logo

Xiva va Qo‘qon xonlipi davriga oid tadqiqotlar

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

29.2568359375 KB
Xiva va  Qo‘qon  xonlipi davriga oid tadqiqotlar
  Xiva va Qo`qon  xonlipiining chet el sayyohlari va elchilari asarlarida yoritilishi.
 Mavzuning tarixshunoslik tahlili.  Chor   hukumati   asosiy   e’tiborini   Buxoro   amirligiga   qaratish   bilan   birga
xuddi   shunday   missiyalarni   Xiva   va   Qo‘qon   xonliklariga   nisbatan   ham   amalga
oshirgan. 
1858   yil   O‘rta   Osiyoga   yuborilgan     polkovnik   Ignatev   boshchiligidagi
missiya o‘z ishini tugatar ekan, “O‘rta Osiyo xonliklari bilan teng asosdagi  savdo
va   boshqa     aloqalar   foyda   bermaydi.   Elchilarni   kutish   va   jo‘natishga   ketadigan
barcha harajatlarni  harbiy  yurishlarga  sarflab, bu  hududlarni   bosib  olish  kerak”  –
mazmunidagi   bosqinchilik   ruhi   yaqqol   namoyon   bo‘lib   turgan   xulosalarni
chiqaradi.
Yuqoridagi   kabi   missiyalar   va   ekspeditsiyalar,   elchiliklar   yordamida
Rossiya   imperiyasi   O‘rta   Osiyo   xonliklari   to‘g‘risida   ko‘plab   qimmatli
ma’lumotlarga   ega   bo‘ldi.   Podsho   hukumati   xonliklar   orasida   birlikning   yo‘qligi,
ular   o‘rtasida   davom   etib   turgan   qonli   nizolardan   foydalanib   tezroq   xonliklarni
bosib olish rejasini  ishlab chiqa boshladi va ularni amalga oshirishni  eng tajribali
generallariga topshirdi. 
Rossiya   imperiyasi   O‘rta   Osiyo   xonliklarini   bosib   olishi   va   uning   bitmas
tuganmas   boyliklariga   egalik     qilishni   bir   asrlar   avval   o‘z   oldiga   maqsad   qilib
qo‘ygan   edi.   Bu   maqsadni   amalga   oshirish   uchun   amaliy   harakatlar   Petr   I
davridayoq   boshlangan   edi.   Bir   necha   bor   amalga   oshirilgan   elchilik   va   josuslik
ma’lumotlariga tayangan holda Petr  I  O‘rta Osiyoni  qo‘lga kiritish  uchun dastlab
qozoq   juzlarini   bo‘ysundirish   va   ulardan   keyinchalik   vosita   sifatida   foydalanish
maqsadga   muvofiqdir.   Degan   fikrni   ilgari   surgan   edi.   Turli   yo‘llar   bilan   qozoq
yerlariga   kirib   kelgan   ruslar   birin-ketin   zabt   etilgan   yerlarda   harbiy   qal’alar   va
istehkomlar   ko‘ra   boshladi.   1717   yilda   qurilgan   Omsk,   1718   yilda     qurilgan
Semipalatinsk, 1720 yilda qurilgan Ust-Kamenogorsk, 1735 yil qurilgan Orenburg
qal’alari   kabi   mustahkam   harbiy   istehkomlar   Rossiya   podshosining   bu   yerdagi
harbiy hukmronligi hali uzoq davom etishi va ular faqatgina qo‘lga kiritgan yerlar
bilan   qanoatlanib   qolmasliklarni   bildirardi.   1731-1740   yillar   davomida   Katta   va
Kichik qozoq juzlarining Rossiya tobeligiga o‘tish i   imperiyaning O‘rta Osiyoning
ichki hududlariga bostirib kirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi. Yuqoridagi   hududlarni   qo‘lga   kiritganlaridan   so‘ng,   Rossiya   davlati   chegaralari
bevosita o‘zbek xonliklari chegaralari bilan tutashib qolgan edi. Biroq Yevropada
yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va tashqi davlatlari bilan harbiy harakatlarning olib
borilishi   Rossiyaning   O‘rta   Osiyo   xonliklariga   qarshi   qaratilgan   harbiy
harakatlarini   yana   bir   asr   kechiktirishga   majbur   qildi.     Bu   davr   mobaynida   bosib
olingan   hududlarda   erkparvar   qozoq   sultonlaridan   biri   Kenasari   Qosimov   chor
qo‘shinlariga qarshi ozodlik kurashlari olib boradi.
Bu qo‘zg‘olonlarni  bostirish uchun minglab qurolli kuchlarga ega bo‘lgan
general   Obruchev,   polkovnik   Lebedev,   Dushikovskiy,   podpolkovnik   Gorskiylar
hech   qanday   natijaga   erisha   olmadilar.   Bunda   xulosa   chiqargan   chor   hukumati
bepoyon   qozoq   dashtlarida   ko‘plab   harbiy   qal’alar   va   istehkomlar   qurishga
kirishdi.   Natijada   XIX   asr   o‘rtalariga   kelib   Qozog‘iston   hududlarida   60   ga   yaqin
harbiy va 100 dan ortiq kichikroq istehkomlar barpo etildi. Bu ishlarning hammasi
kelgusida   o‘zbek   xonliklariga   qarshi   kurashga   puxta   tayyorgarlik   ko‘rilganligini
bildirar   edi.   Chor   Rossiyasining   xonliklarga   qarshi   harbiy   yurishlar i dan
dastlabkilaridan   biri   yuqorida   keltirib   o‘tilganidek ,   1839   yilda   Xiva   xonligiga
qarshi   Orenburg   general   gubernatori   graf   Perovskiy   tomonidan   amalga   oshirildi.
Keyingi   yillarda   chor   hukumati   qo‘shinlari   xonliklar   bilan   chegaralarda   kichik-
kichik harbiy to‘qnashuvlar bilan cheklangan bo‘lsalarda, bu hududlarda o‘z harbiy
imkoniyatlarini   kengaytirish   va   dastavval   Qo‘qon   xonligiga   qarshi   harbiy
harakatlarni boshlashni maqsad qilib qo‘ygan edilar.
Bu   davrda   yaratilgan   tarixiy   asarlar   hamda   turli   elchilik   hujjatlari   va
ma’lumotlari,   axborotnomalarida   asosan   yuqoridagi   xususiyatlardan   kelib   chiqib
yondashilganligini kuzatish mumkin.
Mustamlaka davri tarixshunosligining   ikkinchi davrida , ya’ni XIX asrning
ikkinchi   yarmida   yaratilgan   asarlarda   Qo‘qon   xonligida   Minglar   sulolasi
hukmronligining   so‘nggi   davrlaridagi   ichki   va   tashqi   siyosati,   harbiy   ahvoli,
xonlikning   chor   Rossiyasi   tomonidan   bosib   olinishi   va   tugatilishi   voqealari   keng
ma’lumotlar   asosida   yoritib   berilgan.   Bu   asarlardagi   ma’lumotlar   voqealarning
bevosita   ishtirokchilari   va   ayni   zamonda   yashagan   olimlar   tomonidan yoritilganligiga   qaramay,   ularda   Rossiya   imperiyasi   mustamlakachiligi
manfaatlariga   mos   ravishda,   buyuk   davlatchilik   nuqtai   nazaridan
yondashilganligini   ko‘rish   mumkin.   Masalaga   bunday   konseptual   yondashuvning
asosiy   sababi   bir   tomondan   buyuk   davlatchilik   qarashlari   bo‘lsa,   ikkinchi
tomondan   podsho   tuzumining   ta’siri   edi.   G.A.Ahmadjonovning   ta’kidlab
o‘tishicha, “mustamlakaga aylantirish va uning oqibatlari bilan aloqador haqqoniy
tarixiy-siyosiy asarlarni chop etish” “podsho senzurasi ta’qiqlari sababli” mumkin
emas edi.  Biroq, bu ma’lumotlarni tanqidiy ravishda jiddiy o‘rganish foydadan xoli
emas.
Bu   davrda   rus   sharqshunos   tarixchi   olimlaridan   V.Bartold,  
V.Pyankov,
N.Ostroumov,   V.Nalivkin,   V.Veselovskiy,   Ye.T.Smirnov,   M.A.Terentev,
K.K.Abaza,  
N.Dingelshted,   N.Pavlov,   A.N.Maksheev,   A.N.Kuropatkin,
Ye.Jelyabujskiy,   A.I.Dobrosmislov,   D.L.Ivanov   va   boshqalar   Rossiya   imperiyasi
tomonidan  O‘ rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi va mustamlakaga aylantirilishi
masalalariga doir bir qancha asarlar yozib qoldirganlar. 
O‘rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi bu yerda
yashovchi  xalqlar uchun “juda foydali bo‘lganligi” hamda Rossiya  O‘rta Osiyoga
“sivilizatsiya   olib   kelganligini”   zo‘r   berib   ko‘rsatishga   urinish   asosan   harbiylar
uchun   juda   xususiyatli   bo‘lgan.   Ular   orasida   M.A.Terentev   tomonidan   yozilgan
uch   jildlik   “Zavoevaniya   Sredney   Azii”   asari   boshqa   mualliflarning   asarlariga
nisbatan voqealarning keng va mukammal yoritilganligi bilan alohida o‘rin tutadi.
Bunda   muallif   chor   Rossiyasining   faqatgina   XIX   asr   ikkinchi   yarmidagi   harbiy
yurishlarini   emas,   balki   XVIII   asr   boshlarida   O‘ rta   Osiyo   hududlariga   qilingan
harbiy   yurishlar   tarixiga   ham   keng   o‘rin   beradi.   Muallif   o‘zining   “Rossiya   i
Angliya”   asarida   ham   ikki   mustamlakachi   davlatning   tashqi   siyosiy
munosabatlarini   tahlil   qilish   bilan   birga   O‘ rta   Osiyo   xonliklariga   uyushtirilgan
harbiy   bosqinchilik   jarayonlarini   ham   ochib   beradi.   Har   ikki   asarda   ham
M.A.Terentev   voqelarni   bir   tomonlama,   asosan   chor   imperiyasining   manfaatlari
nuqtai   –   nazaridan   yoritadi.   Bunda   asosan   podsho   armiyasi   askarlarining   jang
faoliyatlari voqealar tafsilotining markazida turadi. U boshqa mualliflarga nisbatan mahalliy   tarixchilar   asarlaridan   foydalanish   imkoniyatiga   ko‘proq   ega   bo‘lsada,
ularga   masalaning   asosiy   manbalari   sifatida   qaramaydi.   Shunga   qaramasdan,
M.A.Terentevning   asarlari   Qo‘qon   xonligi   tarixi   va   uning   chor   Rossiyasi
tomonidan   bosib   olinishi   tarixini   o‘rganishda   katta   ahamiyat   kasb   etadi   va   uni
tanqidiy jihatdan o‘rganish foydadan holi emas. 
Bu davrda tadqiqotlar olib borgan rus tarixchilari orasida Ye.T.Smirnov va
N.I.Veselovskiylarning   ishlari   o‘ziga   xos   o‘rin   tutadi.   Ularning   har   ikkisi   chor
Rossiyasining   O‘rta   Osiyo   xonliklarini   bosib   olishi   tarixini   mahalliy   tarixchilar
asarlarini ham o‘rgangan holda yoritishga katta e’tibor beradilar.
Ye.T.Smirnov   tomonidan   yozilgan   “Sultan ы   Kenisar ы   i   Sadik
(bibliograficheskie   ocherki)”   nomli   asarda   Qozog‘iston   hududlarining   chor
qo‘shinlari   tomonidan   bosib   olinishiga   qarshi   kurashgan   Kenisari   sulton,   Janubiy
Qozog‘iston   hududlari,   Toshkent   himoyasi,   Buxoro   amirligi   hamda   Xiva
xonligining   chor   Rossiyasi   qo‘shinlariga   qarshi   olib   borgan   kurashlarida
sarkardalik   faoliyati   bilan   mashhur   bo‘lgan   Sulton   Sodiq   haqida   qimmatli
ma’lumotlarni   berib   o‘tadi.   Muallif   har   ikki   sarkarda   haqida   ma’lumotlarni
mahalliy   manbalar   asosida   tahlil   etib   beradi.   Shuningdek,   ushbu   asardan   Qo‘qon
xonligi   ichki   siyosatiga   aloqador   ma’lumotlar   bilan   birga   1858-1865   yillarda
xonlik siyosiy hayotida o‘ziga xos iz qoldirgan Mullo Aliquli Amirlashkar  hayoti
va sarkardalik faoliyati haqida o‘ta qimmatli ma’lumotlar o‘rin olgan.
N.I.Veselovskiyning   “Kirgizskiy   rasskaz   o   russkix   zavoevaniyax   v
Turkestanskom  krae” nomli asari mahalliy tarixchi Mullo Holiboy Mambetovning
“O‘rus   lashkarining   Turkistonda   tarix   1269-1282   sanalarda   qilg‘on   futuxotlari”
asari asosida yozilgan va rus tiliga tarjima qilib, ayrim voqealar muallif tomonidan
tahlil etilgan. Ushbu asar Qo‘qon xonligining chor Rossiyasiga qarshi 1853 yildan
1865   yillargacha   olib   borgan   kurashlari   haqidagi   qimmatli   ma’lumotlarni   o‘z
ichiga   olish   bilan   birga   chor   Rossiyasiga   qarshi   kurashlarga   rahbarlik   qilgan
shaxslar   -   Mullo   Aliquli   Amirlashkar,   Mingboy   dodhoh   va   boshqalarning
faoliyatiga ham keng to‘xtalib o‘tilgan. Yana   shuni   alohida   ta’kidlab   o‘tish   joizki,   V.V.Bartold,   N.I.Veselovskiy,
A.Ziminlar   O‘ rta   Osiyoning   chor   Rossiyasi   tomonidan   bosib   olinishi   tarixini
mahalliy   tarixchilar   tomonidan   yozilgan   asarlarni,   ularda   bu   masalaga   bildirilgan
munosabatlarini   o‘rganib,   xolis   yondashilgandagina   ob’ektiv   baho   berishga
erishish   mumkinligini   alohida   ta’kidlab   o‘tganlar.   Shu   jihatlari   bilan   bu   olimlar
tomonidan   yozilgan   bir   qancha   asarlar   o‘zining   ma’lum   darajada   ob’ektivliligi
bilan ajralib turadi, bunda ular    mahalliy tarixchilar  tomonidan yozilgan asarlarni
bevosita o‘rganib va tahlil etib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qilganlar.
Qo‘qon   xonligi   tarixi   masalalariga   bag‘ishlangan   tadqiqotlarning   ikkinchi
asosiy   davrni   sovet   davri   tarixshunosligi   tashkil   qiladi.   Sovet   hokimiyatining
dastlabki yillaridan XX asrning 40-50 - yillarigacha bo‘lgan vaqt mobaynida sobiq
ittifoqqa birlashtirilgan mamlakatlarda fanning barcha sohalarida sotsialistik tuzum
va   kommunistik   mafkura   ta’siri   kuchayib   bordi.   Tarix   fani   sohasida   amalga
oshirilayotgan   ilmiy   tadqiqotlar   kommunistik   mafkura   tamoyillari   asosida
yo‘naltirilgan bo‘lib, ularda partiyaviy-siyosiy ta’sir va bosim ostida sovet ijtimoiy
fanlari sohasiga xos bo‘lgan metodologik noxolisliklar ustunlik qiladi.
Bu   davr   mobaynida   fan   sohasida   birmuncha   yutuqlar   qo‘lga   kiritilgan
bo‘lsada,   XX   asrning   50-yillariga   kelib   markazning   milliy   masalalar   borasidagi
siyosatining   kuchayishi,   xususan   “yagona   sovet   xalqini”   shakllantirish   borasidagi
mafkuraviy   siyosati   fan   sohasiga,   jumladan   tarix   fani   sohasiga   ham   katta   ta’sir
o‘tkazdi.   O‘rta   Osiyo   davlatlari   tarixining  milliy  xususiyatlarini   chuqur   o‘rganish
va   ommalashtirish   cheklab   qo‘yildi.   Ayniqsa,   chor   Rossiyasining   O‘rta   Osiyo
xonliklarini   bosib   olishi   va   mustamlakaga   aylantirishi   masalasida   ob’ektivlik
jihatlari   kamaydi.   XX   asrning   80-yillari   o‘rtalariga   kelib,   sobiq   ittifoqda   “qayta
qurish”   jarayoni   boshlanishi   bilan   oshkoralik   va   demokratiya   tamoyillari   yuzaga
chiqa   boshladi.   Tarix   fani   sohasida,   ayniqsa,   chor   Rossiyasining   O‘rta   Osiyo
xonliklarini   bosib   olishi   va   mustamlakaga   aylantirish   borasida   ilmiy   jihatdan
asoslangan va kommunistik mafkuradan holi bo‘lgan fikrlarni bildirish uchun keng
imkoniyatlar yuzaga keldi. Sovet davri tarixshunosligi haqida fikr bildirar ekan, Prezident I.A.Karimov
shunday   degan   edi:   -“ Sovet   davrida   yozilgan   tarixni   men   tarix   sanamayman.
O‘zgalar yozib bergan tarixni o‘qitishga mutlaqo qarshiman ”.
Yuqoridagilarga   asoslangan   holda,   Sovetlar   davri   (1917-1991   yy.)
tarixshunosligini,   garchi   u   umumiy   yaxlitlikni   tashkil   etsada,   masalaga   bo‘lgan
yondashuv xususiyatiga asosan uch qismga bo‘lish mumkin. 
Birinchi   qismi   Sovet   hokimiyatining   dastlabki   yillaridan   XX   asrning   50-
yillari   o‘rtalarigacha   bo‘lgan   vaqtni   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   davrda   A.F.Kalujin,
A.Baymurzin, G.A.Plyashko, A.Popov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan
tadqiqotlarda   va   tarix   kitoblarida   Qo‘qon   xonligi   tarixi   va   chor   Rossiyasi
tomonidan   uning   mustamlakaga   aylantirilishi   masalalari   qisman   avvalgi   davr
tadqiqotlari an’analarini davom ettirgan holda, ya’ni voqealarni manbalar va arxiv
hujjatlari asosida deyarli ob’ektiv ravishda yoritishga harakat qilganlar.
Qo‘qon   xonligi   tarixi   masalalarini   yoritishda   bir   tomonlama,   “buyuk
davlatchilik   shovinizmi”   nuqtai   nazaridan   yondashuvni   Sovet   davri
tarixshunosligining   ikkinchi qismida   yaqqol ko‘rish mumkin. Bu davr XX asrning
50-yillaridan 80-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.
XX   asrning   50-yillaridan   boshlab   Rossiya   imperiyasining   O‘rta   Osiyoni
“bosib   olishi”   iborasi   o‘rniga   sun’iy   ravishda   “qo‘shib   olishi”   iborasi   ishlatila
boshlandi. Mazkur  jarayon  1955 va 1959 yillarda O‘rta Osiyoning 1917 yilgacha
bo‘lgan   tarixiga   bag‘ishlangan   birlashgan   ilmiy   anjumanlardan   so‘ng   yanada   avj
oldi.   Ularda   rasmiy   ravishda   O‘rta   Osiyoning   chor   Rossiyasi   “qo‘shib   olinishi”,
mahalliy   xalqlarning   imperiya   tarkibiga   “ixtiyoriy”   ravishda   “qo‘shilganligi”ning
“progressiv   natijalari”   ta’kidlab   o‘tildi.   Aynan   shu   vaqtdan   boshlab   amalga
oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda hamda maqola va asarlarda masalaga xolis, ilmiylik
va tarixiylik nuqtai nazaridan ob’ektiv yondashuvga to‘la amal qilish kamaydi. Bu
holni   XX   asrning   50-80   yillarida   tadqiqot   olib   borgan   aksariyat   tarixchilarning
asarlarida kuzatish mumkin.
Jumladan,   K.Usenbaev,   S.Sagatov,   S.T.Tileuqulov,   L.D.Dergachyova,
R.Beknazarov,   A.X.Xasanov,   X.Sh.Inoyatov,   N.Xalfin,   R.Nabiev,   H.Z.Ziyoev, O.Bo‘riev   va   A.   O‘rinboev   hamda   boshqalarning   ilmiy   tadqiqotlarida   Rossiya
imperiyasi tomonidan o‘zbek xonliklarining bosib olinishi voqealari ancha batafsil,
manbalar   hamda   arxiv   hujjatlari   asosida   yoritib   berilgan   bo‘lsada,   kommunistik
mafkura   tazyiqi   va   senzurasi   ta’sirida   masalaning   asl   mohiyatini   ochib   berishda
to‘sqinlikka   uchradilar   va   ayni   vaqtda   chor   Rossiyasining   O‘rta   Osiyoni   bosib
olishining “progressiv axamiyati”ga ham alohida urg‘u berishga majbur bo‘ldilar.  
Tarixshunoslik   masalalarining   bu   bosqichidagi   tarixiy   tadqiqotlar   orasida
X.Z.Ziyaev,   X.Sh.   Inoyatov,   R.N.Nabiev,   A.Popov,   N.A.Xalfinlarning   asarlari
alohida   o‘rin   tutadi.   O‘rganilayotgan   mavzu   yuzasidan   ularning   amalga   oshirgan
eng   katta   xizmatlari     mavzuga   aloqador   ma’lumotlarni   to‘plash   va
sistemalashtirish,   yangi  manbalarni   ilmiy  muomalaga  kiritish  Qo‘qon xonligining
XIX asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy – siyosiy hayoti hamda xonlikda sodir bo‘lgan
tarixiy   jarayonlar   va   chor   Rossiyasining   harbiy   bosqinchiligi   masalalarini   chuqur
ilmiy   tahlil   qilish   bilan   belgilanadi.   Bularning   barchasi   o‘rganilayotgan   muammo
yuzasidan   tarixiy   bilimlar   saviyasining   ortishiga   xizmat   qildi.   Biroq,   mavjud
totalitar   tuzumning   partiyaviy   –   siyosiy   mafkurasining   ta’siri   va   ta’qiqlari   tufayli
mazkur   olimlar   ham   o‘z   ishlarida   tarixiy   voqelikni   asl   holida   ko‘rsatib   berishda
to‘sqinlikka uchradilar.
R.N.Nabievning   “Iz   istorii   Kokandskogo   xanstva   (Feodalnoe   xozyaystvo
Xudoyarxana)” nomli monografiyasi xonlik iqtisodiy va ijtimoiy, jumladan siyosiy
tarixining   eng   muhim   jihatlarini   yoritib   beradigan   va   bu   davrda   mahalliy
tarixchilarning   asarlari   asosida   yozilgan   diqqatga   sazovor   asar   bo‘lishiga
qaramasdan,   markazning   O‘zbekiston   tarixiga   bo‘lgan   cheklash   siyosati   ta’sirida
undan foydalanish ta’qiqlab qo‘yildi. Asar sovet davri tarixiy tadqiqotlari doirasida
amalga   oshirilgan   bo‘lib,   unga   ham   shu   davr   tarixiy   tadqiqotlar   uchun   ayrim
umumiy   metodologik   xususiyatlar   xos   bo‘lsada,   biroq   muallif   tomonidan   xonlik
tarixiga   oid   bo‘lgan   ko‘plab   mahalliy   tarixchilar   asarlari,   arxiv   hujjatlari   asosida
mukammal   tadqiqotni   amalga   oshiriladi.   Biroq   bunday   mukammallik   podsho
Rossiyasi   mafkuraviy   qarashlaridan   saqlanib   qolgan   hamda   sovet   davridagi
mavjud partiyaviy – siyosiy tamoyillariga asoslangan “chorizmning O‘rta Osiyoga sivilizatsiya   olib   kelganligi”ga   zid   bo‘lganligi   uchun   monografiya   qatag‘onga
uchradi. 
Asarda   xonlikning   Xudoyorxon   hukmronligi   davridagi   iqtisodiy   sohasi
tarixini o‘rganishga asosiy urg‘u berilib, bu haqda keng ma’lumotlar va ilmiy tahlil
keltirilgan   bo‘lsada,   ayni   vaqtda   xonlikning   XIX   asr     o‘rtalaridagi   siyosiy   ahvoli
haqida ham qimmatli ma’lumotlar olish mumkin. 
Sovet   davri   tarixshunosligida   chor   Rossiyasining   O‘rta   Osiyo   xonliklarini
mustamlakaga   aylantirishi   masalalariga   bir   tomonlama   yondashish   holati   ayniqsa
N.A.Xalfinning   tadqiqotlarida   yaqqol   o‘z   aksini   topgan.   N.A.Xalfin   o‘zining
“Prisoedinenie   Sredney   Azii   k   Rossii   (60–80   god ы   XIX   veka)”   asarida     Rossiya
imperiyasi   tomonidan   O‘rta   Osiyoning   mustamlakaga   aylantirilishi   masalasi
yuzasidan  ko‘plab qimmatli   ma’lumotlarni  bergan bo‘lsada,  “qo‘shib  olinishi”  va
uning   “ijobiy   ahamiyati”   haqidagi   soxta   qarashlarga   keng   o‘rin   beradi.   Mahalliy
xalqlarning   “rus   harbiylaridan   o‘z   xonlari   zulmidan   ozod   qilishni   iltimos
qilganliklari”,   mustamlakachilik   siyosatining   xonliklar   aholisi   uchun     “ijobiy
jarayon” sifatida bo‘rttirib ko‘rsatishga harakat qilinadi. 
  Biroq   bu   bilan   yuqorida   nomlari   keltirilgan   mualliflar   asarlarining   ilmiy
qimmati pasaymaydi va ularni tarixni o‘rganishda yaroqsiz deb hisoblash mutaloqo
noto‘g‘ri   bo‘ladi.   Aksincha,   ularda   keltirilgan   qimmatli   ma’lumotlar   va   tarixiy
tahlillarni   chuqur   o‘rganib,   ayrim   hollarda   tanqidiy   yondashib   ilmiy   xulosalar
chiqarilishi   bugungi   kun   tarixshunosligida   muxim   axamiyat   kasb   etadi.   Sovet
davri,   shuningdek   chor   Rossiyasi   mustamlakasi   davri   tarixshunosligini   ilmiy
jihatdan   sinchiklab   o‘rganish,   xaqqoniylik   va   xolislik,   ob’ektivlik   va   tarixiylik
tamoyillariga   amal   qilgan   holda   ilmiy   asoslangan   nazariy   xulosalar   chiqarish
tarixchilar oldidagi o‘ta muhim vazifadir.
Sovet   davri   tarixshunosligining   uchinchi   qismi   XX   asrning   80-yillari
ikkinchi yarmi bilan belgilanadi. 80-yillarning oxirlariga kelib masalaga ob’ektiv,
tarixiylik   nuqtai-nazaridan   yondashish   kuchayib   bordi.   Tarixchi   olimlardan   biri
Z.H.Ziyoevning   tashabbusi   bilan   1990   yil   o‘tkazilgan   “Turkistonning   Rossiya
tomonidan  bosib  olinishi”  mavzusidagi  ilmiy  anjuman  masalaga  tubdan  yangicha yondashuvga   asos   yaratdi.  Buni   o‘sha   yillardayoq   olim   tomonidan  e’lon   qilingan
bir qancha maqolalarda ham kuzatish mumkin.
H.Bobobekov   ham   o‘zining   bir   qator   ilmiy   maqolalarida   chor
Rossiyasining   O‘rta   Osiyoni   bosib   olishi   masalasiga   doir   dolzarb   masalalarni
ko‘tarib   chiqadi.   “Qayta   qurish”   siyosati   davom   etib   turgan   1989   yildayoq   u
o‘zining   “Rossiya   o‘rta   Osiyoni   bosib   olganmi?”   hamda   “O‘rta   Osiyo   Rossiyaga
qo‘shib   olinganmi?”   nomli   ikki   maqolasida   arxiv   hujjatlari   va   ayrim   mahalliy
tarixchilar   asarlari   asosida   O‘rta   Osiyo   xonliklarining   chor   Rossiyasi   tomonidan
harbiy   zo‘ravonlik   va   bosqinchilik   yurishlari   orqali   bosib   olganligini   ko‘rsatib
berdi.   H.Bobobekov   o‘zining   bu   ilmiy   qarashlarini   “Narodn ы e   dvijeniya   v
Kokandskom   xanstve   i   ix   sotsialno-ekonomicheskie   predpos ы lki”   nomli
monografiyasida ham davom ettirdi. 
Ushbu olimlarning bu yillarda yaratgan ilmiy xulosalari haqli ravishda shu
vaqtgacha   O‘zbekiston   tarixiga   nisbatan   hukm   surgan   mafkuraviy   tazyiqni   ro‘yi-
rost   ochib   tashladi   va   tarixni   ob’ektiv   va   xolislik   nuqtai   nazaridan   o‘rganishga
bo‘lgan munosabatning yuzaga kelishiga turtki bo‘ldi.
Qo‘qon xonligi tarixi tarixshunosligining u chinchi asosiy davri   O‘zbekiston
Respublikasi   o‘z   mustaqilligini   qo‘lga   kiritganidan   (1991   yil   31   avgust)   keyingi
yillarni   o‘z   ichiga   oladi.   Bu   davrda   amalga   oshirilgan   va   bugungi   kunda   olib
borilayotgan   tadqiqotlar   o‘zining   xolisligi,   tarixiyligi,   ilmiyligi   va   tarixiy
muammolar yechimiga ob’ektiv yondashuvi jihatlari bilan xususiyatlanadi. 
Mustaqillik   yillarida   H.Z.Ziyoev,   H.N.Bobobekov,   Sh.H.Vohidov,
G‘.Ahmadjonov,   N.A.Abduraximova   va   boshqalar   tomonidan   Qo‘qon   xonligi   va
Rossiya   imperiyasi   mustamlakachiligi   tarixiga   bag‘ishlangan   bir   qancha   ilmiy
tadqiqot ishlari  
amalga oshirildi va asarlar yaratildi. H.Z.Ziyoevning “Turkistonda
Rossiya   tajovuzi   va   hukmronligiga   qarshi   kurash”   asari   keyingi   yillarda   nashr
etilgan   ishlar   orasida   o‘zining   mukammalligi   bilan   alohida   o‘rin   tutadi.   Asarda
Rossiya   imperiyasining   O‘rta   Osiyo   xonliklariga   harbiy   yurishlari,
mustamlakachilikning   o‘rnatilishi   va   uning   mohiyati,   milliy   istiqlol   uchun kurashgan   vatanparvarlar,     jumladan   Aliquli   Amirlashkar   faoliyatiga   ham   keng
o‘rin ajratadi. 
H.Bobobekov   o‘z   ilmiy   tadqiqot   ishlarida   XIX   asr   ikkinchi   yarmida
Qo‘qon   xonligida   yuz   bergan   milliy   ozodlik   harakatlari   va   ularning   sabablari   va
natijalarini yoritishga xarakat qilgan.
Sh.H.Vohidov   o‘z   ilmiy   tadqiqot   ishida   Qo‘qon   xonligi   tarixshunoslik
maktabining   shakllanishi   va   xususiyatlari   hamda   manbalar   tahliliga   boshqa
tadqiqotchilarga nisbatan kengroq to‘xtalib o‘tadi.
G‘.Ahmadjonovning   “Rossiyskaya   imperiya   v   Sentralnoy   Azii”   nomli
monografiyasi   chor   Rossiyasining   O‘rta   Osiyo   xonliklarini   mustamlakaga
aylantirishi   va   imperiyaning   Turkistonda   yuritgan   mustamlakachilik   siyosati
tarixining   tarixshunosligiga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   bu   sohada   tadqiqot   olib   borgan
bir qator olimlarning ilmiy xulosalari tarixshunoslik nuqtai-nazaridan tahlil etilgan.
N.A.Abduraximova   va   G.Rustamovalar   tomonidan   chop   etilgan
“Kolonialnaya   sistema   vlasti   v   Turkestane   vo   vtoroy   polovine   XIX   –   I   chetverti
XX   veka”   nomli   monografiyasida   chor   Rossiyasining   Turkiston   o‘lkasida   olib
borgan   mustamlaka   siyosati   va   boshqaruv   tizimining   asosiy   xususiyatlari   yoritib
berilgan. 
J.H.Ismoilova   esa   XIX   asr   oxiri   -   XX   asr   boshlarida   milliy–ozodlik
harakatlarining   yangi   bosqichga   ko‘tarilganligi   masalalari   yuzasidan   ilmiy
tadqiqotlar olib bordi.
V.T.Ishquvvatov o‘zining “XX asrning II yarmi tarixshunosligida Qo‘qon-
Rossiya   diplomatik   munosabatlari”   nomli   dissertatsiyasida   XIX   asrning
boshlaridan   o‘rtalarigacha   bo‘lgan   davr   mobaynidagi   Qo‘qon-Rossiya   diplomatik
munosabatlarining tarixshunosligini  yoritib berish bilan birga bu sohada bir qator
yangi fikrlar va ma’lumotlarni ham yoritib bera olgan.
Mazkur  risola muallifi Z.Ilhomov o‘zining “Aliquli Amirlashkar  va uning
Qo‘qon xonligi siyosiy tarixida tutgan o‘rni” nomli dissertatsiyasi hamda bir qator
ilmiy maqolalarida XIX asrning 50-60 yillarida xonlikdagi harbiy ishlarning axvoli
va   xarbiy   soxa   tarixi,   xonlikdagi   ichki   siyosiy   jarayonlar   va   tashqi   diplomatik aloqalar,   chor   Rossiyasining   mustamlakachilik   bosqinchiligiga   qarshi   kurashlar
tarixini   maxalliy   tarixchilar   tomonidan   yozib   qoldirilgan   birlamchi   manbalar
hamda arxiv manbalariga asoslangan holda yoritib bergan.
Keltirib o‘tilgan asarlar bilan bir qatorda horijlik tarixchi  olimlar ham XIX
asr   ikkinchi   yarmi   Qo‘qon   xonligi   va   Rossiya   imperiyasi   o‘rtasidagi   o‘zaro
munosabatlar   masalasiga   to‘xtalib   o‘tganlar.   Horij   olimlari   tomonidan   chor
Rossiyasining O‘rta Osiyo xonliklariga qarshi olib borgan harbiy siyosati va ularni
mustamlakaga   aylantirishi   tarixi   masalasida   olib   borgan   tadqiqot   ishlari   ham
o‘rganilayotgan mavzuning tahlilini chuqurroq va kengroq amalga oshirishda katta
ahamiyatga   ega.   Totalitar   tuzum   davrida   murojaat   qilish   va   o‘rganilishi
ta’qiqlangan   horij   tadqiqotchilarining   asarlarida   sovet   tadqiqotchilari   uchun
mumkin   bo‘lmagan   tarixiy   tahlilga   keng   o‘rin   berilgan   hamda   tarixiy
jarayonlarning asl mohiyati ochiq oydin yoritib berilgan. Bunday tadqiqotchilar va
ularning   asarlari   orasida   D.Bergxorn,   E.Bekon,   R.Konnuest,   E.Ollvort,
T.Ranovski–Xarmstoun,   L.Tillet,   D.Uiler,   D.Xuson   va   boshqalarni   alohida
ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ular haqli ravishda sovet tarixshunoslik fani va unda yo‘l
qo‘yilayotgan haddan tashqari mafkuraviy yondashishni qattiq tanqid qilgan edilar.
O‘ zida   Qo‘qon   xonligi   tarixi,   ayniqsa   xonlikning  elchilik   masalalari   bilan
bog‘liq   siyosati   haqida   qimmatli   ma’lumotlarni   jamlagan   M.Saray   va
Inalchiklarning   asarlari   ham   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   horij   tadqiqotlari
sanaladi.   Bu   asarlar   Qo‘qon   xonligining   Turkiya   sultonligi   bilan   diplomatik
aloqalarini yoritib berishda katta ahamiyat kasb etadi. Unda keltirilgan Aliqulining
Turk   sultoniga   yuborgan   elchilik   masalalari   tafsilotlari   boshqa   adabiyotlarda
yoritib berilmagan. Biroq bu ma’lumotlar Qo‘qon xonligi tarixini yoritib beruvchi
manbalarning   ayrimlarida,   masalan   Muhammad   Yunus   Toibning   “Tarixi   Aliquli
Amirlashkar”   asarida   keltirilgan   ma’lumotlarni   tasdiqlashi   bilan   ahamiyatlidir.
Shuningdek   bu   asarlardan   O‘ rta   Osiyo   masalasida   Rossiya   va   Turkiya
munosabatlari, Turkiyaning Buxoro va Xiva xonliklari bilan munosabatlari tarixiga
oid bir qator ma’lumotlarni ham olish mumkin.  Yuqorida sanab o‘tilgan asarlarda Qo‘qon xonligi tarixi bilan bog‘liq ayrim
ma’lumotlarda   uchraydigan   tafovutlarni   umumiy   kamchilik   sifatida   e’tirof   etish
mumkin.   Shu   kabi   kamchiliklardan   biri   XIX   asrning   60-yillarida   Qo‘qon
xonligining siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan Aliquli Amirlashkar shaxsi bilan
bog‘liq   ma’lumotlarning   chalkashligi   va   ushbu   shaxs   ismining   noto‘g‘ri
ifodalanishidir.  
Bunday holni  boshqa  nashrlarda, xususan  “ O‘ zbekistonning yangi
tarixi” majmuasining birinchi  kitobida, maktab darsliklarida, badiiy adabiyotlarda
ham ko‘rish mumkin. 
Mustaqillik  yillarida yaratilgan asarlar  orasida alohida  muhim  o‘ringa  ega
bo‘lgan     “ O‘ zbekistonning   yangi   tarixi”   kitobining   “Turkiston   chor   Rossiyasi
mustamlakasi   davrida”   nomli   birinchi   qismi   keyingi   yillarda   yaratilgan   ilmiy
adabiyotlar   orasida   ancha   salmoqli   o‘rin   tutadi.   Asardagi   ko‘plab   qimmatli
ma’lumotlarning   arxiv   manbalari   hamda   qo‘lyozma   manbalarga   asoslanganligi
uning   ilmiy   qimmatini   yanada   oshiradi.   Biroq   ayrim   hollarda   aniqlik   talab
etiladigan ma’lumotlar ham uchraydi. Masalan, mualliflar Aliquli Amirlashkarning
M.Chernyaev   bilan   sulh   borasida   olib   borgan   aloqalari   xususida   so‘z   yuritar
ekanlar,   uning   ayrim   mulohazalarini   Muhammad   Yunus   Toib   asariga   asoslangan
holda, “ ... bul taraf Urunburx, ul taraf Simfulod (Simferopol) va Shomg‘acha olur
erduk ... ”, - tarzida keltirib o‘tadilar. Bundan “Simferopoldan Shomg‘acha”  so‘z
borganligi haqida ma’no kelib chiqadi. Biroq bu so‘zni qo‘lyozmada Shom (Suriya
–   Z.I.)   tarzida   emas,   balki   Shamay   ((Semipalatinsk,   hozirda   Semey   (Qozog‘iston
Respublikasi)   –   Z.I.))   tarzida   o‘qish   lozim.   Bundan   kelib   chiqadiki,   Aliquli
Amirlashkar   bu   yerda   Simferopoldan   Suriyagacha   emas,   balki   Rossiya
imperiyasining   janubiy   hududlari,   Simferopoldan   Semipalatinskkacha   bo‘lgan
hududlarni ko‘zda tutgan.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, keltirib o‘tilgan asarlarda mualliflar Qo‘qon
xonligining   siyosiy,   iqtisodiy   hamda   harbiy   holatini   yoritib   berishga   asosiy
e’tiborlarini qaratganlar. Ularda garchi Qo‘qon xonligi tarixi yaxlit tarzda tadqiqot
ob’ekti sifatida to‘laqonli ma’lumotlarni o‘zida qamrab ololmagan bo‘lsada, ayrim
asarlardagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvol hamda madaniy hayot bilan bog‘liq ma’lumotlar   ham   xonlik   tarixini   mukammal   o‘rganish   va   tegishli   xulosalar
chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.  A dabiyotlar:
1. Ўзбекистон тарихи фанида инновa ц иялар.Т. -2012.
2. Ўзбекистон  халқлари  тарихи..1-қисм.  Ўқув қўлланма /   Масъул  муҳаррир
А. Асқаров-Т.1992.
3. Ўзбекистоннинг янги тарихи. 1, 2,3-китоблар. - Т.: Шарқ, 2000.
4. Ўзбекистон   тарихи   (1917-1991-йиллар)   Биринчи   ва   иккинчи   китоблар/
масъул муҳаррир Қ.Ражабов.Т.;-“Ўзбекистон”-2019
5. O‘zbekiston   tarixi.   Oliy   o‘quv   yurtlarining   tarix   fakulteti   talabalari   uchun
darslik / Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – T., 2019.
6. Ўзбекистон   тарихи.   Ўқув   қўлланма   /   Масъул   муҳаррир   А.С.Сагдуллаев-
Т.1997.
7. Ўзбекистон   давлатчилиги   тарихи   очерклари   /   Масъул   муҳаррир
Д.Алимова-Т.,2001
8. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи  . Т.,2000 
9. Эшов   Б.Ж.   Ўзбекистон   давлатчилиги   тарихи.   Ўқув   қўлланма.   –   Т.:
Маърифат, 2009.
10. Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи- Т.:2012
11. Эшов   Б.,   Одилов   А.   Ўзбекистон   тарихи.   1-жилд.   Энг   қадимги   даврдан
XIX аср ўрталаригача. Дарслик. – Т., 2014.
12. Shamsutdinov   R ,   Karimov   Sh ,   Xoshimov   S. .   Vatan   tarixi   1 ,2,3 -kitob.   O’quv
qo’llanma-T.”Sharq”-2016

Xiva va Qo‘qon xonlipi davriga oid tadqiqotlar Xiva va Qo`qon xonlipiining chet el sayyohlari va elchilari asarlarida yoritilishi. Mavzuning tarixshunoslik tahlili.

Chor hukumati asosiy e’tiborini Buxoro amirligiga qaratish bilan birga xuddi shunday missiyalarni Xiva va Qo‘qon xonliklariga nisbatan ham amalga oshirgan. 1858 yil O‘rta Osiyoga yuborilgan polkovnik Ignatev boshchiligidagi missiya o‘z ishini tugatar ekan, “O‘rta Osiyo xonliklari bilan teng asosdagi savdo va boshqa aloqalar foyda bermaydi. Elchilarni kutish va jo‘natishga ketadigan barcha harajatlarni harbiy yurishlarga sarflab, bu hududlarni bosib olish kerak” – mazmunidagi bosqinchilik ruhi yaqqol namoyon bo‘lib turgan xulosalarni chiqaradi. Yuqoridagi kabi missiyalar va ekspeditsiyalar, elchiliklar yordamida Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo xonliklari to‘g‘risida ko‘plab qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Podsho hukumati xonliklar orasida birlikning yo‘qligi, ular o‘rtasida davom etib turgan qonli nizolardan foydalanib tezroq xonliklarni bosib olish rejasini ishlab chiqa boshladi va ularni amalga oshirishni eng tajribali generallariga topshirdi. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va uning bitmas tuganmas boyliklariga egalik qilishni bir asrlar avval o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun amaliy harakatlar Petr I davridayoq boshlangan edi. Bir necha bor amalga oshirilgan elchilik va josuslik ma’lumotlariga tayangan holda Petr I O‘rta Osiyoni qo‘lga kiritish uchun dastlab qozoq juzlarini bo‘ysundirish va ulardan keyinchalik vosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Degan fikrni ilgari surgan edi. Turli yo‘llar bilan qozoq yerlariga kirib kelgan ruslar birin-ketin zabt etilgan yerlarda harbiy qal’alar va istehkomlar ko‘ra boshladi. 1717 yilda qurilgan Omsk, 1718 yilda qurilgan Semipalatinsk, 1720 yilda qurilgan Ust-Kamenogorsk, 1735 yil qurilgan Orenburg qal’alari kabi mustahkam harbiy istehkomlar Rossiya podshosining bu yerdagi harbiy hukmronligi hali uzoq davom etishi va ular faqatgina qo‘lga kiritgan yerlar bilan qanoatlanib qolmasliklarni bildirardi. 1731-1740 yillar davomida Katta va Kichik qozoq juzlarining Rossiya tobeligiga o‘tish i imperiyaning O‘rta Osiyoning ichki hududlariga bostirib kirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi.

Yuqoridagi hududlarni qo‘lga kiritganlaridan so‘ng, Rossiya davlati chegaralari bevosita o‘zbek xonliklari chegaralari bilan tutashib qolgan edi. Biroq Yevropada yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va tashqi davlatlari bilan harbiy harakatlarning olib borilishi Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklariga qarshi qaratilgan harbiy harakatlarini yana bir asr kechiktirishga majbur qildi. Bu davr mobaynida bosib olingan hududlarda erkparvar qozoq sultonlaridan biri Kenasari Qosimov chor qo‘shinlariga qarshi ozodlik kurashlari olib boradi. Bu qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun minglab qurolli kuchlarga ega bo‘lgan general Obruchev, polkovnik Lebedev, Dushikovskiy, podpolkovnik Gorskiylar hech qanday natijaga erisha olmadilar. Bunda xulosa chiqargan chor hukumati bepoyon qozoq dashtlarida ko‘plab harbiy qal’alar va istehkomlar qurishga kirishdi. Natijada XIX asr o‘rtalariga kelib Qozog‘iston hududlarida 60 ga yaqin harbiy va 100 dan ortiq kichikroq istehkomlar barpo etildi. Bu ishlarning hammasi kelgusida o‘zbek xonliklariga qarshi kurashga puxta tayyorgarlik ko‘rilganligini bildirar edi. Chor Rossiyasining xonliklarga qarshi harbiy yurishlar i dan dastlabkilaridan biri yuqorida keltirib o‘tilganidek , 1839 yilda Xiva xonligiga qarshi Orenburg general gubernatori graf Perovskiy tomonidan amalga oshirildi. Keyingi yillarda chor hukumati qo‘shinlari xonliklar bilan chegaralarda kichik- kichik harbiy to‘qnashuvlar bilan cheklangan bo‘lsalarda, bu hududlarda o‘z harbiy imkoniyatlarini kengaytirish va dastavval Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshlashni maqsad qilib qo‘ygan edilar. Bu davrda yaratilgan tarixiy asarlar hamda turli elchilik hujjatlari va ma’lumotlari, axborotnomalarida asosan yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqib yondashilganligini kuzatish mumkin. Mustamlaka davri tarixshunosligining ikkinchi davrida , ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan asarlarda Qo‘qon xonligida Minglar sulolasi hukmronligining so‘nggi davrlaridagi ichki va tashqi siyosati, harbiy ahvoli, xonlikning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va tugatilishi voqealari keng ma’lumotlar asosida yoritib berilgan. Bu asarlardagi ma’lumotlar voqealarning bevosita ishtirokchilari va ayni zamonda yashagan olimlar tomonidan

yoritilganligiga qaramay, ularda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi manfaatlariga mos ravishda, buyuk davlatchilik nuqtai nazaridan yondashilganligini ko‘rish mumkin. Masalaga bunday konseptual yondashuvning asosiy sababi bir tomondan buyuk davlatchilik qarashlari bo‘lsa, ikkinchi tomondan podsho tuzumining ta’siri edi. G.A.Ahmadjonovning ta’kidlab o‘tishicha, “mustamlakaga aylantirish va uning oqibatlari bilan aloqador haqqoniy tarixiy-siyosiy asarlarni chop etish” “podsho senzurasi ta’qiqlari sababli” mumkin emas edi. Biroq, bu ma’lumotlarni tanqidiy ravishda jiddiy o‘rganish foydadan xoli emas. Bu davrda rus sharqshunos tarixchi olimlaridan V.Bartold, V.Pyankov, N.Ostroumov, V.Nalivkin, V.Veselovskiy, Ye.T.Smirnov, M.A.Terentev, K.K.Abaza, N.Dingelshted, N.Pavlov, A.N.Maksheev, A.N.Kuropatkin, Ye.Jelyabujskiy, A.I.Dobrosmislov, D.L.Ivanov va boshqalar Rossiya imperiyasi tomonidan O‘ rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi va mustamlakaga aylantirilishi masalalariga doir bir qancha asarlar yozib qoldirganlar. O‘rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi bu yerda yashovchi xalqlar uchun “juda foydali bo‘lganligi” hamda Rossiya O‘rta Osiyoga “sivilizatsiya olib kelganligini” zo‘r berib ko‘rsatishga urinish asosan harbiylar uchun juda xususiyatli bo‘lgan. Ular orasida M.A.Terentev tomonidan yozilgan uch jildlik “Zavoevaniya Sredney Azii” asari boshqa mualliflarning asarlariga nisbatan voqealarning keng va mukammal yoritilganligi bilan alohida o‘rin tutadi. Bunda muallif chor Rossiyasining faqatgina XIX asr ikkinchi yarmidagi harbiy yurishlarini emas, balki XVIII asr boshlarida O‘ rta Osiyo hududlariga qilingan harbiy yurishlar tarixiga ham keng o‘rin beradi. Muallif o‘zining “Rossiya i Angliya” asarida ham ikki mustamlakachi davlatning tashqi siyosiy munosabatlarini tahlil qilish bilan birga O‘ rta Osiyo xonliklariga uyushtirilgan harbiy bosqinchilik jarayonlarini ham ochib beradi. Har ikki asarda ham M.A.Terentev voqelarni bir tomonlama, asosan chor imperiyasining manfaatlari nuqtai – nazaridan yoritadi. Bunda asosan podsho armiyasi askarlarining jang faoliyatlari voqealar tafsilotining markazida turadi. U boshqa mualliflarga nisbatan

mahalliy tarixchilar asarlaridan foydalanish imkoniyatiga ko‘proq ega bo‘lsada, ularga masalaning asosiy manbalari sifatida qaramaydi. Shunga qaramasdan, M.A.Terentevning asarlari Qo‘qon xonligi tarixi va uning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixini o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi va uni tanqidiy jihatdan o‘rganish foydadan holi emas. Bu davrda tadqiqotlar olib borgan rus tarixchilari orasida Ye.T.Smirnov va N.I.Veselovskiylarning ishlari o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ularning har ikkisi chor Rossiyasining O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olishi tarixini mahalliy tarixchilar asarlarini ham o‘rgangan holda yoritishga katta e’tibor beradilar. Ye.T.Smirnov tomonidan yozilgan “Sultan ы Kenisar ы i Sadik (bibliograficheskie ocherki)” nomli asarda Qozog‘iston hududlarining chor qo‘shinlari tomonidan bosib olinishiga qarshi kurashgan Kenisari sulton, Janubiy Qozog‘iston hududlari, Toshkent himoyasi, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligining chor Rossiyasi qo‘shinlariga qarshi olib borgan kurashlarida sarkardalik faoliyati bilan mashhur bo‘lgan Sulton Sodiq haqida qimmatli ma’lumotlarni berib o‘tadi. Muallif har ikki sarkarda haqida ma’lumotlarni mahalliy manbalar asosida tahlil etib beradi. Shuningdek, ushbu asardan Qo‘qon xonligi ichki siyosatiga aloqador ma’lumotlar bilan birga 1858-1865 yillarda xonlik siyosiy hayotida o‘ziga xos iz qoldirgan Mullo Aliquli Amirlashkar hayoti va sarkardalik faoliyati haqida o‘ta qimmatli ma’lumotlar o‘rin olgan. N.I.Veselovskiyning “Kirgizskiy rasskaz o russkix zavoevaniyax v Turkestanskom krae” nomli asari mahalliy tarixchi Mullo Holiboy Mambetovning “O‘rus lashkarining Turkistonda tarix 1269-1282 sanalarda qilg‘on futuxotlari” asari asosida yozilgan va rus tiliga tarjima qilib, ayrim voqealar muallif tomonidan tahlil etilgan. Ushbu asar Qo‘qon xonligining chor Rossiyasiga qarshi 1853 yildan 1865 yillargacha olib borgan kurashlari haqidagi qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olish bilan birga chor Rossiyasiga qarshi kurashlarga rahbarlik qilgan shaxslar - Mullo Aliquli Amirlashkar, Mingboy dodhoh va boshqalarning faoliyatiga ham keng to‘xtalib o‘tilgan.