Turizm haqida


Reja: 1.Kirish: 1.1 Turizm so'zining manosi va tarixi. 2.Asosiy qism: 2.1 Turizm shakllari haqida tushunchalar. 2.2 Turizm turlari va ularning ahamiyati. 2.3 Turizm turlarining tasnifi. 3.Xulosa.
Turizm (fransuzcha: our — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog lomlashtirish, ma rifiy, kasbiyamaliy yoki boshqaʻ ʼ maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to lanadigan faoliyat bilan ʻ shug ullanmagan holda uzog i bilan 1 yil muddatga jo nab ketishi (sayohat ʻ ʻ ʻ qilishi) tushuniladi. Turizmning tarixi 19-asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1- temir yo l sayyohligini tashkil qildi. Shundan so ng u o zining xususiy turistik ʻ ʻ ʻ korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyoxlik guruxlari AQShga jo natiddi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, ʻ deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi. Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada bo lgan. Uning elchisi 1403-yili ʻ Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning “Buyuk Temurning hayoti va faoliyati” kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyoxlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan. Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda ko p mamlakatlarida ommaviy tus ʻ olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari bo yicha ʻ uyushtiriladi. Turizmning juda ko p turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, ʻ havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar). O zbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni “O zbekturizm” milliy kompaniyasi ʻ ʻ (27-iyul 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik
komplekslarni barpo etish, yangi turistik yo nalishlarni ishlab chiqish, xizmatlarʻ doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat. “O zbekturizm” milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik ʻ yo nalishlarni ishlab chiqqan: klassik yo nalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, ʻ ʻ Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarkand, BuxoroShahrisabz, Toshkent). Bu yo nalish eng qad. Yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif ʻ bilan bog liq; ekologik turizm yo nalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va ʻ ʻ davolanish oromgohi, Zomin qo riqxonasi, Buxoro viloyatidagi qo riqxonalar). ʻ ʻ Bu yo nalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ʻ ekologik jihatdan qulay g amda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan ʻ bog liq; arxeologik turizm yo nalishi (Qoraqalpog iston, Surxondaryo, ʻ ʻ ʻ Samarkand hududdari bo ylab). Bu yo nalish O zbekistonning eng qad. ʻ ʻ ʻ Topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qo yadi; ekstre mal turizm yo nalishi (Chimyon, ʻ ʻ Farg ona vodiysi, Orol bo yi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari bo ylab); liniy ʻ ʻ ʻ turizm yo nalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent) — ʻ mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog liq. ʻ Turizmning shakllari haqida tushunchalar Turizm amaliy harakatlar va tadbirlar yig‘indisi sifatida jismoniy tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Uning ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlari shaklan va mazmunan jamiyat taraqqiyotida muhim o‘ringa ega. Ya’ni u sayohatlar jarayonida bilim va amaliy malakalarni oshirish yo‘li bilan ishlab chiqarish sifatini yaxshilash hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bevosita xizmat qiladi. Ta’kidlaganimizdek, turizm o‘z shaklini sayr (ekskursiya) va sayohatlardan ifoda etadi.
Sayrlar (экскурция)ga qo‘yilgan maqsadlar asosida shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va salomatligiga qarab tadbirlar uyushtiriladi. Ularning eng asosiy yo‘nalishlari uyidagilardan iborat: 1. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi sayrlar. 2. Maktab o‘quvchilarining sayr-sayohatlari. 3. Mehnat jamoalari xodimlarining sayr-sayohatlari. 4. Aholi istiqomat joylaridagi kishilarning sayr-sayohatlari. 5. Xorijiy mamlakatlardan kelgan mehmonlarning sayrlari. Sayrlarni tashkil qilishning asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Shug‘ullanuvchilarning (qatnashchilar) sihat-salomatligini yaxshilash uchun piyoda kezish, qulay joylarda mashqlar, o‘yinlar o‘tkazish. 2. Atrof-muhit va tabiat manzaralari bilan tanishtirish, e’tiborga loyiq aholi yashaydigan joylarni o‘rganish. 3. Tarixiy va madaniy obidalarni tomosha qilish va ularning tarixini o‘rganish. 4. O‘zi yashab turgan joylarning (yosh bolalar uchun) tarixi, rivojlanishi va mehnatkashlarning xizmatlarini o‘rganish (bilish). 5. Ilmiy izlanish ishlarini (mutaxassislar) olib borish va hokazo. E’tirof etish lozimki, mazkur sayrlar nazariy bilim (tushuncha) va amaliy malakalar hosil qilish yo‘lida ta’lim-tarbiya vazifasini o‘taydi. Shu bilan birgalikda qatnashchilarning sihat-salomatligini yaxshilash, jismonan barkamolligini o‘stirishga qaratiladi. Demak, turizm shakl va mazmun jihatdan tarbiyaviy hamda sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirish bilan muhim ahamiyatga egadir.