logo

Ta’lim tizimida informatika fanlarining maqsadi, mazmuni, uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan innovasiyalar.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

114.0302734375 KB
Ta’lim   tizimida   informatika   fanlarining   maqsadi,   mazmuni,   uzviyligi   va
uzluksizligini   ta’minlashga   qaratilgan   innovasiyalar.   Informatika   fanlarini
o’qitish   jarayonida   o’quvchilar   o’quv-biluv   faoliyatini   faollashtirishga
qaratilgan pedagogik texnologiyalar 
                                                    Reja: 
1. O`quvchilar   o’quv   -   biluv   faoliyatini   faollashtirishda   o’qitishning
qiziqtiruvchi metodlari. 
2. 2. O`qitishning interfaol metodlari. 
  1.   O`quvchilar   o’quv   -   biluv   faoliyatini   faollashtirishda   o’qitishning
qiziqtiruvchi metodlari.   Bugungi kun talabi ta`limni sifat o’zgarishlariga olib
keluvchi   yangicha   yondashuvlarni   izlashga   undamoqda   va   uni   o’rganishdagi
yondashuvlar   (metodlar)   ham   o’zgarmoqda.   Ta`limda   yangi   bilimlarni   amalda
qo’llash   natijasi   innovatsiyalarga   asoslangan   yangi   ta`lim   yaratilishiga   olib
kelmoqda. Respublikamizda ta`lim tizimini har tamonlama rivojlantirish kadrlar
tayyorlash   tizimini   tubdan   yangilash   va   isloh   qilish   davlat   ahamiyatidagi   eng
ustivor   vazifalar   qatoriga   kiradi.   O`quvchi   o’zlashtirgan   bilimini   amaliyotda
qo’llay   bilishi   uchun   uni   o’z   vaqtida   mustahkamlashi,   boshqa   tushunchalarni
o’rganishda   qo’llash   bilishi   va   olingan   bilimlarni   tizimlashtirish   ta`lim
samaradorligini   ta`minlashga   olib   keladi.   O`quvchining   bilish   faoliyati
deganda:
 - o’rganilayotgan mavzuga doir barcha axborotlarni to’plash;
 - to’plangan axborotlarni qayta ishlash; 
-   o’rganilgan   axborotlarni   (ma`lumotlarni)   qo’llash   kabi   uchta   bosqichdan
iborat faoliyat tushuniladi. 
O`quvchilar o’quv - biluv faoliyatini faollashtirishda o’qitishning qiziqtiruvchi
metodlari:   Informatika   o’quv   predmetining   asosiy   vazifasi   o’quvchilarni
zamonaviy   informatikaning   ba`zi   bir   umumiy   g’oyalari   bilan   tanishtirish,
informatikaning   amaliyotdagi   tadbig’ini   va   kompyuterlarning   zamonaviy
hayotdagi   rolini   ochib   berishdan   iborat.   Didaktik   tamoyillarni   hisobga   olgan
holda,   o’quvchilarga   nafaqat   faktlarning   qat`iy   ilmiy   bayonini   berish,   balki
o’qitishning   turli   qiziqarli   metodlarini   ham   qo’llash   lozim.   Masalan,
ko’pchilikka   ma`lum   va   ommabob   bo’lgan   krossvord   o’yini   o’quvchilarda
qiziqish o’yg’otishi  tabiiydir. Qomusiy lug’atda ta`riflanishicha, uning atamasi
inglizcha   “kross”   –   kesishgan,   “vord”   –   so’z   degan   ma`noni   anglatib,   ilk   bor
XX   asr   boshlarida   kashf   etilgan.   Vaqt   o’tishi   bilan   uning   turlari   ko’payib,
chaynvord,   chaynkrossvord,   krosschaynvord,   aylanma   krossvord,   diagonal krossvordlar o’ylab topildi. Ularning har biri shaklda so’zlarning joylashishi va
bog’lanishi bilan farq qiladi. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar
uchun   har   doim   qiziqarli   va   o’ziga   tortadigan   metoddir.   Mustaqil   ijodiy
faoliyatning   bunday   shaklidan   foydalanilganda   darsda   faqatgina   kuchli
o’quvchilargina   emas,   balki   kuchsiz   o’quvchilar   ham   faol   ishtirok   etadilar.
Darslarda   qiziqtirishdan   foydalanishning   boshqa   shakllaridan,   ya`ni   rebus   va
boshqotirmalardan ham foydalanish yaxshi  samara beradi. Ushbu qiziqtiruvchi
metodlardan   foydalanganda,   o’qituvchi   darsni   maqsadli   tashkil   qilishni
rejalashtiradi, ya`ni krossvord, rebus, boshqotirmalarni fanning mazmuniga mos
tayyorlaydi. Darsning maqsadini aniqlaydi va kutilayotgan natijani loyihalaydi.
2. O`qitishning interfaol metodlari.
  Interfaol   so’zi   inglizcha   Interakt   so’ziga   mos   kelib,   Inter   –   o’zaro,   akt   –   ish
ko’rmoq,   ishlamoq   degan   ma`nolarni   anglatadi.   Interfaol   o’qitish   –   muloqotli
o’qitish   bo’lib,   jarayonning   borishida   o’qituvchi   va   o’quvchi   orasida   o’zaro
ta`sir   amalga   oshiriladi.   Interfaol   o’qitishning   mohiyati   o’quv   jarayonini
shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb
qilingan   bo’lib,   erkin   fikrlash,   tahlil   qilish   va   mantiqiy   fikr   yuritish
imkoniyatlariga   ega   bo’ladilar.   Darslardagi   interfaol   faoliyat   o’zaro
tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi
uchun   ahamiyati   nazorat   topshiriqlarini   birgalikda   echishga   olib   keladigan
muloqotli   aloqani   tashkil   etish   va   rivojlantirishni   ko’zda   tutadi.   Interfaol
metodlardan foydalaniladigan o’quv jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga,
shart-sharoitlarini   va   tegishli   axborotni   tahlil   qilish   asosida   murakkab
muammolarni   echishga,   alternativ   fikrlarni   chamalab   ko’rishga   va   asosli
ravishda   qarorlar   qabul   qilishga,   bahslarda   ishtirok   etishga,   boshqalar   bilan
muloqot   qilishga   o’rganadilar.   Buning   uchun   darslarda   individual,   juftli   va
guruhli   ishlar   tashkil   etiladi,   izlanuvchi   loyihalar,   rolli   o’yinlar,   ijodiy   ishlar
qo’llaniladi,   hujjatlar   va   axborotning   turli   manbalari   bilan   ish   olib   boriladi.
Interfaol   o’qitish   tashkilotchilari   uchun,   sof   o’quv   maqsadlaridan   tashqari
quyidagi jihatlar ham muhimdir:   -   guruhdagi   o’quvchilarning   o’zaro   muloqotlar   jarayonida   boshqalarning
qadriyatlarini tushunib etishi; 
-   boshqalar   bilan   o’zaro   muloqotda   bo’lish   va   ularning   yordamiga   muhtojlik
zaruratining shakllanishi; 
- o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish. 
Interfaol usullar bo’yicha o’qitish tashkil etish jarayonida o’qituvchining bergan
topshiriqlari   mazmuni   o’quvchining   tafakkurini   rivojlantirish   uchun   kuchli
vositadir.   Ushbu   topshiriqlar   turli   xil   murakkablik   darajalarida   bo’lib,
o’quvchilarni   fikr   yuritish,   o’ylash,   tasavvur   qilish,   yaratish   yoki   sinchiklab
tahlil etishga undovchi bo’lishi lozim. 
Quyida topshiriq savollarini to’g’ri ifoda qilish uchun tavsiyalar keltiramiz: 
1. Topshiriq savollarini aniq va tushunarli darajada qo’yish lozim.
 2. Topshiriq mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak. 
3.   Muayyan   predmetlardan   umumiyga   borishga   harakat   qiling.   Bu   holat
o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishda engillik tug’diradi.
  4.   Faqatgina   “ha”   yoki   “yo’q”,   “to’g’ri”   yoki   “noto’g’ri”   degan   javoblar
beriladigan savollarni berishdan saqlaning. 
5.   O`quvchilarga   o’z   intellektual   qobiliyatlariga   tayangan   holda   javob
beradigan savollarni bering. 
6.   O`quvchining   o’z   nuqtai   nazarini   bildiradigan   topshiriqlardan   berishga
harakat qiling. 
7.   Qo’yilgan   topshiriqqa   javob   berilganda   o’quvchilardan   “Nima   uchun
shunday deb o’ylaysiz?” deb so’rab turing. 
Quyida   bir   qator   interfaol   metodikalarning   tavsifi   va   mohiyatini   keltiramiz:
“Aqliy   hujum”   metodi.   “Aqliy   hujum”   –   jamoa   bo’lib   muhokama   qilishning samarali   metodidir.   Unda   biror   muammoning   echimini   topish   barcha
ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi. Ushbu metod
tamoyillari   bo’yicha   o’qituvchi   o’quvchilar   oldiga   masalani   qo’yadi   va   ushbu
topshiriqni echish bo’yicha o’zlarining fikrlarini bayon qilishni so’raydi. Ushbu
bosqichda  hech  kimning boshqa  ishtirokchilarning g’oyalari  haqida  o’z  fikrini
bildirishga   yoki   unga   baho   berishga   haqqi   yo’q.   “Aqliy   hujum”ning   qoidalari
quyidagilardan iborat: 
- taklif etilayotgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi; 
-   ish   g’oyalar   sonini   ko’paytirishga   qaratilgan,   g’oyalar   qancha   ko’p   bo’lsa,
shuncha yaxshi; 
- har qandy g’oyani kengaytirishga, rivojlantirishga harakat qilish mumkin; 
- har bir g’oya yozib boriladi; 
- aqliy hujum o’tkazish vaqti qat`iy o’rnatiladi va unga rioya qilinadi. 
“Aqliy   hujum”   tugagandan   so’ng   takliflar   tahlil   qilinadi   va   ulardan   eng
qimmatlilari keyinchalik ular bilan ishlash uchun tanlab olinadi.
  Klasterlar  metodi. Klasterlarga ajratish – o’quvchilarga  biror  mavzu bo’yicha
erkin   va   ochiq   fikr   yuritishga   yordam   beradigan   pedagogik   strategiyadir.   Bu
metod   biror   mavzuni   chuqur   o’rganishdan   avval   o’quvchilarning   fikrlash
faoliyatini   jadallashtirish   hamda   kengaytirish   uchun   xizmat   qilishi   mumkin.
Shuningdek,   o’tilgan   mavzuni   mustahkamlash,   yaxshi   o’zlashtirish,
umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma
shaklida   ifodalashga   undaydi.   Klasterlarga   ajratish   metodini   qo’llash
quyidagicha amalga oshiriladi:
 - tarqatma materialda mavzuga oid ochiq so’z yoziladi; 
-   o’quvchilar   ushbu   so’z   bilan   bog’liq   xayollariga   kelgan   so’z   va   jumlalarni
uning atrofiga yoza boshlaydilar;  -   so’zlarni   yozish   jarayoni   o’qituvchi   tomonidan   belgilangan   vaqt   tugaguncha
yoki barcha so’z va qoidalar tugaguncha davom etadi.
  Klasterga   ajratishda   bir   qator   qoidalarga   ham   rioya   qilish   zarur.   Ular
quyidagilardan iborat: 
1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e`tibor bermasdan yozib
borish. 
2. Orfografiya va boshqa omillarga e`tibor bermaslik. 
3. Vaqt tugaguncha ko’proq bog’lanishlar hosil qilishga harakat qilish. 
4. G`oyalar va so’zlar sonini cheklab qo’ymaslik. 
Venn   diagrammasi.   Ushbu   metod   ikki   yoki   undan   ortiq   katta   o’lchamdagi
o’zaro   kesishuvchi   aylanalar   asosida   tuziladi.   Aylanalar   kesishganda   orasida
yozuv   uchun   etarli   joy   qolishi   kerak.   Bu   diagramma   asosan   g’oyalarni
kontrastlash   (bir-biridan   ajratish)   uchun   qo’llaniladi   va   taqqoslanayotgan
ob`ektlarga xos umumiy va individual xususiyatlarni ko’rsatib beradi. Besh minutdan so’ng sxemaning chap tomonini to’ldirish lozim. Unda besh minut
davomida   o’quvchilar   mavzuga   oid   nechta   kategoriya   o’ylab   topishgan   bo’lsa,
shuncha   kategoriya   ko’rsatiladi.   Keyingi   besh   minutda   o’quvchilar   sxemaning
o’ng   tomonini   to’ldiradilar.   Va   nihoyat,   yana   besh   minut   mobaynida   o’quvchilar
o’zlarining   T-sxemalarini   boshqa   juftlik   yoki   kichik   guruhning   T-sxemasi   bilan
taqqoslash   imkoniga   ega   bo’ladilar.   FSMU   texnologiyasi.   Ushbu   texnologiya
munozarali   masalalarni   hal   etishda,   bahs-munozaralar   o’tkazishda   yoki   o’quv-
seminari   yakunida   (o’quvchilarning   o’quv   mashg’ulotlari   hamda   mavzular,
muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida) yoki o’quv rejasi asosida biror-
bir   bo’lim   o’rganilgach   qo’llanilishi   mumkin.   Bu   texnologiya   o’quvchilarni   o’z
fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va ochiq holda bahslashishga,  shu bilan bir
qatorda   o’quvchilar   tomonidan  o’quv  1-ob’yek  2-ob’yek   1-ob’yekning   individual
xususiyatlari   2-ob’yekning   individual   xususiyatlari   Umumiy   xususiyat   jarayonida
egallangan   bilimlarini   tahlil   etishga   va   aniqlashga,   baholashga   hamda
tinglovchilarni   bahslashish   madaniyatiga   o’rgatadi.   Ushbu   texnologiya   asosida
mashg’ulotni o’tkazish tartibi quyidagicha bo’ladi: 
A) O`qituvchi har bir o’quvchiga FSMU texnologiyasining to’rt bosqichi yozilgan
qog’oz   varaqlarini   tarqatadi   va   yakka   tartibda   ularni   tshldirishni   taklif   qiladi.   Bu
erda:   F   –   fikringizni   bayon   eting.   S   –   fikringiz   bayoniga   sabab   ko’rsating.   M   –
ko’rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring. U – fikringizni umumlashtiring.
B)   Yakka   tartibdagi   ish   tugagach,   o’quvchilar   kichik   guruhlarga   ajratiladi   va
o’qituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining to’rt bosqichi yozilgan kata
formatdagi qog’oz varaqlarini tarqatadi.
  D)   Kichik   guruhlarga   har   bir   o’quvchi   yozgan   qog’ozlardagi   fikr   va   dalillarni
katta   formatda   umumlashtirgan   holda   to’rt   bosqich   bo’yicha   yozishlarini   taklif
etiladi. 
E)   O`qituvchi   kichik   guruhlarning   yozgan   fikrlarini   jamoa   o’rtasida   himoya
qilishlarini so’raydi.   F)   Mashg’ulot   o’qituvchi   tomonidan   muammo   bo’yicha   bildirilgan   fikrlarni
umumlashtirish   bilan   yakunlanadi.   “Zinama-zina”   texnologiyasi.   Bu   texnologiya
o’quvchilar   bilan   yakka   holda   yoki   guruhlarga   ajratilgan   holda   yozma   ravishda
o’tkaziladi   va   taqdimot   qilinadi.  Ushbu   texnologiya   barcha   dars   mashg’ulotlarida
qo’llanilishi   mumkin.   Ushbu   texnologiyalarga   asoslangan   mashg’ulot   quyidagi
tartibda o’tkaziladi: 
1. Kichik guruh a`zolari mashg’ulotning maqsadi va uning o’tkazilish tartibi bilan
tanishtiriladi,   ularga   qog’ozning   chap   qismida   kichik   mavzu   (yoki   turli
murakkablik   darajadagi   topshiriqlarning   biror   turi)   yozuvi   bo’lgan   varaqlar
tarqatiladi. 
2. O`qituvchi kichik guruh a`zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular
bilan   tanishishlarini   va   shu   mavzu   asosida   bilganlarini   qog’ozdagi   bo’sh   joyiga
jamoasi   bilan   birgalikda   fikrlashib   yozib   chiqish   vazifasini   beradi   va   vaqt
belgilaydi. 
3.   Tarqatma   materiallar   to’ldirilgach,   guruh   a`zolaridan   biri   taqdimot   qiladi.
Taqdimot  vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material  auditoriya doskasiga
mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi. 
4.   O`qituvchi   guruhlar   tomonidan   tayyorlangan   materiallarga   izoh   berib,   ularni
baholaydi va mashg’ulotni yakunlaydi. 
O`quv   mashg’ulotining   bunday   tashkil   etilishi   o’quvchilarni   mustaqil   fikrlashi,
o’tilgan   va   o’zlashtirilgan   mavzularni   eslashga,   ularni   yozma   bayon   etishga,
fikrlarni umumlashtirishga o’rgatadi. Tarqatma material quyidagi shaklaga ega:                                  Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.   Yuldashev   U.Yu.,   Boqiev   R.R.,   Zokirova   F.M.   Informatika   o’qitish
metodikasi. Toshkent, “Talqin”, 2005 y. 
2.   Saidaxmedov   N.S.   Yangi   pedagogik   texnologiyalar   T.,   “Moliya”,   2003y.,
172 b.
  4.   To’raqulov   X.A.   Pedagogik   tadqiqotlarda   axborot   tizimlari   va
texnologiyalari. T., “Fan”, 2006 y., 240 b. 
5.   Isoqov   I.,   Qulmamatov   S.I.   Informatikani   o’qitishda   innovatsion
texnologiyalar   fanidan   amaliy   mashg’ulotlar   ishlanmalari.   Guliston,   GulDU,
2013 y.
  6.   Abdukarimov   H.,   Suvonov   O.   Umumiy   pedagogika:   Texnologiya   va
amaliyot. O`quv-metodik qo’llanma. T., 2012 y., 120 b.
  7.   Ishmuhamedov   R.,   Abduqodirov   A.A.,   Pardaev   A.   Ta`limda   innovatsion
texnologiyalar   (ta`lim   muassasalari   pedagog-o’qituvchilari   uchun   amaliy
tavsiyalar). Toshkent 2008 y., 181 b.

Ta’lim tizimida informatika fanlarining maqsadi, mazmuni, uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan innovasiyalar. Informatika fanlarini o’qitish jarayonida o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar Reja: 1. O`quvchilar o’quv - biluv faoliyatini faollashtirishda o’qitishning qiziqtiruvchi metodlari. 2. 2. O`qitishning interfaol metodlari.

1. O`quvchilar o’quv - biluv faoliyatini faollashtirishda o’qitishning qiziqtiruvchi metodlari. Bugungi kun talabi ta`limni sifat o’zgarishlariga olib keluvchi yangicha yondashuvlarni izlashga undamoqda va uni o’rganishdagi yondashuvlar (metodlar) ham o’zgarmoqda. Ta`limda yangi bilimlarni amalda qo’llash natijasi innovatsiyalarga asoslangan yangi ta`lim yaratilishiga olib kelmoqda. Respublikamizda ta`lim tizimini har tamonlama rivojlantirish kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va isloh qilish davlat ahamiyatidagi eng ustivor vazifalar qatoriga kiradi. O`quvchi o’zlashtirgan bilimini amaliyotda qo’llay bilishi uchun uni o’z vaqtida mustahkamlashi, boshqa tushunchalarni o’rganishda qo’llash bilishi va olingan bilimlarni tizimlashtirish ta`lim samaradorligini ta`minlashga olib keladi. O`quvchining bilish faoliyati deganda: - o’rganilayotgan mavzuga doir barcha axborotlarni to’plash; - to’plangan axborotlarni qayta ishlash; - o’rganilgan axborotlarni (ma`lumotlarni) qo’llash kabi uchta bosqichdan iborat faoliyat tushuniladi. O`quvchilar o’quv - biluv faoliyatini faollashtirishda o’qitishning qiziqtiruvchi metodlari: Informatika o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy informatikaning ba`zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tadbig’ini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning qat`iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llash lozim. Masalan, ko’pchilikka ma`lum va ommabob bo’lgan krossvord o’yini o’quvchilarda qiziqish o’yg’otishi tabiiydir. Qomusiy lug’atda ta`riflanishicha, uning atamasi inglizcha “kross” – kesishgan, “vord” – so’z degan ma`noni anglatib, ilk bor XX asr boshlarida kashf etilgan. Vaqt o’tishi bilan uning turlari ko’payib, chaynvord, chaynkrossvord, krosschaynvord, aylanma krossvord, diagonal

krossvordlar o’ylab topildi. Ularning har biri shaklda so’zlarning joylashishi va bog’lanishi bilan farq qiladi. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shaklidan foydalanilganda darsda faqatgina kuchli o’quvchilargina emas, balki kuchsiz o’quvchilar ham faol ishtirok etadilar. Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning boshqa shakllaridan, ya`ni rebus va boshqotirmalardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Ushbu qiziqtiruvchi metodlardan foydalanganda, o’qituvchi darsni maqsadli tashkil qilishni rejalashtiradi, ya`ni krossvord, rebus, boshqotirmalarni fanning mazmuniga mos tayyorlaydi. Darsning maqsadini aniqlaydi va kutilayotgan natijani loyihalaydi. 2. O`qitishning interfaol metodlari. Interfaol so’zi inglizcha Interakt so’ziga mos kelib, Inter – o’zaro, akt – ish ko’rmoq, ishlamoq degan ma`nolarni anglatadi. Interfaol o’qitish – muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta`sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Darslardagi interfaol faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyati nazorat topshiriqlarini birgalikda echishga olib keladigan muloqotli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi. Interfaol metodlardan foydalaniladigan o’quv jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar, ijodiy ishlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi. Interfaol o’qitish tashkilotchilari uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:

- guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqotlar jarayonida boshqalarning qadriyatlarini tushunib etishi; - boshqalar bilan o’zaro muloqotda bo’lish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi; - o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish. Interfaol usullar bo’yicha o’qitish tashkil etish jarayonida o’qituvchining bergan topshiriqlari mazmuni o’quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Ushbu topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo’lib, o’quvchilarni fikr yuritish, o’ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi bo’lishi lozim. Quyida topshiriq savollarini to’g’ri ifoda qilish uchun tavsiyalar keltiramiz: 1. Topshiriq savollarini aniq va tushunarli darajada qo’yish lozim. 2. Topshiriq mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak. 3. Muayyan predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishda engillik tug’diradi. 4. Faqatgina “ha” yoki “yo’q”, “to’g’ri” yoki “noto’g’ri” degan javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning. 5. O`quvchilarga o’z intellektual qobiliyatlariga tayangan holda javob beradigan savollarni bering. 6. O`quvchining o’z nuqtai nazarini bildiradigan topshiriqlardan berishga harakat qiling. 7. Qo’yilgan topshiriqqa javob berilganda o’quvchilardan “Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?” deb so’rab turing. Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va mohiyatini keltiramiz: “Aqliy hujum” metodi. “Aqliy hujum” – jamoa bo’lib muhokama qilishning

samarali metodidir. Unda biror muammoning echimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi. Ushbu metod tamoyillari bo’yicha o’qituvchi o’quvchilar oldiga masalani qo’yadi va ushbu topshiriqni echish bo’yicha o’zlarining fikrlarini bayon qilishni so’raydi. Ushbu bosqichda hech kimning boshqa ishtirokchilarning g’oyalari haqida o’z fikrini bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yo’q. “Aqliy hujum”ning qoidalari quyidagilardan iborat: - taklif etilayotgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi; - ish g’oyalar sonini ko’paytirishga qaratilgan, g’oyalar qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi; - har qandy g’oyani kengaytirishga, rivojlantirishga harakat qilish mumkin; - har bir g’oya yozib boriladi; - aqliy hujum o’tkazish vaqti qat`iy o’rnatiladi va unga rioya qilinadi. “Aqliy hujum” tugagandan so’ng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari keyinchalik ular bilan ishlash uchun tanlab olinadi. Klasterlar metodi. Klasterlarga ajratish – o’quvchilarga biror mavzu bo’yicha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod biror mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Klasterlarga ajratish metodini qo’llash quyidagicha amalga oshiriladi: - tarqatma materialda mavzuga oid ochiq so’z yoziladi; - o’quvchilar ushbu so’z bilan bog’liq xayollariga kelgan so’z va jumlalarni uning atrofiga yoza boshlaydilar;