logo

TERMODINAMIKA FANINING FALSAFIY MUAMMOLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

22.1357421875 KB
TERMODINAMIKA FANINING FALSAFIY MUAMMOLARI
Reja:
1. Klassik termodinamikada vaqt tushunchasi.
2. Ochiq tizimlar va yangi termodinamika. Klassik   va   kvant   mexanikasida   harakat   qonunlari   ko‘rib   chiqilganda,
nazariyada aks etayotgan jarayonlarning vaqtiga, ya’ni vaqtning yo‘nalishiga
e’tibor berilmaydi. To‘g‘ri chiziq yo‘nalishidagi harakat tezligi aniqlanganda
sarflangan   vaqt   hisobga   olinadi,   qiymati   (parametri)   ifodalanadi.   Lekin
jarayonni   (harakatning   o‘zgarishini)   o‘tmishmi,   hozir   yoki   kelajakda   sodir
bo‘lishi   mexanikada   farq   qilinmaydi.   Vaqtning   belgisini   ( t -t 1
)   oldinga,   aks
tomonga   almashtirish   mumkin,   tenglamalar   qiymati   esa   o‘zgarmaydi,
harakatlanayotgan   jismning   boshlang‘ich   koordinatasi   va   impulsi   berilgan
bo‘lsa,   uning   tenglamasi   o‘tmish   va   kelajak   uchun   bir   xil   qiymatga   ega
bo‘ladi.
Demak,   klassik   fizika,   shu   jumladan,   kvant   mexanikasi   qaytariluvchan
jarayonlarni   o‘rganadi.   Harakat   qilayotgan   obyekt   vaqt   oralig‘ida
o‘zgarmaydi. Bundan farqliroq, geologiya, biologiya, sotsiologiya, tarix kabi
fanlar o‘rganadigan obyektlarda vaqt yo‘nalishi mavjud, vaqtning qiymati va
parametrlari   o‘tmishdan   kelajakka   tomon   o‘zgarib   turadi.   Shunday   ekan,
mexanikada tarixi va taraqqiyoti bo‘lmagan obyektlar o‘rganiladi. 
Jonli   tabiat   va   jamiyatda   esa   vaqt   yo‘nalishi   bor,   jarayonlar
qaytarilmasdir. 
Faqat   XIX   asrdan   boshlab   fizika   qaytarilmas   jarayonlarga   e’tibor   bera
boshadi.   Bu   issiqlik   hodisasini   o‘rganishdan   boshlandi.   Issiqlik   hodisasini
o‘rganish termodinamika predmetiga aylandi. 
Termodinamika   so‘zi   ikkita   yunon   so‘zidan   tashkil   topgan:   «terme»   -
«issiqlik»   va   «dinamik»   -   «kuch».   Bu   fanning   shakllanishi   inson   yaratgan
mashinalarda   sodir   bo‘ladigan   issiqlikni   o‘rganish   bilan   bog‘langan   bo‘lib,
olingan   dastlabki   natijalar   tabiatda   uchraydigan   issiqlik   jarayonlarini
o‘rganishga tadbiq qilindi. 
Issiqlik energiyasi bilan ishlaydigan mashinalar ixtiro qilingandan so‘ng
qanday   qilib   issiqlik   mashinasida   isssiqlik   foydali   ishga   aylanadi?   degan savol   tug‘ildi.   Bu   savolga   1824-yilda   fransuz   injeneri   S.Karno   «O‘tning
harakatlantirish   kuchi   va   bu   kuchni   vujudga   keltirishga     qodir   mashinalar»
kitobida   javob   beradi.   Olim   issiq   jismdan   sovuq   jismga   issiqlik   uzatish
jarayonidagi   issiqlik   ishga   aylanishi   mumkinligini   ko‘rsatadi.   U   issiqlik
mashinasi   eng   katta   foydali   ish   koeffitsiyentiga   ega   bo‘la   oladigan   berk
jarayonni ko‘rib chiqadi. Ana shu siklik jarayon keyinchalik   Karno sikli  deb
ataladi.
Oldingi   fizika   tashqi   kuchlar   ta’sirida   vujudga   keladigan   harakat
qonunlarini   o‘rganar   edi.   Termodinamika   tizimning   o‘zida   sodir   bo‘ladigan
jarayonlarni   tadqiq   qila   boshladi.   Bu   fan   issiqlikning   uzatilish,   tarqalishi   va
o‘zgarishi qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Shu   narsa   ma’lum   bo‘ladiki,   issiqlikning   tarqalishi   qaytarilmas
jarayondir. «Ishqalanish yoki biror bir mexanik ishni bajarish natijasida hosil
bo‘lgan   issiqlikni   yana   qayta   energiyaga   aylantirib,   ishni   amalga   oshirish
uchun foydalanib bo‘lmaydi».
Xo‘sh, termodinamika qanday qonuniyatlarni kashf qildi?
Termodinamikaning   birinchi   qonuniga   ko‘ra,   har   qanday   jism   U   ichki
energiyaga ega bo‘lib, agar jism   ishni bajarsa, bu energiya kamayishi, agar
jismga  Q  issiqlik berilsa, energiya ortishi mumkin: 
U = Q = A.
Termodinamikaning   birinchi   qonuni   bu   energiyaning   saqlanish   qonuni.
Unga   ko‘ra,   agar   jismning   ichki   energiyasi   doimiy   bo‘lsa,  	
 U=0,   hamda
issiqlik olmasa va bermasa,  Q=0 , bu holda ish bajara olmaydi:  A=0 .
Bundan kelib chiqadigan xulosa hech narsadan ish hosil qilib bo‘lmaydi
yoki   ishni   yo‘qqa   chiqarib   bo‘lmaydi.   Hech   narsadan   ish   hosil   qiluvchi
qurilma   yoki   mashinani   yaratib   bo‘lmaydi.   Ya’ni   tashqaridan   energiya
olmasdan abadul-abad ishlaydigan dvigatel bo‘lmaydi, yaratish ham mumkin
emas. Energiyaning saqlanish qonunini so‘zda quyidagicha ifodalash mumkin:
har   qanday   usul   bilan   ma’lum   miqdordagi   mexanik   energiyani   issiqlik
energiyasiga   aylantirishda   ayni   bir   miqdordagi   issiqlik   ajraladi   va   aksincha,
sovish   hisobiga   ish   bajarilganda   shu   issiqlik   miqdori   xuddi   shunday
miqdordagi mexanik energiyaga aylanadi.
Termodinamikaning   ikkinchi   qonunining   g‘oyasi   S.Karno   nomi   bilan
bog‘liqdir.   Bu   qonunga   ko‘ra,   sikl   natijasida   jism   ish   bajarib,   so‘ngra   shu
ishning bir qismidan foydalangan holda boshlang‘ich holatga qaytadi. 
Karno   birinchi   bo‘lib   issiqlik   qizigan   jismdan   sovuqroq   jismga
uzatilgandagina foydali ish bajarilishi mumkinligini ko‘rsmatib beradi.
Karno g‘oyalarini rivojlantirib borib, ingliz fizigi U.Tomson 1851-yilda
termodinamikaning ikkinchi qonunini ta’rifladi: «Tabiatda birdan bir natijasi
issiqlik   rezervuarining   sovishi   hisobiga   olingan   mexanik   ishdan   iborat
jarayonning bo‘lishi mumkin emas».
Bu   ta’rif   issiqlik   va   ishning   bir-biriga   aylanishlari   teng   qiymatga   ega
emasligini   ko‘rsatadi:   ishni   to‘la   issiqlikka   aylantirilishi   (ishqalanish,   elektr
toki bilan qizdirish va boshqa usullar bilan) mumkin bo‘lgan holda, issiqlikni
to‘liq ishga aylantirib bo‘lmaydi. Ikkinchi qonun issiqlikni har doim va to‘la
ishga  aylantiradigan ikkinchi tur abadiy  dvigatelni na bo‘lishini, na yaratish
mumkinligini rad etadi.
1850-yilda   nemis   fizigi   R.Klauzius   termodinamikaning   ikkinchi
qonunining   ta’rifini   berdi:   «Issiqlik   sovuqroq   jismdan   issiqroq   jismga   o‘z-
o‘zicha   o‘tishi   mumkin   emas».   Bu   ta’rif   tabiatdagi   real   jarayonlarni   bir
tomonlama   va   vaqt   yo‘nalishida   mavjudligini   ko‘rsatadi.   Qand   chaqmog‘i
suvda erigandan keyin, o‘z-o‘zicha yana qand chaqmog‘i holatiga qaytmaydi.
Simni   akkumulatorda   qizdirish   mumkin,   biroq   issiq   sim   yordamida
akkumulatorni zaryadlab bo‘lmaydi. Termodinamika oldingi fizika o‘rganadigan xossaga diqqatini qaratdi. U
ham bo‘lsa, o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladigan jarayonlardir. Bu jarayonlarda vaqt
yo‘nalishi   t 1
  daqiqadagi   holatidan   t 0
  (boshlang‘ich)   vaqtdagi   holatga   o‘z-
o‘zicha qaytmaydi. 
Klauzius   1865-yilda   o‘z-o‘zicha   sodir   bo‘ladigan   jarayonlarning
yo‘nalishi   haqidagi   yangi   funksiya   entropiyani   kiritish   bilan   yechadi.
Termoizolatsiyalangan   berk   tizimda   jarayonlar   o‘z-o‘zicha   entropiyaning
oshishi   yo‘nalishida   boradi.   Entropiya   S   tizimidagi   tartibsizlikning   o‘lchovi
sifatida tushuniladigan bo‘ladi. Ya’ni: o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladigan jarayonlar
tartibsizlikning   ortishi   tomonga   boradi.   Shunday   qilib,   Klauzius
termodinamikaning ikkinchi qonunini ifodalab berdi: «o‘zgarmas energiyaga
ega   tizimlarda   o‘z-o‘zicha   kechadigan   jarayonlarda   entropiya   hamisha   o‘sib
boradi».
Avstriya   fizigi   L.Boltsman   entropiyaning   fizik   ma’nosini   tushuntirib
beradi.   Uning   fikriga   ko‘ra,   entropiya   tizimdagi   tartibsizlik   o‘lchovidir.
Tizimdagi to‘liq tartib entropiyaning minimum qiymatiga to‘g‘ri keladi. Har
qanday tartibsizlik uni o‘stiradi. Maksimal entropiya to‘liq betartiblikka mos
keladi. 
Aytaylik, entropiya tartibsizlik o‘lchovi ekan, u suyuqlikda kristaldagiga
nisbatan katta yoki suv entropiyasi muz entropiyasidan kattadir.
Real jarayonlarda holat qanday kechadi?
Boltsman   quyidagi   xulosalarga   keladi:   juda   ko‘p   zarralardan   tashkil
topgan   har   qanday   tizim   ehtimolligi   kamroq   holatdan   ko‘p   usullar   va
jarayonlar   orqali   ehtimolligi   ko‘proq   holatga   o‘tadi.   Vaqt   oralig‘ida
qaytarilmas jarayon entropiyaning o‘sishida namoyon bo‘ladi. Klassik fizika
tabiatdagi ichki holati o‘zgarmas obyektlar bilan ish ko‘radi. Termodinamika
fizik   jarayonlar,   tizimlar   evolutsiyasiga,   tadrijiy   o‘zgarishga   duch   keladi.
Vaqt   obyektini   uzviy   parametriga,   jarayon   yo‘nalishini   ko‘rsatuvchi funksiyasiga   aylanadi.   Lekin,   termodinamikada   ko‘rib   chiqiladigan   tizim
evolutsiyasi   haqidagi   tasavvur   Darvin   ta’limotidagi   evolutsiya
tushunchasidan tubdan farq qiladi.
Termodinamik   obyektlardagi   jarayonlar   evolutsiyasi,   ya’ni
entropiyaning   o‘sishi   tartibotdan   tartibsizlikka   o‘tishini   bildiradi.   Darvin
ta’limotida   tabiiy   tanlanish,   yashash   uchun   kurash,   organizm   va
populatsiyaning   evolutsiyasi   davomida   biologik   tizimlar   takomillashib
boradi. 
  Tabiatshunoslikda   evolutsiyaning   ikki   xil   ma’nosi:   tashkillashish
tartibotning   mukammallashishi   (biologiyada)   va   tartibotdan   tartibsizlikka
o‘tish kabi talqinlar paydo bo‘ladi.
Klauzius   entropiya   tushunchasini   koinot   haqidagi   tasavvurlarga   tadbiq
qildi. Ya’ni: 
- koinotda energiya hamma vaqt doimiy, o‘zgarmasdir;
- koinot entropiyasi har doim o‘sadi.
Agar   koinotdagi   barcha   jarayonlar   termodinamik   muvozanatga
intiladigan   bo‘lsa,   unda   entropiya   maksimum   qiymatga   erishadi,   harakat
o‘zgarish yo‘qoladi. Shu bois koinotning «issiqlik o‘limi» - olamning oxirgi
holati,   intihosini   bildirib,   bu   holat   go‘yo   barcha   harakat   turlari   va
shakllarining   qaytarilmas   muvozanatlashgan   issiqlik   shakliga   aylanishi
natijasida   entropiyaning   maksimal   darajasida   olamning   yalpi   muvozanat
holatiga   o‘tishi   g‘oyasini   ifodalaydi.   Hech   qanday   energetik   farq   qolmaydi,
koinotda   bir   xil   issiqlik   darajasi   o‘rnatiladi,   harakat   yo‘qoladi,   koinot
«o‘ladi».
Bunday xulosa termodinamikaning ikkinchi qonunini mutlaqlashtirish va
uni   butun   koinotga   tarqatish   asosida   qilinadi.   Ko‘p   olimlar   va   faylasuflar
koinotning   «issiqlik   o‘limi»   g‘oyasini   qo‘llab-quvvatlamaydilar.   Ular
tomonidan quyidagi da’volar keltiriladi: 1.   Koinot   fazo   va   vaqt   jihatidan   cheksizdir,   chegaralangan   yopiq   tizim
bo‘lmasdan,   aksincha,   sifatlari   son-sanoqsiz   bo‘lgan,   bir-birlari   bilan
bog‘langan tizimlar majmuidan iboratdir.
2.   Butun   koinotdagi   materiyaning   mumkin   bo‘lgan   holatlar   majmuasi
cheksizdir.   Koinotning   bir   hududida   entropiya   minimal   darajada   bo‘lsa
(masalan,   Quyoshga   o‘xshagan   yulduzning   tug‘ilishi),   boshqasida   entropiya
maksimal   darajaga   erishishi   mumkin   (yulduzning   ichki   energiyasi   tugab,
uning so‘nishi). Ya’ni, entropiyaning maksimal darajasi bilan tenglashtirilgan
eng   ehtimollik   holati   tushunchasini   butun   olamga   nisbatan   tadbiq   qilishga
asos yo‘q.
  Avstriya   fizik-nazariyotchisi   Lyudvig   Boltsman   termodinamikaning
ikkinchi qonunini statistik va ehtimollik g‘oyalari bilan boyitdi. Unga ko‘ra,
ko‘p zarralardan tashkil topgan har qanday tizim ehtimolligi kamroq holatdan
turli   usullar   bilan   amalga   oshadigan   ehtimolligi   ko‘proq   holatga
(entropiyaning   maksimal   darajasiga)   o‘tadi.   Zarralar   sifatida   molekulalarni
olsak,   unda   molekulalarning   o‘zaro   to‘qnashuvlari   natijasida   tizimda
molekulalar   tezligi   va   koordinatalarining   turli   kombinatsiyalari   vujudga
kelishi   mumkin,   ular   tizim   holatini   mexanik   holatdan   o‘zgartirmaydi,   lekin
termodinamik jihatdan tizim holati o‘zgaradi.
L.Boltsman tizim holatining u yoki bu tomonga o‘zgarishini fluktuatsiya
tushunchasi   bilan   ifodalaydi.   Fluktuatsiya   (lotincha   «fluktatsio»   -
«tebranish»)   fizik   o‘lchamnining   (miqdorning)   o‘rtacha   qiymatidan
og‘ishidir.   Ko‘p   elementlardan   tashkil   topgan   tizimlarda   (gaz,   suyuqlik,
odamlar olomoni) sodir bo‘ladigan tasodifiy jarayonlarda fluktatsion og‘hlar,
ya’ni o‘rtacha holat, qiymatdan chetga chiqishlar bo‘lib turadi. 
Koinotning   «issiqlik   o‘limi»   g‘oyasining   asossiz   ekanligini   ko‘rsatish
uchun Boltsman o‘zining fluktatsiya haqidagi gipotezasini ilgari suradi. Unga
ko‘ra,   yaxlit   olamning   umumiy   muvozanatli   holati   ayrim   makonlarda   katta katta   fluktatsiyalar   (o‘rtacha   holatdan   og‘hlar),   ya’ni   ayrim   olamlar
taraqqiyotini   nomuvozanatli   jarayonga   keltiruvchi   ana   shu   fluktatsiyalar
tufayli   buzilib   turadi.   Bunday   makonda  entropiya  minimal   darajada   bo‘ladi,
energiya yulduzlar tizimini yaratishga sarflanadi, biron bir galaktika tug‘iladi.
3.   Uchinchi   da’vo:   termodinamikaning   ikkinchi   qonuni   materiyaning
mumikn   bo‘lgan   barcha   o‘zgarishlari   yo‘nalishini   belgilamaydi:   olamda
boshqa   qonunlar   borki,   bu   qonunlar   olamda   turli   darajada   taqsimlangan   va
tarqalgan materiya va energiyaning cheklanmagan shakl va usullarida o‘zaro
ta’sirlashuvi   hamda   ularning   taraqqiyotini   yangi   sikllarga,   davrlarga
qo‘shilishi uchun sharoit yaratib beradi. Yuduzlar va galaktikalarning tashkil
topishi   ana   shu   jarayonning   ko‘rinishlaridan   biridir.   Koinotning   u   yoki   bu
makonida   moddiy   tizimlarning   qaytarilmas   holatga   erishishi   olamning   o‘z
intihosiga intilishini bildirmaydi. 
Shnday qilib, termodinamika klassik mexanika tadqiqotlarga oid vaqtga 
nisbatan befarqlik munosabatidan, fizik jarayonlarda vaqt ularni yo‘nalishini 
bildiradi, vaqt tizimlarning mohiyatli xislatidir, degan g‘oyaga o‘tdi. 
Termodinamika o‘ziga xos vaqt fizikasi yo‘nalishiga asos soldi.
Termodinamika   fanining   rivojlanishi   yopiq   va   ochiq   tizimlar
g‘oyasining shakllanishiga turtki berdi.
Issiqlikni   tadqiqot   qilish,   tabiiy   tizimlar   va   sun’iy   mexanizmlarda
issiqlikning   hosil   bo‘lishi,   taqsimlanishi,   tarqalishi   va   ishlashini   o‘rganish
qaytariluvchi va qaytarilmas jarayonlar tushunchasini hosil qiladi. 
Yopiq   tizimlarda   nomuvozanatli,   kam   ehtimolli   holat   qaytarilmas,
entropiyani maksimum darajasiga erishgan holatga o‘tadi. Bunda sarflangan
energiya tiklanmaydi.
Yopiq tizimlardan farqli o‘laroq, ochiq tizimlar va tashqi muhit o‘rtasida
energiya,   modda   va   informatsiya   bilan   ayirboshlash   sodir   bo‘ladi.   Olamda
mavjud bo‘lgan barcha tizimlar ochiq tizimlar qatoriga kiradi. XIX   asr   oxiri   XX   asr   boshlarida   L.Boltsman,   Ervin   Shryodinger   va
boshqalar   tomonidan   rivojlantirilgan   noklassik   termodinamika   ochiq
tizimlarda modda va energiyasi yo‘naltirilgan ayirboshlashlar va o‘zgarishlar
qonuniyatlarini,   ularning   statistik   xossalarini   o‘rganib,   ochiq   tizimlar
haqidagi tasavvurni shakllantirishga yo‘l ochdi.
Statistik   fizika,   ehtimollar   nazariyasi,   matematika,   kibernetika   kabi
fanlar   noklassik,   yangi   termodinamika   ishlab   chiqqan   ochiq   tizimlar,
qaytarilmas   jarayonlar   entropiya   va   uning   aks   holatini   ifodalagan
negentropiya   kabi   tushunchalarni   ishlab   chiqadilar,   ularning   mazmunini
boyitadilar.
Xo‘sh, qanday yangi ilmiy va falsafiy g‘oyalar ilgari surildi?
Noorganik tabiatda ochiq tizimlar va turli xil tizimlardan iborat bo‘lgan
tashqi   muhit   o‘rtasida   modda   va   energiya   ayirboshlashi   sodir   bo‘ladi.
Jamiyatda   modda   va   energiya   bilan   bir   qatorda   informatsion   ayirboshlash
amalga oshiriladi.
Jonli tabiatda, biologik tizimlarda (organizm va populatsiyadan tortib, to
biogeotsenozgacha)   genetik   (irsiy)   va   sensitiv   (hissiy)   informatsion
ayirboshlash oqimlari kanallari mavjud.
Ochiq   tizimlarda   qaytarilmas   jarayonlar   sodir   bo‘lar   ekan,   entropiya
holati hosil bo‘ladi. Lekin, ularda entropiya birdan-bir holat emas, entropiya
ochiq   tizimlarda   to‘planmaydi   (yopiq   tizmlarda   bo‘lganidek),   balki   tashqi
muhitga «chiqarilib» yuboriladi.
Yuqorida   qayd   qilganimizdek,   entropiya   tartibsizlikning   me’yorini
bildirar   ekan,   ochiq   tizimlar   E.Shryodinger   aytganidek,   tashqi   muhitdan
olgan   tartibni   (negentropiyani)   o‘zlashtirish   hisobiga   yashaydilar.   Jonzodni
organizmiga kirgan oziq energiya to‘la termodinamik tartibotini bildiradi.  Ochiq   tizimlar   haqidagi   tasavvurlar   o‘z-o‘zini   tashkillashtirish
konsepsiyasini,   keyinchalik   esa,   sinergetika   vujudga   kelishi   uchun   nazariy
zamin bo‘lib xizmat qiladi. ADABIYOTLAR
1. Бор Н.Атомная физика и человеческое познания. – М., 1961.
2. Томсон Д. Дух науки. – М., 1970.
3. Фейнмановские лекции по физике. – М., 1967.
4. Философские проблемы естествознания. – М., 1997.

TERMODINAMIKA FANINING FALSAFIY MUAMMOLARI Reja: 1. Klassik termodinamikada vaqt tushunchasi. 2. Ochiq tizimlar va yangi termodinamika.

Klassik va kvant mexanikasida harakat qonunlari ko‘rib chiqilganda, nazariyada aks etayotgan jarayonlarning vaqtiga, ya’ni vaqtning yo‘nalishiga e’tibor berilmaydi. To‘g‘ri chiziq yo‘nalishidagi harakat tezligi aniqlanganda sarflangan vaqt hisobga olinadi, qiymati (parametri) ifodalanadi. Lekin jarayonni (harakatning o‘zgarishini) o‘tmishmi, hozir yoki kelajakda sodir bo‘lishi mexanikada farq qilinmaydi. Vaqtning belgisini ( t -t 1 ) oldinga, aks tomonga almashtirish mumkin, tenglamalar qiymati esa o‘zgarmaydi, harakatlanayotgan jismning boshlang‘ich koordinatasi va impulsi berilgan bo‘lsa, uning tenglamasi o‘tmish va kelajak uchun bir xil qiymatga ega bo‘ladi. Demak, klassik fizika, shu jumladan, kvant mexanikasi qaytariluvchan jarayonlarni o‘rganadi. Harakat qilayotgan obyekt vaqt oralig‘ida o‘zgarmaydi. Bundan farqliroq, geologiya, biologiya, sotsiologiya, tarix kabi fanlar o‘rganadigan obyektlarda vaqt yo‘nalishi mavjud, vaqtning qiymati va parametrlari o‘tmishdan kelajakka tomon o‘zgarib turadi. Shunday ekan, mexanikada tarixi va taraqqiyoti bo‘lmagan obyektlar o‘rganiladi. Jonli tabiat va jamiyatda esa vaqt yo‘nalishi bor, jarayonlar qaytarilmasdir. Faqat XIX asrdan boshlab fizika qaytarilmas jarayonlarga e’tibor bera boshadi. Bu issiqlik hodisasini o‘rganishdan boshlandi. Issiqlik hodisasini o‘rganish termodinamika predmetiga aylandi. Termodinamika so‘zi ikkita yunon so‘zidan tashkil topgan: «terme» - «issiqlik» va «dinamik» - «kuch». Bu fanning shakllanishi inson yaratgan mashinalarda sodir bo‘ladigan issiqlikni o‘rganish bilan bog‘langan bo‘lib, olingan dastlabki natijalar tabiatda uchraydigan issiqlik jarayonlarini o‘rganishga tadbiq qilindi. Issiqlik energiyasi bilan ishlaydigan mashinalar ixtiro qilingandan so‘ng qanday qilib issiqlik mashinasida isssiqlik foydali ishga aylanadi? degan

savol tug‘ildi. Bu savolga 1824-yilda fransuz injeneri S.Karno «O‘tning harakatlantirish kuchi va bu kuchni vujudga keltirishga qodir mashinalar» kitobida javob beradi. Olim issiq jismdan sovuq jismga issiqlik uzatish jarayonidagi issiqlik ishga aylanishi mumkinligini ko‘rsatadi. U issiqlik mashinasi eng katta foydali ish koeffitsiyentiga ega bo‘la oladigan berk jarayonni ko‘rib chiqadi. Ana shu siklik jarayon keyinchalik Karno sikli deb ataladi. Oldingi fizika tashqi kuchlar ta’sirida vujudga keladigan harakat qonunlarini o‘rganar edi. Termodinamika tizimning o‘zida sodir bo‘ladigan jarayonlarni tadqiq qila boshladi. Bu fan issiqlikning uzatilish, tarqalishi va o‘zgarishi qonuniyatlarini o‘rganadi. Shu narsa ma’lum bo‘ladiki, issiqlikning tarqalishi qaytarilmas jarayondir. «Ishqalanish yoki biror bir mexanik ishni bajarish natijasida hosil bo‘lgan issiqlikni yana qayta energiyaga aylantirib, ishni amalga oshirish uchun foydalanib bo‘lmaydi». Xo‘sh, termodinamika qanday qonuniyatlarni kashf qildi? Termodinamikaning birinchi qonuniga ko‘ra, har qanday jism U ichki energiyaga ega bo‘lib, agar jism ishni bajarsa, bu energiya kamayishi, agar jismga Q issiqlik berilsa, energiya ortishi mumkin:  U = Q = A. Termodinamikaning birinchi qonuni bu energiyaning saqlanish qonuni. Unga ko‘ra, agar jismning ichki energiyasi doimiy bo‘lsa,  U=0, hamda issiqlik olmasa va bermasa, Q=0 , bu holda ish bajara olmaydi: A=0 . Bundan kelib chiqadigan xulosa hech narsadan ish hosil qilib bo‘lmaydi yoki ishni yo‘qqa chiqarib bo‘lmaydi. Hech narsadan ish hosil qiluvchi qurilma yoki mashinani yaratib bo‘lmaydi. Ya’ni tashqaridan energiya olmasdan abadul-abad ishlaydigan dvigatel bo‘lmaydi, yaratish ham mumkin emas.

Energiyaning saqlanish qonunini so‘zda quyidagicha ifodalash mumkin: har qanday usul bilan ma’lum miqdordagi mexanik energiyani issiqlik energiyasiga aylantirishda ayni bir miqdordagi issiqlik ajraladi va aksincha, sovish hisobiga ish bajarilganda shu issiqlik miqdori xuddi shunday miqdordagi mexanik energiyaga aylanadi. Termodinamikaning ikkinchi qonunining g‘oyasi S.Karno nomi bilan bog‘liqdir. Bu qonunga ko‘ra, sikl natijasida jism ish bajarib, so‘ngra shu ishning bir qismidan foydalangan holda boshlang‘ich holatga qaytadi. Karno birinchi bo‘lib issiqlik qizigan jismdan sovuqroq jismga uzatilgandagina foydali ish bajarilishi mumkinligini ko‘rsmatib beradi. Karno g‘oyalarini rivojlantirib borib, ingliz fizigi U.Tomson 1851-yilda termodinamikaning ikkinchi qonunini ta’rifladi: «Tabiatda birdan bir natijasi issiqlik rezervuarining sovishi hisobiga olingan mexanik ishdan iborat jarayonning bo‘lishi mumkin emas». Bu ta’rif issiqlik va ishning bir-biriga aylanishlari teng qiymatga ega emasligini ko‘rsatadi: ishni to‘la issiqlikka aylantirilishi (ishqalanish, elektr toki bilan qizdirish va boshqa usullar bilan) mumkin bo‘lgan holda, issiqlikni to‘liq ishga aylantirib bo‘lmaydi. Ikkinchi qonun issiqlikni har doim va to‘la ishga aylantiradigan ikkinchi tur abadiy dvigatelni na bo‘lishini, na yaratish mumkinligini rad etadi. 1850-yilda nemis fizigi R.Klauzius termodinamikaning ikkinchi qonunining ta’rifini berdi: «Issiqlik sovuqroq jismdan issiqroq jismga o‘z- o‘zicha o‘tishi mumkin emas». Bu ta’rif tabiatdagi real jarayonlarni bir tomonlama va vaqt yo‘nalishida mavjudligini ko‘rsatadi. Qand chaqmog‘i suvda erigandan keyin, o‘z-o‘zicha yana qand chaqmog‘i holatiga qaytmaydi. Simni akkumulatorda qizdirish mumkin, biroq issiq sim yordamida akkumulatorni zaryadlab bo‘lmaydi.

Termodinamika oldingi fizika o‘rganadigan xossaga diqqatini qaratdi. U ham bo‘lsa, o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladigan jarayonlardir. Bu jarayonlarda vaqt yo‘nalishi t 1 daqiqadagi holatidan t 0 (boshlang‘ich) vaqtdagi holatga o‘z- o‘zicha qaytmaydi. Klauzius 1865-yilda o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladigan jarayonlarning yo‘nalishi haqidagi yangi funksiya entropiyani kiritish bilan yechadi. Termoizolatsiyalangan berk tizimda jarayonlar o‘z-o‘zicha entropiyaning oshishi yo‘nalishida boradi. Entropiya S tizimidagi tartibsizlikning o‘lchovi sifatida tushuniladigan bo‘ladi. Ya’ni: o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladigan jarayonlar tartibsizlikning ortishi tomonga boradi. Shunday qilib, Klauzius termodinamikaning ikkinchi qonunini ifodalab berdi: «o‘zgarmas energiyaga ega tizimlarda o‘z-o‘zicha kechadigan jarayonlarda entropiya hamisha o‘sib boradi». Avstriya fizigi L.Boltsman entropiyaning fizik ma’nosini tushuntirib beradi. Uning fikriga ko‘ra, entropiya tizimdagi tartibsizlik o‘lchovidir. Tizimdagi to‘liq tartib entropiyaning minimum qiymatiga to‘g‘ri keladi. Har qanday tartibsizlik uni o‘stiradi. Maksimal entropiya to‘liq betartiblikka mos keladi. Aytaylik, entropiya tartibsizlik o‘lchovi ekan, u suyuqlikda kristaldagiga nisbatan katta yoki suv entropiyasi muz entropiyasidan kattadir. Real jarayonlarda holat qanday kechadi? Boltsman quyidagi xulosalarga keladi: juda ko‘p zarralardan tashkil topgan har qanday tizim ehtimolligi kamroq holatdan ko‘p usullar va jarayonlar orqali ehtimolligi ko‘proq holatga o‘tadi. Vaqt oralig‘ida qaytarilmas jarayon entropiyaning o‘sishida namoyon bo‘ladi. Klassik fizika tabiatdagi ichki holati o‘zgarmas obyektlar bilan ish ko‘radi. Termodinamika fizik jarayonlar, tizimlar evolutsiyasiga, tadrijiy o‘zgarishga duch keladi. Vaqt obyektini uzviy parametriga, jarayon yo‘nalishini ko‘rsatuvchi