojo’ya   ish   uchun   jazolash   va   hokazolar   axloqiy
immunitet hosil bo’lishiga yordam bermaydi. 
5.   Oilaviy   tarbiyaning   asosi   sifatida   taqiqlashlar   sistemasi   —   ijobiy
namuna   asosida   tarbiyalay   bilmaslik,   shaxs   hayotini   u   har   doim   turli   hatti-
harakatni   mashk   kiladigan   tarzda   tashkil   eta   olmaslik   natijasidir.   Bu   sistema
shaxsning   kattalar   xohishiga   salbiy   munosabatini   tug’diradi,   mustaqillikning
rivojlanishini susaytiradi.
6. Harakatlarning o’quv bilim yurti bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u
bilan   kelishmovchilik.   Tarbiyalanuvchida   pedagogga,   o’quv   bilim   yurtiga
ishonchsizlik   paydo   bo’ladi   va   o’sib   boradi,   bu   esa   uning   kamchiliklarini
tuzatishni qiyilanshtiradi, pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi. 
7.   Ayrim   ota-onalarning   shaxslar   ulg’ayib   borishi   bilan   tarbiyaviy
faollikni   susaytirib   yuborishlari,   bu   esa   shaxslarning   ota-onalardan
uzoqlashuviga,   o’quv   bilim   yurtiga   qiziqishi   pasayishiga   va   hokazolarga   olib
keladi.
8.   Qarorlar   qabul   qilishda   kechikish.   SHaxs   katta   bo’lgandan   keyin   aqli
kirib,   tuzaladi   deb   o’ylash   odatda   o’zini   oqlamaydi,   ko’pincha   qayta
tarbiyalashni talab etadigan pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi. 
Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar qatoriga ota-onalar¬ning tarbiya usullarini
bilishlarini,   shaxslar   ulg’ayishi   bilan   ularni   o’zgartirishni   bilmaslik   yoki
istamaslik   ota   bilan   onaning   talablari   birligining,   pedagogik   odob,   chidamning
yo’qligi,   ota-onalarning   turmushning   ma’naviy   tomoniga   zid   tarzda   moddiy
tomoniga   qiziqib   ketishi   va   boshqalarni   qo’shish   mumkin.Ota-onalar   bilan   ish
shakllari   va   usullarini   tanlashni   odatda   sinf   rahbari   o’z   shaxsiy   xususiyatlari
tajribasini, o’quvchilarning oilalarida vujudga kelgan o’ziga xos xususiyatlarni,
ota-onalarning   bilim   va   tajribasini,   tarbiyalanuvchilarni   tarbiyalashda   yuqorida
ko’rsatib   o’tilgan   xatolar   va   qiyinchiliklarni,   fe’l-atvor   xususiyatlarini,   o’quv
muassasasi   pedagoglar   jamoasidagi   muhitni,   ota-onalar   bilan   ish   olib   borishda
tarkib   topgan   an’analarni   va   hokazolarni   hisobga   olib   belgilaydi,   tajribaning ko’rsatishicha, sinf rahbarining ota-ona¬lar bilan hamkorligining ommaviy, sinf.
tarzidagi   va   yakka   tartibdagi   ish   shakllarini   oqilona   birga   qo’shib   olib   borish,
bunda uning mazmunida izchillikka rioya etish orqali erishiladi. 
Ko’rsatilgan   shakllar   ta’rifi   va   ularni   qo’llashning   eng   yuqori   natija
berishini ta’minlaydigan shart-sharoitlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
O’quvchilarni   tarbiyalashda   oilaning   bir   qancha   vazifalari   mavjud   bo’lib
ular quydagilardir: 
—oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga
olish,   farzandlar   uchun   ota-ona   har   tomonlama   o’rnak   bo’lishi,   farzandlarning
ota-onasiga,   Vatanga   muhabbat   tuyg’usini   shakllantirish,   o’zaro   g’amxo’p
bo’lishni ta’minlash;
—oilada   huquqiy   tarbiyani   yaxshilash,   oila   a’zolarining   o’z   huquq   va
burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash; 
—farzandlariga   chuqur   dunyoviy   bilim   asoslarini   berish,   ma’rifatli   va
ma’naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta’minlash;
—bozor   munosabatlariga   mos   bo’lgan   kasb-hunar   o’rgatish,   iqtisodiy
tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish; 
•shaxslarning  ma’naviy barkamol  va jismonan  sog’lom  bo’lishlari  uchun
iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish; 
•shaxslarni   mustaqil   fikrlashga   o’rgatish,   istiqlol   g’oyalari   va   milliy
mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; 
•shaxslarning   bo’sh   vaqtlarini   pedagogik   nuqtai   nazardan   kelib   chiqib
unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish; 
•farzandlarida   mavjud   bo’lgan   iste’dod   kurtaklarini   rivojlantirish   uchun
zarur sharoitlarni yaratish; 
•o’z farzandlarining o’quv muassasasi, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi
burchlarini to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish; 
•ota-onalar  o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini  doimo
oshirib borishi;  •shaxslarda   tejamkorlik   va   ishbilarmonlikning   ma’naviy   axloqiy
tomonlarini shakllantirish; 
•oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un
holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas’ullikni ta’minlash; 
•sanitariya-gigiyenik,   ekologik   ko’nikmalarni   singdirish,   diniy
aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish; 
•oila, o’quv bilim yurti va mahalla oldida o’z farzandlarining barcha hatti-
harakatlari uchun javobgardir; 
•sog’ligida   va   aqlida   nuqsonlari   bo’lgan   farzandlariga   hayot   talablariga
mos ravishda bilim va kasb-kor o’rgatishdan iborat. 
Ota-onaning   farzand   oldidagi   burchi,   o’zbekona   ta’bir   bilan   aytganda,
farzandga   yaxshi   nom   qo’yish,   yaxshi   muallim   qo’liga   topshirib   savodini
chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan iboratdir.
4. Shaxsni  tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi  hamkorligini
amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari. 
Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda
ularning   yosh   jihatlariga,   xarakteriga   alohida   ahamiyat   berish   lozim,   chunki
bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv
bilim yurti hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda
samaradorlik yanada yuqori bo’ladi: 
•ta’lim   va   tarbiya   sohasida   hamkorlik   jarayoni   ishtirokchilari
harakatlarining ish birligi; 
•tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi; 
•hamkorlik   jarayoni   sub’ektlarining   teng   huquqliligi   va   yuksak
mas’uliyati; 
•faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi; 
•hamkorlikning ilmiy asoslanganligi; 
Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va
uning   tarbiyasi   haqida   falsafiy,   tibbiy   tushunchalarni   berish   va   bu   masalalarga tibbiyot xodimlari, obro’li xotin - qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, "Yosh onalar
va otalar o’quv muassasasilari" faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb
etadi. 
Ikkinchi   bosqich.   Farzandning   o’quv   muassasasigacha   bo’lgan   davridagi
jismoniy,   aqliy   va   ma’naviy   rivojlanishini   ta’minlash   borasida   ularga   rasm
chizish, voqealarni  bayon qilish, o’ziga o’zi  xizmat  qilish, harf tanish, qo’shiq,
aytish   va   raqs   tushish,   turli   o’yinlarda   ongli   qatnashish   tushunchalarini
singdirish   va   mustaqil   ravishda   bilim   olish   ko’nikmalarini   shakllantirish
yuzasidan   o’quv   muassasasiga   tayyorlash   sinflari,   "Yakshanbalik   o’quv
maskanlar" ishini tashkil qilish.
Uchinchi   bosqich.   Kichik   yoshdagilar   uchun   mo’ljallangan   (6-11   yosh)
o’quv muassasalarida shaxslarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini
ta’minlash,   uning   ilk   iqtidori,   qiziqishi   va   aqliy   imkoniyatlarini   aniqlash,   o’z
hatti - harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil
qilishni   o’rgatish,   atrof-muhitga   ongli   munosabatda   bo’lib,   do’stlik,
baynalmilallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish. 
To’rtinchi   bosqich.   O’smirlarning   (11-16   yosh)   qiziqishini,   bilimga
chanqoqlik   va   aql   zakovatini   hisobga   olgan   holda   ijtimoiy   faoliyatga   tortish,
jismonan   baquvvat   bo’lishini   ta’minlash,   maishiy   mehnat   faoliyati   orqali   turli
kasblarga yo’naltirish, o’smirlar sinflari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa
olishiga ko’maklashish, o’z hatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari
oldida   javobgarlik   tuyg’usini   shakllantirish,   ijtimoiy   faolligi   va   mustaqil
dunyoqarashini yuzaga keltirish.
Beshinchi   bosqich.   Yoshlarni   (16   yosh   va   undan   yuqori)   dunyo
andozalariga   mos   bilim   olishlari,   kasb   tanlashlari,   mustaqil   hayotga
tayyorgarliklarini   ta’minlash.   Ularning   imkoniyatlari   darajasida   ta’lim
olishlariga,   tanlagan   kasblari   bo’yicha   ish   bilan   ta’minlanishlariga,   iqtisodiy
mustaqil   bo’lishlariga   shart-sharoit   yaratish.   Vatan,   Davlat   va   jamiyat   oldidagi
fuqarolik   burchlarini   ado   etishga   javobgarlik   hissini   to’la   shakllantirish,
mustaqil   oila   qurishga   tayyorlash.   Ta’lim   va   tarbiya   sohasiga   e’tiborni kuchaytirish,   bu   borada   hukumatimiz   tomonidan   qabul   qilingan   qonun   va
hujjatlarni, direktiv ko’rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, o’quv
muassasasi hamkorligi faoliyati o’ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga
ega   bo’lishi   zarur.O’tkazilgan   tadbirlar   har   tomonlama   puxta,   shuning   bilan
qatnashchilarning   yoshlariga   mos   pedagogik   va   psixologik   mujassamlashgan,
mantiiqan teran, qiziqarli va ko’rgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan
qisqa va lo’nda, estetik jihatdan keng ko’lamli bo’lishi kerak. 
Hamkorlikda  olib borilayotgan  ishlar  mahalla  hududidagi  barcha  yoshlar
va toifadagi fuqarolarni qamrab olishi  hamda ularning qiziqish va intilishlariga
mos bo’lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari "Sog’lom avlod uchun",
"Ota-onangga   rahmat",   "Odobinga   balli",   "Sog’   tanda   sog’lom   aql",   "Mehr
chashmasi",   "Qizlar   ibosi",   "Bir   yigitga   qirq,   hunar   oz",   O’g’lim   posbonim",
«Hayot—ustoz, xalq—muallim", "O’zbekiston Vatanim manim!", "Milliy burch
va   mas’uliyat",   "Oila   saboqlari",   "Oila   etikasi",   "Oila   tinch   —   mahalla   tinch",
"Mustaqil   hayot   bo’sag’asida",   "Askarlik   —   yigitlik   o’quv   muassasasii",   "Oila
baxti   —   Vatan   baxti",   "Sportchi   oila",   "Oilamiz   ohanglari",   "Vatan   ostonadan
boshlanadi",   "Biz   kimmiz"   kabi   tadbirlardan   iborat   bo’lishi   mumkin.Bahslar,
bellashuvlar,   uchrashuvlar   va   turli   sanalarga   bag’ishlangan   anjuman   va
tantanalardan   iborat   bo’lishi   mumkin.   Joriy   qilingan   jamoatchilik   kengashi   o’z
faoliyati   to’g’risida   mahalla   ahliga   har   chorakda   bir   marotaba   hisobot   beradi.
Zarurat   tug’ilganda   o’quv-tarbiya   muassasalari,   mahalla   faollari,   mahalla
hududida joylashgan tashkilot, korxona va idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan
olib   borilayotgan   ishlari   to’g’risida   hisobotlarini   tinglab,   ularga   amaliy   va
nazariy   yordam   berishi   ish   samarasiga   va   uning   izchilligiga   ijobiy   ta’sir
ko’rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1. B.X.Xodjayev.  Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotir. Darslik T:. Sano-
standart. 2017-yil
2. Abdullaeva Sh. Umumiy pedagogika.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2021-yil
3.   Ismatova   Nargiza     va   boshalar.   Tarbiya   1,   2,   3,   4.   Darslik.     G‘afur   G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.: Toshkent – 2020
4. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
5. Dexkanova M.U. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.O‘quv qo‘llanma. - T.; 2019
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6.   Мирзиёев   Ш . М .   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз   билан
бирга   қурамиз . –  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 488  б .
7.   Мирзиёев   Ш . М .   Миллий   тараққиёт   йўлимизни   қатъият   билан   давом
эттириб ,  янги   босқичга   кўтарамиз . 1- жилд . –  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2017. – 592  б .
8.  Мирзиёев   Ш . М .  Халқимизнинг   розилиги   бизнинг   фrлиятимизга   берилган
энг   олий   б одир . 2- жилд .  Т .: “ Ўзбекистон ”, 2018. – 507  б .
9.   Мирзиёев   Ш . М .   Нияти   улуғ   халқнинг   иши   ҳам   улуғ ,   ҳаёти   ёруғ   ва
келажаги   фаровон   бўлади .  3-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2019. – 400 б.
10. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. 
4-жилд.– Т.: “Ўзбекистон”, 2020. – 400 б.
11.   Ўзбекистон   Республикасининг   2020   йил   23   сентябрда   қабул   қилинган
“Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сонли Қонуни.
12.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28 январь 2022 йилдаги “2022
— 2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси
тўғрисида”ги 60-сонли Фармони.

Mavzu: Ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi integratsiyasi. Reja 1.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasining ahamiyati. 2. Ta’lim muassasasi faoliyatida oila va oila hamkorligi masalalari. 3. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari. 4. Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari.

1.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Konsepsiyasining o’rni va ahamiyati. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontsepsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma’lum dasturilamal bo’ldi. Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi. Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya — milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O’zbekistonga munosib hurmat tug’dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash; to’rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodni ulug’ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash

ruhida tarbiyalash O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari ko’rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga; ikkinchidan, insonning hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda; to’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga; beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan. Mazkur Kontsepsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o’zaro aloqalari, uyg’un yo’nalishlari belgilab olindi. Milliy tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga oshiriladi. Bu Kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi. Kontsepsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekistonda 1998 yil "Oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g’oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 130-sonli qarori misol bo’la oladi. SHuningdek, O’zbekiston

Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, o’quv muassasasigacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab qo’yilgan. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning 3.2 bandida esa ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Bu "Oila, o’quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining asosiy maqsadidir. O’zbekistonda ruy berayotgan o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. 2. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati. Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi sinf rahbari orqali amalga oshiriladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi vazifalarni hal qiladi: 1. Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o’rnatadi va aloqani doimo mustahkamlab boradi; 2. O’quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablar qo’yishga erishadi;

3. Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga faol qatnashishlarini ta’minlaydi; 4. Ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik madaniyatini yuqori darajaga ko’taradi; 5. Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi. Sinf rahbarining o’quvchini yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida bir-birlariga qanchalik ko’p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog’liq. Ana shu maqsadda sinf rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi kerak: - O’quvchining o’quv mehnatiga tavsifnoma, o’qishdagi muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari. - O’quvchinnig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, o’quvchining jamoa hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning bor-yo’qligi, sababi, ularga o’zining munosabati. - O’quvchining o’z o’rtoqlari, o’qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan holatlarning xarakteri, maktabdagi munosabatlarnnig doirasi. - O’quvchining ayrim hatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar berish. Oilaga o’quvchi tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar. Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari, kuzatishlari yuzasidan sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin: - Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi. - Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi. - O’quvchining maktab haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, sinf hayotidagi turli voqealarga baholari.