Temuriylar_davrida_Movarounnahr_va_Xurosonda_zarb_qilingan_tangalar
Mavzu:Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda zarb qilingan tangalar Reja: 1.Amir Temur zarb etgan tangalarning xususiyatlari. 2.. Ulug’bek Mirzo davrida zarb qilingan tanga 3.. Ulug’bek Mirzodan keyingi Temuriylarning tangalari 3.Temuriylar tangalaridagi ramziy belgilar. Xulosa XIV asrning 60-yillarida Movarounnaxrda siyosiy,iqtisodiy vaziyat keskinlashib ketdi. dexkonchilik. xunarmandchilik. savdo-sotik ishlari inkirozga yuz tutdi. Bundan savdogarlar, xunarmandlar va dexkondar norozi edilar. Axolining bunday tabaqalari O`rtasida mavjud axvoldan kutulish, mamlakatni birlashtirish va kuchli davlat tashkil etish xarakati kuchayadi.
Ana shunday sharoitda Temur, barlos kabilasining amirlaridan biri, 1370 yili Movorounnaxr noibi qilib tayinlanadi. Temur o`z zamonining bunday talabini yaxshi tushundi. o`z maqsadini amalga oshirishga ruxoniylar, savdogarlar, xunarmandlarga suyandi. U Movarounnaxrning yagona xukmdori bo`lib olgach, uz davlatini siyosiy va iqtisodiy jixatdan mustaxkamdashga kirishadi. Feodal tarqoqlik tugatilib: markazlashgan davlat tuzilganligi ijobiy xollarga olib keldi. Ayni vaqtda xo`jalikning asosi bo`lgan dexkonchilikda xam muayyan siljishlar ro`y berdi. Xunarmandchilik va savdo rivojlanadi, fan va madaniyat ravnak topdi. Savdo munosabatlarining davlat va jamiyat xayotida tashki siyosatda tutgan muxim urnini yaxshi anglagan Amir Temur bu borada qator tadbirlarni amalga oshirgan. Bozorlar qurish. eskilarini kengaytirish. ta`mirlash ishlarini jadal amalga oshirgan. Buning isboti uchun Samarqand bozorining bino etilishi orqali ko`rish mumkin. Amir Te mur buyrug’i bilan shaxarniig temir darvozasi qismidan boshlanib. janubiy garbiy yo`nalishda katta ko`cha quriladi. Uning ikki tomonida esa ikki qavatli. chorsi tim shaklida qurilgan dexkonlar.rastalar kad kutaradi. Ko`cha usti boshdan oxir gumbaz shaklida ishlangan tok bilan yopiladi. YOrug’lik tushib turishi uchun xar er-dan darchalar qoldirilgan. Bundan tashqari ma`lum masofada favvoralar qurilib. Omborxonalar qad ko`targan. Bu davrdagi pul muomalasiga to`xtalsak, Amir Temur zamonida 6 gr.og’irlikdagi kumush tangalar va uning turtdan biriga teng 1,5 gr.lik kumush pullar zarb qilinganligi ma`lum. 1,5 grammlik kumush pullar "miri" deyilgan. Mazkur nom Soxibkironning Amir unvoni bilan bog’liq. SHuningdek muomalada mis pullar chaqalar xam bo`lgan. Tangalar Samarqand, Buxoro, Ardabil, Astrobod. Darband, Damg’on, Tabriz, Sabeavor, SHeroz va boshqa qator shaxardarda zarb qilingan. Bundan tashqari Amir Temur xarbiy o`rdasining maxsus zarbxonasida (dor alzarbi urduyi oliy) bo`lgan.
Temuriylar davrida xam ikki xil qiymatda kumush tanga zarb qilish davom etdi. Yirik kumush tangalar "tanga", maydalari «miri» Temur unvoni "amir"ning qisqa shakli deyilgan. Ulug’bek davridan ko`p mis tangalar bizgacha etib kelgan. Uning ilk mis tangalaridan biri diqqatga sazovor. Axsi, Samarqand, Buxoro, SHaxrisabz va Termiz tangalarida sher. orqasidan esa kuyosh chiqib kelayotgani tasvirlangan. Xijriy 832 yil (milodiy 1428-1429)larda Ulugbek ikki bosqichda muxim pul isloxoti o`tkazdi. Birinchi bosqichda bir xil mis tangalar bir kancha zarbxonalarda Andijon, SHoxruxiya, Samarqand, Buxoro, SHaxrisabz, Qarshi. Termizda chiqarildi. Ikkinchi bosqichda islox qilingan tangalar ishlab chiqarish Buxoroda markazlashtirildi va nusxasi xamda sanasi o`zgartirilmagan xolda Ulug’bek o`limiga qadar, undan keyin xam zarb etildi. Ulug’bekning pul isloxoti xazina va axoli manfaatlarini ma` lum tarzda uyg’unlashtirdi. Temur va Temuriylar davrida zarb qilingan tangalar qator xususiyatlar bilan boshqa davr tangalaridan farq qilali. Zarb etilgan tangalarga maxsus tamg’a bosish ana shunday xususiyatdardan biri edi. Bunday naqshlar CHigatoy davri tangalarida XIII asrda solinib. XU asrga kelganda keng qo`llanila boshladi. Ular dumaloq, to`rtburchak, gulga o`xshash va xokazo shakllarda bo`lgan. Xorazm o`ng qirg’og’i bilan CHig’atoy ulusi tarkibiga kirsada. chap kirg’og’i Urganch bilan birgalikda Jo`ji ulusi tarki biga kirgan bo`lib. Oltin O`rda xonlari tomonidan boshqarilar edi. XIV asrning ikkinchi yarmida 1360-1380 yillarda taxt uchun 25 xon urush olib bordi, markaziy xokimiyatning zaiflashganligidan ko`ng’irotlar qabilasining maxalliy "sufiylar" sulolasi ustalik bilan foydalandi. Ular taxminan 1360 yillardan Xorazmni mustaqil idora qila boshladilar. xatto Xorazmning o`ng qirg’oq erlarini qo`shib oldilar.
1372 yili Temur Xorazmga yurish qilib o`zita tobe qiladi. CHunki YUsuf Sufiy bir safar Amir Temurni tan olsa. bir safar Oltin O`rda xoni Tuxtamishni tan olar edi. SHuning uchun Amir Temur Xorazmga bir necha marta yurish qilgan. 1388 yil Urganchni egallaydi. Amir Temur vafotidan sung Xorazmda yana Oltin Urda xonlari xukmronlik qildi. 1412 yili Amir Temurning o`g’li SHoxrux Xorazmni qayta qo`lga kiritadi. Mo`g’ullar istibdodidan so`ng Xorazmda zarb qilingan tangalar bizgacha etib kelmagan. Temur xukmronligi davrida kichik oltin tangalar xam zarb etilgan. Xorazmda CHig’atoylar dinoriga o`xshash yirik kumush tangalar bo`lmagan, Xorazmni juld dirxamlari Movorounnaxr CHig’atoy dirxamlaridan farq qilgan. Birinchidan ularning qiymati turlicha bo`lib u asta-sekin kamayib borgan. XIII asr oxirlariga kelib xamma kumush tangalarning ogirligi 2,3 gramm bo`lsa, X1U asr boshlarida 1,9 gramm,1380 yilda 1,5gramm, XU asrning boshlarida esa 1,1 grammni tashkil qilgan. Oltin tangalarning og’irligi esa 1,10 gramm-1,15 va undan oz bo`lgan. XIII asrga doir Xorazmning birinchi dirxamlarida usha davr xokimiyatini boshqarayotgan xukmdor nomi aks etgan . Tanganing bir tomonida diniy oyatlar yoki Qur`ondan olingan kalima, ikkinchi tomonida tanga chiqarilgan sana, joy zarb qilingan. Tangalardagi yovuvlarda xatolar xam bo`lgan. xarflar tushib qolgan yoki qo`shilib ketgan. Temurning kumush tangalari uning nomidan soxta mo`g’ul xon lari Suyurgatmish va Sulton Maxmud nomlari bilan Movorounnaxr. Xuroson. eron. Ozarbayjon. Iroqning 40 dan ortiq shaxarlarida zarb etilgan. Movorounnaxr va Xurosonning bosh xukmdori sifatida SHoxrux Uirzo Astrobod, Buxoro, Damg’on. Isfaxon, Kirman, Qum, Nishopur. Marv, Samarqand, Sabzavor, Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Xirot, SHeroz va boshqa shaxarlarda o`z nomi bilan
kumush tangalar zarb qilib. pul zarbi va savdosini tartibga soldi. Bu davrda ichki chakana savdoda keng ko`lamda muomalada bo`lgan mayda mis chaqa "fulus"lar ko`proq maxalliy xokimlar tomonidan zarb qilinar edi. 1428 yili Ulugbek tomonidan o`tkazilgan fulusiy pullar isloxoti katta axamiyat kasb etdi. Axolining ichki savdo munosabatlariga ko`proq jalb etish maqsadida Ulugbek engil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni bekor qildi. Ichki savdoni mayda mis pullarga bo`lgan talabini qondirish uchun bir vaqtning o`zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent. SHoxruxiya va Andijon shaxarlarida zarbxonalar tashkil qilinib bir xil vazndagi fuluslar zarb qilinib. muomalaga chiqarildi. Mis pullarni zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaxarlardagi zarbxonalarga barxam berilib.Buxoro zarbxonasi saqlab qolingan. Xalk orasida "Fulusi adliya" ya`ni, "adolatli chaqa" nomi bilan shuxrat topgan bu yangi mis fuluslar Movorounnaxrning bar cha shaxar va qishloqlarida keng muomalaga kirib davlatning ichki savdosini nakd pul bilan ta`minladi. Ulug’bekning bunday isloxoti mamlakatda xunarmandchilik maxsulotlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo`l ochib bergan edi. 1428-29 yillardagi isloxot pul muomalasini yaxshilash. Mis tangalar qadrini oshirish maqsadida amalga oshirilgan edi. Natijada u bir qancha samaralar berdi. Unga ko`ra 1420 yili zarb etil gan mis tangalar zarbxonalarga topshirilib. ularning o`rniga ogirligi 1,5-2 barobar ko`p bulgan tangalar zarb etilgan. Qulaylik uchun zarbxonalar Buxorodan tashqari Andijon. Qarshi. Samarqand, Termiz. SHoxruxiyada xam tashkil qilingan. Natijada pulning qadri kutarilgan. O`n beshinchi asr oxiriga kelib bo`shashib ketgan Temuriylar davlati xam iqtisodiy, xam siyosiy jixatidan inqirozga yuz tutishi natijasida SHayboniylar boshchiligidagi o`zbeklar tomonidan zabt etildi. Mamlakatda SHayboniylar sulolasiga asos solindi. By cylola XIV asrning oxiriga qadar davlatni idora