XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA TANQIDIY VA KREATIV FIKRLASH KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISH
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA TANQIDIY VA KREATIV FIKRLASH KO’NIKMASINI SHAKLLANTIRISH REJA: 1. Xalqaro baholash dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etish – ta’lim sifatini oshirishning muhim omili. 2. PISA (Programme for International Student Assessment) - o’quvchilarni xalqaro baholash dasturi. 3. PIRLS ( Progress in International Reading and Literacy Study) - boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash. 4. TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) - 4 va 8-sinf o quvchilarining matematika va tabiiy yo nalishdagi fanlardan o zlashtirishʻ ʻ ʻ darajasini baholash uchun
Xalqaro baholash dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etish - ta’lim sifatini oshirishning muhim omili So nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidaʻ ulkan iqtisodiy o sish ko rsatkichlariga erishilayotganligi sababli barcha sohalarda ʻ ʻ malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo lgan talab yanada oshmoqda. Bu o z- ʻ ʻ o zidan o quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatlarini oshirish va ʻ ʻ o qituvchilarning har tomonlama ta’lim-tarbiyasiga e’tiborini kuchaytirishni talab ʻ etadi. Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg or tajribalarni ʻ sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to g risida”gi 997-sonli qarorida eng ustuvor vazifa ʻ ʻ qilib quyidagilar olindi: - Xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o qish, matematika va tabiiy ʻ yo nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o quv dasturlari hamda ʻ ʻ o quv adabiyotlari mazmuniga o zgartirish va qo shimchalar kiritish; ʻ ʻ ʻ - PISA baholash dasturi yo nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o quv ʻ ʻ dasturlariga integrasiya qilish; - o quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratish va 2019-2021 ʻ yillarda amaliy ko nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan ʻ sinovlarni tizimli ravishda o tkazib borish. ʻ Vazirlar Mahkamasining 997-sonli qarorida quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo yicha ʻ xalqaro tadqiqotlar tashkil etilishi qayd etilgan: Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang ich 4-sinf o quvchilarining matnni o qish va tushunish darajasini ʻ ʻ ʻ baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf o quvchilarining matematika va tabiiy yo nalishdagi fanlardan o zlashtirishʻ ʻ ʻ darajasini baholash uchun; The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o quvchilarning o qish, matematika va tabiiy yo nalishdagi fanlardan ʻ ʻ ʻ savodxonlik darajasini baholash uchun; The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o rta ta’lim muassasalarida o qitish va ta’lim olish ʻ ʻ muhitini hamda o qituvchilarning ish sharoitlarini o rganish uchun. ʻ ʻ 2021 yilda O’zbekiston Respublikasi qaysi xalqaro dasturlarda ishtirok etadi: (PISA) — 15 yoshli o quvchilarning o qish, matematika va tabiiy ʻ ʻ yo nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash, ʻ (PIRLS) — boshlang ich 4-sinf o quvchilarining matnni o qish va tushunish ʻ ʻ ʻ darajasini baholash. PISA - o quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo yicha xalqaro ʻ ʻ dastur bo lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o quvchilarining bilimi va ʻ ʻ ularni amaliyotda qo llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi ʻ - 15 yoshli o quvchilar ta'lim dargohida olayotgan bilim va tajribalarini ijtimoiy ʻ munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o smirlar ishtirok etadi. ʻ ʻ Maktabdagi ta'lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo nalishda: ʻ o qish,matematika ʻ va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo yicha olib ʻ boriladi. Birgina 2015 yilning o zida 70 dan ortiq davlatlar PISA xalqaro dasturi ʻ sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta'lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta'sir o tkazadi. Har bir davlat o tkazilgan ʻ ʻ tadqiqot natijalari asosida o zining ta'lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini ʻ xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini ko radi hamda ta'lim ʻ
muassasalarida o quv jarayonini takomillashtirishda o z yo nalishlarini vaʻ ʻ ʻ strategiyasini belgilab oladi. PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo lgan davlatlardagi ʻ boshlang ich maktab o quvchilarining matnni o qish va qabul qilish bo yicha ʻ ʻ ʻ ʻ tayyorgarligi hamda o quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo luvchi ʻ ʻ ta'lim tizimidagi o ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta ʻ bunday tadqiqot xalq ta'limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir. ʻ Umuman olganda mamlakatimizda aynan mana shunday xalqaro dasturlarning ta'lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki o quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring ʻ qilishning “Milliy dasturi” yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni o zlashtirish darajasining sifati va sohada amalga oshirilishi lozim ʻ bo lgan ishlar ko lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o tkazish ʻ ʻ ʻ imkoniyatini cheklab qo ymoqda. Shuningdek, boshlang ich va umumiy o rta ʻ ʻ ʻ ta'lim muassasalaridagi o qitish darajasining islohotlar tempidan ortda ʻ qolayotganligi yaqin kelajakda malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi. Shuni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni amalga oshirish joiz deb hisoblaymiz: 1. Xalqaro ta'lim sifatini baholash dasturlarida O‘zbekistonning ishtiroki masalasini atroflicha o rganib chiqish va ushbu dasturlarda ishtirokini ta'minlash; ʻ 2. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o quvchi yoshlar bilimlari ʻ darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi” ni yaratish; 3. Ilm-fan yutuqlarining eng ilg or natijalari va adabiyotlarning ingliz tilida ʻ nashr qilinishini inobatga olgan holda, maktablarda ingliz tilini o rgatuvchi turli ʻ xorijiy dasturlarni tadbiq etish masalasini ko rib chiqish; ʻ 4. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim–tarbiya berishga mas'ul mutaxassislarning malaka talablarini aniq mezonlar orqali belgilab qo yish va ʻ
bolalarning umumiy ta'limga yo naltirilishida butunlay mas'ulligini qonun bilanʻ belgilab qo yish; ʻ 5. Maktabgacha ta'lim hamda umumiy o rta ta'lim muassasalaridagi guruh va ʻ sinflarda xalqaro tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda o quvchilar ʻ sonining maksimal hamda minimal ko rsatkichlarini belgilab qo yish; ʻ ʻ 6. Psixologik testlar yordamida boshlang ich sinflardagi iste'dodli bolalarni ʻ ajratib olib 8-9 yoshlilar uchun har bir maktabda ixtisoslashgan sinflar tashkil etish. PISA (Programme for international student assessment) – o quvchilarni ʻ xalqaro baholash dasturi XXI asr o rtalarida jahon mamlakatlari tomonidan xalqaro iqtisodiy ʻ munosabatlarni rivojlantirish maqsadida bir qator tashkilotlar tuzildi. Ular orasida eng ko zga ko ringani AQSh, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, ʻ ʻ Islandiya, Norvegiya, Shveysariya, Turkiya, shuningdek, Yevropadagi yana bir necha, jami 24 mamlakat a’zo bo lgan tuzilma – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot ʻ tashkiloti (IHTT)dir. 1961 yilda ish boshlagan IHTT o tgan davr mobaynida moliyaviy sohada ʻ yuzaga kelgan turli muammolarni hal etib kelmoqda. Ayniqsa, yangi asr ostonasida ushbu tashkilot negizida dunyo ta’limining asosiy bo g ini bo lgan umumiy o rta ʻ ʻ ʻ ʻ ta’limni rivojlantirish maqsadida PISA (Programme for International Student Assessment) — o quvchilarni xalqaro baholash dasturi ishlab chiqildi. Iqtisodiy ʻ tashkilotning ta’lim sohasiga murojaat etishi bejiz emas. Boisi, har qanday soha uchun kadrlar maktablarda, oddiy sinfxonalarda ulg ayadi. Shu ma’noda IHTTdek ʻ ulkan tuzilma ham davlatlarning ta’lim tizimiga qancha mablag sarflayotgani va ʻ ular nechog li samara berayotgani reytingini tuzishga majbur bo ldi. ʻ ʻ Bugun turli davlatlardagi ta’lim ko rsatkichlarini o rganish, tahlil etish, ʻ ʻ solishtirish va istiqboldagi taraqqiyot maqsadlarini belgilash uchun xalqaro baholash dasturi ayni muddao bo lmoqda. Unga ko ra, xalqaro ta’lim ʻ ʻ ekspertlari yuqori sinf o quvchilarining fanlarni o zlashtirish darajasini aniqlash uchun ʻ ʻ universal test tizimi ishlab chiqdi. Bundan tashqari, dastur ijodkorlari