Video taqdimotlar yaratish dasturlari. Comtasiya studio, Captura dasturlaridan foydalanish asoslari

















Mavzu: Video taqdimotlar yaratish dasturlari. Comtasiya studio, Captura dasturlaridan foydalanish asoslari. Reja: 1. Video taqdimotlar yaratish dasturlari . 2. Comtasiya studio dasturlaridan foydalanish asoslari. 3. Captura dasturlaridan foydalanish asoslari. Camtasia Studio dasturi -bu kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarni yozib olish imkonini beruvchi juda ham qulay kuchli dastur hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida biz ekrandagi jarayonlari oson tasvirga olishimiz, veb-kameralar orqali videoga olishimiz, PowerPoint taqdimotlarini, hamda audio yozuvlarni yaratishimiz mumkin. Dastur videoni tahrirlash imkonini beradi: turli effektlar berish, to’g’rilash, ravshanlik, ularning o’lchamlarini almashtirish, kerakli formatlarda saqlash va boshqalar. Adobe Captivate (avvalgi RoboDemo sifatida tanilgan) — Microsoft Windows va dasturiy ta’minotni namoyish etish, video-darslarni yozish, dastur simulyasiyasini yaratish, o`quv taqdimotlarni yaratish va .swf formatda turli testlarni yaratish uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan Mac OS Xning 5 versiyalari uchun elektron ta’limda qo’llaniladigan elektron kurslarni yaratish va tahrirlash dasturi. Adobe Captivatedagi generatsiyalangan .swf ni .aviga videoxosting saytlarga konvertatsiya qilish imkoniyati mavjud. Multimedia-tizimlar hozirgi paytda ta’im va kasbga tayyorlash sohasida, nashriyot faoliyotida (elektron kitoblar), biznesni kompiyuterlashtirish uchun (reklama, mijozlarga xizmat ko’rsatish), axborot markazlarida (kutibxona, muzey) va Hakozolarda muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda. Camtasia Studio dasturi – bu kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarni yozib olish imkonini beruvchi juda ham qulay kuchli dastur hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida biz ekrandagi jarayonlari oson tasvirga olishimiz, veb- kameralar orqali videoga olishimiz, PowerPoint taqdimotlarini, hamda audio yozuvlarni yaratishimiz mumkin. Dastur videoni tahrirlash imkonini beradi: turli effektlar berish, to’g’rilash, ravshanlik, ularning o’lchamlarini almashtirish, kerakli formatlarda saqlash va boshqalar. Camtasia Studio – video darsliklar, taqdimotlar va boshqa shunga o’xshash kuzatuvchilarga namoyish etiladigan materiallar yaratish uchun mo’ljallangan. Camtasia Studio dasturida monitor ekranidagilarni video tasvirga olishdan tashqari videoni tahrirlash imkoniyati ham mavjud. Camtasia Studio dasturidan foydalanib kompyuter monitorida yuz berayogan barcha jarayonlarni osonlik bilan yozib borish mumkin. Monitor ekranidagi butun sohani yoki uning alohida ajratilgan sohasini yozib olish mumkin, shundan so’ng video va audioning turli effektlarini berishimiz mumkin bo’ladi. Monitor ekranida kuzatilayotgan jarayonlarni yozib olish uchun etarlicha yuqori unumdorlikka ega bo’lgan kompyuter tanlansa ish unumdorligi ortadi albatta. Camtasia Studio dasturining yana bir afzalligi shundaki, u o’zining shaxsiy TechSmit Screen Capture Codec kodekiga ega bo’lib, tasvirni kodlashtirishda yaxshi natijalarni beradi. Uning algoritmi tizimga bo’lgan ortiqcha yuklanishlarni minimallashtiradi, shuning uchun ushbu dasturdan unumdorligi past bo’lgan kompyuterlarda ham foydalanish mumkin.
Dasturning asosiy imkoniyatlari: 1. Monitor ekranidagi va veb-kameralar orqali kuzatilayotgan jarayonlarni, mikrofondagi ovozni sifatli yozib olish. 2. Videolavhalarga turli xil vizual effektlar berish. 3. Video yo’laklarni kesib olish, birlashtirish, o’chirish va qo’shish. 4. Audio yozuvlar qo’yish va tahrirlash. 5. Videoni bizga qulay bo’lgan formatlarda saqlash SWF, FLV, AVI, MOV, WMV, PPT, GIF, RM, CAMV. Ish stolida navbatdagi lavhani yozib olgandan so’ng, video va audio fayl aks etadi. Olingan natijani ko’rish va tahrirlash uchun, uni sichqoncha orqali vaqt shkalasi maydoniga olib o’tish lozim. Camtasia Studio dasturining boshqaruv paneli. Boshqaruv panelida quyidagilarga murojaat qilish mumkin: ADD qismi. Import Media – audio yoki videomateriallarni import qilish. Title Clips – yuklanuvchi ekranni tayyorlash. Dasturda yaratilgan videolavhani yuklashdan oldin, foydalanuviga belgilangan axborotlarni (reklama, tabriknoma va b.) ko’rsatish kerak bo’lsa, ushbu bandda buni bajarish mumkin . Voice Narration bu opsiya fonli musiqalar yoki o’zining ovozli sharhlarini yozish imkonini beradi. Record Camera – bu opsiya suratda rasm effektini yasash imkonini beradi, masalan, videolavhaning burchagida yana bitta lavhani joylashtirish. EDIT qismi. Picture in Picture – suratda rasm effektini tahrirlash. Dastur interfeysi 1. Ish stoli; 2. Boshqaruv paneli; 3. Vaqt shkalasi; 4. Proigryvatel
Mavzu :Kompyuter grafikasi va ularning turlari. Kompyuter grafikasi. Kompyuter grafikasi turlari: vektorli, rastrli, fraktal, CD-grafika. Paint grafik muharririda grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi. Grafik muharrirlari asosan uchta katta guruhga bo’linadi: rastrli, vektorli va fraktalli grafik muharrirlari. Bu guruhlarga kiruvchi dasturlarning asosiy farqi shundaki, rastrli grafik muharrirlarida tasvirlarning rangi asosiy vosita hisoblansa, vektorli grafik muharrirlarida esa tasvirlarning shakli asosiy vosita hisoblanadi. Rastrli grafik muharrirlarga kiruvchi dasturlarni shartli ravishda ikkita, ya’ni grafikli tasvirlarni tashkil qilish va tayyor grafikli tasvirlarni qayta ishlash guruhlariga ajratish mumkin. Axborotni grafik ko’rinishda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik obyektlar va fayllarda bo’lgan nografik obyektlar o’rtasida bog’lanish o’rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter grafikasi(mashina grafikasi)nima degani? Kompyuter(mashina) grafikasi deganda obyektlarning hajm modellarini yaratish, saklash, ishlov berish va EHMlar yordamida ularni tasvirlash tushuniladi. Tasvirlarni tuzish usullari Grafik tasvirni hosil qilishning zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish maqsadida kompyuter grafikasining quyidagi usullari–rastrli, vektorli va fraktalli usullar yordamida grafikli obyeklarning hosil qilinishi bilan tanishib chiqamiz. Bu ikki usullarning asosiy farqi ekran yuzasi bo’yicha o’rni harakatlanishining tur- lichaligidadir. Vektorli kompyuter grafikasi -bunda tasvirlar chiziqlar vositasida hosil qilinadi. Chiziq sifatida egri va to’g’ri chiziqlardan foydalanadi. Shuning uchun vektorli grafikada yaratilgan tasvirlar juda aniq chiqadi. Vektorli grafika reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida keng qo’llaniladi. Vektorli grafik dasturlarning eng mashhurlari bu Adobe ILLustrator, Macromedia Freehand, CorelDRAW va boshqalar kiradi. Rastrli kompyuter grafikasi- bunda tasvir uni hosil qiluvchi nuqtalar (piksellar, pellar) yordamida hosil qilinishi tushuniladi. Rastr-bu gorizontal rastr qatorlar to’plami bo’lib, bunda har bir qator alohida pellar yig’indisidan iborat bo’ladi. Rastrli grafikada tasvirlar nuqta(pixels)lar majmuasi orqali hosil qilinadi. Rastr–bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matrisasidir. Demak rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat ekan. Nuqtalar soni qanchalik zich bo’lsa, tasvir shunchalik aniq va tiniq chiqadi. Displeylar turli rejimda ishlashi mumkin. Bir qatordagi piksellar sonining ekrandagi qatorlar soniga ko’paytmasi displeyning sezuvchanlik darajasini ko’rsatadi. Sezuvchanlik darajasi qanchalik katta bo’lsa, shunchalik hosil qilinadigan tasvirni sifati ham yaxshi bo’ladi, lekin teskari nisbatda apparatura tannarxi qimmatlashib boradi. Shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan displeylar 2-xil sezuvchanlikka ega: Past sezuvchanlik-200 vertikal nuqtalar 320 gorizontal nuqtalar (200*320); Yuqori sezuvchanlk-1280 vertikal nuqtalar 1024 gorizon-tal nuqtalar (1280*1024).
Rastrli grafik muharrirlarda kompyuter ekrani juda zich chiziqlar bilan to’r ko’rinishiga keltiriladi. Chizilgan tasvirlar esa nuqtalarni ketma-ketligi orqali hosil qilinadi. Uni quyidagi misol orqali ko’rib chiqamiz. Chiziqlar joylashgan kataklarni 1 bilan, chiziqlar yo’q kataklarni esa 0 bilan belgilaymiz: Endi biz yuqoridagi 2-jadvaldagi raqamlarni ranglab chiqamiz va natijada yuqoridagi grafikni kompyuterda qanday qilib rastrli ko’rinishga o’tishini ko’ramiz: Ushbu ko’rinishda to’rni kattaroq olganimiz uchun tasviri miz unchalik aniq chiqmadi. To’rni qanchalik kichik va zich olsak, kompyuterdagi tasvir haqiqiysiga shunchalik yaqin bo’ladi. Tasvir chizilganda har bir katakdagi chiziq va uni qaysi rang bilan chizish yoki belgilash kerakligi belgilab qo’yiladi. Rastrli grafik muharrirlarining eng ommaviy va eng mashhurlari bu Paint va Photoshop dasturlaridir. Paint dasturida chizilgan rasmlar *.bmp kengaytmali fayllarida saqlanadi.Uning ma’nosi Windows Bitmape –Windowsning Vit kartasi
demakdir. Bulardan tashqari *.jpg, *.gif, *.pdf, *.tiff va boshqa kengaytmali fayllarda ham saqlanadi. Rastrli grafikaning asosiy kamchiligi bu tasvirni kattalashtirish ya’ni masshtablashtirishda tasvirni buzilishidir. Chunki tasvir kattalashganida uni hosil qilgan nuqtalar hajmi ham kattalashadi. Fraktalli kompyuter grafikasi- esa hisoblanuvchi grafikadir. Bunda yaratilayotgan tasvirlar tenglamalar va ularning sistemalari vositasida hosil qilinadi. Shuning uchun bunday muharrirlarda hosil qilingan dasturlar katta hajm egallamaydi. Chunki xotirada tasvir emas uni hosil qiladigan tenglamalar saqlanadi. Fraktalli grafika badiiy kompozisiya yaratish, tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlash-dir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida quriladi. Arxitektura va qurilish sohalarida bugun fraktalli grafika muhim o’rin tutmoqda. Jumladan konstruktorlik va loyihalash jamda dizaynerlik-jihozlash ishlarida. Bunday muharrirlardan eng ommalashganlari bu Avto CAD, DesingCAD, Grafic CAD va Archi CAD lardir. Rang modellari. RGB modeli ning nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko’k birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo’lib, ushbu ranglarning turli proporsiyalarda aralashtirish natijasida ko’rinuvchi spektrning turli hil boshqa ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yellow) ranglar xosil bo’ladi. RGB modeli. RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. R =255, G =255, B =255 bo’lganda oq rang, R =0, G =0, B =0 bo’lganda esa qora rang xosil qilishimiz mumkin. CMYK modeli bo’yoqlarning nurni yo’tish qobiliyatiga asoslangan. Oq rangning nur o’tuvchi bo’yoqdan o’tishida spektrning bir qismi yutiladi. Yutilmagan nur qaytadi va odam ko’ziga tushadi. Rasm. 1.2. CMYK modeli. Ranglar moviy (Cyan) , pushti (Magenta) va sariq (Yellow) ranglar aralashmasidan paydo bo’ladi. Ularning to’liq aralashmasidan qora (blacK) rang xosil bo’ladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. HSB(HSV) modeli . Model nomi o’nga asos bo’lgan uch komponentning bosh xarflaridan olingan: Hue - rang toni; Saturation - to’yinganlik; Brightness - yorqinlik. Model odam ko’zining rangni xis qilish qobiliyatiga asoslangan. Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapszondagi burchak kattaligi bilan tavsiflanadi.