logo

VI-VII asrlarda Sug’d, Farg’ona va Xorazm

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

30.0419921875 KB
VI-VII asrlarda Sug’d, Farg’ona va Xorazm
Reja:
1. Sug’dning ilk feodal davlatlar konfederatsiyasi.
2. Farg’ona, Xorazm, Choch va Eloqdagi mustaqil hokimliklar.
3. Ilk o’rta asr shaharlarining shakllanishi. VI   asr   o’rtalariga   kelib   feodal   munosabatlar   rivojlanayotgan   bir   davrda,
siyosiy jixatdan   eftaliylar davlati   porakandalikka yuz tuta boshladi uning tarkida
15  dan   ortiq   mustaqil   feodal   hokimliklar   vujudga  keldi.   Turk   xoqonligining   563-
567   yillar   davomida   olib   borgan   urishlari   natijasida     Eftaliylar   ustidan   g’alaba
qozondi va O’rta Osiyoda xoqonlik hokimiyatini o’rnatishga muoffaq bo’ldi. Xitoy
tarixiy manbalaridan aniqroq bo’lishicha  Samarqand va uning atrofidagi hududlar
Kan   degan   nomda   yuritilgan.   Shuni   alohida   qayt   etish   lozimki   Kan   kichik   bir
viloyatni ifodalab qolmasdan u butun bir So’g’diyonani ifodalovchi nom bo’lgan.
VII   asrda   Li   Yan-shou   tamonidan   yozilgan   “Beyshi”   yani   “Shimoliy   xonadonlar
tarixi”   nomli   asarida   bir   qator   viloyatlar   qatorida   Samarqandni   ham   keltirib   uni
Kan   deb   ataydi.   Bundan   tashqari   Suy   sulolasi   tarixi   yoritilgan   “Suyshu”   nomli,
hamda   Txan   sulolasi   tarixi   yoritilgan   “Txanshuda”   nomli   tarixiy   asarlarda   ham
shunday takrorlanadi. VI-VII  asrlarda so’g’d mahalliy hokimlar tamonidan   idora
etgilgan.   Bu   haqda   qadimgi   Xitoy   manbalarida   qayt   etilgan.   Tarixiy   manbalarda
alohida mulkiy hududlar Kan sulolasiga itoadda bo’lganligi to’g’risida so’z boradi.
Har   bir   mamuriy     birlikning   o’z   nomi   bo’lib   ular   quydagilardir:   Maymurg’,
Ishtixon, Kushoniya, Buxoro, Naqshab, Amul, Andxoy va Samarqand. Samarqand
bu   mulkliklarning   kattasi   bo’lgan.   Bu   viloyatlarning   ko’pchiligi   Zarafshon
vodiysida,   Qashqadaryo   Vodiysida   joylashgan   bo’lib,   bu   joylarning   hammasi
So’g’diyona deb nomlangan. Yuqorida qayt etilgan mulkliklarning boshqalari kuch
qudrat   jihatdan     yuksak   bo’lgan   Samarqand   hokimi   bilan   hisoblashib   muomilada
bo’lgan.     Hatto   ayrim   davlat   boshliqlari   u   bilan   quda   andachilik   munosabatlarini
ham     o’rnatgan.   Buxoro   viloyati   hokimlari   Samarqand   hukmdorlari   bilan   qon
qarindosh   bo’lib,   ular   umumiy   ajdod   tarafidan   bir   birlari   bilan   chambarchas
bog’langan  edi. Bevosita  Kan hukmdoriga  bo’ysingan  Buxoro hokimi  ham  xuddi
shu   nomdagi   unvon   soxibi   bo’lgan.   Kanning   marazlashgan   davlat   bo’lishi   6
asrlarga   yani   eftalit   davlatining   kuchsizlanib   yemirilib   kelayotgan   davriga   to’g’ri
keladi.
Samarqand   So’g’d   hukmdorining   saroyida   ajdotlar   ibodatxonasida   har
yilning   oltinchi   oyida   qurbonlik   keltirish   munosabati   nishonlanib   unda   mamuriy birliklarning   hukmdorlari   ishtirok   etganlar   va   bu   holat   ular   barchasining   qon-
qarindosh aloqasida ekanligadan dolalat beradi.
VII asrning   birinchi choragida Kesh viloyati kuchayib, davlatning poytaxti
hozirgi Kitob o’rnida Kesh shahri bo’lib qolgan. Manbalarga ko’ra, uning hokimi
Tish   (Ticho)   degan   kishi   bo’lib,   bu   borada   mazkur   davlat   boshlig’i   qudratli
hukmdorga   aylangan.   Yoqubning   bergan   malumotiga   qaraganda   VII   asrning
boshlarida Kesh viloyati kuchaya boshlagan. Yoqub o’z axborotida Kesh xokimini
Ticho deb ataydi.  Manbalarda qayt etilishicha Keshga u tamonidan asos solingan.
VII   asr   o’rtalarida   Kesh   hukmdori-   ixshid   Shishpur   butun   Keshning   hukmdori
sifatida   tan   olingan.   U   o’z   nomidan   tangalar   zarb   ettirgan   uning   davrida   zarb
etilgan   tangalarda   “Ixshid   -Shishpar”   degan   yozuvlar   mavjud.   Malumki   ixshid
So’g’d   hukmdorining   nomi.   Bundan   Shishparning   butun   So’g’d   viloyatining
hokomi   bo’lganligi   malum   bo’ladi.   U   boshqa   davlatlarga   esa   rasmiy   ravishda
elchilar   yuborib   turgan.   Jumladan   Xitoy   davlati   bilan   diplamatik   aloqalar
o’rnatgan.   Ammo   Kesh   xokimlarining   So’g’d   ustidan   hukumronligi   uzoq   davom
etmadi.       Keyinroq   taxminan   VII   asrning   ikkinchi   yarmida,   Kesh   va   Samarqand
o’rtasida     qattiq   kurashlar   bo’lib,   bu   kurashlar   natijasida   Samarqand   siyosiy
jihatdan hukmronlikni o’z quliga qaytarib olishga erishadi. Uning hukmdori ishid
soxibi bo’lish bilan bir qatorda Kesh hokimini taxtdan ag’darib tashlab, o’rniga esa
o’z   vakilini   o’tqazadi.   Endilikda   Kesh   hukmdoriga   “ixrid”   unvoni   beriladi   va   u
Samarqand   hokimiga   merosiy   ravishda   tobe   bo’lib   qoladi.   Samarqand   hokimi
o’sha paytda ixshid Varxuan bo’lgan. So’g’diyonaning mahalliy hokimlari Choch
va   Xorazmning   mustaqil   hukmdorlari   bilan   birlashgan   edilar.   Yirik   siyosiy
birliklar   malum   muddatlarda   shaharlardan   birida   o’z   quriltoylarini   o’tkazib
turganlar.
Xorazm boshqa shahar davlatlarga nisbatan ancha mustaqil edi. Mamalakatni
afrig’iylar sulolasiga mansub podsholar boshqarar edi. VI-VII asrlarda Xorazm o’z
boshidan   iqtisodiy   inqirozni   kechirib   turgan.   Xorazmliklar   boshqa   davlatlar,
xususan,   Sharqiy   Yevropa   mamlakatlari   bilan   savdo-   sotiq   munosabatlarida
bo’lishgan.   Xorazm   madaniyati   o’z   qiyofasini   saqlab   qolgan   va   hyech   qanday tashqi tasirlarga uchramagan. 
                           Sug’diyonaning tarkibiga o’sha vaqtlarda Panjikentdan Karmanagacha
bo’lgan   yerlar   kirgan.   Buxoro     esa   VII   asrda   mustaqil   mulklar   itifoqidan   iborat
alohida   birlashma   sifatida   Samarqandga   bo’ysinmay   qolgan.   Uning   podshosi
“buxorxudod” unvoni soxibi bo’lgan.  
2-masala:
Forg’ona   Kan   siyosiy   ittifoqiga   kirmagan   bo’lib,   u   alohida   mustaqil   davlat
edi.   Uni   “ afshin”   boshqargan.   Farg’ona   Tangritog’   xalqlari   bilan   o’zaro   aloqada
bo’lgan.   VI-VII   asrlarda   yurtimiz   hududida   yuz   bergan   ijtimoiy-   iqtisodiy
jarayonlar tatqiqotchilar tamonidan ijtimoiy iqtisodiy jihatdan o’rganilib chiqilgan.
Mazkur   ilmiy   tatqiqotlarning   natijalariga   suyangan   holda   o’sha   davrda
So’g’diyona   Xorazm   va   Forg’ona   hamda   mazkur   geografik   hudularga   qarashli
mulklarda dehqonchilik bog’dorchilik ayniqsa uzumchilik paxta yetishtirish va uy
chorvachiligining   ancha   rivoj   topganligini   anglash   mumkin.   Iqtisodiy     qayotning
muhim   jarayonlaridan   biri   sanalgan   savdo-   sotiq   va   hunarmandchilik   ham   bu
davrda gullab yashnagan.  Bu davrda Forg’ona   Farkan yoki Davon deb yuritilgan.
Uning   podsholari   “ixshid”   deb   nomlangan.koson,   Axsikat   va   Qubo   kabi   yirik
shaharlarida   hunarmandchilikning   turli   soxalari   rijoj   topgan.   Yuqorida   nomlari
qayt etilgan shaharlarda tog’ qalari mavjud bo’lgan, bu istehkomlar vodiy bo’ylab
joylashgan.
V-VII   asralarda   Chirchiq   Ohangoron   vodiysida   ikkita   mutaqil   feodal
davlatlar   mavvjud   b   o’lgan.   Mazkur   davlatlarning   tarixiy   manbalarda   Choch
davlati nomi ostida tilga olinsa, yana biri Eyuloq mulki nomlari ostida tilga olinadi.
Chochning   poytaxti   chochkand   shaxri   bo’lib,   podshoxi   “tudun”   nomlanadi.
Eloqnning   poytaxti   Tunkat   shahri   bo’lib   hokimi   dexqon   deb   yuritilgan.   Mazkur
davlatlar   V   asralrda   Eftaliylar   davlaatiga   bo’ysintirilgan   bo’lsa,   VI   asrda   G’arbiy
turk   xoqonligiga   bo’ysintiriladi.   Choch   vaeloqda   sug’orma   dehqonchilik
chorvachilik   hunarmandchilik     ayniqsa   konchilik   ichki   va   tashqi   savdo   yuksak
darajada edi. O’rta asrlarda Choch voxasi uzil kesil shakllangan edi. Uning hududi
50   ga   yaqin   sug’orish   inshoatlari   yordamida   su   g’orilar   edi.     Chochliklar dehqonchiligining   asosini   arpa,   bug’doy   va   tariq   tashkil   etgan.   Chochkat   shahri
atrofmda 50 dan ortiq katta   kichik istehkomlar, feodal qo’rg’onlari  va qishloqlar
mavjud bo’lgan. Choch va Eloqda qadim zamonlardan konchilik yuksak darajada
rivojlangan. Chunki  Choch va Eloq tog’lari oltin, kumush, rangli madanlar, temir
va   jilvador   chaqmoqtoshlarga   boy   bo’lgan.   Konchilikda   –oltin   va   kumush
madanlarini qazib olishda Eloq O’rta Sharq mamlaakatlar ichida shuxrat qozanodi.
Choch va  Eloq orqali  savdo yo’lining o’tganlagi  unda sado  sotiqning rivojlanishi
va   ularining   shaharlarining   gavjumlashib   rivojlanishiga   asos   bo’ldi.   Chochliklar
tashqi   savdoda   asosan   chet   mamlakatlarga       qimmatbaho   metallar   qimatbaho
toshlar   hamda     g’alla,   quruq   meva   yilqilar   chiqargan.   Chochning     karvon   yo’li
ustida   joylashganli   chochliklarning   savdo   bilan   zug’ullanishlariga   zamin   yaratib
bergan. Chochlik savdogarlar  o’r ta osiyoda alo hida o’rin tutgan. VI- VII asrlada
Chochda   ikki   tillilik   mavjud   edi.   Bu   davrda   ular     turk     xoqonligi   tarkibida
bo’lishiga qaramasdan so’g’d tilini rasmiy til sifatida saqlab qolgan edi. Chochda
keyingi davrlarda kumush va mis tangalar zarb etilganligi  tarixiy manbalarda aks
ettirilgan. 
3-masala:
Bu   davr   O’rta   Osiyoda   Feodal   munosabatlarning   o’rnatilishi   shimoldan
ko’chmanchi  xaqlarning kirib kelishi  natijasida    bu diyorda  vujudga keolgan o’ta
murakkabsiyosiy vaziyat, hamda ijtimoiy vaziyat xo’jalikning  rivojlanishi, shahar
va   qishloqlarning   qiyofasi   va   aholisining   tutmush   tarzi   hamda   yashash   sharoitiga
jiddiy   tasir   ko’rsatdi.   Feodal   munosabatlarning   o’akllanishi   va   ko’chmanchi
aholining   o’troqlashuvining   kuchayishi   natijasida   ekin   maydonlariga   bo’lgan
ehtiyoj ortib bordi. Kanallar barpo etilib sug’orish tizimi tubdan yaxshilandi. Tog’
oldi   yerlariga   su   chiqarilib   yangi   yerlar   o’zlashtirildi.   Yirik   sug’orish   inshoatlari
atroflarida,   markaziy   shaxarlarning   tevarak   atroflarida   yangi   tipdagi   turur   joylar;
qo’rg’on va qo’rg’onchalar barpo etildi. Ko’shiklar va qo’rg’onlar davr ehtiyoji va
talabidan   kelib   chiqqan   holda   barpo   etilgan   bulib,   bu   binolar   mudofaa   inshoati
vazifasini bajarar edi.  Bu inshoatlar mamuriy markaz hamda oziq ovqat ombarlari,
eng   asosiysi   harbiy   garnezon   vazifasini   o’tagan.   VI-VII   asrlarda   O’rta   Osiyo shaharlarida   hali   savdo   sotiq   rivojlangan   bo’lishiga   qaramasdan,   shaharlarning
maydoni   halti   unchalik   katta   emas   edi.   Eng   katta   shahar   hisoblangan   Samarqand
shahrining   umumiy   maydoni   220   gektarni   tashkil   etar   edi   xalos.   Bu   davrda
xorazmda   ham   bir   qator   shaharlar   yuzaga   keldi   jumladan   5-8   asrlarda   mashhur
bo’lgan Qiyot, Xozarasp va Urgench shaharlarini misol qilib olishimiz mumkin.
So’g’d hududida arablar davriga qadar rivojlangan sug’orish tizimi bo’lgan.
Samarqand   shahrinii   suv   bilan   taminlovchi   aloxida   suv   tarmog’i   o’sha   vaqtlarda
mavjud   edi.   Kushoniya,   Narpay,   Buxora   voxasining   esa   Shopurkon     Samarqand
atrofining   “Rabori   xo’ja”   degan   joyida   uchta   suv   tarmog’iga   ajraluvchi   kanallar
suv   bilan   taminlangan.   Arablar   Samarqandga   kelgan   vaqtlarida   uning   tevarak
atrofidagi   dalalarning   yashilligi   bog’larning   obodligini   ko’rib   hayratlaninib
qolganlar.   Bu   mazkur   joylarda   qishloq   xo’jaligi   va   tarmoqlarining   ravnaq
topganligidan dalolat beradi. Dehqonchilik suniy suhorishga asoslangan shu bilan
birga   lalmikor   dehqonchilik   ham   keng   rivoj   topgan.   Ziroatchilikda   g’alla,   no’xat
shuningdek   paxta   yetishtirgan   bo’lsa,   bog’dorchilikda   uzum   va   boshqa   turdagi
mevalar: gilos, shaftoli, olchadan hosil olingan. Chorvachilik sohasida yirik shohli
mollar,   qo’y   echki   boqilgan   bo’lsa,   ot,   xachir,   eshshakdan   ulov   sifatida
foydalangan.   So’g’d   va   Farg’onaning   zotdor   otlariga   Xitoyda   talab-   ehtiyoj
nihoyatda katta edi va yana aynan shu mamlakatga eksport qilinar edi.  Tuyalardan
tekisliklar   dasht   va   cho’l   mintaqalarida   transport   va   uy   hayvoni   sifatida   keng
fodalanilgan.
So’g’dda   ipak   tolasi   yetishtirilgan.   Paxta   jun   va   ipak   tolasini   qayta   ishlash
zaminida mato ishlab chiqarish ancha rivojlangan edi. 
Manbalarda   So’g’d   may   tayorlash   ancha   yuksak   daraja   ekanligi   haqida
malumotlar   bor.   Bu   yerning   uzimi   may   tayyorlash   uchun   nixoyatda   bob   ekanligi
g’aqida   malumotlar   bor   uzumdan   tayyordangan   ichimlikning   katta   zaxiralari
zadogonlarning uylarida saqlangan. 
VI-VII   asrlarda   savdo   stiq   ishlarida   janubdan   shimolga   tamon   ko’chgan.
Bunga   vositachilik   qilish   so’g’diylarning   qo’liga   o’tadi.   Ular   nafaqat   quriqlikda,
balki   shu   bilan   bir   qatorda   Kaspiy   dengizi   orqali   ham   savdo   ishlarida   faol qatnashgan. Bu borada Poykant shahrini aloxida tilga olish lozim, chunki mazkur
joyda  savdogarlar   ko’p  istiqomat   qilganlar   va   o’sha   vaqtdagi   oldi   sotdilarni     ular
amalga oshirganlar. Shu boisdan ham bu shahar savdogarlar shahri yani “Madinat
at-tujor”  deb bejiz aytilmagan. 
So’g’ddan   chet   mamalakatlarga   mevalar:   oq   va   sirir   olcha   chorva
mollariadan quyriqdor qo’ylar shuningdek yilqidar chiqarilagn. 
So’g’dning atroflari tog’lar bilan o’ralganligi bois bu yerlarla oltin mis temir
qalaiy   kumush   singari   rangli   metallarning   konlari   juda   ko’p   bo’lgan.   Kesh
tog’laridan qizil tuz va oltin qazib olinsa iloqdan kumush va qalayt, maymurug’dan
latun, oltin qazib chiqariladi. Mazkur maxsulotlarning zarur qismi ichki ehtiyojlar
uchun   bo’lsa,   qolgani   eksport   sifatida   chiqarib   turilgan.   Yuqoridagi   misollar
so’g’dda temirchilik soxasining yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi.
Metallurgtyada turli mehnat qurollari: belkurak, bolta, o’roq, mix, taqa va hakoza
mehnat   qurollari   ishlab   chiqarilgan.   Turli   tuman   hunarmandchilik   buyumlari:
pichoq   qaychi   bezak   ashyolari   kalit   qulf   chiroqlardan,   harbiy   qurollar   ishlab
chiqarish   keng   yo’lga   qo’yilgan.   Shuning   uchun   ham   so’hd   harbiylari   qurolanish
jihatidan boshqa hudud harbiylariga nisbatan ancha ustin bo’lgan.
Kumush   va   bronzadan   turli   idishlar   yasalar,   shu   bilan   bir   qatorda   bunday
ashyolarning   sirti   naqshi   nigorlar   bilan   o’yma   ravishda   ishlanar   edi.   Oltindan
yasalgan   halqalar,   bilakuzuklar,   sirg’alar,   feruza,   duru   gavxarlar   bilan   bezatilib
chiqarilar va juda boy bejak buyumlari sanalar edi.
Mug’   tog’idan   150   xil   matolarning   nuschalarining   topilishi   bu   yerda
to’qimachilikning   rivoj   topganligidan   dalolat   beradi.     Mazkur   topilmalarning
asosiy qismi paxtadan tayyorlangan matolardir. 
  Shuni   alohida   takitlash   jogizki   VII   asrda   harbiy   to’qnashuvlarning
kupayishi   iqtisodiy   hayotda   katta   o’zgarishlarni   yuzaga   keltiradi.   Birinchidan
markazlashgan   hokimiyat   zaiflashdi;   ikkinchidan   notinchik   malum   darajada
iqtisodiy   tanglikni   yuzaga   keltirdi.   Buning   oqibatida   shaharlar   tushkunlikka   yuz
tutib,   ularning   maydoni   qisqarib   borgan.   Katta   oilalar   egalik   qilgan   qurg’on       -
qalalar   ahamiyati   oshdi   va   ko’payib   bordi.   Xorazm   va   So’g’dda   bunday qalalarning   atrofida   dehqonchilik   mavzeylari   hamda   ularda   dehqonlar   va
savdogarlarning mustahkam uy qurg’onlari to’planib qolgan edi. 
So’g’d   viloyati   axolisi   assosan   savdogarlar,   hunarmandlar,   taqvodarlar,
harbiy   askarlar,   shuningdek   ziroatkor   va   chorvador   qatlam   vakillari   sanalgan.
Albatta   ijtimoiy   qatlamlar   orasida   dehqonlar   mavqyeyining   ustunligini   alohida
qayt etib o’tish zarur. Chunki ular zadogonlar saanalib, aolining boshqa qatlamiga
nisbatan boy- badavlat va yirik yer mulklariga egalik qilishgan. “kashavarz” yoki
kishtukorknandalar   qatlami   vakillari   dehqonlardan   yerlarni   ijaraga   olib   malum
darajada   to’lov   berish   evaziga   ish   yuritganlar.   Akkor   va   chorikorlar   esa
mardikorlik qilish bilan kun kechirganlar. 
Jamiyatda   dindor   shaxslarning   ahamiyati   ulkan   edi.   Ular   turli   diniy
marosimlar   va   udumlarni   ado   etishda   ommaga   rahbarlik   qilganlar.   Vag’n   yani
ibodatxona xo’jaligi ham ularning qaromog’ida bo’lgan. 
VI-VII asrlarda madaniy jarayonlar jamiyatdagi siyosiy iqtisodiy va ijtimoiy
voqyealar bilan o’zaro tasirda rivojlanib borgan. Bu davrda turli xalqlarning til va
yozuv turlari bir-biriga tasir o’tkazdi. So’g’diylarning tili va yozuvi o’ziga xos edi.
Uning   ayrim   so’zlari   va   tushinchalari   hozirgi   o’zbek   tilida   ham   saqlanib   qolgan.
Arab   yozuviga   qadar   turk-runiy,   uygur,   moniviy,   so’g’d   braxma   va   suryoniy
yozuvlari mavjud bo’lgan. 
Shimoliy   Mo’g’ilistonning   O’rxun   va   Selenga   daryolari   voxasida   topilgan
Tunyuquq,   Qultegin,   Bilgaxoqon,   Kulichur,   Ungin   singari   yodgorliklar   shular
jumlasiga kiradi. Turkiy – run yozuvlarini turkiy xalqlar, turkiy tamg’a(belgilar)lar
negizida   ixtiro   qilganlar   degan   taxminiy   fikrlar   mavjud.   So’g’d   yozuvlari   keng
hududda tarqalgan.  Bu  jarayon  so’g’dlarning  yangi  yerlarni  o’zlashtirish  faoliyati
va   savdogarlarning   “Buyuk   ipak   yo’lai”dagi       say   harakatlari   bilan   bog’langan.
Shuning uchun ham so’g’d tilidagi yozma yodgorliklar O’rta Osiyo, Qozog’iston,
Sharqiy Turkiston,  Pokiston va Mo’g’iliston tuprog’idan topib tekshirilgan. 
So’g’d yozuvi oramiy alifbosi asosida shakllangan bo’lib uning tarkibida 25
ta   harf   bo’lgan   va   ular   so’ldan   o’nga   tamon   yozib   chiqilgan.   So’g’d   yozuvi   ish
yuritishda, savdo madaniy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo’lib, qadimgi uyg’ur mo’g’il   va   manjurlarning   yozuvlarining   paydo   bo’lishiga   asos   bo’ldi.
So’g’dliklarning   o’z   taqvimlari   bo’lib   unda   har   bir   oyning   nomlari   aniq   qilib
belgilangan va kursatilgan. 
So’g’d   hududida   buddaviylik,   xristianlik   va   manixiylik   adabiyoti
namunalarining   so’g’d   tilida   bayon   qilinishi   mazkur   tilning   ustunligidan   dalolat
beradi. 
O’sha   davrda   Xorazmda   mahalliy   yozuq   ham   keng   tarqalgan   va   amalda
bo’lgan. Tunroqqaladan topilgan shoh arxivi bundan dalolat  beradi. Boy bezaklar
sopol metall idishlar devoriy suratlar, hatto kiyimlardagi tasvirlar bu yerda tasviriy
sanatning taraqqiyotidan dalolat beradi.
Diniy qarashlarda  zardushtiylik  yetakchi  o’rinda  turgan. Axuramazda  samo
va yerning asoschisi bo’lib uning sharafiga qurbonlik keltirganlar. So’g’diylarning
Yettisuvdagi   ayrim   joylarga   borib   o’rnashishlari   oqibatida   zardo’shtiylar   bilan
o’sha   yerliklarga   xos   shamoniylik   dinining   bir-birlari   bilan   qo’shiluvi   yuz   berdi.
Oltoydan   So’g’dga   ko’chib   kelgan   ayrim   urug’   aymog’lar   esa   zardo’shtiylikni
qabul qilgan edilar. 
Ilk   o’rta   asrlarda   sug’orma  dehqonchilik   maydonlarining  kengayib,   qishloq
xo’jalik   mahsulotlarining   ortib   borishi   ,xunarmandchilik   buyum   va   asbob   –
uskunalariga   bo’lgan   extiyoj   savdo-sotiqning   avj   olishi,   o’z   navbatida,
shaxarlarning   ravnaqiga,   ayniqsa   uning   xunarmandchilik   mahallalarining
kengayishiga ta’sir etdi.Chunki VI-VII asrlarda Buxoro va Poykand shaharlarining
maydoni 20 gektardan oshmagan. Bu davrda O’rta Osiyoda eng katta shaharlardan
biri   Samarqand   edi.   Uning   umumiy   maydoni   200   gektardan   salgina   oshiqroq
edi.VI-VIII   asrlarda,   bir   tomondan   ,   shaxar   aholisining   ortib,   uning
gavjumlashuvi,ikkinchi   tomondan,xunarmandchilik,savdo-sotiqning   tobora
kengayib   borishi   bilan   shaxarlar   atrofi   o’zlashtirilib,   obod   etiladi.   Natijada   ayrim
markaziy   shaxarlarning     tashqi   devorlariga   tutashgan   joylarda   hunarmandchilik
mahallalari     paydo   bo’ladi.   Atrofii     mudofaa     devori     bilan     o’ralmagan     bu
istehkomsiz     mahallalar     manbalarda     «rabaz»   yoki   «rabod»   nomi   bilan
ifodalanadi.   Keyinchalik   rabodlar   ham   alohida   devor   bilan   o’rab   olinadi. Rabodlarda hunarmandchilik mahallalaridan tashqari savdogarlar, o’zga yurtlardan
kelgan   musofirlar   uchun   karvonsaroylar,   bozorlar,   ibodatxona   va   dahmalar   qad
ko’taradi.   Shunday   qilib,   shaharlar   atrofida   rabodlarning   qad   ko’tarish   bilan     ilk
o’rta asrlarda   ular  uch   qismli      bo’lib qoladi. Uning   podshoh qasri    joylashgan
qismi   «koh»,  ichki   shahar   «shaxriston»   deb  yuritiladi.   Shaharning     uchala     qismi
ham   aloxida-aloxida     devorlar     bilan       o’rab     olinadi.     Ularning     bir   necht
darvozalari     bo’lgan.   Manbalarda     ta’rif     etilishicha,     VII   asrda     Buxoro     besh
qismdan     iborat     bo’lib,   u   besh   qator     devorlar     xalqasi     bilan     o’ralgan.   Shahar
oralab   oqib   o’tgan     anhor   handak       vazifasini     bajargan.   Shuningdek,   Poykand
shahrining     ichki   va   tashqi     ikki       shahristoni     bo’lib,   rabodida     ko’plab
karvonsaroylar,otashparastlarning       gumbazli     go’rxonalari,   shishagarlar     va
kulollarning  xumdonlari  xamda korxonalari  joylashgan.
 Ilk o’rta asrlarda  So’g’dda  shahar va qishloq aholisi  naf deyilgan.Ijtimoiy
jixatdan       u     bir   necha   tabaqaga     bo’lingan.   Zodagonlar     ozod,   shahar
hunarmandlari-ozodkor,   savdogarlar-g’uvokor,   ziroatkorlar-kashovarz,
xizmatkorlar-chorikor, mute qo’shchilar-kadivar, qulva  cho’rilar –bantak  va doya
deb yuritilgan.
Toxariston     ilk   o’rta   asrlarda     tashkil   topgan     mayda   davlatchalar
konfederasiyasini     tashkil   etardi.Toxaristonda     shishasozlik     xam     ancha   rivoj
topgan   edi.   Rangdor     shishalardan     surmadonlar,marjonlar     va   munchoqlardan
tashqari  xilma-xil  shisha buyumlar   yasalgan.VIII asr  boshlarida  Toxaristondan
Xitoyga     olib   chiqilgan     qizil     va   zumrad   rangli   shishalar     xitoyliklarni   lol
qoldirgan.
Toxaristonda ayniqsa to’qimachilik  yuksak darajada  edi. Ip, jun va ipakdan
rangli   ,guldor     va   yo’l-yo’l   matolar   to’qilgan.   Toxariston     juda     ko’p
mamlakatlarga  elchilar  yuborib, ular  bilan  savdo  aloqalari  olib borgan. Chetga
ko’plab     qimmatbaxo     toshlar   chiqarilgan.   Mashhur   Badaxshon     la’li   esa     jahon
bozorlarida  nixoyatda  yuqori baholangan.Xuttalondan uyur-uyur  zotdor  yilo’ilar
olib     chiqilgan.   Toxariston   dori-darmonlari     esa   Xitoyda   juda   qadrlangan.So’g’d
tangalariga taqlidan so’qilgan  o’z pullari  ichki  savdo  muomalasida yurgan.     Farg’onada   Koson, Axsikat   va Kubo   kabi yirik   markaziy   shaharlarida
hunarmandchilikning turli soxalari  rivoj topib, uning mahsulotlari ichki  va tashqi
bozorlarda     juda     xaridorgir     bo’lgan.   Qo’shni   mamlakatlarga
arg’umoqlar,bo’yoqlar, shisha buyumlar  va dori-darmonlar  chiqarilgan.
Choch   shahar     aholisining     bir   qismi     savdo   bilan     mashg’ul     bo’lgan,   VI-
VIIasrlarda     Sharqiy   Turkiston     bilan     savdo-sotiq     qilishda     chochliklar
Samarqand     va Buxoro   savdogarlaridan  keyin   uchinchi    o’rinda   turgan.  Choch
poytaxti   tashqi   savdo   markazi   edi   Choch   va   Eloq   tog’lari     oltin,kumush,   rangli
ma’danlar, temir   va jilvador chaqmoq   toshlarga boy edi.Shu tufayli     bu o’lkada
konchilik     va     unga   asoslangan     hunarmandchilik     rivoj     topadi.     Oltin   va
kumushlar qazib olishda Ayniqsa Eloq, O’rta Sharq mamlakatlarida shuhrat topadi.
2-masala:
    Farg’onaning   Xitoy    bilan     olib     brogan    savdo-iqtisodiy   aloqalari   ham
qiziqish    uyg’otmay      qolmaydi. CHjan   Siyan    ilk  bor   Farg’onada     bo’lib
qaytgandan         so’ngbu   yurtga     uzoq   Xitoydan     birin- ketin savdo       karvonlari
qatnay    boshlaydi. Tabiiy          ravishda ular    xitoylik       xunarmandlar    ishlagan
nafis   buyumlarni     keltirib,           ularni     Farg’ona       ajoyibotlari,         masalan,   otlar,
dehqonchilik               maxsulotlariga         ayriboshlashga       harakat   qilganlar.
CHunonchi,   CHjan       Syanning       uzum va beda    o’simligi        haqida  o’z
hukmdoriga       yetkazgan malumotidan       so’ng       oily         farmonga       ko’ra     shu
ikki o’simlik     ko’chati   va     urug’ elchilar ,       savdogarlar   orqali Xitoyga     olib
ketiladi     va      hosildor           yerlarda        parvarish  qilina          boshlanadi.   SHu    tariqa
xitoyliklar  uzum    va bedani   o’zlari    uchun   kashf   etganlar.   Bartol’d   fikriga
qaraganda ,   tahminan   shu   davrda   Farg’ona      orqali xitoyliklar    paxtachilik
bilan       ham   ilk   bor tanishganlar. Bu   yerda     paxta   va   uning   qadimgi     Xitoy
ierogliflda     pak     qabilida       ifodalanishi       diqqatni       tortmay     qolmaydi.   Ammo
paxtachilik     bilan     rasmana     sug’llanishni     xitoyliklar   ancha   keyin
boshlaganlar.Umuman     olganda,   farg’onaliklar   savdo-sottiq       ishlarida     mohir
hisoblanganlar.     Miloddan   avvalgi     1-mingyillikning     so’nggi       asrlarida shakillana boshlagan   Buyuk       Ipak     yo’lining     shimoliy     yo’nalishi xuddi   shu
Farg’ona  orqali  o’tgani  bejiz   emas,  albatta.
            Markaziy       osiyo       orqali       Xitoydan       g’arbga       o’tadigan   saydo       karvoni
yo’llari     doimo         so’g’dlar               nazorati     ostida     edi   .   So’g’dlik       savdogarlar
o’zlarining       bu     yo’ldagi         xukmronliklarini         saqlab   qolishuchun     SHarqiy
Turkistonda   ,   Ettisuvda   ,     Oltoydan       to     Enisey     soxillariga     qadar     bo’lgan
hududlarda   ,     SHimoliy       xitoyning   SHansi     viloyatida,     Dunxuan     kabi       qator
shaxarlarda       o’z   karvonsaroylarini     va     qishloqlarini     barpo         etganlar.   Nefrit
savdosida       yuechji     qabila     ittifoqi     asosiy     vositachi   bo’lgan.     Xan     sulolasi
davrida  ana  shu   n  efrit    savdo yo’li  orqali   SHarqiy   Turkistonga     ko’plab
ipak  matolari      borardi     Xitoy    bu      yo’lni        iqtisodiy      zaruryat   tufayli      qo’lga
kiritishga           harakat             qildi.       Biroq   miloddan     avvalgi     165     yilda     bu     yo’l
xunnlar       qo’liga   o’tadi.     ”Ipak   yo’li   “       savdosida     Xitoy       manbalaridaga
qaraganda   otlar   alohida   ahamiyat   kasb      etagan. Otlarning  bahosi   ipakning
bahosiga   singari     juda yuqori   bo'lgan.  8 asr  boshida   bitta  otning     bahosi
40 taxlam     ipakka     teng     bo’lganligi       takidlanadi. 9asrning birinchi     yarmida
esa  100   ming   otga    bir   million taxlam   ipak    bergan.     Ayniqsa,      Tuva,
Xakasiya,   Oltoy,         Farg’ona       vodiysi       va       Ettisuv             viloyatlarida   etishtirga
otlar    zotdorva   beboho     bo’lgan.                 
            Parfiyalikla       savdogarlari               faoliyati                     diqqatga   sazovardir.
Manbalarda   yozilishicha,     ular       quruqlik     hamda       dengiz       orqali     turli   o’lkalar
bilan       savdo       aloqalarini     olib     borganlar.       SHuni   qayd     etib     o’tish     lozimki,
Arshakiylar         saltanati         SHarq   va   G’arb   mamlakatlari     o’rtasidagi   o’ziga   xos
iqtisodiy-savdo ko’prigi sifatida taniqli bo’lgan. 
Parfiyaliklar   xaykaltoroshlik,zargarlik   soxalarida   mohir
hisoblanganlar.QadimgiNiso   shahri   o’rnidan   topilgan   ashyolar-marmardan
ishlangan   xaykallar   fikrimiz   dalili   bo’la   oladi.Ular   yuksak     sanat   asari   hamda
malum manoda saltanat boyligi ,ko’rki sifatida  oily hukmdor qarorgohida alohida
joyda saqlangan.
Eftalilar savdo-sotiq gurkirab rivoj topgan.Bir tomondan, ulkan mintaqaning siyosiy   jihatdan   yahlitligi   ,   ikkinchi   tomondan   SHarq   va   G’arb   mamlakatlaroro
iqtisodiy –savdo  munosabatlari oralig’da bo’lib ichki  va   tashqi  savdo ishlarining
yanada tarraqiy    etib borishiga qulay sharoit yaratib bergan. Bu esa o’z navbatida
yo’l,   qatnov,   taminoti,   xizmat   ko’rsatish   tarmoqlarining   kengayib   borishiga   yo’l
ochgan. Tashqi savdoda ipak, lak, bo’yoqlar, rangli shishalar, qimmatboho toshlar,
arg’umoq otlar, matolar, shirinliklar, qurol –yarog’ kabi noyob mahsulotlar  bozori
chaqqon bo’lgan.
Xalqoro  savdoda   Xitoy   bilan  aloqada   bo’lgan  davlatlar   orasida   Sug’diyona
va   Baqtriya   muhim   o’rin   tutgan.   Sug’dlar   qadimdan   yaxshi   diplomatik   va   savdo
sohasida   mohir   ekanliklari   malum   .   Ular   tijorat   ishlarida   faol   qatnashishi   bilan
cheklanmasdan   ,   Sug’diyonadan   ancchagina   uzoqda   ham     savdo-sottiq     olib
boradigan   manzillar   tashkil   etkanlar.   Ana  shunday   manzillar   SHarqiy   Turkiston   ,
Xitoy   ,   Yaponiyada   qurilgan.Sug’diyonaning   Samarqand   ,   Buxora   ,   Nasaf   ,
Kesh   ,Varahsha   ,Panjakent   shaharlari   Buyuk     ipak       yo’lidagi   muhim   savdo
nuqtalari     bo’lgan   .Ulardan   Sug’diyonaning   paytaxti   Samarqand   savdo   va
hunarmanchilikning markazi sifatida alohida o’rin tutgan.
Markaziy   Osiyo   xalqlari   dunyodagi   eng     boy     tarixga   ega   bo’lgan   xalqlardan
ekanligi yuqoridagi   mavzularda   qayd etildi. Bu o’lkada qadim-qadimdan yashab
kelgan   xorazmiylar,   baqtriyaliklar,   sug’diyonaliklar,   parfiyaliklar   ,davonliklar,
qang’liklar, kushonlar va boshqalar  o’z paydo bo’lishi, rivojlanish va yozuvlariga
ham   ega   bo’lganlar.   Hozirgacha     bizgacha   malum   bo’lgan   manbalarda   Markaziy
Osiyo   xalqlarining   yozuv   tarixi     yoshini   taxminan    2300-2500  yillar   atrofida   deb
hisoblaydilar.   Xorazim   ,bahtar     va   sog’dda     eron   tillari     bir   necha     lahjalardan
iborat  bo’lgani kabi, turkey tillar  ham xilma-xil laxjalarni o’z ichiga olgan . Uzoq
yillar   o’tishi     bilan   eron   tillari     zaminida     fors-tojik   tili,   turkey   tillar   lahjalari
zaminida   turkiygo’y   xalqlar   tillari   paydo   bo’lgan.   Qadim-qadimdan   bu   xududda
yonma- yon, yelkama-yelka yashab kelgan, doimoiqtisodiy , ishtimoiy va madaniy
jixatdan aloqador va bog’lanib ketgan eron va turk tillarida so’zlashuivchi xalqlar
so’zlashuv   tili   jihatdan   ham   bir-birlariga     kuchli   tasir   o’tkazgan   .Buni   nafaqat
og’zaki so’zlashuvtilida , balki yozma madaniyatda ham ko’rish mumkin.    Miloddan avvalgi    birinchi  ming yillik o’rtalarida Eron Markaziy Osiyo  va
boshqa   o’lkalarda   oromiy   yozuvi   keng   tarqalgan   .   Markaziy   osiyopni   Iskandar
Zulqarnayn   bosib   olgach   ,bu     erdga   yunon   yozuvi   kirib   kelgan   .   Xullas   ,davrda
ahomoniylarning   oromiy   yozuv   asosida   parfiyon,   so’g’d   ,   baxtar   va   Xorazm
yozuvlari  paydo bo’lagan  .Keyinchalik Run (O’rxun –Enosoy ), Uyg’ur    kabi  bir
qator   yozuvlar     vujudga     kelgan   .Tarixiy   yozma   manbalarning   guvohlik
berishcha ,Kushon davlati davrida hind  xalqlari  bilan o’zoro aloqadorlik  negizida
Brahma va Qharoshhi deb atalgan  hind  alifbolari ham ishlatilgan . 
Muarrihlar muqqadas ‘’Avesto’’ kitobini miloddan avvalgi 7 -               5 asrlarda
bitilganligini  tahmin  qiladilar   .  Markaziy  Osiyoda   uzoq  vaqtlar   qo’lanib  kelingan
xorazm     vasog’d   yozuvlari   ham   qadimiydir.   Xorazm   yozuvi   oromiy     yozovining
qadimiy   ananalarini   o’zida   saqlab   qolgan   edi   .   Buni   rus   olimi   S.P.Tolstov   o’z
hamkasplari bilan Xorazmdagi Qo’yqirilgan qalasida  arxeologiyaga oid tatqiqotlar
uyushtirib   topgan   ashyolar   asosida   isbotladi   .   Bu   erda   u   xorazm   yozuvi
namunalarini topdi. bu yozuvlar qadimgi   xorazm   tangalari,   muxirlari, xujjatlari,
san’at asarlari,  uy –ro’zg’or buyumlarida aks etgan edi . 
       Massagetlar va shaklar  orasida tarqoq  xolda  yashagan  sog’dlarning  yozuvi
bitilgan  ba’zi  manbalarbizgacha yetib  kelgan .Jumladan , Sug’diyonada topilgan
miloddan   avvvalgi     2   asrga   mansub     so’g’d     tangalariga   zarb     urilgan   “Geroy
Jabg’u, Katfuz  Jabg’u” so’zlariga qarab ,arxeolog   olima  O.N Smirnova sog’dlar
turk   tilida     so’zlashganlar   ,degan   xulosaga   keladi.   Sog’d   xokimlari   va
lashkarboshilarining     ko’pchiligi   turk     bo’lmaganligi   mashhur   tarixchi     Tabariy
ham  takidlaydi.
SHunday, qilib ,yuqoridagi  dalil- asoslar Markaziy Osiyo  xududidagi xalqlar  eng
qadimgi  yozma madaniyatga ega bo’lganligini isbot qiladi . Turk xoqoligida ichki
va     tashqisavdo   ancha   rivoj   topgan   .   Ayniqsa   Buxoro   xududi   ayniqsa     savdo
markazlaridan   hisoblanardi.   Poykent   “Savdogarlar   shahri”deb   nom   chiqargan.
Savdo–satiqda xusuvsan  Xitoy  bilan munosabat yetakchi o’rinni egallagan. Faqat
627   –647     yillar   maboynida     Samarqanddan   Xitoyga   to’qqizta   savdo   elchiligi
yuborilgan   So’g’d     yozuvi   25   ta   belgidan   iborat   bo’lib,   chaptan     o’nga   qarab yoziladi.
     Markaziy Osiyo hududlarida zardushtiylik bilan bir qatorda Moniylik dini ham
milodimizning 3 asri o’rtalaridan boshlab keng tarqala boshlagan dinlardan biridir.
Moniylikning   asoschisi   Moniy   ibn   Fatak   (216-277)   dir.   U     216   yilda   Taysafun
(Ktesafon)   yaqinida   tavallud   topgan.   SHu   bilan   birga   Moniy     230   yillarda   Eron,
Markaziy   Osiyo,   Hindiston     bo’ylab   safar   qilib   zardushtiylik,   buddiylik,
braxmanlik   dinlari   bilan   va   turli     diniy   ta’limotlar   bilan   tanishadi.   240   yillardan
boshlab   Moniy   o’zining   mustaqil   ta’limotini     targ’ib     qila     boshlaydi.   O’z   ichiga
zardushtiylik,   buddiylik,   braxmanlik,   xiristianlik   dinlarining   ba’zi   tomonlarini
olgan bu talimot boshqa mamlakatlarda ham qiziqish uyg’ota boshlaydi. Jumladan,
sosoniylar   sulolasidan   bo’lgan   Eron   shohi   SHopur   1   bu   ta’limotlarni   quvvatlab,
Moniyni   Eronga     taklif   etadi.   Moniy   242   yilda   SHopur   1   ning     taxtga   o’tirib   toj
kiyish   marosimi     paytida   birinchi   marta   o’z   ta’imotini   bayon   etib   va’z     o’qiydi.
SHapur   1   ushbu   maniylik   ta’limotini   xiristiyanlik   va   mahalliy   dinlardga   qarshi
qo’ymoqchi   bo’ladi.   Biroq   zardusht   kohinlari   bu   diniy   ta’limotga   shubha   bilan
qarab   unga   keskin   qarshi   chiqadilar.   Zardusht     kohinlarning     kuchayishi   tufayli
Moniy muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Erondan qochishga majbur bo’ladi. SHundan
so’ng   Moniy   Markaziy   Osiyo   yerlarida,   shu   jumladan   O’zbekiston   hududida
faoliyat ko’rsatadi. 
Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. Uning ta’limotida borliqning   2 supstansiya
asosida   –yorug’lik,   yaxshilik,   ruh   olami   bilan   zulmat,   yovuzlik,   materiya
olamining   o’zoro   kurashini   etirof   etuvchi   Zardushtiylik   dualizm     yotadi.Birinchi
olamda xuda, ikkinchisida shayton, iblis xukum suradi.  Ikki olam kurashi  falokat
bilan tugaydi, natijada materiya xalokatga uchraydi, ruh ozodlikka chiqadi. Moniy
ta’limotiga   ko’ra,   bu   dunyo   yovuzlik   dunyosidir.   Inson   ikki   unsurdan   (ruh   –nur
farzandi,   jism  –zulmat  farzandi  ) iborat  bo’lgani  uchun zulmat kuchlariga qarshi
kurashishida  nur kuchlariga yordam bera oladi. SHuning uchun moniylar hayotida
zohirona   yashashni   targ’ib   etganlar.   Ular   go’sht   istemol   qilmasliklari,   foniy
dunyoning   o’tkinchi     moliga   qo’l   urmasliklari   lozim   bo’lgan.Moniy
tarafdorlarining shiyori “Kimki boy bo’lsa, keyin qashshoq bo’lib sadaqa so’raydi va   abadiy   azob   chekadi”.   Moniylik   keng   tarqaldi.   U   O’zbekiston   hududidan
tashqari,   SHarqiy   Turkiston,   Italiyadan   to   xitoygacha   yoyildi.   Keyinchalik   bu
ta’limot Misr va Ispaniyagacha  tarqaldi.
  Moniy 273 yilda Eronga qaytadi  vaShoh Bahrom  1 ning topshirig’  bilan 275
yilda hibisga olinib zindonband qilinadi va 277 yilda qatil etiladi. Moniy bir necha
kitoblar mualifidir. 
Moniylik       ta’limoti   Moniy   o’limidan   keyin   ham   keng   tarqalgan.   U   8   asrda
Uyg’ur   xonligida   hukmron   dinga   aylanadi.   Ammo   keyinchalik   moniylik     islom
dini   ta’qibiga     uchraydi   vaasta-sekin   Evro’pa   va   Osiyo   mamlakatlarida   barham
topadi.
Kushonlar   davrida   O’rta   Osiyoda   turli   diniy   e’tiqodlar   mavjud   bo’lgan.   Ulardan
keng tarqalgan zardushtiylik, yani otashparaslik edi.
Ko’pchilik   olimlarning   fikricha,   otashparaslikning     shakillangan   joyi   O’rta
Osiyo   bo’lib,   uning   muqqaddas   kitobi   avesto   Horazimda   bitilgan.
Zardushtiylikning   mohiyati   bilan   chop   etilgan   kitoblar   orqali   jumladan   o’zbek
tiliga tarjima qilingan avesto orqali tanishish mumkin. 
SHuningdek budda dini ayrim o’lkalarda, husuvsan SHimoliy Baqtiryada keng
tarqaladi.   Milodiy   1-   3asrlarda   budda   ibodathonalar   soni   ko’payadi.   Masalan
Ko’hna Termizda devorlari turli-tuman rangli naqshlar bilan bezatilgan ibodatxona
ochilgan   Kushonlar   davrida   O’rto   Osiyo   halqlari   boshqa   halqlar   bilan   keng
iqtisodiy   va   madaniy   aloqakar   o’rnatgan.   3   asrga   kelib   Kushon   podsholigining
tushkunlik davri boshlanadi vau mayday davlatlarga bo’linib ketadi.
Xorazm   davlatida   amalda   bo’lgan   diniy   etiqodlarga   kelsak   ahali   arosida
zardushtiylik, obodonlik va farovanlik hudosi Anahita , quyoshva yorug’lik hudosi
Mitra, baht, toley vadavlat hudosi Humo kabilarga sig’nish keng tarqalgan. 
Ota-bobolarimiz ruxiga sig’inish ham turkiy xalqlaro’rtasida  10 asrga qadar keng 
tarqalgan diniy  etiqodlardan bo’lgan. Bu hol ruh o’lmaydi, u narigi dunyodaham 
yashaydi, degan tasavurlardan paydo bo’lgan  576 yilda Istami xoqonni dafn qilish 
marosimida uning o’g’li otasining minib yurgan otlarini, shu bilan birga to’rt 
harbiy asirni otasining arvohiga qurbon qilgan 6-7 asrlarda  turkiy  xalqlar 
o’rtasida  otashparaslik, buddizim  va  xristian  dini  ham  rivojlana  bordi.

VI-VII asrlarda Sug’d, Farg’ona va Xorazm Reja: 1. Sug’dning ilk feodal davlatlar konfederatsiyasi. 2. Farg’ona, Xorazm, Choch va Eloqdagi mustaqil hokimliklar. 3. Ilk o’rta asr shaharlarining shakllanishi.

VI asr o’rtalariga kelib feodal munosabatlar rivojlanayotgan bir davrda, siyosiy jixatdan eftaliylar davlati porakandalikka yuz tuta boshladi uning tarkida 15 dan ortiq mustaqil feodal hokimliklar vujudga keldi. Turk xoqonligining 563- 567 yillar davomida olib borgan urishlari natijasida Eftaliylar ustidan g’alaba qozondi va O’rta Osiyoda xoqonlik hokimiyatini o’rnatishga muoffaq bo’ldi. Xitoy tarixiy manbalaridan aniqroq bo’lishicha Samarqand va uning atrofidagi hududlar Kan degan nomda yuritilgan. Shuni alohida qayt etish lozimki Kan kichik bir viloyatni ifodalab qolmasdan u butun bir So’g’diyonani ifodalovchi nom bo’lgan. VII asrda Li Yan-shou tamonidan yozilgan “Beyshi” yani “Shimoliy xonadonlar tarixi” nomli asarida bir qator viloyatlar qatorida Samarqandni ham keltirib uni Kan deb ataydi. Bundan tashqari Suy sulolasi tarixi yoritilgan “Suyshu” nomli, hamda Txan sulolasi tarixi yoritilgan “Txanshuda” nomli tarixiy asarlarda ham shunday takrorlanadi. VI-VII asrlarda so’g’d mahalliy hokimlar tamonidan idora etgilgan. Bu haqda qadimgi Xitoy manbalarida qayt etilgan. Tarixiy manbalarda alohida mulkiy hududlar Kan sulolasiga itoadda bo’lganligi to’g’risida so’z boradi. Har bir mamuriy birlikning o’z nomi bo’lib ular quydagilardir: Maymurg’, Ishtixon, Kushoniya, Buxoro, Naqshab, Amul, Andxoy va Samarqand. Samarqand bu mulkliklarning kattasi bo’lgan. Bu viloyatlarning ko’pchiligi Zarafshon vodiysida, Qashqadaryo Vodiysida joylashgan bo’lib, bu joylarning hammasi So’g’diyona deb nomlangan. Yuqorida qayt etilgan mulkliklarning boshqalari kuch qudrat jihatdan yuksak bo’lgan Samarqand hokimi bilan hisoblashib muomilada bo’lgan. Hatto ayrim davlat boshliqlari u bilan quda andachilik munosabatlarini ham o’rnatgan. Buxoro viloyati hokimlari Samarqand hukmdorlari bilan qon qarindosh bo’lib, ular umumiy ajdod tarafidan bir birlari bilan chambarchas bog’langan edi. Bevosita Kan hukmdoriga bo’ysingan Buxoro hokimi ham xuddi shu nomdagi unvon soxibi bo’lgan. Kanning marazlashgan davlat bo’lishi 6 asrlarga yani eftalit davlatining kuchsizlanib yemirilib kelayotgan davriga to’g’ri keladi. Samarqand So’g’d hukmdorining saroyida ajdotlar ibodatxonasida har yilning oltinchi oyida qurbonlik keltirish munosabati nishonlanib unda mamuriy

birliklarning hukmdorlari ishtirok etganlar va bu holat ular barchasining qon- qarindosh aloqasida ekanligadan dolalat beradi. VII asrning birinchi choragida Kesh viloyati kuchayib, davlatning poytaxti hozirgi Kitob o’rnida Kesh shahri bo’lib qolgan. Manbalarga ko’ra, uning hokimi Tish (Ticho) degan kishi bo’lib, bu borada mazkur davlat boshlig’i qudratli hukmdorga aylangan. Yoqubning bergan malumotiga qaraganda VII asrning boshlarida Kesh viloyati kuchaya boshlagan. Yoqub o’z axborotida Kesh xokimini Ticho deb ataydi. Manbalarda qayt etilishicha Keshga u tamonidan asos solingan. VII asr o’rtalarida Kesh hukmdori- ixshid Shishpur butun Keshning hukmdori sifatida tan olingan. U o’z nomidan tangalar zarb ettirgan uning davrida zarb etilgan tangalarda “Ixshid -Shishpar” degan yozuvlar mavjud. Malumki ixshid So’g’d hukmdorining nomi. Bundan Shishparning butun So’g’d viloyatining hokomi bo’lganligi malum bo’ladi. U boshqa davlatlarga esa rasmiy ravishda elchilar yuborib turgan. Jumladan Xitoy davlati bilan diplamatik aloqalar o’rnatgan. Ammo Kesh xokimlarining So’g’d ustidan hukumronligi uzoq davom etmadi. Keyinroq taxminan VII asrning ikkinchi yarmida, Kesh va Samarqand o’rtasida qattiq kurashlar bo’lib, bu kurashlar natijasida Samarqand siyosiy jihatdan hukmronlikni o’z quliga qaytarib olishga erishadi. Uning hukmdori ishid soxibi bo’lish bilan bir qatorda Kesh hokimini taxtdan ag’darib tashlab, o’rniga esa o’z vakilini o’tqazadi. Endilikda Kesh hukmdoriga “ixrid” unvoni beriladi va u Samarqand hokimiga merosiy ravishda tobe bo’lib qoladi. Samarqand hokimi o’sha paytda ixshid Varxuan bo’lgan. So’g’diyonaning mahalliy hokimlari Choch va Xorazmning mustaqil hukmdorlari bilan birlashgan edilar. Yirik siyosiy birliklar malum muddatlarda shaharlardan birida o’z quriltoylarini o’tkazib turganlar. Xorazm boshqa shahar davlatlarga nisbatan ancha mustaqil edi. Mamalakatni afrig’iylar sulolasiga mansub podsholar boshqarar edi. VI-VII asrlarda Xorazm o’z boshidan iqtisodiy inqirozni kechirib turgan. Xorazmliklar boshqa davlatlar, xususan, Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo- sotiq munosabatlarida bo’lishgan. Xorazm madaniyati o’z qiyofasini saqlab qolgan va hyech qanday

tashqi tasirlarga uchramagan. Sug’diyonaning tarkibiga o’sha vaqtlarda Panjikentdan Karmanagacha bo’lgan yerlar kirgan. Buxoro esa VII asrda mustaqil mulklar itifoqidan iborat alohida birlashma sifatida Samarqandga bo’ysinmay qolgan. Uning podshosi “buxorxudod” unvoni soxibi bo’lgan. 2-masala: Forg’ona Kan siyosiy ittifoqiga kirmagan bo’lib, u alohida mustaqil davlat edi. Uni “ afshin” boshqargan. Farg’ona Tangritog’ xalqlari bilan o’zaro aloqada bo’lgan. VI-VII asrlarda yurtimiz hududida yuz bergan ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar tatqiqotchilar tamonidan ijtimoiy iqtisodiy jihatdan o’rganilib chiqilgan. Mazkur ilmiy tatqiqotlarning natijalariga suyangan holda o’sha davrda So’g’diyona Xorazm va Forg’ona hamda mazkur geografik hudularga qarashli mulklarda dehqonchilik bog’dorchilik ayniqsa uzumchilik paxta yetishtirish va uy chorvachiligining ancha rivoj topganligini anglash mumkin. Iqtisodiy qayotning muhim jarayonlaridan biri sanalgan savdo- sotiq va hunarmandchilik ham bu davrda gullab yashnagan. Bu davrda Forg’ona Farkan yoki Davon deb yuritilgan. Uning podsholari “ixshid” deb nomlangan.koson, Axsikat va Qubo kabi yirik shaharlarida hunarmandchilikning turli soxalari rijoj topgan. Yuqorida nomlari qayt etilgan shaharlarda tog’ qalari mavjud bo’lgan, bu istehkomlar vodiy bo’ylab joylashgan. V-VII asralarda Chirchiq Ohangoron vodiysida ikkita mutaqil feodal davlatlar mavvjud b o’lgan. Mazkur davlatlarning tarixiy manbalarda Choch davlati nomi ostida tilga olinsa, yana biri Eyuloq mulki nomlari ostida tilga olinadi. Chochning poytaxti chochkand shaxri bo’lib, podshoxi “tudun” nomlanadi. Eloqnning poytaxti Tunkat shahri bo’lib hokimi dexqon deb yuritilgan. Mazkur davlatlar V asralrda Eftaliylar davlaatiga bo’ysintirilgan bo’lsa, VI asrda G’arbiy turk xoqonligiga bo’ysintiriladi. Choch vaeloqda sug’orma dehqonchilik chorvachilik hunarmandchilik ayniqsa konchilik ichki va tashqi savdo yuksak darajada edi. O’rta asrlarda Choch voxasi uzil kesil shakllangan edi. Uning hududi 50 ga yaqin sug’orish inshoatlari yordamida su g’orilar edi. Chochliklar

dehqonchiligining asosini arpa, bug’doy va tariq tashkil etgan. Chochkat shahri atrofmda 50 dan ortiq katta kichik istehkomlar, feodal qo’rg’onlari va qishloqlar mavjud bo’lgan. Choch va Eloqda qadim zamonlardan konchilik yuksak darajada rivojlangan. Chunki Choch va Eloq tog’lari oltin, kumush, rangli madanlar, temir va jilvador chaqmoqtoshlarga boy bo’lgan. Konchilikda –oltin va kumush madanlarini qazib olishda Eloq O’rta Sharq mamlaakatlar ichida shuxrat qozanodi. Choch va Eloq orqali savdo yo’lining o’tganlagi unda sado sotiqning rivojlanishi va ularining shaharlarining gavjumlashib rivojlanishiga asos bo’ldi. Chochliklar tashqi savdoda asosan chet mamlakatlarga qimmatbaho metallar qimatbaho toshlar hamda g’alla, quruq meva yilqilar chiqargan. Chochning karvon yo’li ustida joylashganli chochliklarning savdo bilan zug’ullanishlariga zamin yaratib bergan. Chochlik savdogarlar o’r ta osiyoda alo hida o’rin tutgan. VI- VII asrlada Chochda ikki tillilik mavjud edi. Bu davrda ular turk xoqonligi tarkibida bo’lishiga qaramasdan so’g’d tilini rasmiy til sifatida saqlab qolgan edi. Chochda keyingi davrlarda kumush va mis tangalar zarb etilganligi tarixiy manbalarda aks ettirilgan. 3-masala: Bu davr O’rta Osiyoda Feodal munosabatlarning o’rnatilishi shimoldan ko’chmanchi xaqlarning kirib kelishi natijasida bu diyorda vujudga keolgan o’ta murakkabsiyosiy vaziyat, hamda ijtimoiy vaziyat xo’jalikning rivojlanishi, shahar va qishloqlarning qiyofasi va aholisining tutmush tarzi hamda yashash sharoitiga jiddiy tasir ko’rsatdi. Feodal munosabatlarning o’akllanishi va ko’chmanchi aholining o’troqlashuvining kuchayishi natijasida ekin maydonlariga bo’lgan ehtiyoj ortib bordi. Kanallar barpo etilib sug’orish tizimi tubdan yaxshilandi. Tog’ oldi yerlariga su chiqarilib yangi yerlar o’zlashtirildi. Yirik sug’orish inshoatlari atroflarida, markaziy shaxarlarning tevarak atroflarida yangi tipdagi turur joylar; qo’rg’on va qo’rg’onchalar barpo etildi. Ko’shiklar va qo’rg’onlar davr ehtiyoji va talabidan kelib chiqqan holda barpo etilgan bulib, bu binolar mudofaa inshoati vazifasini bajarar edi. Bu inshoatlar mamuriy markaz hamda oziq ovqat ombarlari, eng asosiysi harbiy garnezon vazifasini o’tagan. VI-VII asrlarda O’rta Osiyo