logo

TABIIY FANLAR, ULARNING PREDMETI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

20.494140625 KB
   TABIIY FANLAR, ULARNING PREDMETI VA
RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
Reja:
1.Tabiiy fanlar predmeti va tadqiqot maqsadlari
2.Tabiiy fanlarning ijtimoiy va gneseologik funksiyalari
3.Tabiiy fanlar taraqqiyoti qonuniyatlari Tabiiy fanlar predmeti va tadqiqot maqsadlari
Tabiiy fanlar katta bilim sohasi bo’lib, u ko’plab fan tarmoqlaridan
tashkil topgan. Hozirgi paytda ularni tabiiyot fanlari deb ham ataydilar.
Biz   o’rganishimiz   lozim   bo’lgan   mazkur   kurs   “Tabiiy   bilimlar
zamonaviy   konsepsiyasi”   kursidan   farq   qiladi.   “Tabiiy   bilimlar
zamonaviy   konsepsiyasi”   kursida   talabalar   koinot,   galaktika,   yer,
biosfera,   inson   hususida   hozirgi   zamon   tabiiyot   nazariyalari   va
ta’limotlari   bilan   tanishib   chiqadilar.Bundan   farqliroq
“Tabiiyotshunoslik   falsafasi”   kursida   talabalar   mazkur   fanlarda   ishlab
chiqilgan   tushunchalar,   tamoyillar   va   ta’limotlarning   falsafiy
dunyoqarashga ta’sir ko’rsatish jihatlariga, ular olg’a surgan gneseologik
va metodologik muammolarga ko’proq e’tibor beradilar.
Tabiiyki,bu   masalalarni   ko’rib   chiqishdan   oldin   tabiiyot   fani
predmeti,   hususiyati,   taraqqiy   etish   bosqichlari   bilan   tanishib   chiqish
lozim.   Tabiiyot   fanlari   predmeti   haqida   gapirishdan   oldin
tabiiyotshunoslikning ob’ekti va predmetini farq qilmog’imiz kerak.
Tabiiyot fanlarining ob’ekti tabiat, olam, ulardagi tizimlar, narsalar
va   hodisalarning   tuzulishlari,   hossalari   va   harakat   qonuniyatlaridir.
Ob’ekt   oldindan   mavjud,   uning   borlig’i   olim   yoki   fanga   bog”liq   emas.
Fan predmeti esa o’rganish uchun zarur bo’lgan muammolardan tashkil
topgan   bo’ladi.   Tabiiy   fanlarning   predmetiga   tabiatning   ma’lum
tomonlarini   o’rganish   ehtiyojidan   hosil   bo’lgan   muammolar   majmuasi,
tizimi kiradi.
Vaqt o’tishi bilan fan predmetining doirasi va muammolar majmuasi
o’zgarib boradi. Jamiyat, iqtisodiyot, texnika va texnologiya taraqqiyoti
tabiiyot ilmi predmetini kengaytirish  va murakkablashishiga katta ta’sir ko’rsatadi.   Shu   bois,   tabiiyot   predmeti   unga   oid   muammolar   doirasi,
tabiiy-ilmiy tushunchalar, tasavvurlar tarixiy xarakterga egadir.
  Bundan   tashqari   yana   quyidagi   omillarni   ham   hisobga   ilishimiz
lozim:
1.   Tabiatda   turli   evolyusion   (tadrijiy)   va   shiddatli   (keskin)   tarzda
sodir   bo’lib   turadigan   o’zgarlar   mavjud.Ularni   o’ganadigan   tabiiyot
fanlari   odiy   va   murakkab   ob’ektlar,   ulardagi   jarayonlarni   o’ganish
borasida taraqqiy etganlar, ularda sohaviy tarmoqlanish va muammoviy
birlashuvlar (biofizika, bioximiya) sodir bo’lgan.
2.   Jamiyat   va   inson   tabiatga   borgan   sari   katta   miqyosda   ta’sir
o’tkazmoqdalar.   Bu  esa   tabiiyot  fanlarining   tadqiqot  predmeti   doirasini
o’zgartirishga, fan oldiga yangidan –yangi muammolarni qo’yishga olib
keladi.
Tabiiy-ilmiy   tadqiqot   insonning   ehtiyojlaridan   kelib   chiqqan.
Ehtiyoj esa turli xil bo’ladi: moddiy, ma’naviy, gneseologik etik, estetik
va   hakozalar.Tabiiyot   fanlari   insonni   ko’p   ehtiyojlarini   -   moddiy,
gneseologik   texnologik   ehtiyojlarni   qondiradi.   Ehtiyojlarni   qondirishga
qaraqtilgan intilishdan maqsad kelib chiqadi.
Jamiyat   va   davlat   ehtiyojlaridan   kelib   chiqqan   maqsadlar   fan
taraqqiyotini   belgilab   beradigan   tashqi   turtki,   omildir.   Aytaylik   davlat
buyurtmasi,   turli   fondler   va   grantlar   shaklida   tabiiy   fanlardagi
tadqiqotlar   va   dastur   amallar   strukturasiga,   dolzarb   muammolarni
tanlashga ta’sir ko’rstadi.
Inson   hayoti   uchun   zarur   bo’lgan   gneseologik,   texnologik   va
moddiy-amalaiy   ehtiyojlar   esa   tabiat   qonuniyatlarini   o’rganish,   olingan
bilimlarni   tadbiq   qilish,   tabiatda   sodir   bo’ladigan   va   insonga   ta’sir qiladigan   jarayonlarni   bashorat   qilishga   undaydi.   Rus   olimi
D.I.Mendeleevning   ta’kidlashicha,   tabiatni   o’rganishning   ikki   asosiy
maqsadi bor: bashorat qilish va bilimlardan amalda foydalanish.
Tabiatshunoslikning   bevosita   gneseologik   maqsadi-   narsalarning
mohiyatini   chuqur   tushuntirish,narsa   va   hodisalarni   tasvirlash,
tushuntirish,   ularning   holarini   bashorat   qilishdir.   Bu   maqsadni   amalga
oshirish   uchun   olimlar   tadqiqot   olib   boradilar,   eksperimental   tajribalar
o’tkazadilar.
Hozirgi   paytda   tabbiyot   fanlari   ijtimoiy   ishlab   chiqarish   kuchiga
aylandilar.   Sababi   tabbiyot   fani   hozirgi   zamon   texnika   va
texnologiyasining nazariy asosini tashkil qiladi.
Tabiat  sirlarini   o’rganish   borasida   qilingan  ixtirolar  va  kashfiyotlar
olam   va   koinot   to’g’risidagi   tasavvurlarimizni   yangilamoqda,
noan’anaviy   texnika   va   texnologik   tizimlar   yaratish   imkoniyatini
bermoqda.
Tabiiy fanlarning ijtimoiy va gneseologik funksiyalari
Tabiatshunoslik   faqat   tabiatni   o’rganishga   qaratilgan   hosila   yoki
gneseologik   tizim   bo’lmasdan,   balki   uning   ijtimoiy   hislatlari   ham
mavjuddir.   Yana   ham   aniqroq   qilib   gapiradigan   bo’lsak,   uni   jamiyatda
bajaradigan   vazifalari,   fan   sifatida   o’zining   taraqqiyoti   uchun   amalga
oshiradigan funksiyalari mavjuddir.
Tabiiyot   fani   bajaradigan   vazifalarning   turlari   va   miqyosi   ijtimoiy
va   insoniy   ehtiyojlarning   ko’p   xilligi   bilan   belgilanadi.   Shularning
ayrimlarini ko’rsatib o’tamiz.
1.   Tabiiyotning   ijtimoiy   funksiyalari:   a)   tabiat   haqidagi   bilimlarni
hayot va ishlab chiqarishga tadbiq qilish ( tabiiyot texnologik buyum va tizimlarni   yaratish   va   hakazo);   b)   ilmiy   va   falsafiy   dunyoqarashni
shakllantirishda   qatnashish;   v)   inovatsion   texnologiyalatning   nazariy
asoslarini ishlab chiqish.
2.   Tabiatshunoslikning   gnoseologik   funksiyalari   (bilish   va
o’rganishga oid vazifalar):
a) Tabiat va undagi tizimlarni o’rganish, turli jarayonlar va ularning
mohiyatini tushuntirish;
b)   tabiatdagi   inson   hayoti   uchun   muhim   bo’lgahn   jarayonlarni
bashorat   qilish.Mazkur   funksiya   oldingi   funksiyalardan   kelib
chiqadi.Tabiatda   sodir   bo’ladigan   harakatlar   va   qonuniy   o’zgarishlarni
tushuntirish,   aniq   matematik   qiymati   va   xossalarini   aniqlash,   ularning
keyingi holatlarini oldindan aytib berish umkoniyatini vujudga keltiradi.
Demak:
-tushuntirish-   predmetning   oldingi   va   hozirgi   holatini   anglash
imkoniyatini beradi;
-bashorat   qilish   -   predmetining   hozirgi   vaqt   holatiga   nisbatan
keyingi vaqtda erishadigan holatini belgikash, oldidan aytishni bildiradi. 
3.Bilimlar,   tadqiqot   va   tajribalarda   olingan   ma’lumotlarni   tahlil
qilish   va   umumlashtirish   funksiyalari.   Tahliliy   funksiyalarni   bajarish
predmetlarining   xossalari   haqidagi   tasavvurimizni
konkretkashtiradi,ilmiy tushunchalarni ta’riflash imkonini beradi.
Umumlashtirish  funksiyasini  bajarish jarayonida  ob’ektlar  xususida
ularning xossalari va qonuniyatlarinini tushuntirib beradigan tabiiy-ilmiy
ta’limotlar va nazariyalar yaratiladi.
4.   Axborot   to’plash,   tasvirlash   va   tizimga   solish   funksiyalari.   Bu
funksiyalar   ilmiy   tadqiqotni   bishlang’ich   ma’lumotlarni   to’plash   va tartiblashtirish   bosqichida   katta   ahamiyatga   ega.   Tadqiqot   olib   borish
jarayonida   doimo   ma’lumotlar   to’plash   va   qayta   ishlash   amalgam
oshiriladi.
5.   Kashf   etish   va   ixtiro   qilish   funksiyalari.   Kashf   etish   tabiatning
yangi   qonunlarini   ochish,   ularni   nazariyalarda   bayon   etishni   bildiradi.
Arximed   qonuni,   mexanika   qonunlari,   Gey-Lyussak   qonunlari   kashf
etilgan qonunlar turiga kiradi.
Ixtiro   qilish   kashf   etilgan   qonunlar   asosida   yangi   tuzilmani   barpo
etish, murakkab tizimlarning (masalan, organism yoki nerv sistemasini)
ishlashi,   funksiyalari   va   mexanizmni   ochish,   shu   asosda   original
loyihalarni   ishlab   chiqarishni   bildiradi.   Tabiiyotni   kashf   etish,   ixtiro
qilish   funksiyalari   unig   ijtimoiy   maqsadlarini   ro’yobga   chiqqanligini
bildiradi.  
Tabiiy fanlar taraqqiyoti qonuniyatlari
Tabiiyot   ilmi   fanning   ma’lum   jabhasini   tashkil   qiladi.   Fan,   shu
jumladan,   tabiiyotshunoslikning   umumiy   taraqqiyot   qonunlari
mavjuddir.
Qadimgi   dunyoda   bujudga   kelgan   tabiiyotshunoslikning   tizimi
hozirgi   paytda   ijtimoiy   institutga   aylandi.   Bu   holatga   etib   kelguncha
tabiiyot   katta   taraqqiyot   yo’lini   bosib   o’tdi.   Tabiiyotshunoslikning
rivojlanish   qonuniyatlari   deganda   shu   fan   tarmog’ini   taraqqiyotga   olib
keladigan doimiy jarayonlar, aloqadorliklar va omillar ko’zda tutiladi. 
Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat:
1.   Tabiiyot   fani   taraqqiyoti   amaliyot,   texnika,sanoat,   qishloq
xo’jaligi va tibbiyotni yuksaltirish ehtiyoji bilan belgilanishi. Bu ehtiyoj
fan   taraqqiyot   uchun   zarur   bo’lgan   ijtimoiy   buyurtma   va   maqsadlarni vujudga   keltiradi.Ijtimoiy   buyurtma   va   maqsadni   amalgam   oshirish
tabiiyotninig   rivojlanishi   uchun   shart   –sharoitni   yaratishga   ,   fan   uchun
mablag’   ajratishga   olib   keladi.   Bu   tabiiyot   fani   va   jammiyat   (davlat)
o’rtasidagi qonuniyat tusini olgan doimiy aloqadir.
2.   Tabiiyotni   o’zi   –nisbatan   mustaqil   tadqiqot   predmetiga,
muammolar   doirasiga,   ilmiy   g’oyalar   shakllanishining   ichki   mantig’iga
ega bo’lishi. Davrlar,
Ijtimoiy   extiyojlar,   texnik   vositalarning   takomillashib   borishi,
moliyaviy ta’minot tabiiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi,
albatta.   Shu   bilan   birga,   tabiiyot   fanida   ichki   bilishga   intilisg   implsi,
taraqqiyot energiyasi, harakat (tadqiqot qilish usullari va vositalari bilan
ishlash) inersiyasi mavjud.
  Tabiiyot  bilish  tizimi  ekan, uning  ichki,  unga xos doimiy  tadqiqot
qilish, g’oyalar ishlab chiqarish qonuniyati ham mavjud.
  3.   Tabiiyot   fani   taraqqiyoti   davomida   turli   davrlar   yoki   ilmiy
maktablar   faoliyati   jarayonida   bujudga   kelgan   ta’limotlar   o’rtasida
nazariy va g’oyaviy vorislik mavjud. 
  Arestotel-   Ptolomey   –Ulug’beklar   yaratgan   geosentrik   g’oyalar,
Arxumed   –Galiley-Nyutonlar   ishlab   chiqqan   mexanika   ta’limotlari,
M.Plank –N.Bor –Geyzenburg yaratgan nazariyalar o’rtasida mantiqiy –
g’oyaviy vorislik mavjud bo’lgan.
  4.   Fan   taraqqiyotida   tarixiy   va   inqilobiy   yangilanishlarni
almashinuvi, bir –birini taqazo etish qonuniyati mavjud. Bu qonuniyatni
T.Kun   ishlab   chiqqan   fan   taraqqiyotining   paradigmal   konsepsiyasi
tushuntiradi.   Bu   konsepsiyaga   ko’ra,   ilmiy   inqilob   davriy,   vaqti   –vaqti
bilan   sodir   bo’ladigan   chuqur   o’zgarashlar   bo’lib,   u   fan   yoki   fan tarmog’i   predmeti,   tadqiqot   usuli   va   tushunchalar   tizimini   yangilashga
olib keladi.
  5.Ilmiy   bilish   sohalari   differensiyasiga   (tarmoqlashuvi)   va
integrasiyasi   (birlashuvi)   jarayonlarini   bir   –biriga   ta’sir   ko’rsatish   va
almashib borishi qonuniyati.
Fanlar   differensiyasi   va   integratsiyasi   ilmiy   bilish   taraqqiyoti
davomida doimo sodir  bo’lgan jarayonlardir.  Lekin XX asrdan boshlab
fanlar   differensiyasi   va   integratsiyasi   jarayonlari   nihoyatda   kuchayib
ketdi. Bu jarayonlar falsafa oldiga yangi muammolarni qo’ydi. Masalan,
olamning   birligi,   inson   biologik,   tuhiy   va   ijtimoiy   hislatlarning   birligi,
inson va biosfera, tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqalar, o’zaro ta’sirlar,
ularning   sivilizatsiyalar   taraqqiyotiga   ko’rsatgan   ta’siri,   falsafaning   o’z
mazmuni va paradigmasining yangilanishi kabi muammolardir. 
  6.Fundamental   va   abadiy   tadqiqotlar   o’rtasidagi   uzviy   aloqadorlik
qonuniyati.Bu  qonuniyatning  nanoyon bo’lishi  Yangi  davrda Ovrupoda
fan   ishlab   chiqarish   kuchiga   aylanib   borishi   jarayonida   yaqqol   ko’rina
boshjaydi.
  Fundamentaj   tadqiqotlar   ob’ektinig   nihoyatda   chuqur   qonun   va
qonuniyatlarini   ochadi,   ularning   amal   qilish   mexanizmlarini   aniq   fan
tilida   tushuntirib   beradi.   Amaliy   tadqiqotlarda   ilmiy   kashfiyotlar   va
nazariyalar   ishlab   chiqarishga,   texnologiya   tadbiq   qilish   usul   va
vositalari o’rganiladi, loyihalar ishlab chiqiladi, eksperimental tajribalar
o’tkaziladi,   nazariy   tadqiqotlar   uchun   zarur   bo’lgan   faktlar,   materiallar
to’planadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar o’tasidagi aloqadorlik va
mushtaraklik hozirgi paytda nihoyatda kuchayib ketdi.
 
   
Adabiyotlar:
1. Karimov   I.A.
O’zbekiston buyuk kelejak sari. – T., 1999, 627-630 betlar.
2. Hozirgi   zamon   fanida
imkoniyat muammolari. – T.: “Fan”, 1993, 3-58 betlar.
3.   Koxanovskiy   V.P.
Filosofiya i metidologiya nauki. –M., 1999, s. 5-47.
4. Filosofiya   i   metidologiya
nauki. –M., 1996 s.44-78.
5. Kun   T.   Struktura
nauchnix revolyutsiy. Izd. 2. –M .: “ Progres”, 1997.
6.  Gerasimov I.G. Struktura
nauchnogo issledovaniya. –M ., 1985 s. 77-131. 
7. Osnova   nauchnix
issledovaniy. –M ., 1989, s. 79-87.
8. Dialektika
fundamentalnogo i prikladnogo. –M ., 1989.
9. Qo’shoqov Sh .S. Tabiiy,
texnik   va   ijtimoiy   –   gumanitar   fanlarning   falsafiy   muammolari.
Ma’ruzalar matni. Samarqand: - SamDU nashri,   2000. 3-13 betlar.

TABIIY FANLAR, ULARNING PREDMETI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI Reja: 1.Tabiiy fanlar predmeti va tadqiqot maqsadlari 2.Tabiiy fanlarning ijtimoiy va gneseologik funksiyalari 3.Tabiiy fanlar taraqqiyoti qonuniyatlari

Tabiiy fanlar predmeti va tadqiqot maqsadlari Tabiiy fanlar katta bilim sohasi bo’lib, u ko’plab fan tarmoqlaridan tashkil topgan. Hozirgi paytda ularni tabiiyot fanlari deb ham ataydilar. Biz o’rganishimiz lozim bo’lgan mazkur kurs “Tabiiy bilimlar zamonaviy konsepsiyasi” kursidan farq qiladi. “Tabiiy bilimlar zamonaviy konsepsiyasi” kursida talabalar koinot, galaktika, yer, biosfera, inson hususida hozirgi zamon tabiiyot nazariyalari va ta’limotlari bilan tanishib chiqadilar.Bundan farqliroq “Tabiiyotshunoslik falsafasi” kursida talabalar mazkur fanlarda ishlab chiqilgan tushunchalar, tamoyillar va ta’limotlarning falsafiy dunyoqarashga ta’sir ko’rsatish jihatlariga, ular olg’a surgan gneseologik va metodologik muammolarga ko’proq e’tibor beradilar. Tabiiyki,bu masalalarni ko’rib chiqishdan oldin tabiiyot fani predmeti, hususiyati, taraqqiy etish bosqichlari bilan tanishib chiqish lozim. Tabiiyot fanlari predmeti haqida gapirishdan oldin tabiiyotshunoslikning ob’ekti va predmetini farq qilmog’imiz kerak. Tabiiyot fanlarining ob’ekti tabiat, olam, ulardagi tizimlar, narsalar va hodisalarning tuzulishlari, hossalari va harakat qonuniyatlaridir. Ob’ekt oldindan mavjud, uning borlig’i olim yoki fanga bog”liq emas. Fan predmeti esa o’rganish uchun zarur bo’lgan muammolardan tashkil topgan bo’ladi. Tabiiy fanlarning predmetiga tabiatning ma’lum tomonlarini o’rganish ehtiyojidan hosil bo’lgan muammolar majmuasi, tizimi kiradi. Vaqt o’tishi bilan fan predmetining doirasi va muammolar majmuasi o’zgarib boradi. Jamiyat, iqtisodiyot, texnika va texnologiya taraqqiyoti tabiiyot ilmi predmetini kengaytirish va murakkablashishiga katta ta’sir

ko’rsatadi. Shu bois, tabiiyot predmeti unga oid muammolar doirasi, tabiiy-ilmiy tushunchalar, tasavvurlar tarixiy xarakterga egadir. Bundan tashqari yana quyidagi omillarni ham hisobga ilishimiz lozim: 1. Tabiatda turli evolyusion (tadrijiy) va shiddatli (keskin) tarzda sodir bo’lib turadigan o’zgarlar mavjud.Ularni o’ganadigan tabiiyot fanlari odiy va murakkab ob’ektlar, ulardagi jarayonlarni o’ganish borasida taraqqiy etganlar, ularda sohaviy tarmoqlanish va muammoviy birlashuvlar (biofizika, bioximiya) sodir bo’lgan. 2. Jamiyat va inson tabiatga borgan sari katta miqyosda ta’sir o’tkazmoqdalar. Bu esa tabiiyot fanlarining tadqiqot predmeti doirasini o’zgartirishga, fan oldiga yangidan –yangi muammolarni qo’yishga olib keladi. Tabiiy-ilmiy tadqiqot insonning ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ehtiyoj esa turli xil bo’ladi: moddiy, ma’naviy, gneseologik etik, estetik va hakozalar.Tabiiyot fanlari insonni ko’p ehtiyojlarini - moddiy, gneseologik texnologik ehtiyojlarni qondiradi. Ehtiyojlarni qondirishga qaraqtilgan intilishdan maqsad kelib chiqadi. Jamiyat va davlat ehtiyojlaridan kelib chiqqan maqsadlar fan taraqqiyotini belgilab beradigan tashqi turtki, omildir. Aytaylik davlat buyurtmasi, turli fondler va grantlar shaklida tabiiy fanlardagi tadqiqotlar va dastur amallar strukturasiga, dolzarb muammolarni tanlashga ta’sir ko’rstadi. Inson hayoti uchun zarur bo’lgan gneseologik, texnologik va moddiy-amalaiy ehtiyojlar esa tabiat qonuniyatlarini o’rganish, olingan bilimlarni tadbiq qilish, tabiatda sodir bo’ladigan va insonga ta’sir

qiladigan jarayonlarni bashorat qilishga undaydi. Rus olimi D.I.Mendeleevning ta’kidlashicha, tabiatni o’rganishning ikki asosiy maqsadi bor: bashorat qilish va bilimlardan amalda foydalanish. Tabiatshunoslikning bevosita gneseologik maqsadi- narsalarning mohiyatini chuqur tushuntirish,narsa va hodisalarni tasvirlash, tushuntirish, ularning holarini bashorat qilishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun olimlar tadqiqot olib boradilar, eksperimental tajribalar o’tkazadilar. Hozirgi paytda tabbiyot fanlari ijtimoiy ishlab chiqarish kuchiga aylandilar. Sababi tabbiyot fani hozirgi zamon texnika va texnologiyasining nazariy asosini tashkil qiladi. Tabiat sirlarini o’rganish borasida qilingan ixtirolar va kashfiyotlar olam va koinot to’g’risidagi tasavvurlarimizni yangilamoqda, noan’anaviy texnika va texnologik tizimlar yaratish imkoniyatini bermoqda. Tabiiy fanlarning ijtimoiy va gneseologik funksiyalari Tabiatshunoslik faqat tabiatni o’rganishga qaratilgan hosila yoki gneseologik tizim bo’lmasdan, balki uning ijtimoiy hislatlari ham mavjuddir. Yana ham aniqroq qilib gapiradigan bo’lsak, uni jamiyatda bajaradigan vazifalari, fan sifatida o’zining taraqqiyoti uchun amalga oshiradigan funksiyalari mavjuddir. Tabiiyot fani bajaradigan vazifalarning turlari va miqyosi ijtimoiy va insoniy ehtiyojlarning ko’p xilligi bilan belgilanadi. Shularning ayrimlarini ko’rsatib o’tamiz. 1. Tabiiyotning ijtimoiy funksiyalari: a) tabiat haqidagi bilimlarni hayot va ishlab chiqarishga tadbiq qilish ( tabiiyot texnologik buyum va

tizimlarni yaratish va hakazo); b) ilmiy va falsafiy dunyoqarashni shakllantirishda qatnashish; v) inovatsion texnologiyalatning nazariy asoslarini ishlab chiqish. 2. Tabiatshunoslikning gnoseologik funksiyalari (bilish va o’rganishga oid vazifalar): a) Tabiat va undagi tizimlarni o’rganish, turli jarayonlar va ularning mohiyatini tushuntirish; b) tabiatdagi inson hayoti uchun muhim bo’lgahn jarayonlarni bashorat qilish.Mazkur funksiya oldingi funksiyalardan kelib chiqadi.Tabiatda sodir bo’ladigan harakatlar va qonuniy o’zgarishlarni tushuntirish, aniq matematik qiymati va xossalarini aniqlash, ularning keyingi holatlarini oldindan aytib berish umkoniyatini vujudga keltiradi. Demak: -tushuntirish- predmetning oldingi va hozirgi holatini anglash imkoniyatini beradi; -bashorat qilish - predmetining hozirgi vaqt holatiga nisbatan keyingi vaqtda erishadigan holatini belgikash, oldidan aytishni bildiradi. 3.Bilimlar, tadqiqot va tajribalarda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish funksiyalari. Tahliliy funksiyalarni bajarish predmetlarining xossalari haqidagi tasavvurimizni konkretkashtiradi,ilmiy tushunchalarni ta’riflash imkonini beradi. Umumlashtirish funksiyasini bajarish jarayonida ob’ektlar xususida ularning xossalari va qonuniyatlarinini tushuntirib beradigan tabiiy-ilmiy ta’limotlar va nazariyalar yaratiladi. 4. Axborot to’plash, tasvirlash va tizimga solish funksiyalari. Bu funksiyalar ilmiy tadqiqotni bishlang’ich ma’lumotlarni to’plash va