logo

TUPROQ UNUMDORLIGI VA MADANIYLIGI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

54.837890625 KB
MAVZU.  TUPROQ UNUMDORLIGI VA MADANIYLIGI 
Reja:
1. Tuproq unumdorligi va uning turlari.
2. Tuproq madaniyligi va uni yaxshilash tadbirlari.
3.Tuproq   unumdorligi   va   madaniyligini   yaxshilashda   organik   moddalarning
ahamiyati.
  1. Tuproq unumdorligi va uning turlari
Qadimgi Hindistonda ekinlardan yuqori hosil olishda go‘ngning ahamiyatiga
to‘liq   baho   byerilgan.   Kirishi-Paratarada   go‘ng   qo‘llanmasdan   ekinlardan   yuqori
hosil   olib   bo‘lmasligi   va   go‘ngdan   o‘g‘it   tayyorlash   usullari   bayon   qilingan.
Kunjutni ezib, go‘sht bilan suvda etti kecha saqlab keyin qo‘llanilsa daraxtlarning
gullashi va meva tugushini ko‘paytiradi. Varaxamixiralin Brxat Samhita, kunjutni
o‘stirib   gullash   fazasida   yashil-o‘g‘it   sifatida   tuproqqa   haydab   aralashtirishni
tavsiya etgan.
O‘simliklarning   o‘sish   va   rivojlanishi   uchun   tuproq   muhim   obe’kt   bo‘lib
hisoblanadi.   Dehqonchilikning   turli   rivojlanish   davrlarda   tuproq   xususiyatlari
haqida turli xil   qarashlar bo‘lgan. Albatta bu qarashlar o‘simliklarni shu tuproqda
o‘sishi   va   unda   rivojlanishiga   qarab   nisbiy   baholangan.   Qaysiki   o‘simlik   ushbu
tuproqda yaxshi  o‘sib rivojlanib hosil  byergan bo‘lsa,  bu tuproq yaxshi,  aksincha
esa yomon deyilgan. Ana shu va boshqa tomonlarini hisobga olib unumdor tuproq
va unumsiz tuproq degan xususiyat paydo bo‘lgan desak yanglishmaymiz.
Ekinlardan   yuqori   va   barqaror   hosil   olish   hamda   ishlab   chiqarishda   mehnat
unumdorligini   oshirish   bevosita   tuproqning   unumdorlik   darajasiga   hamda
dehqonchilik madaniyatiga bog‘liqdir.
Tuproq   unumdorligi   deganda,   o‘simlikni   butun   vegetatsiya   davri   davomida
suv, oziq elementlari va zaruriy faktorlar bilan ta’minlash hamda uning faoliyatiga
qulay   fizik-kimyoviy,   kimyoviy   va   biologik   sharoitlarni   yaratish   xususiyati
tushuniladi.   CHunonchi,   mexanik   tarkibi   og‘ir,   strukturasiz,   zichlashgan   qattiq
tuproqlarda havo kam bo‘ladi. Tuproq qanchalik unumdor bo‘lsa, o‘simlik undagi
elementlardan   yaxshi   ta’minlanib,   gektaridan   olinadigan   hosil   shunchalik   yuqori
bo‘ladi.
Tuproq   unumdorligi   uning   doimiy   va   xech   O‘zgarmaydigan   sifati   emas.
Insonlar   yerga   to‘g‘ri,   oqilona   ta’sir   etganda,   tuproqning   unumdorligi   O‘zluksiz
oshib,   ekinlardan   muttasil   yuqori   hosil   olishni   ta’min   etadi.   Aksincha,   yerga
noto‘g‘ri   ishlov   byerish,   agrotexnika   tadbirlarini   pala-partish   amalga   oshirish   esa
tuproq unumdorligining pasayishiga va hosilning kamayishiga sabab bo‘ladi. Tuproq unumdorligi - tabiiy va sun’niy turlarga bo‘linadi.
Tuproqning   tabiiy   unumdorligi   tabiiy   omil lar   ta’sirida   hosil   bo‘ladi   hamda
tuproqni   hosil   bo‘lish   sharoitiga,   uning   organik,   minyeral   tarkibiga,   kimyoviy   va
biologik xossalariga binoan ba’zan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Tuproqning
sun’iy yoki   samarali   unumdorligi insonlar ta’sirida yaratilib, yerga ishlov byerish,
fan va texnika taraqqiyoti bilan borliq holda o‘zgarib turadi.
Binobarin,   dehqonchilikda   qo‘llanilayotgan   yerga   ishlov   byerish,   sug‘orish,
o‘g‘itlash,   almashlab   ekishni   joriy   etish,   sho‘rni   yuvish,   sizot   suvlarning   satxini
pasaytirish   kabi   agrotexnika   tadbirlari   tuproqning   sun’iy   unumdorligini   vujudga
keltiradi. Tuproq unumdorligini  tabiiy va sun’iy kabi  turga ajratish  shartli  bo‘lib,
ularni tubdan bir-biridan ajratish mumkin emas. 
Tuproq unumdorligini uning ob’ektiv xossasi, ammo dehqonchilik kimyosi va
mexanikasining   rivojlanishiga   ko‘ra   bu   xossa   hamisha   o‘zgarib   turadi.   U   shu
asosda   konkret   tarixiy   tushuncha   -« samarali   unumdorlik»   to‘g‘risidagi   tushuncha
yaratildi
Ma’lumki,   fan-texnika   taraqqiyoti   va   ishlab   chiqarish   unum dorligi   ijtimoiy
munosabatlarga   bog‘liq   bo‘lgani   xolda,   tuproq   unumdorligining   o‘zgarishi   ham
shu   munosabatlarning   rivojla nishiga   bog‘liqdir.   Kishilik   jamiyati   unchalik
rnvojlanmagan davrlarda kam unumli hisoblangan tuproq yuqori, ya’ni rivojlangan
ijtimoiy formatsiyada uning unumdorligi osha boradi. 
Samarali   unumdorlik   tuproq   tabiiy   va   sun’iy   unumdorligining   xaqiqiy
ko‘rsatkichi bo‘lishi bilan birga, ma’lum davrdagi sotsial-iktisodiy formatsiyaning
tuproqqa ta’siri natijasi hamdir.
Darxaqiqat,   zamonaviy   rivojlangan   fan   va   texnika   kurollari   yordamida
yerlarga   ishlov   byerish   yo‘li   bilan   o‘simliklar   uchun   noqulay   shakldagi   oziq
moddalarni oson o‘zlashtiriladigan holatga keltiribgina kolmay, xatto uning tabiiy
xossalarini   ham   o‘zgartirish   mumkin.   Masalan,   organik,   minyeral,   baktyerial
o‘g‘itlarni   qo‘llash,   almashlab   ekishni   joriy   etish,   yerlarning   sho‘rini   yuvish
tuproqning   kimyoviy   tarkibini   o‘zgartirib,   unda   chirindi   modda   miqdorini
ko‘paytiradi. Kollektor, drenaj ishlarini amalga oshirish natijasida sizot suvlarning satxini   kamaytirish,   botqoqli   yerlarni   quritish   kabi   tadbirlar   esa   tuproqning   suv   -
havo   va   issiklik   rejimlarini   boshqarishga   imkonnyat   yaratadi.   Dexkonchilnk
intensifikatsiyalashgan   sari   insonlarning   tuproqning   effektiv   unumdorligiga   ta’sir
etishidagi   roli   kuchaya   boradi.   Insonlarning   yerga   bunday   ta’sir   etishi   fakat
tuproqning   potensial   unumdorligini   saqlabgina   kolmay,   balki   uni   oshiradi,   ya’ni
yerni   yaxshilash   uchun   muntazam   sarflangan   mablag‘dan   samarali   foydalaniladi,
chunki yerning o‘zi ishlab chikarish vositasi sifatida ta’sir etadi. SHuning uchun u
bilan to‘g‘ri muomala qilinsa, doimo yaxshilanadi.
Ingliz   iqtisodchisi,   ruxoniy   Tomas   Robyert   Mal ь tus
(1766-   1834)   hukmron   sinf   manfaatlarini   himoya   qilib,   M.   O‘.   Godvinnnng
o‘topik g‘oyalariga, ya’ni o‘sha davr uchun progressiv hisoblangan frans u z burjua
revolyusiyasining   nazariyachilari   M.   Kondoroev,   J.   J.   Russo   va   boshqalarning
qarashlariga qat’iy karshi chikdi. «Axoli konuni to‘g‘risida tajriba» (1798) asarida
mexnatkashlarning   qashshoqligini   va   ishsizligini   «kishilarning   absolyut
ortiqligi»dan,   «aholining   tabiiy   qonuni»   harakatidan   deb   tushuntirdi.
Mexnatkashlarning   axvoli   kapitalistik   tuzumning   sotsial   sharoitiga   emas,   balki
tabiatning   «abadiy»   qonunlariga   bog‘liq   deb   da’vo   qildi.   Bu   oqimga   ko‘ra,
tirikchilik   vositalarining   ko‘payishi   aholining   ko‘payishidan   orqada   qolar   emish.
Mal ь tus   axolining   ko‘payishida   biologik   faktorlarning   hal   kiluvchi   ahamiyatini
ko‘rsatib, aholi geometrik (2, 4, 16 va hokazo) progress bilan, tirikchilik vositalari
esa   arifmetik   (1,   2,   3   va   hokazo)   progress   bilan   ko‘payadi,   deb   tushuntirgan.
Mal ь tusning   fikriga   ko‘ra,   aholining   ko‘payishi   bilan   tirikchilik   vositalarining
ortishi   o‘rtasidagi   nomo‘tanosiblik   epidemiya,   ochlik,   qashshoqlik,   urush   va
hokazolar   natijasida   kishilarning   ko‘plab   o‘lishi   tufayli   tartibga   keltirilar   emish.
Xozirgi vaqtda bu (mal ь tuschilik) oqim milliy ozodlik harakatiga qarshi ko‘rashda
vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Birinchi marta bu «qonun»ni XVIII asrda fransO‘z ekonomisti A.R.J.Tyurgo
va keyinchalik ingliz ekonomisti E.Veet asosladi.
XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarida   Gyermaniyada   L.Brentano,   M.Zyering,
Rossiyada S.N.Bo‘lgakov, M.I.To‘tan-Baranovskiy, P. V. Struve, P. P. Maslovlar bu   nazariyaning   eng   yirik   namoyandalari   bo‘lib   etishdi.
XX asrning birinchi yarmida A. Morshall, D. M. Keyns, B. Klark va boshqalar bu
«qonun»ni   faqat   qishloq   xo‘jaligida   emas,   balki   sanoatda   ham   unumdorlikni
pasaytiruvchi univyersal qonun deb izohladilar.
Keyinchalik   Mal ь tus   fikrining   noto‘g‘ri   ekanligini   isbotlandi.   Insoniyat
ixtiyoridagi   ishlab   chikarish   kuchlari   cheksizdir.   «Yerni   yaxshiroq   ishlashniig
xozirgi   vaqtda   ma’lum   bo‘lgan   usullarini   qo‘llashning   yolg‘iz   o‘ziyoq   yer
mahsulotlarini... olti marta va undan ham ko‘proq oshirishga imkon byeradi.
Jamiyat   takqiyoti   qonunlarining   sirlarini   va   tabiiy   hodisalar   ahimiyatini
to‘g‘ri  tushuna olmagan Mal ь tusga yergashgan rus mal ь tuschilaridan Bo‘lgakov,
Struve   va   boshqalar   axolining   ko‘payish   «qonuni»   ni   tuproq   unumdorligini
tushunish   masalasiga   tatbiq   etmoqchi   bo‘lib,   «tuproq   unumdorligining   tobora
kamayib borish qonuni» degan «qonun»ni oldinga surdilar.
Bo‘lgakov   «tuproq   unumdorligining   tobora   kamayib   borish   konuni»ni
himoya   qilib,   yerni   ishlash   uchun   qo‘shimcha   sarf   bo‘ladigan   mehnat   va   kapital
birligi   evaziga,   shunga   munosib   miqdorda   emas,   balki   tobora   kamroq   miqdorda
mahsulot olinadi, degan dalilni ro‘kach qildi.
Tabiatda   “tuproq   unumdorligining   tobora   kamaypb   borish   konuni”   hukm
surmaganda edi, deydi uning tarafdorlari yerga har safar sarflanadigan qo‘shimcha
mehnat   va   kapitalga   yarasha   olinadigan   hosil     kamayib     bormasdan,   bir   xilda
maxsulot byeradigan bo‘lsa, ekin maydonlarini umuman kengaytirishning kyeragi
bo‘lmas edi, u xolda ilgarigi miqdordagi yerniig o‘zidan, u yer qancha kam bo‘lsa
ham,   qo‘shimcha   miqdorda   shuncha   ko‘p   g‘alla   olish   mumkin   bo‘lar   edi.   Va
«butun   yer   sharinining   dehqonchiligini   bir   desyatina   yerga   joylashtirish   mumkin
bo‘lar edi» deb jar soldilar. Rus mal ь tuschilari bu “qonun”ni asoslash uchun bitta u
yoki   bu   faktorning   mikdorini   o‘zgartirish   bo‘yicha   qilingan   tajriba   natijalaridan
ham misol tarikasida ko‘paytirish ishlarining bir-biriga bogliq ekanligini ko‘rsatib
o‘tdi.
V.V.Dokuchaev,   P.Kostichev.   V.Vil ь yams,   D.N.Pryanishnikov,
K.A.Timiryazev   va   boshqa   rus   olimlari,   tuproq   unumdorligini   kamayish   qonuni to‘g‘risida   mal ь tus   tarafdorlarining   «nazariya»   lari   mutlaqo   noto‘g‘ri   va   g‘ayri
ilmiy   ekanligini   dalillar   bilan   isbotlab   byerdilar,   hamda   tuproq   unumdorligini   va
ekinlarning xosilini oshirishga qaratilgan agronomiya fanining rivojlanishiga katta
hissa qo‘shdilar.
Dokuchaev   (1954)   «CHo‘llarimizning   o‘tmishi   va   hozirgi   holati»   degan
asarida   Rossiyada   revolyusiyadan   oldingi   davrda   yerlarnipg   pala-partish
ishlanishi,   ratsional   almashlab   ekishning   joriy   qilinmaganligi   oqibatida   g‘oyat
katta zarar kurilayotganligini va bunday natijalar tuproq unumdorligining hamisha
pasayishiga   hamda   don   va   boshqa   ekinlar   hosilining   kamayishiga   sabab
bo‘lganligini bayon qiladi.
Dokuchaev,   Kostichev   va   boshqalar   tuproqning   yo‘qolgan   unumdorligini
tiklash   uchun   uning   haydalma   qatlami   tabiiy   xossalarini,   donadorligini,
cho‘llarning   nam   sharoitini   yaxshilash   va   ularni   shamolning   zararli   ta’siridan
himoya   qilish   zarur   deb   hisoblaydilar.   Buning   uchun   ular   daryo,   soy,   jarlik
suvlarini   tartibga   solishni,   sun’iy   ko‘l,   hov u zlar   yaratishni   va   ularning   atrofiga
daraxt   o‘tqazishni   hamda   ko‘plab   ihota   daraxtzorlari   barpo   etishni   va   boshqa
tadbirlarni taklif etadilar. 
Qadimgi Hindistonda ekinlardan yuqori hosil olishda go‘ngning ahamiyatiga
to‘liq   baho   byerilgan.   Kirishi-Paratarada   go‘ng   qo‘llanmasdan   ekinlardan   yuqori
hosil   olib   bo‘lmasligi   va   go‘ngdan   o‘g‘it   tayyorlash   usullari   bayon   qilingan.
Kunjutni ezib, go‘sht bilan suvda etti kecha saqlab keyin qo‘llanilsa daraxtlarning
gullashi va meva tugushini ko‘paytiradi.  Varaxamixiralin Brxat Samhita, kunjutni
o‘stirib   gullash   fazasida   yashil-o‘g‘it   sifatida   tuproqqa   haydab   aralashtirishni
tavsiya etgan.
Ilror   xo‘jaliklariing   ish   tajribalari   ham   “tuproq   unumdorligining   kamayish
qonuni» iqtisodiy jihatdan mutlaqo yolg‘on ekanligini isbot qildi. Dehqonchilikda
ilmiy   asoslangan   agronomik   va   meliorativ   tadbirlar   kompleksi   qo‘llanilganda
tuproq   unumdorligi   tizimli   ravishda   oshishini   va   madaniylashishini   ko‘rsatdi.
Natijada   tuproq   unumdorligi   o‘simlikni   zarur   oziq   moddalar   bilan   ta’minlab
yuqori   hosil   olishga   imkoniyat   yaratadi.   Yerdan   intensiv   foydalanish,   tabiatning ob’ektiv   qonunla-rini   bo‘zilishi   va   dexqonchilikni   boshqarishdagi   xato   usullar
ekinlarning   hosildorligini   oshirmaydi.   Ma’lumki.   tabiatda   tuproq   unumdorligini
kamayish   «qonun»i   yo‘q.   Dehqon-chilikning   haqikiy   qonunlari   bilan
hisoblashmaslik   uni   bo‘zishlikdir,   ya’ni   ekinlar   hosili   bilan   tuproqdan   oziq
moddalar   chiqib   ketsa-yu,   lekin   bu   moddalar   tuproqqa   qaytib   tushmasa,   so‘zsiz
tuproq   unumdorligi   kamayadi.   Tabiat   qonunlari   ob’ektiv   va   shafqatsizdir.   Ular
bizning ixtiyorimizdan tashqarida mavjud, shuning uchun ham ularning bo‘zilishi
insonlarga qimmatga tushadi. 
Vil ь yams   o‘zining   ilmiy   ishlarida   tuproq   unumdorligini   sharoit   va
elementlarga bo‘ldi. Elementlar - o‘simlikning tuproqdagi xayot faktorlari bo‘lib,
o‘simlik uchun zarur bo‘lgan oziq dalar va suv bunga misol bo‘la oladi. 
2. Tuproq madaniyligi va uni yaxshilash tadbirlari
Unumdorlik   sharoiti   tuproqning   tabiiy   xususiyatiga   bog‘liq   bo‘libgina
qolmasdan,qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarish   vositalarining   ishlash   protsessi
ta’sirida,   ya’ni   tuproqni   madaniylashtirish   natijasida   xosil   bo‘ladi.   Unumdorlik
sharoiti   yaxshi   madaniy   tuproqlarda   o‘simlik   tuproqning   unumdorlik   elementlari
bilan ta’minlanishi yaxshilanadi va ular orasidagi aptagopistik ziddiyatlar bartaraf
etilgan bo‘ladi.
Tuproqning   muxim   tabiiy   xususiyatlarini   har   xil   ilmiy   asoslangan   tadbir
(melioratsiyalash,   oxaklash,   gipslash,   o‘g‘itlash,   ishlov   byerish,   begona   o‘t   va
zararkunandalarga   karshi   ko‘rashish   kabi)larni   qo‘llash   natijasida   qulay   holatga
keltirish mumkin, 
Darhaqiqat,   tuproq   qanchalik   unumdor   bo‘lmasin,   unumdorlik   sharoiti
o‘simlik uchun muhayyo bo‘lmasa, u me’yorl o‘smaydi  va rivojlanmaydi, demak
hosil   kam   bo‘ladi.   Tuproq   unumdor   bo‘lishi   bilan   birga   madaniy   bo‘lishi   ham
zarur.   O‘simlik   shundagina   yaxshi   o‘sadi,   rivojlanadi   va   mo‘l   hosil   byeradi.
Tuproqning unumdorligi va madaniyligi bir-biriga zid xususiyat bo‘lmay, balki biri
ikkinchisini   taqozo     etuvchi   xususiyatlardir.   CHunonchi,   tuproq   unumdor   va
madaniy bo‘lgandagina o‘simliklardan yuqori  hosil  olishni  ta’min etishi mumkin.
SHuning   uchun   ham   qishloq   xo‘jalik   ko‘p   tartibida   dehqonchilik   madaniyatini ko‘tarish umumxalq shiori deb talqin etilmoqda va unga davlat ahamiyatiga molik
ish deb qaralmoqda.
Tabiatda   unumdor,   ammo   madaniyligi   past   tuproqlar   uchraydi.   Masalan,
O‘zbekistonning   Xorazm   viloyati   tuproqlari,   allyuvial,   agroirrigatsion   yotqiziqlar
hisobiga   hosil   bo‘lgan   o‘tloki   unumdor   tuproqlardir.   Ammo   sizot   suvlarning
sayozligi   eplapning   sho‘rligi,   ildizpoyali   begona   o‘tlarning   ko‘pligi   va   boshkalar
yerlarning   madaniy   holati   yaxshi   emasligidan   dalolat   byeradi.   Bunday   yerlarni
madaniylashtirish   uchun   sizot   suvlarning   sathini   kamaytirish   va   sho‘rlarni   sifatli
yuvish   yerlarni   begona   o‘tlardan   tozalashga   qaratilgan   tadbirlar   amalga   oshirish
kyerak.
Farg‘ona   vodiysidagi   ko‘p   xo‘jaliklarning   yerlari   madaniy,   ammo
unumdorligi   pastdir.   Bu   yerlar   asrlar   davomida   dehqonchilik   qilish   bilan   bog‘liq
bo‘lgan   tadbirlarning   bir   necha   marta   takrorlanishi   natijasida   tuproq   zararli
tuzlardan  begona  o‘tlardan  tozalangan,   sizot  suvlarning  satxi   pasaytirilgan  rel ь efi
tekislangan,   ya’ni   madaniylashtirilgan.   Ammo   muttasil   dehqonchilik   qilinishi
natijasida tuproq unumdorligi pasaygan. Bunday yerlarning unumdorligini oshirish
uchun go‘ng va boshqa organik, minyeral o‘g‘itlar solish, almashlab ekishni joriy
etish kabi tadbirlarni amalga oshirish zarur.
O‘simlikni   o‘sishi   va   rivojlanishi   uchun   qulay   sharoit   yaratilgan,   zararli
organizmlardan   tozalangan   tuproq   madaniylashgan   tuproq   deyiladi.   Tuproq
biologik, kimyoviy va fizikaviy usullarda madaniylashtiriladi.
Yer asosan biologik, kimyoviy va fizik usullarda madaniylashtiriladi
Biologik   usul   -   bunda   tuproqdagi   organik   moddalarning   sintezlanishi   va
chirishini   boshqarish,   syerhosil,   navdor,   kasallik   va   zararkunandalarga   chidamli,
mahalliy sharoitga moslashgan ekin navlarini ekish, almashlab ekishni joriy etish,
baktyerial   o‘g‘itlarni   qo‘llash   kabi   tadbirlar   amalga   oshirilishi   lozim.   Bundan
tashqari   tuproq   strukturasini   yaxshilovchi   hamda   elementlarni   parchalanishini
tezlashtiruvchi chuvalchanglardan foydalaniladi.
SHuningdek,   bunda   tuproqdagi   organik   moddalarning   sintezlanishi   va
chirishini   boshqarish,   syerhosil,   navdor,   kasallik   va   zararkunandalarga   chidamli, mahaliy sharoitga moslashgan ekin navlarini ekish, ularning nisbatini (g‘alla, em-
xashak, texnik ekinlar) dalalarda to‘g‘ri joylashtirish, almashtab ekishni joriy etish
kabi  tadbirlar  amalga oshirilishi  lozim. Bir  yillik em-xashak  ekinlarga  qaraganda
ko‘p   yillik   dukkakli   ekinlar   tuproqdagi   organik   moddalar   miqdoriga   ijobiy   ta’sir
etadi. Ko‘p yillik ekinlarga dukkakli  g‘alla va boshqa ekinlarni  aralashtirib ekish
yana   ham   yaxshi   samara   byeradi.   CHunki   dukkakli   ekinlar   ildizidagi   tugunak
baktyeriyalar yordamida tuproqni biologik azot bilan boyitadi. Tuproq chirindisini
ko‘paytirishda   va   mikroorganizmlar   faoliyatini   yaxshilashda   dukkakli   ko‘kat
o‘g‘itlarning ahamiyati  katta. Tuproqdagi  organik moddalarning chirishini  to‘g‘ri
boshqarish uchun yerni chuqur haydash, keyingi yillarida esa haydash chuqurligini
tabaqadashtirish zarur.  Almashlab ekish va o‘simlik qoldiqlarini tuproqqa ko‘mish
tuproq   unumdorligini   tiklash   uchun   qo‘llanilgan.   Hayvonot,   olami   jumladan
gulgolilar yomg‘ir chuvalchanglari va sho‘rbakalardan tuproqning fizik xossalarini
yaxshilash   uchun   foydalanilgan,   kompostlarni   tayyorlash   amaliyoti   ham   qadimgi
adabiyotlarda   bayon   qilingan   hamda   dehqonchilikni   olib   borish   ideal   usullariga
bag‘ishlangan. Tamil Nadi fyermyerlarning asrlar davomidagi amaliyotida organik
o‘g‘itlarni   go‘ng   sifatida   tuproqqa   solish,   kunjara,   yashil   o‘g‘it,   o‘simlik
qoldiqlarini go‘ng bilan qo‘shib tuproqqa solish qo‘ylanib kelingan. 1
Kimyoviy   usul   -   bunda   tuproqlarga   har   xil   minyeral,   ohak,   gips   va   boshqa
moddalar   qo‘llanilib,  tuproqda   o‘simlik  oson   o‘zlashtiradigan   holatdagi   moddalar
miqdori ko‘paytiriladi. Ammo me’yordan ortishi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Fizikaviy usul  - bunda yerga fizik-mexanik ta’sir etiladi. YA’ni yerga har xil
ishlovlar   byeriladi,   tuproqning   strukturali   bo‘lishi   va   uning   havo,   issiqlik,   suv   va
boshqa   rejimlarini   boshqarishda   o‘tkaziladigan   tadbirlar   kompleksi   amalga
oshiriladi.   Bundan   tashqari,   mayda   kartalarni   yiriklashtirish,   yerlarning   zahini
qochirish, sho‘rini yuvish, sizot suvlar sathini pasaytirish yuzasidan o‘tkaziladigan
kollektor-drenaj   ishlari   hamda   ekin   ekishdan   oldin   va   keyii   olinadigan   egat   yoki
jo‘yaklar ham fizik usulga kiradi.
1
 Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 37 - 38   бетлар . Tuproq   unumdorligi   va   madaniylik   darajasi   undagi   chirindi,
mikroorganizmlar miqdori, tuproq muhiti, donadorligi, tuzilishi, haydalma qatlam
qalinligi va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
Yerlarni   madaniylashtirishdagi   uchala   metodning   har   biri   tuproq
xususiyatlariga   va   unda   sodir   bo‘ladigan   mikrobiologik   protsesslarga   turlicha
ta’sir   etadi.   SHunga   ko‘ra,   ularning   uch t asi   ham   birgalikda   qo‘llanilgandagina
yerlarni madaniylashtirish yaxshi samara byeradi.
Fyermyerlar   o‘g‘it   sifatida   dukkakli   o‘simliklarning   qoldig‘i   tuproq
unumdorligini oshirishadi deb katta ishonchga ega edilar. 
Almashlab   ekish   va   o‘simlik   qoldiqlarini   tuproqqa   ko‘mish   tuproq
unumdorligini   tiklash   uchun   qo‘llanilgan.   Hayvonot,   olami   jumladan   gulgolilar
yomg‘ir   chuvalchanglari   va   sho‘rbakalardan   tuproqning   fizik   xossalarini
yaxshilash   uchun   foydalanilgan,   kompostlarni   tayyorlash   amaliyoti   ham   qadimgi
adabiyotlarda   bayon   qilingan   hamda   dehqonchilikni   olib   borish   ideal   usullariga
bag‘ishlangan.   Tamil   Nadi   fyermyerlarning   asrlar   davomidagi   amaliyotida
organik o‘g‘itlarni go‘ng sifatida tuproqqa solish, kunjara, yashil o‘g‘it, o‘simlik
qoldiqlarini go‘ng bilan qo‘shib tuproqqa solish qo‘ylanib kelingan.   2
Qayta   ishlash.   Tog‘   oldi   mintaqalarda   suv   yig‘adigan   hovuzlarni   qazib   va
hovuzlarda   to‘plangan   cho‘kindilarni   qayta   ishlash   orqali   oziq   moddalar
to‘planadi.   Mussonlar   davrida   hovuzlarda   to‘plangan   cho‘kindilar   dalalarga
yotqiziladi. 
Molxonalar   va   uy   xo‘jaliklaridan   chiqqan   oqova   suvlar   o‘zida   yerigan   oziq
moddalar   va   boshqa   zarralar   bilan   qishloqlarda   qazilgan   hovuzlarga
yo‘natiriladi.   Hamma   to‘planadigan,   loyqa   va   organik   moddalar   tezda   cho‘kadi
yoki   joylashtiriladi,   bu   tez   toza   suv   byerish   imkonini   yaratadi.   Hayvonlar   bu
hovuzlardan   suv   ichish   uchun   foydalaniladi.   YOzgi   mavsumda   hovuzlar   qurishi
bilan   fyermyer   hovuz   tubidagi   tuproqni   qazib   olinadi   va   dalalarga   tashlab
ketishadi.   Hovuzlarning   tubi   taxminan   30   sm   chuqurlikda   qazib   olinadi.   Bu
o‘simliklar   uchun   oziq   moddalarga   boy   manba   hisoblanadi.   Hovuz   cho‘kmalari
2
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 37 - 38   бетлар . har bir dalada 10-15 yilda bir marta solinadi.ssestyerna va hovuzlarda  yig‘ilgan
loyqa   engil   mexanik   tarkibi   qizil   tuproqlarning   strukturasini   yaxshilaydi,   nam
sig‘imini oshiradi va hosildorlikni ko‘tarilishini ta’minlaydi.   3
.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligi   bundan buyon xam tuproq unumdorligini va
madaniyligini   oshirishda   katta   imkoniyatlarga   ega.   Masalan,   Qashqadaryo
viloyatining   Mirishkor   va   Kasbi   tumanlari   tuproqlari   och   tusli   bo‘z   va   taqir
tuproqlarga   mansub   bo‘lib   unumdorligi   past   edi.   Keyingi   yillarda   mazkur
tumanlarda   yerlarni   madaniylashtirishga   kara tilgan   bir   qancha   tadbirlar
kompleksi   o‘tkazil-diki,   ular   bugun gi   kunda   o‘ z   t a’sirini   ko‘ rsat ib,   bo‘ z
tuproqlarga ni sbat an  ham yuqori hosil byermoqda . 4
Xalqimizda bir naql bor “yer-boylikning onasi, mehnat esa   uning otasidir”.
Haqiqatda   faqat   fan-texnika   va   ilg‘orlar   tajribasini   hisobga   olib   qo‘llanilgan
mehnat   tuproq   unumdorligining   tez   va   mo‘ttasil   oshishiga   real   imkoniyatlar
yaratadi   va   okibat-natijada   xo‘jalik   iqtisodiyoti   barqaror   bo‘lishini   ta’ minlaydi.
Tuproqning unumdorligi va madaniylik darajasi undagi chirindi, mikroorganizmlar
miqdori,   tuproq   muhiti,   donadorligi,   qattiq   yoki   yumshoqligi,   tuzilishi,   haydalma
qatlam qalinligi   va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
Tuproqning   unumdorligi   va   madaniyligini   belgilovchi   omillardan   biri   organik
moddalardir.   Organik   moddalar   tuproqning   muhim   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Bu
moddalarning bir qismi to‘la chirimagan, boshqa qismi esa chirish jarayoni natijasida
o‘zgargan,   to‘q   tusli   va   murakkab   tarkibli   kompleks   organik   birikma-chirindi
(gumus)ga aylanadi va tuproq minyeral qismiga shimilib singadi.
Tuproqda organik moddalar miqdori yerga go‘ng, mahalliy o‘g‘itlar solish, ko‘kat
o‘g‘it sifatida ekin ekib uni haydab tuproqqa aralashtirib yuborish, o‘simliklarni ildiz
va ang‘nz qoldiqlari, mikroorganizmlar va tuproq faunalari hisobiga to‘ldirib boriladi.
G‘o‘za   yakkahokimligiga   barham   byerilib,   g‘alla-g‘o‘za,   g‘alla-g‘o‘za-em-
xashak, g‘alla-g‘o‘za-sabzovot kabi ekinlarni almashlab va navbatlab ekish tartiblari
kirib   keldi.   Qishloq   xo‘jaligi   sohasida   olib   borilayotgan   islohatlar   natija-sida   yangi
3
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 38 - 39   бетлар .
4
  Я.Бўриев.”Дуккакли  экинлар ва тупроқ унумдорлиги” . Ўзбекистон қишлоқ   хўжалиги журнали
Т.: №6.2010й. 19 б.) . dehqonchilik tizimi vujudga keldi, ilgaridan mvjud bo‘lgan mavjud ko‘p dalali, katta
massivlarga   ega   bo‘lgan   g‘o‘za-beda   almashlab   ekish   tizimlari   esa   talabga   javob
byermay koldi . 5
Dukkakdosh o‘simliklar tuproqda to‘plagan biologik azotdan samarali foydalanish
uchun   almashlab   ekishda   ulardan   keyin   azotga   talabchan   ekinlar   (paxta,   kanop,
makkajo‘hori va boshqalar) ekish maqsadga muvofiqdir.
YOzgi   vegetatsiya   davrida,   ya’ni   donli   ekinlar   yig‘ib   olingandan   so‘ng,   mosh
texnologiyasi buyicha ko‘k massada tritikaleni raps bilan (120 - 140 kg/ga tritikale va
10   –   15   kg/ga   raps)   ekish   mumkin.   Ko‘k   massa   ekin   unib   chikkandan
50-60   kun   keyin   haydaladi.   Bu   paytda   ekin   180-200ss/ga   etadi.   Bahorgi   ozuqa   –
no‘xatni tritikale bilan aralash ekish xam yaxshi natija byeradi.
Tuproq   unumdorligini   saqlash .   Tadqiqotlarga   qaraganda,   hozirda   ekin
maydonlaridan   oziq   moddalarining   hosil   bilan   chikib   ketishi   tiklanish   miqdoridan
yuqori.   Bu   esa   «tiklanish   konuni»   buzilganini   ko‘rsatadi.   Ozuqa   elementlari   chiqib
ketishining   tiklanishdan   ustunligi,   organik   ug‘itlarning   etarli   darajada   byerilmasligi,
tuproq   yeroziyasi,   beda   ekishning   qisqartirilishi,   umuman   almashlab   ekishning
buzilishi,   bularning   barchasi   birgalikda   tuproq   gumus   katlamining   ahamiyatli
yuqotilishiga   olib   keldi.   Agar   1   tonna   mahalliy   o‘g‘it   solinganda   gumusning   tuproq
hosil   bo‘lishi   90   kg   ga   etishini,   har   yili   haydaladigan   qatlamda   1   t/ga   cha   gumus
yuqotilishini   hisobga   olsak,   faqat   haydaladigan   qatlamda   gumus-ning   etarli
muvozanatini   ushlab   turish   uchun   maxalliy   o‘g‘itni   10   t/ga,   tuproq   unumdorligini
oshirish va barqarorligi uchun esa 40-60 t/ga solish kyerak bo‘ladi. Ammo so‘ngi
yillarda 1 ga haydaladigan yerga atigi 4 tonna atrofida mahalliy o‘g‘it solinmoqda.
Organik   moddalarning   tuproqqa   tushishini   ko‘pay-tirishda   sidyerat   (yashil   o‘g‘it)
ning   o‘rni   kattadir.   Bunda   u   yoki   bu   azot   yig‘uvchi   dukkakli   o‘simliklar-beda,
yo‘ng‘ichka,   no‘xat,   mosh   va   boshqalar   ko‘zda   tutiladi.   Bir   o‘simlikda
rivojlanishning boshida umumiy azot miqdori 0,0003 g, to‘liq pishib etilish davrida
0,49 g gacha ko‘tarilgan. SHuning uchun haydashni moshning to‘liq pishib etilish
5
  Б.Холиқов,”Янги   алмашлаб   экиш   тизимлари   ва   тупроқ   унумдорлиги”   Ноширлик   ёғдуси
нашриёти.т.:-2010й.31-71б.) davrida   o‘tkazish   zarur.   Moshni   foydali   ta’siri   juda   yuqori,   shu   sababli   uni   donli
ekinlardan keyin ekiladigan ekinlar qatoriga kiritish mumkin.
YOzgi vegetatsiya davrida, ya’ni donli ekinlar yig‘ib olingandan so‘ng, mosh
texnologiyasi buyicha ko‘k massada tritikaleni raps bilan (120 - 140 kg/ga tritikale
va 10 - 15kg/ga raps) ekish mumkin. Ko‘k massa ekin unib chikkandan 50-60 kun
keyin haydaladi. 
TIMI   izlanishlariga   qaraganda,   Qashqadaryo   viloyati   sharoitida   (Kasbi
tumani   Xolmuratov   G.   Fyermyer   xo‘jaligi)   kuzgi-qishgi-bahorgi   davrlarda   35
0ss/ga ko‘k massa va 80ss/ga ildiz qoldiklari to‘plangan. Ko‘k massa haydalganda
1   ga   tuproqqa   200   kg   gacha   azot   tushdi.   Donli   ekinlar   yig‘ib   olingandan   so‘ng,
bedani  ikki  marta  - birinchisi  avgustda-30ss/ga  ozuqa  uchun, ikkinchisi  oktyabrь
boshlarida 35s/ga ildiz qoldikdari bilan ko‘k o‘g‘it uchun xaydaladi. 6
SHunday qilib, qisqa rotatsiya davrida paxta va bug‘doy kabi asosiy ekinlar
maydonini   kamaytirmasdan   ozuqa   miqdori,   tuproq   unumdorligini   oshirish
mumkin.   Andijon   viloyati   Qo‘rg‘ontepa   tumanida   («Oqsuv»   fyermyer   xo‘jaligi)
sidyeratlarni   tuproqning   o‘ziga   xosligi,   o‘g‘itlar   va   ekin   xususiyatlarini   hisobga
olib,   diffyerensial   qo‘llash   uchun   tuproq   hosildorligida   turli   ekinlar   (raps,   tariq,
grechka,   beda   va   boshqalar)   ning   keyingi   harakatini   o‘rganish   bo‘yicha   boy
tajriba to‘plangan. SHunday qilib, zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida
tuproqning   gumusli   tarkibini   barqarorlashtirish   uchun   sidyerat   ekinlarni   ekish
ijobiy   ta’sirga   ega,   shuning   uchun   yerlar   unumdorligini   sidyeratsiya   yo‘li   bilan
minyeral va boshqa mahalliy o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash orqali asrash lozim . 7
Kompost -Kompost   foydalanishga   besh-olti   oydan   keyin   tayyor   bo‘ladi.
Kompostlar   dalaga   sochilgandan   keyin,   go‘ng   bir   oz   parchalanadi   va   pluglar
yordamida ag‘darib haydaladi.
Vyermikul’tura uslubi. 
Fyermyerlar   banan   daraxti   tagidan   25   kg   tuproq   olib   Amrit   paniga   (tabiiy
tayyorlangan   aralashma)   aralashtiriladi   va   bu   1   akr   maydonga   bir   tekisda
6
  Я.Бўриев.”Дуккакли  экинлар ва тупроқ унумдорлиги” . Ўзбекистон қишлоқ   хўжалиги журнали
Т.: №6.2010 й. 19 б.
7
  Ў.Умурзоқов,   А.Ахмедов   “Тупроқ   унумдорлигини   сақлаш”   ”Ўзбекистон   қишлоқ     хўжалиги
журнали Т.: №12 .2014й. 27-28 б. sepishga   etarli   bo‘ladi.   Me’yordagi   yomg‘ir   chuvalchangi   ikki   hissa   kuchaygan
enyergiyani   oladi   va   bu   tuproqni   strukturasini   yaxshilashga   qulay   sharoit
yaratadi. Agar 1 dona chuvalchangning og‘irligi 20 g bo‘lsa, shuncha og‘irlikdagi
tuproqni eb ichidan o‘tkazadi, 100 kun davomida 1 kg organik modda chiqazadi.
SHunda   87   mingta   chuvalchang   87   tonna   minyeral   oziq   moddalarga,   organik
uglyerodga,   mikrofloraga,   organik   kislotalarga,   o‘sish   gormonlari   va   o‘sishni
tezlashtiruvchi moddalarga boy bo‘lgan organik modda chiqazadi . 8
 
O‘simliklar   qoldig‘ining   miqdori   tabiiy-iqlim   sharoitlariga   ko‘ra,   qora
tuproqlarning   ustki   qatlamida   mavsum   davomida   gektariga   7   t   quruq   organik
massa, 25 t gacha ildiz qoldiqlari, bo‘z tuproqlarda esa shunga muvofiq 1 t va 10 t
ildiz   qoldiqlari   to‘planadi.   O‘tloqi   tuproqlarning   1   m   chuqur-likdagi   qatlamida
gektariga 6-18 t ildiz massasi to‘p l a n a d i .   Bir yilda to‘planadigan organik modda
qoldiqlari  ekin turiga ham bog‘liq. CHunonchi  sug‘oriladigan bo‘z yerlarda beda
gektariga   12-13   t,   bir   yillik   ekinlar   esa   atigi   3-4   t   ildiz   va   organik   massa
to‘playdi.
I. V. Tyurin ma’lumotlariga qaraganda, chim-podzol tuproqlarniig   bir metrli
katlamida   gumusning   umumiy   miqdori   gekta riga   99   t,   o‘rmon   qo‘ng‘ir
tuproqlarda   175   dan   296   t   gacha,   qora   tuproqlarda   391-709   t   atrofida,   bo‘z
tuproqlarda esa o‘rta hisobda 83 t ni tashkil etadi.
Syernam,   botqoq,   strukturasiz,   zich   va   harorat   etarli   bo‘lmagan   sharoitda
tuproqda  organik  qoldiqlarning  chirish   jarayoni  anayerob  muxitda  o‘tadi   va  juda
sekin   boradi,   turli   oksidlanmagan   birikmalar-metan,   vodorod   sulьfid   kabilar   va
o‘simliklarning   ildizini   zaharlaydigan   har   xil   birikmalar   xam   paydo   bo‘ladi.
Anayerob   muhitda   kul   elementlarining   yo‘qligi   sababli   tuproqda   madaniy
o‘simlik-larning o‘sishi va rivojlanishi uchun noqulay sharoit vujudga keladi.
Organik   qoldiqlarni   chirish   sharoitiga   ko‘ra   chirindining   tarkibi   va   xossasi
turlicha   bo‘ladi.   U   o‘simliklar   oziq   moddalarining   asosiy   manbai   hisoblanadi.
Uning   tarkibida   5%   gacha   azot,   58%   uglyerod,   4,5%   vodorod,
28% kislorod, 2-8% atrofida kul moddalari va xokazolar bo‘ladi.
8
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 39 - 40  бетлар . Tuproqda   u   yoki   bu   jarayonlarning   ustunligiga   ko‘ra,   organik   moddalar
miqdori  ko‘payadi  yoki ozayadi. Yil  davomida bulayotgan o‘zgarishlarga binoan
quyidagi  uchta  hodisani  aniqlash  mumkin:  1)  organik  moddaning hosil   bulishiga
qaraganda   chirish   ko‘proq   bulsa,   uning   mikdori   tuproqda   kamaya   boradi;   2)
chiriyotgan   organik   moddaning   mikdori   yangidan   hosil   bo‘layotganiga   teng
bo‘lishn   kuzatilsa,   uning   mikdori   tuproqda   bar-qaror   bo‘ladi;   3)   organik
moddaning   chirishi   hosil   bo‘lishiga   qaraganda   kam   bo‘lsa,   tuproqda   uning   asta-
sekin ko‘payishi kuzatiladi.
A.Rasulov,   A   Qashqarov   ma’lumotlariga   ko‘ra,   oraliq   ekinlarning   ekilishi
gektariga   3   -   4   tonna   yer   ustki   va   yer   ostki   qoldiqlarini   koldirishi   natijasida
o‘zidan   keyin   ekilgan   o‘simliklarni   o‘sib-rivojlanishiga   ijobiy   ta’sir   etishi
aniqlangan.
B.M.Xolikov   tomonidan   almashlab   ekishning   2:1   (kuzgi   bug‘doy+takroriy
ekin-mosh:kuzgi   bug‘doy+takroriy   ekin-mosh   +   ora-liq   ekin-javdar:g‘o‘za)
tizimida   fakat   kuzgi   bug‘doy,   takroriy   va   oraliq   ekinlar   hisobiga   bir   rotatsiya
davomida jami bir gektarda 12,43 -16,80 tonna, 1:1:1 (kuzgi bug‘doy + takroriy
ekin-mosh+oraliq   ekin-tritikale:   soya:   g‘o‘za   xamda   kuzgi   bug‘doy   +   takroriy
ekin-mosh:g‘o‘za:soya)   tizimida   12.09-16,09   tonna   ildiz   va   ang‘iz   qoldiqlari
qoldirishi aniqlangan.   9
Almashlab   ekish.   Almashlab   ekish   oziq   moddalarni   samarali   o‘zlashtirish
uchun   imkoniyat   yaratadi.   Fyermyerlar   qishloq   xo‘jaligi   ekinlarini   etishtirish
tizimining   mahsuldorligini   oshirish   va   ekinlarni   yaxshi   o‘sishi   ta’minlash   uchun
odatda uch yoki to‘rt yilda ekinlarni almashtirishadi.  
Ko‘p   yog‘in   yog‘adigan   yerlarda   ang‘iz   bilan   mulьchalash   qo‘llaniladi.
Mulьchalash organik moddalar miqdori va tuproq unumdorligini ko‘taradi 10
.
Organik   o‘g‘itlar,   asosan,   go‘ng   yerlarni   madaniylashtirishda   muhim   rolь
uynaydi. Yerlarni muntazam go‘nglash natijasida tuproqda gumus, azot, fosfor va
9
  Б.Холиқов,”Янги   алмашлаб   экиш   тизимлари   ва   тупроқ   унумдорлиги”   Ноширлик   ёғдуси
нашриёти.т.:-2010й.31-71б.
10
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 40   бетлар . kaliyning   harakatchan   holatdagi   miqdori   ko‘payib,   uning   singdirish   sig‘imi,
asoslar bilan to‘yinish darajasi, nitrifikatsiya qobiliyatining ortishiga olib keladi.
Ma’lumki,   go‘ng   va   boshqa   mahalliy   o‘g‘itlar   bilan   yerga   ko‘plab
mikroorganizmlar   tushadi   va   ular   xam   tuproqni   madaniylashtirishda   katta
ahamiyatga ega.
Yerning   unumdorligi   va   madaniyligiga   tuproqning   singdirish   qobiliyati,
tuproq   yeritmasining   reaksiyasi   va   tuproqdagi   oziq   moddalarning   miqdori   kabi
agrokimyoviy xususiyatlarning xam ta’siri katta. 
K. K. Gedroys ta’rifiga ko‘ra, tuproqning singdirish qobiliyati dehqonchilikda
katta   ahamiyatga   ega.   CHunki   singdirish   natijasida   o‘simlik   xayoti   uchun   zarur
oziq element (azot, fosfor, kaliy va boshqa)lar tuproqda vaqtincha ushlanib qoladi,
bu   esa   o‘simliklar   oziqlanish   rejimining   va   tuproq   unumdorligining
yaxshilanishiga sabab bo‘ladi.
Tuproqning   madaniylik   darajasini   singdirilgan   kationlarniig   kimyoviy
tarkibiga   ko‘ra   aniqlash   mumkin.   YAxshi   madaniylashgan   tuproqlarning
singdiruvchi   kompleksida   bir   valentli   kationlarga   hamda   vodorod,   shuningdek,
alyuminiyga nisbatan kalьsiy va magniy ko‘p bo‘ladi.
Singdirish   kompleksi   ikki   valentli   kalьsiy   va   magniy   kationlari   bilan
to‘yingan   bo‘lsa,   tuproq   kolloidlari   koagulyasiyalanib,   uning   mikroagregatli
bo‘lishga   sabab   bo‘ladi.   Bu   esa   o‘z   navbatida,   koagulyasiya   kolloidlarni
to‘plashga va saqlashga hamda singdirish sig‘imining ortishiga olib keladi.
Singdirish   kompleksi   bir   valentli   kationlar,   ayniqsa   natriy   bilan   to‘yingan
bo‘lsa,   tuproq   kolloidlari   dispyerslanishiga,   agregatlar   buzilishiga,   haydalma
qatlamning fizik xossalari yomonlashishiga sabab bo‘ladi.
Agar   singdirish   kompleksi   ko‘plab   vodorod   va   alyuminiy   ionlari   bilan
tuyingan bo‘lsa, tuproqning muhiti kislotali bo‘lib, kompleksning minyeral qismi
sekinlik   bilan   bo‘zila   boshlaydi.   Singdirish   kompleksidagi   kalьsiyni   vodorod
bilan   almashtirish   esa   singdirish   sig‘imini   kamaytiradi   va   tuproq   strukturasining
buzilishiga sabab bo‘ladi. Singdirish kationlarning xaraktyeriga ko‘ra, tuproqning fi zik, kimyoviy va
biologik xossalari o‘zgaradi.
Singdiruvchi   kompleksga   singdirilgan   kationlarning   umumiy   miqdori
singdirish   sig‘imi   deyiladi.   Tuproqnn   singdirish   sig‘ imiga   ko‘ra   uni
madaniyligini aniqlash mumkin. CHunonchi, yaxshi  madaniylashgan tuproqlarda
singdirish   sig‘imi   yuqori   bo‘ladi.   U   100   g   tuproqqa   nisbatan   milliekvivalent
xisobida ifodala nadi.
Singdirish   sig‘imi   tuproqdagi   organik   modda   miqdori,   mexa nik   va
minyeralogik   tarkibi   bilan   uzviy   bog‘liqdir.   Singdirish   sig‘imi   etarli   bo‘lgan
tuproqlar   o‘simliklar   uchun   oziq   moddalarini   singdirilgan   holda   ko‘proq
saqlaydi.
Lavlagi,   bug‘doy,   beda,   g‘o‘za   va   boshqa   ekinlar   me’yorda   o‘sishi   uchun
tuproq   yeritmasining   reaksiyasi   neytralga   yaqin   (rN-6,5-8,0)   bo‘lishini   taqozo
etadi.   Tuproq   yeritmasining   konsentratsiyasida   havola   qilingan   ko‘rsatkichdan
vodorod ionining sal  ko‘payishi  yoki  kamayishi  tuproq mikro organizm-lari  va
o‘simliklarning   hayot   sharoiti   bir   oz   yomonlashishiga   olib   keladi.   Kislotali
muhit   o‘simlik   unib   chiqqandan   keyingi   boshlangich   davrlarda,   ya’ni   ildizlari
yaxshi   rivojlanmagan   paytda   juda   salbiy   ta’sir   etadi.   Kislotali   muhit   ayniqsa
foydali   mikroorganizmlar-ammonifika-tor,   nitrifikator   va   azotobaktyerlarning
faoliyatiga   qarshilik   qiladi.   Bunday   muhitda   asosan   o‘simlik   faoliyati   uchun
zararli moddalar chiqaruvchi zamburug‘lar va ayrim baktyeriyalarning faoliyati
yaxshilanadi.
Tuproq   yeritmasida   vodorod   ioniga   nisbatan   gidroksil   ioni
konsentratsiyasi   ortishi   natijasida   ishqoriy   muhit   hosil   bo‘ladi   va   u
o‘simliklarga   katta   zarar   keltiradi.   Tuproq   yeritmasining   reaksiyasi   rN
8   dan   yuqori   bo‘lganda,   ko‘pchilik   madaniy   o‘simliklarga   zararlanadi.
Tuproqda   ishqoriy   muhitda   denitrifikator   baktyeriyalar   va   ayrim   kasallik
qo‘zg‘atuvchilarning faoliyati jadallashadi.
Yerlarni   sifatli   ishlash,   almashlab   ekishni   joriy   etish,   bunda   ayniqsa
dukkali   o‘simliklarni   ekish   yerga   muntazam   ravishda   organik,   minyeral o‘g‘itlar  solish,  yerlarni  ko‘kat  o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash, sug‘orish, botqoqlarni
quritish,   shuningdek,   kislotali   yerlarga   oxak,   ishqoriy   yerlarga   esa   gips   solish
kabi   agrotexnika   va   agromeliorativ   tadbirlarini   o‘z   vaktida   o‘tkazish   ayniqsa
muhimdir.   YUqorida   tavsiya   etilgan   agrokompleks   tadbirlarni   amalga
oshirishda   tuproq   mintaqalari   bo‘yicha   tabiiy   sharoitini   va   xar   bir   xo‘jalikning
o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish zarur.
Tabiatda   unumdor,   ammo   madaniyligi   past   tuproqlar   uchray di.   Masalan,
O‘zbekistonning Xorazm viloyati tuproqlari, allyu v i a l ,   agroirrigatsion   yotqiziqlar
hisobiga   hosil   bo‘lgan   o‘tloki   unumdor   tuproqlardir.   Ammo   sizot   suvlarning
sayozligi  eplapning   sho‘rligi,  ildizpoyali   begona  o‘tlarning  ko‘pligi   va  boshkalar
yerlarning   madaniy   holati   yaxshi   emasligidan   dalolat   byeradi.   Bunday   yerlarni
madaniylashtirish   uchun   sizot   suvlarning   satxini   kamaytirish   va   sho‘rlarni   sifatli
yuvish   yerlarni   begona   o‘tlardan   tozalashga   qaratilgan   tadbirlar   amalga   oshirish
kyerak.
Farg‘ona   vodiysidagi   ko‘p   xo‘jaliklarning   yerlari   madaniy,   ammo
unumdorligi   pastdir.   Bu   yerlar   asrlar   davomida   dehqonchilik   qilish   bilan   bog‘liq
bo‘lgan   tadbir-larning   bir   necha   marta   takrorlanishi   natijasida   tuproq   zararli
tuzlardan begona o‘tlardan tozalan-gan, sizot suvlarning sathi pasaytirilgan relьefi
tekislan   gan,   ya’ni   madaniylashtirilgan.   Ammo   muttasil   dehqonchilik   qilinishi
natijasida tuproq unumdorligi pasaygan. Bunday yerlarning unumdorligini oshirish
uchun go‘ng va boshqa organik, minyeral o‘g‘itlar solish, almashlab ekishni joriy
etish kabi tadbirlarni amalga oshirish zarur.
3.  Tuproq unumdorligi va madaniyligini yaxshilashda organik moddalarning
ahamiyati
Tuproqning   unumdorligi   va   madaniyligini   belgilovchi   faktorlardan   biri
organik   moddalardir.   Organik   moddalar   tuproqning   muhim   tarkibiy   qismi
hisoblanadi.   Tuproqda   o‘simlik,   mikroorganizmlar   va   hayvonot   qoldiqlaridan
tashkil   topgan   ko‘plab   organik   moddalar   to‘planadi.   Bu   moddalarning   bir   qismi
to‘la chirimagan, boshqa qismi esa chirish protsessi natijasida o‘zgargan, to‘q tusli va   murakkab   tarkibli   kompleks   organik   birikma-chirindi   (gumus)ga   aylanadi   va
tuproq minyeral qismiga shimilib singadi.
Tuproqda   organik   moddalar   miqdori   yerga   go‘ng,   maxalliy   o‘g‘itlar   solish,
ko‘kat   o‘g‘it   sifatida   ekin   ekib   uni   haydab   tuproqqa   aralashtirib   yuborish,
o‘simliklarni   ildiz   va   ang‘nz   qoldiqlari,   mikroorganizmlar   va   tuproq   faunalari
hisobiga to‘ldirib boriladi.
Organik   o‘g‘itlardan   doimo   foydalanish   tuproqda   o‘simlik   o‘zlashtira
oladigan holatdagi oziq moddalar mikdorini ko‘paytiradi hamda gumus miqdorini
oshirib   uni   tez   parchalanishdan   saqlaydi.   Tuproqda   gumusning   mikdoriga
almashlab ekish va sidyerat o‘simliklarni ekish foydali ta’sir etadi.
Ekinlar tuproqda har  xil  miqdorda ildiz qoldiqlarini qoldiradi  va ular  tuproq
unumdorligiga turlicha ta’sir etadi. Bu ekinlarining biologik xususiyatlariga, o‘sish
va   rivojlanish   sharoitlariga   bog‘liqdir.   Qo‘p   yillik   o‘simliklar   yuqori   agrotexnika
asosida   parvarish   qilinganda   ularning   ildizlari   bir   yillik   o‘simliklarga   qaraganda
uch   marta   ortiq   ildiz   qoldiqlari   qoldiradi.   Kuzgi   ekinlar,   bahorgi   don   ekinlariga
qaraganda organik moddalarni bir necha marta ortiq to‘playdi.
Bir gektar yerning xaydalma qatlamida o‘simlikning organik massasi 
Organik moddalarning umumiy zapasida mikroorganizmlarning massasi katta
qismni   tashkil   etmaydi,   lekin   tuproqlarni   ta’riflashda   uning   ahamiyatn   katta.
Organik   moddalarning   katta   qismi   (60%   dan   ko‘prog‘i),   ya’ni   hayvonot   va
o‘simliklarinnig   kuruq   qoldiqlari   qulay   sharoitda   mikroorganizmlar   faoliyatida
karbonat  kislota,  ammoniy, kaliy,  kal ь siy  kationlari   va boshqa   elementlar  hamda
NO3,   RO4   kabi   anionlarni   ajratib   nisbatan   tez   parchalanadi.   Organik
moddalarning   parchalanganidan   qolgan   qismi   ma’lum   miqdorda   parchalangan
mahsulot bilap birgalikda gumus tarkibiga kiradi. Mikroorga nizmlar faoliyatining
mahsuli   va   ildizlar   ajratadigan   moddalarining   ma’lum   qismi   ham   shu   holatga
o‘tadi.
Organik   qoldiqlar   tuproq   turiga   qarab   turli   miqdorda   to‘planadi.   Odatda,
yerning ustki qatlamida quyi qatlamga nisbatan organik qoldiqlar ko‘proq bo‘ladi.
O‘simliklar   qoldig‘ining   miqdori   tabiiy-iqlim   sharoitlariga   ko‘ra,   qora tuproqlarning   ustki   qatlamida   mavsum   davomida   gektariga   7   t   quruq   organik
massa, 25 t gacha ildiz qoldiqlari, bo‘z tuproqlarda esa shunga muvofiq 1 t va 10 t
ildiz   qoldiqlari   to‘planadi.   O‘tloqi   tuproqlarning   1   m   chuqurlikdagi   qatlamida
gektariga   6-18   t   ildiz   massasi   to‘planadi.   Bir   yilda   to‘planadigan   organik   modda
qoldiqlari  ekin turiga ham bog‘liq. CHunonchi  sug‘oriladigan bo‘z yerlarda beda
gek tariga 12-13 t, bir yillik ekinlar esa atigi 3-4 t ildiz va organik massa to‘playdi.
I. V. Tyurin ma’lumotlariga qaraganda, chim-podzol tuproq-larniig bir metrli
qatlamida gumusning umumiy miqdori gektariga 99 t, o‘rmon qo‘nrir tuproqlarda
175   dan   296   t   gacha,   qora   tuproqlarda   391-709   t   atrofida,   bo‘z   tuproqlarda   esa
o‘rta hisobda 83 t ni tashkil etadi.
Tuproqdagi   o‘simlik   va   boshka   xil   qoldiklar   kislorod,   suv   ta’sirida   va
mikroorganizmlar   bilan   birgalikda   murakkab   o‘zgarishga   uchraydi.   Bu   o‘zgarish
tufayli   organik   moddaning  bir   qismi   to‘la  minyerallashib,   o‘simliklar   uchun   oziq
modda   bo‘lib   xizmat   etadi.   CHirish   maxsulining   bir   qismidan   esa   mikroorga -
nizmlar   yangi   organik   moddalar   sintezlash   uchun   foydalanad i   va
mikroorganizmlar xayoti to‘xtagach, ularning qoldigi yana chiriy boshlaydi.
Organik   qoldiqlar   va   gumus   chirishining   asosiy   sharoitlarini   hamda   uning
hosil   bo‘lishini   bilish   tuproqdagi   chirindi   miqdorini   va   harakatchan   oziq
moddalarni   ma’lum   miqdorda   boshqarish   imkoniyatini   byeradi.   Ularni
boshqarishda   ayerob   va   anayerob   mikroorganizmlarning   birgalikda   rivojlanishi
katta ahamiyatga ega.
Tuproqning suv-havo rejimiga ko‘ra, chirindi  paydo bo‘lish protsessi  ayerob
va   anayerob   sharoitda   o‘tadi.   Strukturali,   havo   rejimi   yaxshi   tuproqlarda   organik
qoldiqlar   ayerob   baktyeriyalar   ta’sirida   chiriydi   va   chirindi   hosil   qiladi   hamda
minyerallanish   protsessi   tez   kechadi.   Bunday   hollarda   tuproq   unumdorligi
pasayishi ham mumkin.
Syernam,   botkoq,   strukturasiz,   zich   va   tempyeratura   etarli   bo‘lmagan
sharoitda tuproqda organik qoldiqlarning chirish protsessi anayerob muxitda o‘tadi
va   juda   sekin   boradi,   turli   oksidlanmagan   birikmalar   -   metan,   vodorod   sul ь fid
kabilar   va   o‘simliklarning   ildizini   zaharlaydigan   har   xil   birikmalar   ham   paydo bo‘ladi. Anayerob muhitda kul elementlarining yo‘qligi sababli tuproqda madaniy
o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun noqulay sharoit vujudga keladi.
O‘simliklarning   hayoti   uchun   eng   qulay   sharoit   ayerob   va   anayerob
protsesslar   birgalikda   bo‘lganda   xosil   bo‘ladi.   Bunda   ayerob     mikroorganizmlar
chirindining   parchalab   o‘simliklar   uchun   yaroqli   holatdagi   oziq   moddalar   hosil
qilsa,   anayerob   mikro   organizmlar   yangi   chirindi   hosil   qiladi.   Madaniy
o‘simliklarda oziq moddalar  va gumusning to‘planishini  bir  vaqtda borishi  uchun
yerga   organik   va   minyeral   o‘g‘itlarni   muntazam   solish   hamda   almashlab   ekishda
ko‘p yillik o‘t, ayniqsa, dukkakli va sidyerat ekinlarni ekish zarur.
Qisqa   rotatsiya   davrida   paxta   va   bug‘doy   kabi   asosiy   ekinlar   maydonini
kamaytirmasdan   ozuqa   miqdori,   tuproq   unumdorligini   oshirish   mumkin.   Andijon
viloyati   Qo‘rg‘ontepa   tumanida   («Oqsuv»   fyermyer   xujaligi)   sidyeratlarni
tuproqning   o‘ziga   xosligi,   o‘g‘itlar   va   ekin   xususiyatlarini   hisobga   olib,
diffyerensial qo‘llash uchun tuproq hosildorligida turli ekinlar (raps, tariq, grechka,
beda   va   boshqalar)ning   keyingi   harakatini   o‘rganish   bo‘yicha   boy   tajriba
to‘plangan.   SHunday   qilib,   zamonaviy   qishloq   xo‘jaligi   ishlab   chiqarishida
tuproqning   gumusli   tarkibini   barqarorlash - tirish   uchun   sidyerat   ekinlarni   ekish
ijobiy   ta’sirga   ega,   shuning   uchun   yerlar   unumdorligini   sidyeratsiya   yo‘li   bilan
minyeral va boshqa mahalliy o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash orqali asrash lozim. 11
Organik   qoldiqlarni   chirish   sharoitiga   ko‘ra   chirindining   tarkibi   va   xossasi
turlicha   bo‘ladi.   U   o‘simliklar   oziq   moddalarining   asosiy   manbai   hisoblanadi.
Uning   tarkibida   5%   gacha   azot,   58%   uglyerod,   4,5%   vodorod,
28% kislorod, 2-8% atrofida kul moddalari va xokazolar bo‘ladi.
CHirindining   organik   kislotalari   o‘simlik   o‘zlashtira   olmaydigan   fosfor,
magniy,  kaliy,   ammoniy  va   kal ь siy   birikmalarini   o‘zlashtira   oladigan,  yeriydigan
holatga o‘tishiga yordam byeradi.
Tuproqda   chirindining   ko‘payishi   uning   fizik-kimyoviy   xossalarini
yaxshilashga imkoniyat yaratadi va unumdorligini oshiradi. Binobarin, tuproqning
singdirish   sig‘imi,   asoslar   bilan   tuyinishi   ortadi   va   singdirish   qobiliyati
11
  Ў.Умурзоқов,   А   .Ахмедов   “Тупроқ   унумдорлигини   сақлаш”   ”Ўзбекистон   қишлоқ     хўжалиги
журнали Т.: №12 .2014й. 27-28 б. yaxshilanib, kislotali yoki ishqoriy reaksiyaga qarshi bufyerlik xossasi kuchayadi.
Tuproqda   chirindi   qancha   ko‘p   bo‘lsa,   uning   nam   sig‘imi,   yopishqoqligi,
strukturaliligi,   issiqlik   sig‘imi,   issiqlik   o‘tkazuvchanligi,   havo,   suv   rejimlari,
shuncha yaxshilanib, o‘simliklarning yashash sharoitlari uchun qulay imkoniyatlar
yaratiladi.
Tuproqning eng yaxshi donador holati ham chirindi ta’sirida vujudga keladi.
Ishlash   uchun   mexanik   tarkibi   og‘ir   tuproqlarning   xaydalma   qatlamida   chirindi
tufayli   tuproqning   ish   qurol-lariga   ko‘rsatadigan   qarshiligi   va   yopishkoqligi
kamayadi.
Ma’lumki,   beda   va   boshqa   dukkakli   ekinlarning   qoldiklarida   azot   boshqa
ekinlarga nisbatan ko‘p bo‘ladi.
Ildizmeva va ayrim texnika ekinlari zkilgan yerda organik moddalar eng kam
qoladi.   Tuproqdagi   organik   moddalarning   balansiga   u   yoki   bu   ekinlardan
qoladigan organik modda mikdori  hamda chirish protsesssining  intensivligi  ta’sir
etadi.   Intensivlik   esa   etishtirilayotgan   ekinning   sharoiti,   usuli,   ayniqsa   yerlarni
ekishgacha   va   vegetatsiya   davrida   ishlashga   bog‘liq.   CHirish   protsessi   qator
oralari ishlanadigan ekinlarda jadalroq, yoppasiga ekilgan ekinlarda sekinroq, ko‘p
yillik beda poyalarda esa juda sust kechadi.
Tuproqda   u   yoki   bu   protsesslarning   ustunligiga   ko‘ra,   organik   moddalar
miqdori ko‘payadi yoki ozayadi. Yil davomida bo‘layotgan o‘zgarishlarga binoan
quyidagi uchta hodisani  aniqlash mumkin: 1) organik moddaning hosil bo‘lishiga
qaraganda   chirish   ko‘proq   bo‘lsa,   uning   mikdori   tuproqda   kamaya   boradi;   2)
chiriyotgan   organik   moddaning   mikdori   yangidan   hosil   bo‘layotganiga   teng
bo‘lishn kuzatilsa, uning mikdori tuproqda barqaror bo‘ladi; 3) organik moddaning
chirishi   xosil   bo‘lishiga   qaraganda   kam   bo‘lsa,   tuproqda   uning   asta-sekin
ko‘payishi kuzatiladi.
Soltyer   va   Grin   ma’lumotlariga   qaraganda,   30   yil   mobaynida   har   xil   ekin
ekishnnng   tuproqdagi   chirindi   mikdoriga   ta’siri   kuzatilganda,   quyidagi
ma’lumotlar   olingan.   Bir   yerga   surunkasiga   makkajo‘xori   ekilganda   tuproqdagi
chirindi   miqdori   boshlang‘ichga   nisbatan   3,12%,   bug‘doy   ekilganda   1,44%,   suli ekilganda   1,41%   kamayganligi;   almashlab   ekishda   ko‘p   yillik   o‘tlar,   masalan,
makkajo‘xori,   suli,   bug‘doy,   ikki   yil   sebargani   ajriq-boshga   qo‘shib   ekilganda
1,36%,   sebargali   almashlab   ekishda   esa,   ya’ni   makkajo‘xori,   bug‘doy,   sebarga
ekilganda 3,25% ko‘paygan-ligi aniklangan.
Tajriba   ma’lumotlari   va   shunga   o‘xshash   tadqiqot   natijalariga   qaraganda,
o‘g‘itlanmaydigan   va   doimo   ishlanadigan   tuproqlarda   organik   moddalar   balansi
kamaymasligining ilojn yo‘q. Yerga  minyeral  o‘g‘itlar  solish  ekinlarning hosilini
oshirishi   bilan   birga   tuproqda   organik   massalarni   ham   ko‘paytiradi.   Ko‘p   yillik
o‘tlar   ekib,   tuproqda   organik   moddalarning   balansini   kamaytirmasdan   saqlab
turish mumkin.
Organik   ug‘itlar,   asosan,   go‘ng   yerlarni   madaniylashtirishda   muxim   rol ь
uynaydi. Yerlarni muntazam go‘nglash natijasida tuproqda gumus, azot, fosfor va
kaliyning   harakatchan   holatdagi   miqdori   ko‘payib,   uning   singdirish   sig‘imi,
asoslar   bilan   tuyinish   darajasi,   nitrifikatsiya   qobiliyatining   ortishiga   olib   keladi.
Bo‘lar   esa   o‘z   navbatida   tuproq   strukturasiii,   uning   fizik   va   boshqa   xossalarnni
yaxshilaydi.   Organik   o‘g‘itlar   qumoq   va   qumloq   tuproqlarning   qovushqoqligini
oshiradi,   mexanik   tarkibi   og‘ir,   o‘ta   qovushqoq   tuproqlarnikini   esa   kamaytirib,
ularning fizik xossalarini yaxshilaydi.
Ma’lumki,   go‘ng   va   boshqa   mahalliy   o‘g‘itlar   bilan   yerga   ko‘plab
mikroorganizmlar   tushadi   va   ular   ham   tuproqni   madaniylashtirishda   katta
ahamiyatga ega.
Bo‘lar esa o‘z navbatida tuproqda yashovchi har xil zararkunanda va kasallik
qo‘zg‘atuvchilarni   ko‘payshiga   sabab   bo‘ladi.   Natijada   hosildorlik   keskin
pasayadi.   SHuning   uchun   yerlar   begona   o‘t   urug‘lari   va   ularning   vegetativ
organlaridan hamda kishloq xo‘jalik zararkunanda va kasallik qo‘zg‘atuvchilaridan
toza bo‘lishi tuproq madaniyligining muhim ko‘rsatkichidir.
Yerning   unumdorligi   va   madaniyligiga   tuproqning   singdirish   qobiliyati,
tuproq   yeritmasining   reaksiyasi   va   tuproqdagi   oziq   moddalarning   miqdori   kabi
agrokimyoviy xususiyatlarning ham ta’siri katta. Dexqonchilikda bu xususiyatlarni
biologik   va   agrofizik   ko‘rsatkichlari   bilan   munosabatini   bilish   madaniy o‘simliklarni   o‘sish   va   rivojlanishini   boshqarishda   hamda   ulardan   yuqori   hosil
olishda katta ahamiyati bor.
K.K.   Gedroys   tuproqning   mayda   dispyers   zarrachalar   to‘plami   (organik   va
minyeral)dan tashkil topgan va kation hamda anionlarni singdirish va almashtirish
qobiliyatini singdiruvchi kompleks deb ta’rifladi. Uning ta’rifiga ko‘ra, tuproqning
singdirish   qobiliyati   dehqonchilikda   katta   ahamiyatga   ega.   CHunki   singdirish
natijasida   o‘simlik   xayoti   uchun   zarur   oziq   element   (azot,   fosfor,   kaliy   va
boshqa)lar   tuproqda   vaktincha   ushlanib   qoladi,   bu   esa   o‘simliklar   oziqlanish
rejimining va tuproq unumdorligining yaxshilanishiga sabab bo‘ladi.
Singdiruvchi kompleksning me’yori tuproqning mexanik va organik tarkibiga
qarab   hamma   tuproqlarda   bir   xil   bo‘lmaydi.   Singdiruvchi   kompleks   darajasi
syerchiripdi,  qumoq  va   soz   tuproqlarda   kam   chirindili   qumloq   tuproqqa   nisbatan
yuqori bo‘ladi.
Tuproqning   madaniylik   darajasini   singdirilgan   kationlarniig   kimyoviy
tarkibiga   ko‘ra   aniqlash   mumkin.   YAxshi   madaniylashgan   tuproqlarning
singdiruvchi   kompleksida   bir   valentli   kationlarga   hamda   vodorod,   shuningdek,
alyuminiyga nisbatan kal ь siy va magniy ko‘p bo‘ladi.
Singdirish   kompleksi   ikki   valentli   kal ь siy   va   magniy   kationlari   bilan
to‘yingan   bo‘lsa,   tuproq   kolloidlari   koagulyasiyalanib,   uning   mikroagregatli
bo‘lishga   sabab   bo‘ladi.   Bu   esa   O‘z   navbatida,   koagulyasiya   kolloidlarnni
to‘plashga va saqlashga hamda singdirish sig‘imining ortishiga olib keladi.
Singdirish   kompleksi     bir   valentli   kationlar,   ayniqsa   natriy   bilan   to‘yingan
bo‘lsa,   to‘proq   kolloidlari   dispyerslanishiga,   agregatlar   bo‘zilishiga,   haydalma
qatlamning fizik xossalari yomonlashishiga sabab bo‘ladi.
Singdirish   kationlarning   haraktyeriga   ko‘ra,   tuproqning   fizik,   kimyoviy   va
biologig xossalari o‘zgaradi.
Singdiruvli   kompleksga   singdirilgan   kationlarning   umumiy   miqdori
singdirish sig‘imi deyiladi. Tuproqnn singdirish sig‘imiga ko‘ra uni madaniyligini
aniqlash   mumkin.   CHunonchi,   yaxshi   madaniylashgan   tuproqlarda   singdirish sig‘imi   yuqori   bo‘ladi.   U   100   g   tuproqqa   nisbatan   milliekvivalent   hisobida
ifodalanadi.
Singdirish   sig‘imi   tuproqdagi   organik   modda   miqdori,   mexanik   va
minyeralogik   tarkibi   bilan   O‘zviy   bog‘liqdir.   Singdirish   sig‘imi   etarli   bo‘lgan
tuproqlar o‘simliklar uchun oziq moddalarini singdirilgan holda ko‘proq saqlaydi.
Bunda almashinish reaksiyalarini hosil qilish orkali ularni tuproq yeritmasiga kelib
turishini boshqarish mumkin.
Tuproqning   unumdorligi   va   madaniyligida   uning   yeritma   reaksiyasi   eng
muxim ko‘rsatkich hisoblanadi. Tuproq yeritmasining reaksiyasi ham singdirilgan
kationlarga   bog‘liq.   Kal ь siy   bilan   to‘yingan   tuproq   neytral,   vodorod   ionlari   bilan
to‘yingan tuproq kislotali, natriy bilan tuyingan tuproq yeritmasi ishqoriy bo‘ladi.
Singdirilgan   kationlar,   odatda,   tuproqdan   tez   yuvilib   ketmay,   asta-sekin   yeritma
orqali   o‘simliklarga   o‘tadi.   SHuning   uchun   ham   tuproq   yeritmasining   reaksiyasi
o‘simliklarning   o‘sishi,   rivojlanishi   hamda   mikroorganizmlarning   faoliyatiga
kuchli ta’sir etadigani asosiy xossalardan biri hisoblanadi.
Lavlagi,   bug‘doy,   beda,   g‘o‘za   va   boshqa   ekinlar   me’yorl   o‘sishi   uchun
tuproq   yeritmasining   reaksiyasi   neytralga   yaqin   (rN-6,5-8,0)   bo‘lishini   taqozo
etadi.   Tuproq   yeritmasining   konsentratsiyasida   havola   qilingan   ko‘rsatkichdan
vodorod   ionining   sal   ko‘payishi   yoki   kamayishi   tuproq   mikroorganizmlari   va
o‘simliklarning hayot  sharoiti  bir  oz yomonlashishiga  olib keladi. Kislotali  muxit
o‘simlik   unib   chiqqandan   keyingi   boshlangich   davrlarda,   ya’ni   ildizlari   yaxshi
rivojlanmagan   paytda   juda   salbiy   ta’sir   etadi.   Kislotali   muhit   ayniqsa   foydali
mikroorganizmlar  - ammonifikator, nitrifikator  va azotobaktyerlarning faoliyatiga
qarshilik qiladi.  Bunday muhitda asosan o‘simlik faoliyati uchun zararli moddalar
chiqaruvchi zamburug‘lar va ayrim baktyeriyalarning faoliyati yaxshilanadi.
Tuproq   yeritmasida   vodorod   ioniga   nisbatan   gidroksil   ioni   konsentratsiyasi
ortishi   natijasida   ishqoriy   muxit   hosil   bo‘ladi   va   u   o‘simliklarga   katta   zarar
keltiradi.   Tuproq   yeritmasining   reaksiyasi   rN   8   dan   yuqori   bo‘lganda,   ko‘pchilik
madaniy o‘simliklarga zararlanadi,  hayot   faoliyati   (oqsillarning   sintezlanishi,
ildizlarning   o‘sishi   va   boshqalar   to‘xtaydi)   buziladi.   Tuproqda   ishqoriy   muhitda denitrifikator   baktyeriyalar   va   ayrim   kasallik   q o‘ zgatuvchilarning   faoliyati
jadallashadi.
Tuproqning   unumdorligini   va   madaniylik   darajasini   aniqlashda   o‘simliklar
uchun   yaroqli   oziq   elementlar   muhim   kursatkich   hisoblanadi.   Tuproqdagi   oziq
elementlarning   miqdori,   o‘g‘itlarni   qo‘llash   usullarini   va   undagi   oziq
elementlardan   foydalanish   tadbirlarini   ishlab   chiqish   asoslarining   biri   bo‘lib
xizmat qiladi.
Barcha tipdagi tuproqlarning agroximik ko‘rsatkichlarini, chunonchi, organik
moddalar miqdorini ko‘paytirish va chirindi paydo bo‘lish protsessini kuchaytirish
maqsadida   agronomiya   fanining   so‘nggi   yutuqlari   asosida   ishlab   chiqilgan   agrok
ompleks   tadbirlarini   O‘z   vaqtida   amalga   oshirish   katta   ahamiyatga   ega.   SHu
maqsadda   yerlarni   etiltirib   sifatli   ishlash,   almashlab   ekishni   joriy   etish,   bunda
ayniqsa   dukkali   o‘simliklarni   ekish   yerga   muntazam   ravishda   organik,   minyeral
o‘g‘itlar   solish,   yerlarni   ko‘kat   o‘g‘itlar   bilan   o‘g‘itlash,   sug‘orish,   botqoqlarni
quritish, shuningdek, kislotali yerlarga oxak, ishqoriy yerlarga esa gips solish kabi
agrotexnika va agromeliorativ tadbirlarini o‘z vaktida o‘tkazish ayniqsa muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU. TUPROQ UNUMDORLIGI VA MADANIYLIGI Reja: 1. Tuproq unumdorligi va uning turlari. 2. Tuproq madaniyligi va uni yaxshilash tadbirlari. 3.Tuproq unumdorligi va madaniyligini yaxshilashda organik moddalarning ahamiyati.

1. Tuproq unumdorligi va uning turlari Qadimgi Hindistonda ekinlardan yuqori hosil olishda go‘ngning ahamiyatiga to‘liq baho byerilgan. Kirishi-Paratarada go‘ng qo‘llanmasdan ekinlardan yuqori hosil olib bo‘lmasligi va go‘ngdan o‘g‘it tayyorlash usullari bayon qilingan. Kunjutni ezib, go‘sht bilan suvda etti kecha saqlab keyin qo‘llanilsa daraxtlarning gullashi va meva tugushini ko‘paytiradi. Varaxamixiralin Brxat Samhita, kunjutni o‘stirib gullash fazasida yashil-o‘g‘it sifatida tuproqqa haydab aralashtirishni tavsiya etgan. O‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi uchun tuproq muhim obe’kt bo‘lib hisoblanadi. Dehqonchilikning turli rivojlanish davrlarda tuproq xususiyatlari haqida turli xil qarashlar bo‘lgan. Albatta bu qarashlar o‘simliklarni shu tuproqda o‘sishi va unda rivojlanishiga qarab nisbiy baholangan. Qaysiki o‘simlik ushbu tuproqda yaxshi o‘sib rivojlanib hosil byergan bo‘lsa, bu tuproq yaxshi, aksincha esa yomon deyilgan. Ana shu va boshqa tomonlarini hisobga olib unumdor tuproq va unumsiz tuproq degan xususiyat paydo bo‘lgan desak yanglishmaymiz. Ekinlardan yuqori va barqaror hosil olish hamda ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish bevosita tuproqning unumdorlik darajasiga hamda dehqonchilik madaniyatiga bog‘liqdir. Tuproq unumdorligi deganda, o‘simlikni butun vegetatsiya davri davomida suv, oziq elementlari va zaruriy faktorlar bilan ta’minlash hamda uning faoliyatiga qulay fizik-kimyoviy, kimyoviy va biologik sharoitlarni yaratish xususiyati tushuniladi. CHunonchi, mexanik tarkibi og‘ir, strukturasiz, zichlashgan qattiq tuproqlarda havo kam bo‘ladi. Tuproq qanchalik unumdor bo‘lsa, o‘simlik undagi elementlardan yaxshi ta’minlanib, gektaridan olinadigan hosil shunchalik yuqori bo‘ladi. Tuproq unumdorligi uning doimiy va xech O‘zgarmaydigan sifati emas. Insonlar yerga to‘g‘ri, oqilona ta’sir etganda, tuproqning unumdorligi O‘zluksiz oshib, ekinlardan muttasil yuqori hosil olishni ta’min etadi. Aksincha, yerga noto‘g‘ri ishlov byerish, agrotexnika tadbirlarini pala-partish amalga oshirish esa tuproq unumdorligining pasayishiga va hosilning kamayishiga sabab bo‘ladi.

Tuproq unumdorligi - tabiiy va sun’niy turlarga bo‘linadi. Tuproqning tabiiy unumdorligi tabiiy omil lar ta’sirida hosil bo‘ladi hamda tuproqni hosil bo‘lish sharoitiga, uning organik, minyeral tarkibiga, kimyoviy va biologik xossalariga binoan ba’zan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Tuproqning sun’iy yoki samarali unumdorligi insonlar ta’sirida yaratilib, yerga ishlov byerish, fan va texnika taraqqiyoti bilan borliq holda o‘zgarib turadi. Binobarin, dehqonchilikda qo‘llanilayotgan yerga ishlov byerish, sug‘orish, o‘g‘itlash, almashlab ekishni joriy etish, sho‘rni yuvish, sizot suvlarning satxini pasaytirish kabi agrotexnika tadbirlari tuproqning sun’iy unumdorligini vujudga keltiradi. Tuproq unumdorligini tabiiy va sun’iy kabi turga ajratish shartli bo‘lib, ularni tubdan bir-biridan ajratish mumkin emas. Tuproq unumdorligini uning ob’ektiv xossasi, ammo dehqonchilik kimyosi va mexanikasining rivojlanishiga ko‘ra bu xossa hamisha o‘zgarib turadi. U shu asosda konkret tarixiy tushuncha -« samarali unumdorlik» to‘g‘risidagi tushuncha yaratildi Ma’lumki, fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish unum dorligi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq bo‘lgani xolda, tuproq unumdorligining o‘zgarishi ham shu munosabatlarning rivojla nishiga bog‘liqdir. Kishilik jamiyati unchalik rnvojlanmagan davrlarda kam unumli hisoblangan tuproq yuqori, ya’ni rivojlangan ijtimoiy formatsiyada uning unumdorligi osha boradi. Samarali unumdorlik tuproq tabiiy va sun’iy unumdorligining xaqiqiy ko‘rsatkichi bo‘lishi bilan birga, ma’lum davrdagi sotsial-iktisodiy formatsiyaning tuproqqa ta’siri natijasi hamdir. Darxaqiqat, zamonaviy rivojlangan fan va texnika kurollari yordamida yerlarga ishlov byerish yo‘li bilan o‘simliklar uchun noqulay shakldagi oziq moddalarni oson o‘zlashtiriladigan holatga keltiribgina kolmay, xatto uning tabiiy xossalarini ham o‘zgartirish mumkin. Masalan, organik, minyeral, baktyerial o‘g‘itlarni qo‘llash, almashlab ekishni joriy etish, yerlarning sho‘rini yuvish tuproqning kimyoviy tarkibini o‘zgartirib, unda chirindi modda miqdorini ko‘paytiradi. Kollektor, drenaj ishlarini amalga oshirish natijasida sizot suvlarning

satxini kamaytirish, botqoqli yerlarni quritish kabi tadbirlar esa tuproqning suv - havo va issiklik rejimlarini boshqarishga imkonnyat yaratadi. Dexkonchilnk intensifikatsiyalashgan sari insonlarning tuproqning effektiv unumdorligiga ta’sir etishidagi roli kuchaya boradi. Insonlarning yerga bunday ta’sir etishi fakat tuproqning potensial unumdorligini saqlabgina kolmay, balki uni oshiradi, ya’ni yerni yaxshilash uchun muntazam sarflangan mablag‘dan samarali foydalaniladi, chunki yerning o‘zi ishlab chikarish vositasi sifatida ta’sir etadi. SHuning uchun u bilan to‘g‘ri muomala qilinsa, doimo yaxshilanadi. Ingliz iqtisodchisi, ruxoniy Tomas Robyert Mal ь tus (1766- 1834) hukmron sinf manfaatlarini himoya qilib, M. O‘. Godvinnnng o‘topik g‘oyalariga, ya’ni o‘sha davr uchun progressiv hisoblangan frans u z burjua revolyusiyasining nazariyachilari M. Kondoroev, J. J. Russo va boshqalarning qarashlariga qat’iy karshi chikdi. «Axoli konuni to‘g‘risida tajriba» (1798) asarida mexnatkashlarning qashshoqligini va ishsizligini «kishilarning absolyut ortiqligi»dan, «aholining tabiiy qonuni» harakatidan deb tushuntirdi. Mexnatkashlarning axvoli kapitalistik tuzumning sotsial sharoitiga emas, balki tabiatning «abadiy» qonunlariga bog‘liq deb da’vo qildi. Bu oqimga ko‘ra, tirikchilik vositalarining ko‘payishi aholining ko‘payishidan orqada qolar emish. Mal ь tus axolining ko‘payishida biologik faktorlarning hal kiluvchi ahamiyatini ko‘rsatib, aholi geometrik (2, 4, 16 va hokazo) progress bilan, tirikchilik vositalari esa arifmetik (1, 2, 3 va hokazo) progress bilan ko‘payadi, deb tushuntirgan. Mal ь tusning fikriga ko‘ra, aholining ko‘payishi bilan tirikchilik vositalarining ortishi o‘rtasidagi nomo‘tanosiblik epidemiya, ochlik, qashshoqlik, urush va hokazolar natijasida kishilarning ko‘plab o‘lishi tufayli tartibga keltirilar emish. Xozirgi vaqtda bu (mal ь tuschilik) oqim milliy ozodlik harakatiga qarshi ko‘rashda vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Birinchi marta bu «qonun»ni XVIII asrda fransO‘z ekonomisti A.R.J.Tyurgo va keyinchalik ingliz ekonomisti E.Veet asosladi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Gyermaniyada L.Brentano, M.Zyering, Rossiyada S.N.Bo‘lgakov, M.I.To‘tan-Baranovskiy, P. V. Struve, P. P. Maslovlar

bu nazariyaning eng yirik namoyandalari bo‘lib etishdi. XX asrning birinchi yarmida A. Morshall, D. M. Keyns, B. Klark va boshqalar bu «qonun»ni faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoatda ham unumdorlikni pasaytiruvchi univyersal qonun deb izohladilar. Keyinchalik Mal ь tus fikrining noto‘g‘ri ekanligini isbotlandi. Insoniyat ixtiyoridagi ishlab chikarish kuchlari cheksizdir. «Yerni yaxshiroq ishlashniig xozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan usullarini qo‘llashning yolg‘iz o‘ziyoq yer mahsulotlarini... olti marta va undan ham ko‘proq oshirishga imkon byeradi. Jamiyat takqiyoti qonunlarining sirlarini va tabiiy hodisalar ahimiyatini to‘g‘ri tushuna olmagan Mal ь tusga yergashgan rus mal ь tuschilaridan Bo‘lgakov, Struve va boshqalar axolining ko‘payish «qonuni» ni tuproq unumdorligini tushunish masalasiga tatbiq etmoqchi bo‘lib, «tuproq unumdorligining tobora kamayib borish qonuni» degan «qonun»ni oldinga surdilar. Bo‘lgakov «tuproq unumdorligining tobora kamayib borish konuni»ni himoya qilib, yerni ishlash uchun qo‘shimcha sarf bo‘ladigan mehnat va kapital birligi evaziga, shunga munosib miqdorda emas, balki tobora kamroq miqdorda mahsulot olinadi, degan dalilni ro‘kach qildi. Tabiatda “tuproq unumdorligining tobora kamaypb borish konuni” hukm surmaganda edi, deydi uning tarafdorlari yerga har safar sarflanadigan qo‘shimcha mehnat va kapitalga yarasha olinadigan hosil kamayib bormasdan, bir xilda maxsulot byeradigan bo‘lsa, ekin maydonlarini umuman kengaytirishning kyeragi bo‘lmas edi, u xolda ilgarigi miqdordagi yerniig o‘zidan, u yer qancha kam bo‘lsa ham, qo‘shimcha miqdorda shuncha ko‘p g‘alla olish mumkin bo‘lar edi. Va «butun yer sharinining dehqonchiligini bir desyatina yerga joylashtirish mumkin bo‘lar edi» deb jar soldilar. Rus mal ь tuschilari bu “qonun”ni asoslash uchun bitta u yoki bu faktorning mikdorini o‘zgartirish bo‘yicha qilingan tajriba natijalaridan ham misol tarikasida ko‘paytirish ishlarining bir-biriga bogliq ekanligini ko‘rsatib o‘tdi. V.V.Dokuchaev, P.Kostichev. V.Vil ь yams, D.N.Pryanishnikov, K.A.Timiryazev va boshqa rus olimlari, tuproq unumdorligini kamayish qonuni